logo

Toshkent shahri

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4682.7744140625 KB
Toshkent shahri  •
Toshkent  - O‘zbekistonning poytaxti, Markaziy Osiyodagi eng yirik 
siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib, unda 2,5 mln ga yaqin 
aholi yashaydi. Bugun Toshkent nafaqat strategik xalqaro mavqega 
ega bo‘lgan siyosiy markaz, balki Markaziy Osiyoning yirik transport 
tugunidagi muhim iqtisodiy megapolisdir.  •
O‘zbekiston Prezidentining qarorgohi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, xorijiy elchixonalar, BMT va 
uning tarkibidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari Toshkentda 
joylashgan. Shahar sharqona tafakkur bo‘yicha qayta qurilmoqda.
•
Toshkent shahri mamlakat iqtisоdiyotining turli sohalarida yеtakchi o‘ringa 
ega. Xususan, respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 
eng katta qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.  •
Poytaxt iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblangan 
sanoatning o‘rni har doimgidek salmoqli bo‘lib 
qolmoqda. Sanoat korxonalari nafaqat katta quvvatga 
ega, balki ishlab chiqarish texnologiyasi ham 
yuqoridir.
•
Shahar energetikasi Chirchiq-Bo‘zsuv 
gidroelektrostansiyalar tizimi va Toshkent IESga 
tayanadi. Ular mamlakat yagona energetika tizimiga 
ulangan. •
Toshkent muhim transport tugunidir . O‘rta Osiyo davlatlarini 
boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan temiryo‘l, avtomobil yo‘llari 
Toshkent orqali o‘tadi. Shahar atrofidagi rayonlar bilan elektropoyezd 
orqali ham bog‘langan. Toshkent havo yo‘li orqali xorijiy 
davlatlarning 40 dan ortiq shaharlari bilan bog‘langan. Shaharda 2 ta 
temiryo‘l vokzali, 3 ta aeroport va metropoliten mavjud. Umumiy 
uzunligi 36 km dan ortiq bo‘lgan metropoliten orqali yiliga 60 mln 
dan ortiq yo‘lovchi tashiladi. •
Toshkent - butun Markaziy Osiyoda eng yirik ilmiy-madaniy markaz 
hisoblanadi. Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, o‘nlab ilmiy 
tadqiqot institutlari, ko‘plab oliy ta'lim muassasalari bor. Shaharda 
zamonaviy maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, ko‘plab 
teatr va konsert zallari, sirk, zamonaviy stadion va boshqalar mavjud. 
Toshkent ta’sirida, poytaxtga tutash tumanlarda urbanizatsiya 
jarayoni jadallashmoqda.  •
Urbanizatsiya  - shaharlar va shahar aholisining o‘sishi, mamlakat hayotida 
shaharlar rolining kuchayishi.
•
Endilikda shahar maydoni 330 kv. km dan ortib, Toshkent avtomobil halqa 
yo‘lidan tashqaridagi hududlarni ham qamrab olmoqda.
•
Poytaxtning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri negizida undan 60-70 km radiusdagi 
hudud bo‘ylab 10 ta shahar va o‘nlab shaharchalardan iborat  Toshkent 
aglomeratsiyasi  vujudga kelgan.
•
Aglomeratsiya -  shaharlarning yirik shahar atrofida to‘planishi.
•
Bu aholi punktlari, asosan, Chorvoqdan Sirdaryogacha bo‘lgan oraliqdagi 
yo‘llar atrofida joylashgan. Ular Toshkent taraqqiyotini tartibga solish uchun 
muhim qulayliklar yaratadi. •
Hozirgi vаqtdа 
mаmlаkаtimiz pоytахtidа 
yangi vа zаmоnаviy 
«Tashkent City» kompleksi 
bаrpо etilmоqdа. Qurilish 
jаrаyonigа mаhаlliy vа chеt 
ellik ekspеrtlаr jаlb etilgan.  •
«Tashkent City» qurilishi jаrаyonidа biznes vаkillаri uchun qulaylik 
yaratish mаqsаdidа bаrchа shаrоitlаr yarаtilmоqdа. Yashil hududlаrdаn 
tortib, zаmоnаviy dizаyn vа ko‘rinishgа hаm e’tibor bеrilmоqdа. Jоylаrdа 
mахsus mаydоnchаlаr vа tashrif buyuruvchilar uchun dam olish joylari 
qurilmoqda. Shu yerning o‘zida ham biznes faoliyat bilan shug‘ullanib, 
ham hordiq chiqarsa bo‘ladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha 
sharoitlar muhayyo.  •
Poydevor va binolarning zilzilaga bardoshliligi uchun San-Fransisko, 
Istanbul va Tokio kabi shaharlar tajribasi o‘rganildi. Ma’lumki, 
O‘zbekiston seysmologik hududda joylashgan. Shuning uchun ham 
mutaxassislar xavfsizlik va binolarning mustahkamligiga alohida e'tibor 
qaratishmoqda. Jumladan, har bir burchak va detallar tajribali 
arxitektor va dizaynerlar tomonidan o‘rganilmoqda.
•
Kongress-holl, mehmonxona va yerosti avtomobil turargohi qurilishi 
ham rejalashtirilgan. Kongress-hollning umumiy maydoni 33 ming m2. 
Ushbu bino chet el davlatlari rahbarlari va yuqori martabali mehmonlar 
uchrashuvlari uchun xizmat qiladi.   •
«Tashkent City» mehmonxona haqida ham unutgani yo‘q. Ushbu 
kompleksda dunyoga mashhur bo‘lgan mehmonxonalardan biri 
ochiladi.
•
Hozirgi vaqtda ushbu majmuada «Hilton Hotels & Resorts» meh- 
monxonasi qurilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 
Ma'lumot uchun, birinchi «Hilton Hotels & Resorts» 
mehmonxonasi 1919-yilda AQSHning Texas shtatida barpo 
etilgandi. Hozirda ushbu brend ostida jahonning 103 mamlakatida 
5 mingdan ortiq mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda.   •
Ta'kidlab o‘tish joizki, 
«Tashkent City»da kongress-
holl va boshqa binolar qurilishi 
mamlakatimizga chet el 
investitsiyasini olib kirishga 
ko‘maklashadi, sababi joylarda 
biznesni rivojlantirish uchun 
barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Toshkent shahri

• Toshkent - O‘zbekistonning poytaxti, Markaziy Osiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib, unda 2,5 mln ga yaqin aholi yashaydi. Bugun Toshkent nafaqat strategik xalqaro mavqega ega bo‘lgan siyosiy markaz, balki Markaziy Osiyoning yirik transport tugunidagi muhim iqtisodiy megapolisdir.

• O‘zbekiston Prezidentining qarorgohi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, xorijiy elchixonalar, BMT va uning tarkibidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari Toshkentda joylashgan. Shahar sharqona tafakkur bo‘yicha qayta qurilmoqda. • Toshkent shahri mamlakat iqtisоdiyotining turli sohalarida yеtakchi o‘ringa ega. Xususan, respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning eng katta qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.