logo

XVII-XIX asrda o’rta osiyoda fan

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2205.060546875 KB
Mavzu: XVII-XIX asrda o’rta osiyoda fan
XVII asr oxiri XIX asr ikkinchi yarmida sanoatga 
fan va texnikaning ta’siri.
Fan – texnika taraqqiyoti.
Fan taraqqiyotiga jadidlarning qo‘shgan hissasi.     XVII asr oxiri XIX asr ikkinchi yarmida 
sanoatga fan va texnikaning ta’siri.
•
Ilmiy texnika taraqqiyoti jadallik bilan rivojlana 
boshlashi sanoatning ko‘plab tarmoqlarining 
rivojlanishiga o‘z tasirini ko‘rsatdi. Nihoyat XIX 
asrdan etiboran birinchi o‘ringa tadqiqot 
masalasi qo‘yildi. Natijada bu davrda ilm bilan 
texnikani sistemaga solish orqali ishlab chiqarish 
bilan ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni uzviy 
bog‘lash zaruriyati paydo bo‘la boshladi. •
Sababi,b  u  davrda  Yevropaning  ko‘p  davlatlarida  mexanik  to‘quv 
dasgohlari  ixtiro  qilina  boshlandi.  XIX  asrdagi  sanoat  to‘ntarashi  Yevropa 
davlatlarida  yengil  sanoatning  rivojlantirish  uchun  imkoniyatlarni 
kengaytirdi.Uzoq  izlanishlardan  so‘ng  ilk  to‘quv dasgohlari  shu  bilan 
birga,  olingan  mahsulotlarni  bo‘yoq  orqali  rang  berish  usuli  yo‘lga 
qo‘yildi.  Bu  jarayonni  rivojlantirish  uchun  xom  ashyo  zarur  edi.  Natijada 
metall  ishlab  chikarish  va  uning  sohalarini  takomillashtirish  zarurligi 
paydo bo‘ldi. • Metal va po‘lat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Marten domna pechlari 
yuzaga keldi va sof po‘lat namunalari olina boshladi. Tayyor bo‘lgan xom 
ashyoni mahsulotga aylantirish uchun mexanik yo‘l bilan ishlov berishni 
taqozo qilardi. Shuning uchun mashinalarning detal qismlarini ishlab chiqarish 
maqsadida frezer dastgohlari yaratildi. Sanoat to‘ntarishi natijasida manifaktura 
(yarim qo‘l mehnatiga asoslangan sanoat korxonasi) relsli temir yo‘llar, bug‘ 
mashinalari paydo bo‘ldi. Shuning uchun bu davr XIX asr” temir va bug‘ asri 
”deyiladi. Endingi masala –yoqilg‘i masalasini hal etish zaruriyati edi. •
Ilk yoqilg‘i sifatida toshko‘mirdan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Keyinroq neftdan 
olingan yoqilg‘ilarni XIX asrning 70-yillarida ichki dvigatellarga moslash yo‘lga 
qo‘yildi.
•
Sanoatni jadal rivojlanishi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga extiyoj osha boshladi. 
Buning uchun Amerika o‘z paxtasini Yevropaga sota boshladi. Mahsulotning ortishi 
sanoatning yuksalishi yana bir jarayonga turtki bo‘ldi. Ya’ni mahsulotlarni tashish va 
aloqa o‘rnatishni yuzaga keltirdi. Shuning uchun XVII-XVIII asrlarda mavjud bo‘lgan 
bug‘ dvigateli bilan ishlaydigan paroxodlar yaratildi va aloqaning ilk telegraf jarayoniga 
o‘tila boshlandi. Fan – texnika taraqqiyoti.
•
Fan bilan texnikaning o‘zaro bog‘liq, yagona, ilgarilab 
boruvchi taraqqiyoti ijtimoiy taraqqiyot asosidir. Dastlab fan 
rivoji bilan texnika taraqqiyoti o‘rtasidagi yaqinlashuv XVI 
– XVIII asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bog‘liq 
holda sodir bo‘ldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish 
empirik tajribalar, hunarmandchilik asosida shakllangan. 
Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining ikkita 
nisbatan mustaqil yo‘nalishi sifatida yuksala borgan . •
XVI  asrda  savdo-sotiq  va  yirik  manufakturadagi  tub  o‘zgarishlar  bir  qancha  aniq 
vazifalarni  nazariy  va  eksperimental  hal  qilishni  talab  qildi.  Bu  davrda  fan 
Uyg‘onish  davri  g‘oyalari  ta’sirida  sxolastika  an’analarini  parchalab,  amaliyotga 
murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilinishi ilmiy texnikaviy faoliyatga 
asos bo‘lib xizmat qildi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab 
chiqarishida  qo‘llanilishi  ba’zi  mexanik  jarayonlarni  nazariy  tadqiq  etishni  talab 
qildi.  Natijada  charxpalak  g‘ildiragi, charxpalak  harakati  nazariyasi,  qarshilik  va 
ishqalanish ta’limotlari yaratildi • Fan  bilan  texnika  yaqinlashuvining  ikkinchi  bosqichi  mashin  ishlab 
chiqarishning  XVIII  asr  oxiridan  boshlab  taraqqiy  etishi  bilan  bog‘liq 
bo‘lib,  bunda  fan  bilan  texnika  bir-birining  jadal  rivojlanishiga  ta’sir 
ko‘rsatdi.  Bu  davrda  ishlab  chiqarish  faoliyatida  nazariy  masalalarni 
xayotga  tatbiq  qilishga  da’vat  etuvchi  fanning  maxsus  bo‘limlari  paydo 
bo‘ldi.  Amaliy  tadqiqotlar, ishlab  chiqarish  tadqiqotlari,  amaliy  amaliy 
konstruktiv ishlanmalar, va x.k. • Fan  –texnika  taraqqiyotining  uchinchi  bosqichi  fan  –texnika  inqilobi  bilan 
bog‘liq.  Uning  ta’sirida  texnika  taraqqiyotiga  qaratilgan  ilmiy  g‘oyalar 
kengaydi.  Texnik  masalalarni xal  qilishda  biologlar,  fiziologlar,	 psixologlar, 
mantiqshunoslar  ishtirok  etdilar.  Fan  –texnika  taraqqiyoti  shuningdek  ijtimoiy 
fanlar  yo‘nalishlari,  iqtisod  va  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  iqtisodiy  va 
ijtimoiy	
 jarayonlarni  ilmiy  boshqarish,  aniq  ijtimoiy  tadqiqotlar  kabilarga 
bilvosita  ta’sir  qildi.  Fanning  texnikaga  nisbatan  yetakchilik  mavqei  yanada 
yorqin  namoyon  bo‘ladi,  fan  texnikani  uzluksiz  inqiloblashtiruvchi  kuchga 
aylanadi. Fan taraqqiyotiga jadidlarning qo‘shgan 
hissasi.
• Jadidchilik harakati,  shu  vaqtgacha  islom  dunyosida  sira  ham 
ko‘rinmagan  ilg‘or  va  tezkor  o‘qitish  “Savtiya”  (tovush) 
usuliga  asoslangan  jadid  maktablari  tashkil  topishidan 
boshlandi.  Bu  maktablarda  bolalar  bir  yilda  savod  chiqarib, 
mukammal o‘qish va yozishni o‘zlashtiradi. Buning uchun esa 
qadim  an’anaviy  musulmon  maktablarida  5-6  yil  o‘qish  kerak 
bo‘lar  edi.  Aytish  mumkinki,  “Savtiya”  usulidagi  jadid 
maktabi  Vatanimiz  tarixidagi  buyuk  kashfiyotlar  silsilasini 
boyitdi. •
Jadid  maktabida  diniy  va  dunyoviy  ta’lim-tarbiya  hamda  ilm  o‘zaro  uyg‘unlashtirildi.  Bolalar 
qulay  partalarda  o‘tirib,  xarita  va  rasmlar  yordamida  tez  savod  chiqardi  va  diniy  –  dunyoviy 
ilmilarni  o‘rgandi.  Jadid  maktablarida  Qur’oni-karim,  matematika,  geografiya ,  ona  tili,  rus,  arab 
tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi.
•
Jadid  maktablari  to‘rt  (boshlang‘ich)  yillik  va  yetti  yillik  edi.  Masalan,  Munavvarqori 
Abdurashidxonovning  yetti  yillik  maktabini  bitirgan  yoshlar  dunyoviy  ilmlarni,  rus  tilini  yaxshi 
o‘zlashtirgan  holda  jadid  maktabida  o‘qituvchi,  maschitlarda  imom  bo‘lish,	
  madrasa  va   hatto , 
xorijdagi dunyoviy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, savdo va boshqa korxonalarda kotib bo‘lib ishlash 
malakasiga  ega  bo‘lganlar.  Bunday  yetti  yillik  maktablar  Toshkentdan  tashqari,  Qo‘qon, 
Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi. •
Jadid maktablari pullik edi. Har oyiga ota-onalar baholi qudrat, ellik tiyindan bir 
yarim so‘mgacha pul to‘ladi. Bu o‘rinda har ota-ona o‘zlarining boylik va 
kambag‘allik darajalarini shariat asosida belgilab pul beradilar. 35 foizgacha 
kambag‘al va nochorlarning bolalari tekin o‘qitildi. O‘ziga to‘q oilalar esa o‘z 
hohishi bilan uch so‘mdan va undan ham ko‘p pul bergan. Bulardan tashqari 
jadidlarning o‘zlari tashkil etgan xayriya jamiyatlari ham jadid maktablarini 
mablag‘ bilan ta’minlab turgan.Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, 
musulmon mutaassiblari qarshilik qiladilar.  •
Maktab  ochgan  jadidlar  dastur,  qo‘llanma  va  darsliklarni  ham  o‘zlari  yaratdilar. 
Saidrasul  Saidazizovning  “Ustodi  avval”,  Munavvarqori  Abdurashidxonovning 
“Adibi  avval”,  “Adibi  soniy”,  “Tajvid”  (Qur’onni  qiroat  bilan  o‘qish  usuliga  oid 
qo‘llanma),  “  Havoyiji  diniya”  (Shariat  qonunlari  to‘plami),  “Yor  yuzi”,  “  Usuli 
hisob”,  “Tarixi  anbiyo”,  “Tarixi  islom”,  Abdulla  Avloniyning  “Birinchi  muallim” 
va  “Ikkinchi  muallim”,  “Turkiy  guliston  yohud  ahloq“,  Mahmudxo‘ja 
Behbudiyning  “Qisqacha  umumiy  geografiya”,  “Bolalar  maktubi”,  “Islomning 
qisqacha  tarixi”,  “Amaliyoti  islom”,  “Aholi  geografiyasiga  kirish”,  “Rossiyaning 
qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular jumlasidandir. •
Jadid maktablari ochilishi bilan ba’zi joylarda eski maktablar bo‘shab qoldi. 
Natijada qadim va jadid maktabdorlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar paydo 
bo‘ldi. Bunga mutaassib qozi mulla va ulamolar ham qo‘shildilar.
•
Jadid maktablarining jami soni va ular qayerlarda ochilib faoliyat yuritganligi 
haqida hozircha to‘la ma’lumot yo‘q. Lekin, 1903 yilda birgina Toshkentda 20 ta 
(shundan 2 tasi o‘rta), jadid maktablari bo‘lgan. Ma’lumki, 1909 yildan keyin jadid 
maktablari  qattiq   nazorat   ostiga   olinadi , arzimas bahonalar bilan yopiladi. Ularda 
o‘qitiladigan adabiyot va darsliklar “oxranka”ning diqqat markazida bo‘ladi

Mavzu: XVII-XIX asrda o’rta osiyoda fan XVII asr oxiri XIX asr ikkinchi yarmida sanoatga fan va texnikaning ta’siri. Fan – texnika taraqqiyoti. Fan taraqqiyotiga jadidlarning qo‘shgan hissasi.

XVII asr oxiri XIX asr ikkinchi yarmida sanoatga fan va texnikaning ta’siri. • Ilmiy texnika taraqqiyoti jadallik bilan rivojlana boshlashi sanoatning ko‘plab tarmoqlarining rivojlanishiga o‘z tasirini ko‘rsatdi. Nihoyat XIX asrdan etiboran birinchi o‘ringa tadqiqot masalasi qo‘yildi. Natijada bu davrda ilm bilan texnikani sistemaga solish orqali ishlab chiqarish bilan ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni uzviy bog‘lash zaruriyati paydo bo‘la boshladi.

• Sababi,b u davrda Yevropaning ko‘p davlatlarida mexanik to‘quv dasgohlari ixtiro qilina boshlandi. XIX asrdagi sanoat to‘ntarashi Yevropa davlatlarida yengil sanoatning rivojlantirish uchun imkoniyatlarni kengaytirdi.Uzoq izlanishlardan so‘ng ilk to‘quv dasgohlari shu bilan birga, olingan mahsulotlarni bo‘yoq orqali rang berish usuli yo‘lga qo‘yildi. Bu jarayonni rivojlantirish uchun xom ashyo zarur edi. Natijada metall ishlab chikarish va uning sohalarini takomillashtirish zarurligi paydo bo‘ldi.

• Metal va po‘lat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Marten domna pechlari yuzaga keldi va sof po‘lat namunalari olina boshladi. Tayyor bo‘lgan xom ashyoni mahsulotga aylantirish uchun mexanik yo‘l bilan ishlov berishni taqozo qilardi. Shuning uchun mashinalarning detal qismlarini ishlab chiqarish maqsadida frezer dastgohlari yaratildi. Sanoat to‘ntarishi natijasida manifaktura (yarim qo‘l mehnatiga asoslangan sanoat korxonasi) relsli temir yo‘llar, bug‘ mashinalari paydo bo‘ldi. Shuning uchun bu davr XIX asr” temir va bug‘ asri ”deyiladi. Endingi masala –yoqilg‘i masalasini hal etish zaruriyati edi.

• Ilk yoqilg‘i sifatida toshko‘mirdan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Keyinroq neftdan olingan yoqilg‘ilarni XIX asrning 70-yillarida ichki dvigatellarga moslash yo‘lga qo‘yildi. • Sanoatni jadal rivojlanishi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga extiyoj osha boshladi. Buning uchun Amerika o‘z paxtasini Yevropaga sota boshladi. Mahsulotning ortishi sanoatning yuksalishi yana bir jarayonga turtki bo‘ldi. Ya’ni mahsulotlarni tashish va aloqa o‘rnatishni yuzaga keltirdi. Shuning uchun XVII-XVIII asrlarda mavjud bo‘lgan bug‘ dvigateli bilan ishlaydigan paroxodlar yaratildi va aloqaning ilk telegraf jarayoniga o‘tila boshlandi.