Zararkunandalarga qarshi kurash
Zarark unandalarga qarshi uy g‘unl ashgan k urash t i zimi Reja: 1.Tashkiliy – xo‘jalik tadbirlari 7.Seleksiyo n tadbirlar2.Agrotexn ik tadbirlar 3.Fizik- mexanik tadbirlar 4.Biologik tadbirlar 5.Kimyoviy tadbirlar 6.Karantin tadbirlar
Tashkiliy – xo‘jalik tadbirlari. Qishloq xo‘jaligimiz, tashkiliy tuzilish nuqtai naza-ridan, asosan fermer xo‘jaliklariga aylangani sababli, o‘simliklarni himoya qilish nuqtai nazaridan fermer oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yiladi. 1. Ekin maydonlarini hamma tomondan asoslangan almashlab ekish tizimini tuzish. Bunda yer unumdorligini va hosildorlikni oshirishni nazarda tutish bilan birga, yerda turli zararkunanda, begona o‘t, hamda vilt va boshqa kasal-liklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar zahirasini ozayti- rish nazarda tutiladi. 2. Barcha ekin ekiladigan yerlarda va ularning atrofi-dagi uvatlarda, hamda bog‘larda qishlab qoladigan zararku-nandalarning muvaffaqiyatli qishlab chiqishini oldini olishga qaradilgan tadbir-choralarni mo‘ljallash va amalga oshirish. 3. O‘simliklarni himoya qilish uchun kerak bo‘ladigan biologik va kimyoviy vositalar ehtiyojini hisoblab chiqib, sarf bo‘ladigan xarajatlarni rejalashtirish. Purkagichlarni jihozlab, kimyoviy vositalar zahirasini yaratish. Buning uchun tuman o‘simliklarni himoya qilish markazi hamda biolaboratoriyalar bilan shartnomalar tuzish. 4. O‘simliklarni himoya qilish borasida eng so‘nggi tavsiyalarni nazarda tutib, bilim saviyasini oshirib borish va qat iy rioya qilish.ʼ
2. Agrotexnik kurash chorasi. O‘simliklarni zararkunanda kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishda agrotexnik usul va tashkiliy xo‘jalik tadbirlarining ahamiyati nihoyatda katta hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishiga yaxshi ta sir ko‘rsatib zararkunanda ʼ kasallik va begona o‘tlarni rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi barcha agrotexnik tadbirlar bu usulni tarkibini tashkil etadi. Bunday tadbirlarga quyidagilar misol bo‘ladi: 1. Dambalarni kengaytirish va yangi sug‘orish sistemalarini joriy etish. 2. Ekinlarni almashlab ekish sxemasini tuzishda entomalog yoki fitopotolog yo‘riqlarga amal qilish. 3. Ekinlardagi bo‘shagan yerlarni chuqur ag‘darib haydash. . 4. Imkoniyati ko‘targan dalalarga qishki yaxob suvlarni berish. 5. Kuzda ekindan bo‘shagan barcha maydonlarni bahorgacha o‘simlik qoldiqlaridan tozalash. 6. Erta bahorda ekish muddatini to‘g‘ri aniqlash imkokiyati boritsa ertaroq ekish. 7. Zarakunanda va kasalliklarga chidamli navlarni tanlab ekish. 8. Ekinlar qator orasiga ishlov berish sug‘orish va oziqlantirishni tavsiya etilgan normalari va muddatlariga amal qilib o‘tkazish.
3 . Fizik -mexanik k urash usullari. Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o‘rin tutadi. 1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo‘llash tushuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug‘lik nuri, harorat o‘zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi. Fizikaviy harorat o‘zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug‘larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug‘doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo‘llaniladi. Begona o‘glarga qarshi kurashda olovli kultivatorlardan ham foydalaniladi. 2.Zararli hasharotlarni o‘ldirishda elektr tokidan foydalanish to‘g‘risida juda ko‘plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada maʼlum muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o‘simlikka tasiri bo‘yicha tadqiqotlar xali oxiriga yetkazilmagan. 3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug‘likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham maʼlum muvaffaqiyatlarga eri. shildi. Chunki, hasharotlarning ko‘pchiligi tunda yorug‘likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug‘ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko‘plab foydali hasharotlar ham nobud bo‘ladi. 4. Mexanik kurash chorasidan ham o‘simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo‘qotish, zararli hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo‘qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog‘lar qo‘llash va boshqalar tushuniladi.
4. Biologik k urash usuli v a uni riv ojlani sh i st i qbol i Biologik usul deganda qishloq xo‘jalik ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashda ularning tabiiy kushandalaridan, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar va ularni hayotiy mahsulotlaridan foydalanishga aytiladi. Bo‘g‘im oyoqlarining tabiiy kushandalari oziqlanish harakteri jihatidan entomofaglarga yaʼni xashoratlar bilan oziqlanadigan turlarga yoki akarifaglar yaʼni kanalar bilan oziqlanadigan turlariga mansubdir. Biologik kurash choralar bir nechta usulda olib boriladi. Tabiatda bo‘lgan tabiiy entomofaglardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish; -t ajavuzkor y uqori samarali e nt omof aglarni che t dan ke lt irib iqlimga moslasht irish; -parazit va e nt omof aglarni laborat oriy a sharoit ida ko‘pay t irib zarark unanda t ushgan dalalarga qo‘y ib yuborish; -zarark unanda hashorat larda chuqur k asallik jarayonini chaqiruvchi mik roorganizmlardan f oydalanish 7 . Hozirgi paytda bu usul bilan O‘zbekistonda bir qancha zararkunandalarga qarshi kurash chorasi olib boriladi. Masalan, tut daraxtiga katta zarar yetkazadigan komstok qurtiga qarshi 1947 yil olib kelingan Psevdofikus malinus paraziti, olma daraxtiga zarar yetkazuvchi qon bitiga qarshi subtropik rayonlardan keltirilgan Afilyunis mali paraziti yaxshi natija beryapti.