yevropa mamlakatlari 19410-1991 yillarda
Y e vropa mamlak at lari 1941- 1991-y illarda
Reja: 1.G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha guruhlanishi va integratsiya jarayonlari 2.Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendentsiyalari 3.Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining ta’siri va undan chiqish yo’llari 4.Yevro hududining rivojlanish istiqbollari 5.O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi iqtisodiy aloqalarp
18.1. G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha guruhlanishi va integratsiya jarayonlari Jahon iqtisodiyotida XX asr o’rtalariga qadar yevropa yetakchilik rolini egallab kelgan bo’lsa, Ikkinchi jahon urushining salbiy oqibatlari tufayli iqtisodiy salohiyat jihatdan AQSHdan ancha ortda qola boshladi. yevropaning qayta tiklanishi va rivojlanishinish asosiy kuchi sifatida bozor, xususiy tadbirkorlik, raqobat, davlat boqaruvi asosidagi o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni kuzatish mumkin.
G’arbiy yevropa yagona iqtisodiy hudud sifatida jahon xo’jaligida sanoat va qishloq xo’jaligi, tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin-valyuta zahirasi va halqaro turizmning rivojlanganlik darajasi bo’yicha yetakchi o’rinda turadi. G’arbiy yevropa halqaro mehnat taqsimotida sanoati (mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika) rivojlangan hudud sifatida tan olingan. XX asr boshiga kelib G’arbiy yevropa halqaro mehnat taqsimotida ofis jihozlari, aniq mexanika, optika, telekommunikatsiya, aloqa vositalari kabi tarmoqlar bo’yicha mustahkam o’rin egalladi.