logo

O‘RTA ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

6797.5 KB
O‘RTA ZARAFSHON TABIIY 
GEOGRAFIK OKRUGI    •
Okrug O‘zbekistonning markaziy qismini, yer po‘stining   tektonik 
jarayonlar ta’sirida cho‘kkan Zarafshon vodiysining   respublikamizga 
qaraydigan o‘rta qismini o‘z ichiga oladi.Okrug aniq tabiiy chegaraga 
ega bo‘lib, uni shimol tomondan   Nurota tog‘lari, janubdan  
Chaqilkalon,  Qoratepa, Zirabuloq,Ziyovuddin tog‘lari o‘rab tursa, 
sharqdan Tojikiston bilan chegaradosh. G‘arbda Quyi Zarafshon 
okrugidan Xazar yo‘lagi   bilan ajralib turadi.   •
Zarafshon okrugi Turon plitasining cho‘kkan qismida joylashib, neogen 
davrida dengiz suvining cho‘kindisi tufayli   quruqlikka aylangan, so‘ngra 
daryo o‘zanini yuvib, chuqurlashtirib, qator qayirlar hosil qilgan. Bu 
qayirlar gil, qumoq   va lyossimon jinslardan tashkil topgan. O` rt a Zarafshon t abiiy  ok rugi  •
O‘rta Zarafshon okrugini har ikki tomonidan o‘rab turgan   tog‘lar esa 
paleozoy erasining ohaktosh, kristall va slanes   kabi tog‘ jinslaridan tarkib 
topgan. Bu jinslar gersin tog‘   hosil bo‘lish jarayonida burmalangan. 
Natijada okrug shimolida   Nurota, Oqtov va Qoratov, janubida esa 
Qoratepa, Ziyovuddin hamda Zirabuloq tog‘lari ko‘tarilib qolgan. Bu 
tog‘lar   so‘nggi nurash oqibatida pasayib, Zarafshon daryosining 
irmoqlari va soylar hamda fizik nurash ta’sirida yassilanib, qiymalanib, 
hozirgi qiyofasi shakllangan. N urot a t og` lari Relyefi
•
O‘rta Zarafshon okrugining relyefi bir xil emas,uning vodiysi tekislikdan 
iborat bo‘lib, sharqdan g‘arbga pasayib boradi: Samarqand shahri yaqinida 
balandlik 700–750 m   bo‘lsa, Kattaqo‘rg‘onda 450 m, Navoiyda 347 m ga 
tushib qoladi.Okrug  markaziy qismidan ham shimolga, ham janubga 
balandlashib boradi.   Relyefi
•
Okrugning shimolida Nurota tizmasi joylashib, о‘ rtacha balandligi 
1500 m, eng baland cho‘qqisi – Hayotboshi 2169 m. Nurota tog‘ining 
janubida balandligi 500–600 m   bo‘lgan Nurota-Qo‘ytosh botig‘i 
o‘rnashgan, uning janubida   G‘ubdintog‘, Qaroqchitog‘, Oqtov, 
Qoratov, Baxiltog‘ joylashgan.
•
Zarafshon vodiysining janubida Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin 
tog‘lari joylashib, ular orasida Qarnob va Jom botiqlari o‘rnashgan.   •
Okrug hududidagi Zarafshon vodiysining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u 
goh kengayadi, goh torayadi. Zarafshon   vodiysining ana shunday kengaygan 
joyida Samarqand botig‘i   joylashgan. Uning, yerusti tuzilishi yassi tekislikdan 
iborat   bo‘lib, g‘arbda to Xazar yo‘lagigacha 220 km ga cho‘zilgan.Uning 
kengligi 50—60 km bo‘lib, shimol va janubdan past   tog‘lar o‘rab olgan. 
Okrugning bu qismida Zarafshon daryosining uchta ko‘hna qayirlari bo‘lib, 
ular lyossimon yumshoq   jinslardan tuzilgan. Shu sababli soy va mavsumiy 
suvlar yuvib,   juda ko‘p jarlar hosil bo‘lgan.  •
Samarqand botig‘i g‘arbga tomon torayib, pasayib boradi.Chunki 
Qoratov va Ziyovuddin tog‘larining g‘arbiy davomi hisoblangan 
Avtobach hamda Azkamar platolari yaqinlashib,Xazar yo‘lagini hosil 
qiladi. Bu yerda Zarafshon vodiysi tarqalib, uning kengligi 8—10 km 
bo‘lib qoladi. Xazar yo‘lagidan g‘arbga o‘tgach, Zarafshon vodiysi 
yana kengayib, pasayib, Buxoro vohasini hosil qiladi.

O‘RTA ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI

• Okrug O‘zbekistonning markaziy qismini, yer po‘stining tektonik jarayonlar ta’sirida cho‘kkan Zarafshon vodiysining respublikamizga qaraydigan o‘rta qismini o‘z ichiga oladi.Okrug aniq tabiiy chegaraga ega bo‘lib, uni shimol tomondan Nurota tog‘lari, janubdan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq,Ziyovuddin tog‘lari o‘rab tursa, sharqdan Tojikiston bilan chegaradosh. G‘arbda Quyi Zarafshon okrugidan Xazar yo‘lagi bilan ajralib turadi.

• Zarafshon okrugi Turon plitasining cho‘kkan qismida joylashib, neogen davrida dengiz suvining cho‘kindisi tufayli quruqlikka aylangan, so‘ngra daryo o‘zanini yuvib, chuqurlashtirib, qator qayirlar hosil qilgan. Bu qayirlar gil, qumoq va lyossimon jinslardan tashkil topgan.