CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA MATERIALLARINING ELEKTRON SLAYDLARI ISHLANMASI (8-SINF UCHUN)
CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA MATERIALLARINING ELEKTRON SLAYDLARI ISHLANMASI (8-SINF UCHUN) MUNDARIJA: KIRISH 4 I BOB. GRAFIKAVIY TA`LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA CHIZMACHILIK FANINI O’QITISHNING NAZARIY - AMALIY ASOSLAR I VA CHIZMACHILIKNING FANLARARO ALOQADORLIK AHAMIYATI. 1.1 Grafikaviy ta`lim jarayonini tashkil etish sifatida chizmachilik fanini o’qitishning nazariy va amaliy asoslari. 13 1.2 Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanining fanlararo aloqadorligi. 16 1.3 Chizmachilik darslarida qo`llaniladigan ko`rgazmali qo`llanmalar turlari va ulardan foydalanish usullari. 19 I BOB bo‘yicha xulosalar 25 II.BOB. CHIZMCHILIK DARSLARIDA KESIMLAR VA QIRQIMLARNI O’QITISH METODIKASI UCHUN ZARUR BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA KO’RGAZMALI MATERIALLAR. 2.1 Power Point dasturi va unda slaydlar ketma-ketligini yaratish metodikasi. 26 2.2 Chizmachilik darsi uchun materiallarining elektron slaydlarini tayyorlash usullari. 31 2.3 Chizmachilik darslarida kompyuter gragikasi orqali o‘quvchilarni Auto CAD dasturi asosida chizmalar bajarishga o’rgatish metodikasi. 46 II BOB bo‘yicha xulosalar 50 III BOB . CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BO’LGAN O’QITISH ANJOMLARI VA MATERIALLARINING ELEKTRON SLAYDLARI ISHLANMASI BO`YICHA PEDAGOGIK TAJRIBA SINOV ISHLARI. 3.1 Pedagogik tajriba sinov ishlarini tashkil etish va uni amalga oshirish metodikasi 52 1
3.2 O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili va samaradorligi 58 III BOB bo’yicha x ulosa 64 Xulosa 65 A dabiyotlar ro‘yxati 69 Ilovalar 74 KIRISH Muammoning dolzarbligi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘quv tarbiya jarayonining barcha tomonlariga aloqador bo‘lgan strategiya, maqsad va vazifalardan tortib aniq dasturlar majmuasigacha, inson omiliga juda katta ahamiyat berilgan. Kadrlar tayyorlashga doir milliy model ta’lim tizimidagi islohotlarga mos bo‘lib, tabiat va jamiyat rivojining qonuniyatlari haqidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllantiriladigan, ularni tarqatish, o‘rganish va kadrlar tayyorlash tizimida foydalanish uchun zarur bo‘lgan fan sohasini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” talablarini amaliyotga joriy etishda asosiy mushtarak maqsad - barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdir. Hozirgi zamon yangi interaktiv, innovatsion va pedagogik texnologiyalarni Respublikamizning Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev davlatimizning ustivor vazifalaridan biri sifatida madaniyat va san’atdagi yangilanishlarni ham hisobga olgan edi. 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasini belgilab berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 y., 14-son, 230-modda) qarorida ko‘rsatib o‘tilgan. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 2
“Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ” nomli bandida“Bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish” 1 kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bu esa o‘quvchining individual, umumiy va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning jamiyatda, ishlab chiqarish sohasida va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun zamin yaratadi.O‘zbekiston Recpublikaci Prezidentining 2020 yil 21 apreldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4688-sonli Farmoyishi, 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-sonli Farmoni, 2019 yil 12 martdagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” dasturining birinchi tashabbusi “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi”gan bo‘g‘iniga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish-ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» to‘g‘risida / O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2017 y.,6-son, 70- modda. 3
esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishini talab etadi. 2 Chizmachilik fani bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanma o‘zidagi matn, grafika, animatsiya, o‘quv materialini o‘z ichiga olgan bo‘limlar, bilimlarni nazorat qilish tizimi bilan boshqa darsliklardan tubdan farq qiladi. Shu jihatdan, umumta’lim maktablari chizmachilik kursi mavzularini o‘qitishda har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi foydalanish o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va ko‘proq bilim olishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning ob’ekti: Jizzax shahar 22 ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o’rta ta’lim maktabi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini o’ qitiladigan darslarni shakillantrish va rivojlantrish jarayoni . Tadqiqotning predmeti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini o’qitishda chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali darslarni tashkil etishning mazmuni va samarali metodlari. Tadqiqotning maqsadi: Ta`lim sifatini oshirish, umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi ” (8-sinf uchun) innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiqi, hamda o’quv jarayoni uchun ilmiy metodik tavsiyalar chizmachilik darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar bilimini oshirish. Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali o’qitishning metodik asoslarini takomillashtirish. Taqiqotning vazifalari: 2 И . А . Каримов « Юксак маънавият - енгилмас куч », Тошкент « Маънавият » 2008,61- бет . 4
“Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi ” (8-sinf uchun) mavzusiga doir ilmiy-metodik, pedagogik, didaktik manbalarni o’rganish, tahlil qilish. Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali dars samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish; Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali chizmachilikdan qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish; “Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi ” (8-sinf uchun) ga oid ilmiy-metodik tavsiyalar berish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Maskur dissertatsiyaning ilmiy yangiligi shundaki, Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) metodikasi asosida chzmachilik darslarida beriladigan vazifa va topshiriqlarning o’quvchilarni qobiliyati, layoqati va qiziqishlari bo‘yicha taqsimlanishining pedagogik talablari (sohaning DTS, o‘quv dasturi, o’quvchilarning psixologik hamda fiziologik tayyorgarlik darajalariga mosligi) takomillashtirilib chiqilgan hamda ularning didaktik imkoniyatlari o‘quv materiali to‘liq aniqlangan. Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali o'quvchilarda mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, talabalarni mustaqil ishlashga o‘rgatish, odatlantirish hamda ijodiy izlanish yo‘li bilan o‘quv materialini mustaqil o‘rganish shakllari takomillashtirilgan. 5