YEVROPA SUBREGIONLARI
YEVROPA SUBREGIONLARI
Yevropa • Yevropa – Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a. Yevropa hududining maydoni 10 mln km2 ga teng. Shundan 4,1 mln km2 Rossiyaning Yevropada joylashgan qismiga to‘g‘ri keladi. Yevropa siyosiy xaritasida 44 mustaqil davlat (Rossiya bilan birga) joylashgan. Bundan tashqari, Turkiya va Qozog‘iston davlatlari ham qisman Yevropada joylashgan, ammo xalqaro statistikasida ular Osiyo qit’asi tarkibiga kiritilgan. Yevropa davlatlari odatda 4 ta yirik subregionlarga bo‘linadi: Shimoliy, G‘arbiy, Janubiy va Sharqiy Yevropa
Shimoliy Yevropa davlatlari. • Bu subregion tarkibiga qit’aning Shimoliy Muz okeani hamda Atlantika okeanining Shimoliy va Boltiq dengiziga tutash 8 ta davlati kiradi. Bu davlatlar, odatda, 2 ta tarixiy-geograik guruhga bo‘linadi: Skandinaviya davlatlari – Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya hamda Boltiq davlatlari – Estoniya, Latviya, Litva. Bu ikki guruh davlatlar o‘rtasida tarixan shakl langan mustahkam siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjud. Daniya, Shvetsiya va Norvegiya konstitutsiyaviy monarxiya, qolgan davlatlar esa parlamentar respublika hisoblanadi.