C++ va Java dasturlash tillari. Eclipse platformasi va uning xususiyatlari.
Mavzu: C++ va Java dasturlash tillari. Eclipse platformasi va uning xususiyatlari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. C++ dasturlash tili va uning imkoniyatlari 1.1 C++ dasturlash tilining alfaviti 1.2 C++ dasturlash tili asosiy tushunchalari 2. Java dasturlash tili haqida 2.1 Java dasturlash tilining asosiy strukturasi 2.2 Java texnologiyalari 3. Eclipse platformasi va uning xususiyatlari III. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Inson kabi kompyuter ham óziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til bólib, u cheklangan lug'at va qat'iy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan "til" DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi. Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni tóg'ridan - tóg'ri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli ótkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator . KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha óqib , mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig'adi. INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib , tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda kól bólib, ularning har biridan óziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida ma'lumotlar bilan tanishamiz. C++ kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun móljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun móljallangan til. SCRATCH dasturlarni órganish uchun eng Mo's vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun móljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun móljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish , sun'iy intellekt tizimlari uchun móljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal , Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega. IDE ( Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti)- dasturiy ta'minot yaratish uchun dasturiy vositalar majmui. Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bólib, dasturlash tillarida Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bólib, dasturlash tillarida dastur yozishshu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga óxshash bólib, bir necha bosqichni óz ichiga oladidastur
yozishshu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratis jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga óxshash bólib, bir necha bosqichni óz ichiga oladi. Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qóllanilishi, kirish va chiqish ma'lumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish , uni joriy etishning narxi baholanadi. Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni bólib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi. To'rtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning tóg'ri tuzilganligi , ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi. Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va ma'lumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar óqitiladi. Oltinchi sónggi bosqichda qóllab- quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi. Shuningdek , foydalanuvchi xohishini inobatga olgan holda, ish jarayonida yuzaga kelgan kamchilik va takliflar asosida dasturga
1. C++ dasturlash tili va uning imkoniyatlari C++ dasturlash tili nomi C dasturlash tilidan kelib chiqqan bo`lib, ++ belgisi inkrement amali, ya`ni o'zgaruvchining qiymatini bittaga oshish amalidan olingan. C ++ dasturlash tili turli xil amaliy dasturlarni yaratish, operatsion tizimlarni, qurilma drayverlarini, shuningdek video o'yinlarni va boshqalarni yaratish uchun keng qo'llaniladi. C ++ dasturlash tili 1980-yillarning boshlarida Bell Laboratories firmasi xodimi Byorn Stroustrup tomonidan yaratilgan. Byorn Stroustrup o'zining ehtiyojlari uchun C dasturlash tiliga bir qator yangiliklar kiritmoqchi bo`ldi, ya'ni dastlab C ++ dasturlash tilini yaratish rejalashtirilmagan edi. U dastlab o`zi yaratgan dasturlash tilini “C with classes”(“C bilan sinflar”) deb nomladi. Dasturlash tilining dastlabki versiyasi 1980 yilda paydo bo'lgan. Straustrup dasturlash tiliga sinflar va ob'ektlar bilan ishlash imkoniyatini qo'shdi va shu bilan C sintaksisi asosida yangi dasturlash tili uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. C++ sintaksisi C sintaksisiga asoslangan bo`lib, Byorn Stroustrup C tili bilan moslikni saqlashga intildi. 1983 yilda dasturlash tili "C ++ dasturlash tili" deb o'zgartirildi. C++ Cga ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarni qo'shdi. Oby’ektga yo`naltirilgan dasturlashning uchta xususiyatini mavjud:, meros (nasledovaniye), polimorfizm va inkapsulyatsiya. Usul(Metod) - bu sinf ichida e'lon qilingan va uning ob'ektlari bilan ishlashga mo'ljallangan funktsiyadir. Usullar sinf tanasida e'lon qilinadi. C dasturlash tilidan farqli tomonlari: • ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni qo'llab-quvvatlash; • andozalar orqali umumlashtirilgan dasturlashni qo'llab-quvvatlash; • qo'shimcha ma'lumotlar turlari; • istisnolar; • nom maydonlari; • ichki funktsiyalar; • operatorning yuklanishi(peregruzka);
• funktsiyalarning yuklanishi; • xotirani erkin boshqarish operatorlari; • standart kutubxonaga qo'shimchalar. Afzalliklari: • C tili bilan yuqori muvofiqlik • Hisoblash samaradorligi • Turli dasturlash uslublarini qo'llab-quvvatlash: tarkibiy, obyektga yo'naltirilgan, umumlashtirilgan dasturlash, funktsional dasturlash. • Ob’yekt destruktorlarni avtomatik ravishda chaqirish xotira va boshqa manbalarni boshqarish ishonchliligini soddalashtiradi va oshiradi. • Ortiqcha yuklangan operatorlar • shablonlar • To'g'ridan-to'g'ri kompilyatorlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan paradigmalarni qo'llab-quvvatlash uchun tilni kengaytirish imkoniyati mavjudligi. • C ++ uchun turli tillarga tarjima qilingan juda ko'p o'quv adabiyotlari mavjud Kamchiliklari: Noto'g'ri ishlab chiqilgan sintaksisning mavjudligi tilning qo'llanilishini pasaytiradi • Til ko'p muhim xususiyatlarga ega emas. • Dasturchilar uchun unumdorligi ancha past • Noqulay sintaksis • Og'ir meros • Xotirani kuzatib borish zarurati