XVI asr birinchi yarmida XIX asrlarda markaziy Osiyoda fan
X V I asr birinchi y armida X I X asrlarda mark aziy Osiy oda fan 1. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor. 2. Xonliklar davrida ilm-fanning axvoli. 3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ilm-fan va axvoli. 4. XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari. 207-guruh Eshtemirov Behruz
1. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor . Shayboniylar sulolasi (1500-1601yy)ning asoschisi Muhammad Shayboniyxon (1451-1500-1510 yy) vafotidan keyin Shayboniylar davlati o‘rnida tarqoq xokimliklar yuzaga kelgan edi. Tarqoq hokimliklarga Abdullaxon II (1534-1556-1598 yy) xukmdorligi davrida barxam berilib, markazlashgan davlat barpo etildi. Xonlik chegaralari Kashg‘ardan Orol va Kaspiy dengiz soxillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlarni qamrab oldi. Bu davrda sug‘orish inshootlari, madrasalar qurildi, ilm-fan va madaniy aloqalar rivoj topdi. Mashxur Buxorodagi «Abdullaxon timi» (1577 y) usti yopiq savdo rastasi, Buxorodagi Abdullaxon madrasasi (1588-1590 yy) va ko‘plab madaniy qurilishlar Abdullaxon nomi bilan bog‘liq.
Abdullaxon bandi - 1583 yilda Nurota tog‘lari shimoliy yon bag‘rlaridagi Eski oqchob qishlog‘i yaqinida qurdigan suv omboridir. To‘g‘onning uzunligi asosida 73 m, yuqorisi esa 85m, balandligi 14,5 m. Ustki qismi 4,5 m qilinib, zinapoya shaklida qurilgan. To‘g‘on oldida xosil bo‘lgan suv ombornning uzunligi 1,5 km, eni 75- 125m. Abdullaxon bandida taxminan 1,2 mln. kubmetr suv to‘plangan. Abdullaxon bandining to‘g‘oni slanes toshlaridan qurilib, tosh palaxsalari suvga chidamli maxsus ganch qorishmasi - qir bilan biriktirilgan. Ko‘plab sug‘orish tarmoqlarn qurilganligi o‘rta asrda qurilish-irrigatsiya bilimlari fanlarining rivojlanganligidan dalolat beradi. Sharqda, xususan O‘rta Osiyoda bozorlar, xammomlar, masjid va madrasalar, minoralar qurilishi san’ati qadimdan yuksalgan. Chuqur bilim yuksak mahorat talab qiladigan ark qurilishi tarixda alohida ahamiyatga ega. Arklar Xiva, Samarqand, Termiz, Urganch, Qo‘qon, Toshkent, Buxoro va boshqa shaharlarda mavjud bo‘lgan. O‘rta asrlarda u kuxandiz, kox va qasr terminlari bilan tilga olingan. Buxoro arki - shaharning qadamiy qo‘rg‘oni, arxitektura va arxeologik yodgorlik Ark milodning I asrida qurila boshlanib, asosan shaybonnylar sulolasi (XVI asr) davrida ansambl xoliga kelgan. Ark balandligi 20 metrcha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan. Maydoni 4 gektar Ark ko‘pburchakli shakldagi inshoat.
2. Xonliklar davrida ilm-fanning axvoli. Bu davrga kelib O‘rta Osiyo o‘rta asrlarda jaxon miqyosida egallagan madaniy xayot shoxsupasidan tushib, ilm-fandagi o‘rnini Yevropaga bo‘shatib bergan edi. Xorazmshohlar, Samoniylar, Temuriylar zamonida dunyo fanining boshini tebratgan yurt iqtisodiy, siyosiy jihatdan madaniy qashshoqlik safida kolib ketishga majbur bo‘ldi. Jaxolat, o‘zaro nizolar, axloqsizlik fan va madaniyat ustidan tabora g‘olib kela boshladi. Dunyoviy fanlarga e’tibor davlat g‘amxo‘rligi darajasidan tushib qoldi-ki, fan va madaniyat sohaqida tashqi dunyo bilan aloqalar o‘rnatish va jaxon ilmiy yutuqlarini o‘lkaga ijobiy tatbiq qilish masalasi etibordan chetda qoldi. Yuqorida tilga olingan salbiy xodisalar fan va madaniyat yuksalishiga qanchalik to‘siq bo‘lmasin, tarixan baquvvat madaniyatga ega bo‘lgan xalq ma’naviy xayotini tamoman to‘xtatib qola olmadi. Xonliklarning yirik shaharlaridagi ko‘p sonli madrasa va masjidlar ilmu-xunar, axloq, ma’naviyat tarqatuvchi o‘choqlar edi.
Mavjud madrasa, maktab, machitu qiroatxonalar islom ta’limoti birinchi o‘rinda turar edi. Ilm maskanlari bo‘lgan madrasalarda talabalar diniy axloqiy kitoblardan tashqari til, adabiyot, matematika, mantiq tarix, geografiya, falakiyot kabi fanlarni xam o‘rganishar edilar. Ammo bu fanlarga, ayniqsa tabiiy fanlarga etibor diniy ta’limotni egallashga ruju qo‘yganiga nisbatan ancha sust edi. O‘rta Osiyoda jumladan O‘zbekistonda tarixnafislik, xattotlik, shoirlik ziyolilarimiz uchun qatiy xol xisoblangan, ular faqat bir soxa bilan shug‘ullanmaganlar. Ayrim tarixchilar esa mustaqil ravishda xarakat qilib, mavzu va davrlarni erkin tanlashgan, risolalar bitganlar. Har uchala xonlikda ham o‘z davrining yetuk tarixchi, shoir va adiblari ijod qilishgan. Xususan, Xiva xonligi (1512-1920 yy.)da tarixshunoslik maktabining asoschisi Abulg‘ozi Bahodirxon (1603-1664yy.) bo‘lib, u “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima” va “Money ul inson” nomli asarlarni yozib qoldirgan. Aynan, IX bobdan iborat “Shajarai turk” asari Xorazmning 1512-1663 yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‘ishlangan. Xuddi shuningdek, Xiva xonligida Xorazm tarixini yaratish bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirgan tarixchilar Shermuhammad Munis va Ogahiy Muhammad Rizo Ernazarbek o‘g‘li (1809-1874 yy.) dir. Munis Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asari “Firdavsul iqbol”ni yozadi. Uning bu ishini jiyani Ogahiy davom ettirib, “Shohidi iqbol” nomli tarixiy asarida xonlikning 1872 yilgacha bo‘lgan tarixini yoritib beradi.