QUYI ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI


QUYI ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI
Quyi Zaraf shon
GEOGRAFIK O’RNI VA CHEGARALARI Quyi Zarafshon okrugi shu nom bilan ataluvchi daryoning quyi qismida joylashib, o‘z ichiga Buxoro va Qorako‘l vohalarini oladi. Okrug sharqda kengligi 8 — 10 km bo‘lgan Xazar yo‘lagi orqali O‘rta Zarafshon okrugidan ajralib turadi. Okrug shimol va g‘arbdan Qizilqum okrugi, janubi g‘arbdan Sandiqli qumligi orqali Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Qashqadaryo okrugi bilan chegaralanadi. Bu yerda chegara Azkamar, Quyimozor, Jarqoq balandliklari orqali o‘tadi.
Daryo qayiridagi saksovulzor