logo

Zarafshon iqtisodiy rayoni

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3247.8193359375 KB
Zarafshon iqtisodiy rayoni     Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy 
boyliklari
•
Bu iqtisodiy rayon Samarqand, 
Buxoro va Navoiy viloyatlari 
hududidan iborat. Maydonining 
kattaligi jihatidan Quyi Amudaryo 
iqtisodiy rayonidan keyinda turadi . •
Maydonining asosiy qismi tekislik (Qizilqum cho‘li)dan iborat. U 
qorako‘lchilik uchun ahamiyatlidir. Tekislik markazida Tomditog‘ 
(eng baland cho‘qqisi 922 m), Bo‘kantog‘, Ovminzatog‘, Quljuqtog‘ 
qad ko‘tarib turadi. Tekislikning sharqida Nurota, Oqtog‘, 
Qoratog‘larning g‘arbiy qismi joylashgan. Bular ham iqtisodiyotda 
muayyan ahamiyat kasb etadi. Zarafshon vodiysining quyi qismlari 
obikor dehqonchilik uchun qulay.  •
Iqtisodiy rayon iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. 
O‘simlik o‘sadigan davr haroratining yig‘indisi shimolda 3000°C ni, 
janubda esa 5000°C ni tashkil etadi. Yog‘in nihoyatda kam, yillik 
yog‘in miqdori 100-300 mm xolos. Qor qoplami yupqaligi yaylov 
chorvachiligiga qo‘l keladi. Cho‘lda yerosti suvlaridan chorvachilikda, 
kichikroq joylarda esa sabzavot yetishtirishda foydalaniladi. Tez-tez 
garmsel shamoli xuruj qilib, o‘simliklarni qovjiratib ketadi. •
Suv muammosini hal qilish uchun 
Zarafshon daryosida Amu-Qorako‘l va 
Amu-Buxoro mashina kanallari, 
kanalda esa Quyimozor suv ombori 
ishga tushirilgan. Suvni 64 metr 
balanddagi bu kanallarga qudratli 
nasoslar ko‘tarib beradi. Suv omborga 
va undan kanallar orqali Buxoro 
vohasini sug‘orishga sarflanadi.  •
Zarafshon iqtisodiy rayonida xilma-xil mineral 
boyliklar ko‘p. Jumladan, Gazli, Uchqir, Qorovulbozor, 
Sortosh tabiiy gaz konlari, Kogon yaqinida neft koni, 
Muruntov oltin koni, Ingichka va Zarmitanda nodir 
metallar konlari, oltingugurt konlari, qurilish 
materiallari va mineral bo‘yoq konlari mavjud. Bu 
boyliklar iqtisodiy rayonda energetika, rangli 
metallurgiya, kimyo hamda qurilish materiallari 
sanoatlarini rivojlantirish uchun baza hisoblanadi.   Aholisi
•
Iqtisodiy rayon aholisining ko‘payish sur'ati mamlakat aholisining 
o‘rtacha o‘sishiga yaqinlashadi. Aholi hudud bo‘ylab juda notekis 
joylashgan. Ayniqsa, cho‘l mintaqasida aholi o‘ta siyrak. Xo‘jaligi va uning hududiy tashkil etilishi
•
Ushbu iqtisodiy rayonda agrosanoat majmuyi tarkib topib bormoqda. 
Sanoat ko‘p tarmoqlidir.
•
Zarafshon iqtisodiy rayonining elektroenergetika, rangli metallurgiya, 
neftni qayta ishlash, kimyo va gaz-kimyo, mashinasozlik, qurilish 
materiallari, yengil va oziq-ovqat kabi tarmoqlari jadal rivojlanmoqda.
•
Zarafshon iqtisodiy rayonining elektroenergetika, rangli metallurgiya, 
neftni qayta ishlash, kimyo va gaz-kimyo, mashinasozlik, qurilish 
materiallari, yengil va oziq-ovqat kabi tarmoqlari jadal 
rivojlanmoqda. •
Qorovulbozor shahrida yiliga 5 mln tonna neftni qayta 
ishlaydigan korxonaning ishga tushirilishi rayonda 
iqtisodiyotning yangi iqtisodiy sohasini vujudga 
keltirmoqda. Korxona mamlakatimiz neft mahsulotlariga 
bo‘lgan ehtiyojning yarmini qondira oladi.   •
Iqtisodiy rayon hosil etilayotgan elektr energiya miqdoriga ko‘ra 
Toshkent va Mirzacho‘l iqtisodiy rayonlaridan keyin uchinchi o‘rinda 
turadi. Elektr quvvati, asosan, Navoiy IESidan olinmoqda, IES tabiiy 
gaz bilan ishlaydi. Gaz sanoati bo‘yicha rayon yaqin yillargacha 
O‘zbekistonda yetakchi o‘rinda edi. Qashqadaryodagi Sho‘rtan gaz 
koni ishga tushirilgach, ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Kimyo sanoati 
tabiiy gaz va boshqa mineral xomashyoga tayanadi. Zarafshon 
hududiy ishlab chiqarish majmuyining asosiy tarmoqlaridan biri 
yengil sanoatdir.  •
Qishloq xo‘jaligi paxtachilik va qorako‘lchilikdan iborat. Yurtimizdagi 
yaylovlarning yarmidan ko‘pi shu rayonda. Yaylovlar mahsuldorligini 
oshirish uchun fitomeliorativ tavsiyalar tayyorlovchi 6 ta o‘rmon 
xo‘jaligi va 1 ta o‘rmon-melioratsiya stansiyasi ishlab turibdi. 
O‘zbekistondagi qorako‘l qo‘ylarning va tuyalarning yarmidan ko‘pi 
shu iqtisodiy rayonda boqiladi.

Zarafshon iqtisodiy rayoni

Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari • Bu iqtisodiy rayon Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidan iborat. Maydonining kattaligi jihatidan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan keyinda turadi .

• Maydonining asosiy qismi tekislik (Qizilqum cho‘li)dan iborat. U qorako‘lchilik uchun ahamiyatlidir. Tekislik markazida Tomditog‘ (eng baland cho‘qqisi 922 m), Bo‘kantog‘, Ovminzatog‘, Quljuqtog‘ qad ko‘tarib turadi. Tekislikning sharqida Nurota, Oqtog‘, Qoratog‘larning g‘arbiy qismi joylashgan. Bular ham iqtisodiyotda muayyan ahamiyat kasb etadi. Zarafshon vodiysining quyi qismlari obikor dehqonchilik uchun qulay.

• Iqtisodiy rayon iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. O‘simlik o‘sadigan davr haroratining yig‘indisi shimolda 3000°C ni, janubda esa 5000°C ni tashkil etadi. Yog‘in nihoyatda kam, yillik yog‘in miqdori 100-300 mm xolos. Qor qoplami yupqaligi yaylov chorvachiligiga qo‘l keladi. Cho‘lda yerosti suvlaridan chorvachilikda, kichikroq joylarda esa sabzavot yetishtirishda foydalaniladi. Tez-tez garmsel shamoli xuruj qilib, o‘simliklarni qovjiratib ketadi.