logo

Xotira

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

282.6669921875 KB
MAVZU:Xotira  Reja
1.Xotira haqida umumiy 
tushuncha.
2.Xotira nazariyalari. Xotira 
turlari.
3.Xotira va o’rganish. Xotiraning 
o’sishi.  Xotira  inson  xayoti  va  faoliyatida  juda  muxim  axamiyatga 
egadir.  Xotira  odamning  o’z  o’tmish  tajribasini  uzluksiz 
ravishda  kengaytirib  borishga  va  amalda  foydalanishga  imkon 
beradi. 
Xotiradan  maxrum  bo’lgan  odamni  bir  daqiqa  tassavur  qilib 
ko’raylik  bunday  odam  boshqa  kishilarni  va  tevarakatrofdagi 
narsalarni  tanish  imkoniyatidan  maxrum  bo’lgan  bo’lar  edi  u 
o’z ona tilini unutgan bo’lib, biror jumlani xam ayta olmas edi.
  Bunday odamda harakat xotirasi yoqolib, u xech bir harakatni 
qabul qila olmas edi.    O’tmish  tajribaning  ongimizda  iz  qoldirilishi,  saqlanishi  va  uni 
keyinchalik qayta tiklanishidan iborat bo’lgan jarayon xotira deb 
ataladi.
  Individning  o’z  xayotiy  tajribasini  esda  olib  qolishi,  esda 
saqlab  turishi  va  keyinchalik  esga  tushirishini  xotira  deb 
ataladi. 
Xotira soxasida quyidagi asosiy jarayonlar:
Esda olib qolish
Esda saqlash
Esga tushirish
unitish  jarayonlari  bir-biridan  farq  qilinadi.  Ana  shu  kursatib 
utilgan  xotira  jarayonlari  avtonom  (ya`ni  o’z  oldiga  mustaqil) 
psixik  «qobiliyatlar  bo’lla  olmaydi.  Bu  xotira  jarayonlari 
faoliyatda tarkib topadi va ularni faoliyat belgilab beradi.     Ma`lum  materialni  esda  olib  qolish  xayot  faoliyati  davomida 
individual, ya`ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir. 
To’plangan  tajribadan  keyingi  faoliyatda  foydalanish  qayta  esga 
tushurish ni talab qiladi.
Ma`lum  materialning  katnashmay  qolishi  yoki  faoliyatdan  tushib 
qolishi unda  esdan chiqarib qolish ga olib keladi.
  Materialni  saqlab  turish   deb  ataladigan  narsa  xam  shaxsning 
faoliyatida  katnashishi  bilan  bog’liq,  chunki  insonning  har  bir 
daqiqadagi  xatti  harakatlari  uning  butun  xayotiy  tajribasi  bilan 
belgilanadi.  Xozirgi zamon fanida barcha psixik jarayonlarni, shu jumladan, xotira 
jarayonlarini  xam  tarkib  toptirishga  sababchi  bo’lgan  faktor  asosan 
shaxs faoliyatidir, deb qarovchi nazariya tobora e`tirof etilmokda.
  Anna  shu  kontsepsiyaga  muvofik  esda  olib  qolish,  esda  saqlash  va 
qayta  esga  tushirish  jarayonlarining  amalga  oshirilishi  sub`ekt 
faoliyatida anna shu material qanday o’rinda turishi bilan belgilanadi.   Xotira mashqi  Xotiraning  har  xil  turlarini  ajratishda  eng  umumiy  asos  qilib  xotira 
harakteristikasining  esda  olib  qolish  va  qayta  esga  tushirish 
jarayonlari amalga oishiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog’liqligi 
olinadi.
Bunda  xotiraning  ayrim  turlari  uchta  asosiy  mezonga  muvofiq 
ravishda bo’linadi.
Ko’proq  faoliyatda  ko’rinadigan  psixik  aktivlik  harakteriga  qarab, 
xotirani  harakat,  emotsional  obrazli,  va  mantiqiy  xotira  turlariga 
bo’linadi.  Faoliyat  maqsadi  harakteriga  ko’ra,  ixtiyorsiz  va  ixtiyoriy  xotira 
turlariga bo’linadi.
Materialni  qancha  vaqt  esda  olib  qolish  va  esda  saqlsh  muddatiga 
qarab (faoliyatda xotiraning roli va o’rni jixatidan) qisqa muddatli, 
uzok muddatli va operativ xotira turlariga bo’linadi.
Inson  faoliyatining  har  xil  turlarida  psixik  aktivlikning  turlicha 
ko’rinishlari ustun turishi mumkin.
Masalan,  harakat  emotsional,  sensor  inteluktal  psixik  aktivlik 
turlari.  Anna  shu  psixik  aktivlik  turlairning  har  biri  tegishli 
harakatlar va ularning maxsulotlarida ifodalanadi.   Harakatlarda  xissiyotlarda,  obrazlarda,  fikrlarda  o’z  ifodasini  topadi. 
Bularga  xizmat  qiluvchi  xotiraning  o’ziga  xos  turlariga  psixologiyada 
tegishli nom berilagan.
Harakat
Emotsional
Obrazli
Mantiqiy xotira.
Harakat  xotirasi-  turli  xil  harakatlar  va  ularning  sistemalarini  esga  olish, 
esda saqlash  va  qayta esga tushirishdan  iboratdir.
Xotiraning  boshqa  turlariga  qaraganda  harakat  xotira  turi  ochik  oydin 
utsunlik qiladigan odamlarda uchrab turadi.   Emotsional tuygu xissiyotga xos xotiradir. 
Emotsiyalar  tuyg’ular  bizga  extiyojlarimiz  va  qiziqishlarimiz 
qanday  qondirilayotganligidan,  atrofimizdagi  olamga  nisbatan 
bizning  munosabatlarimiz  qanday  amalga  oshirilayotganligidan 
doim  xabar  berib  turadi.  Shuning  uchun  har  bir  kishining  xayoti  va 
faoliyatida  emotsional xotira  juda katta axamiyatga egadir.
Biz boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlab qolgan xissiyotlar 
va  harakatga  undovchi  yoki  o’tmishda  salbiy  kechinmalarga  ega 
bo’lgan  harakatlardan  saqlab  qoluvchi  signal  tarzida  namoyon 
bo’ladi.  O’zga  kishiga  hamdard  bo’lish  qobiliyati,  kitob  kaxromoni  bilan 
birga qayg’urish emotsional xotiraga asoslanadi. 
Agar siz boshdan kechirganlarni bir laxzada eslash bilan qizarish, 
oqarish qobiliyatiga ega bo’lsangiz agar siz qachonlardir boshdan 
kechirgan  baxtsizlik  xaqida  o’ylashdan  qo’rqsangiz,  sizda  tuygu 
xissiyot xotirasi yoki emotsional xotira bor deyish mumkin.  Obrazli  xotira  tasavvurlar,  tabiat  va  xayot  manzaralari,  shuning 
bilan  birga,  tovushlar,  xidlar,  ta`mlar  bilan  bog’liq  bo’lgan 
xotiradir.  Xotiraning  bu  turi  –ko’rish,  eshitish,  tuyish,  xid  bilish 
va ta`m bilish xotiralaridan iboratdir. 
Agar  normal  taraqqiy  etgan  barcha  kishilarning  xayotiy 
sharoitlarida  kurish  va  eshitish  xotirasi  odatda,  yaxshi 
rivojlangan  bo’lib,  etakchi  rol  o’ynasa,  tuyish  xid  bilish  va  ta`m 
xotiralarini, xotiraning ma`lum ma`noda professional turlari deb 
atash mumkin.  Ixtiyorsiz  xotira ning  xayotimizda  naqadar  katta  o’rin 
egallaganligini har kim xam o’z turmush tajribasidan biladi.
  Ixtiyorsiz  xotira  asosida  maxsus  mnemik  maqsadlarsiz  va  zo’r 
berishsiz  o’z  xayotiy  axamiyati  hamda  xajmi  jixatidan 
tajribalarimizinng kupchilik qismi tarkib topadi. 
Biroq  inson  faoliyatida  ko’pincha  inson  xotirasining  boshqarish 
zarurati tug’ilib qoladi.
Manna  shunday  sharoitlarda  kerakli  narsalarni  ixtiyoriy  ravishda 
o’rganib  olish  yoki  eslash  imkoniyatini  beradigan  ixtiyoriy  xotira  
katta rol uynaydi.  Operativ  xotira  tushunchasi  inson  tamonidan  bevosita  amalga 
oshirilayotgan  aktual  harakatlar,  operatsiyalar  uchun  xizmat 
qiluvchi mnemik jarayonlarni bildiradi. 
Bunda  ishni  bajarish  uchun  ayrim  oralik  natijalarni  yordamida 
saqlab  turamiz,  bajarayotgan  ishimizining  oxirgi  natijasiga 
yaqinlashganimiz  sari,  konkret  ishlangan  materiallar  esdan  chiqib 
qolishi mumkin.
Xudi  shunga  o’xshagan  xammasini  biz  biron  tektsni  o’qishda, 
ko’chirib  yozishda  va  umuman  ozmi-kopmi  murakkabroq  ishni 
bajarishda kuzatishimiz mumkin.  Proaktiv  (oldinga karab sharakat qiluvchi) va  Retroaktiv  (orkaga 
karab sharkat qiluvchi) tormazlanish
Qandaydir  bir  faoliyat  doirasida  xam,  chunonchi  qandaydir 
materialni yod olish jarayonida xam namoyon bo’lishi mumkin.
Ma`lum  materialning  o’rta  qismi  oldingi  va  oxirgi  qismlariga 
qaraganda yomon esda saqlanib qoladi. 
Materialning  o’rta  qismi,  agar  material  xajm  jixatidan  ayniqsa 
katta  bo’lsa,  proaktiv   va  retroaktiv   tormozlanishning  salbiy 
ta`siriga uchraydi.  Unitish jarayoni ozmi yoki ko’pmi chuqur bo’lishi mumkin. 
Unitilgan  obrazlar  yoki  fikrlarninng  aktuallashtirilishi  shunga 
ko’ra ozmi ko’pmi qiyinlashadi.
  Yoki umuman mumkin bo’lmay koladi.
Vaktincha  unitish  tegishli  miya  pulsi  xujayralarining  zo’riqishi 
natijasida  paydo  bo’ladigan  xaddan  ortiq  tormozlanish  sababli 
yuzaga kelishi xam mumkin.
Toliqqan paytda esda olib qolishning keskin pasayib ketish sababi 
anna shunda.  Materialni  eslash  uchun  bo’lgan  xaddan  tashqari  kuchli  xoxish 
natijasida tormozlanish yuzaga keladi.
Vakt  o’tishi  bilan  odam  qandaydir.  Boshqa  ishga  chalg’ib  ketgach, 
tormozlanish tarqilib ketadi. 
Anna  shu  paytda  esga  tushirilishi  narsa  ko’pincha  xotira  yuzasiga 
go’yo o’z-o’zicha sizib chiqadi.
Materialni  mustaxkamlashga  qiziqishning  bo’lishi  materialni 
uzoqroq esda olib qolishga olib keladi.
Unitsh vaktga bog’liq bo’ladi.  1. Harakat yoki motor    harakat xotirasi
2. Obrazli xotira 
3. His-tuyg’u xotirasi
4. So’z mantiq xotirasi Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira 
turlari        Faoliyatning maqsadiga ko’ra xotira turlari:
Ixtiyorsiz
IxtiyoriyMexanik  Faoliyatning 
davomiyligiga 
ko’ra
Uzoq 
muddatli Qisqa 
muddatli Operativ   Ruhiy xaoliyat 
qo’zg’atuvchisining sifatiga 
ko’ra 
Musiqiy 
xotira
Eshitish 
xotirasi  Xulosa
Xotira jarayoni sifatida saqlashning o'ziga xos qonuniyatlari bor. 
Saqlash dinamik va statik bo'lishi mumkinligi aniqlandi. Dinamik 
xotira operativ xotirada, statik xotira esa uzoq muddatli xotirada 
namoyon bo'ladi. Dinamik saqlanish bilan material ozgina o'zgaradi, 
statik saqlanish bilan, aksincha, u majburiy ravishda qayta qurish, 
qayta ishlashdan o'tadi.
Uzoq muddatli xotirada saqlanadigan materialning qayta tiklanishi 
doimiy ravishda qayta keladigan ma'lumotlarning ta'siri ostida sodir 
bo'ladi. Qayta qurish o'zini namoyon qiladi  turli   shakllar : ma'lum 
detallarning yo'qolishi va boshqa detallar bilan almashtirilishida, 
materialning ketma-ketligini o'zgartirishda, uni umumlashtirishda.  Foydalanilgan Adabiyotlar
1. ·  Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 1992. – 512 s.
2. ·  Nemov R.S. Psixologiya Kn. M.: Prosveshenie – 1994. – 576 s.
3. ·  G`oziev E. Psixologiya. T.: O’qituvchi, 1994 – 300 b.
4. ·  Klimov E.A. Osnovi psixologii. Ucheb. M.: YuNITI, 1997. – 295 s.
5. ·  Godfrua J. Chto takoe psixologiya. T. M.: Mir. 1992 – 496 s.
6. ·  Karimova V.M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari” T. 2004y.
7. ·  G`oziev E. “Shaxs psixologiyasi” T. 2004y.

MAVZU:Xotira

Reja 1.Xotira haqida umumiy tushuncha. 2.Xotira nazariyalari. Xotira turlari. 3.Xotira va o’rganish. Xotiraning o’sishi.

Xotira inson xayoti va faoliyatida juda muxim axamiyatga egadir. Xotira odamning o’z o’tmish tajribasini uzluksiz ravishda kengaytirib borishga va amalda foydalanishga imkon beradi. Xotiradan maxrum bo’lgan odamni bir daqiqa tassavur qilib ko’raylik bunday odam boshqa kishilarni va tevarakatrofdagi narsalarni tanish imkoniyatidan maxrum bo’lgan bo’lar edi u o’z ona tilini unutgan bo’lib, biror jumlani xam ayta olmas edi. Bunday odamda harakat xotirasi yoqolib, u xech bir harakatni qabul qila olmas edi.

O’tmish tajribaning ongimizda iz qoldirilishi, saqlanishi va uni keyinchalik qayta tiklanishidan iborat bo’lgan jarayon xotira deb ataladi. Individning o’z xayotiy tajribasini esda olib qolishi, esda saqlab turishi va keyinchalik esga tushirishini xotira deb ataladi. Xotira soxasida quyidagi asosiy jarayonlar: Esda olib qolish Esda saqlash Esga tushirish unitish jarayonlari bir-biridan farq qilinadi. Ana shu kursatib utilgan xotira jarayonlari avtonom (ya`ni o’z oldiga mustaqil) psixik «qobiliyatlar bo’lla olmaydi. Bu xotira jarayonlari faoliyatda tarkib topadi va ularni faoliyat belgilab beradi.