logo

AFRIKA SUBREGIONLARI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

18874.517578125 KB
A FRI KA SUBREGI ON LARI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Afrika tabiiy resurslarga 
boy bo‘lishiga qaramay, 
mavjud siyosiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy muammolar 
natijasida rivojlanish 
darajasi past ko‘p 
davlatlar jam bo‘lgan 
qit’a hamdir. Umumiy 
maydoni – 30,3 mln km² 
dan ortiq bo‘lgan ushbu 
qit’ada 62 ta davlat 
joylashgan.   Ularning 54 tasi mustaqil davlatlardan iborat. Qit’ada 10 
ta orol, 15 ta quruqlik ichkarisidagi, 37 tasi dengiz 
chegaralariga ega. Afrika hududi 5 ta subregionga 
ajratiladi (18-rasm).                         
Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika 
subregionlari bir-birlaridan geografik o‘rni xususiyatlari, 
tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi, maydonda 
joylashgan davlatlar soni kabi ko‘rsatkichlariga ko‘ra farq 
qiladi (10-jadval).  
                                                                                                           10-jadval
Afrika subregionlari haqida umumiy ma’lumot                                             
                           
Subregionlar Maydoni, mln kv. km Aholisi soni. mln.    
  kishi Davlatlar soni
Shimoliy 8,5 218 7
G‘arbiy 6,0 341 16
Sharqiy 6,3 379 17
Markaziy 6,6 142 9
Janubiy 2,7 61 5   Shimoliy  A frik a
O‘rta va Qizil 
dengizlar, Atlantika 
okeaniga chiqa olish 
imkoniyati mavjud 
bo‘lgan sababli 
qadimdan Yevropa 
hamda G‘arbiy Osiyo 
davlatlari bilan 
aloqalarni yo‘lga 
qo‘ygan edi.        Hududining katta qismi subtropik mintaqaga to‘g‘ri 
kelganligi davlatlarning paxta, zaytun, uzum, sitrus 
mevalar yetishtirishga ixtisoslashishga sabab bo‘lgan.       Sanoat tarmoqlari rivojlanishi esa, birinchi navbatda 
mineral xomashyolarni qazib olish (neft, tabiiy gaz, 
fosforit, temir rudasi) hamda qayta ishlash bilan bog‘liq. 
neft tabiiy gaz
fosforit temir rudasi         Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlashga ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat sanoati 
ham yaxshi rivojlangan.    Bu yerda dengiz transporti ahamiyatli hisoblanadi.
Ayniqsa, Suvaysh kanalining bu mintaqa hududida 
joylashganligi transport xizmatlarining yuqori darajada
rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, xizmatlar 
sohasida turizm xizmatining ham o‘rni katta.     Aholisining asosiy qismini arab tilida so‘zlashuvchi xalqlar 
tashkil  qiladi. Ko‘p asrlik tarixga egaligi  sababli, mintaqa 
davlatlari iqtisodiyoti uchun an’anaviy hisoblangan sug‘orma 
dehqonchilik, ko‘chmanchi chorvachilik, hunarmandchilik 
kabi tarmoqlar o‘ziga xos an’analarga egaligi bilan ajralib 
turadi.    Misr va Jazoir subregionning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasiga ko‘ra peshqadam davlatlar 
hisoblanadi.
2
1     G‘arbiy  A frik a
Sahroyi Kabir va 
Gvineya qo‘ltiqlari 
oralig‘ida joylashgan
bo‘lib, hududi tropik 
cho‘llar, savanna, 
hamda nam 
ekvatorial mintaqaga 
to‘g‘ri keladi.    Afrikaning aholi soni jihatidan yetakchi davlati - Nigeriya 
joylashgan. Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. 
Mustamlakachilik davrida qulchilik eng avj olgan 
mintaqa hisoblanadi.  
1    Subregionning 
zamonaviy qiyofasini, 
birinchi navbatda, bu 
yerda qadimdan 
rivojlanib kelgan 
qishloq xo‘jaligiga 
ixtisoslashuv 
belgilaydi. Plantatsiya 
xo‘jaligining 
rivojlanishi bo‘yicha 
katta tajribaga ega 
bo‘lgan subregion 
davlatlari, asosan, 
texnik ekinlar 
yetishtirishga 
ixtisosashgan.   Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan 
monokultura ekinlarining (yeryong‘oq, turli 
mevalar, tabiiy kauchuk, kakao, kofe) asosiy 
qismi eksportga yo‘naltiriladi. 
yeryong‘oq ananas tabiiy kauchuk
kakao
kofe        Konchilik sanoati asosiy rivojlangan sanoat
tarmog‘i hisoblanadi. Asosan, temir va uran rudalari, 
boksit, qalay, neft, olmos, oltin qazib olinadi. 
temir rudasi uran rudasi
neft olmos oltinboksit qalay          Nigeriya G‘arbiy Afrikaning iqtisodiyoti
nisbatan rivojlangan davlatlariga misol bo‘la oladi.
1    Mark aziy  A frik a  
Markaziy Afrika 
mamlakatlari 
materikning markaziy 
qismida, nam 
ekvatorial o‘rmonlar 
hamda savanna 
mintaqalarida 
joylashgan.     Subregion mineral resurslar turi va zaxirasiga ko‘ra, nafaqat 
Afrikada, balki jahonda oldingi o‘rinlarning birini egallaydi 
Bundan tashqari, mintaqa suv, biologik (asosan o‘rmon) 
resurslariga ham boy bo‘lsa-da, mavjud tabiiy resurs 
imkoniyatlaridan to‘lig‘icha foydalanilmaydi.    Markaziy Afrika ishlov berilmagan olmos, mis, kobalt, 
marganes, qalay, neft kabi mineral resurslarning asosiy 
qismini jahonning turli davlatlariga eksport qiladi. 
olmos mis
qalaymarganets kobalt
neft         Bundan tashqari, 
subregion eksportida 
o‘rmon resurslarining 
salmog‘i ham katta. 
Asosiy sanoat tarmog‘i 
konchilik sanoati bo‘lib, 
so‘nggi yillarda yirik 
shaharlarda asta-
sekinlik bilan qayta 
ishlovchi sanoat 
tarmoqlari ham 
rivojlanmoqda.    Aholisi, asosan, bantu oilasiga mansub xalqlardan 
tashkil topganligi bilan ajralib turadi.    Kongo Demokratik Respublikasi subregion bo’yicha 
iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi.
1    Sharqiy  A frik a
Sharqiy Afrika 
uchun, asosan, subekvatorial 
va tropik iqlim xosdir. U Hind 
okeaniga chiqish 
imkoniyatiga ega bo‘lganligi 
sababli, qadimdan Hindiston 
va turli arab davlatlari bilan 
savdo aloqalarini o‘rnatib 
kelgan. Boshqa 
subregionlardan farqli 
ravishda bu mintaqa mineral 
resurslarga  nisbatan 
kambag‘al ekanligi bilan 
ajralib turadi.      Shu sababliiqtisodiyotini rivojlantirishda mavjud bo‘lgan 
boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanishga harakat 
qiladi. Asosan, tropik qishloq xo‘jaligi rivojlangan bo‘lib, jahon 
bozoriga kofe, choy, kokos palmasi mahsulotlari,
turli ziravorlar olib chiqadi.    Mintaqaning ba’zi davlatlari konchilik sanoati mahsulotlarini 
(mis) ham eksport qiladi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari 
rivojlanib bormoqda. Tashkil qilingan tabiiy bog‘lar va 
qo‘riqxonalar turizmni rivojlanishiga yordam beradi 
(19-rasm).     Afrika aholisi etnik jihatdan turli qabila va urug‘, elat va 
millatlardan tashkil topgan.   Keniya subregiondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga ko‘ra peshqadam davlat hisoblanadi.
1    J anubiy  A frik a
Yevropa, Osiyo, Amerika 
qit’alaridan ancha uzoqda 
joylashgan bo‘lsada, qulay 
transport-geografik o‘ringa 
ega. Uning qirg‘oqlaridan 
muhim dengiz yo‘li 
yo‘nalishlari o‘tadi. Janubiy 
yarimsharning
tropik va subtropik 
mintaqalarida joylashgan 
subregion turli tabiiy 
resurslarga (ayniqsa, 
mineral resurslarga) boy.     Subregionning boshqa davlatlari iqtisodiyotida 
qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi.    Aholisi etnik jihatdan rang-barangligi bilan ajralib 
turadi. Shu bilan birga JAR aholisi milliy tarkibida 
yevropaliklarning salmog‘i ham yuqori.     Janubiy Afrika Respublikasi nafaqat subregiondagi, balki 
qit’adagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat 
hisoblanadi. U jahon bozoriga turli mineral
resurslarni yetkazib beruvchi davlatlardan biri. 
1    Uning iqtisodiyotida konchilik sanoatidan tashqari, 
qayta ishlovchi tarmoqlar ham salmoqli miqdorda 
mahsulot tayyorlab beradi.    Afrika katta miqdorda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy resurs 
imkoniyatlariga ega. Lekin, mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasi pastligi, aholisining milliy va diniy tarkibidagi 
o‘ziga xosliklar, uning turmush hamda savodxonlik darajasining 
past ko‘rsatkichlari, siyosiy mustaqillikka erishish davrida etnik 
xususiyatlar e’tiborga olinmagan holda milliy chegaralanishning 
amalga oshirilganligi kabi holatlar ko‘plab geosiyosiy 
muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.   Mavjud tabiiy 
resurslardan oqilona 
foydalanmaslik esa 
ekologik 
muammolarning 
(masalan, 
cho‘llashish 
muammosi) yuzaga 
kelishiga sabab 
bo‘lgan.    © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova , V. A. 
Rafiqov– Geografiya – O‘rta ta’lim muassasalarining
     10-sinfi va o‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi 
      muassasalarining  o‘quvchilari uchun darslik , 
     Toshkent,  «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 
     Davlat ilmiy nashriyoti, 2017/  www.eduportal.uz

A FRI KA SUBREGI ON LARI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Afrika tabiiy resurslarga boy bo‘lishiga qaramay, mavjud siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar natijasida rivojlanish darajasi past ko‘p davlatlar jam bo‘lgan qit’a hamdir. Umumiy maydoni – 30,3 mln km² dan ortiq bo‘lgan ushbu qit’ada 62 ta davlat joylashgan.

Ularning 54 tasi mustaqil davlatlardan iborat. Qit’ada 10 ta orol, 15 ta quruqlik ichkarisidagi, 37 tasi dengiz chegaralariga ega. Afrika hududi 5 ta subregionga ajratiladi (18-rasm).

Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika subregionlari bir-birlaridan geografik o‘rni xususiyatlari, tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi, maydonda joylashgan davlatlar soni kabi ko‘rsatkichlariga ko‘ra farq qiladi (10-jadval). 10-jadval Afrika subregionlari haqida umumiy ma’lumot Subregionlar Maydoni, mln kv. km Aholisi soni. mln. kishi Davlatlar soni Shimoliy 8,5 218 7 G‘arbiy 6,0 341 16 Sharqiy 6,3 379 17 Markaziy 6,6 142 9 Janubiy 2,7 61 5

Shimoliy A frik a O‘rta va Qizil dengizlar, Atlantika okeaniga chiqa olish imkoniyati mavjud bo‘lgan sababli qadimdan Yevropa hamda G‘arbiy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan edi.