OROL TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI
OROL TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI
• Orol tabiiy geografik okrugi Turon tekisligining markaziy qismida, Ustyurt okrugi bilan Qizilqum okrugi orasida joylashgan. U shimolda Qozog‘iston bilan, janubi sharqda Qizilqum,janubda Quyi Amudaryo, g‘arbda Ustyurt okruglari bilan chegaralanadi.
Tabiiy geografik o‘rganilish va paydo bo‘lish tarixi • Orol va Orolbo‘yi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni miloddan avvalgi II asrda yashagan geograf Klavdiy Ptolemey yozib qoldirgan. U tuzgan „Dunyo xaritasi“da hozirgi Orol dengizi o‘rnida „Oks“ ko‘li tasvirlangan. IX asrda yashagan arab olimi Ibn Xurdodbex Amu- Sirdaryo „Kurdor“ ko‘liga quyilgan desa, X asrda yashagan Al-Mas’udiy hozirgi Orol ko‘lini „Jurjoniya“,Beruniy esa „Xorazm“ ko‘li deb atagan. Fransuz geografi Delil 1723- yili tuzgan xaritasida Orol botig‘ida joylashgan suv havzasini birinchi marta „Orol“ deb nomlagan.