logo

Qozog'iston respublikasiga iqtisodiyoti,aholi va xójaligiga umumiy tavsif

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

15324.307617188 KB
    Qozog'ist on respubli k asiga i qt i sodiy ot i,
aholi  v a xój aligi ga umumiy  t av sif  Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм                     Iqtisodiy geografik o‘rin, keskin kontinental 
                  qurg‘oqchil iqlim, mineral resurslar, milliy 
                  tarkib, ko‘p tarmoqli sanoat, lalmi va 
                  sug‘orma deh qonchilik, donchilik.    
Maydoni – 2724,9 ming km².
  Aholisi (2018-y) – 18,4 mln.
  Poytaxti – Astana  Qozog‘iston Markaziy Osiyoda hududiy ji hatdan eng 
yirik davlat bo‘lib, jahon mamlakat	
 lari ichida maydoni 
bo‘yicha 9-o‘rinni egallaydi.    U beshta davlat – Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘izis-
ton va Turkmaniston bilan chegaradosh. Qozog‘is-
tonning Rossiya bilan davlat chegarasi (7 548 km) 
uzunligi bo‘yicha dunyoda AQSH va Kanada o‘rtasi-dagi 
chegaradan keyingi 2-o‘rinda turadi. Mamlakat janubi-
g‘arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.    Qozog‘iston iqtisodiy geografik o‘rnining asosiy 
xususiyatlari Osiyo va Yevropa davlatlarini bog‘lovchi 
temiryo‘l va avtomobil magistrallari ning o‘tganligi, 
Kaspiy dengiziga tutashligi, Rossiya va Xitoydek yirik 
davlatlarga chegaradoshligi bilan belgilanadi.    Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. 
Prezident qarorgohi “Oq o‘rda”
Parlament binosi Prezident 
Qosim-Jo‘mart 
To‘qayev Bosh vazir Alixon 
Smayilov       Ma’muriy-hududiy jihat dan unitar davlat bo‘lib, 14 ta 
viloyat va 3 ta respublika ahamiyatidagi shahar (Nur-
Sulton, Almati, Shimkent)dan iborat.    Tabiiy  sharoit i v a resurslari. 
Qozog‘iston 
relyefida tekisliklar 
hukm ronlik qiladi, 
tog‘ tizmalari faqat 
respublikaning 
janubi-sharqiy qismi	
 
da joylashgan. 
Markaziy hududlari 
relyefi esa kuchli 
parchalangan yassi 
tog‘likdan iborat.     Qozog‘iston foydali qazilmalarga jahondagi eng boy 
davlatlardan biri. Mamlakat yoqilg‘i, rudali va noruda 
resurslarining ulkan zaxiralariga ega.    Neft va tabiiy gazning yirik konlari Kaspiy 
dengiziga yaqin hududlarda, toshko‘mirning 
asosiy zaxiralari (Qarag‘anda, Ekibastuz 
havzalari) esa markaziy qismida joylashgan. 
Neft 
Qarag‘anda Tabiiy gaz
Ekibastuz       Qozog‘istonning markaziy va sharqiy hududlari temir, 
marganes, xrom, uran, mis, volfram, rux, qo‘rg‘oshin va 
boshqa metallarning katta zaxiralariga ega. Noruda 
mineral boyliklardan fosforit va oltingugurt alohida 
e’tiborga loyiq. 
temir
oltingugurt volfram rux qo‘rg‘oshinmarganes
xrom uran mis
fosforit             Qozog‘iston iqlimi mo‘tadil keskin kontinental va qurg‘oqchil, 
qish da shimoliy hududlarida havo harorati -50 °C dan ham 
past bo‘ladi. Qurg‘oqchil iqlim tufayli Qozog‘istonning 
bepoyon tekisliklarida dasht, chalacho‘l va cho‘l tabiat 
zonalari shakl	
 langan
Dasht
Chalacho‘l
Cho‘l
dasht cho‘l 
Chalacho‘l    Yog‘inlarning ozligi, hududining ak sariyat qismini 
cho‘llar ishg‘ol qilgan	
 ligi mamlakatning katta qismida 
suv resurslarining tanqisligini keltirib chi	
 qargan.    Asosiy daryolari 
hisoblangan Irtish, 
Ili, Sirdaryo, Ural 
respublikaning 
chekka qismlaridan 
oqib o‘tadi, to‘yinish 
manbalari esa 
qo‘shni mamla katlar 
hududida 
joylashgan. 
Irtish Ili
Ural Sirdaryo1
23
4          Aholisi. 
Qozog‘iston aholisi 18,4 
mln. kishiga teng (2018-
y.). Aholi ning tabiiy 
ko‘payishi Markaziy 
Osiyodagi boshqa 
davlatlarga nisbatan 
pastroq bo‘lib, yiliga 
o‘rtacha 1,5 % dan 
ortiqroq.     Urbanizatsiya darajasi 57 % ga teng (2018-y.). Hozirgi 
paytda 3 ta «millioner» shahar mavjud: Almati 
(mamlakatning eng yirik shahri), Nur- Sulton (37-rasm) 
va Shimkent. 
Almati 
Nur- Sulton  Shimkent      Aholi zichligining o‘rtacha ko‘rsatkichi Qozog‘istonda juda 
past bo‘lib, 7 km2 /kishi atrofida. Aholi respublika janubidagi 
sug‘orma dehqonchilik rivojlangan daryo vodiylari va tog‘oldi 
tekisliklarida hamda mamlakat shimolidagi sanoatlashgan 
hududlarida birmuncha zichroq joylashgan.    Aholisining milliy 
tarkibi ancha 
murakkab. Aholining 
67,5 % ini tash kil 
etadigan qozoqlardan 
tashqari, mamlakatda 
ruslar (20 %), o‘zbeklar 
(3 %), ukrainlar (1,5 %), 
uyg‘urlar (1,5 %) va 
boshqa millatlar 
vakillari mavjud 
(2018-y.).    Rus va ukrainlar shimoliy va sharqiy hududlarda keng 
tarqalgan bo‘lsa, o‘zbeklar, asosan, respublikaning 
janubidagi Turkiston viloyatida istiqomat qilishadi.    Qozog‘iston 
Markaziy Osiyodagi 
5 ta davlat ichida iq 
tisodiy salohiyati 
jihatidan yetakchi 
hisoblanadi, ayniqsa 
sanoat sohasi	
 dagi 
ko‘rsatkichlari ancha 
yuqori. Iqt isodiy ot i. 
Pul 
birligi 
- 
Tenge     Sanoatning asosiy tarmoqlari qatoriga neft-gaz, 
ko‘mir, qora va rangli metallurgiya, kimyo va 
mashinasozlik kiradi (38-rasm). 
neft-gaz ko‘mir
q ora   metallurgiya
rangli metallurgiya kimyo
mashinasozlik         Qozog‘iston neft qazish hajmi bo‘yicha jahonning ye 
takchi 20 ta davlatlari qatoriga, ko‘mir, mis, ruxni qazib 
olish bo‘yicha esa birinchi o‘ntalikka kiradi.    Qozog ‘ iston  2009-
yildan buyon uran 
qazib olish bo ‘ yicha 
jahonda birinchi 
o ‘ rinni egallab 
kelmoqda va u dunyo  
bo‘yicha jami qazib 
olinayotgan uranning 
40 % ga yaqin qismini 
beradi.    Elektr ener giyasining 90 % idan ortig‘i IESlarda 
ish	
 lab chiqariladi.    Dehqonchilikning bosh tarmog‘i donchilik. U, 
ayniqsa shimoliy viloyatlaridagi lalmi yerlarda 
yaxshi rivojlangan.    Janubiy viloyatlarda dehqonchilik sug‘orish yorda mida 
rivojlantirilib, bu yerda uning aso	
 siy tarmoqlari 
sabzavotchilik, sholichilik, polizchilik hisoblanadi.    Chorvachilikning yetakchi tarmoqlari: qo‘ychilik, 
qoramolchilik, yilqichilik, tuyachilik.                   1. Qozog‘iston iqtisodiy geografik o‘rnining 
                    qulay jihatlari nimalardan iborat? 
   2. Qozogiston sanoati va qishloq xo‘jaligining 
        ixtisoslashuviga mamlakatning tabiiy sharoiti va 
        resurslari qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
   3. Respublika aholisi milliy tarkibining xususiyatlarini 
       tavsiflab bering. 
   4. Nima sababdan Qozog‘istonning markaziy 
       hududlarida aholi zichligi juda past?

Qozog'ist on respubli k asiga i qt i sodiy ot i, aholi v a xój aligi ga umumiy t av sif Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Iqtisodiy geografik o‘rin, keskin kontinental qurg‘oqchil iqlim, mineral resurslar, milliy tarkib, ko‘p tarmoqli sanoat, lalmi va sug‘orma deh qonchilik, donchilik.

Maydoni – 2724,9 ming km². Aholisi (2018-y) – 18,4 mln. Poytaxti – Astana

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda hududiy ji hatdan eng yirik davlat bo‘lib, jahon mamlakat lari ichida maydoni bo‘yicha 9-o‘rinni egallaydi.

U beshta davlat – Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘izis- ton va Turkmaniston bilan chegaradosh. Qozog‘is- tonning Rossiya bilan davlat chegarasi (7 548 km) uzunligi bo‘yicha dunyoda AQSH va Kanada o‘rtasi-dagi chegaradan keyingi 2-o‘rinda turadi. Mamlakat janubi- g‘arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.