logo

FARG‘ONA TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

6152.5302734375 KB
FARG‘ONA TABIIY 
GEOGRAFIK OKRUGI      •
Farg‘ona tabiiy geografik okrugi Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, 
atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Vodiy tabiati go‘zal   va maftunkor, noz-
ne’matlarga boy, jannatmakon okrug   bo‘lib, uni «O‘rta Osiyo 
durdonasi» deb atashadi.  •
Vodiyning xaritadan ko‘rinishi bodom shaklida bo‘lib, shimoli  g‘arbdan 
Mo‘g‘ultog‘, Qurama tog‘ tizmalari, shimoldan   Chatqol tizmasi, 
sharqdan Farg‘ona tizmalari, janubdan esa   Oloy va Turkiston tizmalari 
o‘rab turadi. Uning uzunligi   g‘arbdan sharqqa 370 km ga cho‘zilgan, 
kengligi o‘rtacha   190 km, eng tor yeri — g‘arbida eni 9 km bo‘lib, 
«Xo‘jand darvozasi» deyiladi.   •
Farg‘ona vodiysining tekislik qismi Farg‘ona botig‘i deyiladi. Uning 
atrofini adir hamda tog‘lar o‘rab turadi.Okrug tektonik botiqda 
joylashib, neogen davrining oxiri   va quyi antropogen davrida 
dengizdan bo‘shab, quruqlikka   aylangan. So‘ngra atrofidagi 
tog‘lardan boshlanadigan daryolar olib kelgan qum, gil, lyossimon 
jinslar bilan qoplangan.   •
Farg‘ona botig‘ining atrofini adir va tog‘lar o‘rab olgan   bo‘lib, ular 
geologik tuzilishi jihatidan farqlanadi.  Т og‘lar,asosan, paleozoy 
erasida sodir bo‘lgan gersin tog‘ hosil qilish   jarayonida quruqlikka 
aylangan. Ular, asosan, paleozoy erasining slanes, ohaktosh kabi 
jinslaridan iborat. Farg‘ona vodiysida qazilma boyliklaridan neft, gaz, 
oltingugurt, tog‘ mumi,   o‘tga chidamli gil, gi р s konlari mavjud.  •
Okrug yerusti tuzilishi jihatidan, markaz tomon hamda   sharqdan g‘arbga 
pasayib boradi. Atrofini o‘rab olgan adirlarning balandligi 600 — 1200 m 
bo‘lsa, Farg‘ona shahrida   578 m ga, Andijonda 496 m ga, Namanganda 
449 m ga   tushib qoladi. Okrugning sharqida mutlaq balandlik 
(Uchqo‘rg‘onda) 500 m bo‘lsa, g‘arbidagi Qo‘qon shahrida 405 m   ga, 
Xo‘jandda 320 m ga tushib qoladi .  •
Farg‘ona okrugining markaziy qismi botiqdan iborat bo‘lib,nisbatan tekis. 
Undan Sirdaryo oqib o‘tib, uchta eski qayir   hosil qilgan. Botiqning 
markaziy qismida Yozyovon va Qoraqalpoq cho‘llari bo‘lib, qum relyef 
shakllari — do‘nglar, o‘simlik bilan mustahkamlangan tepaliklar va kichik 
ko‘chib yuruvchi qumlik (barxan)lar mavjud. Hozir o‘sha qum do‘nglari va  
tepaliklarning ko‘p qismi tekislanib, ekinzorlarga aylantirilgan.  •
Farg‘ona vodiysining tog‘oldi qismida daryolar tog‘lardan   keltirgan 
yotqiziqlardan paydo bo‘lgan konussimon yoyilmalar keng tarqalgan. 
Eng katta yoyilmani So‘x daryosi hosil   qilgan. Konussimon 
yoyilmalar qadimdan dehqonchilik uchun   o‘zlashtirilgan.

FARG‘ONA TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI

• Farg‘ona tabiiy geografik okrugi Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Vodiy tabiati go‘zal va maftunkor, noz- ne’matlarga boy, jannatmakon okrug bo‘lib, uni «O‘rta Osiyo durdonasi» deb atashadi.

• Vodiyning xaritadan ko‘rinishi bodom shaklida bo‘lib, shimoli g‘arbdan Mo‘g‘ultog‘, Qurama tog‘ tizmalari, shimoldan Chatqol tizmasi, sharqdan Farg‘ona tizmalari, janubdan esa Oloy va Turkiston tizmalari o‘rab turadi. Uning uzunligi g‘arbdan sharqqa 370 km ga cho‘zilgan, kengligi o‘rtacha 190 km, eng tor yeri — g‘arbida eni 9 km bo‘lib, «Xo‘jand darvozasi» deyiladi.