Toshkent viloyatidagi so’nggi paleolit davri yodgorliklari
Reja: 1. Toshkent viloyatidagi so’nggi paleolit davri yodgorliklari 2. Yodgorliklardan topilgan topilmalari 3. To’daxotin makoni Mavzu: Toshkent viloyatidagi so’nggi paleolit davri yodgorliklari
Toshkent vohasi so’nggi paleolit davri yodgorliklariga ko’lbuloq, Ohangaron yodgorligi va To’daxotin yodgorligi kiradi. Ko‘lbuloq makoni - qadimgi tosh davriga oid ko‘p qatlamli yodgorlik bo‘lib, uning yuqori 1,2,3 qatlamlaridan so'nggi paleolit davriga oid materiallar topilgan. U erdan gulxan, ko'mir qoldiqlari, tosh buyumlardan - nukleuslar, qirg‘ichlar, sixchalar, tosh pichoqlar, tosh siniqlari va hayvon suyaklari topildi. Makondan eng ko‘p miqdorda nukleuslar topilgan, chunki ibtidoiy odamlar nukleuslami ajratib olishning yangi texnikasini kashf etganlar. Ilgaridagidek, paraqalami tosh bolg‘a bilan emas, balki tosh pona bilan ajratib olganlar. Bu bilan ular xohlagan shakldagi paraqani toshdan ajratib olish imkoniyatiga ega boMganlar. QoMbuloqdan topilgan tosh qurollar o‘zining ishlanishi jihatidan Samarqand, Bo‘zsuv va Tuyabo‘gMz makonlaridan topilgan so‘nggi tosh davri qurollariga o‘xshaydi. Arxeolog M.R.Qosimovning ta’kidlashicha, Toshkent vohasida ilmiy ahamiyati jihatidan Ko’lbuloqqa teng kelaydigan yodgorlik yo’q.
2001-2002 yillar mobaynida KoMbuloq makonida qayta tadqiqot ishlari olib borildi va so‘ngi paleolit dariga oid retushlangan mehnat qurollari, turli shakllardagi nukleuslar topildi. 35 Toshkent vohasidan so‘nggi paleolit davriga oid Bo‘zsuv I, Bo‘zsuv II, Bo'zsuv VI, Tuyabo‘g‘iz И, III, IV, V, VI makonlari ham topib o‘rganilgan. Ulardan topilgan tosh buyumlar KoMbuloqdan topilgan tosh buyumlariga o‘xshaydi. Bular asosida arxeologlar Toshkent vohasida ibtidoiy odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida isteqomat qilib, bir-biri bilan yaqin aloqada boMganlar va ovchilik xo‘jaligi bilan shug‘ullanganlar degan xulosaga kelishgan