logo

Farg‘ona tabiiy geografik okrugi. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

20478.0078125 KB
Farg‘ona tabiiy geografik okrugi. 
Iqlimi, suvlari, tuproqlari, 
o‘simliklari va hayvonot dunyosi 7 - sinf
GEOGRAFIYA Farg‘ona 
Farg‘ona tabiiy geografik 
okrugi  Farg‘ona vodiysida 
joylashgan bo‘lib, atrofi 
tog‘lar bilan o‘ralgan.Vodiy 
tabiati go‘zal va maftunkor, 
noz-ne’matlarga boy, 
jannatmakon okrug bo‘lib, 
uni “O‘rta Osiyo durdonasi” 
deb atashadi.   Relyefi 
Vodiyning xaritadan ko‘rinishi 
bodom shaklida bo‘lib, shimoli-
g‘arbdan  Mo‘g‘ultog‘, Qurama  
tog‘ tizmalari, shimoldan 
Chatqol  tizmasi, sharqdan 
Farg‘ona  tizmalari, janubdan 
esa  Oloy  va  Turkiston  
tizmalari o‘rab turadi.
Uning uzunligi g‘arbdan sharqqa 370 km ga cho‘zilgan, kengligi 
o‘rtacha 190 km, eng tor yeri — g‘arbida eni 9 km bo‘lib, “Xo‘jand 
darvozasi” deyiladi. Farg‘ona vodiysining tekislik qismi 
Farg‘ona botig‘i  deyiladi. Uning 
atrofini adir hamda tog‘lar o‘rab 
turadi. 
      Okrug tektonik botiqda 
joylashib, neogen davrining oxiri 
va quyi antropogen davrida 
dengizdan bo‘shab, quruqlikka 
aylangan. Geologik tuzilishi
So‘ngra atrofidagi tog‘lardan boshlanadigan daryolar olib kelgan 
qum, gil, lyossimon jinslar bilan qoplangan. Geologik tuzilishi
Farg‘ona botig‘ining atrofini  adir 
va  tog‘lar  o‘rab olgan bo‘lib, ular 
geologik tuzilishi jihatidan 
farqlanadi.  Tog‘lar,  asosan, 
paleozoy erasida sodir bo‘lgan 
gersin tog‘ hosil qilish jarayonida 
quruqlikka aylangan.
Ular, asosan, paleozoy erasining slanes, ohaktosh kabi 
jinslaridan iborat. Farg‘ona vodiysida qazilma boyliklaridan  neft, 
gaz, oltingugurt, tog‘ mumi, o‘tga chidamli gil, gips  konlari 
mavjud. Okrug yerusti tuzilishi jihatidan, 
markaz tomon hamda sharqdan 
g‘arbga pasayib boradi. Atrofini 
o‘rab olgan adirlarning balandligi 
600 — 1200 m bo‘lsa,  Farg‘ona 
shahrida 578 m  ga,  Andijonda     
496 m  ga,  Namanganda 449 m  ga 
tushib qoladi.Yer yuzasining tuzilishi
Okrugning sharqida mutlaq balandlik  (Uchqo‘rg‘onda) 500 m 
bo‘lsa, g‘arbidagi  Qo‘qon shahrida 405 m  ga,  Xo‘jandda 320 m 
ga tushib qoladi. Farg‘ona okrugining 
markaziy qismi botiqdan 
iborat bo‘lib, nisbatan tekis. 
Undan Sirdaryo oqib o‘tib, 
uchta eski qayir
hosil qilgan.
Botiqning markaziy qismida  Yozyovon  va  Qoraqalpoq  cho‘llari bo‘lib, 
qum relyef shakllari — do‘nglar, o‘simlik bilan mustahkamlangan tepaliklar 
va kichik ko‘chib yuruvchi qumlik (barxan)lar mavjud. Hozir o‘sha qum 
do‘nglari va tepaliklarning ko‘p qismi tekislanib, ekinzorlarga aylantirilgan. Yer yuzasining tuzilishi      Farg‘ona vodiysining 
tog‘oldi qismida daryolar 
tog‘lardan keltirgan 
yotqiziqlardan paydo bo‘lgan 
konussimon yoyilmalar keng 
tarqalgan. Eng katta 
yoyilmani  So‘x daryosi  hosil 
qilgan. Konussimon 
yoyilmalar qadimdan 
dehqonchilik uchun 
o‘zlashtirilgan. Yer yuzasining tuzilishi Farg‘ona tabiiy geografik okrugi 
turli tomondan tog‘lar bilan 
o‘ralganligi tufayli  shimoldan,  
shimoli-sharqdan  esuvchi 
sovuq va  g‘arbdan  esuvchi 
nam havo massalarining 
bevosita o‘tishiga to‘siq bo‘ladi. 
Shu sababli uning iqlimi issiq, 
quruq, davomli yoz hamda 
mo‘tadil qish bilan tavsiflanadi. Iqlimi        Qishda tabiiy 
okrugning atrofini o‘rab 
olgan tog‘lardan 
esadigan sovuq havo 
Farg‘ona botig‘ining 
markaziy qismida 
to‘planib qoladi. Iqlimi 
Okrugda qishin-yozin havo harorati g‘arbdan sharqqa tomon hamda 
markaziy qismidan adirlar tomon pasayib boradi: Qo‘qonda yanvarning 
o‘rtacha harorati –2,2°C, iyulniki +27,5°C bo‘lsa, Kampirravotda yanvarniki 
– 4,8°C, iyulniki +24,9°C ni tashkil etadi. Ba’zi yillari shimol va shimoli sharqdan sovuq havo massalari esib, 
tog‘lardan oshib o‘tishi natijasida okrug harorati pasayib ketadi. Ana 
shunday paytda eng sovuq harorat  –26 –30°C ga tushadi. Iqlimi 
Okrugda yoz issiq va quruq bo‘lib, iyul oyining o‘rtacha harorati
  +26 +27°C, eng issiq harorat esa +43 +44°C ga yetadi. Okrugda 
o‘simliklarning barq urib rivojlanish davri (vegetatsiya) 230 — 240 kun 
davom etib, harorat yig‘indisi 4400 — 4500°C ga yetadi. Farg‘ona tabiiy geografik 
okrugining g‘arbiy qismida yog‘in 
miqdori 80 — 250 mm. Okrugning 
sharqidagi tog‘oldi va adirlar 
qismiga yiliga 300 — 400 mm 
yog‘in tushadi. Okrugda yog‘inning 
asosiy qismi bahor va qish 
oylariga to‘g‘ri keladi. Yog‘inlar
Yog‘inning bir qismi qor holida yog‘ib, u bir yilda 30 — 38 kun erimay
turishi mumkin. Bahor oylarida ba’zan jala yog‘adi va bu selni vujudga 
keltirib, xo‘jalikka zarar keltiradi. Okrugda qishda kuchli 
Bekobod shamoli  vodiydan 
Mirzacho‘l tomon essa, bahor 
va kuzda Mirzacho‘ldan vodiy 
tomon  Qo‘qon shamoli  esib 
turadi. Shamollar  Suvlari 
Okrugdagi eng katta va 
sersuv daryolar —  Norin, 
Qoradaryo  va  Sirdaryo 
hisoblanadi. Norin  daryosining uzunligi  578 
km  bo‘lib, qor-muz suvlaridan 
to‘yinadi. Uning o‘rtacha yillik 
suv sarfi Uchqo‘rg‘on yaqinida 
sekundiga  427 kub metr.  Suv 
sarfining  80 %i  mart — sentabr 
oylariga to‘g‘ri keladi. Norin  Qoradaryo  Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Tor va Qora G‘ulja 
daryolarining qo‘shilishidan vujudga kelib, Baliqchi qishlog‘ida Norin bilan 
tutashadi. Uning uzunligi  180 km  bo‘lib, qor-muz suvlaridan to‘yinadi. Yillik 
o‘rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog‘i yonida sekundiga  123 kub metr  bo‘lib,
suv sarfining  46,4 %i  mart — iyun oylariga to‘g‘ri keladi.Qoradaryo  Tabiiy geografik okrugning sharqidagi 
Farg‘ona tizmasidan  Yassi, Ko‘gart, 
Qorao‘ngur, Moylisuv  kabi daryo va 
soylar boshlanadi. Ular qorlarning 
erishidan to‘yinadi, eng ko‘p suv oqimi 
bahorda sodir bo‘ladi.Soylar  Okrugni shimol va g‘arb tomonidan 
o‘rab olgan Chatqol va Qurama 
tog‘laridan  Chodaksoy, Kosonsoy, 
Namangansoy, Chortoqsoy, 
Podshoota, Qorasuv  kabi daryolar 
boshlanadi. Ularning suvi may — 
iyun oylarida ko‘payadi. Soylar  Soylar 
Okrugning janubidagi Oloy va Turkiston 
tog‘laridan  Xo‘jabaqirg‘on, Isfara, So‘x 
(uzunligi 130 km, suv sarfi sekundiga
42 kub metr),  Shohimardon, 
Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbura, 
Qurshab  kabi daryolar boshlanadi. Bu 
daryo va soylar muz va qorlardan suv 
oladi, yillik oqimining 60 %ga yaqini 
iyul — sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Tuproqlari 
Okrugning markaziy past qismida, Sirdaryo qayirlarida  o‘tloq, o‘tloq-
botqoq,  grunt suvi yuza joylarda  botqoq-sho‘rxok, sho‘rxok, 
Yozyovon va Qoraqalpoq cho‘lida  qumoq, qumli  tuproqlar hosil 
bo‘lgan. Okrugning yerosti suvlari chuqur bo‘lgan tekislik qismida va 
adirlarda  och tusli, oddiy (tipik)  va  to‘q tusli bo‘z  tuproqlar 
tarqalgan. O‘lkaning 300 - 500 m balandliklarida  och tusli bo‘z  tuproqlar 
(chirindi miqdori 1 - 1,5 %),  500 - 800 m balandliklarda  oddiy bo‘z 
tuproq   (chirindi miqdori 1,5 - 2,5 %)  tarqalgan. Okean sathidan 
800 - 1400 m balandliklarda   to‘q tusli bo‘z  tuproqlar  (chirindi 
miqdori 3,5 - 4 %)  tarqalgan.Tuproqlari  Okrugning markaziy qismidagi sho‘rxok yerlarda  pashmak, 
baliqko‘z, seta, sho‘ra, yulg‘un,  qumli yerlarida esa  juzg‘un, 
quyonsuyak, saksovul  o‘sadi.O‘simliklari Sirdaryo qayirlarida  yantoq, yulg‘un, qamish, tol, yovvoyi jiyda 
uchraydi. Adirlarda bahorda  rang, qo‘ng‘irbosh, 
shaytonkavush  o‘sadi, ular yozda qurib qoladi, so‘ngra  oq 
kavrak,  oq shuvoq, qizil burgan, chalov  o‘sishni davom 
ettiradi.O‘simliklari
Okrugga tutashgan tog‘ yonbag‘irlarida  archa, terak  kabi 
daraxtlar ham o‘sadi. Hayvonot dunyosi
Okrugning markaziy qismidagi qumli yerlarda  kaltakesak,
yumronqoziq, qo‘shoyoq, ilonlar  hamda har xil 
hasharotlar  yashaydi. To‘qaylarida  chiyabo‘ri, qirg‘ovul, 
g‘oz  va  o‘rdak  uchraydi. Adirlarda  toshbaqa, ilon, sichqon, yumronqoziq  uchrasa, tog‘larida  
bo‘rsiq, bo‘ri, tulki  kabi hayvonlar yashaydi. Suv havzalarida 
zog‘orabaliq, laqqabaliq, cho‘rtanbaliq ,daryolarning tog‘li qismida 
qorabaliq (oybaliq)  uchraydi.Hayvonot dunyosi MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1. Darslikdagi “Farg‘ona tabiiy geografik okrugi. Iqlimi, 
suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi” 
mavzularini o‘qing.
2. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob yozing va 
yozuvsiz xaritaga Farg‘ona tabiiy geografik okrugini 
tushuring.

Farg‘ona tabiiy geografik okrugi. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi 7 - sinf GEOGRAFIYA

Farg‘ona Farg‘ona tabiiy geografik okrugi Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan.Vodiy tabiati go‘zal va maftunkor, noz-ne’matlarga boy, jannatmakon okrug bo‘lib, uni “O‘rta Osiyo durdonasi” deb atashadi.

Relyefi Vodiyning xaritadan ko‘rinishi bodom shaklida bo‘lib, shimoli- g‘arbdan Mo‘g‘ultog‘, Qurama tog‘ tizmalari, shimoldan Chatqol tizmasi, sharqdan Farg‘ona tizmalari, janubdan esa Oloy va Turkiston tizmalari o‘rab turadi. Uning uzunligi g‘arbdan sharqqa 370 km ga cho‘zilgan, kengligi o‘rtacha 190 km, eng tor yeri — g‘arbida eni 9 km bo‘lib, “Xo‘jand darvozasi” deyiladi.

Farg‘ona vodiysining tekislik qismi Farg‘ona botig‘i deyiladi. Uning atrofini adir hamda tog‘lar o‘rab turadi. Okrug tektonik botiqda joylashib, neogen davrining oxiri va quyi antropogen davrida dengizdan bo‘shab, quruqlikka aylangan. Geologik tuzilishi So‘ngra atrofidagi tog‘lardan boshlanadigan daryolar olib kelgan qum, gil, lyossimon jinslar bilan qoplangan.

Geologik tuzilishi Farg‘ona botig‘ining atrofini adir va tog‘lar o‘rab olgan bo‘lib, ular geologik tuzilishi jihatidan farqlanadi. Tog‘lar, asosan, paleozoy erasida sodir bo‘lgan gersin tog‘ hosil qilish jarayonida quruqlikka aylangan. Ular, asosan, paleozoy erasining slanes, ohaktosh kabi jinslaridan iborat. Farg‘ona vodiysida qazilma boyliklaridan neft, gaz, oltingugurt, tog‘ mumi, o‘tga chidamli gil, gips konlari mavjud.