Xitoy sivilizatsiyasi
Xitoy sivilizatsiyasi
Qadimgi Xitoy sivilizasiyasi Xuanxe daryosining o’rta oqimida er. avv. V – III ming yilliklarda neolit madaniyalari zamirida vujudga keldi. Er. avv. I ming yillikda Qadimgi Xitoy poseleniyalari daryo yoqalab joylashgan bo’lib, I ming yillikning o’rtalaridan, ya’ni temir qurollarning keng miqyosda tarqalishi bilan dasht tekisliklarga ham tarqala boradi. Qadimgi Xitoy Sharq davlatlarining barcha xarakterli belgilarini o’zida jamlab, uning timsoli bo’la oladi. Bu yerda davlatning paydo bo’lishi er. avv. XVIII asrlarda Shan yoki In deb atalgan Xitoy qabila ittifoqining, boshqa qabilalar ittifoqlari hududini bosib olib, g’oliblar boshligi esa podsho bo’lganligi haqidagi hodisa bilan bog’lanadi. Dastlabki shahar tipidagi sivilizasiya Qadimgi Xitoyda eramizdan II ming yil ilgari Xuanxe daryosi havzasida o’troqlikka o’tib qolgan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanayotgan In qabilalarida yuz bergan
In qabilalar ittifoqi hayotining murakkablashuvi yozuvning tetapoya qilishiga olib keladi, birlamchi davrda u sig’inish marosimlarini o’tkazish maqsadida ishlatilgan. Bu yozuv oddiy shaklda bo’lib, asosan piktografik xarakterga ega edi, biroq unda iyeroglif yozuvlarining proobrazini kuzatsa bo’lar edi hamda keyinchalik u hozirgi Xitoy iyeroglifikasining paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Bu davrning muhim xususiyati ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi metalldan foydalanishning boshlanishi bilan kuzatilinadi. Shu bilan birga mehnat jarayonini takomillashtirish ham ahamiyat kasb etadi, ya’ni harbiy sarkardalar, kohinlar, jamoa oqsoqollari kengashi singari jamoat funksiyalarini belgilab berish va ishlab chiqarishni takomillashtirishni qabilalarga ajratish kabilar muhim omil bo’lgan. Jamiyatdagi bu o’zgarishlar dastlabki qulchilikning vujudga kelishi bilan kuzatiladi .