Qadimgi Xitoy Sivilizatsiyasi
Qadimgi Xitoy Sivilizatsiyasi
REJA: 1. Qadimgi Xitoy geografik joylashuvi, tabiiy sharoiti, aholisi va manbalar. 2. Qadigi Xitoyda ilk davlarlar. 3. Qadimgi Xitoy madaniyati. 4.Xulosa.
KIRISH Bizga ma‘lumki har bir davlatni, har bir xalqni o‘ziga yarasha tarixi, madaniyati, mentaliteti bor. Biz tarixni o‘rganar ekanmiz undan o‘zimizga tegishli xulosa va saboqlar chiqarishimiz darkor. El-yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida ma‘shum xatarlarni bir necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma‘naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o‘tmish, bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘limiz barchamizga saboq bo‘lishi, bugungi voqealikni teran taxlil qilib, mavjud taxdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lib yashashga davat etishi lozim. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan. Qadimgi Sharq madaniyati, davlat tuzumini rivojlanishida ham qadimgi Xitoy alohida o‘ringa egadir. Biz yosh avlod bu davlatni kashfiyot va yutuqlaridan oqilona foydalanish, undan hayot faoliyati davomida o‘zimizga kerakligini olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. U qilgan kamchiliklar va nuqsonlarni takrorlamaslik darkor.
QADIMGI XITOY TABIIY SHAROITI. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi eramizdan avvalgi V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o‘rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllanadi. Er. avv. I ming yillik o‘rtalaridan boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oladi. Xuanxe daryosi havzasi qadimda qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Eramizdan avalgi IV-II ming yilliklarda Xuanxening o‘rta oqimlarida karkidon, tapir, bambuq kalamushlari yashagan, bambuk daraxti o‘sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial tuprog`i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Qadimgi Xitoy asosan, mo‘tadil va subtropik mintaqalarda (jan. qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan g‘arbiy qismlarga bo‘lingan. Mamlakatning sharqi dengiz bo‘yi pasttekisliklari, past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar bilan band. G‘arbi esa baland tog‘lik, kata tizmalar, keng yassitog‘lik va botiqlardan iborat.Q irg‘oq chizig‘ining uzuligi 15 ming km chamasida. Kichik qo‘ltiq va buxta ko‘p. Yirik yarimorollari: Shandun va Lyaodun.Xitoy- murakkab orografiyaga ega bo‘lgan tog‘li o‘lka. Mamlakatning jan.g‘arbida Tibet tog‘ligi, undan shimolroqda Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitog‘liklar mintaqalari va atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet tog‘ligi Xitoyning eng baland qismidir (o‘rtacha bal. 4500 m ga yaqin).Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitog‘liklari g‘arbda bir-biridan Sharkiy Tyaninan tog‘lari bilan ajralgan Hashqar tekisligi va Jung‘ariya tekisligshsh o‘z ichiga oladi. Ularga jan.sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan tog‘lari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili bo‘ylab shimoldan jannubga cho‘zilgan va tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.