Emotsiya va uning tabiatini o‘rganish
Emotsiya va uning tabiatini o‘rganish MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………………...…................................3 I. Emotsiya va uning tabiatini o’rganish.......... ..................4 1.1 Emotsiyalar haqida umumiy tushuncha…………………..……...……….....…..4-7 1.2. Emotsiyaga oid nazariyalar…………..…...............................................8-18 1.3 Inson va hayvonlardagi emotsiyalar .............................................19-23 II. Hissiy buzilishlar haqida psixologik tariflar .........................................24 2.1 Emotsional buzilishlar. Emotsiyani amaliy jihatdan tadbiq etish.24-31 XULOSA ……………………………………………………………………..............................32-33 ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………………………………………………..33-34 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqil bo’lgandan keyin chet mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. O’zbekistonga kelayotgan turistlar, ishbilarmonlar, olimlar, biznesmenlar soni tobora ko’paymoqda. Ular orasida samimiy va garaz niyatlilari ham uchrab turadi. Ularni ajratib olish, asl niyatlaridan boxabar bo’lish uchun verbal va noverbal muloqot sirlaridan boxabar bo’lishni taqozo qiladi. Ushbu kurs ishim mavzusining muhimligi ana shu dolzarb muammoga qaratilganligidir. Olamda so’zsiz muloqot bo’yicha yangi mutaxassislar paydo bo’lishdi. Bu mutaxassislar qush va parandalarni kuzatib, ma’lumot yig’uvchi ornitologlar kabi, atrofdagi odamlarni kuzatib ular tomonidan berilayotgan turli belgilarni tahlil etib ma’lumotlar to’pladilar. So’zsiz muloqot mutaxassisi insonlarni har qanday sharoitda, turli vaziyatlarda kuzatish mumkin. Eng muhimi odamlar uchun bir-birlari bilan muloqatda bo’lish imkoniyati bo’lsa bas. Chunki kuzatish predmeti bo’lib odamlarning xatti-harakatlari xizmat qiladi. Bunday kuzatishlar mutaxassis uchun atrofdagilarni yaxshiroq tushunish, o’z- o’zini chuqurroq anglash va olingan ma’lumotlar asosida atrofdagilar bilan bo’layotgan munosabatlarni samarali bo’lishini ta’minlaydi. Ajablanarlisi shuki, inson yer yuzida bir million yildan ortik xayot kechirishiga qaramay, faqat o’tgan asrning 60-yillardagina so’zsiz muloqot muammosiga e’tiborini qaratdi va uning yo’llarini o’rgana boshladi. Insonlar so’zsiz muloqot to’g’risida, ya’ni gavdaning xatti-xarakatlari va yuz ifodalari to’g’risida birinchi kitob nashr etilgandan so’ng xabar topdi. 1970 yili Djulius Fostning ilk asari nashr etildi. Bu olim o’z kitobida bixeviorist yo’nalishidagi olimlarning so’zsiz muloqot yuzasidan olib borgan ishlariga yakun yasadi. Lekin shunga qaramay minglab odamlar yuz ifodasining tili mavjudligi va uning har bir inson xayotida katta rol o’ynashiga qaramay, bugungi kunda bu to’grisida yetarli ma’lumotga ega emasliklarini tan oldilar. Kinesika fan sifatida XX-asrning 2- yarmida vujudga keldi. Lekin odamlarni ushbu xususiyatlarini o’rganish va aniqlashga bo’lgan qiziqishi bir necha ming yillar avval paydo bo’lgan bo’lsada hozirgi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Bunga sabab insoniyatni o’zligini anglashga va o’zaro muloqot jarayonida suhbatdoshning ruhiy xolatini, ichki kechinmalarini, fikr va niyatlarini bilishga qiziqishdir. 2
Kurs ishining Maqsadi: Emotsiya tushunchalari haqida malumotlarga bo’lish va ularni o’rganib tahlil qilish. Kurs ishining Vazifasi: Emotsiyalar bo’yicha bilim va ko’nikmalarimizni mustahkamlash. Kurs ishining obyekti: O‘quvchi, talabalarda emotsional holatlarni o‘rganish. Kurs ishining Predmeti : Emotsiya Kurs ishining tuzilishi . Mundarija, kirish, 2 bob , 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.Ishning umumiy hajmi __27_ betdan iborat I.BOB.EMOTSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 1.1 Emotsiya haqida tushuncha. Xissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham 3
yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi. Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq 4
bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi.Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida 5