YEVROPADA DASTLABKI UNIVERSITETLARGA ASOS SOLINISHI
MAVZU: YEVROPADA DASTLABKI UNIVERSITETLARGA ASOS SOLINISHI
Universitetlar dastlab Yevropada 11 asrda ochila boshlagan. Biroq ilk universitetning vatani Yevropa emas. Tarixdagi birinchi universitet sifatida 970 yilda Misrning Qohira shahrida ochilgan Al-Azhar universiteti e'tirof etiladi. Yevropa universitetlari monastr maktablaridan ajralib chiqqan va taraqqiy etishi juda uzoq muddat davom etgan, shuning uchun ham ularning ilk rivojlanish davri qachon ekanini aniq belgilab bo‘lmaydi. 11-asr davomida Parij universiteti taraqqiy etib, dovruq qozona boradi. Yevropaning eng qadimiy universitetlaridan biri bo‘lgan bu maskan o‘rta asrlarda juda mashhur bo‘lgan. Bu dargoh professor va talabalarni huquq, ilohiyot, tibbiyot va falsafa ta'limining rivojlangani bilan jalb qilgan.
Birinchi universitetlar ajralib chiqqan maktablar professsorlar fikr almashadigan, ular uchun mo‘ljallangan muassasalar bo‘lgan. Bunday joylarda ideologiya, tibbiyot va huquq ta'limoti usullarini ishlab chiqishgan. Darslar esa lotin tilida olib borilgan. O‘rta asrlarda universitet talabalari, asosan, tibbiyot, huquq va ideologiyani o‘qishgan. Yevropada yoshlar universitet ta'limiga o‘tishdan oldin «trivium» guruhidagi grammatika, ritorika, mantiq fanlarini va «kvadrium» guruhiga kiruvchi arifmetika, geometriya, musiqa, astronomiya fanlarini o‘qishi lozim bo‘lgan. 18-asrdan boshlab universitetlar o‘z ilmiy nashrlarini chop eta boshlagan. 19-asrdan esa universitetlar uchun german va fransuz modeli ishlab chiqiladi. 19- asrgacha Yevropa universitetlarida diniy ta'lim ustuvor bo‘lgan, keyin aniq fanlarga e'tibor kuchaygan. Shunday vaziyatda german universtitetlar modeli ham ommalashib ketadi.
MURSI UNIVERSITETI ( 1272-YIL. ISPANIYA ) Ispaniyaning janubiy-sharqida joylashgan Mursii universiteti yoshlarga falsafa, tibbiyot, huquq, biologiya, iqtisodiyot, psixologiya va veterinariya sohalarida ta’lim darajalarini taklif etadi. Kastiliya, Leon va Galisiya qiroli Alfonso X (Dono) ushbu universitetga asos soldi. U ta’lim berishda fan va adabiyot sohalarida an’anaviy lotin tilining o‘rniga, ispan tilining Kastil shevasini qo‘llanilishi tarafdori bo‘lgan. Universitetning hozirgi binosi 1915 yilda qurilgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasi Ispaniyaning eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Mursii universiteti dunyoning 50 dan ziyod davlatidan yiliga 1000 dan ortiq talabalarni qabul qiladi.
VALYODOLIT UNIVERSITETI 1241-yil . Ispaniya Ispaniyaning Kastiliya-Leon hududida joylashgan Valyadolid universiteti Kastiliya qiroli Alfonso VIII tomonidan 1208-1212 yillarda asos solingan Palensiya universitetidan ajralib chiqqan. Dastlab unda grammatika, arifmetika, lotin tili, dinshunoslik fanlaridan ta’lim berilgan. Unga huquq, tibbiyot, san’at fakultetlari XX asrning boshlarida qo‘shilgan. Bugungi kunda Valyadolid universiteti 100 dan ortiq yo‘nalishda bakalavr, 17 yo‘nalishda aspirantura va 50 yo‘nalishda magistratura dasturlari o‘qitiladi. Ispaniyaning yetakchi oliygohi hisoblangan universitetda 30 000 nafar yaqin talaba ta’lim oladi. Ularga 2700 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shuningdek, u yerda 950 nafarga yaqin boshqa soha xodimlari ham ishlaydi.