CourseLab HAQIDA
REJA: Kirish 1. CourseLab dasturining tarixi, asosiy imkoniyatlari va o’rnatilish jarayoni 2. CourseLab dasturining interfeysi, imkoniyatlari va obyektlari tasnifi 3. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz” degan edi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov. Shunday ekan hozirda samarali ta’limning zamonaviy usullarini yaratish yetakchi masalalardan biriga aylangan. Bunda multimedia va multimedia mahsulotlarining o’rni beqiyosdir. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar uning bir qismi bo‘lgan elektron darsliklarni yaratish sohasiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Bu ta'sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va bilim jihatidan boyib bormoqda. Multimedia - bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi, matn, sxema, jadval, diagramma, fotografiyalar, video va audio fragmentlar va boshqa har xil ma’lumotlarni raqam ko’rinishida ishlab chiqish, yaratishning dasturiy- apparat vositasidir. Multimediadan foydalanish ma’lumot qabul qilishning yangi va sifatli darajasini ta’minlaydi. Ushbu ishning maqsadi elektron darslik yaratish texnologiyalari asosida Ta'limda multimedia Texnologiyalari fani kesimida Elektron kurslar yaratish texnologiyalariga asoslangan CourseLab dasturi bilan yaqindan tanishib, uning imkoniyatlarini chuqur o'rgangan holda yutuq va kamchiliklarini yoritib berishdan iborat.
1. CourseLab dasturining tarixi, asosiy imkoniyatlari va o’rnatilish jarayoni CourseLab — bu Internet tizimida, masofaviy ta’lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo‘ljallangan interaktiv ta’lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo‘ljallangan kuchli va ishlatish oson bo‘lgan dasturiy vositadir. Elektron ta'limiy kurslar muharriri bo'lmish CourseLab WebSoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. WebSoft kompaniyasi - zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy komplekslarni ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya axborot texnologiyalari bozorida 1999 yildan ish boshlagan. Hozirda CourseLab dasturining CourseLab 3.1 va CourseLab 2.7 versiyalari keng qo’llanilmoqda. Quyida CourseLab dasturining versiyalari tarixi keltirilgan: 04.09.2006 Vesiya 2.2 Rasmiy ravishda CourseLab 2.2 versiyasining relizi taqdim etilgan. Yangi versiyada ushbu qo'shimchalar qo'shilgan edi: • Microsoft PowerPoint dan taqdimotlar importi mexanizmi qayta ishlangan; • Avtofiguralarni tahrirlashdagi yangi imkoniyatlar; • Rasmlarni siqish mexanizmi qo'shilgan; • Dasturni bezatish temalari yaratildi; • Interfeysi mukammallashtirildi. 22.05.2006 Vesiya 2.1 Rasmiy ravishda CourseLab 2.1 versiyasining relizi taqdim etilgan. Ushbu versiyada: • Qator o'zgartirishlar; • Qiyin ko'pobyektli o'zaro aloqalarni yaratishdagi masalalarni yengillashtiruvchi ssenariylar mexanizmlari qo'shilgan, 16.04.2006
Vesiya 2.0 Rasmiy ravishda CourseLab 2.0 versiyasining relizi taqdim etilgan. Kurslarni ko'rish imkonini beruvchi, butunlay qayta ishlangan dastur sezilarli darajada tezligi ortgan, Gecko- based brauzerlarini (Mozilla FireFox, Netscape) qo'llab- quvvatlanishi yaratilgan edi. Bu versiyada: • Kurslarni taqdim etish tezlashgan; • Yaratilgan kurslarni nafaqat Microsoft Internet Explorer brauzeri orqali, balki FireFox, Mozilla, Netscape brauzerlari orqali ham ko'rish imkoniyati tug’ilgan; • Ta’lim materiallarining almashish standarti SCORM 2004 qo’llab- quvvatlangan; • Obyektlarni ko’rsatishda vaqt boshqaruvi qo’shilgan, “Timeline” tahrir paneli; • Taqdim etish effektlarini boshqarish mukammallashtirilgan; • Yangi mukammal obyektlar qo’shilgan; • Obyektlarni yangi bezatish va rang sxemalari qo’shilgan; • Modullarning yangi shablonlari qo’shilgan. CourseLabning asosiy imkoniyatlari: • WYSIWYG tizimida ko‘rish va natijalarni olish mumkin bo‘lgan ta’lim materiallarini yaratish va tahrir qilish. • Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi. • Obyektiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish imkonini beradi. • Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p «Obyekt»li bog‘liqliklarni yaratishni osonlashtiradi. • Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega. • Ochiq obyektiv interfeys obyekt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi. • Obyektlar animatsiyasi mexanizmiga ega.
• Ta’lim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini — Macromedia®Flash®, Shockwave®, Java® va har qanday formatdagi video- formatdagi fayllarni joylashtirish imkonini beradi. • Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari. • Microsoft®PowerPoint® formatidagi taqdimotlarni o‘quv materialiga joylashtirish imkoniyati. • Har xil dasturiy ta’minotlarning simulyasiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni suratga olish mexanizmiga ega. • Amallarni izohlashning oson tiliga ega. • Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarining xususiyatlariga to‘g‘ridan- to‘g‘ri JavaScript-kirish imkonini beradi. • Elektron ta’lim kurslarini ko‘rish uchun Javaning bo‘lishi talab qilinmaydi. CourseLab yordamida yaratilgan ta’lim materiallari ishlatilish turiga qarab, elektron ta’limning quyidagi standartlariga mos keladi: - AICC (http://www.aicc.org/ ) - SCORM 1.2 (http://www.adlnet.org/ ) - SCORM 2004 (SCORM 1.3) (http://www.adlnet.org/) CourseLab dasturining o’rnatilish jarayoni CourseLab dasturi ham boshqa dasturlar kabi darturning o’rnatish paketi orqali o’rnatildi. Paketni CourseLab ning rasmiy saytidan sotib olish, yoki demo versiyasini yuklab olishingiz mumkin. Bundan tashqari internetdagi dasturiy vositalarning keng assortimentini taqdim etuvchi boshqa saytlar ham talaygina. Siz o’rnatish paketini ana shunday saytlardan yuklab olishingiz ham mumkin. Paket yuklab olingach uni raspakovka qilasiz va uning tarkibidagi .exe kengaytmali faylni ishga tushirasiz. So’ngra keying chiquvchi oynalardagi o’rnstish shartlari va ketma- ketligini o’qigan holda ularga amal qilib borasiz. Natijada CourseLab dasturi kompyuteringizga o’rnatiladi va uning yorliqchasi ish stolingizda paydo bo’ladi. Dasturni birinchi ishga tushirganingizda sizga quyidagi (1 -rasm) oyna ochiladi: