logo

O‘zbek xalq ertaklarining adabiyot darsliklaridagi o‘rni va ularni o‘rganish tamoyillari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

105.3134765625 KB
 “O‘zbek xalq ertaklarining adabiyot darsliklaridagi o‘rni va ularni o‘rganish
tamoyillari” 
mavzusida yozilgan MUNDARIJA:
KIRISH .......................................................................................................................................................... 2
I BOB. O‘ZBEK XALQ ERTAKLARNING O‘ZBEK ADABIYOTIDA TUTGAN O‘RNI ............................................... 8
1.1.O‘zbek adabiyotida folklor va yozma adabiyot munosabatlari va o‘zbek xalq ertaklari. ........................ 8
1.2. Umumta’lim maktablarida o‘zbek xalq ertaklarni o‘qitish va uning bugungi kundagi ahvoli. ............. 13
1.3.Ertak darslarini tashkil etishdagi murakkabliklar. ................................................................................ 17
................................................................................................................................................................... 21
 II BOB. O‘ZBEK XALQ ERTAKLARNI TAHLIL QILISH ORQALI ADABIY TA’LIMDA SAMARADORLIKKA ERISHISH
YO‘LLARI .................................................................................................................................................... 21
2.1. O‘zbek xalq ertaklarni tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. .......................................................... 21
2.2. Tahlil jarayonida savol va topshiriqlar bilan ishlash. ........................................................................... 27
2.3.“ Uch og‘a-ini botirlar” ertagini o‘rganish. ........................................................................................... 42
III BOB. BMI NING AMALIYOTGA TATBIQI .................................................................................................. 48
TAJRIBA-SINOV ISHLARI: ............................................................................................................................ 48
3.1.Adabiy ertak darslariga zamonaviy yondashuv va noan’anaviy darslarni tashkil etish. ....................... 48
................................................................................................................................................................... 54
................................................................................................................................................................... 54
. .................................................................................................................................................................. 54
XULOSALAR ................................................................................................................................................ 54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: ............................................................................................... 57
KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Ilm-fan   va   texnologiyalarning   jadal   rivojlanishi,   global
dunyoda   raqobatning   ortishi   sharoitida   har   bir   davlat   va   jamiyatning   bu   jarayonda
raqobatbardoshligi   yoshlarning   intellektual   rivoji   hamda   ularning   iste’dodi   va
qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun
bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan
barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 -yillarda
2 rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishlari   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   ham   bu
borada istisno bo‘lmadi.
Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   Respublikasida   uzluksiz   ta’lim   tizimini
takomillashtirish,   uni   jahon   ta’limi   standartlari   darajasiga   ko‘tarish,   shaxsni   har
tomonlama   barkamol   qilib   voyaga   yetkazish,   shuningdek,   malakali   pedagog   kadrlarni
tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Ayni paytda
jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ularni ongli his
etadigan,   davrning   global   masalalari   xususida   mustaqil   fikrlovchi   ijtimoiy-ma’naviy
faol   avlod   shakllanmoqda.Birinchi   prezidentimiz   I.A.Karimov   ta’kidlaganidek,
«...ta’limdan   asosiy   maqsad   bolalarga   ilgarigidek   bilim   berish   emas,   bilim   olishga
o‘rgatishdir.   Bunda   o‘quvchilar   passiv   tinglovchi   bo‘lib   qolmay,   balki   bilim   olish
jarayonining   faol   ishtirokchisiga   aylanishi   kerak...   Agar   bolalar   erkin   fikrlashga
o‘rganmasa,   berilgan   ta’lim   samarasi   passiv   bo‘lishi   muqarrar».   Shu   kunlarda
hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan  Davlat dasturi ana shu
ezgu   maqsadga   erishish   yo‘lida,   jami   davlat   va   nodavlat   manbalarini   hisobga   olgan
holda   mavjud   barcha   resurs   va   imkoniyatlarimizni   safarbar   etishni   nazarda   tutadi.
O‘zbek pedagogikasida adabiyot o‘qitishning bosh maqsadini p.f.d., prof. Q.Yo‘ldoshev
ilk   bor   batafsil   va   to‘g‘ri   belgilab   bergan   edi:   “...Barkamol   shaxsni   shakllantirish
marrasi   milliy   maktablarimizda   adabiyot   o‘quv   predmetini   o‘rganish   uchun   bosh
maqsad   bo‘lishi   mumkin   ekanligini   qadimiy   qadriyatlarimiz   ham,   ma’naviy
an’analarimiz   ham,  uzoq  tarixga  ega  pedagogik  amaliyotimiz  ham,  kishilarimiz  ruhiy
olamiga   singib   ketgan   badiiy   adabiyotimiz   ham   taqozo   etadi.”Barkamol   shaxsni
shakllantirish   nafaqat   adabiy   ta’lim,   balki   ta’limning   umumiy   o‘rta   bosqichida   barcha
fanlarni o‘qitishdan ko‘zlangan bosh maqsaddir.
 “Barkamol avlod orzusi” kitobida mamlakat rahbarining fikrlari, o‘y-mulohazalari
bilan   tanishgan   odam   barkamol   shaxs   tarbiyasiga   davlat   miqyosida   nechog‘liq   jiddiy
ahamiyat   berilayotganligiga   amin   bo‘ladi”.   Ta’lim   tizimidagi   har   bir   predmetning   bu
borada muayyan imkoniyatlari bor. Lekin ularning har biri shaxs komilligining qaysidir
bir   sifati,   jihatining   shakllanishida   alohida   mavqega,   imkoniyatga   ega.   Adabiyot   esa
3 o‘quvchi   shaxsiyatida   ruhiy   poklik,   ma’naviy   yuksaklik,   estetik   did   kabi   sifatlarini
tarbiyalashda yetakchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’naviyat   insonda   yaxlit   holda   namoyon   bo‘ladigan   fenomendir.
O‘zbekistonning   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   ta’kidlaganidek,   “Insonni,   uning
ma’naviy   olamini   kashf   etadigan   yana   bir   qudratli   vosita   borki,   u   ham   bo‘lsa,   so‘z
san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarni esa
inson   ruhining   muhandislari   deb   ta’riflanishi   bejiz   emas,   albatta.”   Professor
Q.Yo‘ldoshev   tomonidan   aniqlangan   maqsad   badiiy   adabiyotning   barcha   shakli,   davri
va   ta’limning   bosqichlariga   taalluqlidir.   Xususan,   biz   tadqiq   etayotganimiz   xalq
ertaklarni o‘qitish uchun ham.
Mustaqillikdan   so‘ng   nazariy   mohiyati   tubdan   qayta   ko‘rib   chiqilgan
adabiyotshunoslik va adabiyot  o‘qitish metodikasi  fanlarining ilmiy-pedagogik, o‘quv-
metodik asoslariga yangicha yondashuvni davrning o‘zi taqozo etmoqda. “Asr boshidan
buyon ko‘rsatib berish”, “fosh etish”, “aniqlab berish” bilan shug‘ullanib kelgan milliy
adabiyotshunoslik   asr   adog‘iga   yetganda   tadqiq   va   talqinga   mayl   ko‘rsatmoqda.
Endilikda   o‘zbek   adabiyoti   tarixi   yangilanayotgan   badiiy   tafakkur   talablari   asosida
qayta idrok etilmoqda, bu davrda yaratilgan asarlarning asl mohiyatini ochishga harakat
qilinmoqda. Adabiyotshunoslik uzoq vaqt mobaynida badiiy asarlarni, asosan, ijtimoiy
nuqtai   nazardan   tekshirishga   moslashgan   bo‘lsa,   endi   mavjud   qoliplarni   tark   etaroq,
badiiy   matnga   estetik   talablar   asosida   yondashishga,   har   qanday   xulosani   matndan
keltirib chiqarishga urinmoqda.
  Natijada,   ko‘plab   bitiklarning   asl   badiiy   qiymati,   bir   qator   adiblarning   millat
estetik   tafakkuri   taraqqiyotidagi   tarixiy   o‘rni   xolisona   belgilanayotir.
Adabiyotshunoslikdagi   mazkur   yangilanishlarni   adabiyot   o‘qitish   jarayoniga   tadbiq
etish XX asr  90-yillarining birinchi yarmidan boshlab yaratilayotgan dastur, darslik va
qo‘llanmalarda   aks   etib,   bugungi   kungacha   davom   etib   kelmoqda.   Bu,   o‘z   navbatida,
respublikamiz maktablaridagi adabiyot o‘qitish ishiga ijobiy turtki berdi.
Shuningdek,   Qozoqboy   Yo‘ldoshev,   Boqijon   To‘xliev,   Safo   Matjon,   Marg‘uba
Mirqosimova,   Qunduzxon   Husanboevalarning   doktorlik   ishlari   asnosida   olib   borgan
tadqiqotlari, yaratgan monografiya va qo‘llanmalari hamda ushbu olimlar rahbarligidagi
4 ilmiy   izlanishlar   soha   rivojiga   sezilarli   hissa   qo‘shmoqda.   Bosib   o‘tilgan   tarixiy
taraqqiyotimiz   davomida   xalqimiz   ma’rifat,   ma’naviyat   va   madaniyat   sohalarida   katta
yutuqlarga erishdi.
O‘zining boy tarixiga, betakror an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek adabiyoti bugungi
kunda jahonga tanilgan katta badiiy xazinalardan biri bo‘lib qoldi. Bunda barcha olimlar
qatori   milliy   adabiy   an’analarning,   jumladan,   boy   tarixga   ega   bo‘lgan   xalq   og‘zaki
ijodining roli va o‘rni buyukdir O‘zining boy tarixiga, betakror an’analariga ega bo‘lgan
o‘zbek  adabiyoti   bugungi  kunda  jahonga  tanilgan katta  badiiy xazinalardan  biri  bo‘lib
qoldi.  Bunda  barcha  olimlar   qatori  milliy  adabiy  an’analarning,  jumladan,  boy  tarixga
ega  bo‘lgan  xalq og‘zaki   ijodining  roli   va o‘rni  buyukdir. Chindan  ham   yozma badiiy
adabiyotning   xalq   og‘zaki   ijodiga   munosabati   adabiyot   nazariyasining   eng   muhim
masalalaridan   biri   bo‘lib   qolmoqda.O‘zbek   xalqining   boy   og‘zaki   ijodi   qadim
zamonlarga   borib   taqaladi.   “Turkiy   xalqlar   o‘z   yozma   adabiyotlarini   vujudga
keltirmasdan   burun   mazmuni   boy,   shakli   rang-barang   bo‘lgan   og‘zaki   adabiyot   –
qo‘shiqlar,   ertaklar,   dostonlar   yaratgan   edilar”   degan   edi   Oybek.   Bu   hol,   shubhasiz,
Ahmad   Yassaviy,   Sayfi   Saroyi,   Durbek,   Lutfiy,   Alisher   Navoiy,   Maxmur,   Gulxaniy,
Muqimiy, Furqat kabi buyuk allomalar ijodiga folklor asarlari ta’sirini yuzaga keltirdi.
Ayniqsa, XX asr o‘zbek adabiyotida folklorga qiziqish, undan ijodiy o‘rganish yanada
jonlandi.   Bu   hol,   adabiyotda   yangi   janrlarning   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘ldi.   Ya’ni,
xalq ertaklari, afsona va rivoyatlari asosida, ularning ta’sirida yaratilgan adabiy ertaklar:
ertak-she’rlar,   ertak-dostonlar   shular   jumlasidandir.   Hozirda   amalda   bo‘lgan   adabiyot
fanidan Davlat ta’lim standartlarida adabiy ertaklarni o‘qitish-o‘rgatish tavsiya etilgan.
Mazkur   adabiy   ertaklarni   o‘rganishda   erishilgan   yutuqlarni   umumlashtirib,   ushbu
mavzularning   o‘qitilishini   takomillashtirish   orqali   adabiy   ta’lim   samaradorligiga
erishish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi.   Keyingi   yillarda   mavzuga   aloqador
tadqiqot   ishlari,   bir   qator   ilmiy-metodik   maqolalar   yuzaga   keldi.   Xususan,   Marg‘uba
Mirqosimovaning   “O‘quvchilarda   adabiy   tahlil   malakasini   shakllantirish   va
takomillashtirish   asoslari”,   Qozoqboy   Yo‘ldoshevning   “Adabiyot   o‘qitishning   ilmiy-
nazariy   asoslari”,   Boqijon   To‘xliyevning   “Adabiyot   o‘qitish   metodikasi”,
5 V.Qodirovning “Mumtoz adabiyotni o‘qitish muammolari va yechimlari” kabi kitoblar
yaratildi.   Biroq   bu   tadqiqot   va   qo‘llanmalarda   biz   qo‘ygan   masalalar   bevosita
yoritilmagan hamda tadqiq etilmagan. Bu holat ham ishimizning dolzarbligini yana bir
karra belgilaydi. 
Tadqiqotning maqsadi.   Adabiyot  va folklor  masalalari  bilan bog‘liq katta avlod
yozuvchilarining   ijodiy   tajribalari   hamda   hozirgi   adabiy   jarayonda   yaratilayotgan
adabiy   ertaklarni   tahlil   etish,   umumta’lim   maktablarining   5-6   sinf   Adabiyot   darslarida
o‘qitilishi   ko‘zda  tutilgan  adabiy ertak  darslarining  mazmunini  belgilash   va shu  orqali
o‘quvchilarda   ijodiy   fikrlashni   shakllantirish,   yanada   takomillashtirishning   ilmiy-
uslubiy   tizimiga   doir   tavsiyalar   berish,   mavzu   yuzasidan   olib   borilgan   tajriba-sinov
ishlari asosida metodik tavsiyalar tayyorlashdan iborat bo‘lsa, quyidagi masalalarni hal
qilish tadqiqotning vazifalari sifatida belgilandi:
–   folklorning   xalq   tomonidan   ishlanib,   shakllanib,   takomillashib   kelgan   ma’lum
badiiy-estetik   tizim   sifatida   yozma   adabiyotning   rivojida   tutgan   o‘rni   va   ahamiyatini
ko‘rsatish;
  –   xalq   ertaklari,   afsona   va   rivoyatlaridagi   syujet   yo‘nalishi,   fikr-g‘oyalarning
yozuvchilar   tomonidan   qayta   ishlanib,   sayqal   berilib   asar   to‘qimalariga   singdirilishini
o‘rganish va tadqiq etish;
 – xalq  ertaklarni Davlat ta’lim standartlarida o‘qitilishini tahlil etish, bu boradagi
fikr-mulohaza va takliflarni bayon etish;
  –   umumta’lim   maktablarining   5-6-sinflarida   o‘rgatilishi   ko‘zda   tutilgan   adabiy
ertaklarni   o‘qitilishining   hozirgi   ahvolini   o‘rganish,   bu   boradagi   yutuqlarni
umumlashtirib, mavjud kamchiliklar ustida ish olib borish borish
  –   tadqiqot   mavzusiga   doir   ilmiy-metodik   maqolalar,   o‘quv   qo‘llanmalarni
o‘rganish, bu boradagi metodist olimlarning ishlarini tahlil etish;
  – o‘rganilgan ilmiy-nazariy pedagogik manbalar, bugungi kun metodika ilmining
eng so‘nggi yutuqlari asosida ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish;
  –   kuzatishlar   asosida   chiqarilgan   xulosalarni   tajriba   maydonlarida   sinovdan
o‘tkazish.
6 Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Dissertatsiya   ishi   xalq   ertaklarni   tahlil   qilish
asoslarini   o‘rganishga   qaratilgan   birinchi   keng   qamrovli   tadqiqotdir.   Shu   nuqtayi
nazardan tadqiqotning ilmiy yangiligi xalq ertaklarni tahlil qilishning metodik asoslarini
tadqiq   etish,   adabiy   ertaklarni   o‘qitishda   yangi   pedagogik   texnologiyalar   asosida   dars
ishlanmalarini   yaratish,   shu   orqali   mavzuning   o‘qitilishini   takomillashtirish   va
samaradorligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish bilan xarakterlanadi.
Tadqiqotning   metodologik   asoslari   va   metodlari.   Umumta’lim   maktablarida
adabiyot   o‘qitish,   xususan,   adabiy   ertaklarni   tahlil   qilishga   mustaqillik   tufayli
shakllangan ilmiy-tadqiqot metodologiyasi  asosida  yondashildi. So‘z san’ati  va folklor
munosabatlarini   chuqur   o‘rgangan   H.Zarif,   M.Afzalov,   M.Alaviya,   T.Mirzayev,
B.Sarimsoov,   O.Safarov,   I.Yormatov,   M.Jo‘rayev,   U.Jumanazarov,   Sh.Turdimov,
K.Imomov,   A.Musaqulov   kabi   folklorshunos   olimlar,   shuningdek   adabiy   ta’lim
samaradorligini   oshirish,   uning   bosh   maqsadi   bo‘lgan   barkamol   inson   va   uning
ma’naviy olamini shakllantirish yo‘lida  ilmiy izlanishlar olib borayotgan A.Zunnunov,
Q.   Yo‘ldoshev,   B.To‘xliev,   S.   Matjon,   M.   Mirqosimova,   U.Dolimov,   R.Niyozmetova
kabi metodist olimlarning ilmiy ishlarida erishilgan yutuqlar hisobga olindi.
Mavzuning   o‘ziga   xos   jihatlarini   nazarda   tutgan   holda,   kuzatish,   eksperiment,
so‘rovnoma, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. 
Tadqiqotning   manbalari.   Tadqiqotda   yuqorida   tilga   olingan   muammolarni
yoritishda,   asosan,   birlamchi   manbalar   –   o‘zbek   va   jahon   adabiyotida   adabiy   ertak
(ertak-she’rlar,   ertak-dostonlar,   ertak-qissalar)lar   yozgan   ijodkorlarning   asarlaridan
keng istifoda etildi. Bu jarayonda faqat  adabiy ta’limning davlat ta’lim standartlaridan
o‘rin olgan adabiy ertaklarga murojaat qilindi. Zero, o‘zbek adabiyotida bunday asarlar
juda  ko‘plab   topiladi,   ularning   hammasini   tahlilga  tortish   ishning   maqsadi   va  hajmiga
mos   kelmaydi.   Shuningdek,   tadqiqot   ishiga   asosiy   manba   sifatida   Alisher   Navoiy
nomidagi   O‘zbekiston   Milliy   kutubxonasi,   Respublika   ilmiy-pedagogika   kutubxonasi,
Nizomiy   nomidagi   TDPU   Asosiy   kutubxonalarida   saqlanayotgan   kitoblar,   darslik   va
dasturlar,   ilmiy-tadqiqot   ishlari,   matbuot   materiallariga   murojaat   qilindi.   Tadqiqotning
nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, mazkur tadqiqot ishi yaxlit holda adabiy ta’lim
samaradorligini   ta’minlashga   va   metodika   fani   rivojiga   xizmat   qiladi.   Ishimizning
7 xulosalari   va   materiallaridan   adabiy   ta’limda   ertak   darslarni   o‘qitishda,   mavzuga
aloqador   dars   ishlanmalari,   o‘quv   qo‘llanmalar,   metodik   tavsiyalar   tayyorlashda,
alohida ilmiy-metodik izlanishlar olib borishda foydalanish mumkin. 
Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiqi quyidagi hollarda ko‘rinadi:
1.   Umumta’lim   maktablarining   5-6   sinflarida   xalq   ertaklarni   o‘qitish   bo‘yicha
mashg‘ulotlarni olib borishda;
2. BMI natijalarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida Farg‘ona shahar 34- umumta’lim
maktablarida olib borilgan darslar asos bo‘lib xizmat qildi.
BMI   kirish,   olti   faslni   o‘z   ichiga   olgan   ikki   asosiy   bob,   xulosa,   foydalanilgan
adabiyotlar   ro‘yxatidan   tarkib   topgan.   BMI   asosiy   matnining   umumiy   hajmi     63
sahifadan iborat.
I BOB. O‘ZBEK XALQ ERTAKLARNING O‘ZBEK ADABIYOTIDA
TUTGAN O‘RNI
1.1.O‘zbek adabiyotida folklor va yozma adabiyot munosabatlari va o‘zbek
xalq ertaklari .
  Folklor   o‘zining   muhim   tomonlari   bilan   ijodkor   uchun   har   jihatdan   e’tiborli   va
qimmatli ekanini qadimiy va hozirgi zamon adabiyoti tajribalari ko‘rsatib berdi. O‘zbek
yozuvchilari   folklor   asarlarini   chuqur   o‘rganib   borganlari   va   undan   ijodiy
foydalanganlari   sari   folklor   va   yozma   adabiyotning   o‘zaro   munosabati   tobora
takomillashib o‘z samarasini bera boshladi  Xalq og‘zaki ijodi yozuvchi va shoirlarning
8 g‘oyaviy-badiiy jihatdan o‘sishida, uslub xilma-xilligini yaratishda katta ijodiy maktab
bo‘lib   qoldi.   Yozma   adabiyotda   o‘z   ifodasini   topgan   folklore   syujetlari   va   motivlari
yozuvchi   mahorati   tufayli   qayta   sayqal   topib,   original   asar   sifatida   yozma   adabiyot
mulkiga   aylandi.   So‘z   san’atining   bu   ikki   shakli   o‘rtasidagi   o‘zaro   ta’sir   tarixi   juda
qadim   zamonlarga,   ya’ni   yozma   adabiyotning   yuzaga   kelish   davrlariga   borib   taqaladi.
Qadim   zamonlardan   har   bir   davr   ijodkorlari   ertak   mavzularidan   foydalanib   keladilar.
Ko‘hna   Sharqda   Abulqosim   Firdavsiy,   Rudakiy,   Nizomiy,   Jomiy,   Navoiy,   Bedil,
Fuzuliy,   Berdaq,   Gulxaniy,   Muqimiy   kabi   buyuk   siymolar   o‘z   ijodxonalarida   xalq
og‘zaki   ijodidan   oziqlanib,   ajoyib   samaralarga   erishdilar,   o‘lmas   obrazlar   yaratishda
folklor   xazinasidan   qanday   ta’lim   olish,   nimalarni   o‘rganishning   ibratli   tajribalarini
berdilar. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining chinakam xalqchilligi va yuksak badiiyati
uchun   kurashgan,   uning   mustahkam   poydevorini   qurishda     jonbozlik   ko‘rsatgan
Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, H.H.Niyoziy xalq og‘zaki ijodi  materiallarini qayta
ishlashda   ibrat   bo‘larli   o‘ziga  xos   maktab  yaratishdi.  G‘afur  G‘ulom,  Hamid  Olimjon,
Oybek,   Mirtemir,   Maqsud   Shayxzoda,   Sulton   Jo‘ra   singari   o‘zbek   yozuvchilari   bu
maktab   an’analarini   o‘ziga   xos   yo‘lda   izchil   rivojlantirdilar.   Hozirgi   adabiy   jarayonda
ijod qilayotgan yozuvchi va shoirlarimiz ham bu an’analarni davom ettirishmoqda. So‘z
san’ati bilan xalq og‘zaki ijodining o‘zaro ta’siri va munosabati xususida so‘z borganda,
san’atkorning   folklor   asarlariga ko‘r-ko‘rona ergashmasligi, ularga taqlid qilmay, o‘z
ijodiy   niyati,   uslubi,   qarashi   jihatidan   yondashishi   ko‘zda   tutiladi.   Bevosita   folklor
syujetlari asosida yaratilgan adabiy ertaklar (ertak-dostonlar, ertakshe’rlar) va xalq ijodi
poetikasiga suyanib yaratilgan folklor motividagi asarlar haqida fikr bildirilsa, yuqorida
ta’kidlangan asarlarda, xalq ijodidagi o‘zaro yaqin va ohangdosh bo‘lgan syujetlarning
tahliliga alohida o‘rin beriladi. Agar Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-
dostonida,   asosan,   “Malikai   Husnobod”   ertagi   syujetiga   asoslangan   va   boshqa   yaqin
xalqlarning shu motivdagi ertaklariga suyangan bo‘lsa, “Semurg‘” ertak-dostonida shoir
konkret   bir   xalqning   ertagini   asos   qilib   olmaydi,   balki   unda   aql   bovar   qilmaydigan
qahramonliklar   haqida   hikoya   qiluvchi   “Kenja   botir”   ertagi,   yaxshilikka   yetaklovchi
Semurg‘   haqidagi,   Sharq   xalqlari   ertaklari   va   boshqa   folklor   asarlari,   chunonchi,
“Zevarxon”   dostonining   syujet   yo‘nalishidan   foydalanadi.   Masalan,   Parizodning
9 shartiga   binoan   yovuz   devni   yengish   yo‘lidagi   Bunyodning   sarguzashtlari   beixtiyor
Kenja   botirning   sarguzashtlarini   eslatadi.   Agar   Kenja   botirning   mushkullarini   oson
qilgan   uchar   ot   bo‘lsa,   Bunyodning   butun   sinovli   hayoti   davomida   Semurg‘   qush
hamkor va madadkor bo‘ladi. Parizod qo‘ygan shartlar  ertak va dostonlardagi, masalan,
“Alpomish” dostonidagi  Oybarchin shartlarini eslatadi. Lekin shoir, folklor asarlaridan
farqli   o‘laroq,   shoh   oilasida   tarbiya     topgan   Parizodni   o‘z   va’dasida   turmaydigan,
mardlik va vafoning qadriga yetmaydigan takabbur shoh qizi sifatida tasvirlaydi. Shoir
folklor   asarlaridagi   shart   qo‘yish   pryomidan   uning   salbiy   xususiyatlarini   ochish
maqsadida   foydalanadi.   Aslini   olganda,     parizod   tomonidan   qo‘yilgan   shartlar   asar
syujetini   harakatga   keltiruvchi   muhim   vosita   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Natijada   voqealar
birin-ketin bog‘lanib ketadi.  Sinov shartlari   esa  yozuvchining  qo‘lida  voqea rivojining
kaliti bo‘lib xizmat qiladi.Shoirlar ertak-dostonlarni yaratishda xalq ertaklari mazmunini
she’riy   yo‘l   bilan   qayta   hikoya   qilish   yo‘lidangina   borganlari   yo‘q.   Ular   o‘z
ertaklaridagi   badiiyatni   yuksaltirishda,   fikrlarini   dalillashda   xalq   og‘zaki   ijodi
namunalaridan   eng   zarur   voqea   va   syujetlarni,   tasvirlash   usullarini   saralab   oldi   va
ulardan mohirlik bilan foydalandi. Ular folklor asarlaridagi eng ko‘p tasvir usullarining
yozuvchi   badiiy   fantaziyasini   boyitishi   mumkinligini   o‘z   ijodlari   misolida   yaqqol
ko‘rsatishdi.   Shuni   ham   ta’kidlash   zarurki,   har   bir   yozuvchining   folklordan   oziqlanish
printsipi   turlicha   va   o‘ziga   xosdir.   Agar   Hamid   Olimjon   adabiy   ertak   (ertak-doston)
larida   folklor   asarlarining   shakli,   obrazlari,   mubolag‘ani   tasvirlash   usullari,   obrazlar
talqinini saqlashga moyillik sezilsa, Oybek dostonlarida folklor namunalarini o‘z ijodiy
labaratoriyasida   shunday   qayta   ishlaydiki,   natijada   asarda   folklor   materiallarining
mazmuni   va   ruhigina   saqlanib   qoladi   (“O‘ch”,   “Baxtigul   va   Sog‘indiq”   dostonlari).
Folklor motivlari asosida,  uning ta’sirida yaratilgan epik asarlar orasida ertakdostonlar
keng o‘rin egallaydi.Agar Zafar Diyor boshqird xalq ertaklari syujeti asosida “Burgut”
she’r-ertagini yaratgan bo‘lsa, o‘zining tarbiyaviy mavzudagi bir ertak-dostonini “Yangi
ertak” deb ataydi. Bularda shoir voqeani hikoya qilish, fikrni ifodalashda xalq ertaklari
shakli va tasvir usulini qo‘llaydi. Bu o‘rinda tojik xalq ertagi asosidagi “Zangori gilam”,
“Qaldirg‘och”, “Jannat ” nomli yangi ertaklarni (shoirning o‘zi alohida ta’kidlaganidek,
bular   chindan   ham   Yangi   mazmundagi   ertaklardir)   yaratgan   Sulton   Jo‘raning
10 izlanishlari   ham   xarakterlidir.   Bularda   shoir   ertaklardagi   tasvir   uslubi   va   poetik
vositalardan   unumli   foydalanadi.   Masalan,   u   “Qaldirg‘och”   ertak-dostonida   tasvirni
ertaklardagiday boshlab, o‘quvchini bevosita voqea tafsiliga olib kiradi: 
Shu qushlar orasida,                          
Atlasning qorasiday,                      
Har qanoti qush kabi.                      
Otilganda tosh kabi –                         
Bir qaldirg‘och bor edi,                        
To‘shchasi chipor edi.     
Shoir o‘zining “Zangori gilam” adabiy ertagida folklor motivida original epik asar
yaratishning   yorqin   namunasini   ko‘rsatdi.   Ertak   ikki   qismdan   iborat   bo‘lib,   birinchi
qismda xalq o‘rtasida  keng tarqalgan shu nomli     ertak syujetidan keng foydalanilgan.
Asar voqeasi xalq ertaklaridagida:  Bor ekanda, yo‘q ekan .Och ekanda, to‘q ekan, 
 –  zaylida boshlanadi. Shoir xalq ertaklari bilan qorishib ketgan oddiy syujet zaminida
xalqimizning   asrlar   bo‘yi   orzu   qilgan   ezgu   niyatlari   amalga   oshganini   kishilarning
sevinch  va  shodlik  kayfiyatlarida   ifodalaydi.    Ma’lumki, ko‘p asrlik  o‘zbek  adabiyoti
tarixida   ko‘plab   ijodkorlar   xalq   ertak   va   dostonlari   bilan   bir   qatorda,   afsona   va
rivoyatlarga   ham   murojaat   qilib   kelishgan.   Birgina   so‘z   mulkining   sultoni   Alisher
Navoiy   ijodining   o‘ziyoq   bu   fikrimizga   misol   bo‘la   oladi.Yozma   adabiyotning   turli
janrlarida   maydonga   kelgan   asarlarga   asos   bo‘lgan   manbalardan   biri   Aleksandr
Makedonskiy haqidagi afsonalardir.
Uning haqida   G‘arb va Sharq mamlakatlarida juda ko‘p tarixiy va badiiy asarlar
bitilgan.   Aleksandr   Makedonskiy   obrazi   uni   bo‘rttirib   izohlovchi,   ilohiylashtiruvchi
uydirma va to‘qima ta’riflar orqali keng tarqalgan. Bu xil hangomalar esa turli afsona va
rivoyatlarning   yuzaga   kelishiga   turtki   bergan.   Bu   tarixiy   manba   va   afsona-rivoyatlar
jahon   xalqlarining   og‘zaki   va   yozma   ijodida   yaratilgan   badiiy   asarlarga   asos   va   turtki
bo‘lgan.   Shu   jumladan,   shoh     Iskandar   mavzui   Sharq   klassiklarining   “Xamsa”larida
ham   o‘z   tasvirini   topgan.   Shunday   qilib,   xalq   ijodi   va   tarixiy   manbalar   asosida
yaratilgan   Iskandar   haqidagi   badiiy   asarlar   har   bir   yozuvchining   o‘z   ideali,
dunyoqarashi   bilan   izohlanadi.   Mumtoz   adabiyotimiz   vakillari   Iskandarga
11 bag‘ishlangan   dostonlarida   o‘tmish   voqealari   orqali   o‘z   zamonining   dolzarb
muammolarini  aks ettirishga muvaffaq bo‘ldilar. Folklor  syujetlaridan yana biri shoxli
Iskandar haqidagi ertak-afsona bo‘lib, u G‘arbda ham, Sharqda ham turli millat vakillari
o‘rtasida  keng tarqalgan.  Ertak mazmunicha, Iskandarning boshida  shoxi  bor  emish, u
buni   sir   tutadi.   Shuning   uchun   sochini   olgan   har   bir   sartaroshni   qatl   etadi.   Bora-bora
sartaroshlar soni kamayib, so‘nggisi kelganda, shoh sirni fosh etmaslik sharti bilan uni
omon   qoldiradi.   Qat’iy   so‘z   bergan   usta   bu   sirni   hech   ichiga   sig‘dira   olmay,   quduqqa
aytadi. Davrlar o‘tib, u yerlar qamishzorga aylanadi. Bu qamishdan nay yasab chalgan
cho‘pon   sirdan   ogoh   bo‘ladi.   Shu   tarzda   sir   oshkor   bo‘ladi.   Shunday   qilib,   bu   hodisa
yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodida turlicha talqin qilinadi. O‘zbek xalq og‘zaki
ijodida “Shoxli Iskandar” deb yuritiluvchi bu ertakning   turli variantlari bor. Bularning
ayrimlari yozib olinib, nashr etilgan. Bu ertak syujeti yozma adabiyotda ham tarqalgan.
Maqsud   Shayxzodaning   “Iskandar   Zulqarnayn”   ertak-dostoni   shular   jumlasidandir.
Ertak-dostonda   afsona   va   uning   asosida   yaratilgan   ertaklardagi   voqealar   birmuncha
jonlantirilib,   obrazli   tasvirlar,   aforistik   naqllar   bilan   boyitiladi.   Shoir   Iskandarga   xos
bo‘lgan johillik, bosqinchilikni dostonning boshidayoq qayd etadi :
Bor ekanu, yo‘q ekan. 
Kunchiqarning chegida, Yetti tog‘ning tegida,
Bir podshoh bor ekan, Ismi Iskandar ekan. 
Shohdan ekan nasabi, Qizib ketsa g‘azabi,  
Mijozi ajdar ekan,  O‘zi bu yerlik emas.
Tuqqan yurti Rum ekan, Fath etishda shum ekan.    
  Iskandar boshida shoxi borligini qattiq sir tutadi. O‘zi tanho xilvat hujrada sartaroshga
soch   oldirib,   so‘ng   uni   sirli   ravishda   qatl   ettiradi.   Qanchadan-qancha   begunoh
sartaroshlar   qatl   etilib,   sartaroshlar   urug‘i   kamayib   ketadi.   Sarbozlar   tutib   keltirgan
so‘nggi sartaroshni shoh o‘ldirmaslikka va’da qilib, unga shart qo‘yadi: 
 Men xudoman, sen banda, 
 Indama, tinch tur zinhor.
O‘lguncha sir senga yor,                        
To bo‘lmayin sharmanda.  
12 Bajarsang bu tilakni,  
Senga in’om pulu mol, 
Yo‘qsa tutmoq ko‘p mahol –  
El og‘ziga elakni.
Bir   kuni   sartaroshning   toqati   toq   bo‘lib,   xilvat   joydagi   bir   quduq   yoniga   keladi   va
boshini suqib: 
     – Voydod, dunyolar shohi,  
Iskandarning bor shoxi, – deydi 
dilidagi dardini yozib, yengil tortadi. Oradan ko‘p davr o‘tadi. Quduqni tuproq bosib, u
yerda qamishzorlar paydo bo‘ladi. Shu yerda tirikchilik qilayotgan cho‘pon qamishdan
birini olib nay yasaydi. Lekin undan:  
 – Voydod, dunyolar shohi, 
 Iskandarning bor shoxi, – degan ovozdan bo‘lak narsa eshitilmaydi.
Shu  tarzda   bu  gap   har   yoqqa   tarqaladi.   Bugungi   kun  adabiyotida,   badiiy   tasvirda
falsafiylik,   ijodkorlar   insonning   o‘zligini   anglash,   o‘z   ko‘ngil   olamiga   yaqinlashish
jarayoni   bor   murakkabligi,   ruhiy   qalqishlari   ila   tasvirlashda   bahs,   o‘y,   xayol,   ichki
monolog   shakllari   keng   o‘rin   egallayotgan   va   bu   masalalarda   jiddiy   izlanishlar   olib
borilayotgan hozirgi  davrda afsona va rivoyatlarning yozma adabiyotdagi  roli ayniqsa,
ortib   bormoqda.   Yozuvchi   afsona   va   rivoyatlardagi   falsafiy   fikrlarni   to‘la   saqlaydi,
ba’zan   esa,   o‘z   fikr-o‘ylari   bilan   to‘ldiradi,   undan   ijodiy   fantaziyasini   boyitadigan,
xayol ufqlariga turtki beradigan juda ko‘p muammolarga javob oladi ayni chog‘da uni
bugungi voqelik bilan bog‘laydi. Shu tarzda mifologik mazmun, uning Inson va hayot
muammolari   bilan   hamohang   tomonlari   zamirida   tashkil   topgan   voqealar   badiiy   asar
ichiga kirib keladi.  
1.2. Umumta’lim maktablarida o‘zbek xalq ertaklarni o‘qitish va uning
bugungi kundagi ahvoli.
Bugungi kunda adabiy ta’lim oldiga o‘quvchi yoshlarning milliy-ma’naviy qadriyatlarni
puxta   o‘zlashtirishlari,   ularning   badiiy   estetik   didlarini   shakllantirish   va   rivojlantirish,
o‘quvchilarning   ijodiy   qobiliyatini   o‘stirish,   har   tomonlama   yetuk   shaxsning   aqliy   va
13 ruhiy   kamolotiga  erishish,   ongu   tafakkurini   o‘stirish,   mustaqil   fikr   kishisini   tarbiyalab
voyaga   yetkazish   kabi   muhim   vazifalar   qo‘yilgan.   Mazkur   vazifalarni   ado   etishda
adabiyot   Fani   umumta’lim   tizimidagi   boshqa   o‘quv   fanlari   orasida   salmoqli   o‘rinni
egallaydi.   Adabiy   ta’limning   bosh   maqsadini   ham   sog‘lom,   ma’naviyatli   shaxsni
tarbiyalash   tashkil   etadi.   Bu   maqsad   va   vazifalarni   bajarishda   o‘zbek   adabiyoti
namunalari qatorida adabiy ertaklarning ham imkoniyatlari mavjud.
Adabiyot fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Davlat ta’lim standartlarida
adabiy   ertaklarni   o‘qitish-o‘rgatish   tavsiya   etilgan.   Bunda   o‘quvchilarning   yoshi,
qiziqishlari,   dunyoqarashlari   doirasi   inobatga   olinib,   adabiy   ertaklar   5-6-sinflarda
o‘rganilishi   ko‘zda   tutilgan.   Umuman   olganda,   farzandlarimiz   oilada,   maktabgacha
ta’lim muassasalarida ham ertaklar va adabiy ertaklarning rang-barang namunalari bilan
tanishadilar.   Ana   shu   tanishuvlar   jarayonida   ularning   umumiy   dunyoqarashlari
shakllana   boradi,   shu   bilan   birga   mazkur   asarlar   orqali   dunyoni   tushunish,   olam   va
odamni idrok etish kabi xislatlar tarkib topadi, badiiy-estetik didlari, poetik tafakkurlari
o‘sib boradi    Shunday ekan, hozirda adabiy ertaklarni  o‘qitish qay ahvolda? Bu janrni
o‘qitishdagi   murakkabliklar   nimalardan   iborat?   Bu   kabi   savollarga   javob   topish   va
oldimizga   qo‘yilgan   maqsadlardan   kelib   chiqib   olib   borilgan   tajriba-sinov   ishlari
jarayonida   birqator   salbiy   holatlarga   duch   keldik.   Farg‘ona   shahar   xalq   ta’limi
boshqarmasiga   qarashli   bir   qator   maktablarda   o‘tkazilgan     tajriba-sinov   jarayonida
malakali   adabiyot   o‘qituvchilari   bilan   suhbatlar   olib   borildi,   ularning   adabiy   ertak
darslari   kuzatildi,   o‘quvchilarning   anketa   savollariga   javoblari   o‘qitishning   bugungi
ahvolini   oydinlashtirib   berdi.   Mazkur   jarayonda   o‘quvchilarga   quyidagi   savollar   bilan
murojaat etildi:     
1. Ertaklar va adabiy ertaklar, bu ikki ertak turlari o‘rtasida farq bormi?    
2. Farqi bo‘lsa, bu farqlarni sanab bering yoki bo‘lmasa nima uchun?     
3. Siz Adabiyot darsligidan ko‘proq xalq ertaklar joy olishini istaysizmi?     
4. Nima uchun xohlaysiz yoki nima uchun xohlamaysiz?    
5.   Adabiyot   darsligidagi   o‘zbek   xalq   ertak   haqida   berilgan   nazariy   ma’lumot   bu
janr haqida yetarlicha bilim beradimi?  
6. Bu darslarda sahnalashtirilgan dars tarafdorimisiz?    
14 7. Adabiy ertaklar yozgan mualliflarni sanab bering.   
8. Sizda ko‘proq qaysi xalq ertak qahramonlari yoqadi? Nima uchun?  
9. Tengdoshlaringiz orasida eng mashhur xalq ertak qahramoni qaysi biri?
10. Oxirgi marta kutubxonadan olgan ertak kitoblarining nomini yozing. 
O‘quvchilar javoblarining tahlili adabiy ertak darslarining samaradorligi qoniqarli
emas, degan xulosaga kelishimizga sabab bo‘ldi.   Zero: – aksariyat o‘quvchilar bu janr
haqida   ma’lumotga   ega   emaslar;   –   xalq   ertaklari   va   adabiy   ertaklar   orasidagi   farqni
ajrata olishmaydi.
O‘quvchilar   bu   ikki   ertak   turi   o‘rtasida   farq   borligini   e’tirof   etishsa-da,   bu   farqlarni
aytib   bera   olishmadi.   Demak,   adabiy   ertak   haqidagi   nazariy   ma’lumotlarni   o‘qitishga
ham   e’tiborni   kuchaytirish   lozim;   –   aksariyat   o‘quvchilar   ertak   darslarini
sahnalashtirilgan   ijro   darslari   tarzida   olib   borish   tarafdorlari   ekanliklarini   bildirishgan.
Zero,   sahnalashtirilgan   roli   o‘yinlar   ta’lim   berish   bilan   birga,   o‘quvchilarning   ijodiy
faoliyati, ularning o‘zaro muloqot va nutq madaniyatini rivojlantiradi, mantiqiy fikrlash
hamda   bilimlardan   xulosa   chiqarishga   o‘rgatadi;   –   adabiyot   darsligidan   o‘rin   olgan
adabiy   ertaklardan   yanada   ko‘proq   adabiy   ertaklar   joy   olishini   hammalari
xohlashganlarini   kuzatdik.   Buni   shu   bilan   izohlash   mumkinki,   bu   yoshdagi   bolalar
kichkinaligidan   ertak   eshitib   o‘rganishgan,   hamon   jonajon   ertaklaridan   ayrilishni
istashmaydi.   Ularning   yoshi,   qiziqishlari   ham   boshqa   janrlarga   qaraganda,   adabiy
ertaklarga   kuchli   ekanligi   ayni   haqiqatdir.   Bugungi   kunning   asosiy   talabi   ta’limda
samaradorlikni ta’minlash ekan, bu kabi muammoli holatlarning yechimini izlash lozim.
Bunda   eng   avvalo,   Fan   o‘qituvchilaridan   yanada   fidoyilik,   jonkuyarlik   talab   etiladi.
Shu bilan birga quyidagi tavsiyalar ham bu muammolar yechimida ijobiy rol o‘ynaydi,
deyish mumkin:
  a)   darslikdagi   nazariy   ma’lumotlarni   o‘rganish   chog‘ida   uni   shunchaki   o‘qib,
yodlatish   samarali   usul   emas.   O‘qituvchi   turli   metodlardan   foydalanib,   o‘quvchining
o‘zi xulosa chiqarishiga erishishi lozim;
b)   agar   darslikdagi   nazariy   ma’lumot   yetarli   emas   deb   hisoblansa,   uni   turli
manbalar   asosida   to‘ldirish   mumkin.   Umumta’lim   maktablarining   5-sinf   o‘quvchilari
uchun yaratilgan Adabiyot   darsligida adabiy ertaklar haqida ham ma’lumot uchrasada,
15 ular   yaxlit   holda   berilmagan.   Darslikdan   o‘rin   olgan   xalq   ertaklaridan   so‘ng   berilgan
nazariy ma’lumot   - “Ertak haqida tushuncha”da adabiy ertaklar “yozma ertaklar”nomi
bilan atalgan va unda asosan jahon va o‘zbek adabiyotida bu janr rivojiga salmoqli hissa
qo‘shgan   adib  va   yozuvchilar   nomlari   sanab   o‘tilgan,   xolos:   Ertaklarning   yaratilishiga
ko‘ra yana bir turi – yozma ertaklar ham mavjudki, u jahon adabiyoti, xususan, o‘zbek
yozma adabiyotining katta qismini tashkil  etadi. Keyingi  ikki-uch yuz yillikda fransuz
ertakchisi   Sharl   Perro   (1628-1703),   nemis   ertaknavislari   Ernest   Teodor   Amadey
Gofman   (1776-1822),   aka-uka   Yakov   Grim   (1785-1863)   va   Vilgelyem   Karl   Grimm
(1786-1859)   lar   Vilgelyem   Gauf   (1802-1877),   daniyalik   Xans   Kristian   Andersen
(1805-1875), angilyalik Oskar Uayld (1854-1900), rus ertakchilari A.S.Pushkin (1799-
1837) ijodining, roppa-rosa 10 yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar
yaratishga   bag‘ishlagan.   L.N.Tolstoy   (18281910),   K.D.Ushinskiy   (1824-1870)   yozma
ertakchilikni   rivojlantirishga   katta   hissa   qo‘shdilar.   O‘zbek   yozma   ertakchiligi   ham
katta   tarixga   ega.   Jadid   bobolarimiz   Behbudiy,   M.Abdurishidxonov,   Fitrat,   Avloniy,
Hamza, Siddiqiy – Ajziy o‘zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko‘plab ibratli ertaklar
yaratdilar.   O‘tgan   asr   o‘rtalarida     Hamid   Olimjonning     “Oygul   bilan   Baxtiyor”,
“Semurg‘”,   Sulton   Jo‘raning   “Zangori   gilam”,   Sh.Sa’dullaning   “Ayyor   chumchuq”,
“No‘xat   polvon”,   “Laqma   it”   she’riy   ertaklari,   “Yoriltosh”,   “Afsona   yaratgan   qiz”
ertak-pyesalari,   “Kachal   polvon”   ertak-qissasi   mashhur   bo‘ldi.   Adiblarimizning
ertakchilik sohasidagi an’analarini keyinchalik X.To‘xtaboev, A.Obidjon, T.Adashboev,
O‘.Imomberdiev   kabi   ertaknavis   mualliflarimiz   davom   ettirdilar.Shu   bilan   birga,
darslikda ertak-doston haqida batafsil ma’lumot berilgan. Lekin shuni aytish mumkinki,
bizningcha,  Xans   Kristian   Andersenning  “Bulbul”   ertagidan  so‘ng  adabiy  ertaklarning
barcha   shakllari   –   ertak-she’rlar,   ertak-   dostonlar,   ertak-   qissalar   haqida   batafsil   va
yaxlit   nazariy   ma’lumot   berilishi   o‘rinlidir.   Chunki   darslikning   bu   qismiga   kelib,
H.Olimjonning   “Oygul   bilan   Baxtiyor”,   M.Shayxzodaning   “Iskandar   Zulqarnayn”
ertak-   dostonlari,   Shukrulloning   “Umr   haqida   ertak”   ertak-she’ri,   Xans   Kristian
Andersenning yuqoridagi ertagi o‘rganilib bo‘linadi. Bunda ungacha o‘quvchilar o‘zlari
o‘rganayotgan   asar   janri   haqida   ma’lumotga   ega   bo‘lishmaydimi?-kabi   e’tirozlar
bo‘lishi   mumkin.   Lekin   har   bir   asar   tahlili   uning   janrida   kelib   chiqiladi-ku.   professor
16 M.Mirqosimovaning   fikrlari   ham   so‘zimizni   dalillaydi:   “Sinfda   o‘qib   o‘rganish   uchun
mo‘ljallangan o‘zbek xalq ertaklari, hikoya va qissalardan  tortib, “Ulug‘bek xazinasi”,
“Diyonat”, “Yulduzli tunlar” kabi yirik asarlar tahliliga uyg‘un holda tayanch sinflarda
o‘zlashtirilgan   ...   asarlarga   xos   janr   xususiyatlari   haqida   shakllantirilgan   bilimlarni
yanada  chuqurlashtirish  zarurligi   seziladi”.   Demak,  nazariy  ma’lumotlarni   o‘rganishda
adabiy   ertaklar   tahlili   jarayonida   janr   xususiyatlari   haqidagi   berilgan   bilimlarni
“Bulbul” ertagidan so‘ng taqdim etiladigan umumiy ma’lumotlar to‘ldiribgina qolmay,
malakalar hosil qilishi mumkin bo‘ladi.
v)   mazkur   muammolarni   hal   etishda   yana   bir   omil   borki,   u   ham   bo‘lsa   adabiyot
o‘qituvchi va uning ijodkorlik fazilatidir. Ya’ni o‘quvchi yangilikka intiluvchan bo‘lar
ekan,   u   yangicha   metodlarni   o‘ylab   topishi   va   shu   orqali   ta’limda   samaradorlikka
erishish   mumkin.   Ko‘rib   o‘tganimizdek,   bu   borada   yechimini   kutayotgan   muammolar
yetarlicha.   Pedogog   va   adabiyotshunoslarimiz   bu   mavzuda   bir   qator   ishlarni   amalga
oshirgan   bo‘lishsa-da,   ularning   yutuqlari   va   xulosalari   adabiy   ta’lim   amaliyotiga
to‘laligicha kirib kelgan emas. Bularning barchasi metodist olimlarning galdagi muhim
vazifalari qatorida turibdi.
1.3.Ertak  darslarini  tashkil  etishdagi  murakkabliklar.
Kelajagimiz   egalari   bo‘lmish   bugungi   kun   yoshlari   qalbiga   go‘zal   fazilatlarni
singdirishda adabiyot darslarida o‘rganiladigan badiiy asarlar, jumladan, inson tarbiyasi
haqidagi   axloqiy,   ta’limiy-tarbiyaviy   ahamiyatga   ega   adabiy   ertaklar   chinakam
didaktika   manbai   hisoblanadi.Shunday   ekan,   adabiy   ertak   darslarining   to‘g‘ri   tashkil
etilishi   adabiy   ta’limdan   ko‘zlangan   maqsad   sari   yana   bir   dadil   qadamdir.   Lekin
amaliyot   davrida   mazkur   darslarning   o‘qitilish   jarayonida   bir   qator   murakkabliklar
mavjud   ekanligiga   guvoh   bo‘ldik:   1.Umumta’lim   maktablari   5-sinflarida
H.Olimjonning   “Oygul   bilan   Baxtiyor”   ertak-dostoni   o‘rganish   uchun   tavsiya   etilgan
bo‘lib, buning uchun dasturda uch soat ajratilgan. Lekin mazkur dastur asosida yozilgan
darslikda   ertak   matni   to‘liq   keltirilmay   mualliflarning   asar   haqidagi   qarashlari
berilgan.Agar   ertakdostonni   darslikda   taqdim   etilganidek   o‘rganiladigan   bo‘lsa,
o‘quvchilarda   u   haqda   umumiy   tasavvur   paydo   bo‘ladi,   xolos.   Darsda   o‘quvchilar
ertakning   o‘zi   bilan   emas,   balki   mualliflarning   asar   haqidagi   qarashlari   bilan
17 tanishadilar,   ularning   xulosalarini   o‘zlashtiradilar.Bu   butun   maktabdagi   5-sinf
o‘quvchilari   ertak   haqida   aynan   shunday   fikr,   shu   kabi   bir   xil   xulosa   chiqaradilar,
deganidir.   Boshqacha   aytganda,   o‘quvchilar   asarga   o‘zgacha   yondoshuv,   ayricha
munosabat bo‘lishini, ularning o‘z qarashlari, mustaqil fikri ham bo‘lishi mumkinligini
tasavvur   qilmay   shakllanib   qoladilar.   Bunaqada   mamlakat   rahbari   I.A.Karimov
aytmoqchi   “vataniga,   xalqiga,   millatiga   fidokor,   mustaqil   fikrlaydigan,   biror   bir
masalani   ongli   ravishda   mas’uliyat   bilan   hal   qiladigan,   izlanuvchan,   yangilikka
intiluvchi kadrlarni emas, asosan,sayoz saviyali,mute kishilarni ongi qotib qolgan azmu
shijoatdan yiroq, ishning “beliga tepib turadigan ” kadrlarni” tarbiyalab qo‘ymaymizmi?
Qolaversa,   uch   soat   davomida   o‘qituvchi-o‘quvchi   nima   bilan   shug‘ullanadi?   Birinchi
soatda o‘quvchilar shoirning tarjimayi  holi  bilan tanishar, deylik.Aslida bugun maktab
adabiy ta’limi metodikasida yozuvchi yoki shoirning tarjimai holini o‘rganishga alohida
vaqt   ajratilmaydi,   ikkinchi   soatda   ertak   haqidagi   adabiyotshunoslarning   qarashlari
o‘rganilsa,   uchinchi   soatda   nazariy   ma’lumot   ustida   ishlanadimi?   Bunaqada
o‘quvchilarni adabiyot darslaridan, badiiy so‘zdan  lazzatlanishdan mahrum qilib, kitob
o‘qishdan bezdirib qo‘ymaymizmi? Adabiyot o‘qituvchisi bu xatoliklarning oldini olish,
ta’lim jarayonini o‘quvchilarni   mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, ularni o‘z qarashlariga
ega   bo‘lgan,   ma’naviy   komillik   sari   yuz   tutgan   insonlar   qilib   tarbiyalash   maqsadida
tashkil   etish   uchun   birinchi   darsni   yaxlitligicha   ertakning   to‘liq   mutolaasiga
bag‘ishlashi,   shundan   so‘nggina   o‘quvchilarning   ruhiy   holatidan   unumli   foydalanib
birgalikda   uning  tahliliga   kirishishi   o‘rinli   bo‘ladi.   Ertakning   to‘liq  matnini   o‘qituvchi
N.Karimov va boshqalar tomonidan 5-sinf uchun yaratilgan darslikdan olishi mumkin.
Agar o‘qituvchi asar tahliliga bag‘ishlangan ikki darsni bir kunga ko‘chira bilsa, ketma-
ket tashkil etishga erishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo buning imkoni bo‘lmasa,
mashg‘ulotlar   odatdagi   tarzda  uyushtirilaveradi. Har   ikkala yo‘l  ham   metodik jihatdan
xato bo‘lmaydi. 
2.   Umumta’lim   maktablarining   5-sinflarida   Antuan   de   Sent   Ekzyuperining
“Kichkina shahzoda” asaridan parchalar  o‘rganish uchun dasturda to‘rt  soat  ajratilgan.
Asarni   o‘rganishga   yo‘naltiruvchi   dasturiy   talqin   quyidagicha:     “Ertak-qissada   bolalar
olamining   mahorat   bilan   tasvir   etilishi,   unda   abadiyat   va   foniyli,   hayot,   muhabbat   va
18 o‘lim  muammosining o‘ziga xos  tarzda  tasvir  etilishi, unda abadiyat  va foniyli, hayot,
muhabbat va o‘lim muammosining o‘ziga xos tarzda tasvir etilishi, Kichkina shahzoda
obrazi. Ertakdagi boshqa obrazlar va ular o‘rtasidagi munosabat. Ertakda bolalar ruhiy
olamiga   xos   xususiyatlarning   yorqin   ifodalanganligi.   Ertakning   tarbiyaviy   ahamiyati.”
Metodika   ilmida   badiiy   asarlarni   bo‘laklarga   bo‘lib   o‘rganishda   istagan   joyda   to‘xtab,
keyingi   darsda   davom   etish   usuli   taqiqlanadi.   Buning   o‘ziga   xos   pedagogik   va
psixologik sabablari bor. . O‘qituvchi “Kichkina shahzoda”ni uning boblariga tayanib
 4 soatga rejalashtirib olishi va har darsda o‘qilgan bo‘lakning tahlilini amalga oshirishi
ham   mumkin.   Yoki   darslikda   berilgan   parcha   yaxlit   mutolaa   qilinib   (bunga   40-45
daqiqa kerak bo‘ladi) so‘ngra o‘quvchilar bilan birga uning tahliliga kirishish ham xato
bo‘lmaydi.Amaliyotchi   o‘qituvchilarning   “Kichkina   shahzoda”ni   o‘rganish   bilan
bog’liq   e’tirozlarida   ham   jon   bor.   O‘quvchilarning   uni   anglashi   qiyin   kechayotganini
ham   tushunish   mumkin.   Chunki   asar   ruhi   bizning   milliy   ruhiyatimizga   uncha   yaqin
emas. Avvalo, bizning bolalar hamisha  kattalarni  haq deb biladilar. O‘zbekning milliy
axloqiy   xususiyatlarida,   o‘zbekona   odob   ilmida   kattalarni   tanqid   qilish,   ularning
xattiharakatlariga   tanqidiy   nazar   bilan   qarash   hissi   yo‘q.   Bu   –   o‘zbekona   axloqiy
me’yor.   Bunday   tuyg‘u   ularning   o‘zlari   katta   bo‘lganlarida,   hayotda,   odamlarga
munosabatda o‘z qarashlari shakllanganda paydo bo‘ladi. 5-sinf o‘quvchilarining qissa
qahramonini   his   qilmayotganliklari   va   asardan   ma’naviy   zavq   ololmayotganliklari
sababi   ham   shu   bo‘lsa   kerak.   Yana   bir   fikr   borki,   o‘qituvchilar   dastur   va   darslikdagi
hamma asarlarni darsda o‘tishlari majburiy emas. O‘qituvchi dastura 15 foiz o‘zgartirish
kiritishga   haqli   ekanini   ham   unutmasligi   kerak.   Agar   “Kichkina   shahzoda”
o‘quvchilarni qiziqtira olishiga ko‘zi yetmasa, uni o‘zi istagan yoki o‘quvchilar ma’qul
topgan boshqa bir qiziqarliroq asar bilan almashtirishi mumkin. Faqat bu ishni maktab
metod birlashmasi qarori bilan rasmiylashtirib qo‘yishi lozim. Bu haqida dasturda ham
to‘xtalib   o‘tilgan:   “Dasturda   adabiyot   o‘qituvchilarining   tashabbuskorligini   uyg‘otish,
erkin fikrlashiga imkon yaratish hamda adabiy ta’limda o‘lkashunoslik  materiallaridan
foydalanishga   imkon   berish   maqsadida   har   bir   sinfdagi   adabiy   materiallarning   10-15
foizini   mahalliy   mintaqa   talabi,   o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   istaklariga   muvofiq
tarzda   istagan   adabiy   siymoning   istalgan   badiiy   yuksak   asari   bilan   almashtirish
19 mumkinligi   hisobga   olingan.   Bunda   o‘qituvchi   o‘rganish   zarur   deb   hisoblagan,   lekin
dasturda ko‘zda tutilmagan asarni yillik mavzular rejasiga kiritishi va uning qaysi asar
o‘rniga  tavsiya  etilayotganini  ko‘rsatishi   kifoya  qiladi. Dasturda  zarurat  taqozosi   bilan
adabiy mavzularni o‘rganishga ajratilgan soatlar miqdori ham o‘zgartirilishi mumkinligi
ko‘zda tutilgan”. Har holda, 5-sinf dastur va darsligida ma’lum o‘zgarishlar bo‘lgunga
qadar,   o‘qituvchilar   “Kichkina   shahzoda”   ustida   ishlashni   lozim   topsalar,   bu   borada
izlanishlari,   yangiliklar   yaratib,   asarni   o‘quvchi   ruhiyatiga   yaqinlashtirishlari   lozim
bo‘ladi. O‘rni kelganda shuni ham aytish joizki, darslikda keltirilgan parchada asarning
aslidagi   suratlar   bilan   bog‘liq   murakkabliklar   mavjud:   “Rasmlarni   muallifning   o‘zi
chizgan”, “Mana o‘sha surat”, “Mana, men chizgan narsa”, “Shu rasmni chizib berdim”
degan   jumlalar   bor,   lekin   rasmlarning   o‘zi   yo‘q.   Bu   har   qanday   kitobxon   ruhiyatida
e’tiroz   uyg‘otadi.   O‘qituvchi   o‘quvchilariga   buning   qandaydir   izohini   tayyorlab
qo‘yishi,   ertak   aslidagi   rasmlarni   topishi   yoki   o‘zi   shu   rasmlarni   chizib   kelishi   kerak
bo‘ladi.   Aks   holda,   o‘quvchining   hafsalasi   pir   bo‘lib   qolishi,   dars   kutilgan   samarani
bermasligi   tayin.   3.   Adabiyot   olamni   o‘rganishdan   ko‘ra,   odamni   ko‘proq   bilishga
xizmat   qiladigan   san’atdir.   Adabiyot   darslarida   o‘quvchilarni   badiiy   asarni   mustaqil
mutolaa   qilishga   qiziqtirishni   ularning   ruhiyatiga   yaqin   bo‘lgan   ertaklardan   boshlash
maqsadga   muvofiqdir.   Ertaklarning   qiziqarli   syujeti   o‘quvchilarni   mustaqil   fikrlashga,
asar   qahramonlariga   taqlid   qilishga,   ularning   xatti-harakatlariga   munosabat   bildirishga
yo‘naltiradi.   Shu   tufayli   ham   boshlang‘ich   sinflar   “O‘qish   kitobi”,   yuqori   sinflar
“Adabiyot” darsliklariga ertaklar qatorida adabiy ertaklar ham kiritilgan. Bir qarashda,
adabiy   ertaklarni   o‘qitish   ishlari   joyidadek   ko‘rinadi.   Lekin   sinchiklab   e’tibor   berilsa,
bu jarayonda ham bir qator  murakkabliklar mavjud ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Ana   shunday   murakkabliklardan   biri   ertaklar   va   adabiy   ertaklar   syujeti   asosida
ishlangan   mulg‘tfilmlar   va   kinofilmlardir.   Ya’ni   bunday   mulg‘tfilmlar   darslikka
kiritilgan   ertaklar   asosida   ham   ishlangan   bo‘lib,   bu   o‘qituvchilar   oldiga   bir   qator
murakkabliklar keltirib chiqarmoqda. Bu avvalo, mazkur ekranlashtirilgan ertaklar bilan
o‘quvchilarning tanishligidadir   Xans Kristian Andersenning “Bulbul”, “Qor malikasi”
ertaklari   asosida   multfilmlar,   kinofilmlar   ishlanganligi   ko‘pchilikka   ayon.   O‘quvchilar
yozuvchining   bu   ertaklari   syujetini   filmlar   orqali   yaxshi   bilishadi.   Bu   o‘quvchini
20 asarning   kino   degan   noto‘g‘ri   to‘xtamga   olib   keladi   va   u   janrning   badiiy   qimmatidan
bebahra   qoladi.   Ana   shu   jihatdan   Yoqutiston   maktablarida   milliy,   rus   va   jahon
ertaklarini   qiyosiy   o‘rgangan   l.F.Grigoreva   haq:   Muammo   shundaki,   o‘qituvchilar
adabiy   va   xalq   ertaklarining   syujetini   o‘quvchilar   bilsa   bo‘ldi,   deb   o‘qigan   asarini
mushohada qila olish, adabiy bilimlar va kitobxonlik malakasi endigina shakllanayotgan
5-sinf   o‘quvchisining   bunday   yo‘l   tutishiga   imkoniyat   yaratib   berishmoqda.   Bunday
ma’naviy   tubanlikdan   qutulish   uchun   o‘qituvchi   o‘quvchining   e’tiborini   jalb   qila
oladigan metodlardan foydalanib dars o‘tishi, ekranda ko‘rsatilmagan, faqat so‘zdagina
aks etgan jihatlarga urg‘u berish maqsadga muvofiqdir.
  
   II BOB.  O‘ZBEK XALQ ERTAKLARNI TAHLIL QILISH ORQALI 
ADABIY TA’LIMDA     SAMARADORLIKKA ERISHISH YO‘LLARI
2.1. O‘zbek xalq ertaklarni tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ma’lumki,   adabiy   ertaklar   umumta’lim   maktablarining   5-6-sinflarida   o‘qitiladi.
Metodika   ilmida   5-7-sinflar   tayanch   sinflar   deb   yuritiladi.   Mazkur   sinflardagi   “adabiy
tahlil   yuqori   sinflardagidan   farq   qilib,   bunda   o‘quvchilar   diqqati   matnni   ifodali
o‘qishga,   asar   mazmunini   o‘zlashtirishga,   yozma   va   og‘zaki   nutqni   rivojlantirishga
qaratiladi. O‘qituvchi ko‘proq o‘quvchi nutqi orqali, uning taassurotlarini tinglashga va
fikr-mulohazalarini   boyitishga   intiladi,   asarda   tasvirlangan   voqea-hodisalarning   yaxshi
va   yomon   oqibatlarini   tushunib   olishlarida   o‘quvchilarga   ko‘maklashadi,   ma’naviyat
tarbiyasiga   alohida   e’tibor   beradi.”   10.   Yirik   metodist   olima,   professor
M.Mirqosimovaning   yuqorida   keltirilgan   fikrlari   adabiy   ertaklar   tahliliga   ham   xosdir.
21 Shu   bilan   birga,   bu   janrdagi   asarlarni   tahlil   qilishning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   ham
mavjuddir.   Dasturda   o‘rganilishi   nazarda   tutilgan   adabiy   ertaklar   tahlili   misolida   bu
o‘ziga   xosliklarni   kuzatish   mumkin.   5-sinf   o‘quvchisining   tasavvur   olamidagi   o‘ziga
xoslik, kuzatishdagi jonli mushohadaning kuchliligi ertak va unga yaqin mavzularning
osonroq   va   ta’sirliroq   o‘zlashtirilishiga   imkon   beradi.   Shuning   uchun   ham   bu   sinfda
H.Olimjonning   “Oygul   bilan   Baxtiyor”   ertak-dostoni   bejiz   tanlanmagan.   Unda   adib
hayoti   va   ijodi   haqida   qisqacha   ma’lumot   berish   nazarda   tutiladi.   Asosiy   urg‘u   esa
“Oygul   bilan   Baxtiyor”   ertagi   syujeti   va   obrazlar   tasviridagi   o‘ziga   xosliklarga
qaratiladi.   Bu   o‘rinda   tahlilning   asosiy   yo‘nalishi   ertakdagi   asosiy   qahramonlar,
ularning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   bu   qahramonlarda   bo‘rtib   ko‘zga   tashlanadigan
a’loqiy-ma’naviy   sifatlarni   yoritishdan   iborat   bo‘ladi.   Ertakda   ezgulik   va   yovuzlik
o‘rtasidagi kurash tasviriga e’tibor tortilar ekan, mana shu tushunchalarni ifodalaydigan
so‘zlarga,   ularning   qo‘llanishidagi   o‘ziga   xosliklarga   urg‘u   beriladi.   Ertakning   badiiy
xususiyatlari, undagi tasvir va ifoda vositalari, asar tilining favqulodda sodda, tushunarli
va   ravonligi,   bularning   natijasida   yuzaga   keladigan   ta’sirchanligi   ustida
ishlanadi.Mazkur   ertakning   o‘z   o‘qilish   ohangi   bor.   O‘qituvchi   darsga   tayyorlanish
jarayonida   shu   ohangni   topib   olishi   zarur.   Uning   qaysi   qismi   yo‘g‘on   ovozda,   qaysi
bo‘lagi   siniq   ohangda,   qay   o‘rinlari   mayinlik   va   qay   biri   qat’iyat   bilan   o‘qilishini
oldindan   belgilab   qo‘ygani   ma’qul.   Asarning   o‘qilish   ohangi   va   ifodaliligi   darsning
yarim muvaffaqiyati sanaladi. O‘qituvchi mutolaasi bilan o‘quvchilar ko‘nglini bezovta
qila   olishi,ularning   inon   –ixtiyirning   to‘laligichao‘ziga   qaratib   olishi   mumkin.   Butun
diqqat-e’tibori   matnga   qaratilgan   o‘quvchi   boshqa   narsalarga   chalg‘imaydi.   Bunga
ehtiyoj   ham   qolmaydi.   U   bor   vujudi   bilan   yoqimli   ohangda   o‘qilayotgan   ertakni
tinglaydi.   Mutolaa   davomida   ertak   qahramonlarining   ruhiyati,   fe’l-atvori   ifodalangan,
ularning   tabiati   tasvirlangan   lavhalarni,   shoirning   so‘zni   o‘ynatib   yuborgan   o‘rinlarni
o‘quvchilarga   belgilatib   borish   mumkin.   Asar   matni   ustida   ishlanayotganda   ajratib
qo‘yilgan  so‘z   insonlarga  xos  bo‘lgan  baland  sifatlar,  chinakam  fazilatlarga  qaratiladi,
munosabati   so‘raladi.   O‘quvchilar   tomonidan   farqlangan,   munosabat   bildirishga
tortilgan   insoniy   fazilatlar   ularning   shaxsiyatida   albatta   iz   qoldiradi.   “Oygul   bilan
Baxtiyor” – adabiy ertak. Uning birinchi bandidagi tasvirlar esa ertak haqidagi hikoya.
22 Lekin   Ayni   vaqtda,   ular   –   asl   haqiqat   ifodalari.   Unda   tirik   inson   va   uning   bolalik
tuyg‘ulari, hayotidagi eng go‘zal davr ifodalangan. Shoirning holati ertakni tinglayotgan
bolaning   hozirgi   vaziyati   bilan   hamohang.   Unda   aytilayotgan   ertaklarning   deyarli
barchasi o‘quvchilarga ham tanish:                              
Bolalik kunlarimda,                   
Uyqusiz tunlarimda.                    
Ko‘p ertak eshitgandim,   
So‘ylab berardi buvim.  
Esimda o‘sha damlar:                               
O‘zi uchar gilamlar,  
Tohir-Zuhra, Yoriltosh, 
Oyni uyaltirgan qosh ...    
Aytilgan ohangi  bilan ham, mazmuni  bilan ham  o‘quvchi  ko‘ngliga xush  yoqadi.
Shuning uchun ertakning bu bandi  ko‘p o‘qilmasidanoq  o‘quvchilarning xotirasiga  bir
umrga muhrlanib qolishi aniq. Shu kabi badiiy so‘zdan ta’sirlangan, go‘zallikka oshno
bo‘lgan   qalb   yomonliklarga   qodir   bo‘lmaydi.   Bo‘ljak   shoirga   buvisining   aytgan
ertaklari va ulardan chiqarib olgan hissalari qanday ta’sir qilgani   eshitganlarida fikrini
tortgan,   havasini   orttirgan   narsalar   uning   taqdirida   qanday   rol   o‘ynaganini   savol
tariqasida o‘quvchilarga eslatib o‘tgan ma’qul. Buvisining ertaklarini tinglayotgan yosh
shoir ularning ko‘pi yolg‘on, ko‘pi chin ekanini biladi. Mana shu yolg‘onu chinlarning
ta’sir kuchi qanchalar baland ekanini ham his qiladi. So‘zni his qilish, undan ta’sirlanish
inson taqdiri uchun qanchalik ahamiyatli ekani o‘qituvchi tomonidan aytilgan ikki og‘iz
gap   orqali   o‘quvchilarning   “qulog‘iga   tushib   qolgani”   foydadan   xoli   bo‘lmaydi.
Umumta’lim   maktablarining   Adabiyot   o‘quv   dasturiga   adabiy   ertaklar   qatorida   jahon
ertaknavislarining   asarlariga   ham   keng   o‘rin   ajratilgan.   Dasturda   jahon   adabiyotining
eng sara namunalarini o‘rganishga doir quyidagi tavsiyalar berib o‘tilgan: “Bu asarlarni
o‘rganish   milliy   adabiyotimiz   umumjahon   adabiy   jarayonining   uzviy   bir   bo‘lagi
ekanligini   anglatib   turadi,   ayni   vaqtda,   o‘quvchilarimiz   ma’naviyatini   dunyodagi   eng
nodir   san’at   namunalari   vositasida   shakllanishiga   erishiladi.   O‘qituvchi   jahon   xalqlari
adabiyoti   bilan   o‘zbek   adabiyoti   orasidagi   o‘zaro   yaqinlikka,   ijodiy   aloqaga   e’tiborni
23 qaratishi   va   ular   taraqqiyotidagi   umumiylikka,   binobarin,   o‘zbeklarning   dunyodagi
boshqa millatlar ruhiyati bilan yaqinligiga o‘quvchilarning diqqatini jalb etishi zarur. 
  5-sinfda Xans Kristian Andersenning “Bulbul” ertagini tahlil qilishda yuqoridagi
tavsiyalarga   e’tibor   qilishi   va   shulardan   kelib   chiqishi   kerak   bo‘ladi.     Adabiyot
dasturida   mazkur   ertakni   o‘rganish   uchun   3   soat   vaqt   ajratilgan   bo‘lib,   o‘qituvchi   shu
soatning  har  bir  daqiqasidan  unumli   foydalanib  o‘quvchilarni   faollashtirishga  erishishi
mumkin.   Buning   uchun   darsga   ajratilgan   birinchi   soatda   ertak   o‘qituvchi   tomonidan
to‘liq o‘qib berilishi, qolgan ikkinchi va uchinchi soatlar esa asar tahliliga bag‘ishlanishi
maqsadga  muvofiqdir.   Ma’lumki,  o‘rta maktablarning  5-8-sinflarida  ijodkor   tarjimayi
holiga   batafsil   to‘xtalish   shart   emas.   Chunki   bu   yoshdagi   o‘quvchilar   adibning   hayot
yo‘li bilan uning asarlari orasidagi bog‘liqlikni u qadar anglab yetmaydilar, ammo adib
haqida   qiziqqan   o‘quvchilar   mustaqil   o‘rganib   olishlari   uchun   darslikda   ancha   keng
ma’lumot   berilgan.   Ertakchining   hayot   yo‘li   ibratliligi   bilan   ajralib   turadi.   Kambag‘al
oilada   voyaga   yetganligiga   qaramay,   tinmasdan   harakat   qilganligi,   buning   ustida   14
yoshida   otasidan   yetib   qolib,   hayotning   achchiq-chuchugini,   mashaqqatlarini   erta
torgan,   qariyb   ikki   asrdan   beri   nafaqat   kichik   yoshdagi   bolalar,   balki   katta   yoshdagi
insonlar   ma’naviyatiga   ta’sir   qilib   kelayotgan   buyuk   ertakchining   hayot   yo‘li   hech
kimni   befarq   qoldirmaydi.Ayniqsa,   kichik   yoshdagi   o‘quvchilarning   ruhiyatiga   ta’sir
qilib, ularda o‘z kuchiga ishonch, rag‘bat, ixlos hamda havas uyg‘otadi. O‘zini har xil
kasb   egasi,   goh   qo‘shiqchi,   goh   esa   o‘yinchi,   goh   satirik,   goh   dramaturg   sifatida
tasavvur qilgan yozuvchi olamga mashhur ertakchi bo‘lishini xayoliga ham keltirmagan
edi psixologlarning ta’kidlashlaricha, 5-sinf o‘quvchisi kichik o‘spirin yoshiga mansub
bo‘lib, bu yoshda unda adabiy bilimlar shakllanadi, o‘qish oddiy o‘qishga emas, adabiy
o‘qishga aylanadi. Bu yoshdagi o‘quvchi asarni shunchaki o‘qimay, muallif aytmoqchi
bo‘lgan fikrni hayot  bilan qiyoslaydi  va o‘ziga yarasha ibratli xulosalar chiqaradi. Shu
jihatdan   ham   yirik   metodist   olim   V.G.Gusevning   fikrlari   alohida   ahamiyatga   ega:
“Jamiyatda, umuman inson tabiatidagi illatlar real hayotda aksini  topmagach, fantastik
tarzda  ertaklarda o‘z yechimiga ega  bo‘ladi.”CHindan  ham, Andersen  ertaklarini  o‘qir
ekanmiz, ulardagi qariyb ikki asr oldingi muammolar, inson tabiatidagi illatlar bugungi
kunimizgacha   saqlanib   kelayotganligi,   hatto   ildiz   otib   ketganligi,   hanuzgacha   bunday
24 illatlardan   voz   kecha   olmayotganligimiz   –   bularning   bari   nafaqat   o‘quvchilarni,   balki
katta   yoshdagi   mulohazali   har   bir   insonni   o‘yga   to‘ldiradi.   O‘qituvchi   “Bulbul”
ertagidagi   bahsmunozaraga   turtki   beruvchi   o‘rinlarni   aniqlashi,   o‘quvchilarda   fikr
uyg‘otishi,   sinfdagi   barcha   o‘quvchini   darsga   jalb   etishi,   asardagi   hozirgi   kunimiz
uchun   ham   ahamiyatli     bo‘lgan   jihatlarga   o‘quvchilar   e’tiborini   tortishi   lozim,   toki
farzandlarimiz tabiatida bunday illatlar barham topishi lozim. Ertakka ajratilgan keyingi
ikki   soat   uning   tahliliga   sarflanadi.   Ko‘pchilik   metodistlar   jahon   adabiyotiga   mansub
asarlarni   o‘quvchining   uyda   o‘qib   kelgani   maqsadga   muvofiqligi,   shunday   qilinsa,tili,
tarixi, dini, madaniyati va dunyoqarashi o‘zgacha bo‘lgan adabiyotni tushinish osonroq
bo‘lishini   ta’kidlashadi.   Yuqori   sinf   o‘quvchilariga   yirik   janrdagi   asarlarni
o‘rganayotganda   mazkur   usul   o‘zini   oqlar,   biroq   gap   Andersenning   “Bulbul”   ertagi
xususida borar ekan, bu qoidaga amal qilish o‘zini oqlamasligi mumkin, chunki asarda
so‘zga   yo‘g‘rilgan   muallif   estetik   g‘oyasi   mavjud.   “Bulbul”   ertagidagi   voqealar   Xitoy
davlatida   bo‘lib   o‘tadi.   Mamlakatga   tashrif   buyurgan   sayyohlar   Xitoy   imperatori
saroyini tasvirlab, unda yashaydigan jajji sayroqi qush ta’rifini ham keltirishadi. Qizig‘i
shundaki,   na   imperator   va   na   amaldorlar   bu   qushning   mavjudligidan   voqif   bo‘lishadi.
O‘z   yurtida   shunday   qush   bo‘la   turib   shu   paytgacha   bunday   sayroqi   qushni
ko‘rmaganidan   imperatorning   jahli   chiqadi   va   zudlik   bilan   qushning   saroyga   olib
kelinishini talab qiladi. Amaldorlar sarosimada, Nihoyat saroy oshxonasida ishlaydigan
qizdan   bulbulning   daragini   topishadi.   O‘quvchilar   e’tiborini   vazir   va   xizmatkor   qiz
o‘rtasidagi suhbatga jalb qilish va bu haqida ularning mulohazalarini eshitish ham dars
samaradorligini   oshiradi,   o‘quvchilarni   fikrlashga   undaydi.   Ayniqsa,   qizaloqning   ...
charchab   qolsam,   o‘rmonda   maysalar   ustida   o‘tirib,   mazza   qilib   bulbul   xonishini
eshitaman!   SHunday   paytda   ko‘zlarimdan   duv-duv   yosh   to‘kiladi,   onajonim   bag‘rida
orom   olayotganday   sevinib,   ichimga   sig‘may   ketaman!...   degan   fikrini   yoki   bulbulni
izlab   ketayotganlarida   sigirning   “mo‘”lashini,   qurbaqaning   “qurr”illashini   eshitgan
amaldorlar adashib, uni bulbul sayramoqda deb o‘ylashganlarini tahlil etish va bundan
xulosa   yasay   olish   ham   o‘quvchilarning   ma’naviy   kamolotiga   katta   turtki   beradi.
Yozuvchi   qizdagi   beg‘uborlik,   samimiyat,   ko‘ngil   ko‘zining   ochiqligiyu   qalb
go‘zalligini ikkiyuzlamachilik, ma’naviy tubanlik, sigirning “mo‘”lashiyu, qurbaqaning
25 “qurr”illashi   bilan   bulbulning   xonishini   ajrata   olmagan   amaldorlarga   qarama-qarshi
qo‘yadi   va   bunday   qarama-qarshilikda   ham   muayyan   estetik   g‘oyani   ilgari   suradi.
O‘qituvchi asardagi barcha obrazlar sof insoniy tuyg‘ularni qalbakilik, soxtalikdanajrata
olishida   musbat   va  manfiy  qutbni   tashkil   etishini   va  bulbul   markaziy   obraz  ekanligini
tushuntirishi,   bulbul   muallif   ilgari   surmoqchi   bo‘lgan   estetik   g‘oya   ham   aynan   shu
obrazda   mujassamlashganini   o‘quvchilarga   yetkazishi   lozim.Tabiiy   bulbul   go‘zal
xonishdan ko‘ra, nuqul bir qo‘shiqni  takrorlaydigan sun’iy bulbulning sayrashini  afzal
ko‘rgan   saroy   amaldorlaridan,   imperatordan   ko‘ngli   qolgan   bo‘lsa   ham,   podshohning
boshiga tushgan tashvishdan voqif bo‘lib uni Azroil changalidan qutqaradi. Shu o‘rinda
o‘quvchilar  e’tiborini  yana bir muhim jihatga, asardagi  podshoh jonini olishga  kelgan,
o‘z nomi bilan yovuzlikni ifodalovchi Azroil bilan qudratlilikda undan qolishmaydigan,
podshohning sog‘ligida soyasiga salom berib yurgan, o‘lim to‘shagida yotganida esa o‘z
olampanohlarining   tezroq   o‘lishini   kutayotgan,   harakatlariga   ko‘ra   quzg‘unni
eslatadigan amaldorlar shaxsiga jalb qilish maqsadga muvofiq. Bulbulning bitta xonishi
bilan imperator jonini olishga kelgan Azroil ham fikridan qaytadi. Ana shu jihati bilan
Azroil   ham   hissiz   amaldorlardan   yuqori   qo‘yiladi.   Shu   o‘rinda   mazkur   asarning   bejiz
5-sinf   darsligiga   kiritilmaganligini   ham   ta’kidlash   joiz,   chunki   bu   yoshdagi   o‘quvchi
hali   tashqi   muhit   ta’siriga   u   qadar   moslashmaganligini   inobatga   olsak,   ta’sirchanlik,
tuyg‘ular   sofligi   o‘quvchiga   asardagi   yozuvchi   estetik   g‘oyasini   tugal   anglashiga
yordam   beradi.   Asar   tahlili   jarayonida   o‘qituvchi   yana   bir   jihatga   ahamiyat   berishi
o‘rinli   bo‘ladi.   Adabiy   ertakda   sun’iy   bulbulning   tashqi   go‘zalligi,   bir   qo‘shiqni   qirq
martalab   qaytaqayta   kuylay   olish   qobiliyatiga   qaramasdan,   podsho   og‘ir   kasalga
chalinib, dardiga taskin topish maqsadida xonish qilishini so‘raganida buzilib qolishida
ham   ma’lum   bir   estetik   g‘oya   ilgari   surilganligiga   o‘quvchilar   e’tiborini   jalb   etishi,
ularning   bu   haqidagi   mulohazalarini   eshitishi   foydadan   xoli   bo‘lmaydi.   Asar   so‘ngida
tabiiy   bulbuldagi   sadoqat,   vafodorlik   kabi   jihatlarni   kech   bo‘lsa   ham   anglab   yetgan,
saroyda   qolishni   o‘tinib   so‘ragan   imperatorga   bulbul   tomonidan   aytilgan   quyidagi
so‘zlar   o‘quvchilar   e’tiboridan   chetda   qolmasligi   lozim:   “Faqat   bir   narsani   iltimos
qilaman!”-   dedi   yana   bulbul.   –   Fuqarolarning   ahvoli   to‘g‘risida   bor   xabarni   aytib
turuvchi   jajji   qushchang   borligini   hech   kim   sezmasin.   Shunday   bo‘lgani   yaxshi.
26 Asardagi   bulbul   tilidan   aytilgan   ana   shunday   o‘rinlarni   tahlil   qilish   va   bu   haqida
mulohaza yuritishda chorlash o‘quvchilarda o‘zgalar dardiga sheriklik, birodarlik, mehr-
oqibat   kabi   sifatlarning   shakllanishida   muhim   rol   o‘ynaydi.   Dars   so‘nggida
Andersenning   faqat   o‘z   millati   qobig‘ida   qolib   ketmaganligi,   ertaklarida
umumbashariyat   uchun   daxldor   muammolarni   ko‘targanligini   ta’kidlab,   ana   shunday
muammolar   jumlasiga   barhayot   san’at   muammosini   kiritganligini   ta’kidlash   mumkin.
Yozuvchining fikriga ko‘ra, xalqqa yaqin hayotni aks ettirgan qobiliyatgina yashashga
haqlidir.   O‘quvchilar   tanishgan   ertakda   yozuvchi   yolg‘on   va   yasamalikdan   iborat
mahoratning   tabiiy   iste’dod   bilan   to‘qnashuvini   aks   ettiradi.   Tabiiy   qobiliyat   tabiatga
yaqin,   uni   tabiiy   bulbul   aks   ettiradi.   Ertakdagi   sun’iy   bulbul   esa,   aslida   mavjud
bo‘lmagan   o‘lik   qobiliyatdir.   U   tabiiylikdan   yiroq   bo‘lib,   o‘yinchoq   bulbulni   tabiiy
bulbuldan afzal bilgan saroy amaldorlarigagina yoqadi. Ayni vaqtda, tabiiy bulbul, hatto
o‘limni   ham   yengadi,   sun’iy   bulbul   esa   sinovlarga   dosh   berolmaydi.   Demak,   adabiy
ta’limdan ko‘zlangan bosh maqsad komil insonni shakllantirishga ko‘mak berish ekan,
bu maqsadga erishishda asarlarni to‘g‘ri tahlil etish katta yordam beradi.   
2.2. Tahlil jarayonida savol va topshiriqlar bilan ishlash.
Ma’lumki,   adabiyot   o‘quvchini   erkin   fikrlashga   o‘rgatishda,   siyratini   boy   va
sog‘lom   qilishda   katta   ahamiyatga   ega.   Zero,   Cho‘lpon   aytganidek,   “adabiyot   o‘tkir
yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvidir”. Adabiyot faniga shu nuqtai nazardan
yondashadigan   bo‘lsak,   bugungi   kun   adabiyot   o‘qituvchisi   oldida   mashaqqatli   va
sharafli   vazifalar   turganligi   ayon   bo‘ladi.     Bu   vazifalarni   bajarishda   darslik   bilan
ishlash,   undagi   tahlil   etishga   bag‘ishlangan   matnlar,   xususan,   savol   va   topshiriqlar
ustida  ishlash  muhim  ahamiyatga  ega.   Savollar  nafaqat  o‘quvchi,  balki  o‘qituvchining
diqqatini   qaysi   o‘ringa   qaratish   lozimligi,   asarning   qaysi   o‘rinlariga   urg‘u   berish
mumkinligini   ko‘rsatadi.   Zero,   Rumiy   hazratlari   aytganlaridek:   “Yaxshi   savol   yarim
bilimdir”.   Hozirgi   davr   darsliklarining   tuzilishi   va   mazmuni   DTS   talablariga   mos
keladi.   Lekin   ularni   yanada   mukammallashtirish   hayot   talabidir.   Darsliklarda   berilgan
materiallarni   o‘quvchilarning   o‘zlashtirishi   unda   berilgan   savol   va   topshiriqlarga   ko‘p
jihatdan bog‘liqdir. Savol va topshiriqlar o‘quvchilarni olamni va insonlarni kuzatishga,
ularning   holatini   his   qilishga   va   nihoyat,   o‘z-o‘zini   a nglashga   undaydi.   Bu   jarayonda
27 o‘qituvchi   ham,   o‘z   navbatida,   o‘quvchilarni   kuzatib,   ularning   har   biri   shaxsning
ma’naviyati   darajasini   aniqlab   olish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   Boshqacha   aytganda,
savol-topshiriqlar  mohiyat e’tibori  bilan nafaqat  o‘quvchi, balki  o‘qituvchi  uchun ham
juda   muhim   ta’limiy-didaktik   vazifani   bajaradi.   Savol   va   topshiriqlar   umumta’lim
maktablari adabiyot darsliklari va darslik majmualaridagi materiallarning zaruriy qismi
bo‘lib,   ta’lim-tarbiya   tizimida   o‘rganiladigan   bilim,   o‘zlashtiriladigan   ko‘nikma   va
malakalar   nazoratini   ularsiz   tasavvur   qilish   mumkin   emas.     5-6-sinflar   adabiyot
darsliklaridan o‘rin olgan adabiy ertaklardan o‘quvchilar o‘zlashtirishlari zarur bo‘lgan
bilimlar, tushunchalar yuzasidan tuzilgan. Savol va topshiriqlarda o‘quvchilarning yosh
xususiyatlari,   bilim   darajalarini   hisobga   olish   bilan   bir   qatorda,   ilmiylik,   mantiqiy
izchillik,   tizimlilik   kabi   ta’limiy-didaktik   tamoyillarga   rioya   qilinganini   ko‘rish
mumkin. Buni 5-sinf Adabiyot darsligidagi  savol-topshiriqlar asosida  ko‘rish mumkin.
Darslikdagi adabiy ertaklar yuzasidan tuzilgan savol-topshiriqlar berilgan bo‘lib, ularda
asosiy   e’tibor   o‘quvchilarga   ertak   haqidagi   ma’lumotlarni   yanada   chuqurroq
tushuntirishga   qaratilgan.   Shu   o‘rinda   aytish   mumkinki,   professor   V.V.Golubkov   dars
jarayonida   badiiy   asar   tahliliga     doir   beriladigan   savollarni   o‘z   xususiyatiga   ko‘ra
quyidagicha uch guruhga bo‘ladi:  
1. Taxminiy savollar. 
2. Tahliliy savollar.
3. Umumlashtiruvchi savollar.
Uning   fikricha   taxminiy   savollar   o‘quvchilarni   badiiy   asarni   mustaqil   ravishda
tahlil   qilishga   yo‘naltirilgan   bo‘ladi.   Bu   xildagi   savollar   asar   qahramonlari   tarkibini,
asar   qismlarini,   syujet   unsurlari   hamda   yozuvchi   tomonidan   ilgari   surilgan
muammolarni aniqlashga mo‘ljallanadi. O‘quvchilar  ular ustida ishlar ekanlar, ma’lum
bir   maqsadda   badiiy   asar   mutolaasi   jarayonida   tug‘ilgan   taassurotlarini
umumlashtiradilar,   badiiy   asarlarning   so‘z   san’atidagi   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
aniqlashga   urinib   ko‘radilar.   Masalan,   5-sinfda   Maqsud   Shayxzodaning   “Iskandar
Zulqarnayn”   ertak-dostonini   dars   jarayonida   tahlil   qilishdan   oldin   mazkur   asar
yuzasidan   o‘quvchilarning   tasavvurlarini   aniqlash   maqsadida   quyidagicha   taxminiy
savollar tuziladi: 
28 1. Asarda qanday voqealar tasvirlangan? 
2. Dostonda ishtirok etgan asosiy qahramonlar kimlar? 
3. Asar voqealari asosan qaerlarda bo‘lib o‘tadi? 
4. Ertak-doston nima uchun “Iskandar Zulqarnayn” deb nomlanadi?  
Ushbu savol ertak-dostonda qo‘yilgan masalalarni aniqlashga,o‘quvchilarning asar
qahramonlari tarkibi, syujet va kompozitsiyasi, xarakterlar evolyutsiyasi xususidagi  ilk
taassurotlarini   umumlashtirishga,   ba’zi   bir   muhim   muammolarni   nomuhimlaridan
ajratishga   yordam   beradi.   Bu   xildagi   taxminiy   savollar   asar   tahlilidan   oldin   berilib,
ma’lum ma’noda asar bilan tanishishga tayyorgarlik bosqichini o‘taydi. 
Tahliliy savollar tarzida tavsiya etilgan ikkinchi guruhga mansub savol-topshiriqlar
badiiy   asarning   umumiy   mazmunini   aniqlash   asosiy   qahramonlar   xarakteri
evolyutsiyasini   belgilash,   asar   kompozitsiyasi,   syujet   qurilishi   hamda   badiiy   til
xususiyatlarini   tahlil   qilishga   yordam   beradi.   “Oygul   bilan   Baxtiyor”   ertak-dostoniga
doir tahliliy savol va topshiriqlar quyidagi tarzda tuziladi: Ertak mutolaasidan so‘ng asar
matni   ustidagi   ish   “Nima   deb   o‘ylaysiz,   shoir   ertakning   birinchi   bo‘limini   bolalik
xotiralariga bag‘ishlanganligi sababi nimada bo‘lishi mumkin? Asardagi  
“Buvimning har qissasi, 
Har bir qilgan hissasi.  
Fikrimni tortar edi,  
Havasim ortar edi.” 
Misralarida   ko‘zda   tutilgan   mazmun   haqida   o‘ylab   ko‘ring.   Bo‘lajak   shoirga
buvisining qaysi ishlari bu qadar kuchli ta’sir ko‘rsatganligini ayting. Ertakdagi: 
“ Tinglar edim betinim, 
Uzun tunlar yotib jim. 
Seza olardim kuchin, 
Ko‘pi yolg‘on, ko‘pi chin.” 
satrlariga e’tibor bering. Gap nima haqida ketayotganligini anglating va shoirning
shunday   deyayotganligi   sababini   tushuntiring”   kabi   savol-topshiriqlarni   o‘rtaga
tashlashdan   boshlanadi.   Mazkur   tahliliy   savol-topshiriqlar     ustida   ishlanayotganda
asarning birinchi bandini qayta o‘qib berish ham mumkin. 
29 Ba’zi   o‘rinlarda   tahliliy   savollarning   mazmunitahliliy   savollarning   mazmunini
o‘quvchi   anglamay   qolishi   mumkin.   Shunda   o‘qituvchi   ularni   o‘quvchilarning   tiliga
yaqinlashtirishi, nisbatan jo‘nlashtirishi  ham mumkin. Toki savolda ko‘tarilgan masala
o‘quvchiga   tushunarli   bo‘lsin.   U   savolga   javob   berishi   uchun   matnning   qayeriga
qarashi,   nimalarni   eslashi   lozimligini   to‘liq   tasavvur   qila   olishi   kerak.   Shunda
o‘quvchining   javoblari   asosli,   salmoqli   bo‘ladi.   Fikri   qat’iylashadi.   Buning   uchun   u
matnni   o‘qituvchi   bilan   birga   ichdan   o‘qib,   matnning   o‘qituvchi   ta’kidlagan   joylariga
ma’lum belgilarni qo‘yib borishi talab qilinadi. 
Ertak mazmuni yuzasidan taqdim etilgan: 
“Asarda Darxon tilidan bayon etilgan: 
“Bosh ko‘tardik, zulmdan 
Bo‘lmoqchi edik ozod. 
Lekin bu gal bo‘lmadi, 
Ammo tilak o‘lmadi”. 
iqrori zamirida qanday ma’noni angladingiz? Darxon o‘ldi-ku, tilakning o‘lmagani
nimani   anglatadi?”   singari   tahliliy   savollar   o‘rtaga   tashlanganda   qul   Darxonning   xon
bilan   to‘qnashuvi   sahnasi,   uning   xonga   munosabati   sabablarini   o‘quvchilar   matnga
tayangan holda o‘zlari tahlil qilganlari ma’qul. Shunda ular qo‘zg‘olonchilarning tilagi
– zulmdan ozod bo‘lish ekanini, zulm, xorlik, qashshoqlik bir kun shunday yakunlanishi
aniq ekanini o‘zlari kashf etadilar. “Xon qovog‘ini uydi, Bulutlar yomg‘ir quydi” tasviri
zamiridagi badiiy ma’noni topishga yo‘naltirilgan topshiriqda o‘quvchilar matnning shu
o‘rniga murojaat qiladilar. Xonning   qovog‘ini uyishi bilan osmonning yomg‘irli holati
o‘rtasidagi   o‘xshashlikni   ularning   biri   bo‘lmasa,   biri   topadi.   O‘qituvchi   bu   holat
shoirning   mahorati   ekanini   bir   og‘iz   so‘z   bilan   bildirib   qo‘ygani   ma’qul.   Ozodlik   sari
Darxondek   mard,   dovyurak   odamlar   yo‘l   boshlaydilar.   Shunday   odamning   farzandi
bo‘lmish Oygulning taqdirga tan berib, xon saroyida yashab qolishi mumkin emas edi.
Dovyurak kishilarning do‘stlari  ham  ko‘p bo‘ladi. “Qora kun”da, g‘amda insonlar  bir-
birlariga yaqinlashadilar, birlashadilar. G‘am-alam nafaqat odamlarni, hatto hayvonlarni
ham birlashtiradi. O‘quvchilar ertakdagi:                
“Qaldirg‘och qoshlaridan”
30 To‘yib qaroshlaridan.
Hayot sochilar edi,
Gullar ochilar edi. 
tarzidagi   misralar   kim   haqda   ekanini   va   nima   uchun   shunday   ifodalanganligini
o‘ylab ko‘ring  topshiriq  bajarish uchun matndan shu o‘rinni topgan o‘quvchilar uning
Oygul   haqida   ekanini   darrov   anglaydilar.   Uning   shunday   qarashi,   bu   qarashlardan
“hayot   sochilishi,   gullar   ochilishi”   sababini   ham   o‘zlaricha   topishga   urinadilar.
O‘quvchilar   bu   bilan   o‘z   ma’naviy   kamolotlarini   tezlashtirishda   ishtirok   etadilar.
Susambilga ketmoqchi bo‘lgan jambilliklarga “Oygul  nazar  tashladi, Shunday bir so‘z
boshladi : Zolim xon quchdi o‘lim,                           
Endi sizga yo‘q zulm.                            
El, osoyish yasharsiz. 
Va bekoyish yasharsiz.                           
Susambilni qo‘yinglar .
Va Jambilni suyunglar.                            
Sizni kidir tuprog‘i,  
Sizniki toshu tog‘i. 
Xon bo‘lmasa Jambilda, 
Qayg‘u ham bo‘lmas dilda,
Mana bu ota Tarlon                          
Hammamizga bosh bo‘lur.                           
Sizlar uchun berur jon.                          
Har   yerda   yo‘ldosh   bo‘lur.   Bu   gaplari   bilan   Oygul   vatandoshlariga   yurt,   uning
tuprog‘i, toshigacha azizligi, o‘zgalarning Susambilidan o‘zlarining Jambilini qanchalar
baland   turishini   ta’kidlaydi.   Bu   hayotiy   haqiqatni   o‘quvchilar   ham   anglashlari
maqsadga   muvofiq.   Chunki   asl   farzand   kambag‘al   yurtni   tashlab   qochmaydi,   balki
qo‘lidan   kelganicha   uni   farovon   qilishga   intiladi.O‘qituvchi   tomonidan   o‘rtaga
tashlanadigan   “Siz   o‘qigan   “Susambil”   ertagi   bilan   doston-ertakdagi   Susambil   yurti
o‘rtasida   yaqinlik   bormi?”-savoli   o‘quvchilarni   o‘tgan   darslarda   olgan   bilimlarini
mustahkamlashga   xizmat   qiladi.   Bu   takrorlash   o‘z   navbatida   ularni   ta’limning
31 taqqoslash,   qiyoslash   metodlarida   ishlashga   o‘rgatadi.   Bundan   tashqari,   shoirning
o‘zbek   xalq   ertaklarini   yaxshi   bilgani,   ertakning   dastlabki   bobida   aytganlari   nechog‘li
haqiqat  ekanidan  dalolat   hamdir. Asarning  mazmuni  yuzasidan   tuzilgan tahliliy  savol-
topshiriqlarning   har   birida   o‘quvchi   diqqatini   qaratishi,   uning   shuuridan   o‘qishi,
ko‘ngliga   o‘rnashib   qolishi   kerak   bo‘lgan   lavhalar,   fikrlar   bo‘lishi   zarur.   Asarning
badiiy jihatdan go‘zal chiqqan o‘rinlari savol-topshiriqlarda o‘z aksini topishi, ularning
har   biriga   badiiy,   axloqiy,   ijtimoiy,   ma’naviy   yuk   qo‘yilishi,   ularning   har   biri
o‘quvchini   asar   matnini   shunchaki   takrorlashga   emas,   u   haqda   o‘ylashga,   mulohaza
yuritishga,   tasavvur   qilishga   yo‘naltiradigan   tarzda   bo‘lishi   zarur.   Ertak   mazmuni
yuzasidan   o‘qituvchi   tomonidan   o‘quvchilarga   taqdim   etiladigan   tahliliy   savol-
topshirqlar:  
1.O‘ylab ko‘ringlar-chi, ertakdagi:                       
Qora kunda qul Tarlon                        
Qizga qayg‘udosh keldi,
G‘amiga yo‘dosh keldi.  
satrlarida “qora kun” birikmasi nimani ifodalayapti? 
2. O‘tinchi chol: “hovliqib, bo‘lib xushhol qaqqayib turib qoldi.
Nega shunday ekanini tushuntiring.  
3. U yo‘q edi o‘zida,                       
Bir sandiq suv yuzidi.                       
Lopillab kelar edi,                          
To‘lqinda yelar edi.                       
Olmayin ikki ko‘zin                      
Yerini solib darhol,                         
       Sandiq ketidan o‘zin ,
       Daryoga tashladi chol. 
       tasviriga tayanib cholning qanday odam ekanligi haqida fikr ayting.
4. Oxirida qiz turib,                     
Yerga qadar bukilib,                     
Ularga ta’zim qildi                   
32    Cholga qarab egildi.
  misralarida   xonlarga   bo‘yin   egmagan   qizning   podachilarga   ehtirom   ko‘rsatishini
qanday tushundingiz? 
5. Oygulning tabiatini anglashga yordam beradigan quyidagi satrlar:                         
    Ikki katta halqalik,                        
   Gavhar topuvdi unda.                         
   Qadrini bilgan edi, 
   Ehtiyot qilgan edi, 
-misralarida nima haqida gap ketayapti?
 6.Oygul ulardan qanday foydalandi? 
7. Bu, sizningcha, nimadan dalolat beradi? 
8.   Eslab   ko‘ring-chi,   Susambil   mamlakati,   uning   o‘ta   obodligi   haqida   yana   qaysi
ertakda o‘qigansiz?
  9.     Susambil   degan   mamlakat   borligiga   ishonasizmi   yoki   har   qanday   ozod   va   obod
yurtni Susambil deb atasharmikin? 
10.   Oygul   bilan   Baxtiyorning   tabiatiga   xos   xususiyatlarni     sanang   va   o‘xshash
tomonlarini ko‘rsating, tarzida taqdim etilsa, o‘quvchilarda ertak mazmunini chuqurroq
anglash imkoniyati tug‘iladi. Bundan tashqari, badiiy asarlar mohiyatiga shu tariqa kirib
borgan   o‘quvchilar   keyinchalik   badiiy   asarlarni   shunchaki   o‘qimaydilar.   O‘qituvchi
oxirgi   topshiriqni   uy   vazifasi   sifatida   ham   berishi   mumkin   .   Yana   shuni   alohida
ta’kidlash   joizki,   o‘qituvchining   bu   kabi   savoltopshiriqlariga   sinfdagi   hamma
o‘quvchilar javob berishlari shart emas. Ma’lumki, Xudo har kimga har xil qobiliyat va
imkoniyat ato qilgan. Bilimlarni har bir o‘quvchi o‘z imkoniyati doirasida o‘zlashtiradi.
O‘quvchidan   imkoniyatidan   ortiqcha   bilimni   talab   qilish   uni   ta’lim   olishidan   bezdirib
qo‘yishi   mumkin.   Shuning   uchun   o‘qituvchi   savollariga   javob   berolgan   o‘quvchilarni
rag‘batlantirishi,   buning   uddasidan   chiqolmaganlarni   esa   zo‘rlamagani   ma’qul.Ular
boshqa   –   o‘z   imkoniyatlari   doirasidagi   topshiriqlarni   va   shu   asosda   baholanishlari
maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Uchinchi   guruh   savol-topshiriqlar   umumlashtiruvchi
xususiyatga   ega.   Ular   asarning   ijtimoiy-tarixiy,   badiiy-tarbiyaviy   mohiyatini   ochish,
yozuvchining uslubi, badiiy mahorati, qirralarini aniqlashga yo‘naltirilishi bilan muhim
33 ilmiymetodik   ahamiyat   kasb   etadi.   Umumlashtiruvchi   savol   va   topshiriqlardan   biror
yozuvchi ijodining boshqa yozuvchilar ijodidan farqli jihatlarini taqqoslab o‘rganishda,
katta   hajmli   badiiy   asarni   yoki   yozuvchi   ijodini   to‘la   o‘rganib   bo‘lgandan   keyin
takrorlash   va   mustahkamlash   darslarida   foydalanish   mumkin.   Har   qanday   darsning
o‘quvchilar   uchun   jonli   va   qiziqarli   o‘tishi   ko‘p   jihatdan   ularga   beriladigan   savol   va
topshiriqlarning   mazmuni   hamda   maqsadiga   bog‘liq.   Har   bir   mavzu   yoki   badiiy   asar
yuzasidan beriladigan savol va topshiriqlar o‘quvchilar uchun tushunarli, aniq va lo‘nda
bo‘lini kerak. Savol va topshiriqlarning haddan tashqari maydalab yuborilishi darsning
zerikarli   bo‘lishiga   olib   keladi.   Bunday   hol   o‘quvchilarning   asosiy   masala   qolib,
ikkinchi   darajali   masalalar   bilan   shug‘ullanishiga   sabab   bo‘lardi,   ularni   darsda   ko‘zda
tutilgan asosiy maqsaddan chalg‘itadi, mustaqil  fikrlashga yo‘l  bermaydi. Shuningdek,
savol   va   topshiriqlarning   an’anaviy   so‘rovnomalar   shaklida   “Ha”   yoki   “Yo‘q”   tarzida
javob   berishga   mo‘ljallab   tuzilishi   ham   metodik   jihatdan   o‘zini   oqlamaydi.   Savol   va
topshiriqlarning sodda-murakkabligidan qat’iy nazar, o‘qituvchilar maxsus tayyorgarlik
ko‘radilar.   O‘qituvchi   o‘zining   pedogogik   tajribasidan   kelib   chiqqan   holda   savol   va
topshiriqlarni   mazmunini   o‘rganishga   kirishishdan   oldin,   o‘rganish   davomida   yoki
mavzu   bilan   tanishganidan   so‘ng   berish   mumkin.   U   yoki   bu   mavzuni   o‘rganish
jarayonida   beriladigan   savol   va   topshirqlar   ko‘proq   diologik   xarakterda   bo‘lgani,
o‘quvchilarning   diqqat-e’tiborini   asosiy   masalaga   qaratishga   yordam   beradi,   faollikka
o‘rgatadi, uzoq vaqt mulohaza yuritishni taqozo qilmaydi.
Mavzu   bilan   tanishgandan   so‘ng   beriladigan   savol   va   topshiriqlar   o‘quvchilardan
mulohaza   yuritishni,   o‘z   fikrini   mantiqiy   izchillik   va   misollar   bilan   dalillashni   taqozo
etadi.   Buning   uchun   o‘quvchilar   savol   va   topshiriqlarda   bayon   etilgan   muammolarni
puxta   o‘rganib   chiqishlari,   matn   bilan   tanishish   jarayonida   o‘zlashtirgan   bilimlarini
umumlashtirishlari,   muayyan   tizimga   solishlari   lozim.Nazariy   va   metodik   jihatdan
to‘g‘ri   qo‘yilgan   savol   va   topshiriqlar   o‘quvchilarda   mavzuni   o‘zlashtirish   orqali
dunyoqarashni   shakllantirshga,   yozma   va   og‘zaki   nutqni   rivojlantirishga,   ularning
ma’naviy   kamolotini   boyitishga   xizmat   qiladi.   5-sinfda   o‘rganilishi   ko‘zda   tutilgan
“Kichkina   shahzoda”   ertak-qissasi   bo‘yicha   o‘qituvchi   tomonidan   tuzilgan   savol-
topshirqlar shu jihatdan talabga javob berishi mumkin. Asar  to‘liq o‘qib bo‘linganidan
34 so‘ng,   keyingi   darslarda   uning   matniy   tahliliga   kirishiladi.   Gap   ana   shu   tahlilning
qanday   metod   va   usullardan   foydalanib   amalga   oshirilishida.   “Kichkina   shahzoda”
ertak-qissasi   dunyodagi   ko‘p   tillarga   tarjima   qilingan.   Unda   Antuan   de   Sent-
Ekzyuperining   nihoyatda   nozik   qalbli,   xayolot   olami   boy,   sog‘lom   mantiq   asosida
yashaydigan o‘zga sayyoralik bolakay timsolini yaratgan. Kichkina shahzoda   yaxshini
yomondan,   go‘zalni   xunukdan   farqlay   olmaydigan,   fantaziyasi   qotib   qolgan   kattalar
ruhiyatini   tushunmaydi.   Asarda   hodisalarga   tor   manfaat   yuzasidan   qaraganligi,   bag‘ri
keng bo‘lolmagani uchun bir-birini anglamay, bir marta beriladigan hayotda maza qilib
yashash   o‘rniga   urushlarni,   qirg‘inlarni   o‘ylab   topadigan   kattalar   shahzodaning
kinoyaviy   nazari   bilan   tasvirlanadi.   O‘quvchilarga   asardagi   mana   shu   haqiqatlarning
kashf etilishiga ko‘maklashish kerak. Buning uchun o‘qituvchiga asar matni yuzasidan
tayyorlangan   savol-topshiriqlar   yordam   beradi.   Darslikda   taqdim   etilgan   savol
topshiriqlar   bilan   o‘quvchilar   asarning   mohiyatiga   kira   olmaydilar.   Shuning   uchun
o‘qituvchi asar matnidagi diqqatga sazovor o‘rinlarni savol yoki topshiriqqa aylantirib,
o‘quvchilarning   e’tiborini   asarga   qaratishi   kerak   bo‘ladi.Asar   tahlilining   asosiy   quroli
bo‘lmish   savol-topshiriqlarning   dastlabkisi   “qissa   qahramoni   chizgan   rasmga
kattalarning   munosabati   ularning   jo‘g‘rofiya,   tarix,   arifmetika   va   husnixatni   o‘rganib
mustaqil mulohaza yuritishlari kerak bo‘ladi. Avvalo, jungli haqida xayol surish uchun
u haqida biror narsa bilish kerak. O‘sha sarguzashtlarni tasavvur qilish kerak. Kishining
xayolot   olami   chegara   bilmaydi.   Xayolda   aqlga   sig‘maydigan   ishlar   ham   oppa-oson
sodir   bo‘laveradi.   Hikoyachini   rasm   chizishga   undagan   narsa   ham   undagi   xayol
ufqining kengligi bo‘lsa ajabmas. Maslahat bergan, uzoqni ko‘ra biladigan kattalarning
haq   ekani   ko‘rinib   turgan   bo‘lsa-da,   ular   nafaqat   asar   qahramoniga,   balki   shu   ish
borasida   bergan   maslahatlari   hamda   shu   sababli   rassomchilikning   porloq   istiqbolidan
voz   kechishga   majbur   bo‘lgani”ga   o‘z   munosabatingizni   bildiring!-topshirig‘iga   javob
berish uchun o‘quvchilar  mustaqil muloha  yuritishlari  kerak bo‘ladi.
Avvalo, jungli haqida xayol surish uchun u haqida biror narsa bilish kerak. O‘sha
sarguzashtlarni   tasavvur   qilish   kerak.   Kishining   xayolot   olami   chegara   bilmaydi.
Xayolda aqlga sig‘maydigan ishlar ham oppa-oson sodir bo‘laveradi. Hikoyachini rasm
chizishga undagan narsa ham undagi xayol ufqining kengligi bo‘lsa ajabmas. Maslahat
35 bergan,   uzoqni   ko‘ra   biladigan   kattalarning   haq   ekani   ko‘rinib   turgan   bo‘lsa-da,   ular
nafaqat   asar   qahramoniga,   balki   shu   darsda   o‘tirganlarga   ham   yoqmasligi   mumkin.
Lekin   baribir,   kattalar   haq   ekanini   o‘quvchilar   ichdan   tuyib   turadilar.   O‘qituvchi
o‘quvchilarning javoblaridan buni ilg‘ashi mumkin. Lekin kattalarning “aqlliligi” bilan
shakllanib kelayotgan iste’dod yo‘qqa chiqariladimi? Kattalar bu bilan hisoblashishlari
mumkinmidi?   O‘quvchilar   shular   haqida   ham   o‘ylab   ko‘rsinlar.Muallifning   bolalikda
chizgan   dastlabki   surati   haqida   kattalrning   “Shlyapaning   nimasi   qo‘rqinchli   ekan?”
shaklida  munosabat  bildirishlari   sababi  haqida  o‘ylab  ko‘ring.  Bu  borada  o‘zingizning
dastlabki   “suratchi”   ligingizga   tayaning,   topshiriqlari   o‘quvchilarni   o‘z   atrofidagi
kattalarga   asar   qahramoni   nazari   bilan   qarashga   undaydi.   Masalaga   chuqurroq
yondashishga   qodir   o‘quvchilar   o‘z   hayotidagi   har   xil   vaziyatlarga,   voqealarga
kattalarning   munosabatini   bildirib,   uni   o‘z   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqib   baholaydi.
Balki   bu   haqda   o‘rtoqlariga   so‘zlab   ham   berar.   O‘qituvchi   Ushbu   vaziyatni,   garchi
asosiy ishdan bir oz chalg‘ilsa-da, qo‘ldan chiqarmasligi  kerak. Hikoyachining:  “Axir,
kattalarga   hamma   narsani   doim   tushuntirib   berish   kerak-da”,-degan   ta’kidiga   qanday
munosabat bildirasiz? Siz ham shunday deb o‘ylaysizmi? – savoli o‘quvchilarni bir oz
o‘ylantirishi   tabiiy,   ko‘pincha   bizning   bolalar   nazarida   kattalar   hamisha   haq   va   ular
hamma narsani biladilar. Ekzyuperining qahramoni esa kattalarni tanqid ostiga olyapti,
endi   o‘quvchilarda   ikki   xil   qarash   paydo   bo‘ldi.   Ular   o‘zligi   va   hikoya   qahramonini
qiyoslashi, taqqoslashi  mumkin. Ayrimlar qay biri to‘g‘ri ekanini ajratolmay, mavhum
bir   holatda   tahlilda   ishtirok   etaveradi.     Lekin   bu   ikkilanish   ham   ularning
shaxsiyatigao‘z ta’sirini ko‘rsatishi tayin.        
“Qahramonning   :   “Kattalar   hech   qachon   o‘zlaricha   Biron   narsani   tushuna
olmaydilar,   ularga   ha   deb   hijjalab   tushuntirib   beraverish   esa   oxir-oqibat   bolalarning
ham   joniga   tegib   ketadi”,   -   degan   fikrini   qanday   tushundingiz?   Aslida,   hazilomuz
yo‘sindagi bu fikrda ham asar qahramoni haq. Bolalar o‘zlarining har bir qilgan nojo‘ya
ishlari uchun kattalarga hisob   beraverishdan  charchaganlarini eslab, asar  qahramonini
yaxshi ko‘rib qolishlari ham mumkin. Va bu, ehtimol, yaxshidir.Chunki o‘quvchilar va
adabiy   qahramon   bir-birlarini   tushunib   borishyapti.   O‘quvchining   mustaqil   mulohaza
yuritishga   undaydigan   navbatdagi   topshiri,  ya’ni   hikoyachining     Kattalar   orasida   uzoq
36 vaqt  yashadim,   ularni   yaqindan ko‘rdim,  bildim. Va  bundan, tan  olishim   kerakki,  ular
haqidagi   fikrim   yaxshi   tomonga   o‘zgarmadi,”   –   degan   xulosasiga   e’tibor   qiling.
“Asarda kattalar va bolalarning bu tarzda qarama-qarshi qo‘yilayotganligi sababi haqida
o‘ylab   ko‘ring”,   -   topshirig‘i   o‘quvchilarni   ancha   o‘ylantiradi.   Avvalo,   “kichkina
rassom”ning   kattalar   haqidagi   fikri   qanaqa   ekanini   bolalar   bir   esga   olinglar.   So‘ng
qahramonning ikkala holatdagi munosabatlariga,  qarama-qarshilikning sababiga e’tibor
qaratiladi.   Shahzodaning   nazarida   kattalar   bolalarni   tushunmaydilar,   kattalarning   o‘z
belgilab   olgan   yo‘llari   bor   va   bolalar   xohlaydilarmi-yo‘qmi,   bundan   qat’i   nazar,   shu
yo‘ldan   borishlarini   talab   qiladilar.   Ular   hayotiy   tajribalari,   bilimi   va   aqli   borasida
bolaga nisbatan uzoqroqqa qaraydilar, kichiklarning fe’l atvori, qiziqishlari, intellektual
imkoniyatlarini   hamisha   ham   hisobga   olib   o‘tirmay,   mantiqan   kelib   chiqib,   o‘z
talablarini   qo‘yadilar.   Holbuki,   bolakaylar   –   xayolot   kishilari.   Oradagi   qarama-
qarshilikning sababi ham shunda. Yuqoridagi: “Men shu tariqa yolg‘izlikda yashardim,
dilimni   anglaydigan   biror   hamdardim   yo‘q   edi...”   –   shaklidagi   anduhli   xulosa   haqida
o‘ylab ko‘ring.Hikoyachining   yolg‘izligi sababi nimada deb o‘ylaysiz? – degan savol-
topshiriq ustida ishlash uchun ham o‘quvchilar o‘ylashga majbur bo‘lishadi. Kattalardek
mulohaza yuritadigan “kichkina” qarashlarini o‘ziday qabul qiladigan hamdard yo‘qligi
tufayli   o‘zini   yolg‘iz   deb   hisoblaydi.   Chindan   ham,   kishining   atrofida   hamfikr,
dildoshodamlar   bo‘lmasa,   u   o‘zini   yolg‘iz   sezadi.   Uning   bu   holatini   vaziyatidan   kelib
chiqib,   kattaoar   ham,   kichiklar   ham   tushunishi,   uning   anduhli   xulosasiga   qo‘shilishi
mumkin.   “Kichik   shahzodaning   hikoyachidan   aynan   qo‘zichoq   chizib   berishni
so‘raganligi  sababi  haqida  mulohaza  yuriting.  Sizningcha,  qo‘zichoqda  qanday  ramziy
ma’no bor?” savoliga javob berish uchun o‘quvchilar matnga murojaat qiladilar.   
Kichik shahzodaning iltimosi sababi va qo‘zichoqdagi ramziy ma’no  shahzoda va
hikoyachi   o‘rtasidagi   suhbatda   anglashilishi   zarur.   Agar   o‘quvchilar   buni   ilg‘ay
olmasalar,   o‘qituvchi   shu   topshiriqni   uy   vazifasi   sifatida   berishi   mumkin.   Ular
o‘ylashda   davom   etsinlar.   “Shahzodaning   bo‘g‘ma   ilon   va   fil   suratini   ko‘rib:   Yo‘q,
Yo‘q! Menga ilon ham, fil ham kerak emas! Ilon haddan tashqari xavfli, fil esa haddan
tashqari katta,” – deya munosabat bildirgani haqida nima deya olasiz? Bolalar bir-birini
deyarli   hamisha   tushunadilar.   Shahzodaning   rasmda   ifodalagan   tasvirni   darhol
37 anglagani   ham,   unga   munosabat   bildirgani   ham   shundan.   O‘quvchilar   shuni   bilishlari
kerak.   Ular   bunday   mulohaza   yuritishga   balki,   hozircha   qodir   emasdirlar,   lekin   ularni
shunga   yo‘naltiradi.   Shu   o‘rinda   o‘quvchilarning   diqqati   shahzodaning   hikoyachi
chizgan suratlarga bildirgan e’tirozlariga bolaning diqqati tortilishi kerak.      
“U rasmni sinchiklab ko‘zdan kechirgach:     
–Yo‘q, bu qo‘zichoq judayam oriq-ku, - dedi . 
– Boshqasini chizib ber. Men boshqa qo‘zichoq rasmini chizdim. 
Yangi do‘stim xushfe’llik bilan muloyim jilmayib qo‘ydi. 
– Bu qo‘zichoq emas-ku, - dedi u.
–O‘zing ham ko‘rib turibsan-a, 
Qo‘chqor-ku bu. Ana shoxi ham bor... 
Men qo‘zichoqni tag‘in boshqatdan chizdim. 
Biroq, bu rasm ham unga ma’qul bo‘lmadi. 
– E, buning o‘lguday qari-ku. 
Menga uzoq yashaydigan qo‘zichoq kerak.” 
O‘quvchilar   shu   o‘rinda   chizilgan   rasmni   bunchalik   oson   tushunib,   tez   tahlil   qila
oladigan kichik shahzoda bilan rasmlarni shlyapa degan kattalarni taqqoslashlari kerak.
Ular   buning   sabablari   haqida   o‘ylasinlar.   Balki   kattalar   katta   bo‘lgani   uchun
tushunmagandir?   Balki   kattalar   bilan   bolaning   yoshi   orasidagi   masofa   juda   uzoqdir?
Balki   kattalar   hayot   tashvishlari   va   muammolari   bilan   bo‘lib,   bolalardan   juda   ham
uzoqqa ketib qolishgandir?
O‘quvchilarning   mulohazalari   shu   yo‘sinda   kechsa,   yo‘nalish   to‘g‘ri   belgilangan
bo‘ladi.Qo‘zichoqni kunduzlari bog‘lab qo‘yish uchun arqon bermoqchi ekanini eshitib:
“kichkina shahzodaning qoshlari chimirilganligi sababi  haqida o‘ylab ko‘ring. Bog‘lab
qo‘yasan?   Nima   keragi   bor   buning?”,   -   degan   savollariga   tayanib,   shahzodaning
“qanday   bola   ekani   haqida   fikr   bildiring,   topshirig‘i   ham   o‘quvchilarni   anchagina
o‘ylantiradi.   O‘quvchilarning   e’tiborini   yerliklarning   nazari   bilan   o‘zga   sayyoraliklar
ko‘z qarashi orasidagi tafovutda,  ularning har biri o‘z sharoit va imkoniyatlariga qarab
ish   tutayotganiga   har   tortish   kerak.   Shunday   narsalar   bo‘ladiki,   ular   bilan   hamma
38 kattalar ham, bolalar ham hisoblashishi kerak. Ehtimol, kichkina shahzoda o‘z sayyorasi
juda kichik bo‘lgani uchun shunday deyayotgandir.
Balki   qo‘zichoqning  ozodligiga  daxl  qilmaslik  uchundir. Buni   o‘quvchilar   o‘zlari
aniqlaganlari va fikrlarini asoslaganlari ma’qul.      
1909-yilda   yangi   sayyorani   kashf   qilgan   olim   haqidagi:   “O‘shanda     astronom
ajoyib kashfiyoti haqida xalqaro astronomiya kongressida ma’ruza qilgan, ammo uning
gapiga   biror   kimsa   ishonmagan,   chunki   u   turkcha   kiyingan   edi”   tarzidagi   izoh   haqida
o‘ylab   ko‘ring.   Gap   til   haqida   emas,   kiyim   to‘g‘risida   ekaniga   e’tibor   qiling”,   “O‘sha
astronom   1920-yili     kashfiyoti   haqida   tag‘in   ma’ruza   qildi.   Bu   safar   u   eng   so‘nggi
modada   kiyingan   edi   –   hamma   uning   gapini   ma’qulladi”   kabi   xulosasini   yuqoridagisi
bilan   solishtiring.   Kattalar   qaroridagi   mantiq   haqida   o‘ylab   ko‘ring”-   topshiriqlarida
ham   shahzodaning   kattalar   haqidagi   tasavvuri   namoyon   bo‘ladi.   Bu   masalaga
o‘quvchilar   o‘zlarining   jajjigina   hayotiy   tajribalariga   asoslanib   javob   berishga
undasalar, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Asardagi:   “Ana   shunaqa   g‘alati   xalq   bu   kattalr.   Ular   xafa   bo‘lib   o‘tirishga
arzimaydi. Bolalar kattalarga nisbatan kengfe’l va kechirimli bo‘lishlari lozim”, - degan
xulosaga munosabat bildiring” – topshirig‘idagi talabni o‘quvchilar ham boricha qabul
qilganlari ma’qul. Bolalikdan kengfe’llikni, kechirimlilikni o‘z tabiatlariga singdirishni
eplay olsalar, bizdan keyingi avlod bizdan yaxshiroq bo‘lishiga kafolat berish mumkin.
Asardagi: “dunyoda do‘stlarni unitib yuborishlan ham qayg‘uliroq narsa yo‘q”, - degan
xulosaga   munosabatingizni   bildiring”,   “hikoyachining:   “...   afsuski,   men   quticha
devorlari aro qo‘zichoqni ko‘rishga qodir emasman. Balki men kattalarga ozroq o‘xshab
ketarman”   tarzidagi   anduhi   sababi   to‘g‘risida   o‘ylab   ko‘ring”   topshiriqlariga   javob
berishda ham asar matniga tayanish kerak. Falsafiy mushohada qilishni talab qiladigan
bunday   topshiriqlar   o‘quvchi   dunyoqarashini   qashshoq   bo‘lib   qolishdan   asraydi,
“o‘quvchi   tafakkurini   zo‘riqtiradigan  bo‘lsa,   katta  metodi  ahamiyat  kasb   etadi”.  Lekin
5-sinf   o‘quvchilariga   mo‘ljallangan   savol   yoki   topshiriqlar   yuqoridagi   kabi   murakkab
tarzda   berilishi   ba’zi   o‘quvchilarda   kutilayotgan   natijani   yo‘qqa   chiqarishi,   ularni
mavhumot   oldiga   keltirishi   mumkin.   “Topshiriqlardan   maqsad   o‘quvchilarni   qiynash
emas,   balki   ularning   badiiy   matnni   imkon   qadar   chuqurroq   idrok   etishlariga   sharoit
39 yaratib berishdir”. Murakkab savol-topshiriqlar o‘quvchini o‘qituvchi ko‘magiga qaram
qilib   qo‘yishi   mumkin.   Bu   holda   o‘quvchida   o‘ziga   ishonmaslik,   dangasalik   illatlari
paydo   bo‘ladi.   To‘g‘ri,   o‘smir   o‘z   kuzatishlarida   narsa   va   hodisalarning   fahmiga
yetishda kattalarning yordamiga ehtiyoj sezadi. Agar ular ana  shu yordamdan mahrum
bo‘lsalar,   narsa   va   hodisalar   haqidagi   tasavvurlari   bir   tomonlama   bo‘lib   qolishi
mumkin. Gap shundaki, o‘quvchiga kerakli yordam o‘qituvchi tomonidan emas, darslik
tomonidan   berilishi   kutilayotgan   natijani   samarali   qiladi.   Chunki   o‘quvchi   topshiriqni
muallim buyrug‘ini bajarish uchun emas, balki o‘z kuchiga ishongan holda bajaradi.  
O‘qituvchi   o‘quvchilarga   uy   vazifasi   sifatida   o‘z   tasavvurlaridagi   shahzodani,
hikoyachi   va   uning   chizgan   suratlarini   chizishni   topshirishi   mumkin.   Yoki
o‘quvchilardan chizilgan suratlarga sharh berishni talab qilish ham mumkin. Har ikkala
topshiriqning   natijasi   ijod   mahsuli   hisoblanadi.   Ijod   esa   mustaqil   fikr   natijasi.
O‘qituvchi uni munosib baholay bilishi kerak bo‘ladi.     
O‘qituvchi   darsda   savol   va   topshiriqlarning   qaysi   turini   qo‘llamasin,   diqqat
markazida   adabiyot   predmetining  vazifalari   va   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   tutish   lozim.
Tajribalar   shuni   ko‘rsatadiki,   savol-topshiriqlar   quyidagi   talablar   asosida   tuzilsa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi:  
– o‘quvchilarni mustaqil va atroflicha fikr-mulohaza yuritishga yo‘naltirilishi; 
– ularning bilim saviyasi va hayotiy tajribasiga mos bo‘lishi; 
–   o‘quvchilarning   ilmiy   dunyoqarashi   va   ahloqiy   tushunchalarini   shakllantirishga
xizmat qilishi; 
– ularning badiiy-estetik tafakkurini yuksaltirishga yordam berishi; 
– nutqini boyitishi.    
Ammo   ko‘p   darsliklarning   mualliflari   savol   va   topshiriqlar   tuzishda
mutanosiblikka   hamisha   ham   qat’iy   amal   qilmaganlar.   Bu   holni   adabiy   ertaklar
yuzasidan   tuzilgan   savol-topshiriqlarda   umumiylik,   bir   xillikka   yo‘l   qo‘yilgan:
“Bulbul”   ertagining   qisqacha   mazmunini   bayon   qiling.   Undagi   qahramonlarni
tavsiflang. “Umr haqida ertak” asarining mazmunini so‘zlab bering. Sayyoh chol nima
maqsadda dunyo kezadi?  U o‘z izlagan narsasini topadimi?      
40 Shuningdek,  darslikda   “savol,   topshiriqlar   mualliflarning   o‘quvchi   og‘irini   yengil
qilishni   o‘ylab   qilgan   “mehribonlik”lari   tufayli   faktologik   xarakter   kasb   etib
qolmoqda”. Xususan, darslikda M.Shayxzodaning “Iskandar Zulqarnayn” ertak dostoni
bo‘yicha   7ta   savol   va     topshiriqlar   berilgan   bo‘lib,   shulardan   aksariyati   faktologik
xarakterda yoki savollarning javoblari darslikda mavjuddir: 
1.M.Shayxzodaning tarjimayi holini gapirib bering?
2. Shoirning qanday doston va she’riy to‘plamlarini bilasiz?
3.M.Shayxzodaning   dramatik   asarlaridagi   tarixiy   voqealar   va   tarixiy   shaxslar
haqida so‘zlab bering?
4. O‘zbek adiblaridan yana kimlarning she’riy ertak-dostonlari sizga tanish?
5.   Sharq   mumtoz   adabiyotida   Iskandar   siymosiga   qaysi   shoirlar   murojaat
qilishgan?
6. Nega Iskandar Rumiyni Iskandar Zulqarnayn deb aatashadi?
Yuqorida   aytganimizdek,   mazkur   savollarning   javoblarini   darslikdan   topish
mumkin. O‘quvchi birinchi savolni o‘qiydi, adib haqida berilgan matnda javob tayyor,
ikkinchi savolga keyingi satr boshini o‘qishi kifoya va hokazo. Yana o‘sha holat: bosh
qotirishning   hojati   yo‘q,   bolalar   tushunsa,   tushunmasa   aytib   bera   olishadi.   Bunday
holatni darslikdagi boshqa adabiy ertaklar yuzasidan tuzilgan savol topshiriqlarda ham
ko‘rish mumkun.Bunday “yaxshigina tuzilgan savol va topshiriqlar “tayyor osh pishirib
berish”ga   harakat   natijasida   o‘quvchilarni   fikr   boqimandalariga   aylantiruvchi   vositaga
aylanib qolgan”. Boshqa  vositalarga qaraganda darslik eng qiziq yoki  tushunishi  qiyin
bo‘lgan   o‘rinlarga   qaytish   va   ularni   keyinchalik   mukammal   o‘ylab   ko‘rish   imkonini
berishi  bilan  ustunlikka  ega.  O‘quvchining  doimiy hamrohi, uyda,  maktabda  xohlagan
vaqtda   foydalanishi   mumkin   bo‘lgan   darslik   o‘quvchida   yaxshi   xulq   tarkib   topishida
dastlab   o‘ziga   jalb   eta   oladigan,   qiziqtiradigan,   o‘ylantiradigan,   o‘tish   davri
yoshidagilarning   psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olgan   bo‘lishi   lozimdir.   Darslik
mualliflari   savol   va   topshiriqlir   tuzar   ekanlar,   o‘quvchini   zo‘r   berib   ishlatish   uchun
emas,   balki   uning   o‘z   ijodiy   qiyofasini   namoyon   etishga   sharoit   yaratib   berishni
ko‘zlashi kerak. Zero, savolga javob beruvchi, javobga olib boruvchi yo‘lni o‘zi topishi,
asar yuzasidan o‘ylanishi, fikr yuritishi va uni asosli ifodalab, himoya qilishi muhimdir.
41 Xullas, savol va topshiriqlar yordamida badiiy asar o‘zining chuqur mazmunini, go‘zal
badiiyatini   namoyon   qiladi,   o‘quvchi   ongining   qaysidir   nuqtasiga   joylashib,
xislatlarining   jilolanishiga   yordam   beradi.   U   asar   qahramonlarini,   murakkab   Insonni
tushunib   boradi.   “Agar   o‘qisang-u,   o‘ylamasang   –   chalkashib   ketasan   ..”   savol   va
topshiriqlarning   puxta   qo‘yilishi   adabiy   ta’limning   muvaffaqiyatini   belgilaydigan
mezonni, o‘quvchilarning badiiy asar ustida ko‘p ishlashini ta’minlaydi. O‘quvchilarda
qahramonlarning   fe’l-atvoridagi   ijobiy   va   salbiy   jihatlarni   tahlil   etish   orqali   ularni
ma’naviy   kamolotga   yo‘naltiruvchi   tarbiyaviy   maqsadni   amalga   oshirish   imkonini
beradi.
2.3.“ Uch og‘a-ini botirlar” ertagini o‘rganish .
Amaldagi   5-sinf   “Adabiyot”   darsligida   “Uch   og‘a-ini   botirlar”   ertagi   o‘rganish
uchun   tavsiya   etilgan.   Kechagina   boshlang‘ich   sinfni   tugatgan   va   hali   ertaklar
dunyosidan   uzulib   ulgurmagan   xayolparast   bolakaylarning   o‘rta   bosqich   adabiy
ta’limida   ham   ertaklar   bilan   tanishishi   ularning   shaxs   sifatida   shakllanishida   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   “Uch   og‘a-ini   botirlar”   ertagini   o‘qishga   kirishishdan   oldin
o‘qituvchi   keyingi   dars   “Ertak   darsi”   bo‘lishini,   unda   o‘quvchilar   o‘zlari   ertak
to‘qishlarini, darslikdagi ertakni o‘qishi, uning matni ustida ishlash jarayonida bo‘lajak
ertak   darsiga   material   yig‘ib   borish   lozimligi   aytiladi.   Bu   o‘quvchilarni
hayajonlantirishi   tabiiy.   Bundan   tashqari,   o‘qituvchining   ogohlantirishi   ularni   ertak
yaratish haqida o‘ylab yurishday faoliyat atrofiga birlashtiradi.  
O‘qituvchi   asar   matnini   ohangga   solib   o‘qib   beradi.   Ertakni   bolalarga   o‘qittirish
metodik   jihatidan   to‘g‘ri   tadbir   emas.   Hatto   o‘qituvchining   o‘zi   ham   ertakni   ifodali
o‘qishga   alohida   tayyorgarlik   ko‘rishi   shart.   Chunki   ertak   o‘qilish   yo‘sini   bilan
tinglovchilarni rom etib olsa, dars muvaffaqiyatli chiqishi aniq. 
Darslikda  ertak  matni  qisqartirib berilgan.  O‘qituvchi   “Uch  og‘a-ini  botirlar”ning
to‘la nusxasini topib, o‘quvchilarning bu ertak haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlariga
erishgani   ma’qul.   Ertakni   o‘rganish   uchun   dasturda   uch   soat   ajratilgan   bo‘lib,   asarni
o‘qish uchun 28-30 daqiqa sarflanadi. Qolgan vaqt matn mazmuni yuzasidan o‘qituvchi
tomonidan   taqdim   etilgan   savol-topshiriqlar   ko‘magida   asarni   tahlil   qilishga
42 bag‘ishlanadi.     Amaldagi   darslikda   ertakning   mazmuni   yuzasidan   berilgan   didaktik
ashyolar o‘quvchilarni matn mohiyatiga chuqur kirib borishlariga imkon bermaydi. Shu
bois o‘qituvchi ertak mazmuni yuzasidan quyidagicha savol-topshiriqlar tuzgani foydali
bo‘ladi: “Ertakning “Uch og‘a-ini botirlar” deb atalishining sabablari haqida fikringizni
ayting”   topshirig‘i   yuzasidan   o‘quvchilar   hech   qiynalmay   fikr   bildiradilar.   Lekin
“Otaning o‘g‘illariga aytgan: 
“Birinchidan, sog‘lom vujudli qilib o‘stirdim – quvvatli bo‘ldingiz. 
Ikkinchidan, yarog‘ bilan tanishtirdim – yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. 
Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim – botir bo‘ldingiz”,- tarzidagi so‘zlariga e’tibor
qiling.   Bu   so‘zlarning   yigitlar   tabiatiga   xos   xususiyatlarni   belgilashdagi   o‘rni   haqida
mulohaza   yuriting”   tarzidagi   ikkinchi   topshiriq   o‘rtaga   tashlanganda   o‘quvchilar
o‘ylanishi,   o‘zlarini   bir   oz   zo‘riqtirishi   kerak   bo‘ladi.   Bu   topshiriq   ularni   yigitlar
tabiatiga   xos   bo‘lgan   baquvvatlik,   yarog‘   ishlatishga   ustalik,   botirlik,   topqirlik,
zukkolik,   sinchkovlik   kabi   sifatlar   ularning   qaysi   ishlarida   ko‘ringanini   matndan
qidirishga   yo‘naltiradi.   O‘quvchilar   botirlarning   sher,   ajdar   va   o‘g‘rilar   bilan
to‘qnashuvdagi  qahramonliklari tasvirlangan lavhalarga murojaat qiladilar. Topshiriqni
bajarish   mobaynida   ular   botirlarning   shaxsi   bilan   bog‘liq   jihatlarni   kashf   qiladilar.
O‘qituvchi muntazam ravishda o‘quvchilardan fikrlarini matnga tayangan holda bayon
etishni,   aytganlarini   asardan   misollar   keltirib   asoslashni   talab   qilishi   bolalarni   ijodiy
fikrlashga   yo‘naltiradi.   Tarbiyalanuvchilar   otaning:   “sog‘lom   vujudli   qilib   o‘stirdim   –
quvvatli   bo‘ldingiz”   degan   gapi   zamirida   qanday   haqiqat   borligi,   sog‘lom,   baquvvat
bo‘lib  o‘sishning   garovi   nimada ekanligi,  bunda  otaning vazifasi  nimalardan iboratligi
haqida ham o‘ylab ko‘rsinlar. Buning uchun o‘qituvchi shu tasvirni savolga aylantirib,
ota   tarbiyasidagi:   “Qo‘rqitmay   o‘stirdim   –   botir   bo‘ldingiz”   tarzidagi   jihatda   nimalar
nazarda   tutilganiga,   “qo‘rqitmay   o‘stirish”ning   ma’nosini   chaqishga   o‘quvchilar
e’tiborini   qaratgani   ma’qul.   O‘quvchilar   bu   ibora   zamiridagi   ma’noni   qanday
tushunadilar? Bular – ertak zamiriga singdirilgan milliy tarbiyaning asoslari. O‘qituvchi
buni     e’tbirdan     chetda   qoldirishi   mumkin   emas.   Qadimda   yarog‘   ishlata   bilish,   ot
minish   ham   yigit   kishining   fazilatlaridan   hisoblangan.     Ikkinchi   darsda   asar   tahlilini
davom   ettirib,   o‘quvchilar   otaning:   “To‘g‘ri   bo‘ling   –   bexavotir   bo‘lasiz.   Maqtanchoq
43 bo‘lmang   –   xijolatga   qolmaysiz.   Dangasalik   qilmang   –baxtsiz   bo‘lmaysiz”   tarzidagi
nasihatiga   o‘z   munosabatlarini   bildiradilar.   Otaning   har   bir   gapini   o‘zlaricha   tahlil
qiladilar.   To‘g‘ri,   o‘quvchilarning   bu   nasihat   mazmuni   borasida   fikrlari   sodda,   o‘z
bilganlari   doirasida   bo‘ladi,   albatta.   Fikrlar   o‘qituvchi   yoki   boshqa   kattalarning
qarashlariga nisbatan  jo‘nroq bo‘lishi  tabiiy. Lekin muhimi  – o‘quvchida  fikrning, o‘z
qarashining   shakllanib   borishidir.   Uning   o‘qituvchi   tomonidan   to‘ldirilishi,   tuzatilishi
metodik   jihatdan   to‘g‘ri   bo‘lmaydi.   Bu   o‘rinda   o‘qituvchining   vazifasi   fikr   kishisini
rag‘batlantirish, yangi qo‘shimcha savollar bilan uning ichidagi gaplarini chiqarib olish,
bir-birlarining  fikrini takrorlarsiz to‘ldirishga o‘rgatish, xato ketgan o‘rinlarini o‘zlariga
topdirish, kamchiliklarini o‘zlari anglab, o‘zlari tuzatishlariga imkon yaratishdan iborat.
O‘quvchilar   otaning   aytganlari   mohiyatiga   kirishlari,   to‘g‘rilik   mahsuli   bo‘lgan
xotirjamlikning,   maqtanchoqlik   tufayli   hijolatga   qolishning,   dangasalik   oqibatida
baxtsiz   bo‘lishning   nima   ekani   haqida   tasavvurga   ega   bo‘lishlari   uchun   bu
tushunchalarning mazmuni haqida: “To‘g‘rilik deganda nimani tushunasiz?”, “Hijolatga
qolish   degani   sizningcha   nimani   anglatadi?”,   “Dangasalik   nimalarda   ko‘rinadi?”,   “Siz
baxtsizlikni   qanday   tushunasiz?”   kabi   qo‘shimcha   savollar   bilan   o‘ylab   ko‘rishga
yo‘naltiriladi.   Shu   tariqa   tushunchalarning,   ular   yordamida   ertakning   mohiyatiga   kira
borib o‘quvchilar o‘zlarining tarbiyalanishi  jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Ya’ni
o‘qituvchisining   ko‘magi,   yo‘naltirishlari   asnosida   o‘zlarini   o‘zlari   tarbiyalaydilar.
Og‘a-inilarning   o‘z   sarguzashtlarini   bir-birlariga   ham   darrov   aytib   bermaganliklari
ularga   xos   yana   qanday   fazilatning   belgisi   ekanini   o‘quvchilar   o‘zlari   kashf   etsinlar,
maqtanchoqlik   yot   bo‘lgan   botirlarning   og‘ir-bosiqligi,   kamtarligiga   munosabat
bildirsinlar.   Botirlarga   xos   bo‘lgan   bu   fazilatlar   o‘quvchilarning   havasini   qo‘zg‘ashi
tabiiy.   Ayniqsa,   bolalik   paytida   u   yaxshilarga,   kuchlilarga   havas   qiladi.   Bu   –   fazilat.
O‘quvchilarda   shunday   fazilatlarni   shakllantirish   adabiyot   darslarining   vazifasidir.
Buning   uchun   matn   yuzasidan   o‘quvchilar   e’tiborini   shunday   tuyg‘ularni
qo‘zg‘otadigan, ruhiyatini muvozanatdan   chiqaradigan savol-topshiriqlar berib borilsa,
kifoya.   Ko‘rinib   turibdiki,   o‘qituvchidan   ortiqcha   narsa   talab   qilinayotgani   yo‘q.
Qahramonlarga   xos   bo‘lgan   ijobiy   sifatlarga   havas   uyg‘otib,   ularning   fazilat   ekani
o‘quvchilar ko‘ngliga joylansa, ular bola ma’naviyatida, albatta, iz qoldiradi.  
44 “Kenja   botir   sarguzashtlariga   e’tibor   bering.   Uning   o‘g‘rilarni   o‘z   holiga   qo‘yib
ketib   qolmaganiga   qanday   qaraysiz?”   savol-topshirig‘i   sinfdagi   har   bir   o‘quvchidan
mustaqil   mulohazani   talab   qiladi.   Sirtdan   qaraganda   o‘zgalarni   muhokama   qilish   juda
osonday   tuyuladi.   Lekin   o‘sha   o‘zgalar   o‘rniga   o‘zini   qo‘yib   ko‘rish,   o‘zini   ularning
o‘rnida   tasavvur   qilish   talab   qilinganda   ba’zan   “tillar   boylanib   qolishi”   ham   bor   gap.
O‘quvchilarni   vaziyatga   shunday   yondashishga   undash   ham   ularni   ijodiy   fikrlashga
yo‘naltiradi. Javob bergan o‘quvchilarning fikri diqqat bilan eshitiladi, zarur bo‘lganda
qo‘shimcha savollar bilan qarashlarga aniqlik kiritiladi.  
“Kenja   botirning   tadbirkorligi,   topqirligi,   jasurligi   bilan   ertak   boshida   ota
tomonidan   aytilgan   gaplar   o‘rtasida   qanday   bog‘liqlik   bor   deb   o‘ylaysiz?”   savoli
berilganda,   unga   aniqlik  kiritish   maqsadida   “Kenja   botirning   tadbirkorligi   uning   qaysi
ishida   ko‘rinadi?”,   “Uning   topqirligini   qaysi   hatta-harakatlarida   ko‘rish   mumkin?”
“Kenja botir otasining o‘sha nasihatidan keyin birdaniga jasur bo‘lib qoldimi?” singari
qo‘shimcha savollardan ham foydalanish mumkin. Shu tariqa o‘quvchilar e’tibori Kenja
botirning   qaysi   fazilati   uning   qaysi   amalida   ko‘rinishiga,   jasurligini   namoyish   etgan
ishlari   tasviriga   qaratiladi.   Bu   kabi   faoliyati   bilan   ular   adabiy   qahramonlarni   o‘zlari
uchun qayta kashf etadilar. Bu kashfiyotlari ma’naviyatlarining kamol topishiga xizmat
qiladi. 
O‘rdaga  kelgan   botirlarning  ziyofat  paytida   dasturxonga  qo‘yilgan  go‘sht,  shinni,
non   taxlami   to‘g‘risidagi   fikrlariga   ham   o‘quvchilarning   diqqati   qaratiladi.   Yigitlar
tabiatidagi   bilgichlikning   omillari   haqida   o‘ylab   ko‘rishga   undalgan   o‘quvchilar
mulohaza yuritib, o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlaydilar.  
“Qizlar   yo‘qotgan   tillalariga   gavhar   qo‘shib   oldilar,”-   degan   iborani   qanday
tushundingiz?”   savoli   o‘quvchilarni   asar   matnida   ilgari   surilgan   g‘oyalar   haqida
mulohaza   yuritishga   undaydi.   O‘quvchilar   “qizlar   yo‘qotgan   tillalar”   deyilgandanima
nazarda   tutilgan-u   “qo‘shib   olingan   gavhar”   deyilganda   nima   ko‘zlangani   haqida
mulohaza   yuritadilar.   O‘z   qarashlarini   asardan   kelib   chiqib   bayon   qiladilar.   Bu   kabi
savol   va   topshiriqlar   5-sinf   o‘quvchilariga   xos   bo‘lgan   ko‘p   o‘ylab   o‘tirmay   gapirib
yuboraverish   yoki   o‘rtoqlarining   fikrini   takrorlash   kabi   odatlarini   ular   tabiatidan
chiqarishga   ko‘maklashadi.   Javoblarda   o‘quvchilarning   o‘z   xulosasi,   qarashlari
45 ifodalanadi. Berilgan savol  va topshiriqlarga kimningdir aqli  yetar, kimnikidir  yetmas.
Muhimi, sinfdagi bolalarning o‘ylashi, izlanishi. 
Asar mazmuni yuzasidan taqdim etilgan: “Kenja botir hikoyasidagi to‘tiga e’tibor
qiling. Va’daga vafo qilish uchun ota-onasi, aka-ukalari va yaqinlari, eng muhimi, o‘z
ozodligidan   kechib   kelgan   to‘tining   olijanobligiga   ko‘rsatilgan   oqibatga   munosabat
bildiring” topshirig‘ini bajarishga tutingan o‘quvchilar to‘ti, podshoh va vazir shaxsini
tahlilga   tortadilar.   O‘qituvchi   ularning   har   bir   xattiharakatini   alohida   savolga
aylantirishi lozim. Shunda o‘quvchilar ularning xatti-harakatiga munosabat bildiradilar,
baholaydilar.   To‘ti   qaytib   kelmasligi   ham   mumkin   edi-ku!   Lekin   u   mardlik   qilib
sadoqatini   namoyish   etdi,   buning   ustiga   yoshartiruvchi   meva   ham   olib   keldi.
O‘quvchilar   bunday   olijanoblikning   nima   uchun   o‘limga   mahkum   etilgani,   podshoh
nima sababdan to‘tining emas, vazirning  gapiga ishongani haqida mulohaza yuritadilar.
Bolalar   podshohning   o‘z   fikri   yo‘qligi,   vazir   mevaning   bittasini   podshohga   yedirib,
ikkinchisini   o‘zi   yeganda   hammasi   yaxshilik   bilan   tugashi   mumkinligini,   to‘tining
o‘limini   istagani   vazir   o‘zining   ham   boshini   yegani   haqida   fikrlashadilar.   Bu   bilan
yomonlik,   albatta,   jazolanishini,   haqiqat   ma’lum   vaqt   egilsada,   lekin   sinmasligini
o‘quvchilar   anglab  yetishlariga   imkon  yaratish   o‘qituvchining  asosiy   yumushi   bo‘lishi
kerak. 
“Ertakdagi   va   hikoyadagi   shohlarni   bir-biriga   solishtiring”   topshirig‘i
o‘quvchilarni   ikkala   podshohning   tabiatidagi   xislatlarni   aniqlashga,   ertak   va   hikoya
matniga   qayta-qayta   murojaat   qilishga   undaydi.   Chunki   Kenja   botirning   hikoyaga
singdirgan   maqsadini   anglash   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shuning   uchun   bu   hodisa
ustida   ishlanayotganda   o‘qituvchi   qo‘shimcha   savollar   bilan   yo‘nalish   berib   yuborishi
ham   muhim.   Hikoyadagi   to‘ti   va   podshoh   timsollariga   xos   sifatlar:   va’daga   vafo   va
shoshqaloqlik   bilan   tadbir   ko‘rish   haqida   o‘quvchilarda   bolalarcha   sodda   xulosalar
chiqariladi. Ertakdagi va hikoyadagi shohlarni taqqoslash asnosida o‘quvchilar ularning
har   ikkisiga   o‘ylamay   ish   ko‘rish,   yaqinlarni   ayamaslik,   shafqatsizlik,   qahri   qattiqlik
kabi sifatlar xosligini aniqlaydilar.  
“Og‘a-ini botirlarning saroydan ketish to‘g‘risidagi qaroriga o‘z munosabatingizni
bildiring” topshirig‘i ham o‘quvchilarni o‘ylantirishi  mumkin. Ularning ko‘pchiligidan
46 kutilgan   javob   chiqmasligi   ham   oddiy   hol.   Lekin   bu   vaziyatgaga   o‘quvchilarning
munosabati   keyingi   soatda   bo‘ladigan   ertak   darsining   samarasini   ta’minlaydi.   Kenja
botirning nohaq jabrdan dili og‘rigani, endi akaukalar u yerda ortiq qololmasliklarini his
etgani   uchun   ketishga,   tabiatlariga   singdirilgan   tarbiyaga   muvofiq   yashashga
intilishlarini o‘quvchilar bola ko‘ngillari bilan his qiladilar. Ular tuyganlarini so‘z bilan
ifodalab   berolmasliklari   ham   mumkin.   Lekin   adabiy   ta’lim   uchun   o‘quvchida   tuyg‘u
uyg‘otishning o‘zi katta yutuq.  
Suhbat   so‘ngida   “Ertak   tahlilidan   so‘ng   ko‘nglingizda   qanday   tuyg‘ular   paydo
bo‘ldi? Ularni sharhlashga urinib ko‘ring” topshirig‘i o‘quvchilarning asarni o‘qishdan
olgan dastlabki  va  tahlildan  keyingi  taassurotlarini  farqlab, tasavvurlarini  tiniqlashtirib
olishga ko‘maklashadi.  
Uy   vazifasi   sifatida   ertakdagi:   “Kenja   botir   podshohga   qarab   bir   hikoya   aytdi...”
jumlasidan   keyingi   hikoyani   o‘quvchilar   ertakdagi   voqealar   rivojiga   moslashtirib
yangidan yaratishlari mumkin. Bu – o‘quvchilarning imkoniyati doirasida bajariladigan
topshiriq.  
“Uch   og‘a-ini   botirlar”   ertagini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   uchinchi   darsda
o‘quvchilar   tomonidan   yaratilgan   ertaklar   eshitilib,   ularning   yutuq   va   kamchiliklari
tahlilga tortiladi.       
47 III BOB. BMI NING AMALIYOTGA TATBIQI
TAJRIBA-SINOV ISHLARI :
3.1.Adabiy ertak darslariga zamonaviy yondashuv va noan’anaviy darslarni
tashkil etish.
Bugungi   kunda   ta’lim   sohasida   olib   borilayotgan   keng   ko‘lamli   islohotlar,   ta’lim
mazmunini   takomillashtirishga   oid   me’yoriy   hujjatlar   ta’limni   hayot   bilan   bog‘lashni,
o‘qitish   samaradorligini   oshirishni,   tez   taraqqiy   etib   borayotgan   jamiyat   uchun   har
tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi.      
Bu   o‘rinda   adabiy   ta’lim   jarayoniga   zamonaviy   yondashuv,   yangi   pedagogik
texnologiyalarning kirib kelishi va qo‘llanilishi davr talabi bilan bevosita bog‘liqdir.     
Yangi   pedagogik   texnologiya   ta’limning   ma’lum   maqsadga   yo‘naltirilgan   shakli,
usuli   va   vositalarining   mahsulidir.   Kuzatishlar   shuni   ko‘rsatadiki,   aksariyat   hollarda
adabiyot   o‘qituvchisi   dars   jarayonida   faqat   o‘zi   ishlaydi,   o‘quvchilar   esa   kuzatuvchi,
tinglvchi bo‘lib qolaveradilar. Ta’limning bunday an’anaviy ko‘rinishi o‘quvchilarning
aqliy   tafakkurini   o‘stirmaydi,   faolligini   oshirmaydi,   ta’lim   jarayonidagi   ijodiy
faoliyatini so‘ndiradi. Buni quyidagi jadval asosida ham mufassal o‘rganish mumkin.   
Taqqoslanadigan
jihatlar An’anaviy ta’lim Zamonaviy yondoshuv asosidagi 
ta’lim jarayoni
Pedagogik
munosabatlar turi
Pedagogik
munosabatlar tamoyili Sub’ekt-ob’ekt
Avtoritar Sub’ekt-sub’ekt
Insonparvarlashtirilgan va 
demokratiyaga asoslangan o‘zaro 
hamkorlik.
Darsning maqsadi Bilimlarni o‘zlashtirish,
ko‘nikma va  SHaxsning qiziqishi, motivini 
rivojlantirish, aqliy, ma’naviy, 
48 malakalarni hosil 
qilish, o‘quv 
materialini tushuntirish axloqiy, ruhiy va jismoniy 
barkamolligini ta’minlash.
Darsning mazmuni Dastur talablari, 
darslikdagi o‘quv 
materiallari Bilish usullarini egallash, atrof-
muhitdagi, jamiyat rivojidagi, 
ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga 
molik o‘zgarishlarni anglash, 
shaxsni rivojlantirishga imkon 
beradigan o‘quv va qo‘shimcha 
materiallar.
Ta’limning
hakatlantiruvchi kuchi Buyruq, ta’kidlash, 
jazolash, baho va 
boshqalar asosida 
shaxsni kamsitish yoki 
rag‘batlantirish Bilish quvonchi, o‘zidagi ijobiy 
o‘zgarishlarni his qilish, o‘ziga va
o‘z bilimiga ishonchning paydo 
bo‘lishi, o‘zini va boshqalarni 
hurmat qilish, o‘zaro 
hamjig‘atlikka asoslagan qulay 
ijtimoiypsixologik muhit.
Darsda faoliyat usuli Tushuntirish, 
takrorlash, mashq 
qilish, yodlash, 
namunaga muvofiq 
amaliy ish bajarish O‘quv topshiriqlarni hamkorlikda
bajarish, muammoli suhbat, aqliy 
hujum, munozara, o‘qituvchi va 
o‘quvchi o‘rtasida insonparvarlik 
munosabatlarining shakllanishi.
Darsni tashkil etish Uy vazifasini so‘rash, 
yangi bilimlarni 
o‘rganish, 
umumlashtirish, 
takrorlash, baholash. muammoli savollarga javob 
topish, avval o‘zlashtirgan 
bilimlarni yangi va kutilmagan 
vaziyatlarda qo‘llash, individual 
va guruhlarda o‘quv 
topshiriqlarini bajarish.
O‘qituvchining roli Bilim va axborot 
manbai, o‘quvchi 
taqdiriga javobgar – 
yakka hokim Hamkor,   do‘st,   maslahatchi,
muammoni hal qilishda bilimlarni
egallash   usullarini   o‘rgatuvchi
g‘amxo‘r, ustoz. 
O‘qituvchining
vazifasi Bilimlarni 
o‘zlashtirishning eng 
oson shaklida bayon 
etish. O‘quv va amaliy vazifalarni hal 
etishda o‘quvchilarning faol 
ishtiroki va o‘quv-bilish 
faoliyatini tashkil eti shva 
boshqarish.
O‘quvchining vazifasi Axborotni qabul qilish,  O‘quv topshiriqlari va 
49 yodlash, axborotni 
qayta ishlamagan holda
berilgan savollarga shu 
shaklda javob berish 
kutilgan bahoni kutish. muammoni hal etishning 
individual, guruhli izlanishlarda 
ishtirok etish, doimo o‘z bilimini 
rivojlantirish, iqtidorini namoyon 
etish.
Ta’limning   yakuniy
natijasi DTS va dastur talablari,
bilim, ko‘nikma va 
malakalarni 
shakllanishiga erishish. O‘quvchilarning aqliy, ma’naviy-
axloqiy,   jismoniy,   ruhiy
barkamolligiga   erishish,
bilimlarni   egallash   usullari,
o‘zlashtirgan   bilimlarni   yangi
kutilmagan   vaziyatlarda
qo‘llashga   o‘rgatish,   o‘z   ustida
ishlash ko‘nikmasini hosil qilish..
Adabiy   ta’limga   zamonaviy   yondashuvning   asosiy   maqsadi   esa   o‘qitish   tizimida
o‘quvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o‘quvchilarni o‘quv materiallarini
shunchaki   yod   olishlaridan,   avtomatik   tarzda   takrorlashlaridan   uzoqlashtirib,   mustaqil
va   ijodiy   faoliyatini   rivojlantirish,   darsning   faol   ishtirokchisiga   aylantirishdir.
SHundagina   o‘quvchilar   muhim   hayotiy   yutuq   va   muammolar,   o‘tiladigan
mavzularning   amaliyotga   tatbiqi   bo‘yicha   o‘z   fikriga   ega   bo‘ladi,   o‘z   nuqtai   nazarini
asoslab bera oladi.       
Chunki   adabiy   ta’lim   va   barkamol   shaxs   tarbiyasi   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liq
jarayondir.   Mazkur   jarayonda   mantiqiy   fikrlash,   tasavvur   qilish,   bilish   faoliyatini
rivojlantirish   kabi   jihatlar   muhim   ahamiyatga   ega.   Adabiy   ta’lim   orqali   o‘quvchilarda
shaxsiy   dunyoqarash   va   e’tiqod   shakllanadi.   Badiiyat   va   fan   qonuniyatlarini   anglash,
adabiy   ta’limda   belgilangan   bilim   ko‘nikma   va   malakalarni   egallash,   faoliyat
yo‘nalishidagi   qiyinchiliklarni   yengish,   yakka   tartibda,   juftlikda   va   guruhlarda   ishlash
kabi metodlar jarayonida o‘quvchi shaxs sifatida shakllanib boradi.  
Adabiy   ta’limda   o‘qituvchi   interfaol   metodlardan   mavzuga   muvofiqini   tanlay
bilishi  muhim  hisoblanadi, tajribalar  ertaklar  o‘rganiladigan  darslarni  sahnalashtirilgan
holda   tashkil   etish   kutilgan   natija   berishini   ko‘rsatmoqda.   Faol   ertak   qahramonlarini
sahnada   aks   ettirishga   layoqatli   o‘quvchilar   bilan   o‘tkazilgan   alohida   mashg‘ulotlar
orqali ertak sahnalashtiriladi.       
Shu   o‘rinda   aytish   joizki,   darslikka   kiritilgan   ba’zi   adabiy   ertaklar   asosida
mulg‘tfilmlar   ishlanganligi,   bu   holat   dars   jarayonida   murakkabliklarni   keltirib
chiqarayotganligini   ta’kidlab   o‘tgandik.   Bunday   muammoni   hal   etishda   o‘qituvchi
ijodkorligini   ishga   solishi,   ekranda   namoyish   etilmagan,   faqat   adabiy   asarda   mavjud
o‘rinlarni yoki o‘quvchilarni fikrlashga, mulohaza yuritishga undaydigan, ularda ijobiy
50 fazilatlarni   shakllanishida   katta   ahamiyatga   ega   tasvirlarni   sahnalashtirishi   yaxshi
samara beradi.       
Sahnalashtirilgan   rolli   darslarni   tashkil   etish   hamda   o‘tkazish   ko‘proq   vaqt   va
tayyorgarlikni   talab   etadi.   Mazkur   darsga   tayyorgarlik   ishlari   sinfning   boshqa
o‘quvchilaridan   sir   tutilmog‘i   maqsadga   muvofiqdir.   Chunki   tayyorgarlik   (repetitsiya)
mashqlarining   sinf   o‘quvchilari   ichida   olib   borilishi   ertak   o‘rganishi   rejalashtirilgan
darsning   ular   uchun   zerikarli   va   qiziqarsiz   kechishiga   sabab   bo‘lishi   mumkin.
O‘quvchilar   ko‘zidan   sir   tutilgan           sahnalashtirilgan   ertak   darsi   talab   darajasida
tayyorlansa,   bu   dars   ular   uchun   haqiqiy   mo‘‘jiza   va   faqulodda   kashfiyot   sanalishini
tajribalar   isbotlaydi.   Chunki   ertak   voqealari   bolalarning   ko‘z   oldida   jonli   holda   ro‘y
beradi. Tasavvur kuzatuv bilan uyg‘unlashadi.       
Sahnalashtirilgan   rolli   darslarni   tashkil   etishda   o‘quvchilar   oldiga   aniq   vazifalar
qo‘yiladi,   ularning   o‘quv   faoliyati   o‘yin   qoidasiga   batamom   bo‘ysundiriladi.   Umumiy
holda   roli   o‘yin   darslari   sahnalashtirilgan   muammoni   yechishga   qaratilgan   hayotiy
vaziyatni o‘quvchilar tomonidan sahnalashtirish orqali hal etiladi.       
Bunday darslar ta’lim berish bilan birga, o‘quvchilarning ijodiy faoliyati, ularning
o‘zaro   nutq   madaniyatini   rivojlantiradi,   mantiqiy   fikrlash   hamda   bilimlardan   xulosa
chiqarishga o‘rgatadi.       
Sahnalashtirilgan   darslarni   tashkil   etishda   o‘qituvchi   sahna   ishtirokchilariga
mavzuni   va   mavzu   bo‘yicha   tuzilgan   topshiriqlarni   taklif   etadi.   Ishtirokchilar   o‘z
rollarini tanlab olishadi. O‘z roliga muvofiq umumiy muammoni yechishda guruh bilan
maslahatlashgan holda qatnashadi.       Roli o‘yinlarda bir-birini inkor etuvchi vaziyatlar
paydo   bo‘lishi   mumkin.   Har   bir   ishtirokchi   bu   vaziyatdan   chiqish   uchun   mantiqan
to‘g‘ri   yo‘lni   tanlashi   zarur.   O‘quvchilarning   bilim   va   mahoratlarini   baholashda
ularning   tashkiliy   faoliyati   va   muammoni   yechishda   maqsadning   bajarilishidagi
faoliyati hisobga olinadi.   
Sahnalashtirilgan rolli o‘yin darsning texnologik xaritasi  
Texnologik  bosqich;
O‘qituvchi faoliyati O‘quvchi faoliyati 
1-bosqich tayyorgarlik:
Mavzuni tanlash, rollarni bo‘lib berish, o‘quvchilarga maslahat berish. 
Mavzu bo‘yicha o‘z rolini tanlash, zarur adabiyotlarni o‘rganish.
2-bosqich tashkiliy:
Darsning maqsadi, umumiy vaziyat, muammo hamda uni yechishni tushuntirish.
Darsning maqsadi, vaziyatni va umumiy muammolarni tushunib olish.
3-bosqich ishtirokchilar munozarasi: 
O‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish va baholab borish 
51 O‘z   roli   bo‘yicha   faoliyatini   konfliktli   vaziyatlarni   hamda   mavzu   bo‘yicha
muammoni yechishga yo‘naltirish.
4-bosqich darsni yakunlash: 
Darsni yakunlash: o‘quvchilar faoliyatini baholash, uyga vazifa berish. 
O‘quvchi xulosasini eshitish, uyga vazifa olish.  
Sahna qismidan keyin bir  necha o‘quvchilarning ertak haqidagi  fikr mulohazalari
eshitiladi. Albatta, bunda uy ishi sifatida ertak mazmunini oila a’zolariga so‘zlab berish
topshirig‘i berilishi maqsadga muvofiqdir.       
Bundan   tashqari,   pedagogik   texnologiyalar   darslarda   o‘quvchini   mustaqil
fikrlashiga doir topshiriqlardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, “Agar
muallifi   o‘rnida   bo‘lsam…”,   “Men   …   ertak   qahramoni   bo‘lib   qolsam...”,   “Asar
qahramonlari   taqdirini   o‘zgartirishga   qodir   bo‘lsam   ”,   “Mening   sevimli   ertagim”
mavzusida   og‘zaki   va   yozma   matnlar   tuzish,   bahs   va   munozaralar   uyushtirish   kabilar
shu topshiriqlar sirasidandir.       
Mana shunday “Interfaol metodlardan foydalanish o‘quv mashg‘ulotlarini qiziqarli
qiladi.” Lekin ta’lim  jarayoni  uchun qiziqarlilikning o‘z maqsadi  bo‘lmaydi. U vosita,
xolos.   Interfaol   usullar   barcha   ilg‘or   metodlar   kabi   kamroq   kuch   va   resurs   sarflab,
kattaroq didaktik natijaga erishishga qaratiladi.       
Interfaol   metodlar   orasida   eng   ko‘p   qo‘llaniladigan   va   katta   samara   berishi
mumkin   bo‘lgani   fikriy   hujum   usulidir.   Bu   usul   biror   sinf   yoki   o‘quvchilar   jamoasi
oldiga   qo‘yilgan   muammoni   yechishning   eng   samarali   va   demokratik   yo‘lidir.   Shuni
alohida   ta’kidlash   o‘rinliki,   hozir   fikriy   hujum   usulidan   foydalanish   amaliyotida
o‘qituvchilar o‘tgan mavzular yuzasidan o‘quvchilarga turli-tuman savollar bilan hujum
qilishlari   keng   tarqalgan.   Holbuki,   fikriy   hujumning   butun   mohiyati   o‘quvchilarning
o‘zlari yangi mavzuni o‘zlashtirishi yoki qo‘yilgan biror didaktik muammoni hal etishi
uchun fikrlarini zo‘riqtirib, tinimsiz “hujum” qilish va shunday qizg‘in va qiziq faoliyat
natijasida   o‘quv   topshirig‘ini   bajarishlaridadir.Bu   usulning   diqqatga   loyiq   jihati
shundaki,   unda   kichik   guruhlardagi   o‘quvchilar   –   o‘zaro   birgalikda   ishlashga,   yaxshi
yoki   yomon   o‘qishidan   qat’i   nazar   har   bir   bolaning   fikrini   eshitishga   o‘rganishadi.
Guruh a’zolariga bir xil baho qo‘yilishi esa bolalarda jamoatchilik ruhini shakllantiradi.
Fikriy hujumda o‘qituvchi boshqaruvchi emas, balki yordam beruvchi sifatida ish
ko‘radi.   U   o‘quvchilar   faoliyatini   muammoga   yo‘naltirib   turadi,   ularning   asosiy
maqsaddan   chalg‘ib   ketmasliklarini   ta’minlaydi.   Fikriy   hujum   metodini   qo‘llash
quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi ko‘proq samara berishi mumkin:  
1.   Tayyorgarlik.   Fikriy   hujum   usulida   o‘tiladigan   dars   boshlanganga   qadar   unda
yechilishi   kerak   bo‘lgan   muammo   yoki   bajarilishi   zarur   bo‘lgan   topshiriqdan
o‘quvchilar   xabardor   qilinishlari   lozim.   Bolalar   bu   muammo   yoki   vazifa   to‘g‘risida
muayyan   vaqt   davomida   bosh   qotirishlari,   o‘ylab   ko‘rishlari   kerak.   Shuningdek,
52 sinfdagi   o‘quvchilar   muayyan   kichik   guruhlarga   bo‘linib,   guruhdagi   har   bir   bola   aniq
vazifa   bilan   ta’minlanishi   zarur.   Chunonchi,   Kim   guruhga   yetakchi   bo‘lishi,   kimlar
aytilgan fikrlarni yozib olishi, kimlar hakamlar safida bo‘lishi belgilab qo‘yilishi lozim.
2. Dalillar topish. Darsda o‘quvchilar hal etishlari lozim bo‘lgan muammo aniq va
tushunarli  bo‘lishi   kerak.  Berilayotgan  topshiriq xattaxtaga  yozib  qo‘yilib, o‘quvchilar
bilan muhokama qilinishi lozim. Muammo yuzasidan o‘quvchilarning dastlabki fikrlari
eshitib ko‘rilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.  
3. Dastlabki mashq. Fikriy hujum yordamida hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni
yechishga   o‘quvchilarni   ruhan   va   aqlan   tayyorlash   uchun   dastlabki   mashq   o‘tkazish
foydalidir.   U   qo‘yilayotgan   muammoga   bevosita   tegishli   bo‘lmasligi   ham   mumkin.
O‘quvchilarda fikriy hujum usuli qanday bo‘lishi haqida tasavvur uyg‘otish uchun ham
dastlabki mashqni o‘tkazish zarurdir.  
4. Fikrlarni hisobga olish. Bu bosqich yechilishi kerak bo‘lgan muammo yuzasidan
o‘quvchilarning fikriy hujumi bilan boshlanadi. Istagan o‘quvchi, istagan fikrini, istagan
vaqtda   aytishi   mumkin.   Aytilgan   har   bir   fikr   kotiblar   tomonidan   yozib   olinishi   zarur.
O‘quvchilar   har   qanday   to‘g‘ri-noto‘g‘ri,   yaxshi-yomon   fikrlarni   bildirishdan
cho‘chimasliklari uchun quyidagi qoidalar xattaxtaga yozib qo‘yilib, ularga hammaning
so‘zsiz amal qilishi ta’minlanishi kerak: 
–   Aytilayotgan   fikrlar   qandayligidan   qat’i   nazar   tanqid   qilmaslik,   baholamaslik,
munosabat bildirmaslik; 
–   Fikriy   hujumda   noto‘g‘ri   fikr   bo‘lmaydi.   Esga   kelgan   har   qanday   fikr   o‘ylab
o‘tirmay,   aytilishi   kerak.   Ba’zan   aynan   bo‘lmag‘ur,   “axmoqona”,   aqlga   to‘g‘ri
kelmaydigan fikrlar foydali g‘oyalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin; 
–   Fikrlarning   miqdori   muhim.   O‘quvchilar   imkon   qadar   ko‘p   fikr   bildirishlari
kerak.   Chunki   ortiqcha   fikrlarni   qisqartirish   yetmay   qolgan   fikrlarni   ko‘paytirishdan
osonroq; 
– Fikrlarni almashtirish, qo‘shish, yaxshilash lozim. Hammaning fikri yozib olinib,
ular maqsadga muvofiq tarzda joylashtirilishi, tahrir qilinishi, tahlil etilishi kerak; –
–   Bemalol   bo‘lish,   zavqlanish   kerak.   Fikriy   hujum   kechimida   o‘quvchilar
asabiylashmasliklari,   jarayon   zavqli   o‘yin   ruhidi   o‘tishi   kerak.   Fikriy   hujum   qancha
qiziqarli bo‘lsa, shuncha ko‘p samara keltiradi; 
5. Yechimni topish. O‘quvchilar fikriy hujumga kirishganlaridan keyin belgilangan
vaqt o‘tgach, o‘qituvchi hujumni to‘xtatib, muammoni yechishga o‘tish kerakligini esga
soladi.   Bu   vaqtda   guruhlardagi   kotiblar   barcha   fikrlarni   yozib   olgan,   o‘quvchilar   bu
fikrlarning   qaysilari   yaroqli   ekani   to‘g‘risida   o‘ylay   boshlagan   bo‘ladi.   O‘quvchilar
o‘zaro   maslahatlashib,   aytilgan   fikrlarni   muhokama   qilib,   keraksizlarini   o‘chirib,
yaroqli fikrlar miqdorini qisqartirib boradi. Oxirida bir necha juda muhim qarashlargina
53 qoladi.   Guruh   ana   shularga   tayanib,   ta’limiy   masalaning   yechilishi   bo‘yicha   o‘z
xulosasini beradi.           
Xullas, o‘zbek xalq ertak darslarida turli xil noan’anaviy metodlardan foydalanish
mumkin bo‘lib, ular o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni
shakllantirishga,   qobiliyatlarini   rivojlantirishga,   raqobatbardosh,   yetuk   mutaxassis
bo‘lishlariga   hamda   kasbiy   fazilatlarini   tarbiyalashda   yordam   beradi.   Tavsiya
etilayotgan   metodlardan   har   bir   o‘qituvchi   ijodiy   foydalangan   holda   o‘z     dars
ishlanmalarini yaratishlari mumkin.         
 
                                                                                                                                                       
.
XULOSA LAR
O‘zlikni tadqiq va namoyon etuvchi yorqin vositalardan biri –millatning dunyoda
borlig‘ini ko‘rsatadigon uning   hayoti   uning   tili va adabiyotidur! Insonning borlig‘ini
go‘zallik o‘lchovlari asosida idrok etib, tom ma’nodagi odamiylik siyratini kasb etishida
so‘z   san’atining   ayricha   o‘rni   va   ahamiyati   bor.   Adabiyot   lahzalarda   kashf   etilgan
go‘zallik sirlarini mangulikka muhrlovchi, aql va tuyg‘u uyg‘unlashmasi ila tafakkur va
ko‘ngil   ufqlarini   kengaytiruvchi,   ajdodlarning   axloqiy   qarashlari,   tajribalarini   avlodlar
hayoti,   yashash   tarzida   davom   etishi   va   yangilanishini   ta’minlovchi,   insonning   o‘z
botinini kashf etishiga  turtki berib, haqiqat manzillari tomon yetaklovchi bir mayoqdir.
Adabiyot   darslari   ana   shu   jarayonni   ongli   tarzda   muayyan   maqsadga   yo‘naltiradi,
tarbiyalanuvchilarida   yuksak   badiiy   didni   shakllantiradi.   Sara   asarlarni   puch   mag‘izli
kitoblardan   farqlashni   o‘rgatadi,   falsafiy   qarashlarga   boy   asarlarni   tushunish,   ular
asosida   mushohada   yuritish   malakasini   hosil   qiladi.   Shundagina   badiiy   adabiyot   kishi
hayotining   ajralmas   bo‘lagi,   kunlik   hayotiy   mazmuniga   aylanib   qoladi.
Respublikamizda   madaniy,   adabiy   merosni   xalqimizga,   xususan,   yosh   avlod   ongiga
singdirishga alohida e’tibor qaratayotgani ham shundan.       
Ta’lim  bo‘g‘inlarida  Adabiyot  predmeti har bosqich maqsadi, mazmuni, sohasiga
ko‘ra   turli   shakl   va   hajmda   o‘qitiladi.   Lekin   ularning   barchasi   yagona   maqsadga   –
barkamol   shaxs   tarbiyasiga   yo‘naltirilgandir.   Adabiy   ta’limda   adabiy   ertaklarni
54 o‘qitishga salmoqli o‘rin ajratilmagan bo‘lsa-da, umumiy o‘rta ta’limning 5-6sinflarida
o‘rganish ko‘zda tutilgan. Lekin umumiy o‘rta maktablarda ushbu asarlarni o‘qish oson
kechmayotgani   bu   borada   ko‘p   muammolar   borligi   ma’lum   edi.   Amaliyotdagi   kuchli
ehtiyoj   bu   boradagi   metodik   yo‘riqlarga   bo‘lgan   talablardan   kelib   chiqib,   adabiy
ertaklarni   o‘rta   maktablarda   o‘qitilishiga   bag‘ishlangan   ushbu   tadqiqotni   olib   bordik.
Tadqiqotimiz  davomida olib  borilgan  kuzatishlar   tanishib  chiqilgan  nazariy  pedagogik
adabiyotlar,   maktablarda   o‘tkazilgan   tajriba-sinov   ishlaridan   olingan   natijalar   hamda
ularni qiyosiy o‘rganishga tayanib, quyidagi xulosalarga kelindi:                    
1.   5-6-sinflarda   o‘zbek   va   jahon   adabiyotining   eng   sara   adabiy   ertaklari
o‘rganilishiga   qaramay,   bu   darslarning   bugungi   ahvolini   qoniqarli   deb   bo‘lmaydi.
Buning bir qator sabab va omillari bo‘lsa-da, ular ichida eng asosiysi – direktiv hujjatlar
–   standart,   dasturlar   va   ular   asosida   yaratilgan   darslik,   metodik   qo‘llanmalar
hisoblanadi. Endilikda ular ilmiy jihatdan isbotlangan, amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan
mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqilishi va takomillashtirilishi lozim. Zero, ishimizning
birinchi   bobida   ta’kidlaganimizdek,   hozir   amalda   bo‘lgan   darsliklarda   ertaklarning
to‘liq   matni   keltirilmay,   mualliflarning   asar   to‘g‘risidagi   qarashlari,   xulosalarining
keltirilishi   yoki   savol   va   topshiriqlar   tuzishdagi   umumiylik,   bir   xillik,   faktologik
xarakterdagi savollarni taqdim etish kabi holatlarning o‘ziyoq fikrimizni asoslaydi.  
2.   Dastur   talabiga   ko‘ra   5-7-sinf   o‘quvchilari   xilma-xil   asarlarni   o‘qish
jarayonidagi   zarur   nazariy   bilimlarni   ham   o‘zlashtirib  borishlari   lozim.   Shu   bosqichda
o‘quvchilarda   badiiy   asarning   shakl   va   mazmun   jihatidan   yaxlitligi   haqidagi   tasavvur
hosil   qilinadi.   Lekin   5-sinf   adabiyot   darsligida   janr   haqidagi   nazariy   ma’lumotlarni
berishda   izchillikka   e’tibor   berilmaganligini   ko‘rish   mumkin.   Ya’ni   darslikda   Hamid
Olimjonning   “Oygul   bilan   Baxtiyor”,   Maqsud   Shayxzodaning   “Iskandar   Zulqarnayn”
ertak-dostonlari,   Shukrulloning   “Umr   haqida   ertak”   nomli   ertak-she’ri,
X.K.Andersenning   “Bulbul”   adabiy   ertagi,   Antuan   de   Sent-Ekzyuperining   “Kichkina
shahzoda” qissa-ertagi o‘rganish uchun tavsiya etilgan bo‘lsa-da, shulardan faqat ertak-
doston   haqidagi   nazariy   ma’lumotgina   berilgan,   xolos.   Bizningcha,   mana   shu   nazariy
ma’lumotda   ertak-qisa,   ertak-she’rlar   haqidagi   qisqa   ma’lumotlarning   ham   bo‘lishi
o‘qituvchi, ayniqsa,  o‘quvchilarga katta yordam  bo‘ladi. To‘g‘ri, tahlil jarayonida asar
55 janri   haqida   ham   ma’lumotlar   berish   mumkin.   Ammo   boshqa   vositalarga   qaraganda,
darslik   eng   qiziq   yoki   tushunishi   qiyin   bo‘ladigan   o‘rinlarga   qaytish   va   ularni
keyinchalik mukammal o‘ylab ko‘rish imkonini berishi bilan ustunlikka ega.  
3.   Adabiy   ertaklarni   o‘qitishdagi   qoniqarsiz   holat   to‘g‘risida   so‘z   ketganda,   bir
nechta   murakkabliklarni   qayd   etish   mumkin.   Gap   shundaki,   darslikka   kiritilgan   bir
qator   adabiy   ertaklar   syujeti   asosida   kinofilm   va   multfilmlarning   ishlanganligidir.   Bu
holat   o‘quvchini   asarning   kinofilmini   yoki   multfilmini     ko‘rdim,   uni   o‘qishga   hojat
yo‘q,   degan   noto‘g‘ri   to‘xtamga   olib   keladi   va   u   janrning   badiiy   qimmatidan   bebahra
qoladi. Bu  o‘rinda  o‘qituvchi   darga zamonaviy  yondashishi   va o‘quvchilarni  mavzuga
qiziqtirishi   kerak  bo‘ladi.   Ya’ni   bunda  sahnalashtirilgan   darslar   yaxshi   Samara   berishi
mumkin.   Ekranda   ko‘rsatilmagan,   faqat   asardagina   aks   etgan   jihatlarga   urg‘u   berishi
maqsadga muvofiqdir.  
4.   So‘nggi   vaqtlarda   o‘quvchilarga   bilim   berishda   turli   noan’anaviy   dars
usullaridan   samarali   foydalanilmoqda.   Jumladan,   adabiyot   fanidan   bahs-munozara,
suhbat,   konferentsiya,   nazm   darslari   o‘tkazish   yaxshi   natija   berishi   tajribada   sinab
ko‘rildi. Biroq hali qo‘l urilmagan va sinab ko‘rilmagan, uslubiy ochilmagan dars o‘tish
usullari bir qancha, buni o‘qituvchilarning ijodkorligi va ijrochiligi hal qiladi. 
5.   SHuningdek,   zamonaviy   yondashilgan,   noan’anaviy   usulda   o‘tkazilgan   adabiy
ertak   darslari   o‘quvchilarning   bilimlarni   yaxlit   o‘zlashtirishlariga   yordam   berishi
tajribalarda   isbotlandi.   Bunday   tarzda   o‘tkazilgan   darslar   o‘quvchilar   tafakkurini
o‘stiradi,   mustaqil,   ijodiy   fikrlashga   o‘rgatadi.   Zero,   barkamlo   avlod   tarbiyasi   jamiyat
madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir.  
6. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, biz yuqorida bildirib o‘tgan mulohazalarimiz
ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yanada mukammallashib boradi, deb o‘ylaymiz.
Zero,   ta’limda   tayyor   retsept   bilan   ish   ko‘rish   mushkul.   Bizning   mulohaza   va
tavsiyalarimiz   o‘quvchilarda   o‘zbek   adabiyotiga   mehr   uyg‘otish,   uning   kitobxonligini
o‘stirish, ma’naviyatini shakllantirish va ularni mustaqil ijodiy fikr egasiga aylantirishga
muayyan   darajada   xizmat   qiladi.   His-tuyg‘ulari   go‘zal,   ezgu   e’tiqodli   insonni
tarbiyalash,   avvalo,   badiiy   adabiyotni   o‘rganishning   betakror   yo‘llaridan   boshlanadi.
Nafis   qalbning   shakllanishi   go‘zallikni   anglashdan   ibtido   oladi.   Shu   bois   mazkur
56 ishimizda   o‘quvchilarning   adabiy   ertak   darslari   bo‘lgan   adabiy   tahlil   ko‘nikmalarini
tarkib   toptirish   vositalari   va   usullariga   hamda   uni   malakaga   aylantirish   yo‘llarini
belgilashga alohida e’tibor berildi.           
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.Mirziyoev   Sh.M.   “Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   -   yurt
taraqqiyoti va farovonligining garovi”. “Xalq so‘zi” // 2016 yil 8 dekabr.
2.Mirziyov   Sh.M.   “Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va   shaxsiy   javobgarlik   –
har   bir   rahbar   faoliyatining  kundalik   qoidasi   bo‘lishi   kerak.”  –   T.:   O‘zbekiston,   2017,
102 bet. 
3.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga
“Murojaatnomasi.” Toshkent. O‘zbekiston. 2018, 20 bet. 
4.Karimov   I.A.   “   Mamlakatimizni   modernizatsiya   qilish   va   kuchli   fuqarolik
jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimiz.” – // – Xalq so‘zi. – 2010. – 28 yanvar. – №
19. 
5.Karimov   I.A.   “Asosiy   vazifamiz   –   Vatanimiz   taraqqiyoti   va   xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir.” – // – Xalq so‘zi. – 2010. – 30 yanvar. – № 21. 
6.Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: Ma’naviyat, 2008.
7.Karimov I.A. “Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor.” Toshkent,
2009.
8.Karimov   I.A.   “   Barkamol   avlod   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.”
Birinchi   Prezident   I.A.KarimovningO‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   IX
sessiyasida so‘zlagan nutqi. 1997 yil, 29 avgust. - Toshkent, “Sharq”, 1997.  
9.Avloniy A. “Turkiy Guliston yoxud axloq.” – T.: SHarq, 1999 yil. 23-bet. 
57 10.Abdullayeva   R.   “  Ertaklar   ustida   ishlash.   –   Til   va   adabiyot   ta’limi.”   2009  yil,
11-son. 
11.Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   “Adabiyot.”   5-sinf
uchun darslik. – T.: “SHarq”, 2012. 
12.Gusev D.E. “ Etika folklora.” Leningrad, Nauka. 1997. 
13.   ZunnunovA.   vab.   “   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.”   –   T.:   O‘qituvchi,   1992.   –
333 b. 
14.Yo‘ldoshev Q. “ Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari.” -T.: O‘qituvchi,
1996 – 152 b. 
15.Yo‘ldoshev. Q. “Yoniq so‘z.” – T.: Yangi asr avlodi, 2006. – 548 b. 
16.Yo‘ldoshev   Q.,   Madaev   O.,   Abdurahmonov   L.   “   Adabiyot   o‘qitish
metodikasi.”– T.: O‘qituvchi, 1999 yil.  
17.Karimov   N.,   Normatov   U.   “   Adabiyot.”   5-sinf   uchun   darslik-majmua.   –   T.:
“O‘qituvchi”, 2010. 
18. “Konfutsiy hikmatlari.” 5-sinf uchun darslik-majmua. – T.:  O‘qituvchi, 1999.
37-bet. 
19.Matjon S. “Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar.” – T.: “O‘qituvchi”, 1996. 
20.Mirqosimova M. “Adabiy suhbatlar (metodik qo‘llanma).” – T.: 2000. 
21.Mirqosimova   M.   “O‘quvchilarda   adabiy   tahlil   malakasini   shakllantirish   va
takomillashtirish asoslari.” – T.: Fan, 2006. 
22.Mo‘minov G‘. “ O‘zbek adabiyoti taraqqiyotida folklorning roli.”  – T.: “Fan”,
1985. 
23.Mo‘minov G‘. “ Hozirgi o‘zbek adabiyotida folklorizm.” – T.: “Fan”, 1987. 
24.Oybek. “ Mukammal asarlar to‘plami.” 20 tomlik. 
25.Olimjon H. Saylanma. “Daryo kabi uyg‘oq o‘turman.” – T.: “SHarq”, 2009. 
26.Olimov   S.,   Ahmedov   S.,   Qo‘chqorov   R.   “Adabiyot.”   6-sinf   uchun   darslik-
majmua. – T.: 2011. 
27.To‘xliev   B.   “Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.”Bakalavr   yo‘nalishi   uchun   o‘quv
qo‘llanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. 
58 28.To‘xliev   B.,   Niyozmetova   R.,   Boltaeva   I.   “   Darsliklar   ustida   ishlash.”     –   T.:
“Fan”, 2007. 
29.   “Uzviylashtirilgan   Davlat   ta’lim   standarti   va   o‘quv   dasturi.”   Ona   tili   va
Adabiyot (5-9 sinflar).– Toshkent, 2010. 
30. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9-sinf o‘quvchilari uchun adabiyotdan
o‘quv dasturi.” // –   Ma’rifat., 2007. 4-7-9-oktyabr. 
31.Usmonova   Z.   “Adabiyot   o‘qitishda   axborot   texnologiyalardan   foydalanish
imkoniyatlari.” // –  Til va adabiyot ta’limi. 2005 yil, 3-son. 
32. “Shayxzoda M. Asarlar.” 2-tom. – T.: 1971. 408-bet. 
33.Shukrullo.   “Tanlangan   asarlar.”Uch   tomlik.   2-tom.   SHe’rlar,   dostonlar.     –
T.:Sharq, 2009.   
34. “O‘zbek xalq ertaklari.” 2-tom. – T.: 2015. 433-bet. 
35.Qodirov   V.   “   Mumtoz     adabiyot:   o‘qitish   muammolari   va   yechimlar.”   –   T.:
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 
36.Husanboyeva   Q.   “Tahlil-adabiyotni   anglash   yo‘li."   –   T.:Muharrir   nashriyoti,
2013.
59

“O‘zbek xalq ertaklarining adabiyot darsliklaridagi o‘rni va ularni o‘rganish tamoyillari” mavzusida yozilgan

MUNDARIJA: KIRISH .......................................................................................................................................................... 2 I BOB. O‘ZBEK XALQ ERTAKLARNING O‘ZBEK ADABIYOTIDA TUTGAN O‘RNI ............................................... 8 1.1.O‘zbek adabiyotida folklor va yozma adabiyot munosabatlari va o‘zbek xalq ertaklari. ........................ 8 1.2. Umumta’lim maktablarida o‘zbek xalq ertaklarni o‘qitish va uning bugungi kundagi ahvoli. ............. 13 1.3.Ertak darslarini tashkil etishdagi murakkabliklar. ................................................................................ 17 ................................................................................................................................................................... 21 II BOB. O‘ZBEK XALQ ERTAKLARNI TAHLIL QILISH ORQALI ADABIY TA’LIMDA SAMARADORLIKKA ERISHISH YO‘LLARI .................................................................................................................................................... 21 2.1. O‘zbek xalq ertaklarni tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. .......................................................... 21 2.2. Tahlil jarayonida savol va topshiriqlar bilan ishlash. ........................................................................... 27 2.3.“ Uch og‘a-ini botirlar” ertagini o‘rganish. ........................................................................................... 42 III BOB. BMI NING AMALIYOTGA TATBIQI .................................................................................................. 48 TAJRIBA-SINOV ISHLARI: ............................................................................................................................ 48 3.1.Adabiy ertak darslariga zamonaviy yondashuv va noan’anaviy darslarni tashkil etish. ....................... 48 ................................................................................................................................................................... 54 ................................................................................................................................................................... 54 . .................................................................................................................................................................. 54 XULOSALAR ................................................................................................................................................ 54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: ............................................................................................... 57 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 -yillarda 2

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, uni jahon ta’limi standartlari darajasiga ko‘tarish, shaxsni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish, shuningdek, malakali pedagog kadrlarni tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Ayni paytda jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ularni ongli his etadigan, davrning global masalalari xususida mustaqil fikrlovchi ijtimoiy-ma’naviy faol avlod shakllanmoqda.Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «...ta’limdan asosiy maqsad bolalarga ilgarigidek bilim berish emas, bilim olishga o‘rgatishdir. Bunda o‘quvchilar passiv tinglovchi bo‘lib qolmay, balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi kerak... Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi passiv bo‘lishi muqarrar». Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo‘lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni nazarda tutadi. O‘zbek pedagogikasida adabiyot o‘qitishning bosh maqsadini p.f.d., prof. Q.Yo‘ldoshev ilk bor batafsil va to‘g‘ri belgilab bergan edi: “...Barkamol shaxsni shakllantirish marrasi milliy maktablarimizda adabiyot o‘quv predmetini o‘rganish uchun bosh maqsad bo‘lishi mumkin ekanligini qadimiy qadriyatlarimiz ham, ma’naviy an’analarimiz ham, uzoq tarixga ega pedagogik amaliyotimiz ham, kishilarimiz ruhiy olamiga singib ketgan badiiy adabiyotimiz ham taqozo etadi.”Barkamol shaxsni shakllantirish nafaqat adabiy ta’lim, balki ta’limning umumiy o‘rta bosqichida barcha fanlarni o‘qitishdan ko‘zlangan bosh maqsaddir. “Barkamol avlod orzusi” kitobida mamlakat rahbarining fikrlari, o‘y-mulohazalari bilan tanishgan odam barkamol shaxs tarbiyasiga davlat miqyosida nechog‘liq jiddiy ahamiyat berilayotganligiga amin bo‘ladi”. Ta’lim tizimidagi har bir predmetning bu borada muayyan imkoniyatlari bor. Lekin ularning har biri shaxs komilligining qaysidir bir sifati, jihatining shakllanishida alohida mavqega, imkoniyatga ega. Adabiyot esa 3

o‘quvchi shaxsiyatida ruhiy poklik, ma’naviy yuksaklik, estetik did kabi sifatlarini tarbiyalashda yetakchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ma’naviyat insonda yaxlit holda namoyon bo‘ladigan fenomendir. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta.” Professor Q.Yo‘ldoshev tomonidan aniqlangan maqsad badiiy adabiyotning barcha shakli, davri va ta’limning bosqichlariga taalluqlidir. Xususan, biz tadqiq etayotganimiz xalq ertaklarni o‘qitish uchun ham. Mustaqillikdan so‘ng nazariy mohiyati tubdan qayta ko‘rib chiqilgan adabiyotshunoslik va adabiyot o‘qitish metodikasi fanlarining ilmiy-pedagogik, o‘quv- metodik asoslariga yangicha yondashuvni davrning o‘zi taqozo etmoqda. “Asr boshidan buyon ko‘rsatib berish”, “fosh etish”, “aniqlab berish” bilan shug‘ullanib kelgan milliy adabiyotshunoslik asr adog‘iga yetganda tadqiq va talqinga mayl ko‘rsatmoqda. Endilikda o‘zbek adabiyoti tarixi yangilanayotgan badiiy tafakkur talablari asosida qayta idrok etilmoqda, bu davrda yaratilgan asarlarning asl mohiyatini ochishga harakat qilinmoqda. Adabiyotshunoslik uzoq vaqt mobaynida badiiy asarlarni, asosan, ijtimoiy nuqtai nazardan tekshirishga moslashgan bo‘lsa, endi mavjud qoliplarni tark etaroq, badiiy matnga estetik talablar asosida yondashishga, har qanday xulosani matndan keltirib chiqarishga urinmoqda. Natijada, ko‘plab bitiklarning asl badiiy qiymati, bir qator adiblarning millat estetik tafakkuri taraqqiyotidagi tarixiy o‘rni xolisona belgilanayotir. Adabiyotshunoslikdagi mazkur yangilanishlarni adabiyot o‘qitish jarayoniga tadbiq etish XX asr 90-yillarining birinchi yarmidan boshlab yaratilayotgan dastur, darslik va qo‘llanmalarda aks etib, bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Bu, o‘z navbatida, respublikamiz maktablaridagi adabiyot o‘qitish ishiga ijobiy turtki berdi. Shuningdek, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Boqijon To‘xliev, Safo Matjon, Marg‘uba Mirqosimova, Qunduzxon Husanboevalarning doktorlik ishlari asnosida olib borgan tadqiqotlari, yaratgan monografiya va qo‘llanmalari hamda ushbu olimlar rahbarligidagi 4

ilmiy izlanishlar soha rivojiga sezilarli hissa qo‘shmoqda. Bosib o‘tilgan tarixiy taraqqiyotimiz davomida xalqimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat sohalarida katta yutuqlarga erishdi. O‘zining boy tarixiga, betakror an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek adabiyoti bugungi kunda jahonga tanilgan katta badiiy xazinalardan biri bo‘lib qoldi. Bunda barcha olimlar qatori milliy adabiy an’analarning, jumladan, boy tarixga ega bo‘lgan xalq og‘zaki ijodining roli va o‘rni buyukdir O‘zining boy tarixiga, betakror an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek adabiyoti bugungi kunda jahonga tanilgan katta badiiy xazinalardan biri bo‘lib qoldi. Bunda barcha olimlar qatori milliy adabiy an’analarning, jumladan, boy tarixga ega bo‘lgan xalq og‘zaki ijodining roli va o‘rni buyukdir. Chindan ham yozma badiiy adabiyotning xalq og‘zaki ijodiga munosabati adabiyot nazariyasining eng muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.O‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodi qadim zamonlarga borib taqaladi. “Turkiy xalqlar o‘z yozma adabiyotlarini vujudga keltirmasdan burun mazmuni boy, shakli rang-barang bo‘lgan og‘zaki adabiyot – qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar yaratgan edilar” degan edi Oybek. Bu hol, shubhasiz, Ahmad Yassaviy, Sayfi Saroyi, Durbek, Lutfiy, Alisher Navoiy, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat kabi buyuk allomalar ijodiga folklor asarlari ta’sirini yuzaga keltirdi. Ayniqsa, XX asr o‘zbek adabiyotida folklorga qiziqish, undan ijodiy o‘rganish yanada jonlandi. Bu hol, adabiyotda yangi janrlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni, xalq ertaklari, afsona va rivoyatlari asosida, ularning ta’sirida yaratilgan adabiy ertaklar: ertak-she’rlar, ertak-dostonlar shular jumlasidandir. Hozirda amalda bo‘lgan adabiyot fanidan Davlat ta’lim standartlarida adabiy ertaklarni o‘qitish-o‘rgatish tavsiya etilgan. Mazkur adabiy ertaklarni o‘rganishda erishilgan yutuqlarni umumlashtirib, ushbu mavzularning o‘qitilishini takomillashtirish orqali adabiy ta’lim samaradorligiga erishish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Keyingi yillarda mavzuga aloqador tadqiqot ishlari, bir qator ilmiy-metodik maqolalar yuzaga keldi. Xususan, Marg‘uba Mirqosimovaning “O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari”, Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Adabiyot o‘qitishning ilmiy- nazariy asoslari”, Boqijon To‘xliyevning “Adabiyot o‘qitish metodikasi”, 5