Kolorado qo’ng’izi (Leptinotarsa decemliniata Say) va unga qarshi kurash choralari samaradorligi
Mavzu: Kolorado qo’ng’izi (Leptinotarsa decemliniata Say) va unga qarshi kurash choralari samaradorligi
• Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng qishloq xo’jaligining barcha sohalarida, jumladan sabzavot va kartoshkachilikka ham katta e’tibor qaratildi . Ayniqsa aholini meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ekin maydonlarida sabzavot ekinlari salmog‘ini o’rtacha yilga 3 mln tonnaga, poliz ekinlari 1 mln tonnaga, kartoshkachilikni esa 400-500 ming tonnaga yetkazish ko’zda tutilgan edi. Kartoshkachilik sohasida yuqori hosil yetishtiruvchi xo’jaliklar, brigada, zvenolar misolida Toshkent tumani 156, Bo’stonliq tumanida 178, Samarqand tumanida 175 sentner/ga hosil olinmoqda. Kartoshkadan O’zbekiston sharoitida ikki marta hosil olish kasallik va zararkunandalarni yo’qotish, mavjud imkoniyatlardan to’g‘ri foydalanish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot obyekti va predmeti: • S amarqand viloyati PastDarg’om tumani sharoitida yetishtirilayotgan kartoshka dalalarining kemiruvchi zararkunandasi Kolorado qo’ng’izi (Leptinotarsa decemliniata Say ) tadqiqot obyekti hisoblanadi. • Kartoshka ekiladigan dalalarining kemiruvchi zararkunandasi Kolorado qo’ng‘izi biologiyasi, ekologiyasi tarqalishi , t ajriba o’tkazish uslubi, maqsadi va vazifalari tadqiqotning predmeti hisoblanadi
Tajriba o’tkazish uslubi, maqsadi va vazifalari . • Kolorado qo’ng‘izi O’zbekiston sharoitida jumladan Samarqandda ham kartoshka va boshqa ekinlarga katta zarar keltirmoqda. Lekin bu hasharot bizning sharoitda deyarli o’rganilmagan. AQSh, Kanada Yevropa mamlakatlari iqlim sharoitida ma’lumotlar yetarli bo’lsada, O’zbekiston sharoitida oid ma’lumotlar kam, shu tufayli Samarqand D avlat U niversiteti Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi o’qituvchilari rahbarligida Pastdarg‘om tumanida kolorado qo’ng‘izi bo’yicha kuzatishlar olib borishni maqsad qilib qo’ydik.