8-SINF ADABIYOT DARSLIGINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI


![Mavzuning dolzarbligi. Bugun mamlakatimizni jahonning har jihatdan
rivojlangan davlatlaridan biri sifatida e’tirof etishga arziydigan asos va omillar
talaygina. Hozirgi zamonda yoshlarimizning ongi, tafakkuri, dunyoqarashi
o‘zgardi. Turli fan olimpiadalarida, tanlovlarda va sport sohasida katta yutuqlarni
qo‘lga kiritishayotgani quvonarli hol. Lekin Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri
bilan aytganda “Albatta, biz mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-
hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni
tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib
aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda butun dunyoda aholining, birinchi navbatda,
yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash borayotganini,
diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, “ommaviy madaniyat” kabi
tahdidlarning kuchayayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, farzandlarimiz tarbiyasi,
ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum ham susaytirmasdan, aksincha,
yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur”[1.17-b]. Buning uchun esa o‘quvchi-
yoshlarimiz nima o‘qishyapti?, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazyapti? kabi savollarga
har birimizda javob bo‘lishi shart. Zamon bilan hamnafas o‘quvchilarni o‘qitishda
darsliklarimiz ham zamon talablariga mos bo‘lishi lozim. Bugungi kunda chet el
tajribasidan foydalanilgan holda darsliklarni izchil ravishda qayta ko‘rib chiqish
ishlari olib borilmoqda. Mustaqillikdan ilgari va mustaqillik yillarida yaratilgan
darsliklarni ko‘zdan kechirsak, yil o‘tgan sari salohiyati va sifati jihatidan
mukammallashib borayotganligi kishini quvontiradi. Darsliklardan hayoti bilan
ibrat bo‘la oladigan va asarlari bilan “Hazrati inson”ni voyaga yetkazishda ko‘mak
beradigan shoir va yozuvchilar joy olmoqda. Shunday bo‘lsa-da, yutuqlar bilan
bir qatorda ba’zi bir kamchiliklar ham yo‘q emasligi barchaga ma’lum. Shu bois
msutaqillik yillarida yaratilgan darsliklar bilan bir qatorda mustaqillikkacha
bo‘lgan darsliklarni ham ko‘zdan kechirib, ulardagi yutuqlardan foydalanib,
kamchiliklardan voz kechish yaxshi samara beradi. Zero buyuk yozuvchimiz
A.Qodiriy ta’biri bilan aytganda “Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlikdir”.
Bu mulohazala r esa dissertatsiya uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini
belgilashga asos bo‘ladi.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_3.png)
![Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor
yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Tadqiqot Respublika fan va texnologiyalari
rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy
rivojlantirish, innovation iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida
amalga oshirilgan.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Bugungi kunda yurtimizda adabiyot
o‘qitish metodikasi ancha rivojlangan sohalardan biri hisoblanadi. Metodistlar
adabiyot darslarida o‘quvchilarni ma’naviy barkamol, o‘z shaxsiy fikriga ega yetuk
inson qilib tarbiyalash borasida ko‘plab izlanishlar olib borishmoqda. Shu bois
ijodkor tarjimayi holining berilishi, o‘qitilishi jihatidan tavsiyalarni deyarli barcha
metodikaga oid darslik va qo‘llanmalarda uchratamiz. Adabiyot o‘qitish
metodikasi sohasida adabiyot darsliklarining mustaqillikkacha va mustaqillik
yillarida yaratilgan nashrlari qiyoslab o‘rganilgan alohida ilmiy ish bo‘lmasa-da,
bu sohaga oid qo‘llanma va darsliklarda ushbu mavzuga oid ba’zi fikr-mulohazalar
keltirilgan.
Kuzatishlardan ma’ l um bo ldiki, S.Dolimovʻ [2.2007-2010] ,
B.To‘xliyev[3.1973], A.Zunnunov [4.1994] , Q.Yo‘ldoshev[5.2018],
Q.Husanboyeva [6.2018] , singari qator olimlarning tadqiqotlarida o quvchilarni
ʻ
adabiyot vositasida tarbiyalash borasida fikrlar mavjud. Ular o z ishlarida inson
ʻ
ma’naviyatini shakllantirishning psixologik-pedagogik yo llari, ta’lim-tarbiya
ʻ
samaradorligini orttirish masalasiga to xtalganlar.
ʻ
Tadqiqotning maqsadi. Mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida yaratilgan
darsliklarni qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilib, ularning yutuq va kamchiliklarni
ko‘rib chiqish va amalga joriy etish.
Tadqiqotning vazifalari. Ishimiz ko‘lamini his etgan holda, dissertatsiyamiz
mavzusini yoritish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
darsliklar oldiga qo‘yiladigan talablar;
mustaqillik davrigacha bo‘lgan adabiyot darsliklarida ijodkor tarjimayi
holining qiyosiy-tipologik tahlili;](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_4.png)








![Ba’zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik...
Ming yulduzni so‘ndirishga qudrati yetadigan hal qiluvchi lahzalar Akbarali
yulduzini ham so‘ndirdi. Endi uning ko‘rgan kuni – kun emas. Azob-uqubat,
vijdon qiynog‘i, qalb so‘rog‘i... Bu qiynoq kundan kunga kuchaysa-kuchayadiki,
aslo ozaymaydi. Uning kuchayishiga esa sabablar ko‘p. Ular ichida bir sabab
borki, uni aslo unutib, yoddan chiqazib bo‘lmaydi. Bektemir bir emas, bir necha
yillar davomida dahshatli urushni kechib kelgan. O‘nlab, balki yuzlab marotaba
ajalga ro‘para kelib, uning changalidan qutulishga o‘zida kuch topgan. Uni fashist
degan hayotning yovuz kushandasi ham mahv qila olmagan. Bektemir ne-ne
o‘limlarni dog‘da qoldirib, “Endi yashayman, urushda ko‘rgan azoblarimning
hammasi evaziga ham endi yashayman!” – deb yurtiga qaytgan odam edi! Uning
orzulari – oilasi, go‘zal qizchasi suyunishi uchun ham ro‘yobga chiqarmoqchi
bo‘lgan orzulari ko‘p edi. U tun-u kun charchoqni bilmay ishlashga, ishlab urush
ko‘rgiliklarini unutishga, endi hayotdan faqat va faqat baxt topishga talpingan va
bunga to‘la haqqi bor bir jon edi – inson edi! Shunday insonning umriga...
Akbarali zomin bo‘ldi! Yo‘q, u Bektemirni bo‘g‘ib, osib, urib o‘ldirmadi. Hatto
haqorat ham qilgani yo‘q. Bor-yo‘g‘i... hech nima qilmadi, xolos... Unga yigitlik
umrida bir marotaba inson bolasi, HAYOT atalmish ne’mat najot qo‘llarini
cho‘zgan edi. Bir marotaba undan o‘zining ham INSON EKANLIGINI
ISBOTLASHni so‘ragan edi. Akbarali mana shu HAYOTning qo‘llarini tutmadi,
yordamga muhtoj insonning yoniga bormadi!.. Yozuvchi Akbaralini qurshab olgan
azobni bor bo‘y-basti bilan tasvirlaydi, qahramonga qo‘shib o‘quvchini ham shu
azob orasidan olib o‘tadi. Akbarali o‘zini chalg‘itishga, o‘sha mash’um lahzani
unutishga har qancha urinmasin – foydasi yo‘q! Bektemirning yordam so‘rab
qilgan chaqirig‘i quloqlari ostida jaranglayveradi, tushlariga kiraveradi. “Chinor”
romanidan joy olgan bu mungli qissa hali uzoq zamonlar ko‘plab avlodlarni o‘yga
toldiradi, ularni ham birrov o‘z umriga, hayotiy a’moliga jiddiy nazar tashlab,
o‘zini taftish qilishga undayveradi. Bu avlodlar orasida Siz-u biz ham bormiz,
albatta[7.245 b].](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_13.png)


![kabi masalalarga oid hikmatli so‘zlar, mayxo‘rlik, mutakabbirlikni tanqid qiluvchi
va shunga o‘xshash parchalar keltirilib, ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati
haqida so‘z boradi. Jumladan, Yusuf Xos Hojib til odobi haqida so‘zlar ekan, rost
va to‘g‘ri, qisqa va mazmunli gapirishni maqtab, mahmadonalik va laqmalikni,
xususan, o‘rinsiz va yolg‘on so‘zlashni qattiq qoralaydi. Tilga ixtiyorsiz kishi o‘z
boshiga musibat ham keltirishi mumkin deydi:
Qara bash yog‘isi qizil til turur.
(Qizil til qora boshning dushmanidir) bu kabi parchalar darslikda ko‘plab
keltirilgan bo‘lib, asarning tub mohiyatini anglashga yordam beradi.
Ba’zi ijodkorlarning tarjimai holiga sovet daavrida yaratilgan adabiyot
darsligida juda katta soat ajratilgan. Masalan, hazrat Navoiy hayoti va ijodi adabiy
hayotdagi o‘rni, siyosiy faoliyati, madaniyat va obodonlashtirish sohasidagi
xizmatlari, o‘zbek adabiy tilining rivojidagi o‘rni kabi tarkibiy qismlarga bo‘lib
o‘rganiladi. Bu jihatdan hozir amalda bo‘lgan adabiyot darsligidan
ma’lumotlarining ko‘pligi, keng tarmoqni qamrab olganligi bilan ajralib turadi.
Buning asosiy sababi sovet davridagi darsliklarda o‘zbek adabiyotini sinflar
kesimida davrlashtirib o‘rgatilganligi bo‘lsa ajab emas.
“Bolalik chog‘lari va o‘qish yillari” deb nomlangan dastlabki mavzuda
quyidagicha ma’lumot beriladi: “Alisher Navoiy 1441-yil 9-feevralda Hirotda
tug‘ildi. Alisherning otasi G‘iyosiddin Kichkina temuriylar saroyidagi
amaldorlardan, onasi “ichki” (shahzodalarga enaga)lardan edi. Oila muhiti
Alisherning bolaligidayoq unda adabiyotga zo‘r havas uyg‘otadi. Alisherning otasi
ma’rifatparvar va shoirtabiat kishi bo‘lib, ilm-fan, san’at va adabiyot ahlini qadrlar
edi. Alisherning tog‘alari – Kobuliy va G‘aribiy shoir edilar. Alisherlar uyida tez-
tez shoirlar to‘planishib, she’rlari o‘qishar, mushoira bo‘lar edi”[8.1986.68 b]. Bu
va shu kabi ma’lumotlar hozirda malada bo‘lgan 5-11-sinf darsliklarida mavjud
bo‘lsa-da, onasi haqida “Kobul amirzodalaridan Abu Said Changning qizi” deya
cheklanilgan. O‘quvchilarning ayrim filologiya yo‘nalishi universitetlarida
o‘qiydiganlarigina talaba bo‘lganlaridan so‘ng Alisherning onasi temuriylar
saroyida enaga bo‘lib ishlaganini bilishlari mumkin. Ammo sovet davrida bu](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_16.png)
![ma’lumotga o‘quvchilar 8-sinfligidayoq ega bo‘lar ekanlar. Shuningdek, o‘qish
yillari haqida gap ketganda “Alisher zamonasining mashhur musiqashunosi Xo‘ja
Yusuf Burxondan musiqa o‘rgana boshladi hamda tarix, adabiyot, husnixat va
boshqalar bilan jiddiy shug‘ullandi… u yoshligidayoq ko‘pgina olim, shoir va
san’atkorlar bilan tanishgan edi. Navoiyning o‘zi keksa shoir Mirshohiy bilan xat
yozishib turganini aytadi. Mirshohiy vafot etganda, Navoiy o‘n ikki yoshda
edi”[9.1986.68 b]. Hozirda maktab o‘quvchilari “O‘z zamonasining malik ul-
kalomi” Mavlono Lutfiy bilan Alisher Navoiyning hamsuhbat bo‘lganidan
xabardor, ammo Mirshohiy ismli shoir bilan xat almashib turgani haqida maktab
davrida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmaydilar. Biz so‘z yuritayotgan
adabiyot darsligi adabiyotdan ko‘ra ko‘proq tarix darsligiga o‘xshab ketsa-da,
ayrim asarlarga tayanib ma’lumotlar keltirilgani mavzuga qiziqshini orttirishga
xizmat qiladi. Barcha ma’lumki, Abulqosim Boburdan keyin Hirot taxtiga o‘tirgan
Abusaid Mirzo Alisher Navoiyning tog‘alarini o‘ldirib, ota uyini musoda qiladi va
shoir 1464-1469-yillarda o‘z yurtidan olislarda – Samarqandda yashashga majbur
bo‘ladi. Bobur haqida o‘zining “Boburnoma” asarida “Bilmadim, ne jarima ila
Alisherbekni Hiridin Samarqandga ixroj qildi” – deya yozib qoldiradi. Bu tarixiy
manbadan sovet davrida Navoiyning “zolim hukdorlar”ga qanchalik nafrati kuchli
ekanligini ko‘rsatish uchun foydalanadilar: “…Navoiy keyinchalik “Saddi
Iskandariy” dostonida hukmdor Abusaid haqida so‘zlab, uning halokatiga
qo‘shinning undan noroziligi sabab bo‘ldi, deb ko‘rsatadi: “ Sulton Abusaid ko‘p
mamlakatlarni oldi va tig‘ bilan elga oshub soldi va lekin sipohisi rozi emas
erkandin, urush vaqti barcha qo‘zg‘aldi va o‘zi adu (dushman) aro tahlikaga
qoldi”[10.2006.157b]. Xondamir Navoiyning Abusaidga qarshi nafratini
ifodalovchi bir voqeani hikoya qiladi: Sulton Abusaid zamonida bir kun shavkatli
Amir (Navoiy) Pahlavon Muhammad bilan Bog‘i Safidda (Hirot) sayr qilib yurgan
edi. Shu paytda Pahlavon Muhammadning tanishlaridan Yusuf nomli bir kishi
uchrab qoldi, u vazirlardan shikoyat qilib: “Ular suvimni zo‘rlik bilan oldilar, men
bu voqeadan Abusaid Mirzoga arz qilgali kelgan edim, biroq soqchilar uning
oldiga kirishga qo‘ymadilar, vaholanki, mening ahvolim juda nochor: har kuni har](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_17.png)
![kishidan biroz nonni tilanchilik ila olib, shu bilan kun kechirmoqdaman”, - dedi.
Demak, Abusaidning vazirlari zulmi ostida suvdan mahrum etilib, kuni
tilanchilikka qolgan bir dehqon Abusaid oldiga adolat umidi bilan bormoqchi
bo‘lgan. Navoiy bu dehqonning holiga achinadi va unga chuqur ma’noli so‘z
aytadi. Xondamirning aytishicha, Navoiy unga qarab shu baytni o‘qigan:
Gadoyeki non az dari shoh just,
Biboyad zi obi xudash dast shust.
(Podshohning eshigidan non tilagan gado o‘z suvi bilan qo‘lini yuvib, qo‘ltig‘iga
urmog‘i, ya’ni hamma narsadan umidini uzmog‘i lozim)”.
Abusaid ham Navoiyning noroziligini bilar edi. Shuning uchun Abusaid
Navoiyga yaxshi munosabatda bo‘la olmas edi. Navoiy Abusaidga qarshi toj-taxt
uchun kurashayotgan Husayn Boyqaroning maktabdosh do‘sti edi. Navoiy
Abusaidning zulmiga qarshi ko‘tarilgan isyonlarda Navoiyning tog‘alari Kobuliy
va G‘aribiy ham ishtirok etgan edilar. Mana shu sabablarga ko‘ra Abusaid
Navoiyning Hirotda turishini o‘ziga xavfli hisoblab, uni Samarqandga
jo‘natdi”[11. 1986. 72b] .
Alisher Navoiy hayoti va ijodiga juda katta soat ajratilgan bo‘lib, bu darslikning
67-84-sahifalarini o‘z ichiga oladi. 84-sahifadan 99-sahifagacha shoir lirikasi, 99-
sahifadan 144-sahifagacha “Xamsa” dostoni va shoir adabiy merosining ahamiyati
haqida so‘z boradi. Darslikda “Hayrat ul-abror”, “Layli va Majnun”, “Sab’ayi
sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlari xususida umumiy ma’lumot berilib,
“Farhod va Shirin” nomli “shavq dostoni” ning sujeti, kompozitsiyasi, obrazlar
tizimi batafsil yoritiladi: “Navoiy 1484-yilda “Farhod va Shirin” dostonini yozdi.
Navoiy bu dostonda Farhod va Shirinning sarguzashtlarini hikoya qilishda o‘zining
gumanizm, xalqparvarlik, xalqlar do‘stligi, vatanparvarlik, tinchlik, obodonchilik,
mehnatsevarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini va ideallarini zo‘r badiiy san’atkorlik
biulan ifodaladi. Dostonda XV asr hayotining qator real lavhalari tasvirlanadi va
xalqning tinch-farovon hayotga, obodonchilikka bo‘lgan intilishlari ilgari
suriladi…”[12. 1986. 112]. Navoiyning ilm-fan jonkuyari ekanligi dostonda](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_18.png)
![Farhodning me’mor Boniy, naqqosh Moniy va tosh yo‘nuvchi Qoran bilan
do‘stlashganida ochib beriladi:
Dedii: “Olimda bo‘l shug‘ulingga mashg‘ul,
Ki bir san’at erur ko‘nglumga maqbul.
Gohi yo‘ng‘il, gohi nashq ayla xora,
Men aylay o‘lturub bir-bir nazora” [13. 1986. 112]
Alisher Navoiy biografiyasi va ijodi mana shu tarzda katta soatda o‘qitilgan.
O‘quvchilar 8-sinfda boshqa ijodkorlar haqida bir darsda o‘qisalar-da, hazrat
Navoiyning hayot yo‘li va ijodi bilan batafsil tanishadilar. Ammo shuni ta’kidlash
lozimki, bu soatda shoirning barcha asarlari xususida so‘z yuritilmaydi, hatto nomi
ham tilga olinmaydi. Masalan, esdalik asarlari, “Nasoyim ul-muhabbat”,
“Arba’in”, “Nazm ul- javohir” kabilarning nomi darslikda keltirilmagan.
Zahiriddin Muhammad Bobur ham biografiyasiga katta soat ajratilgan
ijodkorladan biri hisoblanadi. Ya’ni darslikda Navoiy va Boburning hayot yo‘li
bafurja o‘qitilgan.
Hayoti va faoliyati:
“Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Farg‘ona
viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ildi. Otasi Umarshayx mirzo temuriylardan
bo‘lib, Frag‘ona viloyatida hokimlik qilar edi. Umarshayx mirzo bilan boshqa
temuriylar o‘rtasida toj-taxt uchun o‘zaro qonli urushlar davom etar edi.
Bobur yuqori saviyali muallim va murabbiylar qo‘lida tarbiyalanadi. Xat-
savodini tez chiqarib, ilm-fan, adabiyot va tarix bilan shug‘ullana boshlaydi. U
ko‘p vaqt harbiy mashq va ov bilan ham mashg‘ul bo‘ldi.
1494-yilda Umarshayx mirzoga qarshi uning o‘z akasi – Samarqand hokimi
Sulton Ahmad miroz va boshqalar qo‘shin tortdi. Bu vaqtda Umarshayx mirzo
Sirdaro bo‘yida joylashgan Axsi qo‘rg‘onida edi. Bobur aytganidek, Umarshayx
mirzo “jardin kabutar va kabutarxona bilan uchib shunqor bo‘ldi”, ya’ni qulab
halok bo‘ldi. Yosh Bobur onasi Nigorxonim va bek atka (otaliq)lar rahbarligida
qo‘shinni qayta tuzib, amakisini chekinishga majbur etadi… Javoharla’l Neru](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_19.png)
![“Hindistonning kashf etilishi” asarida Bobur va Akbar haqida so‘zlab: Bobur
dilbar shaxs. Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam
bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‘rardi.
Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatga ega…”,
degan edi[14.1986.148b].
Mustaqillik yillarida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi 5-, 9-, 10-
(akademik litseylarning 1-kursi) sinf adabiyot darsliklarida berilgan bo‘lib, ijodi
soddalikdan murakkablikka tomon borgan edi. Xususan, 5-sinf dasrligida
o‘quvchilar Bobur hayotini hikoya tarzida o‘qiydilar va ruboiylar bilan
tanishadilar. 9-sinfda hayoti va ijodiga oid aniq ma’lumotlar va “Boburnoma”
asarining Andijon va Samarqand tasviri beriladi. 10-sinf darsligida esa Bobur
haqidagi zamondoshlari, olimlar va shoirlarning fikrlari berilib, Boburning Hirotga
borib, Husayn Boyqaro avlodlari bilan ko‘rishishi, Kobulga qaytishi tavsilotlari va
Hindistonda bo‘lib o‘tgan jang, Humoyun Mirzoning kasallanib qolishi va ungaga
taxtni topshirishi bilan bog‘liq sahnalar berilgan. Ammo 2019-yilda nashr etilgan
adabiyot darsligidan Bobur hayoti va ijodi olib tashlangan va Xoja hayoti
kiritilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, sovet davrida nashr etilgan adabiyot darsligida
Alisher Navoiy va Bobur ijodi ancha mukammal berilgan. Ba’zi diniy-irfoniy
asarlarining berilmaganligini e’riborga olmaganda ijodi tahlil qilinib,
zamondoshlari va olimlarning fikrlari darslikka kiritilgan va bu hayoti va ijodi
haqida kengroq tushuncha hosil qilishga yordam beradi. Ammo boshqa ijodkorlar
biografiyasi haqida “yo‘l-yo‘lakay” so‘z yuritilib o‘tiladi. Xullas, ushbu darslikda
yozuvchining hayot yo‘li qisqacha bayon etilib, ko‘proq uning yozgan asarida
ilgari surilgan g‘oya xususida batafsil tushuncha beriladi.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_20.png)
![1.3. MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT
DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-
TIPOLOGIK TAHLILI
“Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish uning dunyoqarashini
aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to‘g‘ri baho berish uchun zamin
hozirlaydi”[15.1967.239-b]. Ba’zan yozuvchi va shoirlarning hayotini o‘rganish
shart emas, degan qarashlarga ham duch kelamiz. Holbuki, adib-u shoirlar
hayotiga oid faktlarni to‘plash ilmning chinakam “qora ishi” sifatida baholanishi
kerak. Sababi, bu xil ishlar ma’lum bir ijodkorning shaxs va san’atkor sifatidagi
tadrijini kuzatish yoki ma’lum bir asarning ijodiy tarixini to‘g‘ri talqin qilish
uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator
umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyot o‘qitishning muammolaridan biri yozuvchi tarjimayi holini
o‘rganish hisoblanadi. Bu borada darsliklarda berilgan ma’lumotlar yetarli emas.
Buning sababi, ijodkor tarjimayi holi uning poetik mahorati, asarlarida olg‘a
surilgan g‘oyalar masalasi ko‘pincha diqqat markazidan chetga surilgan.
Vaholanki, ijodkorning badiiy olamini tushunish ko‘pincha muallif ruhiy dunyosi,
ijodiy uslubi talqinlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu narsa yaratilgan asarlarda
aks etgan bo‘ladi.
Badiiy asarlarni o‘rganishda uning muallifi haqidagi ma’lumotlar ayricha
ahamiyat kasb etadi. Bu ma’lumotlar ko‘pincha asarning g‘oyaviy-badiiy
mazmunini teranroq anglashda, asarning badiiy-estetik mohiyatini to‘g‘ri
belgilashda yordam beradi.
Adabiyot o‘qitishning muammolaridan biri yozuvchi tarjimayi holini
o‘rganish hisoblanadi. Bu borada darsliklarda berilgan ma’lumotlar yetarli emas.
Buning sababi, ijodkor tarjimayi holi uning poetik mahorati, asarlarida olg‘a
surilgan g‘oyalar masalasi ko‘pincha diqqat markazidan chetga surilgan.
Vaholanki, ijodkorning badiiy olamini tushunish ko‘pincha muallif ruhiy dunyosi,
ijodiy uslubi talqinlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu narsa yaratilgan asarlarda
aks etgan bo‘ladi. “Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish uning](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_21.png)
![dunyoqarashini aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to‘g‘ri baho berish uchun
zamin hozirlaydi” [16.239-b].
Shuningdek, yozuvchining o‘zi asarlarini yaratishga oid sabablar, voqealar
haqida aniq ilmiy ma’lumotlar keltirgan bo‘lsa, buni darsliklarga kiritish
o‘quvchining asarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Umumta’lim maktablarida yozuvchi tarjimayi holini o‘rganishning usullari va
vositalari taniqli metodist olim Asqar Zunnunovning “Adabiyot o‘qitish
metodikasi” darsligi va professor Boqijon To‘xliyevning darslik va
qo‘llanmalarida o‘z ifodasini topgan.
Yuqori sinflarda yozuvchi tarjimayi holi ijodiy faoliyati bilan bog‘liq holda
o‘rganiladi. Bunday mavzularni o‘rganishda o‘quvchilarning diqqat-e’tibori
yozuvchining adabiyot rivojida, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan
o‘rniga, ijodiy kamolotining asosiy bosqichlariga jalb etiladi. Bu masalar bo‘yicha
ma’lumotlarni o‘quvchilar, asosan, darsda yozuvchining hayoti va ijodi haqida
qilingan ma’ruzada oladilar, ayrim asarlarni o‘qish va o‘rganish bilan u haqida
yana-da kengroq tushunchaga ega bo‘ladilar.
Yozuvchining tarjimayi holini o‘rganishda uning boshqa yozuvchilar bilan
adabiy aloqasiga, ular ijodiga bo‘lgan munosabatiga ahamiyat beriladi. Chunki har
bir yozuvchi faqat o‘z zamondoshlari bilan cheklanmasdan, o‘zidan oldin yashab
ijod etgan yozuvchilarning adabiy merosini o‘rganadi, ularning eng yaxshi
jihatlarini ijodiy davom ettiradi. Shu ma’noda, u o‘tmish avlodlar ijodining
davomchisi, kelajak ijodkorlarining ustozi, yosh avlodning tarbiyachisi
hisoblanadi.
Yozuvchining hayot yo‘lini bayon etish jarayonida ovozli yozuvlardan,
innovatsion texnologiya va internet materiallaridan foydalanish dars
samaradorligini oshirishga imkon beradi[17.67-b].
Mustaqillik yillarida nashr etilgan 8-sinf darsligida (2019) Lutfiy, Alisher
Navoiy, Nodira, G‘.G‘ulom, Oybek, Usmon Nosir, Ozod Sharafiddinov, Turob
To‘la, Shukur Xolmirzayev, Muhammad Yusuf, Robindranat Thakor, Sergiy
Yesenin ijodi o‘tiladi. Bu sinfda yozuvchilarning tarjimayi holi keng o‘rin](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_22.png)

![haqida boshqa ilmiy-tarixiy manbalarda tegishli axborotlarning saqlanib
qolinmagani yoki hozircha topilmay turishidir. Kitob muqaddimasida adib o‘zining
tug‘ilgan yurtini eslatib o‘tadi:
Munuqi turug‘laq Quz o‘rdu eli,
Tub asli, nasabdin yurumish tili.
(Buning tug‘ilgan eli Quz O‘rdudir,
Tub – asli, nasl – nasabdin tili so‘z ochdi.)
Quz O‘rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biri.
Ayrim adiblarning tarjimayi holini o‘rganishda boshqa kishilar, mashhur
shaxslar, buyuk olimlar, yirik davlat va jamoat arboblarining fikrlaridan ham
foydalanish mumkin. Masalan, Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi Javoharla’l
Neruning fikrlari diqqatga sazovor:
“Bobur dilbar shaxs. Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor
odam bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi
ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi
fazilatlarga ega bo‘lgan (Javaharla’l Neru)”[18.2010.116-b].
Adib hayotiga oid ma’lumotlar o‘zi yozib qoldirgan tarjimayi hollardan, adib
haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari,
tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan
manbalardan olinishi mumkin. Ijodkor tarjimayi holini berishda zamondoshlari
bildirgan munosabatlarni, yozib qoldirgan esdaliklarni ham darslikka kiritish
yaxshi samara berar ekan.
Jumladan, 8-sinf adabiyot darsligida (2019) Lutfiy hayoti va ijodini berishda
Hazrat Navoiyning “Nasoyim ul muhabbat” (“To‘qson to‘qqiz yoshida olamdan
o‘tdi. Qabri Dehikanordadur. O‘z maskani erdi”) va “Majolis un-nafois”
(“Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda
nazriri yo‘q erdi… Turkcha devoni ham mashhurdir…”[19.2019.44-b] asarlaridagi
fikrlari bayon qilingan. Bu ma’lumotlar Lutfiy hayoti haqida yaxshi tasavvur
uyg‘otadi.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_24.png)
![Mavlono Lutfiy hayoti va ijodi 1986-yil nashr etilgan adabiyot darsligida
ham keltirilgan bo‘lib, quyidagicha ma’lumot beriladi: “Lutfiy XVasrning yirik
so‘z san’atkorlaridan biridir. Lutfiy Hirotda yashadi va sal kam yuz yillik umrining
asosiy qismini badiiy ijodiyotga bag‘ishladi. U o‘zbek va fors-tojik tillarida bir
qancha lirik she’rlar yaratdi, ayniqsa, o‘zbek tillaridagi she’rlari bilan shuhrat
qozondi. Lutfiy lirik she’rlaridan tashqari “Gul va Navro‘z” nomli doston yaratdi.
Bu doston chin sevgi, qahramonlik va vatanparvarlik g‘oyalarini ifodlalaydi.
Dostondagi Gul va Navro‘z obrazlari ajoyib qahramon, vatanparvar va adolat
uchun kurashgan peshqadam kishilarning go‘zal obrazidir. Gul va Navro‘z turli
dahshatlarni va g‘ovlarni yengib, murod-maqsadlariga erishadilar, o‘zaro feudal
urushlarni oqillik va jasorat bilan bartaraf qilib, osoyishtalik o‘rnatadilar.
Bundan tashqari, Lutfiy tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”
asarini o‘zbek tiliga she’riy yo‘l bilan ijodiy tarjima qilib, doston yaratgan.
Lutfiy o‘z badiiy ijodiyoti bilan o‘zbek adabiy tili va dunyoviy
adabiyotining rivojlanishiga xizmat qildi. U o‘zbek tilini kamsitgan, bu tilda badiiy
asarlar yaratish mumkin emas, degan kishilarga qattiq zarba berdi.
Lutfiy devoni g‘azal, ruboiy, tuyuq va boshqa janrlarda yozilgan lirik
she’rlardan iboratdir. Lutfiy lirik asarlarida hayotni va insonning real muhabbatini
kuylaydi. U sevgi-muhabbatda sadoqat va vafodorlik bo‘lishi shartligini ta’kidlab,
kishilarni ana shunday axloqiy fazilatlarni egallashga chaqiradi. Shoir o‘z
lirikasida reaksioner ruhoniylarni, shayx-zohdlarni qoralab, ularni hiylakor va
riyokor kishilar, deb baholaydi”[20.1986.62-b]. Ikkala darslikdagi ma’lumotlarni
taqqoslar ekanmiz, 1986-yil nashr qilingan darslikda aslida Haydar Xorazmiyga
tegishli bo‘lgan “Gul va Navro‘z” asari Lutfiyga nisbat berilganini va o‘sha davr
talabidan kelib chiqqan holda, shoirning ruhoniylar va shayx-zohidlarga qarshiligi
aytilganini ko‘ramiz. Ammo ma’lumotning haqiqatdan yiroq ekanligidan darslik-
majmuada bu mavzuga oid na g‘azal, na tuyuq kiritilmaganligi dalolat beradi.
Hozirda amalda bo‘lgan darslikda “Gul va Navro‘z” asari “…sho‘rolar
davrida uzoq yillar Lutfiyning asari sifatida xato taxmin etib kelingan edi. Ammo
keyingi tadqiqotlar bu doston o‘sha davrda yashab, ijod etgan shoir Haydar](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_25.png)
![Xorazmiy qalamiga mansub” ekanligi qayd etiladi. Alisher Navoiy asarlariga
tayangan holda, “mashhur forsiy shoirlar muqobalasida kishi paydo bo‘lmaganini”,
ammo bir Lutfiyning g‘azallari o‘sha davrda shunchalik mashhur bo‘lganki, ularni
“ta’b ahli qoshida o‘qusa” bo‘lishi mumkinligi keltirilgan. Lutfiyning asarlari
salmog‘i, devoni haqidagi ma’lumotlarning kiritilishi ijodkor haqida ko‘proq
tushunchaga ega bo‘lishga xizmat qiladi.
Usmon Nosir hayoti va faoliyatining yoritilishda ham zamondoshlari fikri
keltirilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar shoir shaxsiyatining ochib berilishiga xizmat
qilgan. 1997-yilda nashr etilgan adabiyot darsligidan O‘zbekiston Qahramoni
Abdulla Oripovning Usmon Nosir haqida fikrlari o‘rin olgan: “…Usmon Nosir
deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini
kuydirguvchi olovdir. Shoirning g‘oyat qisqa umriga nazar solgan kishi juda uzoq
o‘ylarga tolishi shubhasizdir. Chunki u chaqmoqdek umrida benihoya katta
imkoniyatlar yonib ketganligini ko‘rib va his qilib turasiz. Usmon Nosir ulug‘ va
abadiy she’riyatning diydasidan oqib ulgrmagan shabnamdir, u hali qahqahaga
aylanmay, lablarimzida mangu qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari ko‘z
kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot poralaridir… Usmon Nosirning latif va
samimiy, goh esa o‘ychan, lekin hamisha maroqli she’rlarini ko‘zdan kechirgan
kishi har qanday teran o‘ylarga cho‘madi. Shoirga umr vafo qilib, agar u uzoqroq
yashaganda, bizga nechog‘li qadrli asarlar yaratib berishi mumkin edi, degan fikr
xayolimizdan kechadi. Uning bizga qoldirgan hozirgi mavjud merosidan ham ajib
bir qoniqish hosil qilamiz. Usmon Nosir she’rlarini o‘qiganimzida, ba’zi
shoirlarning mudroq va g‘aliz ijodiyoti tarix uchun nechog‘li nozaur ekanligini
payqab qolamiz. Bu ham Usmon Nosir ijodining avlodlar uchun ibratli jihatlaridan
biridir. Biz bugungi kunda Usmon Nosirning tarjimonlik faoliyatini ham zo‘r
mamnuniyat bilan tilga olamiz. Ulug‘ rus adabiyotining ikkita eng ko‘rkam dostoni
– “Demon”, “Bog‘chasaroy fontani” uning tarjimasida jaranglab turibdi. Biz
Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida
anvoyi bir chamanzor, sira xazon bo‘lmaydigan mo‘jaz bog‘ yaratib
ketdi”[21.1997.96-b]. Ammo bu ma’lumotlar ancha sayoz, 8-sinf o‘quvchisi](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_26.png)

![“So‘nggi kun”, “Dushman” asarlarini) yaratdi. Badiiy tarjima sohasida ham shoir
o‘ziga xos tarjimonlik madaniyatini va poetik didini namoyish qilgan edi.
N.A.Dobrolyubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?” degan mashhur asarini,
V.I.Kirshonning “Ulug‘ kun” dramasini, A.S.Pushkinning “Bog‘chasaroy fontani”,
M.Yu.Lermontovning “Iblis” nomli dostonlarini, Geyne, Gyote, Bayron ijodidan
ko‘pgina namunalarni o‘zbek kitobxonlari Usmon Nosir tarjimasida o‘qidi. Bu
poetic tarjimalar o‘zbek adabiyotining tarjima asarlar sahifasida shoh
namunalar bo‘lib qoldi ...Usmon Nosirning adabiyotda paydo bo‘lishi hammaning
e’tiborini tortgan edi. Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan
hammani o‘ziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga
o‘xshar edi. Ha, u ijod maydoniga yosh va kichkina jussasi bilan keldi-yu, juda
katta yuk ko‘tardi. “Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki
bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy
uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda “O‘zbekning Lermontovi”,
Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi”, deb yozishdi”, – deydi shoir
Turob To‘la. ...Usmon Nosir 1944-yil 23-martda 32 yoshida Uzoq Sharqda vafot
etdi. Lekin, shoir o‘zi aytganidek, uni Vatan, xalqimiz, adabiyot
unutmadi! ”[22.2019.29-b]. Mana bu manabalar bilan tanishgan o‘quvchi shoirning
murakkablikka to‘la hayotida mazmunli ijod qilganini, juda yoshligidanoq
adabiyot ixlosmandlari orasida mashhur bo‘lib ketganini anglaydi. Buning sababini
bilish uchun Usmon Nosir she’riyatiga qiziqishi ortadi.
Shuningdek, s inflarda yozuvchining tarjimayi holi yuzasidan ma’lumot
berishda, uning hayotiga oid alohida parchalar, voqealar so‘zlanadi. Bunday
epizodlar o‘rganiladigan asarni tushunishga yordam berishi zarur. Masalan, 8-
sinflar uchun mo‘ljallangan adabiyot darsligiga (2019) Maqsud Shayxzoda hayoti
va ijodi hamda “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasi kiritilgan. Ushbu tarixiy
drama o‘quvchilarda vatanparvarlik hissining uyg‘onishiga sabab bo‘ladi hamda
o‘z yurtini himoya qilgan jasur ota-bobolarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usini
tuyadilar. Chingizxonday vahshiyning yurtimiz boshiga solgan qora kunlari ko‘z
o‘ngida namoyon bo‘lib, Jaloliddin tarixini izlab topib o‘qiydigan o‘quvchilar safi](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_28.png)
![kengayadi. O‘qituvchi ushbu mavzuni o‘tish jarayonida tarix bilan bog‘ab
tushuntirsa, faqat darslikdagi ma’lumot bilan cheklanib qolmasa, darsdan
ko‘zlagan maqsadiga yeta oladi. Tragediya 1944-yilda, ikkinchi jahon urushining
qizg‘in bir davrida yaratildi. Asar o‘tmishda chet el bosqinchilariga qarshi
xalqimiz olib brogan mardonavor kurashning yorqin sahifalarini sahna asari
shaklida yoritish va uni xalqimizning fashizm bilan olib brogan kurashi o‘rtasida
mushtaraklikni ko‘rsatish borasida muhim targ‘ibiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1945-yil yanvar oyida sahnashiltirilgandayoq o‘z
badiiy qimmati bilan yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Buni o‘quvchilarga ta’sirliroq
tushuntirish uchun akademik ijodkorlarimiz G‘.G‘ulom va Oybekning fikrlari
keltiriladi: “Ko‘pdan buyon uzun umrli, badiiy salmoqdor sahna asarlarini orzu
qilar edik. “Jaloliddin” bu orzumizga javob berishga qodir” [23.2019.166-b] .
Ta’kidlash joizki, ijodkoning mazkur dramasi avvalgi darsliklarda mavjud
bo‘lmay, uning o‘rniga “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi kiritilgan edi. Mirzo
Ulug‘bek hayotini yoritib beruvchi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani
9-sinf adabiyot darsligida mavjudligini inobatga holda “Jaloliddin Manguberdi”
tragediyasining o‘qish uchun mo‘ljallanganligi adabiyot darsliklarida bir-birini
takrorlashga emas, to‘ldirishga ahamiyat berilayotganligidan dalolat beradi.
Adabiyot o‘qituvchisi yozuvchilarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot
berganda, ular o‘zbek xalqining iste’dodli farzandlari va iftixori ekanliklarini, bu
yozuvchilarning Vatanga muhabbati, mamlakatimizning taraqqiyotidagi ta’sirini
o‘quvchilarga so‘zlab berishi lozim.
Yozuvchilarimizing insonparvarligi, vatanparvarligini ta’riflashda bir
yoqlama baho berishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. O‘qituvchi yozuvchining shaxsiy
ma’naviy qiyofasini ochishda unga tarixiy nuqtayi nazardan yondashuvi, uning
davri va ijtimoiy-siyosiy muhiti bilan bog‘lab baho berishi zarur. Yozuvchi
tarjimayi holining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir. Chunki
yozuvchining tarjimayi holi xalqimizning hayoti va kurashlarini mavhum ravishda
emas, balki inson shaxsiyati va uning kurashlari bilan bog‘lagan holda ko‘rsatishga
xizmat qiladi. Biz o‘rganayotgan darslikda Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi,](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_29.png)


![Dostonchilik an’anasi hozirgi kunda ham mavjud. Biroq endi kuylash, ijro,
tinglovchilar bilan muloqot tarzining zamonaviylik kasb etayotganligini ko‘ramiz.
Dostonchilik fan va texnika asrida birmuncha o‘zgarishlarga uchradi. Bugungi kun
baxshilari o‘z asarlarini konsert zallarida, katta-katta anjumanlarda, televideniyeda
ijro etmoqdalar. Yurtimizda dostonchilikni rivojlantirishga va uning ijrochilari –
baxshilar faoliyatini rag‘batlantirishga katta e’tibor berilmoqda. 2000-yilda
“Alpomish” dostonining ming yilligini jahon miqyosida nishonlanishi va hatto
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq baxshisi” unvonining ta’sis etilishi (2000-
yil14-mart) buning isbotidir[24.2019.8-b]. Biz tadqiqot obyekti sifatida tanlagan
darsliklarning biriga “Alpomish”, ikkinchisiga esa “Kuntug‘mish” dostoni
kiritilgan bo‘lib, Fozil Yo‘ldosh va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li og‘zidan yozib
olingan variant asosida berilgan.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtirishdan maqsad
ularda xalqimizning qadimda qanday turmush kechirganligi, yashash tarzi, milliy
urf-odatlarimiz haqida tasavvurlarini kengaytirish hisoblanadi.
Mustaqillikkacha nashr etilgan adabiyot darsliklarining muhim jihati
shundaki, har bir tarixiy davrga oid xalq og‘zaki ijodi namunalari “Kirish
mashg‘ulotlari” da berib borilgan. Masalan, “Eng qadimgi adabiy yodgorliklar”
deb nomlangan bo‘limning “Xalq og‘zaki ijodi” mavzusida “Devonu lug‘atit-
turk”dagi adabiy parchalar, Gerodotning “Tarix kitobi”da hikoya qilingan
“To‘maris” afsonasi, Polienning “Harbiy hiylalar” kitobida keltirilgan “Shiroq”
afsonasi, xalq qahramonlik dostoni asosida vujudga kelgan “Oysuluv” ertagi
darslikka kiritilgan. “Alpomish” dostoni esa bir necha darslarga ajratilib
o‘rgatilgan. “Alpomish” qahramonlik, vatanparvarlik, xalqlar do‘stligi, birodarlik,
chin sevgi va sadoqatni kuylovchi dostondir. “Alpomish” dostonida xalqimizning
azal-azaldan iymon-e’tiqod,or-nomus birligi yo‘lida o‘zini ayamasligi yorqin aks
ettirilgan. Dostonda o‘ziga unashtirilgan Oybarchinning qalmoqlar orasida talashda
qolmasligi, yurtdoshlarining b е gonalarga xor bo‘lmasligi uchun jonini tikkan
Alpomish, Yaratganga iymon k е ltirgani va mo‘minga do‘st tutingani uchun
Hakimb е kning yonida turib, o‘zining iymonsiz yurtdoshlariga qarshi kurashgan](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_32.png)

![unga ixlosi ortadi, zindonda yotgan chog‘larida unga ovqat olib boradi, qalmoq
shohiga qarshi kurashda Alpomishga ko‘makdosh bo‘ladi. Alpomish ham
Kayqubotni astoydil hurmat qiladi, aql-farosati va donishmandligiga tan beradi.
Alpomish qalmoq shohini o‘ldirgandan keyin qalmoq yurtiga Kayqubotni hukmdor
qilib ko‘taradi. …dostonni yaratuvchilar podsholikni o‘zgarmas narsa, deb
bilardilar. Agar kambag‘allardan chiqqan kishi podsho bo‘lsa, adolat bilan ish
ko‘radi, deb o‘ylar edilar. Xalqdan chiqqan Kayqubotning podsholikka ko‘tarilishi
ham mana shu bilan izohlanadi”[25.1986.43-b]. Hozirda amalda bo‘lgan 9-sinf
adabiyot darsligidagi “Alpomish” dostonidan faqrli tarzda sovet davridagi 8-sinf
adabiyot darsligidagi doston parchasi ancha farq qiladi. Bugungi kunda adabiyot
darsliklarining vazifasi asarni boshdan oyoq o‘quvchiga tushuntirib berish emas,
balki tadqiqni o‘quvchiga ixtiyoriga qoldirib, uni erkin fikrlashga o‘rgatishdir. Shu
jihatdan hozirda amalda bo‘lgan adabiyot darsliklarida tahlilga kam o‘rin
ajratilgan. 1986-yilda amalda bo‘lgan darsligida dostonning ijobiy obrazlari
(Alpomish, Oybarchin, Qorajon) va salbiy obrazlari (Boybo‘ri, Ko‘kaldosh,
Surxayl, Toychixon) birma-bir tahlil qilinadi. Ammo mustaqillik yillarida adabiy
qahramonlarga ijobiy va salbiy deya baho berishga barham berildi. Chunki
“ijobiy” obraz deya baholangan Hakimbek ham kamchiliklardan xoli emas, buni
otasining Qultoyga aytgan so‘zidayoq anglashimiz mumkin: “O‘zi zo‘r bo‘lgani
bilan juda qurqoq, ozgina urushsang, ortiga qaytib ketaveradi”. Yoki
Qaldirg‘ochoyim Qalmoqqa borishi kerakligini aytganda “Oltoychilik yo‘lda
bo‘lsa, zo‘r yovning qo‘lida bo‘lsa, o‘lamizmi bir xotinni deb?” – deya beparvo
o‘tiraveradi. Dostonda “salbiy” qahramon deya ta’rif berilgan Boybo‘ri obrazini
biz bunday personajlar qatoriga qo‘sha olmaymiz. U Hakimbekdan saxiy va baxil
haqida eshitganda o‘n olti urug‘ qo‘ng‘rot elida yolg‘iz ukase baxil bo‘lib qolishini
xohlamaydi, xolos. Darslikda Boybo‘riga shunday ta’rif beriladi: “Boybo‘ri –
Qo‘ng‘rot elining shohi, mustabid hukmdor. U Qo‘ng‘irot elining tinchligini
buzadi, qabila va qabiladoshlari orasiga nizo soladi, o‘z ukasidan zakot talab qilib,
o‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining parokanda bo‘lib ko‘chib ketishiga va ne-ne
kulfatlarni boshidan kechirishiga sabab bo‘ladi. Xalq Boybo‘rining zolimligini,](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_34.png)
![adolatsizligini yaxshi bilar edi. Binobarin Boysari Boybo‘rining zakot solishi
munosabati bilan xalqqa murojaat qilib, maslahat solganda, xalq nomidan Yortiboy
shunday deydi:
Maslahat bermaymiz Boysari boyga,
Osilmaymiz Bobybo‘rining doriga.
Kim maslahat bersa, tayin o‘ldirar,
Qizil gulni xazon qilib so‘ldirar”. Ammo bular Boybo‘rining salbiy
qahramonligidan dalolat bermaydi. Xolbuki, Boybo‘ri yaxshi niyatda o‘n to‘rt
mahramni jo‘natgan edi va ularga: “Boysariga boringlar, Boysari o‘z rozichiligi
bilan bir chichqoq uloqni zakot d е b m е nga b е rsin. Zakot o‘rniga o‘tar-da, Boysari
baxil bo‘lib, baxillikka chiqib k е tmasin”, — deb buyurgan edi.
“Boybo‘ri o‘z farzandlariga ham shafqatsiz edi. U o‘g‘lining sevgisini nazar-
pisand etmaydi, qalmoq yurtida og‘ir ahvolda qolgan Barchinga achinmaydi,
Barchinning Alpomishga yozgan xatini munofiqlik nilan yashirib
qo‘yadi”[26.1986.44-b]. Bu ota mehridan boshqa narsa emas, u o‘z o‘g‘lini xavf-u
xatarga jo‘natishni xohlamaydi, xolos.
Mustaqillik yillarida nashr etilgan adabiyot darsliklarida 7-sinfdan boshlab
xalq dostonlari kiritib boriladi. Chunki dostonlar xalqimizning o‘tmishda qanday
yashaganlini o‘rgatuvchi, yurtimizning geografik tuzilishi bilan tanishtiruvchi,
o‘quvchilarni vatanparvarlik, xalqsevarlik, gumanizm ruhida tarbiyalovchi, o‘zaro
mehr-muhabbat, sevgi-sadoqat g‘oyalarini singdirishga xizmat qiluvchi bir
manbadir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan har yili o‘tkazilib
kelinayotgan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining barcha yosh bosqichlarida xalq
dostonlarini o‘qish uchun tavsiya etilganligi ham fikrimizni isbotlaydi.
8-sinf adabiyot darsligida “Kuntug‘mish” dostoni kiritilgan. Dostonning
yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda ko‘p. Darhaqiqat, “Kuntug‘mish”
dostoni o‘zbek xalq dostonlari orasida g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan
biridir. Uning xilma-xil ko‘rinishdagi variantlari ko‘pligining boisi shundaki, ilgari
baxshilarning iste’dodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan,
natijada barcha baxshilarimiz “Kuntug‘mish” dostonini to‘la o‘zlashtirishga](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_35.png)
![intilganlar. Dostonning Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li,
Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Egamberdi Ollamuroddan yozib olingan variantlari
mavjud. Darslikda esa mashhur baxshi bobomiz Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan
yozib olingan nusxasi keltirilgan[27.2019.11-b]. Ushbu doston ham mualliflarning
tahlilidan xoli emas. Asarning umumiy sujeti, asar qahramonlari haqida
o‘quvchilar tushuncha hosil qilishlari uchun umumiy to‘xtalib o‘tiladi. Biz
yuqorida atganimzidek , doston qahramolari ijobiy va salbiyga bo‘lib
o‘rgatilmaydi. Har qandan yomon odamda ham yaxshi xislatlar bo‘lishi mumkin.
Masalan, Buvraxon haqida so‘z yuritlar ekan, “ Buvraxon o‘ziga bino qo‘ygan,
qahri qattiq podsho, biroq uning ko‘ngilchan ekanligini ham ko‘ramiz. Buvraxon
avval Kuntug‘mish va Xolbekani o‘limga mahkum etadi, keyinroq Azbarxo‘ja
xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ularni afv etadi.
Azbarxo‘jani jazolaydi”, – deya yakuniy xulosa chiqarishni o‘quvchi ixtiyoriga
qoldiradi. Asarning bosh qahramoni bo‘lmish Kuntug‘mish ham kamchiliklardan
xoli emas. U No‘g‘ay yurtiga ketayotgan bolalarni qaytarib kelishayotganda
dostonda shunday jumlalar uchraydi: “Yangi bo‘lgan podsho yangi bo‘lgan
bandisini to‘xtovsiz dorga tortadi”, – deb ovoza bo‘lib, yaxshi-yomon, yugruk-
chobon, xurd-u kalon, qiz-u juvon ko‘chako‘ylarda, tomlarning ustiga chiqib,
ko‘rmagan odam qolmadi. Bu ikkovini ko‘rib, yig‘lamagan odam bo‘lmadi. “Hay
attang, dunyosi qursin, shunday yosh bachchalar o‘lib ketsa. “Xon g‘azabi – Xudo
g‘azabi”, degan, chiqmasak bo‘lar ekan, chiqib alamimiz ziyoda bo‘ldi”, – deb
mardumi shahar yig‘lashib, orqasidan ergasha berdilar[28.2019.33-b]. Demak,
Kuntug‘mish ham boshqa podsholardan qolishmaydi: “bandisini to‘xtovsiz dorga
tortadi”.
“Kuntug‘mish” dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar. U yaxlit
kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalg‘itadigan o‘rinlar
uchramaydi, aksincha, har bir voqea, har bir epizod dostonni to‘ldiradi.
Doston xalq og‘zaki ijodidagi barcha she’riy qoidalar va uslublarni o‘zida
jamlagan asardir. Unda xalq dostonlarida bo‘lganidek, voqealar, sarguzashtlar,
asosan, nasriy bayon etiladi, qahramonlar tavsifi, ruhiy kechinmalari she’riy yo‘l](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_36.png)


![- Nima uchun shuncha qo‘yni xalqqa berib yubordingiz, mening o‘limimga
shunchalik rozimisiz? – deydi. Shunda Navoiy:
- Ey podshohim, men chakki qilganim yo‘q. sizning podsho bo‘lganingizni
eshitib, qo‘ylarni talatib yubordim. Shunday ham berib yuborishim mumkin edi.
Biroq ba’zi bir odamlar tekin moldan hazar qilishadi. Shuning uchun qo‘yning
pulini podsho o‘lgan kuni berasizlar, deb aytdi. Endi qo‘ylarni olib ketgan
odamlar: Ishqilib podshohimiz o‘lmasin. Podsho o‘lsa Navoiy pulini qistaydi”, -
deb sizni duo qilib yurishadi, deydi.
Navoiyning bu donoligiga podshoning zavqi kelib, uni o‘ziga vazir qilib
oladi”[29.1986.256-b]. Bu afsona bo‘lib, Navoiy Samarqanddan piyoda kelmaydi
va Husayn Boyqaroning o‘zi shoirni Hirotga chaqirib oladi. Biroq, bunday
afsonalarni xalq orasida yurishi bejiz emas edi, ularda ma’lum bir haqiqat
yashiringan bo‘ladi. Chunki A lisher Navoiy saxovatli, adolatpesha, hozirjavob
yuksak aql-idrok egasi edi.
XVII – XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmi adabiyotida ham xalq
orasida paydo bo‘lgan qo‘shiq, terma, latifalar keltirilgan. Buxoro amiri Nasrullo,
Xiva xoni Asfandiyorxon, rus amaldorlaridan Nikolay haqida qo‘shiqlar va
termalar berilgan bo‘lib, ularda o‘sha davrdagi xalqning mashaqqatli hayoti aks
etgan. Xon va Afandi orasidagi bir suhbat aks etgan quyidagi latifada Afandining
topqirligi aks etadi:
“Xon Afandi bilan ovga chiqqan ekan, u “qushlarning tilini bilaman”, degan
Afandiga , bir joyda boyqushlarning sayrayotganini eshitib, savol beribdi:
- Boyqush nima deb sayrayapti?
- Boyqush aytadiki, - debdi Afandi, - agar xon shu xilda zulm qilsa, tez kunda
shahar ham mening makonimga qo‘shilib ketadi. Boyqushning makoni esa
xarobalikdir”.[30.1986.173-b].
Bu bilan sen obodonchilik ishlariga e’tibor qaratmayapsan, zulming oshib
boryapti, degan ma’noni tushunish mumkin. Haqiqatdan ham xonliklar davrida
xalqning turmush-tarzi yaxshi bo‘lmaganligini Furqat, Avaz O‘tar, Gulxaniy,
Maxmur, Turdi Farog‘iy, Zavqiy kabi shoirlarning ijodidan ham anglash mumkin.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_39.png)


![Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Maxmurning “Hapalak” asarlarini sharhlashda ham
xuddi shu yo‘lni tutish mumkin.
Sovet davrida nashr etilgan 8-sinf adabiyot darsligida Bobur hayoti va ijodi,
“Boburnoma” asari o‘qitilgan. Biz shoh va shoir hayotining berilishi xususida
birinchi boda to‘xtalgan edik. Bobur o‘z asarida tarixiy voqealar haqida ma’lumot
berish bilan birga, shu voqealarning ishtirokchisi sifatida o‘quvchi ko‘z oldida
gavdalanadi. U shoh sifatida o‘lkalarda qattiqqo‘llik siyosatini olib boradi, jangdan
bosh tortgan bir necha yigitning burnini teshadi, asir tushganlardan bir qismini
o‘ldiradi. Shu bilan birga, u kishilarga marhamat va shafqat ham ko‘rsatdi. Bobur
beva-bechoralarni talagan Xisravshohni qoralaydi; birovning bir ko‘za yog‘ini
o‘g‘irlagan bir yigitni tayoq bilan urdiradi; ayrim vaqtlarda yigitlari bilan goh
yayov, goh otliq yurib, mashaqqat chekadi. “Boburnoma”ni o‘rganish mobaynida
o‘quvchilar murabbiy ko‘magiga muhtoj bo‘ladilar. Zero, buyuk donishmand Abu
Nasr Forobiy ta’kidlaganidek, “Insoniy vujuddan maqsad – eng oliy baxt-saodatga
erishuvdir. Baxt-saodatlarga erishuv va tug‘ma qobiliyatlarning rivojlanishi o‘z-
o‘zicha bo‘lavermaydi, balki bu masalada qandaydir muallim yoki rahbarga
mutojlik tug‘iladi”[31.1999.208-b]. O‘qituvchi turli xil innavatsion
texnologiyalardan foydalanib, yangi ma’lumotlar asosida dars o‘tsa, ta’limda
ko‘zlangan maqsadga erishgan bo‘ladi. Asarni o‘qishda miniaturalardan
foydalanib, ovozli tasma orqali “Boburnoma”dan parcha havola etilsa yoki bunday
imkoniyatga ega bo‘lmasa, asarning o‘zidan ba’zi joylarni o‘qib bersa,
o‘quvchilarda qiziqish ortadi. “Boburnoma” haqida ma’lumot berganda o‘qituvchi
shunga erishishi kerakki, o‘quvchi Boburni ham olim, ham donishmand shoir, ham
xo‘jalik ishlariga va obodonchilikka katta ahamiiyat bergan, ham ilm-fan, san’at va
adabiyot ahllariga muruvvatli kishi sifatida tasavvur etsin. Hozirda amalda bo‘lgan
darsliklarning 10-sinfida Bobur va “Boburnoma” asari o‘qitiladi.
Sovet davrida 8-sinflar uchun mo‘ljallangan darslikka kiritilgan ko‘plab
ijodkorlar mustaqillik yillarida yoki yuqori, yo bo‘lmasa kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarga o‘qitiladi. Atoyi, Turdi Farog‘iy hayoti va ijodi 10-sinfda, Lutfiy,
Nodira hayoti va ijodi 8-sinfda, Bobur 5-, 10-, 11-sinflarda, Gulxaniy, Avaz O‘tar](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_42.png)
![6-sinfda, Uvaysiy va Zavqiy 7-sinfda, Ogahiy va Furqat 9-sinfda, Muqimiy, 5-, 6
sinflarda va nihoyat, Alisher Navoiy barcha sinflarda o‘qitiladi. Qolgan ijodkorlar
esa maktabda adabiyot darslarida o‘tilmaydi.
Nodira hayoti va ijodi sovet davrida nashr etilgan darslikda “Shoiralar”
mavzusi ostida o‘rgatilgan. Uvaysiy va Nodira ijodi bor-yo‘g‘i bir sahifada aks
etgan. Jumladan, Nodira haqida shunday deyiladi: “Nodira ham iste’dodli
shoiralardan bo‘lgan. Uning asl ismi Komila bo‘lib, andijonlik Rahmonqulbek
degan amaldoorning qizi edi. Amir Umarxon 1806-yilda unga uylanadi. Nodira
ko‘pgina go‘zal she’rlar yaratib, chin sevgi va sadoqartni, ma’rifatni kuyladi,
tarkidunyochilik va badbinlikni qattiq qoraladi. Nodiraning ayrim she’rlari ashula
qilib aytiladi.
…ba’zi doiralarning xotin-qizlarga past nazar bilan qarashi, o‘zaro feodal
urushlarning dahshati va boshqalar Nodiraning ijodida ham qayg‘u-alam
motivlarini vujudga keltirgan edi. Shunga ko‘ra u bir she’rida:
Qorong‘u bo‘ldi olam dudi ohimning savolidin,
Ki farq etmas munajjim ro‘zi ravshan birla-shomimni , - deydi.
Nodiraning taqdiri foijiali bo‘ldi: 1842-yilda Buxora amiri Nasrullaxon
Qo‘qonga bostirib kirib, Nodiraning ikki o‘g‘li va nevarasi bilan birga o‘ldiradi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, saroy muhiti va adabiyotining Nodira,
Uvaysiy, Mahzuna kabi shoiralarga salbiy ta’siri ularning ijodida g‘oyaviy-tematik
torlik hamda taqlidchilik kabi nuqsonlarni vujudga keltirgan edi”[32.1986.180-b].
Ko‘rib o‘tganimizdek, shoira hayoti faqat qora kunlarga chirmab tasvirlanadi va
ijodida ham shu jihat bo‘rtib ko‘rsatiladi. Xonlikar davrida biqiq hayot sabab
shoiralar hayotida mazmuniy torlik va taqlidchilik mavjudligi ko‘rsatiladi. Ammo
mustaqillik yillarida nashr etilgan adabiyot darsliklaridagi Uvaysiy va Nodiraning
g‘azallari, Uvaysiyninng chistonlari mazmuniy jihatdan yetuk, nodir she’rlar
ekanligini ko‘rsatadi. “taqlidchilik” deya baholangan nazira va tatabbu bog‘lash
an’anasi mumtoz adabiyotda mavjudligini N.Mallayev oliy o‘quv yutlari uchun
mo‘ljallangan kitoblarida e’tirof etsa-da, darslikda nega bunday yo‘ldan borganligi
bizga qorong‘u. Lekin shu narsa ma’lumki, shoiralar hayoti va ijodiga bunday](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_43.png)
![baho brilishi xonliklar tuzumini qoralash, o‘quvchilarda saroy muhitiga nisbatan
nafrat uyg‘otish. Majmuada esa “Eshit”, “Shayx”, “Aylagach” radifli g‘azallari
beriladi. “Eshit” radifli g‘azali hozirda amalda bo‘lgan 8-sinf adabiyot darsligida
ham mavjud bo‘lib, ham ilohiy, ham majoziy ishq kuylangan g‘azal hisoblanadi.
“Shayx” radifli g‘azali esa Navoiyning shu mavzudagi g‘azali kabi shayxning
ikkyuzlamachiligi, ishqining haqiqiy emasligi haqida yozilgan. “Aylagach” radifli
g‘azali esa kuyga solingan qo‘shiqday aytiladi, shoiraning so‘z tanlash mahorati
yuqori ekanligidan dalolat beradi:
Ketdi hushum ul parivash jilva og‘oz aylagach,
O‘rtadi jon pardasin mutrib navo soz aylagach.
Tong emas qilsa yuzi mashshotani bedast-u po,
Ayladi oyinani suv, chehra pardoz aylagach…[33.1986.164-b]
Hozirda maktabda o‘qitilayotgan darslikda esashoira hayoti va ijodi batafsil
beriladi. “ Nodira – XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o‘zbek
shoirasi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo‘lib, Nodira – adabiy taxallusi. Bundan
tashqari, Komila taxallusi bilan ham o‘zbekcha she’rlar bitgani ma’lum. Bu qalam
sohibasi – zullisonayn (ikki tilda ijod qilgan) shoiralarimizdan. Fors-tojik
lisonidagi asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan. U ijod qilgan davrda Qo‘qon
adabiy muhitida o‘zbek va fors-tojik tillarida badiiy asarlar yaratish qariyb teng
darajada edi. Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. U Andijon hokimi
Rahmonqul otaliqning qizi. Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir Temur
xonadoniga mansub edi. Buni uning ushbu baytlaridan ham bilib olish mumkin:
Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.
Nodiraning onasi – Oyshabegim qizining soliha farzand, komila shaxs bo‘lib
yetishuviga ko‘p hissa qo‘shdi. Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin
qarindosh bo‘lgan xonadonda voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq Qo‘qon xoni
Olimxonning tog‘asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni
tog‘asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg‘ilon begi lavozimiga](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_44.png)

![shuning uchun shoiralar qalamiga mansub g‘azallarda yorning uzun sochi,
ingichka beli, qalam qoshi, uzun kipriklari... maqtalavermaydi. Uchinchidan,
shoiralar yor(ya’ni ma’shuq)ni shunday umumiy tarzda tasvirlashi kerakki, undan
Allohga ishora uzoqlashib ketmasin. Nodira ijodi bu talablarga to‘la javob beradi.
Uning “Eshit” radifli g‘azalida bir yo‘la ham Amir Umarxon, ham Yaratganga
ishora borligini sezish qiyin emas. Bu matla’dayoq ko‘zga tashlanadi:
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Chindan ham, xonni ham “ salotin sarvari” (podshohlar boshlig‘i),
ma’shuqini “ shah” deyishi, o‘zini “ benavo” hisoblashi mumkin, bu ta’riflar,
Xudoga qaratilgan, deb hisoblansa ham, bo‘laveradi. G‘azal davomidagi “sarvi
ozodim”, “sarvi nozim”, “parizodim”, “tab’i noshodim” undalmalari ham xuddi
shunday tarzda bir yo‘la ikki obyektga qaratilgan holda qo‘llangan.
Kelki, bir soat seni ko‘rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo‘ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit, –
bayti esa she’rni yana-da hayotiyroq qilib, uning insoniy muhabbatga daxldorligini
kuchaytirgan. Nodira asarlari mumtoz shoiralarimiz ijodiyotining ana shunday
o‘ziga xosliklari borligini, ularni nozik tushunish zaruratini ko‘rsatib turibdi…
Nodira chekkan g‘am, kulfat-u hijron azob-uqubatlari yetmagandek, o‘zi va
o‘g‘illarining hayoti ham fojiali yakun topdi. 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon
lashkar tortib kelib, Qo‘qonni bosib oldi. Uning buyrug‘i bilan Nodiraning o‘zi
ham, uning o‘g‘illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon ham, nevaralari ham
vahshiyona qatl etildi.Nodiradan xalqimizga ikki devon qoldi. Nisbatan to‘la deb
hisoblanadigan turkiy devonida 189 g‘azal mavjud. Ulardan ayrimlari tojikcha.
Forsiy she’rlari “Devoni Maknuna”da jamlangan… Nodira ijodi o‘zidan keyingi
ko‘plab shoirlar uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi. Zokirjon Furqatning
ayrim she’rlari aynan ana shu shoira asarlariga nazira (o‘xshatma) tarzida dunyoga
kelgan. XX asrda Nodira haqida drama sahnaga qo‘yildi, badiiy film ishlandi.
Uning nomiga san’at va ta’lim maskanlari, ko‘chalar qo‘yilgan”[34.2019.44-b].
Darslikdagi ma’lumotlarni qisqartirishlab berdik. Ma’lumotlar xuddi hikoya](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_46.png)


![Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar,
Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.
Bu dunyoda farah yo‘qtur, meni mahzung‘a jononsiz,
Jahondin kim desun billah kerakmas menga jon onsiz. va
boshqalar”[35.1986.135-b].
Shunga o‘xshash tarzda Boburning talmeh, takrir, tashbeh qo‘llanilgan
baytlari, radif va qofiya olingan so‘zning musiqiyligi aks etgan misralari tahlil
qilinadi.
Boburda ham Navoiydagi kabi faxriya mavjud bo‘lib, agar Hofiz va Salmon
Sovajiy kabi buyuk shoirlar tirik bo‘lganda edi, mening she’rlarimni taqdirlar,
ularning yuksakligini e’tirof qilar edilar deydi:
Iroq-u Forsg‘a gar yetsa she’ring seni, ey Bobur,
Ani hifz etgusi Hofiz, musallam tutkusi Salmon.
Navoiyning bunday faxriyasi 10-sinf adabiyot darsligida berilgan bo‘lib,
undan “ shoirning ko‘plab g‘azallari to‘qqiz, o‘n bir va o‘n uch baytdan iborat.
Ammo ular yetti baytdan kam («o‘ksuk») emas. Buni shoir boshqa bir hodisa bilan
qiyoslaydi. Modomiki, osmon (gardun) yetti qavatdan iborat ekan, ularning har bir
qavati uchun shoirning g‘azallari o‘sha martabaga mos va munosibdir”, - degan
xulosa chiqadi.
Shunga o‘xshash mumtoz asarlarni sharhlash quyidagi qismlardan iborat
bo‘ladi. 1.Lingivistik sharh . (Tushunilishi qiyin so‘zlar, ma’nosi notanish va
noaniq so‘zlar izohi). Sharhning bu turini quyidagi so‘zlar qamrab oladi: arxaik
so‘zlar, tarixiy so‘zlar, dialektizm, arab-fors so‘zlar izohi. So‘zlarni shu tarzda
izohlash uning qaysi tilga mansubligi haqida ham ma’lumot beradi. 2.Tarixiy-
milliy sharh. Bu xil sharhda qadimiy milliy urf – odatlar, an’analar, udumlar bilan
bog‘liq bo‘lgan an’analar izohlanadi. 3.Tarixiy-adabiy sharh. Bunda adabiy
asarlardagi tarixiy davr bilan bog‘liq an’analar izohlanadi. Bundan tashqari
asarlarni sharhlashda yana quyidagi turkum so‘zlar izohi bo‘lishi mumkin:](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_49.png)

![notiqlar tomonidan maromiga yetkazib o‘qilgan asarlar ham eshittirilsa
o‘quvchilarda ancha ko‘nikma hosil bo‘ladi.
2.3.ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN JAHON ADABIYOTI
NAMOYONDALARI ASARLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Jahon adabiyoti namoyandalari, ularning yozgan asarlarini o‘qitish
o‘quvchilarga boshqa mamlakatlar turmush tarzi, milliyligi, urf-odatlari xususida
xabardor bo‘lish imkonini beradi. Inson boshqa xalqlar hayoti bilan
tanishgandagina o‘z hayotiga chetdan turib nazar tashlash imkoniga ega bo‘ladi.
Ularning yutuqlaridan o‘z hayotidagi kamchliklarni tuzatishda, kamchiliklaridan
esa xulosa chiqarishga odatlanadi. Qiyosiy adabiyot kontekstida dunyo
adabiyotining o‘rni adabiy tanqidchilarning turli muhokamalariga sabab bo‘lib
kelmoqda. Muayyan mamlakatning mintalitetiga mos kelmaydigan g‘arb yoki
sharq adabiyoti namunalarida ilgari surilgan g‘oyalarning o‘quvchilar ongiga ta'sir
qilishini hisobga olgan holda, darsliklar kontentini tuzish juda muhim vazifa
hisoblanadi. Bundan tashq ari, jahon adabiyoti namunalarini mahalliy va global
miqyosda uyg‘unlashtirilgan metodologiyadan foydalanish va o‘quvchilar uchun
maqbul yondoshuvni taqdim etish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelinayotgani
tabiiy. Agar mavzu o‘quvchi yoshiga mos, milliy mintalitetga xos tarzda tanlansa,
madaniyatlar aro yaqinlikka, o‘quvchi tasavvur doirasining kengayishi va xayolan
dunyoning qaysidir chekkasida yashash imkoniyati beriladi. Tsvetan Todorov
“Adabiyot nima uchun?” nomli asarida maktab yoshiga to‘lmasdan oldinroq
kitoblar olamiga oshno bo‘lgani haqida yozadi: “Ilk xotiralarim kitoblar
qurshovida bo‘lgan paytim bilan bog‘liq. Uyimizda kitoblar juda ko‘p bo‘lardi.
Bolalar adabiyotining klassik durdonalaridan “Arab oqshomlari”, “Aka-uka Grim
va Anderson ertaklari”, “Tom Soyer”, “Oliver Tvist” asarlarini takror
o‘qirdim”[36.2007.13-b]. Todorov adabiyotga bo‘lgan muhabbatini kitob sahifalari
va ulardagi satrlarga asir bo‘lgani bilan izohlaydi. Todorov muayyan mintaqaviy
matnni o‘qish orqali hudud bilan yaqinlik, umumiy muhit va mahalliy kontekst
bilan tanishish imkoniyatini berishini isbotlab berdi. “O‘quvchining shaxslik](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_51.png)
![sifatlarini shakllantirishda adabiyot fani hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Yozuvchining ijod dunyosiga kirishi va shu orqali bola ongi va didini o‘stirish
asosiy maqsad hisoblanadi. Darslik va majmualardan o‘rin olgan o‘zbek va jahon
adabiyoti durdonalarining o‘quvchi fikrini boyitish va hissiyotlarni tarbiyalashda
ahamiyatlidir”[37.2018.36-b]. Asosiy masala faqat milliy adabiyotning
o‘qitilishida emas. Muammo sinflardagi “Adabiyot” darsliklarida “Jahon adabiyoti
namunalari qay tarzda berilgan?” “Ularning yoshi va dunyoqarashiga mosmi?”
kabi savollarga javob topish bilan bog‘liq.
Jahon adabiyoti sovet davrida nashr etilgan adabiyot darsligida qardosh
xalqlar adabiyoti sifatida o‘rganilib Jomiy, Fuzuliy, Bedil, A.S.Pushkin,
T.G.Shevchenko, Mirzo Fatali Oxundov, Ahmad Donish, Berdaq, Abay, Abdulla
To‘qay ijodi xususida ma’lumot berilib, asarlaridan parchalar keltirilgan. Masalan,
Bedil ijodi haqida neytral baho beriladi. Uning ijodi hech qanday ijtimoiy-siyosiy
qonuniyatlarga bo‘sundirilmaydi: “...Bedilning “Chor unsur” asari avtobiografik
xarakterda bo‘lib, unda bolalik, o‘smirlik, yigitlik va qarilik davri haqida fikr
yuritiladi. Movarounnahr haqida ham qiziqarli ma’lumotlar beradi, ota-
bobolarining Movarounnahrdan Hindistonga ko‘chib kelganini qayd etadi.
...Bedil asarlari chuqur falsafiy fikr va mushohadalarga boy shuning uchun
ham u “Abulmaoniy – “Ma’nolarning otasi” deb atalgan...”[38.1986.183-b]
Maxtumli haqida so‘z borar ekan uning ijodi ham o‘zbek ijodkorlari kabi
mafkuradan chetda tahlil qilinmaydi: “Maxtumquli o‘z she’rlarida xon va
amaaldorlarning adolatsizligi, poraxo‘rligi, va yulg‘ichligini, din-shariat
boshliqlarining insofsizligini qattiq tanqid qiladi:
Sipohiy barisi poraxo‘r bo‘ldi,
Shoh oldida odil vazir qolmadi.
Shohlarda qolmadi hukmi adolat,
Bir pul uchun mufti berar rivoyat”.
Ammo shoirning she’rlaridagi mardlik, halollik, to‘g‘rilik, mushfiqlik kabi
olijanob insoniy fazilatlarni inkor qilib bo‘lmaydi:
“Mard o‘g‘lidir, elga yozar dasturxon,](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_52.png)
![To‘g‘ri so;z ustida berar shirin jon.
Umrini o‘tkazar, aytmaydi yolg‘on,
Jahd aylab, yolg‘on so‘z aytguvchi bo‘lma”[39.1986.186-b].
Uning “Egri erdan to‘g‘ri it ham yaxshidir”, “Adabning yaxshisi – kattani
siyla”, “Og‘zi olalik obro‘li elga yarashmas” kabi hikmatli so‘zlari xalq
maqollariga aylanib ketgan. Maxtumquli haqida hozirda amalda bo‘lgan 7-sinf
adabiyot darsligiga kiritilgan bo‘lib, mazmuni va yod olish uchun berilgan she’rlari
jihatidan sovet davrida nashr tilgan darslikdan tubdan farq qiladi.
Muhammad Fuzuliy ijodi tadqiqot obyekti sifatida tanlangan har ikki
darslikda keltirilgani bois shoir ijodining darsliklarda berilishini ko‘rib chiqamiz.
“Ulug‘ ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy, taxminan,
1498-yilda Iroqning Karbalo shahrida tug‘iladi. Fuzuliy dastlab maktabda, keyin
esa madrasada (ehtimol Bog‘dodda) ta’lim oldi. U tarix, medetsena, astranomiya,
geometriya, logika va boshqa fanlar bilan shug‘ullanib, yaxshi bilim oldi. Maktab
yoshidayoq she’r yozishni mashq qila boshlagan Fuzuliy iste’dodli shoir bo‘lib
yetishdi. Adabiyot ahllari va she’ryat muxlislari orasida shuhrat qozondi. Fuzuliy –
mohir va jo‘shqin lirik shoir. Fuzuliy Layli va Majnun sujetini qayta ishlab, Layli
va Majnunlar galeriyasiga yangi, original doston qo‘shdi. Fuzuliy qalami bilan
“Layli va Majun” XVI asr Layli va Majnunlarining fojiali sarguzashti darajasiga
ko‘tarildi. Munozara janridagi asarlarida hamda “Shikoyatnoma”da Fuzuliy o‘sha
davrning munofiqlik, poraxo‘rlik, ta’magirlik va xushomadgo‘ylik kabi illatlarini
dadillik bilan ochib tashladi. Fuzuliy 1556-yilda vafot etdi.
Fuzuliy ozarbayjon adabiy tili va klassik adabiyotini yangi taraqqiyot
pog‘onasiga olib chiqdi. Fuzuliy ijod xalqlar o‘rtasidagi, jumladan, o‘zbek xalqi
bilan ozarbayjon xalqi orasidagi do‘stlik munosabatlarini, madaniy-adabiy
aloqalarini yorqin ifodalaydi. O‘zbek xalqi bilan ozarbayjon xalqi o‘rtasidagi
aloqalar, ayniqsa, Navoiy va Fuzuliy munosabatida ravshan ko‘rinadi. Navoiy
Fuzuliyning ustozlaridan biri bo‘ldi. Fuzuliy lirik she’rlarida, “Layli va
Majnun”ida Navoiydan ilhom oldi. Uning an’analarini davom ettirdi, rivojlantirdi.
Navoiy she’rlariga o‘xshatmalar bitdi, shu bilan birga, Fuzuliy o‘zbek xalqining](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_53.png)
![ham sevimli shoiri bo‘ldi. Munis, Ogahiy, Nodira, Muqumiy, Furqat va boshqa
o‘zbek shoirlari Fuzuliy ijodidan ta’lim oldilatr, uning she’rariga, o‘xshatma va
g‘azallariga muxammaslar bitdilar. Fuzuliy asarlari o‘zbek maktablarida o‘qish
kitobi bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p she’lari o‘zbek maqomlaridan salmoqli o‘rin
oldi”[40.1986.65-b]. Bu ma’lumotlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, sovet davrida
Fuzuliy ijodi umumiy tarzda o‘qtilgan. Asarlari yetarlicha tahlil qilinmagan.
Mustaqillikdan 2014-yilda nashr etilgan 8-sinf adabiyot darsligida Fuzuliy ijodi
berilgandi. Unda asarlari haqida so‘z yuritilmasdan g‘azallari va ularning mazmun-
mohiyati xususida so‘z yurtiligan edi. 2019-yildagi nashrida esa uning ijodi
batafsil yoritilib, asarlarining nomi keltirilgan va o‘zbek ijodkorlari ijodiga ta’siri
haqida ma’lumot berilib, adabiy parchalar keltirilgan.
“Ozarboyjon shoiri Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliy turkiy sh е ’riyatning
Alish е r Navoiydan k е yingi eng mashhur qalam sohiblaridan biri hisoblanadi.
Chunki u adabiyotda aynan Navoiy an’analarini izchil davom ettirdi, yuksak
g‘oyaviy-badiiy darajadagi go‘zal sh е ’rlar ijod qildi. U o‘zining “Layli va Majnun”
dostonida tabiiy ravishda Navoiyni ustoz yanglig‘ tilga oladi:
Turk-u arab-u ajamda ayyom,
Har shoira v е rmish edi bir kom.
O‘lmish edi Navoiy suxandon –
Manzuri shahanshohi Xuroson.
O‘z navbatida, bu shoir asarlari o‘zidan k е yingi davrlar turkiy adabiyot,
jumladan, o‘zb е k so‘z san’ati rivojiga ham katta ta’sir o‘tkazdi. O‘zb е k
sh е ’riyatining Fuzuliydan k е yingi davri taraqqiyotini bu shoir ijodining ta’sirisiz
tasavvur qilish – qiyin. Boshqacha aytganda, agar Alish е r Navoiy bo‘lmasa edi,
Muhammad Fuzuliy ijodini, Muhammad Fuzuliy bo‘lmasa edi, Boborahim
Mashrab ijodini hozirgi yuksak badiiy darajada tasavvur qilib bo‘lmas edi. O‘tgan
asrlarda Fuzuliy ijodiyoti yurtimizda yuksak qadrlangan. Uning devoni Sa’diy
Sheroziyning “Guliston va “Bo‘ston” asarlari, Hofiz Sheroziyning “Devon”i,
Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”i, Navoiyning “Chor devon”i kabi
madrasalarimizda maxsus o‘qitilgan.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_54.png)


![u kutgandek chiqmadi. Kutilmagan joyda, go‘yoki uni bu og‘ir holdan
qutqarmochi bo‘lgandek:
- Fuzuliy yaxshi kitob, - dedi Kumush, - men ham yolg‘iz qolgan kezlarimda
bu kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi?”
Bu yerda Abdulla Qodiriy Fuzuliyni o‘qigan kishi ana shunday madaniyatli,
farosatli ham bo‘ladi, demoqchi.
Abdulla Qodiriy Fuzuliyni o‘zining “Mehrobdan chayon” romanida ham
eslaydi – asardagi oddiy qorovul bo‘lgan Tohir aka bu shoirning:
Dahr bir bozordur – har kim mato‘in arz edar, - degan misrasini keltiradi.
Hamid Olimjonning
Fuzuliyni oldim qo‘limga
Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi.
Erkin Vohidovning:
Oshiqlar uxlaydi saharga tomon
Fuzuliy devonin boshiga qo‘yib.
…Mening shoirligim yolg‘ondir, ammo
Fuzuliy she’riga oshiqligim – rost.
Abdulla Oripovning:
Bir lahza qo‘lidan qo‘yganmi o‘zbek,
O‘zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni? – kabi misralari bizning davrimizda ham
shoir asarlari naqadar yuksak qadrlanayotganidan dalolat beradi.
Xuddi Navoiy asarlari kabi Fuzuliy asarlari ham besh asrdan buyon o‘zbek va
ozarbayjon xalqlari do‘stligi, qondosh-jondoshligini mustahkamlashga xizmat qilib
kelyapti. Bu bugun ham juda ahamiyatli, bizni til, dil, din birligi,
madaniyatlarimiz uyg‘unligi, ulug‘ ajdodlarimiz o‘giti birlashtirib turadi. Jahonda
mamlakatlar va xalqlarning o‘zaro hamorlikda yashash va mehnat qilishga kuchli
intilishi yuz berayotgan bugungi zamonda buning alohida o‘rni va ahamiyati bor.
Bunday dos’tlik va hamkorlikdan ikki davlat va xalqi birday
manfaatdor”[41.2019.313-b]. Demak, ko‘rib o‘tganimizdek, har ikkala darslik
taqqoslanganda ular o‘rtasida juda katta farq borligi ko‘zga tashlanadi. Dastlabki](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_57.png)

![Dunyo yaralgandan beri
Podsho odil bo‘lgan emas.
Shorlar qalam olganda
Xatga to‘g‘ri solgan emas…
Bu dunyoning dardi yomon,
Quvon, boshing qolsa omon.
Tushdi boshga og‘ir zamon,
Inon, do‘stlar, yolg‘on emas.
Kundan kunga bo‘ldi battar
Har kim o‘z g‘amini etar.
Qora tuman qachon ketar?
So‘ngan chiroq yongan emas[42.1986.244-b].
Zamona zulmidan shikoyat qilib yozilgan bu she’rda podsholarning odil
emasligi, kundan kunga battar bo‘layotganligi aytiladi.
Mustaqillik yillarida nashr etilgan darslikning so‘nggi nashrlarida Sergey
Yesenin va Robindranath Thakor asarlari kiritilgan. Sergey Yeseninning satrlari –
qisqa-qisqa, tili – ravon va sodda, lirik qahramonning hayot, tabiat, odamlarga
munosabatida qishloqcha samimiylik va to‘g‘rilik ufurib turadi. Eng muhimi,
asarlarida sharqona ruh bor. Bu o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas. Shoir forsiy
tildagi mumtoz she’riyat namunalari bilan yaqindan tanishganidan keyin Eronga
borishga qattiq intiladi. Biroq o‘sha paytdagi Rossiya va Eron munosabatlari rus
shoirini u yoqqa yuborish maqsadga muvofiq emasligini taqozo etadi. Shunga
qaramasdan, Sergey Yesenin qattiq turib Eronga borishni talab qilgani uchun uni
Ozarboyjonning Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga yuborishadi. Bir necha
muddat bu yerda yashab, sharqona ruhni his etadi, Sharq odamlarining hayot
tarzidan zavqlanadi va tez fursatda uning “Fors taronalari” she’rlar turkumi
yoziladi. Sharq she’riyatida Allohga ishqni majozan yorga ishq tarzida kuylash
kuchli edi. Shunga taqlidan rus shoiri ham Sharq go‘zaliga bag‘ishlangan ishqiy
she’rlar bitadi. Lekin shu mavzu bahonasida G‘arb kishisining Sharqqa mehri jo‘sh
urib turganini sezish qiyin emas. Rus hayotini tasvirlaydimi, sharqona mavzularda](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_59.png)

![III BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN
NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
3.1. MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT
DARSLIKLARIDAGI NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-
TIPOLOGIK TAHLILI
Maktab darslarida nazariy ma’lumotlarni o‘qitish g‘oyat muhim ahamiyatga
egadir. Masalan, doston janrini o‘rganishda bir xil usul qo‘llansa, hikoya yoki
komediyani o‘rganishda yana boshqa usullar qo‘llaniladi. Har bir janrning o‘ziga
xos xususiyati qanchalik chuqur yoritilsa, badiiy asarni tahlil qilish yo‘llari ham
shunchalik ravshanlashadi, o‘quvchilarga adabiyotdan beriladigan bilim ham
unumli bo‘ladi va o‘quvchilarda estetik qarashlar shakllanadi. O‘tgan asrda
adabiyot o‘qitish ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan rus metodist olimlari V.A.Kan-
Kalik, V.I.Xazanning “Maktabda adabiyot o‘qitishning psixologik-pedagogik
asoslari” nomli risolasida adabiyot o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligiga alohida
urg‘u bergandilar va adabiy-ta’limiy mehnatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqib, badiiy-pedagogik vazifalarning badiiy-tadqiqiy, badiiy-konstruktov, badiiy-
tashkiliy va badiiy-kommunikativ tarzidagi tasnifini keltirganlar,[43.1988.131-b]
va unda adabiyot darslarida kichik, o‘rta va katta epik janrlarni o‘rganishni ham
ko‘rib chiqqan. Bunda dastlab bu haqdagi adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish
bilan ish boshlanadi. Adabiy-nazariy tushuncha o‘quvchilar ongida asta-sekin, dars
davomida, sinfdan sinfga o‘tish jarayonida hosil bo‘la boradi. O‘qituvchi
o‘quvchilar egallagan nazariy bilimning amalda, ya’ni asarni tahlil qilish va ijodiy
insho yozishda tatbiq etilishini kuzatib boradi.
O‘quvchilarga beriladigan adabiy nazariy tushunchalar muntazam ravishda
boyitib boriladi. V-VI sinf “Adabiyot” darsliklarida adabiy-nazariy tushunchalarni
yoritish bilan birga, adabiy asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini kuzatib
borish talab etilgan o‘rinlar ham bor. Masalan, V sinf adabiyot darslarida
o‘quvchilar hadis, ertak, topishmoq, maqol kabi adabiy-nazariy tushunchalar bilan
tanishar ekanlar, bu tushunchalar keyingi sinfda badiiy matnni o‘qish jarayonida](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_61.png)

![shodligiga shodlik qo‘shadi, qayg‘u-hasratini yengillashtiradi, kishini yupatadi,
uning mehnatini yengillashtiradi”[44.1986.43-b, - deya ma’lumot beriladi.
Mustaqillik davrlarida yaratilgan adabiyot darsliklarining 6-sinfida bu mavzu
o‘tiladi. Qo‘shiqlar hozirgi davr adabiyot darsliklarida yozma adabiyotga mansub
qo‘shiqlar va xalq qo‘shiqlari, deb nomlangan turlarga ajratilib o‘qitiladi va sovet
davrida amalda bo‘lgan darslikdagi singari mavzu jihatidan mehnat qo‘shiqlari,
mavsum qo‘shiqlari, marosim qo‘shiqlari singari turlarga ajratilgan.
Mustaqillikkacha yaratilgan 8-sinf adabiyot daarsligida nazariy ma’lumotdan so‘ng
“Devoni lug‘atit-turk”dan qo‘shiq namunlari keltiriladi:
Yoy qish bila qarishti,
Ardam yosin qurishti.
Charik tutib ko‘rushti,
O‘qtag‘ali o‘trushur.
Mazmuni:
Yoz bilan qish qarama-qarshi bo‘lishdi,
(Ularning har biri) maqtanish yoyini qurishdi,
Qo‘shin tuzib, (bir-birini) ta’qib qilishdi,
(Yoy) otish uchun (bir-biriga) yaqinlashishdi[45.18-b].
Hozirda amalda bo‘lgan 6-sinf adabiyot darsligida xalq qo‘shiqlaridan
“Boychechak”, “Chittigul”, “boshginam oriydi” qo‘shii berilgan. “Devoni luatit-
turk” asaridan parchalar esa 11-sinf adabiyot darsligida keltirilgan.
Sovet davrida yaratilgan adabiyot darsligida qo‘shiq janridan tashqari xalq
ozaki ijodiga mansub bo‘lgan qahramonlik dostonlari va tarixiy afsonalarning o‘rni
xususida so‘z yuritilib, “…ularning ko‘pchiligi aniq tarixiy voqealar zaminida,
O‘rta Osiyo xalqlarining tinchlik va osoyishtalik uchun chet el bosqinchilariga
qarshi kurashlari asosida yaratilgan” [45.18-b] ligini ta’kidlaydi.
Darslikda ozaki ijod janrlaridan tashqari yozma adabiyotga xos lirika haqida
ham ma’lumot keltiriladi: “Lirika badiiy adabiyotning keng tarqalgan xillaridan
biridir. Lirik asarda hayotiy mazmun va real voqealar lirik qahramonning
(ko‘pincha, bevosita shoirning) taassurotlari, ichki kechinmalari tarzida](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_63.png)
![ifodalaniladi. Lirik asarning hajmi epik va dramatik asarlarga qaraganda ancha
ixcham. Lirik asar, odatda, she’riy (ba’zan nasriy) uslubda yozilgan bo‘lib, u
kuychan, ohangdor va musiqiyligi bilan ajralib turadi. Ba’zan she’r kuyni, kuy
she’rni vujudga keltiradi. Zotan, lirika so‘zi grekcha “lira” degan cholu asbobi
nomidan olingan, chunki she’r yoki qo‘shiq lira sadosiga jo‘r bo‘lgan, musiqa
bilan birga kuylangan. Lirik asar, temasi va mazmuniga qarab, ishqiy lirika, tabiat
lirikasi va boshqa janrlarga bo‘linadi. O‘zbek mumtoz adabiyotida lrika azal,
ruboiy, tuyuq, muxammas, qasida va boshqa she’riy janrlarga bo‘linadi”[46.85-b].
Hozirda bamalda bo‘lgan adabiyot daarsliklarining 7-sinfida lirik asarlar haqida
nazariy ma’lumot berilgan bo‘lib, ichki kechinma, she’riyatdagi asosiy vaznlar,
turoq, qofiya, bo‘gin, hijo kabilar haqida tushuncha beriladi.
Mustaqillikkacha amalda bo‘lgan darslikda lirika mavzusi Alisher Navoiy
ijodi bilan bolab o‘qitilgan va Navoiy azallari tahlili jarayonida azal xususida so‘z
yuritilgan. “azal Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida, jumladan, o‘zbek
she’riyatida juda keng tarqalgan lirik janrlardan biridir” [47.88-b]. Biz avvalgi
boblarda aytib o‘tganimizdek, sovet davrida adabiyot darsliklari ikki qismdan
tashkil topgan: darslik va majmua. Darslikda xuddi hozirda amalda bo‘lgan
darsliklardagi kabi azallarning mazmuni, vazni, taqte’si, qofiyadosh so‘zlari, radif
va raviy kabilar tahlil qilinadi. Masalan, Alisher Navoiyning “Topmadim” radifli
azali ustida shunday tahlil olib boriladi: “…8 baytdan iborat bo‘lib, bu azal
boshdan oxiriga qadar qarshilantirish usulida yozilgan. Shoir kishilarga yaxshilik
qiladi, yaxshilik tilaydi, ammo buning evaziga u yomonlik ko‘radi. U kishilarga
mehr qo‘yadi, ammo mehribon topolmaydi, jonini fido qiladi, lekin oromi jon
topolmaydi, hajr bilan orom chekadi, biroq hech kim uni yupatmaydi:
Mehr ko‘p ko‘rguzdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
am bila jonima yettim, amgusore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.
…azalda “mehribone”, “jone”, “dilsitone”, “nishone”, gulsitone” va boshqa
so‘zlar qofiya bo‘lib kelgan, “one” qofiya elementini tashkil etadi. azalda](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_64.png)
![“topmadim” so‘zining radif bo‘lib – takrorlanib kelishi azalning mazmuniga mos
bo‘lib, shoirning shikoyatini kuchaytirib, ta’kidlab ifodalashga xizmat qiladi. …
azal aruzning ramal bahrida yozilgan (foilotun – foilotun – foilotun - foilon)”
[48.93-b] azal janridan so‘ng ruboiy va tuyuq haqida nazariy ma’lumot va ularning
mazmuni, vazni xususida so‘z yuritiladi. Nazariy ma’lumotlar hozirda amalda
bo‘lgan 8-sinf adabiyot darsligida ham mavjud bo‘lib, biz bu haqda keyingi faslda
to‘xtalamiz. Ushbu darslikka Navoiyning tuyuq janri xususidagi mulohazalari ham
kiritilgan: “”Navoiy tuyuq yaratibgina qolmadi, u “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat
ul-luatayn” asarlarida bu janrni nazariy jihatdan yoritib, uning xususiyatlarini ilmiy
asosda bayon etadi. Xalq ijodini ardoqlagan Navoiy qo‘shiq, tuyuq kabi she’r
turlarini bilmagan yozuvchilarni
“…onglamayin so‘zda tuyq bahrini,
Qaysi tuyuq, balki qo‘shuq bahrini”
deb qattiq tanqid qiladi” [49.97-b]. Bu bilan hazrat Navoiy shoirlar she’rning
barcha janrlaridan xabardor bo‘lishi lozim, degan fikr bermoqchi.
Biror bir janrdagi asarlar o‘qitilayotganda u haqidagi nazariy ma’lumotning
berib borilishi natijasida o‘quvchi mavzuni yaxshiroq tushunadi va adabiyot,
adabiyotshunoslik fanidan bilimi boyiydi. Shuningdek, darslikda o‘quvchilarning
nazariy ma’lumotlar xususidagi fikrlarini mustahkamlash maqsadida savol va
topshiriqlar ham beriladi:
1. azal nima? azalning janr xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Ruboiy haqida so‘zlab bering.
3. Tuyuqning xususiyatlarini ayting. Tuyuqlardan misollar keltiring.
Darslikda Navoiy “Xamsa”sidagi romantizm va realizm metodi xususida
so‘z yuritilar ekan, bu metod haqida tushuncha beriladi. Chunki Navoiyning
“Xamsa”sida tasvirlangan muhit, badiiy obraz va unsurlar ba’zan hayotiy tarzda,
ba’zan esa xayoliy tarzda tasvirlangan. “Badiiy obraz yaratish usuli, ya’ni
san’atkorning hayot haqiqatlarini tanlash prinsipi, badiiy umulashtirish va badiiy
tasvir usullari badiiy ijod metodi – ijodiy metod deb ataldi. San’at va adabiyotda
bir necha badiiy ijod metodi bor. Bulardan eng asosiylari romantizm va realizmdir.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_65.png)
![Badiiy ijodiyotda shunday yozuvchilar bo‘ladiki, ular turmushning o‘zini haqqoniy
tasvirlashdan ko‘ra, ko‘proq turmush va voqelik haqidagi o‘z orzularini
tasvirlaydilar. Turmushning o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzularni
tasvirlash romantizm deyiladi. Turli tarixiy sharoitda romantizm turlicha
xarakterga ega bo‘lgan…
Realizm badiiy ijodiyotning asosiy metodlaridandir. Real hayot voqealarini
haqqoniylik bilan tasvirlash realizmning asosiy belgisidir. Realist san’atkor
ijtimoiy hayotning xarakterli tomonlarini topa oladi va uni tipiklashtiradi. Tipik
xarakterlarni tipik sharoitda haqqoniyat bilan tasvirlash realistik san’atning
negizidir. Realist san’atkor o‘rmish va kelajak mavzularida ham realistik san’at
qonuniyatlari asosida asarlar yaratishi mumkin…”[50.135-b] Darslikda bu
metodlar haqida ma’lumot berilar ekan, ijtimoiy tuzumdan vaziyatidan kelib
chiqib, Navoiy asarlariga siyosiy “libos” kiydiriladi, ya’ni “Layli va Majnun”
dostonida Layli va Majnunning xo‘rlanishi, tahqirlanishi, fojiasi orqali feodal
o‘tmishning razilligini ko‘ramiz, - deya doston noto‘ri talqin qilinadi.
Mustaqillikkacha amalda bo‘lgan darslikda Turdi Faroiy hayoti va ijodi
xususida ma’lumot berilgach, adib hajvchi shoir bo‘lgani bois satira va yumor
haqida nazariy ma’lumot beriladi: “ijtimoiy hayotning ma’lum tomoni yo ayrim
guruh va shaxslarning salbiy xislatlaridan achchiq kulib va tanqid qilib yozilgan
hajviy asar satira deyiladi. Bunga Turdining “Ssubhonqulixon va uning amir-
amaldorlari to‘risida hajviya”si misol bo‘la oladi. Satiric asarda yozuvchi
turmushning ma’lum tomonlarini satirik obrazlar orqali fosh etadi, qoralaydi.
Bundan tashqari, yozuvchi mubolaadan, fantaziyadan keng foydalanish yo‘li bilan
voqeani, obrazni atayin bo‘rttiradi…
Yumor hazil-mutoiba tarzida yozilgan asardir. Shu bilan u satiradan farq
qiladi. Yozuvchi yumorda kishilar va ularning hayotidagi ayrim nuqsonlar, ba’zi
kamchiliklarni yengil kulgi orqali tanqid qiladi. Shuning uchun tanqid qilinayotgan
kishidan ko‘pincha nafratlanmaydi, balki unga achinadi va undagi kamchilikning
tuzatilishini istaydi. Satirada yumor bo‘lgani kabi yumorda satira elementi bo‘ladi.
Turdi satirasida ham yumorning ayrim elemntlari bo‘ladi”[51.198-b]. Ma’lum bir](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_66.png)
![janr namunasi bo‘lmish ijod namunasi o‘qitilayotganda xuddi shu tarzda nazariy
ma’lumotlar berib boriladi. Bu o‘quvchiga o‘sha o‘tilgan mavzuni yaxshu
tushunishiga yordam beradi. Mustaqillik yillarida nashr etilgan adabiyot
darsliklarining 6-sinfida satira va yumor namunalari berilgan, ya’ni Said
Ahmadning “Qoplon” va “Sobiq” hikoyalari mana shu yo‘nalishda yozilgan
asarlar edi. Xuddi biz yuqorida ko‘rib o‘tganimiz kabi “Qoplon” satiric asar
sifatida, “Sobiq” esa yumoristik asar sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu
darslikda Muqimiyning “Tanobchilar” hajviy asaridan so‘ng hajviy asarlar turli
janrlarda, ya’ni azal, qissa, hikoya, pyesa kabi shakllarda yaratilishi mumkinligi
aytiladi. “ Hajviy asar tanqidiy va kulgi uyotadigan badiiy asar hisoblanib, mazmuni va
shakliga ko‘ra satirik va yumoristik ruhda bo‘ladi. Hajviy asarlarda jamiyat hayotidagi
kamchiliklar, ayrim shaxslar fe’l-atvoridagi, xatti-harakatidagi qusurlar tanqid qilinadi,
ya’ni kulgili qilib tasvirlanadi. Hajviy asarlar turli usullarda yozilishi mumkin. Masalan,
Muqimiyning “Maskovchi boy ta’rifida”, “Saylov”, “Dodhohim” va siz yuqorida
tanishgan “Tanobchilar” asarlari she’riy hikoya tarzida yozilgan bo‘lsa, Hamzaning
“Maysaraning ishi”, “Tuhmatchilar jazosi”, Abdulla Qahhorning “Oriq tishlar”, Gogolning
“Revizor” asarlari pyesa shaklida, Chexovning “Yovuz niyatli kishi”, “Chiqdi”, “Qiyshiq
oyna”, Abdulla Qahhorning “Adabiyot muallimi” hajviy asarlari hikoya janrida yaratilgan.
Shuningdek, Ilf va Petrovlarning “O‘n ikki stul”, “Oltin buzoqcha”, Ne’mat Aminovning
“Yelvizak” kabi hajviy yo‘nalishda bitilgan romanlari ham mavjud. Hajviy asarlar jamiyat
va kishilardagi salbiy jihatlarni tanqid qilish va fosh etish darajasiga qarab satirik va
yumoristik ruhda bo‘ladi…”[52.105-b] Xullas, nazariy ma’lumotlar o‘quvchilarning
adabiyot qoidalari haqidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ular ma’lum bir
adabiy tur yoki janrning xususiyati bilan tanishib, tushunchaga ega bo‘lsalar shu adabiy
turga oid boshqa asarni o‘qganlarida ham tahlil qila oladilar. Sovet davrida yaratilgan
adabiyot darsligidagi nazariy tushunchalar garchi ijtimoiy tuzum uchun xizmat qilgan
bo‘lsa-da, adabiy nazariyasiga oid muhim ma’lumotlar mavjud.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_67.png)

![Dostonlardagi voqealar qahramonlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi.
Masalan, dunyoga mashhur “Alpomish”ni olasizmi, “Ravshan” yoki “Kuntumish”
dostonlarini olasizmi – bari-barisida muhabbat mavzusi ustuvorlik qiladi.
Darhaqiqat, muhabbat – muqaddas tuyu. Bekorga xalqimiz “Ishqsiz eshak –
dardsiz kesak”, demaydi. Sevimli shoiramiz Nodirabegim ta’biri bilan aytganda
esa:
“Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”.
Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi har qanday
qahramonlikka qodir hisoblanadi. Biz o‘rgangan “Kuntumish” dostoni
sevishganlar haqida chiroyli asar, uning janrini ishqiy qahramonlik dostoni, deb
belgilash mumkin. Chunki Kuntumish dostonda katta qahramonliklar ko‘rsatadi:
yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo‘yilgan kigiz ostidan chiqib
ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o‘zini ko‘rsatish emas, avvalo xalqni ajdar
ofatidan qutqazgan bo‘lsa, sevikli yori, bolalarini deb oyat tang bir holatda yovlari
o‘rab-chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos
bo‘lib chiqadi. Umuman, Kuntumishning dostondagi hayoti qahramonlik bilan
kechadi. Uning Xolbeka visoliga yetishish uchun uzoq safarga otlanishi, yo‘lidagi
barcha to‘siq-ovlarni yengishi haqiqiy insoniy jasorat, fidoyilikdir. Dostondagi
Xolbeka, Gurkiboy va Mohiboy harakatlarida ham qahramonlik belgilari mavjud.
Axir Xolbekaning sevgan yori, bolalari uchun jonini berishga tayyorligi,
Gurkiboyning ukasi uchun o‘zini fido qilishga shayligi (uning dor ostidagi
so‘zlarini eslang) qahramonlik emasmi?! Birgina “Kuntumish” dostoni emas,
boshqa dostonlarda ham asar personajlari turli qahramonlik namunalarini
ko‘rsatadilar, bu qahramonliklar odamlarning oirini yengil qiladi, el-yurtga
ro‘shnolik keltiradi. Baxshi bobolarimiz sevib kuylagan “Kuntumish” kabi ishqiy-
qahramonlik dostonlari bizni muhabbatdek ezgu tuyuni qadrlashga undaydi,
fidoyilik, qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat, qahramonlik,
jo‘mardlik doimo egizak tushunchalardir[53.8-b]. Ko‘rib o‘tganimzdek, xalq
dostonlari yozma adabiyot mahsuli bo‘lmish dostonlar bilan qiyoslanadi va xuddi](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_69.png)
![mustaqillikkacha bo‘lgan davrlarda amalda bo‘lgan darsliklardagi kabi nazariy
ma’lumotlar o‘tgan mavzudagi asar misolida tushuntiriladi. Shu asosda
o‘quvchining ilmiy bilimi boyiydi.
Maktab adabiyot darslarida nazmiy asarlar mazmun-mohiyati, nazariyasini
o‘rganishga alohida o‘rin beriladi. Bunda she’r vaznlarini o‘qitish adabiyot
o‘qituvchilari uchun muarakkab mavzulardan biri sanaladi. Sababi vaznlarni
o‘rgatish uchun o‘quv dasturlarida nisbatan kam soat ajratilgani barobarida mazkur
mavzuni o‘qitish metodikasi ilmi ham yetarli ishlab chiqilmagan. Anvar
Hojiahmedovning “Maktabda aruz vaznini o‘rganish” qo‘llanmasi[54.192-b] bu
boradagi yagona manba bo‘lib turibdi. “O‘zbek aruzi luati”[55.224-b] ham
o‘quvchilarga ko‘p asqotadi. Ammo mazkur manbaalarni hamma kutubxonlarda va
filolog o‘qituvchilarda bor deya ayta olmaymiz. Aruz vaznini o‘qitishdagi va
o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar sabab darsliklardagi bu mavzuga oid ma’lumotlar
o‘zgarib, yangilanib turadi.
2014-yilda nashr qilingan darslikda Lutfiy hayoti va lirikasidan so‘ng tajnis,
irsoli masal kabi she’riy san’atlar va tuyuq janri xususida ma’lumot berilgan edi.
2019-yilgi nashrda esa aruz vazni haqida ma’lumot keltiriladi. Darslikda bu
ma’lumotlar shunchalik keng va batafsil tushuntiriladiki, o‘qituvchi ushbu
ma’lumotlargagina tayanib ham aruz haqida o‘quvchilarga tushuncha berishi
mumkin va bu o‘qituvchida hech qanday qiyinchilik tudirmaydi:“Muayyan tratibga
solingan matn “nazm” deyiladi. Shuning uchun nazmning birinchi talabi vazndir.
O‘zbek she’riyatining asl vazni (tudi - bitdi) barmoq sanaladi. Xalq ozaki ijodi
namunalari, asosan, shu vaznda yaratiladi. Buni Mahmud Koshariyning XI asrda
yozilgan“ Devoni luot ut-turk” asarida misol tariqasida keltirilgan she’riy parchalar
ham isbotlaydi. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqironiyning aksar va boshqa
shoirlarimizning ayrim she’rlari ham barmoq vaznida yaratilgan.
Biroq XI asrdan yozma she’riyatimiz namunalari aruz vaznida yozila
boshladi. Ming yillik aruziy merosga egamiz. Aruzda bitilgan she’rning vaznini
yaxshi bilmay turib to‘ri o‘qishning hech ham iloji yo‘q. Aruzni barmoq vazniga
qiyosan tushunish osonroq.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_70.png)


![O‘ta cho‘ziq hijoga nimalar kiradi? Kelib chiqishi arabcha yoki fors-tojikcha
bo‘lgan “yor”, “or”, “xor”, “zor”, “nur” yoki “oshkor” so‘zidagi “osh-”, “hushyor”
so‘zidagi “hush-” hijolari, shuningdek, oxiri ikki undosh yonma-yon kelishi bilan
tugagan “sabr”, “jism”, “ism” va shunga o‘xshash har qanday bo‘in o‘ta cho‘ziq
hijo hisoblanadi. O‘ta cho‘ziq hijo faqat va faqat misra oxirida keladi. Agar bunday
so‘zlar misra o‘rtasida uchrasa, ular ikkiga bo‘linadi. Bu bo‘linishda yo keltirilgan
misollardagi bijolar bir cho‘ziq va bir qisqa (o-sh-kor, qan-d, sab-r) hijoga
ajratiladi, yo undagi qisqa hijo keyingi tovushga bolanib, boshqa hijo hosil qiladi.
Ana endi aruz vaznining eng muhim xususiyatlaridan birini bilib olishimiz
mumkin. Bu – rukn masalasi. Rukn bir jihatdan barmoq vaznidagi turoqqa
o‘xshaydi. Ikkinchi bir jihatdan aslo o‘xshamaydi. O‘xshashligi shundaki, xuddi
turoqdek, ruknda ham o‘zidan oldingi misralardagi parallel kelgan ruk bilan
vaznan teng bo‘lishi kerak… Eng asosiysi turoqda so‘z tugashi shart, ruknda esa
shart emas…[56.61-b]
Shu kabi aruz vazni haqidagi ma’lumotlar olti sahifani, o‘z ichiga oladi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, barmoq va aruzdagi vazn masalasi, bo‘in va hijo, turoq va
rukn batafsil tushuntiriladi. Ular o‘rtasidagi farqli va o‘xshash jihatlar xususida
so‘z yuritiladi. Darslikda nazariy ma’lumotlarga katta o‘rin ajratilgani bois biz
barchasini to‘liicha bermaslikni ma’qul topdik. Keyingi o‘rinlarda eng ko‘p
qo‘llaniladgan bahrlar: ramal, hazaj, mutaqorib xususida so‘z yuritiladi. Ularning
taqte’si, afoili, qanday holatda solim, qanday holatda mahzuf yoki maqsur bo‘lishi,
musamman yoki musaddas nima ekanligi batafsil tushuntiriladi. Albatta bu ilmiy
ma’lumotlar o‘quvchilar uchun murakkablik qiladi. Shu bois ular o‘qituvchining
ko‘magiga muhtoj bo‘lishadi. Ilmiy salohiyati yuksak, pedagogik mahorati yetarli
bo‘lgan o‘qituvchining o‘quvchilari o‘zbek mumtoz vazni hisoblanmish aruzning,
hech bo‘lmaganda, mana shu darslikda keltirilgan uch bahrini (hazaj, ramal,
mutaqorib) yaxshi tushunib, boshqa she’rlarning bahrini aniqlashda qo‘llay
oladilar.
Biz bilamizki, o‘zbek adabiyotida tuyuqlar ustasi Mavlono Lutfiy
hisoblanadi. O‘quvchilar ilk bor 8-sinfda Lutfiy ijodida tuyuqqa duch keladilar.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_73.png)
![Shu bois shoir ijodidan so‘ng tuyuq janri haqidagi nazariy ma’lumot keltiriladi. Bu
ma’lumotlar darslikning bundan avvalgi nashrlarida ham mavjud edi. E’tiborli
jihati shundaki, darslining uchinchi nashrida tuyuq janri tajnis she’riy san’ati bilan
boliq bo‘lgani bois tajnis va tuyuq birga tushuntirilardi. So‘nggi nashrda esa
ma’lumot soddalshtirilib, tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar tajnisli bo‘lishi, ya’ni
omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar (omonimlik va shakldoshlik aslida bitta
tushuncha emasmi?) turkumidan iborat bo‘lishi darkor, deyiladi. T u y u q – lirik
janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy
she’riyatdagina uchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar ozaki adabiyoti ta’sirida
shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o‘tib, muayyan
qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq
janrining asosiy qoidasiga aylangan:
Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.
Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida
qofiyalanishi zarur.
Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni
« foilotun–foilotun–foilun (yoki foilon )» tarzida bo‘lishi shart. Taqte’si: – V – – / –
V – – / – V – (yoki V – ~).
Tuyuqda qofuyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim
so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan tashkil topishi darkor. Ilgari tuyuqlar
janrning ana shu talablaridan dastlabki uchtasiga javob bergan, xolos. Lekin
keyinchalik janrning to‘rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz
tasavvur qilib bo‘lmay qolgan[57.63-b].
Hozirda amalda bo‘lgan darslikdagi muhim jihati shundaki, oldingi
darsliklardan farqli tarzda a-b-a-b tarzida qofiyalangan Alisher Navoiyning “…
gulxanda ko‘r” tuyuini keltiradi. Darslikdagi nazariy ma’lumotlar sovet davrida
yaratilgan darslikdagi ma’lumotlardan chuqur ma’lumot berishi bilan ajralib turadi.
Chunki tuyuq janri xalq ozaki ijodi bilan boliq bo‘lib, dostonlar tarkibida ham
shakldosh so‘zlar ishlatilgan to‘rtliklar mavjud. O‘zbek tili shakldoshlikka boyligi
bilan boshqa tillardan farq qiladi. Bu haqida Navoiy o‘zining “Muhokamat ul-](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_74.png)
![luatayn” asarida fors tili bilan turkiy tilni qiyoslar ekan, “it”, “o‘t”, “ot”, “ko‘k”
kabi so‘zlarni misol keltirib, turkiy til shakldoshlikka boyligi bilan forsiy tildan
ustunligini isbotlab bergan. Shuningdek, “Mezon ul-avzon” asarida tuyuqni “Turk
elining xossasi” deb aytadi. Agar darslikda tuyuq janri haqida ma’lumot berish
asnosida Navoiyning bu janrga munosabatini ham yozib ketishsa, maqsadga
muvofiq bo‘lar edi.
Biz avvalgi faslda aytib o‘tganimizdek, ruboiy janri haqidagi nazariy
ma’lumotlar sovet davridagi darslikda ham, mustaqillik davrida amalda bo‘lgan
darslikda ham mavjud. Mustaqillik yillarida nashr etilgan darsliklarning 4-
nashridagina bu janr haqida ma’lumot bo‘lib, avvalgi nashrlarida uchramaydi.
Buning asosiy sababi darslikning 2009- va 2014-yilgi nashrlarida Alisher
Navoiyning azallari yod olish uchun tavsiya qilinar edi. Hozirgi nashrida esa
shoirning biror bir azali uchramaydi. azallar o‘rniga ruboiy, fard va tuyuqlari
kiritilgan. Buning oqibatida o‘quvchilar maktab ta’limida faqatgina 10-sinfda
shoir azallari bilan tanishadilar. Alisher Navoiyning faqatgina “Xazoyin ul-
maoniy”dagi azallari soni 2600 ta bo‘lib, shundan 11 yil davomida to‘rtta azalni
yod olyaptilar. Bizningcha, 8-sinf adabiyot darsligida hech bo‘lmaganda ikkita
azalini qoldirish lozim edi.
Ruboiy haqidagi ma’lumotlar xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, nazariy
ma’lumot anchayin batafsil berilgan. 2014-yildagi nashrda Navoiyning nechta
azali borligi, anchasi turkiy, qanchasi forsiy ekanligi va shoirning shoirlik,
she’riyat xususidagi fikrlari yoritilgan edi. 2019-yilgi nashrda esa Navoiyning
ruboiylari shu tarzda tahlil qilinadi: “Ruboiy – o‘zbek mumtoz adabiyotining lirik
janrlaridan biri. “Ruboiy” – so‘zi arabchadan olingan. “to‘rttadan”, “to‘rtlik” degan
ma’nolarni anglatadi. Adabiyotshunoslikda esa u to‘rt satrli kichik lirik janrni
anglatadi. Adabiyotshunoslikda esa u to‘rt satrli kichik lirik janrni anglatadi.
Nomlanishi arabcha bo‘lsa ham, bu she’riy janr dastlab forsiy (Rudakiy, Shahid
Balxiy) va turkiy (Lutfiy) she’riyatda vujudga kelgan[58.67-b]. Darslik mualliflari
ruboiyning qofiylanish tizimi, aruz vaznining hazaj bahridagi axram va axrab
shajaralarining 24 vazndagina bitilishi xususida tushuncha beradilar. Mavzuga](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_75.png)

![Darslikda mumtoz adabiyot namunalari tugagach, “Jaloliddin Manguberdi”
tragediyasidan keyingina nazariy ma’lumotga duch kelamiz. Darslikning oldingi
nashrlarida “Mirzo Ulubek” tragediyasi berilgan bo‘lib, ushbu nazariy ma’lumot
o‘qitilar edi. Har ikkala dramatik asar fojiaviy bo‘lgani bois nazariy ma’lumot
saqlangan. “Tragediya adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri bo‘lib, uning
luaviy ma’nosi yunoncha tragos – echki, ode – qo‘shiq; tragediya – echki qo‘shii
ma’nosini anglatadi. Echki qayoqdayu, fojiali sahna asari qayoqda, deb
o‘ylashingiz mumkin. Aslida, yuqoridagi so‘zlarning zamirida haqiqatga yaqin
ma’no bor: qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari
o‘tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so‘yilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar
esa echki terilarini yopinib, turli sahna tomoshalarini ko‘rsatishgan. Bunday
jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu so‘z oqibati fojia bilan
tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo‘llanila boshlagan”[59.170-b]. Shu tarzda
tragediya atamasining adabiyotga kirib kelishi izohlanadi. Shundan so‘ng uchinchi
nashridagi kabi jahon va o‘zbek adabiyotidagi bu janrga oid namunalar,
tragediyaning komediya va dramadan farqli jihatlari muhokama qilinib, “Jaloliddin
Manguberdi” asarining nima sababdan bu janrga mansubligi xususida so‘z
yuriiladi.
Darslikda Said Ahmadning “Ufq” trilgiyasidan so‘ng roman shakllari
haqidagi nazariy ma’lumot o‘rin olgan. Mavzuda roman janriga oid muhim
jihatlar, qanday asar roman bo‘la olishi haqida ma’lumot berilgan. Roman shakllari
xususida so‘z yuritilib, ularning namunalari keltiriladi:
“Umumiy mazmuni, oyasi, asosiy qahramonlari, voqealar tizimining o‘zaro
aloqadorligi, boliqligi bilan bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi ikki kitobdan
iborat ikki mustaqil roman – roman-dilogiya deb ataladi va nisbatan katta voqea-
hodisalarni qamrab oladi. Bunda asardagi bosh qahramonlar taqdiri tasviri
har ikkala kitobda ham davom etadi. Masalan, P. Qodirovning “Yulduzli tunlar”,
“Avlodlar dovoni”, H.ulomning “Mash’al”, M.Ismoiliyning “Farona tong
otguncha”, X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_77.png)

![aloqasi bor, ya’ni unda asarning necha kitobdan iborat bo‘lishi emas, balki
qanchalik ko‘p va katta voqea-hodisalarning qamrab olinishi muhim. Masalan, asar
qahramonlarining bir necha avlodi taqdiri yoritilgan buyuk fransuz adibi
Balzakning “Insoniyat komediyasi”, S.Ayniyning “Qullar” kabi roman-epopeyalari
shular jumlasidandir”[60.214-b].
Xullas, shu tarzda romanning shakllari va ularning qaysi ijodkorning ijodiy
bisotida mavjudligi haqida o‘quvchilarga tushuncha berilib, ularning
adabiyotshunoslik fanidagi bilimlarining boyishiga xizmat qilgan.
Darsliklardagi nazariy ma’lumotlar faqat ma’lumot berish bilan
cheklanmasdan, o‘quvchilar bilimini savol va topshiriqlar orqali boyitib borishga
ham xizmat qiladi.](/data/documents/c6fc072c-ef4e-4518-898d-3a1d7682209a/page_79.png)










8-SINF ADABIYOT DARSLIGINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI Mundarija ISHNING UMUMIY TAVSIFI ................................................................................................................ 2 I BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY- TIPOLOGIK TAHLILI ............................................................................................................................ 6 1.1. DARSLIKLAR OLDIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR ............................................................................... 6 1.2.MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 14 1.3. MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 21 II BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN ASARLARNING QIYOSIY- TIPOLOGIK TAHLILI .......................................................................................................................... 31 2.1. ADABIYOT DARSLIKLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI ....................... 31 2.2. ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN MUMTOZ ADABIYOTI NAMOYONDALARI ASARLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 40 2.3.ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN JAHON ADABIYOTI NAMOYONDALARI ASARLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 51 III BOB. 8-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI ............................................................. 61 3.1. MUSTAQILLIK DAVRIGACHA BO‘LGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 61 MUSTAQILLIK DAVRIDA YARATILGAN ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI NAZARIY MA’LUMOTLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI .................................................................................................................. 68 XULOSA .................................................................................................................................................. 80 ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................................................................................................................ 84 ANNOTATSIYA Mazkur ishda hozir amalda bo ‘ lgan 8- sinf o ‘ quvchilari uchun mo ‘ ljallangan
adabiyot darsligi va 1986- yilda nashr etilgan adabiyot darsliklaridagi ijodkor tarjimayi holining berilishi qiyosan tahlil qilingan . O ‘ qitishning samarali usullari , darsliklarda muallif avtobiografiyasining berilishida yutuq va kamchiliklar xususida so ‘ z yuritilgan . Dissertatsiyada qiyosiy - tipologik tahlil orqali solishtirilayotgan darsliklardagi ma ’ lumotlarning o ‘ quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan . Unda berilayotgan ma ’ lumotlar va asarlar qiyoslash orqali tahlil qilingan . Shuningdek , darsliklardagi berilgan ma ’ lumotlarning keyingi yillardagi o ‘ zgarish sabablari ham dalillar asosida bayon etilgan . Har bir berilgan ma ’ lumotlarning o ‘ quvchilar ong - u tafakkurida aks etishi , ularning ma ’ naviy - ma ’ rifiy tarbiyasiga ta ’ siri haqida mulohazalar bildirilgan . Darslikda tarjimayi holni berish usuli va o ‘ ziga xos metodikasi haqida ham to ‘ xtalib o ‘ tilgan , hozirgi rivojlangan davrdagi o ‘ quvchi tafakkuri va zehnini yanada yaxshilashga qaratilgan fikrlar va tavsiyalar berilgan . ANNOTATION The study provides a comparative analysis of current literature textbooks for 8th graders and creative biographies of literature textbooks published in 1986. Effective teaching methods, textbooks discuss the successes and shortcomings of the author's autobiography. The dissertation discusses the importance of comparative-typological analysis of textbook information in the development of students' thinking. The information and works presented in it are analyzed by comparison. The reasons for the change in the information provided in the textbooks in recent years are also explained on the basis of evidence. Comments were made on the impact of each piece of information on students' thinking and their impact on their spiritual and educational upbringing. The textbook also discusses the method and specific methods of providing a biography, as well as ideas and recommendations for further improving the thinking and intelligence of students in today's advanced age. ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. Bugun mamlakatimizni jahonning har jihatdan rivojlangan davlatlaridan biri sifatida e’tirof etishga arziydigan asos va omillar talaygina. Hozirgi zamonda yoshlarimizning ongi, tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgardi. Turli fan olimpiadalarida, tanlovlarda va sport sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritishayotgani quvonarli hol. Lekin Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “Albatta, biz mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb- hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda butun dunyoda aholining, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash borayotganini, diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlarning kuchayayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, farzandlarimiz tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum ham susaytirmasdan, aksincha, yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur”[1.17-b]. Buning uchun esa o‘quvchi- yoshlarimiz nima o‘qishyapti?, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazyapti? kabi savollarga har birimizda javob bo‘lishi shart. Zamon bilan hamnafas o‘quvchilarni o‘qitishda darsliklarimiz ham zamon talablariga mos bo‘lishi lozim. Bugungi kunda chet el tajribasidan foydalanilgan holda darsliklarni izchil ravishda qayta ko‘rib chiqish ishlari olib borilmoqda. Mustaqillikdan ilgari va mustaqillik yillarida yaratilgan darsliklarni ko‘zdan kechirsak, yil o‘tgan sari salohiyati va sifati jihatidan mukammallashib borayotganligi kishini quvontiradi. Darsliklardan hayoti bilan ibrat bo‘la oladigan va asarlari bilan “Hazrati inson”ni voyaga yetkazishda ko‘mak beradigan shoir va yozuvchilar joy olmoqda. Shunday bo‘lsa-da, yutuqlar bilan bir qatorda ba’zi bir kamchiliklar ham yo‘q emasligi barchaga ma’lum. Shu bois msutaqillik yillarida yaratilgan darsliklar bilan bir qatorda mustaqillikkacha bo‘lgan darsliklarni ham ko‘zdan kechirib, ulardagi yutuqlardan foydalanib, kamchiliklardan voz kechish yaxshi samara beradi. Zero buyuk yozuvchimiz A.Qodiriy ta’biri bilan aytganda “Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlikdir”. Bu mulohazala r esa dissertatsiya uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilashga asos bo‘ladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Tadqiqot Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovation iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Bugungi kunda yurtimizda adabiyot o‘qitish metodikasi ancha rivojlangan sohalardan biri hisoblanadi. Metodistlar adabiyot darslarida o‘quvchilarni ma’naviy barkamol, o‘z shaxsiy fikriga ega yetuk inson qilib tarbiyalash borasida ko‘plab izlanishlar olib borishmoqda. Shu bois ijodkor tarjimayi holining berilishi, o‘qitilishi jihatidan tavsiyalarni deyarli barcha metodikaga oid darslik va qo‘llanmalarda uchratamiz. Adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida adabiyot darsliklarining mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida yaratilgan nashrlari qiyoslab o‘rganilgan alohida ilmiy ish bo‘lmasa-da, bu sohaga oid qo‘llanma va darsliklarda ushbu mavzuga oid ba’zi fikr-mulohazalar keltirilgan. Kuzatishlardan ma’ l um bo ldiki, S.Dolimovʻ [2.2007-2010] , B.To‘xliyev[3.1973], A.Zunnunov [4.1994] , Q.Yo‘ldoshev[5.2018], Q.Husanboyeva [6.2018] , singari qator olimlarning tadqiqotlarida o quvchilarni ʻ adabiyot vositasida tarbiyalash borasida fikrlar mavjud. Ular o z ishlarida inson ʻ ma’naviyatini shakllantirishning psixologik-pedagogik yo llari, ta’lim-tarbiya ʻ samaradorligini orttirish masalasiga to xtalganlar. ʻ Tadqiqotning maqsadi. Mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida yaratilgan darsliklarni qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilib, ularning yutuq va kamchiliklarni ko‘rib chiqish va amalga joriy etish. Tadqiqotning vazifalari. Ishimiz ko‘lamini his etgan holda, dissertatsiyamiz mavzusini yoritish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik: darsliklar oldiga qo‘yiladigan talablar; mustaqillik davrigacha bo‘lgan adabiyot darsliklarida ijodkor tarjimayi holining qiyosiy-tipologik tahlili;
mustaqillik davrida yaratilgan adabiyot darsliklarida ijodkor tarjimayi holining qiyosiy-tipologik tahlili; adabiyot darsliklarida berilgan mumtoz adabiyoti namoyondalari asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili; adabiyot darsliklarida berilgan yangi davr adabiyoti namoyondalari asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili; adabiyot darsliklarida berilgan jahon adabiyoti namoyondalari asarlarining qiyosiy-tipologik tahlili; mustaqillik davrigacha bo‘lgan adabiyot darsliklaridagi nazariy ma’lumotlarning qiyosiy-tipologik tahlili; mustaqillik davrida yaratilgan adabiyot darsliklaridagi nazariy ma’lumotlarning qiyosiy-tipologik tahlili. Tadqiqotning obyekti . Mustaqillikkacha va mustaqillik yillarida 8-sinflar uchun yaratilgan adabiyot darsliklari Tadqiqotning predmeti . 8-sinf adabiyot darsliklarini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilish dissertatsiyamizning predmetini tashkil etadi. Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada qiyosiy, biografik metodlar tadqiqot usuli sifatida belgilandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Bugungi kungacha metodika sohasida juda ko‘p izlanishlar olib borilgan bo‘lsa-da, mustaqillik yillarigacha va mustaqillik yillarida yaratilgan maktab darsliklari zamon nuqtayi nazaridan qiyosiy tahlil etilmagan. Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi . Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha quyidagi ilmiy ishlar e’lon qilingan: Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi . Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Ishning umumiy hajmi 89 sahifadan iborat.