logo

USTYURT OKRUGI IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33908.223632812 KB
USTYURT OKRUGI IQLIMI, SUVLARI, 
TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA 
HAYVONOT DUNYOSI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Ustyurt okrugi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega bo‘lib, 
qishi quruq va sovuq, yozi issiq va quruq.  Iqlimi    Ustyurt
O‘zbekistonning qishi 
eng sovuq hududidir. 
Buning sababi u eng
shimolda joylashgani 
bo‘lib, tabiiy 
to‘siqlarning yo‘qligi 
tufayli Arktika va Sibir 
sovuq havo 
massalarining bemalol 
kirib kelishidir.      Shu tufayli yanvarning o‘rtacha harorati –10 –11°C, ba’zan sovuq 
havo massalarining turib qolishi natijasida harorat –38°C gacha 
pasayadi.    Yozi qisqa va uncha jazirama issiq emas, iyulning o‘rtacha 
harorati +26 +27°C, ba’zan eng yuqori harorat +44°C ga  yetadi.   Okrug ancha shimolda joylashganligi tufayli, oktabrning
boshlaridan sovuq tusha boshlaydi, binobarin, sovuq
bo‘lmaydigan kunlar O‘zbekiston bo‘yicha eng qisqa bo‘lib,
153 kunni tashkil etadi.    Bunga yana bir sabab, Ustyurtning shimol tomoni ochiq 
bo‘lganligi tufayli sentabrning boshidan may oyigacha 
shimoli-sharqiy shamollarning esib turishidir.   Ustyurtda yog‘in kam tushadi, uning o‘rtacha yillik miqdori
100 —120 mm. Yog‘inni, asosan, g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy havo 
massalari olib keladi. Eng ko‘p yog‘in bahorga, eng kami qishga 
to‘g‘ri keladi. 
      Qor juda kam yog‘ib, izg‘irinli shamollar uni uchirib 
ketishi natijasida yer yuzasi muzlaydi.
    Ustyurt tabiiy geografik okrugiga tushadigan yillik yog‘in
miqdorini 100 foiz desak, uning 17 foizi qishga, 34 foizi
bahorga, 23 foizi yozga, 26 foizi kuzga to‘g‘ri keladi. 
    Ustyurt O‘zbekistonning eng shimoliy qismida joylashganligi 
tufayli, qishi quruq sovuq bo‘ladi, chunki antisiklon ob-havosining 
uzoq vaqt turib qolishi sababli yog‘in kam tushadi, 
    aksincha, yozda O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p yog‘in yog‘adi.
Bunga asosiy sabab haroratning nisbatan pastligi, g‘arbiy
havo massalari va Kaspiy dengiziga yaqinligidir. 
   Ustyurt tabiiy geografik okrugida doimiy oqar suvlar yo‘q. 
Bahorda berk botiqchalar va pastqam yerlar yomg‘ir va  erigan 
qor suvlari bilan to‘lib, kichik (efemer) ko‘lchalarni hosil qiladi. 
    Yozda bu ko‘lchalardagi suvlar bug‘lanib ketib, sho‘rxok-
botqoq yerlarga aylanib qoladi. 
    Yerosti suvlari mavjud bo‘lib, ularning chuqurligi 20—50 m 
atrofida, lekin aksariyati sho‘r, ichishga yaroqsiz. So‘nggi 
paytlarda bu davr yotqiziqlari orasida ichishga yaroqli suvlar 
mavjudligi aniqlandi.
    Asosiy tuprog‘i sur-qo‘ng‘ir bo‘lib, chirindi miqdori oz
(0,5—0,8 foiz), sho‘rlashgan. 
    Shuningdek, botiqlarda sho‘rxoklar, sho‘rxok-botqoq 
tuproqlar va qumli tuproqlar tarqalgan.
    Ustyurt o‘simligi, asosan, shuvoq va sho‘ralardan iborat.
    Bundan tashqari, iloq, 
    qora saksovul, 
    burgan, 
    sarisazan, 
    tetir o‘sadi. 
    Bahorda efemer va efemeroid o‘simliklar o‘sib, ular
yozda qurib qoladi.
    Ustyurtda jayron,
    sayg‘oq,
    bo‘ri,
    tulki, 
    yumronqoziq, qo‘shoyoqlar, 
    qushlardan to‘rg‘ay, 
    xo‘jasavdogar, 
    quzg‘un uchraydi.
    Ustyurtda „Qizil kitob“ga kirgan katta shalpangquloq, 
    qoplon (gepard), 
    Ustyurt qo‘yi kabi hayvonlar yashaydi.
    Yo‘qolib ketayotgan sayg‘oqlarni muhofaza qilish maqsadida
Ustyurt platosida „Sayg‘oqli“ buyurtmaxonasi tashkil
etilgan.  Buyurtmaxona 2016-yilda Majmua (landshaft) buyurtma 
qo‘riqxonaga aylantirildi.
  1   2020- yil Okrugning janubida Ustyurt milliy tabiat bog ‘i 
tashkil etildi. Milliy bog‘ O‘zbekistondagi eng katta  milliy 
bog‘ga aylandi.
 
2     ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P.Baratov, M. Mamatqulov –Geografiya (O‘rta Osiyo 
tabiiy geografiyasi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi) 
– umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun 
darslik — Toshkent; „O‘qituvchi“ NMIU, 2017 / 
www.eduportal.uz
•
Atlas (O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy 
geografiyasi), 7-sinf, O‘zbekiston Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi, 
Toshkent 2017

USTYURT OKRUGI IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Ustyurt okrugi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega bo‘lib, qishi quruq va sovuq, yozi issiq va quruq. Iqlimi

Ustyurt O‘zbekistonning qishi eng sovuq hududidir. Buning sababi u eng shimolda joylashgani bo‘lib, tabiiy to‘siqlarning yo‘qligi tufayli Arktika va Sibir sovuq havo massalarining bemalol kirib kelishidir.

Shu tufayli yanvarning o‘rtacha harorati –10 –11°C, ba’zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida harorat –38°C gacha pasayadi.

Yozi qisqa va uncha jazirama issiq emas, iyulning o‘rtacha harorati +26 +27°C, ba’zan eng yuqori harorat +44°C ga yetadi.