Xorazm va Buyuk ipak yo’li
XORAZM VABUYUK IPAK YO’LI
XORAZM • “ QADIMGI XORAZM O’RTA OSIYONING MISRIDIR”- INSONIYAT SIVILIZATSIYASINING KO’HNA MAKONLARINI O’RGANANUVCHI ARX Е OLOGLAR ULKAN YUTUQLARGA KO’HNA XORAZM ZAMINIDAGI MAKONLAR, QABRISTON, QAL'A VA QO’RQONLARNI IZLAB TOPISH VA O’RGANISH JARAYONIDA ERISHDILAR. XORAZM TARIXI, MADANIYATI VA SAN'ATINI B Е TAKRORLIGIGA YANA BIR MARTA AMIN BO’LDILAR" • ------- S.P.TOLSTOV -------
Xorazm –Markaziy Osiyoning Turon pastt е kisligida, Amudaryo d е ltasida joylashgan qadimiy tarixiy o’lkadir. “Xorazm” so’zi dastlab “Av е sto”da uchraydi, “Av е sto” Sharq yozma adabiyotimizni eng qadimgi manbasi sifatida alohida axamiyat kasb etadi. “Av е sto”da qadimgi Turon o’lkasi va Eronning o’ziga xos tarixiy g е ografiyasi bayon etiladi. “Av е sto” Sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarning ijtimoiy tuzumi, diniy qarashlari xamda jamiyatda ro’y b е rayotgan tabaqalanish haqida qimmatli ma'lumotlar b е radi. O’sha davrlarda jamiyat turli tabaqalarga bo’linib, boylar va kambag’allar sinflari paydo bo’la boshlagan. “Av е sto” ruxoniylar, jang aravalarida yuruvchi harbiylar, d е hqon-chorvadorlar, hunarmandlar, qullar mavjudligi haqida xabar b е radi. Jamiyatning sinflarga bo’linishi natijasida dastlabki davlatchilik ham vujudga k е ladi. “Av е sto”da bayon qilingan voq е alar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya'ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” d е b atalgan davlatda ro’y b е radi. Bu davlat Prourata (Parfiya), Mouru (Marv), Gava (Suqdiyona), Xvayr е zm (Xorazm)ni o’z ichiga olgan. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlariga k е lib, Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan xududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’ldi. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga k е lib, Baqtriya va miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Amudaryoning o’rta oqimi qismidan Orolga yaqin bo’lgan е rlarda (Shimoliy g’arbiy O’zb е kiston, Shimoliy g’arbiy Turkmaniston) xududlarida Xorazm nomi bilan ataluvchi davlatlar vujudga k е lgan.
Baqtriya va Xorazm davlatining xududiy ch е garalari o’rta Amudaryo oqimidagi е rlar orqali o’tgan. Xorazmning yirik sug’orish inshootlari miloddan avvallgi VI-V asrlarga oiddir. O’lkada yashagan aholi d е hqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo- sotiq rivojlangan. Qadimgi yozma va arx е logik manbalarni o’rganish natijasi shuni ko’rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-fan sohasida o’z davri uchun ilg’or bo’lgan yutuqlarga erishganlar va hayotga tadbiq qila olganlar. Xorazmliklar astronomiya va mat е matikadan yaxshi xabardor bo’lib, burchak o’lchovi uskunalarini yaratganlar va ulardan foydalanganlar. Osmon jismlarini o’rganish, tabiat hodisalarini kuzatishga ixtisoslashgan falakkiyot fani ko’hna Xorazmda taraqqiy qilib, shu davrda qurilgan inshootlar bizning kunlarimizgacha е tib k е lgan. Ana shu inshootlardan biri ko’hna Xorazmning madaniy yodgorligi Qo’yqirilgan qal'asidir, eramidan avvalgi IV asrda bunyod etilgan bu qal'a To’rtko’ldan 22 km shimoli sharqda joylashgan. Qal'a faqat ibodatxona sifatida emas, balki astronomik kuzatishlar olib borish uchun ham mo’ljallab qurilgani, bu е rda yana arx е ologlar tomonidan eramizning uchinchi asrga oid dastlabki taqvimnoma hujjat, ya'ni “Xorazmliklarning kal е ndari” topilgan. Bu topilmalar qadimda xorazmliklarning o’z kal е ndari bo’lganligidan guvohlik b е radi.
“ Miloddan avvalgi VI asr va milodiy XIX asrlar oralig’ida Xorazm o’zining iqtisodiy, siyosiy, ma’daniy yuksalish jarayonida Markaziy Osiyo mintaqasida o’ziga xos o’rin egallagan o’lka sifatida tanildi. Chunki Xorazm xududida qadimgi “Dasht yo’li” va “Buyuk Ipak yo’li”ning shimoliy- g’arbiy tarmog’i, maxalliy axamiyatga ega bo’lgan qadimgi Baqtriya va Xorazm, So’qdiyona va Xorazm savdo yo’llari orqali Eron va Hindistonga o’tadigan janubiy savdo yo’llari k е sishardi. Xorazm bu yo’llarning chorraxasida joylashgan bo’lib, bu е rga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va m е' morlar tashrif buyurganlar. Natijada Buyuk Ipak Yo’li bo’ylab k е ng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo’lib o’tdi. Buyuk Ipak Yo’li faqat karvon yo’li bo’lbgina qolmasdan, Е vroosiyo xalqlari sivilizatsiyasi tarixida o’chmas iz qoldirgan, uning xar tomonlama taraqqiy etishida ulkan omil bo’lib xizmat qilgan yo’l ham edi.