Uyushiq bo’lak va uyushgan gaplar
MUSTAQIL ISH F an : Hozirgi o’zbek tili Mavzu : Uyushiq bo’lak va uyushgan gaplar
RE J A : 1. Uyushiq bo’lakli gaplar 2. Uyushgan gaplar 3. Uyushgan gaplar tahlili
Uy ushiq bo`lak li gaplarda umumlasht iruvchi birlik lar Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. (Oybek). Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani so`roqlayotganday bo`ladi. (P.Qodirov).
Uyushiq bo`lak li gaplarda xilma–xil t inish be lgilari qo`llaniladi. Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan: Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko`rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. (S.Ahmad).
Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. (F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. (S.Karomatov). Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma erda: uylarda, ko`chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi. (Oybek).