logo

XITOY XALQ RESPUBLIKASIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

586.3671875 KB
XITOY XALQ RESPUBLIKASIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF
REJA:
•
XITOY  XALQ  RESPUBLIKASINING  IQTISODIY  RIVOJLANISHINI  GEOGRAFIK 
XUSUSIYATLARI
•
XALQ RESPUBLIKASINING  XO’JALIGINI GEOGRAFIK BAHOLASH
•
XITOY  XALQ  RESPUBLIKASINING      IQTISODIY  VA  IJTIMOIY  RIVOJLANISH 
MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI 1.1   Xitoy  sharqiy  Osiyoda  joylashgan.  Dunyo  aholisi 
eng  ko’p  va  maydoni  jihatidan  eng  yirik  davlatlardan  biri. 
Shimolda  Mongoliya  va  Rossiya,  shimoli-sharqda  Rossiya  va 
KXDR,  janubda  Vetnam,  Birma,  Laos,  Hindiston,  Butan  va 
Nepal,  g’arbda  Pokiston,  Afg’oniston,  Tojikiston,  shimoli-
g’arbda  Qirg’iziston  va  Qozog’iston  bilan  chegaradosh. 
Sharqda  tinch  okeanining  Sariq  dengiz,  janubda  Janubiy  Xitoy 
dengiziga  tutash.  Chegaralari:    Maydoni  9,6mln.km 2 
ga  teng. 
Aholisi  (2013)  –  1,4  mlrd.  Maydonining  kattaligiga  ko’ra 
uchinchi  o’rinni  egallaydi.  Bu  mamlakat  hududi  g’arbdan 
sharqqa 5ming km ga shimoldan janubga esa 3 ming km gacha 
cho’ziladi.  Poytaxti  –  Pekin  shahri.  Ma’muriy  –  hududiy 
bo’linishi  23  provinsiya  (Xitoy  Taypeyi  ham  shu  hisobga 
kiradi),  5  avtonom  hudud,  4  markazga  bo’ysinuvchi  shahar 
(Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga bo’linadi. Xitoy Xalq Respublikasining davlat ramzlari.  1.2  Xitoy  landshafti  turli-tuman,  mangu  qorlardan  tortib  to  tropic  o’rmonlar  va 
qumli  massivlargacha.  Mamlakatni  ikki  qismga  bo’lish  mumkin;  g’arbiy  qismi  (markaziy 
Osiyo)  –  baland,  qurg’oqchil,  cho’l,  keskin  continental  iqlimli,  deyarli  aholi  yashamaydigan 
hududlardan iborat. Xitoyning sharqiy qismi biroz pastroq, kuchli bo’lingan relefli, aholisi zich 
va  asosan  ekin  ekiladigan  landshafdan  iborat.  Yirik  daryolar  –  Yanszi,  Xuanxe,  Sungari,  . 
Ko’llar  asosan  Kukunor,  Duntinxu,  Poyanxu.  Xitoy  iqlimi  g’arbda  kontinental,  sharqda  asosan 
mussonli.  Mavsumlar  davomida  havo  haroratining  farqi  katta.  Yanvarning  o’rtacha  harorati 
Xarbinda  –  20,4C,  Pekinda  –  4,6C,  iyulniki  xuddi  shu  yerlarda  23C  va  26C.  Yillik  yog’in 
Sharqiy  Xitoyda  500-2000  mm  (ko’p  qismi  yozda  yog’adi).  G’arb  va  shimoli-g’arbda  tomon 
iqlimning  kontinentalligi  ortib  boradi. Yoz  issiq,  qish  sovuq.  Tibet  tog’ligida  qish  juda  sovuq  , 
yozi  esa  salqin.  Xitoyning  sharqiy  qismida  juda  xilma-xil  (25  mingdan  ziyod)  o’simlik  turi 
mavjud.  Yanszi  daryosi  quyi  oqimidan  janubda  doim  yashil  subtropik,  eng  janubda  tropic 
o’rmon  va  mangra  chakalakzorlari  mavjud.  G’arbda  yuksak  o’simliklarning  turi  5  mingdan 
oshadi.  Tog’  vodiylari  subalp  o’tloqlari  va  o’rmonli  dashtdan  iborat.  Hayvonat  dunyosi  boy  va 
xilma-xil.  Umirtqalilarning  3500  turi  (shundan  400  turga  yaqini  sut  emizuvchilar)  va 
qushlarning 1000 dan ziyod turi bor.
          Xitoy  xilma-xil  tabiiy  resurslarga  juda  boy.  U  toshko’mir,  temir  va  marganes 
rudalari,  boksit  va  polimetallar,  surma,  volfram,  molibden,  qalayi  kabi  mineral  xomashyolar 
bilan  jahonda  eng  yaxshi  ta’minlangan  mamlakatlar  qatoriga  kiradi.  Daryolar  daryolar 
gidroenergetika  resurslariga  nihoyatda  boy,  bundayquvvatlar  hajmiga  ko’ra  u  dunyoda  birinchi 
o’rinda turadi. Mamlakatning shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy hududlari esa o’rmonlarga boy. 
Jami  hududining  8%  i  o’rmonlardan  iborat.  Shunday  qilib,  Xitoyda  dunyodagi  eng  baland, 
sovuq  va  qurg’oqchil  tog’liklar  bilan  iliq  va  mo’tadil  iqlimli  nam  subtropik  va  tropik  tabiatli 
hududlar yonma-yon joylashgan. Xitoyning tabiiy resurslar xaritasi.
https://www.google.com/search?
q=xitoyning+foydali+qazilmalari&sxsrf=APwXEdczAo5HzAEJvGBmCdveKqhPmB4VGw:1684984155821&source=lnms&tbm=isch&sa=
X&ved=2ahUKEwjE97yQv4__AhXicvEDHYhJDBUQ_AUoAnoECAIQBA&biw=626&bih=539&dpr=1.5  1.3  Xitoy  aholisi  ko’pligi  bilan  dunyoda  1-o’rinda  turadi.  Hozirgi  vaqtda  Xitoyda 
jahon  aholisining  20%    ga  yaqini  yashamoqda.  91  xitoyliklar,  qolgan  qismi  turli  til  guruh  va 
oilalarga  mansub  bo’lgan  56  xalqdan  iborat.  Xitoyning  shimoli-g’arbida  uyg’urlar,  qozoqlar, 
qirg’izlar,  salorlar  va  boshqalar,  shimol  va  shimoli-sharqida  mo’g’ullar,  dunsyanlar,  tular, 
shimoli-sharqida  tungus  manjur  xalqlari,  g’arbi  [Tibet]  va  janubi-g’arbida  tibet-birma  xalqlari, 
janubda  tai  tillarida  so’zlashuvchi  xalqlar  va  boshqalar  yashaydi.  Dindor  xitoylar  buddizm, 
daosizm va konfutsiychilikka e’tiqod qiladi. Tibetlar va mo’g’ullarning dini – buddizm lamaizm. 
Xueylar  va  turkey  guruhga  kiruvchi  xalqlarning  ko’pchiligi  Islom  dinining  sunna  mazhabiga 
e’tiqod qiladi. Rasmiy tili – xitoy tili.
          Xitoyda  aholi  ko’payishining  kamaytirishga  olib  keladigan  o’ziga  xos  demografik 
siyosat  amalga  oshirilmoqda.  Mamlakat  konstitutsiyasida  qonunlashtirilgan  bu  demografik 
siyosatga ko’ra <<bir oilaga bir bola>> tavsiya qilinadi.
      Mamlakat aholisining umumiy soni 1955 - 2013-yillar orasida 615 mln. dan 1350,0mln. gacha 
,  ya’ni  2,2  baravardan  ortiqqa  ko’payadi.  Xitoy  aholisi  ana  shunday  qat’iy  cheklashlarga 
qaramasdan, so’nggi vaqtda yiliga 12 -13 mln. kishiga ko’paymoqda.
          Aholisining  milliy  –  etnik  tarkibiga  ko’ra  xitoyni  bir  vaqtning  o’zida  ham  ko’p 
millatli,  ham  bir  millatli  mamlakatlar  qatoriga  kiritish  mumkin.  Xitoyda  60  dan  ortiq  turli  millat 
va  ellatlar  yashaydilar.  Bular  uyg’urlar,  mo’g’ullar,  tibetiklar,  dunganlar,  manjurlar  va 
boshqalardir.  Shu  sababli  Xitoy  ko’p  millatli  mamlakatlar  qatorida  turadi.  Bir  millatli  mamlakat 
deyilishining sababi Xitoy aholisining 90% dan ko’prog’ini xitoyliklar  - xanlar tashkil qiladi.
          Mamlakat  aholisi  hududiy  jihatdan  notekis  taqsimlangan.  Aholining  o’rtacha 
zichligi  har  1  km    maydonga  141  kishini  tashkil  qilgan  holda,  bu  ko’rsatgich  Buyuk  Xitoy 
pasttekisligi  qismida  400  –  500  kishini,  Xuanxe  va  Yanszi  daryolari  oraliq  tekisliklarida  800  – 
1000  kishini,  cho’l  va  baland  Tibet  yassi  tog’ligi  hududlarida  esa  1  -2  kishini  tashkil  etadi. 
Aholining 90% i mamlakat hududining 1/3 qismidagina to’plangan.
     
Xitoy  jahonning  o’rtacha  darajada  urbanizatsiyalashgan  mamlakatlari  qatoriga  kiradi.  Aholining 
47,8%  i  shaharlarda  yashamoqda.  Bu  739,4  mln.  kishini  tashkel  etadi.  U  hozirgi  vaqtda  jahon 
mamlakatlari  orasida  yirik  shahar  (450),  ‘’millioner’’  shaharlar  (60)  ning  umumiy  soniga  hamda 
shahar  aholisining  mutlaq  miqdoriga  ko’ra  birinchi  o’rinda  turadi.  Faqat  yirik  va  ‘’millioner’’ 
shaharlardagina  jami  shahar  aholisining  1/2  ga  yaqin  qismi  yashamoqda.  Shanxay  (14,4  mln.  kishi), 
Pekin  (12,7mln.),  Guanchjou  (11,8mln.),  Shenchjen  (11,7),  Dunguan  (7,6),Tyanszin  (  7,2mln.) 
dunyoning  eng  yirik  shaharlari  qatoriga  kiradi.  Xitoy  aholisining  katta  qismi  qishloqlarda  yashaydi. 
Unda  700  mingga  yaqin  qishloqlar  hisobga  olingan.  Qishloqlar  va  qishloq  aholisining  soniga  ko’ra 
ham bu mamlakat jahonda birinchi o’rinda turadi.

Mehnat  resurslari  va  ish  bilan  bandligi.  Xitoy  jahonning  eng  yirik  mehnat  resurslariga  ega  bo’lgan 
mamlakat hamdir. Unda 795,4 mln. dan ziyodroq mehnatga layoqatli aholi mavjud.

       Xitoy 2020-yilga  qadar aholisi  uchun  50  mln  ta ish  o’rni  yaratmoqda.  Bu  haqida  Xitoy davlat kengashi 
tomonidan chop etilgan 2016 – 2020-yillarga mo’ljallangan ,,Bandlikni rag’batlantirish rejasi”da aytilgan.

      Xitoy hukumati shahardagi ishsizlik darajasini 2020 yilgacha 5 foiz darajasida saqlab qolmoqchi.

        2016-yilda  Xitoyda  13,14  mln  ta  yangi  ish  o’rni  yaratilgan,  biroq  istiqbolda  mehnat  bozori  o’sishi 
sur’atlari  sekinlashib,  o’rtacha  yillik  ko’rsatkich  12,5  mln  ish  o’rnini  tashkil  qiladi.  Ta’kidlanishicha, 
mehnat  bozori  har  yili  oliy  ta’lim  muassasalarining  8  mln  bitiruvchisi  va  ko’mir  ,  sement  va  po’lat  quyish 
sanoatlaridan bo’shatilgan 1 mln ishchi bilan to’lib boradi.

      2021-yilgacha Xitoyda pensiyaga yiliga 4,8 mln kishidan ketishi sababli yosh mutaxassislar ish o’rinlari 
yetishmovchiligini sezmaydilar.

          Bundan  tashqari,  2020  yilgacha  Xitoyda  nafaqat  mehnat  bozori  kengayadi,  balki  aholi  soni  ham  oshib 
boradi.  Xitoy  sog’liqni  saqlash  va  rejali  bola  ko’rish  ishlari  bo’yicha  davlat  qo’mitasining  ta’kidlashicha, 
2020  yilgacha  Xitoyning  aholisi  1,37  mlrd  dan  1,42  mlrd  kishigacha,  ya’ni  50  mln  kishiga  oshadi.  2050 
yilga kelib Xitoyning har uchinchi fuqarosi esa pensioner bo’ladi. 1 461 137 235 Численность населения
758 596 481 Численность мужского 
населения (51.9%)
702 540 754 Численность женского 
населения
 (48.1%)
5 332 256 Рождено в этом году
20 421 Рождено сегодня
3 001 004 Умерло в этом году
11 493 Умерло сегодня
-115 919 Мигрировало в этом году
-444 Мигрировало сегодня
2 215 333 Рост численности населения в 
этом году
8 484 Рост численности населения 
сегодняСЧЕТЧИК НАСЕЛЕНИЯ КИТАЯ
18.04.2023. Holatiga ko’ra Население на сегод ня ш ний день
1 461 127 892
Рейтинг страны  по населению
1 ( 18.09% от  населения  Зем ли )
Площ ад ь
9 598 089 км 2
Плотность населения
152.2 на км 2
Соотнош ение полов
1.08 ( 758 595 152 м ужчин на 702 539 524 женщ ин)
Сред ний воз раст
37.0
Ожид аем ая  продолжительность жиз ни
74.7 ( 72.7 - м ужчины , 76.9 - женщ ины )
Грам отность населения
96.4 %ФАКТЫ О НАСЕЛЕНИИ КИТАЯ
18.04.2023. Holatiga ko’ra Давлат  тузуми.  X itoy   —  халқ  	республикаси.  Амалдаги 
конституцияси  1988  й.  4  дек.  да  қабул  қилинган;  1988,  1993, 
1999  й.  ларда  айрим  тузатишлар  киритилган.  Конституцияга 
кўра,  Халқ  вакиллари  Умумхитой  мажлиси  (ХВУМ)  давлат 
ҳокимиятининг  олий  органи.  ХВУМ	
  давлат   бошлиғи  	—  ХХР 
раиси  (2003  й.  дан  Ху  Цзиньтао)  ва  унинг  ўринбосарларини 
сайлайди. Крнун чиқарувчи ҳокимиятни шаҳарлар ва	
  қуролли  
кучлар  	
томонидан  сайланадиган  депутатлардан  иборат.  5  й. 
Ижроия  ҳокимиятни	
  Давлат   кенгаши  	( ҳукумат )  амалга 
оширади.  У  ХВУМ  ва  унинг  доимий  қўмитаси  олдида	
  ҳисоб
 	
бериб туради. Давлат кенгашининг	  ваколат  	муддати 5 й.   2.1    Sanoati  hozirgi  tarmoqlarning  deyarli  barcha  turlariga  ega.  Hozirgi 
industriyasining  asosini  neft  va  neft  kimyosi,  atom  energetikasi,  samolyotsozlik,  avtomobilsozlik, 
elektrotexnika, metallurgiya kabi eng ilg’or sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. 
          Sanoat  geografiyasida  ham  katta  o’zgarishlar  sodir  bo’ldi. Agar  Xitoyda    XX  asrning  70  -  80-
yillarida  sanoat  korxonalarining  2/3  qismidan  ko’prog’I  dengiz  bo’yi  hududlarida  joylashgan 
bo’lsa,  hozir  industrial  qurilishlarning  asosiy  qismi  mamlakatning  kam  o’zlashtirilgan  ichki 
rayonlarida olib borilmoqda.
          Hozirgi  vaqtda  Xitoyda  750  mingdan  ziyod  sanoat  korxonalarining  mavjudligi  va 
ularda  70  mln.dan  ortiq  xizmatchilarning  ish  bilan  bandligi  ko’rsatkichlarining    o’zi  ham 
mamlakatda sanoat rivojlanishi darajasining tobora o’sib borayotganligini isbotlaydi.
      Sanoatning tayanch tarmog’I – yoqilg’i-energetika sanoatdir. Yiliga 1,4 mlrd. t dan ortiq ko’mir 
qazib chiqarilmoqda. Uning asosiy konlari shimoli-sharqiy va sharqiy Xitoyda joylashgan.
          Xitoyda  2012-yilda  300  mln.  t  ga  yaqin  neft  (shimoli-sharqiy  va  sharqiy  Xitoy  hamda  Sariq 
dengiz shelflaridan) qazib olindi.
          Xitoyda  ishlab  chiqaradigan  elekteroenergiya  miqdoriga  ko`ra  jahonda  AQSH  va 
Yaponiyadan  keyin  uchinchi  o`rinni  egallaydi.  Tarmoqda  turli  yoqilg’ilar  asosida  ishlaydigan  IES 
lar  salmog’i  eng  yuqoridir.  Uning  hissasiga  ishlab  chiqarilayotgan  jami  elektroenergiyaning  4/5 
qismi to`g`ri keladi. IESlarda yoqiladigan yoqilg`ilarning 3/4 qismi esa ko`mirdan iborat.
          Xitoyda  metallurgiya  majmuyining  deyarli  barcha    tarmoqlarini  rivojlantirish   
imkoniyati bor. Undagi qora va rangli metall konlari birlamchi energiya manbalariga nisbatan juda 
qulay  joylashgan.  Qora  metallurgiya  sanoati  tarmoqlar  orasida  yetakchilik  qiladi.  Metall 
mahsulotlarining  asosiy  qismini  esa Anshan,  Baotou,  Bensi,  Baoshan,  Pekin,  Uxan,  SHanxay  kabi 
bir  qator  to’la  sikinli  metallurgiya  kombinatlari  ishlab  beradi.  Umuman,  Xitoy  hozirgi  vaqtda  400 
mln.  t  dan ortiq po’lat ishlab chiqarilmoqda. Bu ko’rsatkichga ko’ra u jahonda 1-o’rinni egallaydi.  Elektrotexnika  va 
avtomobilsozlik a sanoati 
Rangli  metallurgiyaning  asosini  alyuminiy,  mis,  qo’rg’oshin,  rux  kabi 
sanoat  tarmoqlari  tashkil  qiladi.    Xitoy  rangli  metallurgiyasining 
mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchi  asosiy  korxonalar  Xitoyning  sharqiy 
va shimoliy-sharqiy rayonlarida joylashgan. 

          Mashinasozlik  sanoati  Xitoyda,  ayniqsa,  tez  rivojlanmoqda. 
Xitoyda televizorlar, maishiy xizmat texnikasidan tortib avtomobillar, 
kompyuterlar,  turli  o’lchov  va  elektrotexnika  mahsulotlarigacha 
ishlab  chiqarilmoqda.  Mashinasozlik  sanoati  markazlari  SHanxay, 
Shenyan, Tyanszin, Pekin, Chanchun, Xarbin va boshqalardir.

          Kimyo,  kimyo-neft  va  qurulish  materiallari  sanoati  mamlakatni 
mineral  o’g’itlar,  maishiy-ro’zg’or  mahsulotlari,  sement  kabi 
mahsulotlar  bilan  ta’minlashda  katta  yutuqlarga  ega.  Mamlakatda 
300mln.t dan ortiq neft qayta ishlamoqda. 

          Yengil  oziq-ovqat  sanoati .  Xitoyda  hamisha  yetakchi  sanoat 
tarmoqlaridan bo’lib kelgan. Ayniqsa, to’qimachilik sanoati bu borada 
katta  ko’rsatkichlarga  ega.  Jumladan,  ip-gazlama  sanoati  (bu  tarmoq 
to’qimachilik  mahsulotlarining  90%ini  yetkazib  bermoqda)  ishlab 
chiqarishda Xitoy jahonda eng yirik davlat hisoblanadi. Neft va Kimyo sanoati. 2.2  Hozirgacha  qishloq  xo’jaligi  mamlakat  iqtisodiyotining    eng  muhim  sohasi  bo’lib  kelmoqda. 
Unda  400  mln.  dan  oriq  mehnat  yoshidagi  aholi  ish  bilan  band.  Xitoy  qishloq  xo’jaligining  asosiy  qismi 
dehqonchilikdir.  Unda  esa  donchilik  tarmog’ining  salmog’i  eng  katta.  Jami  ekin  maydonlarining  80%    i  turli 
donli ekinlar bilan band. XXI asr boshida mamlakat bo’yicha 450 mln. t dan ortiq don mahsulotlari hosili olindi.
          Qishloq  xo’jaligida  foydalaniladigan  yerning  93  mln.  gektari  (mamlakat  hududining  10%) 
ishlanadi,  49%  sug’oriladigan  yerlar.  Ekin  maydonining  2/3  qismini  sholi,  bug’doy,  batat,  kartoshka  egallaydi. 
18%  ga  texnika  ekinlari  (paxta,  soya,  yeryong’oq,  choy,  tamaki,  jut,  shakarqamish,  qand  lavlagi  va  boshqalar) 
ekiladi.  Shuningdek,  tariq,  arpa,  grechixa  ham  yetishtiriladi.  Xitoyning  janubidagi  dengiz  sohillari  va  Sichuan 
soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rayonlarida choy o’stiriladi. Tung va lak daraxtlari ham o’stiriladi. 
Tropik,  subtropik  va  mutadil  mintaqalarida  ko’p  tarmoqli  bog’dorchilik  (sitrus  mevalar, ananas,  banan,  mango, 
olma,  nok  va  hakazo)  rivojlangan.  Ayrim  rayonlarda  tokchilik  bilan  shug’ullaniladi.  1992-yil  443  mln.  tonna 
g’alla,  5 mln tonnaga yaqin paxta yetishtirildi.
      0ziq-ovqat sanoatida esa go’sht va sigaret ishlab chiqarish bo’yicha mamlakat dunyoda 1-o’rinda, 
piva ishlab chiqrish bo’yicha esa AQSHdan keying 2-o’rinda turadi. Ekinchilikda asosiy yo’nalishi g’alla bo’lib, 
guruch,  bug’doy,  kartoshka,  batat,  yer  yong’oq,  zig’ir,  tamaki,  sabzavot  va  mevalar  yetishtirish  bo’yicha 
dunyoda 1-o’rinda turadi. Makkajo’xori va choy yetishtirish bo’yicha esa 2-o’rinda.  
          Jahon  bo’yicha  hisoblaganda  cho’chqalarning  40%i  turli  ish  hayvonlari  (  ot,  ho’kiz,  tuya  va 
boshqalar)  ning  20%i,    qo’y  va  echkilarning  16%i  XItoyga  to’g’ri  keladi.  Chorvachilikda  Xitoyning  har  bir 
rayoni  o’ziga  xos  yo’nlishga  ega.  Sharqiy  Xitoyda  cho’chqachilik,  parrandachilik  rivojlangan  ish  hayvonlari 
ko’paytiriladi. Ichki Mongoliya, Sentsizyan, Uyg’ur, Muxtor rayonlarining shimoliy qismi va Tibitda       yaylov 
chorvachiligi  (  qo’ychilik,  qoramolchilik,  yilqichilik)  asosiy  o’rinda.  1996-yil  109  mln  qoramol,  452  mln. 
cho’chqa, 107mln. qo’y bo’lgan. 1997-yil 29 mln t go’sht,  5 mln tonna sut tayyorlangan. Yansizi va Chjutszyan 
daryolari  havzalarida  tut  ipak  qurti,  shimoli-  sharqiy    Xitoyda  Shandunda  dup  ipak  qurti,  boqiladi. 
Xitoy  dunyoda  tabiiy  shoyi  yetishtiruvchi  yirik  davlatlardan  biri.  Xitoy  baliq  va  baliq  dengiz  hayvonlarini 
ovlashda  dunyoda  oldingi  o’rinlardan    birida  turadi.  Tuxum,  asal  va  boshqa  asal  mahsulotlari  ishlab  chiqarish 
bo’yicha  Xitoy  dunyodagi  yetakchi  o’rinlarda.  Chuchuk  suv  havzalarida  va  sholi  poyalarida  baliqchilik  ham 
keng tarqalgan. Xitoyda yog’och tayyorlanadi, yovvoyi o’simlik  mevalari va shifobaxsh o’tlar yig’iladi.  Qishloq  xo’jaligini 
moderenizatsiyalash Xitoy 2022 yilda:
* U makkajo‘xori yetishtirish bo‘yicha (257,1 mln. tonna)
AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda edi;
* U eng yirik guruch ishlab chiqaruvchisi (212,1 mln. tonna);
* Bug‘doy yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (131,4 mln.
tonna);
262
* U shakarqamish ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi o‘rinda (108
million tonna), Braziliya va Hindistondan keyin ikkinchi o‘rinda edi;
* U kartoshka yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda edi (90,2 mln.
tonna);
* Tarvuz yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (62,8 million
tonna);
* Pomidorning eng yirik ishlab chiqaruvchisi (61,5 million tonna);
* Bu bodring / tuzlangan bodringning eng yirik ishlab
chiqaruvchisi (56,2 million tonna);
* Kartoshka yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (53,0 mln.
tonna);
* Olmaning eng yirik ishlab chiqaruvchisi (39,2 million tonna);
* Baqlajonning eng yirik ishlab chiqaruvchisi (34,1 million tonna);
* Piyoz yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (24,7 mln.
tonna);
* Bu ismaloqning eng yirik ishlab chiqaruvchisi (23,8 million
tonna);
* Sarimsoqning eng yirik ishlab chiqaruvchisi (22,2 million
tonna);
* Yashil loviya yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (19,9
mln. tonna);
* Bu mandarinning eng yirik ishlab chiqaruvchisi edi (19,0 mln.
tonna);
* Sabzi yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda edi (17,9 mln. tonna);
* Paxta yetishtirish bo‘yicha 3-o‘rinda (17,7 mln. tonna),
* Hindiston va AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi;
* Yeryong‘oq yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda edi (17,3
million tonna);
* Nok yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (16,0 mln.
tonna); Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ayrim turlari. 
AQSh, Braziliya va Argentinaga yutqazib, soya yetishtirish

bo‘yicha 4-o‘rinni egalladi (14,1 mln. tonna);

Uzumning eng yirik ishlab chiqaruvchisi edi (13,3 mln. tonna);

Kolza yetishtirish bo‘yicha 2-o‘rinda (13,2 mln. tonna),

Kanadadan keyin ikkinchi o‘rinda edi;

No‘xat yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (12,9 mln.

tonna);

263

Qovun yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (12,7 mln.

tonna);

Shakar va etanol ishlab chiqarishga xizmat qiladigan qand

lavlagi ishlab chiqarish bo‘yicha 8-o‘rinni egalladi (12 million tonna);

Banan yetishtirish bo‘yicha 2-o‘rinda (11,2 mln. tonna),

Hindistondan keyin ikkinchi o‘rinda edi;

Bu gulqaram va brokkoli (10,6 million tonna) yetishtirish

bo‘yicha birinchi o‘rinda edi;

Apelsin yetishtirish bo‘yicha 2-o‘rinda (9,1 mln. tonna)

Braziliyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi;

Oshqovoqning eng yirik ishlab chiqaruvchisi (8,1 million tonna);

Qushqo‘nmasning eng yirik ishlab chiqaruvchisi edi (7,9 million

tonna);

Olxo‘rining eng yirik ishlab chiqaruvchisi edi (6,7 mln. tonna);

Bu qo‘ziqorin va truffle (6,6 million tonna) eng yirik ishlab

chiqaruvchi edi;

Greypfrutning eng yirik ishlab chiqaruvchisi (4,9 million tonna);

Kassava ishlab chiqarish bo‘yicha 15-o‘rinni egallagan (4,9 mln.

tonna);

Mango yetishtirish bo‘yicha 2-o‘rinda (shu jumladan mangosten

va guava) (4,8 mln. tonna), Hindistondan keyin ikkinchi o‘rinda edi;

Xurmo yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi (3,0 mln.

U eng yirik qulupnay ishlab chiqaruvchisi (2,9 million tonna);

Choyning eng yirik ishlab chiqaruvchisi (2,6 million tonna);

2,5 million tonna kungaboqar urug‘i ishlab chiqarildi;

Limon yetishtirish bo‘yicha 3-o‘rinda (2,4 mln. tonna), 
2.3  Ularning uzunligi 73ming km. Xitoyning sharqiy portlari temir yo’l orqali 
Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan 
bog’langan. Avtomobil yo’llari uzunligi 1,278 mln. km. so’ngi yillarda tez yurar 
avtomobil yo’llari qurish rivojlangan. Ularning uzunligi 8733 km.

      Hozirgi vaqtda 60 ming km ga cho’zilgan mamlakat temiryo’llarida yil 
davomida tashilayotgan turli xo’jalik yuklari va yo’lovchilarning teng yarmi ana 
shu tarmoq hissasiga to’g’ri kelmoqda. U, ayniqsa, Xitoyning markaziy 
rayonlarida to eng chekka g’arbiy qismlarigacha yoyilgan hududlarini 
birlashtiradi. Uning temiryo’llari O’zbekiston orqali o’tadigan qdimiy Buyuk ipak 
yo’li mamlakatlarini bir-birlari bilan bog’lashda ham katta ahamiyatga egadir.

      Ichki suv yo’llarining uzunligi 150 ming km danortiq. Yirik dengiz portlari: 
Shanxay, Dalyan, Sinxuandao, sindao, Guanchjou (xuanpu bilan), Tyantszin 
(Singan bilan). XXRning ko’p shaharlari jahondagi yirik shaharlar havo yo’llari 
bilan bog’langan.

      Avtomobil transporti – Xitoyning ikkinchi transport tarmog’i relyef sharoiti 
juda og’ir bo’lgan baland tog’ yoki cho’l rayonlarigacha kirib borganligida ko’zga 
tashlanadi. Mamlakatning dengiz qirg’og’I bo’yi rayonlarini bog’lashda va tashqi 
aloqalarini olib borishda dengiz trasporti asosiy o’rin tutadi. Shu bilan birga, 
Xitoyda hozirgi zamon transportining boshqa an’anaviy (daryo, quvur, havo, 
electron) hamda noan’anaviy (ot-ulov, arava, velosiped kabi) tarmoqlaridan ham 
keng foydalaniladi. Xitoying transport turlari 
2.4  Xitoy chetga  ko’mir, choy, baliq, 
to’qimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, 
traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, 
to’qimachilik va mashinasozlik sanoati 
mahsulotlari chiqaradi. Chetdan  mashina va 
jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, 
g’alla, kimyoviy o’g’it, yog’och va boshqa 
mahsulotlar  oladi.   Tashqi savdoda  Yaponiya, 
AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan 
hamkorlik qiladi. Pul birligi – yuan. 
3.1  Ichki  tofavutlari  (muammolari).   Xitoyni  Sharqiy, 
Markaziy va G’arbiy iqtisodiy rayonlarga bo’lish mumkin. 
Shularning  ichida  Sharqiy  iqtisodiy  rayon  o’zining  tabiiy, 
ijtimoiy,  demografik  va  iqtisodiy  salohiyatiga  ko’ra  har 
tomonlama  peshqadamlik  qiladi.  Mazkur  rayonlarda 
mamlakat  doirasida  sanoat  mahsulotining  91%  i,  YIM 
ning  93,5%  i  ishlab  chiqariladi.  Bu  o’rinda,  ayniqsa, 
dengizbo’yi  hududlari,  yirik  shaharlar:  Shanxay,  Pekin, 
Tyanszin,  Guanchjou  erkin  iqtisodiy  zonalar  sifatida 
alohida ahamiyat kasb etadi.  3.2  Xitoy Tayvanni o‘zining 23-viloyati deb hisoblaydi, garchi
Tayvan Xitoy Respublikasi tomonidan boshqilsa ham, u XXR
da’vosini rad etadi. Aksincha, ROC konstitutsiyasi XXR tomonidan
boshqariladigan barcha bo‘linmalar ustidan suverenitetni da’vo qiladi
Tayvan provintsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tomonidan
da’vo qilingan, ammo hech qachon nazorat qilinmagan viloyatdir.
XXR Tayvan va Pengu orollarini Konstitutsiyaga muvofiq o‘z
hududining bir qismi deb da’vo qiladi. Xitoy Respublikasi tomonidan
boshqariladigan Fujian orollari bilan birgalikda u odatda Xitoy
ommaviy axborot vositalari tomonidan Tayvan mintaqasi yoki Tayvan
hududi deb ataladi.XXR Tayvanni hech qachon boshqarmagan: XXR
tomonidan chop etilgan haritalar (va XXR qarashlarini qabul qiluvchi
boshqa manbalar) Tayvan provintsiyasini 1949-yilgacha bo‘lgan
chegaralariga muvofiq, avvalgi Xitoy respublikasining bir qismi
sifatida ko‘rsatadi.
Xitoy 14 qo‘shni davlatdan 12 tasi bilan quruqlikdagi
chegaralarini hal qildi va ularning aksariyatida jiddiy murosaga
erishdi. 2020 yil holatiga ko‘ra, Xitoy hozirda faqat Hindiston va
Butan bilan bahsli quruqlik chegarasiga ega
Xitoy, shuningdek, Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlaridagi
Senkaku orollari va Skarboro Shoal kabi bir nechta kichik orollarga
egalik qilish bo‘yicha ko‘plab mamlakatlar bilan dengiz bahslarida
ishtirok etadi.  
3.3  Infrat uzilma  o‘nlab yillar davom etgan infratuzilma

yuksalishidan so‘ng, Xitoy dunyoda yetakchi bo‘lgan ko‘plab

infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirdi: Xitoy dunyodagi eng katta

poezdlar tarmog‘iga, dunyodagi eng baland osmono‘par binolarga,

dunyodagi eng yirik elektr stantsiyasiga (Three Gorges to‘g‘oni),

dunyodagi eng katta energiya ishlab chiqarish quvvati, dunyodagi eng

ko‘p sonli sun’iy yo‘ldoshlarga ega global sun’iy yo‘ldosh navigatsiya

tizimi va Belt and Road Initiative tashabbusini ilgari surdi., yiliga 50–

100 milliard dollar miqdorida moliyalashtirish bilan yirik global

infratuzilma qurish tashabbusi.

Telekommunikatsiya Sharqiy Osiyo va Janubi -Sharqiy Osiyo

kontekstida Xitoyda Internetning kirib borish darajasi,1995–

2012Xitoy dunyodagi eng yirik telekom bozoridir va hozirda 2018-yil

holatiga ko‘ra,1,5 milliarddan ortiq obunachiga ega bo‘lgan

dunyodagi istalgan mamlakat ichida eng ko‘p faol mobil telefonlarga

ega. Shuningdek, u dunyodagi eng ko‘p internet va keng polosali

foydalanuvchilar soniga ega.,2018 yil holatiga ko‘ra 800 milliondan

ortiq Internet foydalanuvchisi - bu uning aholisining taxminan 60 %

ga teng - va ularning deyarli barchasi mobil. 2018 yilga kelib, Xitoyda

1 milliarddan ortiq 4G foydalanuvchisi mavjud bo‘lib, bu butun dunyo

bo‘yicha 40 foizini tashkil qiladi. Xitoy 5G sohasida jadal

rivojlanmoqda - 2018-yil oxiriga kelib, Xitoy 5G keng ko‘lamli va

tijorat sinovlarini boshladi. China Mobile, China Unicom va China

Telecom Xitoyda mobil va internetning uchta yirik provayderlaridir.

Birgina China Telecom 145 milliondan ortiq keng polosali

abonentlarga va 300 million mobil foydalanuvchilarga xizmat

ko‘rsatdi; China Unicom kompaniyasi 300 millionga yaqin

obunachiga ega edi; va ularning eng kattasi China Mobile 2018 yil

holatiga ko‘ra 925 million foydalanuvchiga ega edi. Birgalikda uchta

operator Xitoyda 3,4 milliondan ortiq 4G tayanch stantsiyalariga ega

edi. Xitoyning bir qancha telekommunikatsiya kompaniyalari, xususan

265

Huawei va ZTE Xitoy armiyasi uchun josuslikda ayblangan.Xitoy

o‘zining Beidou deb nomlangan sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya tizimini

ishlab chiqdi, u 2012 yilda Osiyo bo‘ylab tijorat navigatsiya

xizmatlarini hamda 2018 yil oxirigacha global xizmatlarni taklif qila

boshladi. 35-Beidou sun ’ iy yo ‘ ldoshi qurib bitkazilgandan so ‘ ng.

2020-yil 23-iyun kuni orbitaga chiqarilgan Beidou dunyodagi

uchinchi yakunlangan global navigatsiya sun’iy yo‘ldoshi sifatida

GPS va GLONASSga ergashdi. 
Transport 1990-yillarning oxiridan boshlab, Xitoyning milliy

avtomobil yo‘llari tarmog‘i milliy avtomagistrallar va tezkor yo‘llar

tarmog‘ini yaratish orqali sezilarli darajada kengaytirildi. 2018 yilda

Xitoyning Avtamabil yo‘llarning umumiy uzunligi 4 650 000 ga

yaqin, Tezkor avtomobil yo‘llari umumiy uzunligi 142 500 km (88

500 milya) ga yetdi va bu dunyodagi eng uzun tezkor avtomobil

yo‘llari tizimiga aylandi. Xitoy avtomobil sotish va ishlab chiqarish

bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlarini ortda qoldirib, dunyodagi eng

katta avtomobil bozoriga ega. Xitoy yo‘l tarmog‘ining tez o‘sishining

yon ta’siri yo‘l-transport hodisalarining sezilarli o‘sishi bo‘ldi, biroq

yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lganlar soni 2007 yildan 2017

yilgacha 20 % ga kamaydi.Shaharlarda velosipedlar avtomobillar

tarqalishining ortib borayotganiga qaramay, umumiy transport turi

bo‘lib qolmoqda - 2019 yil holatiga ko‘ra, Xitoyda taxminan 490

million velosiped mavjud. Pekin Daxing xalqaro aeroportida

dunyodagi eng katta bir binoli aeroport terminali mavjud. 2017-yil

holatiga ko‘ra, mamlakat 127 000 km (78 914 milya) temir yo‘llarga

ega bo‘lib, dunyodagi ikkinchi eng uzun tarmoq. Temir yo‘llar,

ayniqsa, dunyodagi eng katta yillik inson migratsiyasi sodir

bo‘ladigan Xitoy Yangi Yili bayramida katta talabni qondirishga

harakat qiladi. Xitoyning tezyurar temir yo‘l tizimi (HSR) 2000-

yillarning boshida qurilishni boshlagan. 2020 yil oxiriga kelib,

Xitoyda tezyurar temir yo‘l 37 900 kilometr (23 550 milya) ajratilgan

liniyalarga yetdi va bu dunyodagi eng uzun HSR tarmog‘iga aylandi.

Pekin-Shanxay, Pekin-Tyantszin va Chengdu-Chonging liniyalaridagi

xizmatlar soatiga 350 km (217 milya)gacha yetib boradi va bu ularni

dunyodagi eng tez an’anaviy tezyurar temir yo‘l xizmatlariga

aylantiradi. 2019 yilda yiliga 2,29 milliarddan ortiq yo ‘ lovchilar soni

bilan u dunyodagi eng gavjum hisoblanadi. Tarmoq o‘z ichiga oladi

Pekin-Guanchjou-Shenzhen tezyurar temir yo‘li, dunyodagi eng uzun 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.    Bahritdinov  B.A  va  boshqalar.  Jahon  ijtimoiy-iqtisodiy  geografiyasi.  0’quv 
qo’llanma. T.: 2008. 220 b. 

2.    Вавилова,  Е.В.  Экономическая  и  социальная  география  мира  [Текст]:  учебное 
пособие / Е.В. Вавилова. - 2-е изд., перераб. и доп. - М.: Гардарики, 2006. - 175 с 

3.    Maxmudova  M.J.,  Qo`ldasheva  M.  Jahon  mamlakatlari  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
geografiyasi (O quv qo llanma). NamDU, 2020 – 240 bet. ʻ ʻ

4.    Родионова,  И.  А.  Экономическая  и  социальная  география  мира  в  2  ч.  Часть1: 
учебник— Москва: Издательство Юрайт, 2019. — 385 с. 

5.   Safarova N. va boshqalar. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: 2022. – 244 b. 

6.    Гладкий,  Ю.Н.  Общая  экономическая  и  социальная  география  зарубежных 
стран. - М.: Академия, 2008. - 448 с 

7.    Симагин,  Ю.А.  Экономическая  и  социальная  география  мира  [Текст]:  учеб. 
пособие / Ю.А. Симагин. - М.: МГУ, 2001. – 231 с

8.   https://countrymeters.info/en 

9.  https://gtmarket.ru/ 

10.  https://www.worldometers.info/

11.  https://www.geografiya.uz

12.  https://www.stat.uz E’TIBORINGIZ 
UCHUN RAHMAT!

XITOY XALQ RESPUBLIKASIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF REJA: • XITOY XALQ RESPUBLIKASINING IQTISODIY RIVOJLANISHINI GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI • XALQ RESPUBLIKASINING XO’JALIGINI GEOGRAFIK BAHOLASH • XITOY XALQ RESPUBLIKASINING IQTISODIY VA IJTIMOIY RIVOJLANISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI

1.1 Xitoy sharqiy Osiyoda joylashgan. Dunyo aholisi eng ko’p va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Shimolda Mongoliya va Rossiya, shimoli-sharqda Rossiya va KXDR, janubda Vetnam, Birma, Laos, Hindiston, Butan va Nepal, g’arbda Pokiston, Afg’oniston, Tojikiston, shimoli- g’arbda Qirg’iziston va Qozog’iston bilan chegaradosh. Sharqda tinch okeanining Sariq dengiz, janubda Janubiy Xitoy dengiziga tutash. Chegaralari: Maydoni 9,6mln.km 2 ga teng. Aholisi (2013) – 1,4 mlrd. Maydonining kattaligiga ko’ra uchinchi o’rinni egallaydi. Bu mamlakat hududi g’arbdan sharqqa 5ming km ga shimoldan janubga esa 3 ming km gacha cho’ziladi. Poytaxti – Pekin shahri. Ma’muriy – hududiy bo’linishi 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 avtonom hudud, 4 markazga bo’ysinuvchi shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga bo’linadi.

Xitoy Xalq Respublikasining davlat ramzlari.

1.2 Xitoy landshafti turli-tuman, mangu qorlardan tortib to tropic o’rmonlar va qumli massivlargacha. Mamlakatni ikki qismga bo’lish mumkin; g’arbiy qismi (markaziy Osiyo) – baland, qurg’oqchil, cho’l, keskin continental iqlimli, deyarli aholi yashamaydigan hududlardan iborat. Xitoyning sharqiy qismi biroz pastroq, kuchli bo’lingan relefli, aholisi zich va asosan ekin ekiladigan landshafdan iborat. Yirik daryolar – Yanszi, Xuanxe, Sungari, . Ko’llar asosan Kukunor, Duntinxu, Poyanxu. Xitoy iqlimi g’arbda kontinental, sharqda asosan mussonli. Mavsumlar davomida havo haroratining farqi katta. Yanvarning o’rtacha harorati Xarbinda – 20,4C, Pekinda – 4,6C, iyulniki xuddi shu yerlarda 23C va 26C. Yillik yog’in Sharqiy Xitoyda 500-2000 mm (ko’p qismi yozda yog’adi). G’arb va shimoli-g’arbda tomon iqlimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq, qish sovuq. Tibet tog’ligida qish juda sovuq , yozi esa salqin. Xitoyning sharqiy qismida juda xilma-xil (25 mingdan ziyod) o’simlik turi mavjud. Yanszi daryosi quyi oqimidan janubda doim yashil subtropik, eng janubda tropic o’rmon va mangra chakalakzorlari mavjud. G’arbda yuksak o’simliklarning turi 5 mingdan oshadi. Tog’ vodiylari subalp o’tloqlari va o’rmonli dashtdan iborat. Hayvonat dunyosi boy va xilma-xil. Umirtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. Xitoy xilma-xil tabiiy resurslarga juda boy. U toshko’mir, temir va marganes rudalari, boksit va polimetallar, surma, volfram, molibden, qalayi kabi mineral xomashyolar bilan jahonda eng yaxshi ta’minlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Daryolar daryolar gidroenergetika resurslariga nihoyatda boy, bundayquvvatlar hajmiga ko’ra u dunyoda birinchi o’rinda turadi. Mamlakatning shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy hududlari esa o’rmonlarga boy. Jami hududining 8% i o’rmonlardan iborat. Shunday qilib, Xitoyda dunyodagi eng baland, sovuq va qurg’oqchil tog’liklar bilan iliq va mo’tadil iqlimli nam subtropik va tropik tabiatli hududlar yonma-yon joylashgan.