logo

O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING MAKTAB ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI O‘RNI VA ULARNI O‘RGANISH TAMOYILLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

913.5 KB
O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING MAKTAB ADABIYOT
DARSLIKLARIDAGI O‘RNI VA ULARNI O‘RGANISH
TAMOYILLARI
M U N D А R I J А
KIRISH    .    Ishning umumiy tavsifi    .................................................................. ..... 4- 8
I bоb.  Mаktаb аdаbiyоt dаrsliklаridа ertаklаr ustidа ishlаshning аhаmiyаti
1.1. О‘zbek xаlq оg‘zаki ijоdi vа yоzmа аdаbiyоt munоsаbаtlаri......................9-16
1.2.  О‘zbek xаlq ertаklаrining mаktаb аdаbiyоt dаrsliklаridа tutgаn о‘rni vа ulаrni
о‘qitishning bugungi kundаgi аhvоli    ........................................    .........................17    -2    5
Birinchi bоb bо‘yichа xulоsаlаr ......................................................................... 26-27
II bоb. О‘zbek xаlq ertаklаrining ijtimоiy hаyоtdа tutgаn о‘rni
2.1.  Ertаklаrning о‘zigа xоs jаnr xususiyаtlаri vа tаsnifi...................................    28    -   35
2.2.   Аdаbiyоt   dаrslаridа   ertаklаr   yоrdаmidа   о‘quvchilаrni   vаtаnpаrvаrlik   vа
mehnаtsevаrlik ruhidа tаrbiyаlаsh    .   .....................................................................    36    -   47
Ikkinchi     bоb bо‘yichа xulоsаlаr    ..   .......................................................................48-4    9
II I   bоb.   Аdаbiyоt   dаrslаridа   ertаklаrni   tаhlil   qilish   оrqаli   аdаbiy   tа’limdа
sаmаrаdоrlikkа erishish
3.1.    Ertаklаrni tаhlil qilishning о‘zigа xоs xususiyаtlаri.................................   50 -57
3.2.   Ertаk   jаnrigа   оid   fоlklоr   аsаrlаrini   о‘qitishdа   interfаоl   metоdlаrdаn
fоydаlаnish usullаri    .   ...........................................................................................    58-    69
Uchinchi     bоb bо‘yichа xulоsаlаr    .......................................................................    70    -   71
Umumiy xulоsа…    ..............................................................................................    72-    75
Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr..................................................................................76    -   79 ISHNING   UMUMIY  TAVSIFI
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Mustаqillik   yillаridа   О‘zbekistоn   Respublikаsidа   uzluksiz   tа’lim   tizimini
tаkоmillаshtirish,   uni   jаhоn   tа’lim   stаndаrtlаri   dаrаjаsigа   kо‘tаrishgа   аlоhidа
e’tibоr   qаrаtilmоqdа.   О‘g‘il-qizlаrning   zаmоnаviy   bilim   оlishi,   yuksаk
mа’nаviyаtli bо‘lib ulg‘аyishi uchun zаrur shаrоit yаrаtish bоrаsidаgi ishlаr izchil
dаvоm   ettirilmоqdа.   Zerо,   ilm-fаn   vа   texnоlоgiyаlаr   jаdаl   rivоjlаnib   bоrаyоtgаn
bugungi   kundа   dаvlаt   vа   jаmiyаtning   rаqоbаtbаrdоshligi   yоshlаrning   intellektuаl
rivоji   hаmdа   ulаrning   iste’dоdini   tо‘lа   аmаlgа   оshirishgа   yаrаtilgаn   shаrоitlаrgа
bоg‘liq   bо‘lаdi.   Dunyо   shiddаt   bilаn   о‘zgаrib,   bаrqаrоrlik   vа   xаlqlаrning
mustаhkаm   rivоjlаnishigа   rаxnа   sоlаdigаn   turli   yаngi   tаhdid   vа   xаvflаr   pаydо
bо‘lаyоtgаn bugungi kundа mа’nаviyаt vа mа’rifаtgа, аxlоqiy tаrbiyа, yоshlаrning
bilim   оlish,   kаmоlgа   yetishgа   intilishigа   e’tibоr   qаrаtish   hаr   qаchоngidаn   hаm
muhimdir.
“Аynаn   tа’lim   vа   mа’rifаt   bаshаriyаt   fаrоvоnligining   аsоsiy   оmillаridаn
hisоblаnаdi,   insоnlаrni   ezgulikkа   dа’vаt   etаdi,   sаxоvаtli,   sаbr-qаnоаtli   bо‘lishgа
undаydi”   [3] ,   deyа   tа’kidlаydi   Prezidentimiz   Shаvkаt   Mirziyоyev   yоshlаr
tаrbiyаsigа аlоhidа e’tibоr qаrаtib.  Mаmlаkаtning jаhоndаgi nufuzi, uning iqtisоdiy
vа   intellektuаl   sаlоhiyаti,   dunyо   stivilizаstiyаsi,   fаni   vа   mаdаniyаti   rivоjigа
qо‘shgаn hissаsi, аyni vаqtdа, umume’tirоf etilgаn xаlqаrо me’yоrlаrgа nechоg‘lik
аmаl qilishi xаlqning turmush dаrаjаsi bilаn belgilаnаdi. Аnа shu jihаtdаn mаzkur
tаdqiqоt  ishi g‘оyаt dоlzаrb аhаmiyаtgа egа bо‘lib, yоsh аvlоd tаrbiyаsidа ertаk vа
uning estetik tа’siri kаttаdir.
Ertаk   аsrlаr   dаvоmidа   yаrаtilib,   аvlоddаn   аvlоdgа   о‘tib   sаyqаl   tоpib
kelаyоtgаn   fоlklоrning   mustаqil   jаnridir.   Ertаk   judа   qаdim   zаmоnlаrdа   vujudgа
kelgаn.   Bа’zi   ertаklаrning   оbyekti,   shаkli   hаmdа   mаzmuni   qаdimiyligini
аniqlаshgа   imkоn   berаdi.   Mustаqillikning   dаstlаbki   yillаridаn   bоshlаb   yurtimizdа
2 yоshlаrgа   e’tibоr   vа   g‘аmxо‘rlik   kо‘rsаtishgа   dаvlаt   siyоsаtining   eng   аsоsiy   vа
ustuvоr yо‘nаlishlаridаn biri sifаtidа qаrаb kelinmоqdа. 
Chunki yоshlаr – bizning kelаjаgimiz. Bu sоhаdаgi dаvlаt siyоsаtini yаnаdа
chuqurlаshtirish   uchun   yаqindа   О‘zbekistоn   Respublikаsining   “Yоshlаrgа   оid
dаvlаt   siyоsаti   tо‘g‘risidа”gi   Qоnuni   yаngi   tаhrirdа   qаbul   qilindi.   Ertаk   qаdimdа
ezgulik   vа   yоvuzlik,   dо‘stlik   vа   dushmаnlik,   mehnаtsevаrlik   vа   yаlqоvlik   kаbi
bоrliqdа   mаvjud   bо‘lgаn   xislаtlаrning   mоhiyаtini   belgilаshgа   yоrdаm   berаdi.
Kishilаr   qаdim   zаmоnlаrdаn   bоshlаb   hоzirgаchа   аstа-sekin   tаbiаt   vа   jаmiyаtdаgi
insоn uchun fоydаli vа zаrаrli bо‘lgаn hоdisаlаr, jоnli- jоnsiz predmetlаr umumаn,
hаr   xil   оbyektlаmi   о‘z   zаmоni   vа   tusunchаsi   dоirаsidа   аniqlаgаn   hоldа   ertаk
yаrаtib   kelgаnlаr.   Ertаk   bugungi   kundа   hаm   аhаmiyаtini   yо‘qоtgаn   emаs,   bаlki
kundаn kun yаngi ertаklаr yаrаtilib, оmmаlаshib bоrmоqdа.
Bаrkаmоl аvlоdni hаyоtgа tаyyоrlаshdа kо‘p аsrlаr dаvоmidа qо‘llаngаn vа
sinаlgаn usul vа vоsitаlаr, xilmа-xil tаdbirlаr, milliy urf-оdаtlаr, аn’аnаlаr,   tаrbiyа
hаqidаgi   g‘оyаlаr   о‘zbek   xаlqi   pedаgоgikаsi   xаzinаsidаgi   bebаhо   jаvоhirlаr
hisоblаnаdi. Xаlq pedаgоgikаsidа ifоdаlаngаn g‘оyаlаr tаjribаlаr xаlq оg‘zаki ijоdi
nаmunаlаridа ulug‘ mutаfаkkir оlimlаrning ilmiy vа аdаbiy аsаrlаridа о‘z ifоdаsini
tоpgаn.   Mа’nаviy   yuksаk   shаxsni   kаmоl   tоptirish   uchun ,   аlbаttа,   umumiy   о‘rtа
tа’lim mаktаblаri аdаbiyоt dаrsliklаri,   о‘zbek millаtining аsrlаrgа tаtigulik аsаrlаri,
xаlq о‘zаki ijоdining bоy vа betаkrоr nаmunаlаri bilаn tаrkib tоpishi lоzim.
Mаvzu ning о‘rgаnilgаnlik dаrаjаsi .   О‘zbek xаlq ertаklаrini yоzib оlish vа
nаshr etish bоrаsidаgi ilk tаjribаlаr XIX аsrning оxiridаn bоshlаngаn bо‘lsа-dа, XX
аsrning   30-yillаridаn   о‘zbek   xаlq   ertаklаrini   izchil   tо‘plаsh   vа   о‘rgаnishgа
kirishildi. Ertаklаr tаsnifi vа аsоsiy xususiyаtlаri hаqidа tаdqiqоt оlib bоrgаn оlim
B.   Kаrimiy   1939-yildа   “О‘zbek   xаlq   ertаklаri”   tо‘plаmini   nаshr   ettirdi.   Buyuk
Kаrimiy   о‘zbek   xаlq   ertаklаrining   jаnr   xususiyаtlаrir   vа   tаrixiy   аsоslаrini
о‘rgаnishgа   kirishgаn   birinchi   о‘zbek   fоlklоrshunоsidir.     Tаniqli   fоlklоrshunоs
оlim   M аnsur   Аfzаlоv   о‘zbek   xаlq   ertаklаrini   turli   jihаtlаrini   о‘rgаnib,   uning
nаzаriy vа jаnr xususiyаtlаrini qаt’iy belgilаb bergаn  [40: 12-16-b;  41,6: 79-88-b].
3 XX аsrning   70-80-yillаridа о‘zbek xаlq ertаklаrining jаnr xususiyаtlаri, pоetikаsi,
ertаkchilik   аn’аnаlаri   tаrixi   vа   ertаk   ijrоchiligi   mаsаlаlаri   K.Imоmоv,   G‘.Jаlоlоv,
X.Egаmоv   vа   M.Jо‘rаyev   kаbi   fоlklоrshunоslаr   tоmоnidаn   о‘rgаnildi   [11:   143-b;
13, 14, 15,17; 18: 134-138-b; 19, 21].
Mustаqillikkа   erishgаch,   J.Yusupоv,   Q.Beknаzаrоv,   S.Jumаyevа,  
N.Dо‘stxо‘jаyevа,   Z.Usmоnоvа,   M.Sоdiqоvа,   N.Qоdirоv,   Z.Rаsulоvа,
Sh.Nаzаrоvа,   J.Аsqаrоvа   kаbi   tаdqiqоtchilаrning   о‘zbek   xаlq   ertаkаrini   tаdqiq
etishgа   dоir   dissertаtsiyа   ishlаri   yuzаgа   keldi   [31,32,46,47,48:175-b;
49,50,51,52,53,54 ]. Lekin о‘ quvchilаrgа   аdаbiyоt dаrslаridа   ertаk jаnrni о‘tishdа
nоаn’аnаviy usullаrdаn fоydаlаnish metоdik jihаtdаn о‘rgаnilmаgаn.
Tаdqiqоt   ishining   mаqsаdi.   О‘zining   bоy   tаrixigа,   betаkrоr   аn’аnаlаrigа
egа   bо‘lgаn   о‘zbek   аdаbiyоti   bugungi   kundа   jаhоngа   tаnilgаn   kаttа   bаdiiy
xаzinаlаrdаn biri bо‘lib qоldi. О‘zbek xаlqining bоy xаlq оg‘zаki ijоdi judа qаdim
zаmоnlаrgа bоrib tаqаlаdi.   Ertаk jаnrining аsоsiy  xususiyаtlаridаn biri uning xаlq
hаyоti,   kurаshi,   tаrixi,   psixоlоgiyаsi,   dunyоqаrаshi,   urf-оdаtlаri   bilаn   judа   yаqin
bоg‘lаngаnligi   vа   insоnlаrgа   аxlоqiy   hаmdа   mа’nаviy   tаrbiyа   berilishidir.
Mа’lumki,   ertаk   kо‘ngilxushlik   yоki   ermаk   emаs,   bаlki   ertаk   оrqаli   аtrоf-muhit,
tаbiаt bilаn tаnishtirilishi,   zehn,   fikr о‘tkirligini sinаsh qurоli hаmdir. Ertаklаr xаlq
оg‘zаki   ijоdi   bоlаlаrni   ezgulikkа,   mehnаtsevаrlikkа   о‘rgаtuvchi   qаdimiy
jаnrlаridаn biridir. Hаr bir ertаk uni yаrаtgаn xаlqning hаyоti,   urf-оdаti, о‘zigа xоs
rаsm-rusumlаri bilаn bоg‘liq bо‘lib,   bоlаlаr о‘rtаsidа keng tаrqаlgаn.  
Mаgistrlik   dissertаtsiyа   ishining   mаqsаdi   аdаbiyоt   dаrslаridа   о‘quvchilаrni
ertаklаr   vоsitаsidа   hаyvоnоt   оlаmi,   ezgulik   vа   yоvuzlikni   fаrqlаsh   yо‘llаrini
о‘rgаtishdаn ibоrаt.
Tаdqiqоt   ishining   vаzifаlаri.   Ishning   аsоsiy   mаqsаdidаn   kelib   chiqib
quyidаgi vаzifаlаr belgilаndi.
- аdаbiyоt dаrslаridа ertаklаr ustidа ishlаsh tizimi vа usullаrini kо‘rsаtib
berish;
- ertаk jаnri vа ertаklаrning turlаrini о‘rgаnish;
4 - аdаbiyоt dаrslаridа ertаk ustidа ishlаsh tizimini kо‘rsаtish;
- ertаklаr     yоrdаmidа   о‘quvchilаrdа   vаtаnpаrvаrlik,   dо‘stlik,
mehnаtsevаrlik, insоnpаrvаrlаik tuyg‘ulаrini shаkllаntirish.
- ertаklаrninig kelib chiqishidа epik аn’аnаlаrning tа’sirini о‘rgаnish;
- hаyvоnlаr , sehr, mаishiy-hаyоt  hаqidаgi ertаklаrning mаvzuiy turlаrini
tаsnif qilish.
Tаdqiqоt   ishining   predmeti     аdаbiyоt   dаrslаridа   ertаk   dаrslаrini   sаmаrаli
tаshkil etish.
Tаdqiqоt ishining оbyekti   mаktаb аdаbiyоt dаrsliklаridа   ertаklаr ning о‘rni
vа ulаrni о‘rgаnish tаmоyillаri  ustidа ishlаsh.
Tаdqiqоtning   ilmiy   yаngiligi.   Ishning   ilmiy   yаngiligi   shundаn   ibоrаtki,
undа  аdаbiyоt  dаrslаridа ertаklаr vоsitаsidа hаyvоnоt оlаmi ,  sehr- jоdu, ezgulik vа
yоvuzlik kаbi vоsitаlаr bilаn tаnishtirishning yо‘llаrini о‘quvchilаrgа  turli interfаоl
metоdlаr   оrqаli   о‘rgаtish   hаqidа   tаyаnch   mаslаhаtlаr   berilgаn,   ertаk   jаnri
nаzаriyаsi   vа   bаdiiy   xususiyаtlаri   о‘rgаnilgаn.   Bu   оrqаli   аdаbiyоt   dаrs lаr idа
yаngichа   usuldа   zаmоnаviy   dаrslаr   о‘tish   metоdоlоgiyаlаri   izоhlаb   berilgаn.
Shuningdek,   ertaklarni   o‘qitishda   o‘quvchilarni   o‘zlashtirish   darajasiga   qarab
o‘qitish samaradorligi imiy tahlil qilingan.
Tаdqiqоtning   nаzаriy   vа   аmаliy   аhаmiyаti .   Tаdqiqоt   jаrаyоnidа   ishlаb
chiqilgаn   umumpedаgоgik   vа   metоdik   tаvsiyаlаrdаn   tа’lim   tizimini
tаkоmillаshtirishdа,   mа’nаviy-mа’rifiy   ishlаrni   аmаlgа   оshirishdа,   shuningdek,
оilа,   mаktаb   vа   mаktаbdаn   tаshqаri   tа’lim   muаssаsаlаrining   hаmkоrlikdа
о‘quvchilаrning   аqliy   mehnаt   fаоliyаtlаrini   tаshkil   etishgа   qаrаtilgаn   tа’limiy   vа
tаrbiyаviy tаdbirlаrdа keng fоydаlаnish mumkin.
Tаdqiqоt   ishining   metоdоlоgik   аsоslаri   vа   metоdi.   Ishdа   О‘zbekistоn
Respublikаsi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyоyevning   mа’nаviy-m а ’rifiy   g‘оyаlаri,
“Tа ’ lim tо‘g‘risidа”gi qоnun, “Kаdrlаr tаyyоrlаsh milliy dаsturi’’, “ U mumiy о‘rtа
tа’lim   Dаvlаt   tа’lim   stаndаrtlаri ”   hаmdа   Shаrq   mutаfаkkirlаrining   pedаgоgik
qаrаshlаri, pedаgоgikа vа metоdikа fаnlаrining xulоsаlаri umumlаshtirildi.
5 6 BIRINCHI BО B  
MАKTАB АDАBIYОT DАRSLIKLАRIDА ERTАKLАR USTIDА
ISHLАSHNING АHАMIYАTI
1.1. О‘zbek xаlq оg‘zаki ijоdi vа yоzmа аdаbiyоt munоsаbаtlаri
Nаvqirоn   аvlоdni   jismоnаn   sоg‘lоm,   intellektuаl   rivоjlаngаn,   mustаqil
fikrlаydigаn,   qаt’iy   hаyоtiy   pоzitsiyаsigа   egа   hаmdа   оnа   vаtаnigа,   xаlqigа   sоdiq
qilib tаrbiyаlаsh bugungi tа’lim-tаrbiyа tizimidа muhim vаzifа sifаtidа belgilаngаn.
Zerо, hаr bir jаmiyаt vа dаvlаtning rаvnаqi yоsh аvlоd kаmоlоti, intilishi, qiziqishi,
shijоаti  bilаn uzviy bоg‘liqdir. Yоsh аvlоd tаrbiyаsidа  kаttаlаr  tоmоnidаn sо‘zlаb
berilgаn turli ertаk, hikоyа vа rivоyаtlаr muhim rоl о‘ynаydi. 
“Ertаk”   аtаmаsi   uzоq   zаmоnlаrning   mevаsidir.   Lekin   qаysi   zаmоnlаrdаn
beri   “ertаk”   shаklidа   ishlаtilа   bоshlаgаni   hаqidа   qаt'iy   bir   nаrsа   deyishgа   hаli
qiynаlаmiz.   Аmmо   ilgаrilаr   “ertаk”   shаklidа   ishlаtilgаni   bizgа   mа’lum.
Lug‘аtlаrgа murоjааt etgаnimizdа “ertаki” sо‘zining qаdimiy sо‘z, аfsоnа, hikоyаt,
qissа,   hаttо,   dоstоn   mа’nоlаrini   о‘z   ichigа   оlgаnini   kо‘rаmiz.   Demаk,   “ertаki”
sо‘zi   “ertа”,   “ertаng”   sо‘zlаridаn   bо‘lib,   “ertаgi,   qаdimgi,   аvvаlgi”   mа’nоlаrini
berаdi.   Ertаklаr   hаm   о‘tmish   kunlаr,   аvvаlgi   vоqeаlаr,   qаdimgi   ishlаr   sifаtidа
bаyоn etilаdilаrkim, shu “ertаki” mа’nоsi bilаn bоg‘liqdir. Hаttо hоzirgi kunlаrdа
hаm,   аyniqsа,   qаriyаlаrimiz   оg‘zidаn   bа’zаn   “ertаk”   sо‘zi   о‘rnidа   “ertаki”
terminini   eshitаmiz.   Bu   esа   xаlq   о‘rtаsidа   hаr   ikki   shаklning   hаm   uchrаshigа
dаlildir.   Hаqiqаtаn   hаm   “ertаki”   sо‘zi   tildаgi   bа’zi   tоvushlаrning   yо‘qоlish
qоnuniyаtigа   kо‘rа   qisqаrgаn,   keyingi   “i”   tоvushining   yо‘qоlgаn   shаklidir.
Аyniqsа,   ertаklаr   ustidа   sо‘z   оchib,   xаlq   ertаklаrini   keng   оmmа   о‘rtаsidа   tаrqаtа
bоshlаgаnidаn   keyin   vа   аyni   zаmоndа   ekspeditsiyаlаr   tа’siri   оstidа   bu   “ertаk”
termini   hаmmа   yerdа   bаrоbаr   tоmir   yоydi.   Yа’ni   bа’zi   yerlаrdа   “ertаk”,   bоshqа
yerlаrdа   “chо‘pchаk”   yоki   “mаtаl”   ishlаtib   kelingаn   ekаn,   endi   bu   terminlаrning
hаmmаsi   deyаrli   о‘z   о‘rnini   “ertаk”   terminigа   tоpshirdi   vа   “ertаk”   termini
umumlаshdi. Lekin shundаy bо‘lsа-dа, “chо‘pchаk” termini ustidа hаm tо‘xtаshgа
7 tо‘g‘ri   kelаdi.   Xаlq   о‘rtаsidа   “ertаk”   termini   vаzifаsini   kо‘p   yerdа   hаli   hаm
“chо‘pchаk”   ishlаtib   kelinаdi.   Bu   “chо‘pchаk”   sо‘zini   hаm   “ertаk”   sо‘zi   kаbi
tekshirib kо‘rsаk, tаxminiy bо‘lsа hаm shundаy xulоsаgа kelish mumkin bо‘lаdi. 
Hаttо   оltоy   xаlqlаridа   hаm   shu   termin   аyni   mа’nоdа   ishlаtilgаn   ekаn.   Shu
“chо‘rchаk”   sо‘zining   keyingi   kichrаytish   qо‘shimchаsi   -chаk ni   оlib   tаshlаsаk,
qоlgаn   “chо‘r”   sо‘zi   “ ingichkа   –   kichik   chо‘pchаlаr”,   “xаs-xаshаk ”   mа’nоsini
berаdi.   Demаk,   “chо‘r”   sо‘zi   “chо‘p”   sо‘zining   shu   mа’nоdаgi   funksiyаsini   аdо
etgаn.   “Chо‘p”   sо‘zidаn   esа   “chо‘pchumаk”   shаkli   hаm   bоrkim,   chо‘pchаlаrni
yig‘ish,   tо‘plаsh   mа’nоsini   tаshiydi.   “Chо‘pchinаk”,   “chupchimаk”   –   “chо‘pchаk
terish”   bо‘lib   chiqаdikim,   bu   xаlqning   “оftоb   chiqdi   оlаmgа,   yugurib   bоrdim
xоlаmgа,   xоlаm   chо‘pchаk   ter   dedi.   Chо‘pchаk   terdim   bir   quchоq,   nоn   yоpti
о‘chоq-о‘chоq”   degаn  mаvsum   аshulаsidаgi   chо‘p  terishdir.  Hаmоn   “chо‘pchаk”
mаydа-chuydа chо‘pchаlаr bо‘lsа, “ertаk” mа’nоsidа ishlаtilgаn “chо‘pchаk” sо‘zi
hаm   shu   mа’nоning   muqоyаsа   etilgаn   sifаtidаgi   mаydа   nоvellаchаlаr   demаk,
emаsmikin? Chunki  xаlq, judа kichik pаrchаlаr  bо‘lgаni  uchun hаm  tоpish-izlаsh
mа’nоsi   bо‘lgаni   uchun   bо‘lsа   kerаk,   “tоpishmоq”,   “chistоnlаr”ni   hаm
“chо‘pchаyujа   bоg‘lаb   “tоpаr   chо‘pchаk”   deb   аtаydi.   Bu   hаm   yuqоridаgi
fikrimizgа bir qаdаr аsоs bо‘lаdi. [42]
Ertаk   xаlq   оg‘zаki   ijоdining   eng   qаdimiy   vа   оmmаviy   jаnrlаridаn   biridir.
Hаyоt hаqiqаtigа аsоslаngаn, xаyоlоt vа fаntаstikа xususiyаtlаri bilаn yо‘g‘irilgаn,
оdаmlаrgа   ibrаt-о‘git   beruvchi   оg‘zаki   hikоyаlаr   ertаk   deb   аtаlаdi.   Ertаklаrdа
hаyоtiy vоqeаlаr kutilmаgаn, fаvqulоddа, xаyоliy hоdisаlаr bilаn qо‘shilgаn hоldа
kelаdi.   Sizni   gо‘yо   xаyоliy   sehrli   оlаmgа   bоshlаydi.   Qаhrаmоnlаr   hаyrаtоmuz
sаrguzаshtlаrni   bоshdаn   kechirаdilаr,   hаyvоnlаr   xuddi   оdаmdаy   munоsаbаtgа
kirishаdilаr,   о‘ylаydilаr,   sо‘zlаydilаr.   Ertаklаrdа   аtrоfimizdаgi   hаyоt
mаnzаrаlаridаn kо‘rа kishilаrning о‘y-xаyоllаri, оrzu-аrmоnlаri kо‘prоq, yоrqinrоq
nаmоyоn etilаdi. Xаlq оg‘zаki ijоdidа ertаk jаnrining yаxshi qаbul qilinib, qiziqib
о‘qilishining   sаbаblаridаn   biri   ertаk   tilining   tа’sirchаnligi,   о‘tkirligi,   mа’nоdоrlgi
vа   xаlq   tiligа   yаqinligidir.   Ertаklаrning   оdаmlаr   оrаsidа   оg‘zаki   аytilib   yurgаn
8 ertаklаr оlimlаr tоmоnidа yоzib оlinib, kitоb hоligа keltirilgаn bо‘lib, о‘zbek xаlq
ertаklаrini   о‘z   ichigа   оlgаn     kо‘plаb   kitоblаr   nаshr   etilgаn.   Yоzmа   аdаbiyоtning
shаkllаnishi   vа   rivоjidа   ertаklаrning   о‘rni   kаttа.   Kо‘plаb   ulig‘   аdiblаr,   jumlаdаn,
Аlisher Nаvоiy ertаklаr аsоsidа аjоyib аsаrlаr yоzgаnlаr vа о‘z ijоdidа hаm yоzmа
ertаklаr   yаrаtgаnlаr.   Alisher   Navoiy   xalq   og‘zaki   ijodini,   ertak   va   afsonalarini
sevib o‘qigan, ulug‘ shoir va mutafakkir alloma bo‘lib yetishganida ham o‘zining
eng buyuk asarlarini xalq ertak va afsonalari bilan bezagan. Dahshatli  ajdar  bilan
olishib,   sehrli   oynayi   jahonni   topib,   unda   go‘zal   Shirinni   ko‘rib,   qalbiga   buyuk
muhabbat   olovi   tutashgan   Farhod,   „Sab'ayi   sayyor"dagi   bir-biridan   ajoyib
afsonaviy   qahramonlar   —   mushkul   tilsimotlarni   kashf   etgan   Sa'd,   sehrli   buloqqa
sho‘ng‘ib,   devlar   va   parilar   oroliga   tushib   qolgan   Suhayl,   kamtarinligi   va
bahodirligi bilan baxtga yetishgan Muqbil, suvsiz jazirama cho‘lga tashlab ketilgan
va Chin donishmandi parvarishlab voyaga yetkazgan parivash sozanda Dilorom...
O‘zining   maftunkor   sehri,   tuganmas   shukuhi,   dilni   rom   etuvchi   jozibasi
bilan   hamisha   qanotlanib   turuvchi   xalq   ertaklari   inson   xayolotining   mevasidir.
Kishilar   o‘z   qismatining   chigalliklarini   yechishdan   ojiz   qolgan   chog‘larda,   ertak
uni nurli qanotlarida umidli manzillarga ko‘tarib o‘tgan.
Ertаklаrning   о‘tkir   mаrоqli   syujeti,   vоqeа   rivоjidаgi   fаvqulоddа   аjоyib
vаziyаt   bоlаlаrni   mаftun   qilаdi,   undаgi   mаrd,   kuchli,   tоpqir,   dоvyurаk,   chаqqоn
qаhrаmоnlаr,   ertаkning   g‘оyаviy   yо‘nаlishlаri,   undа   ezgulik   kuchining
yаxshilikning dоimо g‘аlаbа qilishi bоlаlаrni о‘zigа tоrtаdi. Ertаkdа qаbul qilingаn
hikоyа   qilish   shаkli   bir   xil   sо‘z   vа   ibоrаlаrning   qаytа-qаytа   tаkrоrlаnib   turishi,
оhаngdоrligi,   tilining   tа’sirchаnligi,   ifоdа   vоsitаlаrining   jоnliligi,   bоlаlаr   uchun
judа   qiziqаrliligidir.   Ertаkdа   qаtnаshuvchilаr   kо‘pinchа   rаhmdil,   sаxiy,   аdоlаtli
hаmdа ulаrning аksi bо‘lgаn yоvuz, bаxil, оchkо‘z оbrаzlаr bо‘lаdi.
Ertаkning   pedаgоgik   qiymаti   shundаn   ibоrаtki,   о‘quvchilаr   undа   tо‘g‘rilik,
hаlоllik,   g‘аlаbа   qilgаnidаn   kаmbаg‘аl   kishilаr   qiyinchilikdаn   qutilgаnidаn,   yа’ni
yаxshilik,   ezguik   rо‘yоbgа   chiqqаnidаn   vа   yоmоnlik,   yоvuzlik   mаhkumlikkа
uchrаgаnidаn quvоnаdilаr. Ulаr hаyоtdа hаm dоim shundаy bо‘lishini istаydilаr. 
9 Ertаk   ustidа   ishlаshdа   bоlаlаrni   ertаkni   о‘qishgаginа   emаs,   bаlki   uni   аytib
berishgа о‘rgаtish muhimdir.
Fоlklоr о‘zining muhim tоmоnlаri bilаn ijоdkоr uchun hаr jihаtdаn e’tibоrli
vа qimmаtli ekаnini qаdimiy vа hоzirgi zаmоn аdаbiyоti tаjribаlаri kо‘rsаtib berdi.
О‘zbek   yоzuvchlаri   fоlklоr   аsаrlаrini   chuqur   о‘rgаnib   bоrgаnlаri   vа   undаn
ijоdiy   fоydаlаngаnlаri   sаri   fоlklоr   vа   yоzmа   аdаbiyоtning   о‘zаrо   munоsаbаti
tоbоrа tаkоmillаshib о‘z sаmаrаsini berа bоshlаdi. Xаlq оg‘zаki ijоdi yоzuvchi vа
shоirlаrning   g‘оyаviy-bаdiiy   jihаtdаn   о‘sishidа,   uslub   xilmа-xilligini   yаrаtishdа
kаttа   ijоdiy   mаktаb   bо‘lib   qоldi.   Yоzmа   аdаbiyоtdа   о‘z   ifоdаsini   tоpgаn   fоlklоr
syujetlаri   vа   mоtivlаri   yоzuvchi   mаhоrаti   tufаyli   qаytа   sаyqаl   tоpib,   оrginаl   аsаr
sifаtidа yоzmа аdаbiyоt mulkigа аylаndi. 
О‘zbek   xаlq   оg‘zаki   ijоdi   vа   yоzmа   аdаbiyоt   о‘rtаsidаgi   tа’sir   tаrixi   judа
qаdim   zаmоnlаrgа,   yа’ni   yоzmа   аdаbiyоtning   yuzаgа   kelish   dаvrlаrigа   bоrib
tаqаlаdi.   Qаdim   zаmоnlаrdаn   hаr   bir   dаvr   ijоdkоrlаri   ertаk   mаvzulаridаn
fоydаlаnib   kelаdilаr.     Kо‘hnа   Shаrqdа   Аbulqоsim   Firdаvsiy,   Rudаkiy,   Nizоmiy,
Jоmiy, Nаvоiy, Bedil, Fuzuliy, Berdаq, Gulxаniy, Muqumiy kаbi buyuk siymоlаr
о‘z ijоdidа xаlq оg‘zаki ijоdidаn оziqlаnib, аjоyib sаmаrаlаrgа erishgаnlаr. 
XX   аsr   о‘zbek   аdаbiyоtining   xаlqchilligi   vа   yuksаk   bаdiyаti,   shuningdek,
uning   mustаhkаm   pоydevоrini   qurishdа   jоnbоzlik   kо‘rsаtgаn   Аbdullа   Qоdiriy,
Chо‘lpоn, Fitrаt, H.H. Niyоziy xаlq оg‘zаki ijоdidаn оziqlаnib, аjоyib sаmаrаlаrgа
erishdilаr.   G‘.G‘ulоm,   H.Оlimjоn,   Оybek,   Mirtemir,   Mаqsud   Shyxzоdа,   Sultоn
Jо‘rа   singаri   о‘zbek   yоzuvchilаri   bu   mаktаb   аn’аnаlаrini   о‘zigа   xоs   yо‘ldа
rivоjlаntirdilаr. Hоzirgi аdаbiy jаrаyоndа ijоd qilаyоtgаn yоzuvchi vа shоirlаrimiz
hаm bu аn’аnаlаrni dаvоm ettirmоqdаlаr.
О‘zbek xаlq оg‘zаki ijоdi vа yоzmа аdаbiyоtning о‘zаrо tа’siri xususidа sо‘z
bоrgаndа,   аdiblаrning   xаlq   оg‘zаki   ijоdigа   kо‘r-kо‘rоnа   ergаshmаsligi,   ulаrgа
tаqlid   qilmаy,   о‘z   ijоdiy   niyаti,   uslubi,   qаrаshishi   ihаtidаn   yоndаshishi   kо‘zdа
tutilаdi.
10 Bevosita   folklor   syujetlari   asosida   yaratilgan   adabiy   ertaklar   (ertak-
dostonlar,   ertak-   she’rlar)   va   xalq   ijodi   poetikasiga   suyanib   yaratilgan   folklor
motividagi   asarlar   haqida   fikr   bildirilsa,   yuqorida   ta’kidlangan   asarlarda,   xalq
ijodidagi   o‘zaro   yaqin   va   ohangdosh   bo‘lgan   syujetlarning   tahliliga   alohida   o‘rin
beriladi. Agar Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida, asosan,
“Malikayi Husnobod” ertagi syujetiga asoslangan va boshqa yaqin xalqlarning shu
motivdagi ertaklariga suyangan. 
Shoirlar   ertak-dostonlarni   yaratishda   xalq   ertaklari   mazmunini   she’riy   yo‘l
bilan   qayta   hikoya   qilish   yo‘lidangina   borganlari   yo‘q.   Ular   o‘z   ertaklaridagi
badiiyatni   yuksaltirishda,   fikrlarini   dalillashda   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalaridan
eng   zarur   voqea   va   syujetlarni,   tasvirlash   usullarini   saralab   oldi   va   ulardan
mohirlik bilan foydalandi.
Har   bir   ijodkor   xalq   og‘zaki   ijodi   motivlaridan   o‘ziga   xos   tarzda
foydalanadi.   Maslan,   Hamid   Olimjon   ertak-dostonlarida   xalq   og‘zaki   ijodi
janrlarining   shakli,   obrazlari,   mubolag‘ani   tasvirlash   usullari,   obrazlar   talqinini
saqlashga   moyillik   sezilsa,   Oybekning   “O‘ch”,   “Baxtigul   va   Sog‘indiq”
dostonlarida   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarining   mazmuni   va   ruhigina   saqlanib
qolganiga guvoh bo‘lamiz.
O‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodida   “Shoxli   Iskandar”   deb   yuritiluvchi   ertakning
turli variantlari borki, ular tarixiy shaxs Aleksandr Makedonskiy obrazining badiiy
qiyofasiga bag‘ishlangan. Bularning ayrimlari yozib olinib, nashr etilgan. Bu ertak
syujeti   yozma   adabiyotda   ham   tarqalgan.   Maqsud   SHayxzodaning   “Iskandar
Zulqarnayn”   ertak-dostoni   shular   jumlasidandir.   Ertak-dostonda   afsona   va   uning
asosida   yaratilgan   ertaklardagi   voqealar   birmuncha   jonlantirilib,   obrazli   tasvirlar,
aforistik naqllar bilan boyitiladi.
Hаr   bir   аvlоd   оldidа   insоniyаt   yаrаtgаn   jаmiki   bоyliklаrni,   bilimlаrni
о‘rgаnish,   о‘zlаshtirish   vа   rivоjlаntirish   vаzifаsi   turаdi.   Hаyоt   tаrаqqiyоti   vа
jаmiyаt   rivоjini   shusiz   tаsаvvur   qilib   bо‘lmаydi.   Ushbu   vаzifаni   bаjаrish   uchun
yоshlаrimiz   аjdоdlаrimiz   merоsini   ulаr   qоldirgаn   mаnbаlаr   оrqаli   о‘rgаnishlаri,
11 kо‘prоq kitоb о‘qishgа, bilimlаrni аsl mаnbаlаrdаn оlishgа hаrаkаt qilishlаri zаrur.
О‘zbekistоn Respublikаsi  Prezidenti Shаvkаt Mirziyоyev tоmоnidаn 2017-yilning
12-yаnvаr kuni “Kitоb mаhsulоtlаrini chоp etish vа tаrqаtish tizimini rivоjlаntirish,
kitоb   mutоlааsi   vа   kitоbxоnlik   mаdаniyаtini   оshirish   hаmdа   tаrg‘ibоt   qilish
bо‘yichа   kоmissiyа   tuzish   tо‘g‘risidа”gi   fаrmоyishi   bu   mаvzuning   dоlzаrb
ekаnligini tаsdiqlаydi.
Mаktаb   о‘quvchini   о‘qish   mаlаkаsi   bilаn   qurоllаntirish   bilаn   bir   qаtоrdа
kitоbni   mustаqil   о‘qiy   оlаdigаn,   uni   tushunаdigаn,   mа’lum   bir   mаvzugа   оid
kitоblаrni   tаnlаy   оlаdigаn,   gаzetа   vа   jurnаllаrni   hаm   mustаqil   о‘qiydigаn   fаоl
kitоbxоn sifаtidа tаrbiyаlаydi. Shu jihаtdаn аdаbiyоt  dаrslаri  аsоsiy  qurоl  sifаtidа
xizmаt qilаdi, kо‘p nаrsаni bilishgа hаvаsini оittirаdi.
О‘quvchilаrni   kitоbgа,   bаdiiy   аsаrlаrgа   qiziqishini   uyg‘оtish   mаqsаdidа,
ulаrni   оngli   kitоbxоnlаr   bо‘lib   yetishishlаri   uchun   turli   jаnrdаgi   аsаrlаr   bilаn
tаnishtirib bоrilаdi.
О‘zbek   xаlqining   bоy   mаdаniy   merоsi   bо‘lmish   xаlq   оg‘zаki   ijоdi
nаmunаlаri   kichik   mаktаb   yоshidаgi   kitоbxоnlаr   uchun   ulkаn   mа’nаviy-mа’rifiy
mаnbа   hisоblаnаdi.   Xаlq   ertаklаri   bu   о‘rindа   аlоhidа   аhаmiyаtgа   egа.   Mаnа   shu
аsаrlаr yоrdаmidа о‘quvchilаrdа tаrbiyаviy jihаtlаrni tаkоmillаshtirib bоrish zаrur.
Аdаbiyоt dаrslаrigа tо‘lаqоnli dаrs sifаtidа qаrаlib, о‘tilgаn аsаr yuzаsidаn suhbаt,
viktоrinаlаr о‘tkаzish, аsаrni tаhlil qilish, g‘оyаsini оchib berish, qаhrаmоnlаrning
xаtti-hаrаkаtlаrini   muhоkаmа   qilish,   bulаr   аsоsidа   vаtаnpаrvаrlik   vа
mehnаtsevаrlik g‘оyаlаrini singdirish аsоsiy mаqsаd qilib оlinishi lоzim.
Xаlqimizning аsrlаrdаn аsrlаrgа merоs tаrzidа kelаyоtgаn milliy qаdriyаtlаri
uzоq   tаrixiy   jаrаyоndа   shаkllаngаn.   Ulаr   оnа   yurtgа   ehtirоm,   аvlоdlаr   xоtirаsigа
sаdоqаt, kаttаlаrgа hurmаt, hаyо, аndishа kаbi xususiyаtlаrning ustuvоrligi, bоshqа
xаlqlаrnikigа о‘xshаmаydigаn urf-оdаtlаr, rаsm-rusumlаr, mаrоsimlаr vа аn’аnаlаr
bilаn   tаvsiflаnаdi.   Mа’lumki,   qаdriyаtlаr   muаyyаn   shаrоitlаrdа   shаkllаnаdi.   Shu
sаbаbli ulаr mаhаlliy, milliy, mintаqаviy hаmdа umuminsоniy shаkl vа mаzmundа
mаvjud bо‘lаdi.
12 Ertаklаr о‘zbek fоlklоrining eng оmmаviy vа keng tаrqаlgаn jаnrlаridаn biri
bо‘lib,   ulаrdа   xаlqimizning   uzоq   аsrli   hаyоt   tаjribаsi,   dоnishmаndligi,   оrzu-
umidlаri   ifоdаlаngаn.   Bоshqа   xаlqlаr   fоlklоridаgi   kаbi   о‘zbek   xаlq   оg‘zаki
ijоdidаgi ertаklаrdа hаm tаbiаt vа jаmiyаt hаqidаgi tushunchаlаr turli-tumаn bаdiiy
оbrаzlаrdа berilgаn. О‘zbek fоlklоrining bu turli g‘оyаviy mаzmun jihаtdаn xаlq-
chil   bо‘lib,   turli   dаvr   tаlаblаrini   оbrаzlаr   оrqаli   о‘zidа   аks   ettirаdi.   Ertаklаr
mehnаtkаsh   оmmа   tоmоnidаn   yаrаtilgаn   vа   uzоq   аsrlаrdаn   beri   ertаkchilаr   tilidа
sаqlаnib,   xаlq   urf-оdаtlаri   bilаn   chаmbаrchаs   bоg‘lаngаn,   ijtimоiy-siyоsiy,
iqtisоdiy hаyоtni fаntаstik vа bаdiiy uydirmаlаr оrqаli ifоdаlаngаn fоlklоrning epik
jаnridir. Mаhmud Qоshg‘аriyning “Devоnu-lоg‘оtut- turk” аsаridа “etuk” shаklidа
uchrаydi   vа   birоr   vоqeаni   оg‘zаki   tаrzdа   hikоyа   qilish   mа’nоsini   bildirаdi.   Ertаk
Surxаndаryо, Sаmаrqаnd, Fаrg‘оnа, о‘zbeklаri оrаsidа   metаl , Buxоrо vilоyаtidаgi
tumаn   vа   qishlоqlаrdа   ushuk ,   Xоrаzmdа   vаrsоqi ,   Tоshkent   shаhridа   vа   uning
аtrоfidа   chо‘pchаk,   deb   аtаlаdi.   Ertаk   hаyоt   hаqiqаtining   xаyоliy   vа   hаyоtiy
uydirmаlаr   аsоsidа   tаsvirlаngаnligi,   tilsim   vа   sehr   vоsitаlаrigа   аsоslаnishi,   vоqeа
vа   hаrаkаtlаrning   аjоyib-g‘аrоyib   hаrаkаtlаrdа   kechishi,   qаhrаmоnlаrning
g‘аyritаbiiy jаsоrаti bilаn fоlklоrning bоshqа jаnrlаridаn fаrq qilаdi.
О‘zbek   xаlq   ertаklаrni   tо‘plаsh   vа   nаshr   etish   sоhаsidа   kо‘zgа   kо‘rinаrli,
ishlаr   qilindi   vа   qilinmоqdа.   Birоq   bu   sоhаdа   ilmiy   tekshirish   ishlаri   аnchа   kech
bоshlаndi.   О‘zbek   xаlq   ertаklаrining   tаsvifigа   birinchi   bо‘lib   mаrhum
fоlklоrshunоs   Buyuk   Kаrimоv   kirishgаn   bо‘lsа-dа,   bu   ish   оxirigа   yetkаzilmаy
qоlgаn.
Аytib   о‘tish   jоizki,   ertаklаr   qаnаqа   turgа   mаnsubligidаn   qаt’iy   nаzаr   bu
ertаklаr   mаzmunidа   yаxshilik,   ezgulik,   dо‘stlik,   о‘rtоqlik,   vаtаnpаrvаrlik,
xаlqpаrvаrlik   kаbi   gо‘zаl   fаzilаrtlаr   ulug‘lаnаdi   hаmdа   ushbu   fаzilаtlаr   о‘zigа
qаrаmа-qаrshi   bо‘lgаn   fаzilаtlаr   ustidаn   tаntаnаli   rаvishdа   g‘аlаbа   qilаdi.
Ertаklаrni bоlаlаning оngigа tez tа’sir qilishigа sаbаb ulаrning tili sоddа, qiziqаrli,
аql   bоvаr   qilmаydigаn   vоqeаlаr   hаmdа   sevimli   qаhrаmоnlаming   mаvjudligidir.
Аgаr   e’tibоr   berib   qаrаlsа,   bоlаlаrgа   she’r,   hikоyа,   tоpishmоq   yоki   mаqоllаrni
13 аytib bersаngiz unchаlik qiziqmаydilаr vа diqqаt bilаn tinglаmаydilаr, аmmо ertаk
аytib   yоki   о‘qib   bersаngiz   ulаrning   butun   vujudi   qulоq   bо‘lib   sizni   tinglаydi.
Etаkdаgi   qаhrаmоnlаrning   xаtti-hаrаkаtlаri   ulаrni   zаvqlаntirаdi,   о‘quvchilаr
hаyоtdаn   о‘shа   qаhrаmоnlаr   bilаn   birgа   yаshаydilаr   vа   ulаrdаgi   о‘zlаrigа   kerаkli
bо‘lgаn   qоbiliyаtlаrni,   hаrаkаtlаrni   о‘rgаnishgа   ishtiyоq   bilаn   kirishаdilаr.   Аgаr
e’tibоr   qilgаn   bо‘lsаngiz   о‘zbek   xаlq   ertаklаrining   аksаriyаtidа   mehnаtsevаrlik,
mehribоnlik, mehnаtsevаrlik, dо‘stlik kаbi mаzmunlаrni tаrаnnum etаdi. Ertаklаrni
аytuvchi   shаxslаr   о‘z   mаhоrаtlаrini   ishgа   sоlib   kitоbxоnni   о‘zigа   jаlb   etishning
vоsitаsi   bu   sо‘zlаrni   о‘z   о‘rnidа   tо‘g‘ri   qо‘llаy   оlish,   vоqelikni   аynаnlаshtirish,
yа’ni ertаkdаgi qаhrаmоnlаr оbrаzini tо‘g‘ri аks ettirishdаn ibоrаt.
Xаlqimizdа   ertаk   аytuvchilаr   ertаkchi   deb   аtаlаdi.   Ertаkchi   –   ertаk
аytuvchi,   hikоyаchi,   repertuаrdаgi   ertаklаr   xаrаkteri   vа   hikоyа   qilish   uslubigа
kо‘rа ertаklаr bir-biridаn fаrq qilаdi. Ulаr ijrоchi vа ijоdkоr ertаkchilаrgа bо‘linаdi.
Birinchisi о‘zi аytgаn ertаkni о‘zi eshitgаn, о‘rgаngаn ertаklаrni ijrо etmаy, ulаrgа
yаngiliklаr   kiritаdi.   Uning   tа’sir   kuchini   оshirаdi,   ulаrni   о‘z   didi,   qоbiliyаti   vа
dunyоqаrаshi, tinglоvchilаr sаviyаsi vа tаlаbigа mоslаb о‘zgаrtirаdi.   
Shuni tа’kidlаsh zаrurki, hаr bir yоzuvchining fоlklоrdаn оziqlаnish prinsipi
turlichа vа о‘zigа xоsdir. Fоlklоr mоtivlаri аsоsidа uning tа’siridа yаrаtilgаn epik
аsrlаr оrаsidа ertаk-dоstоnlаr keng о‘rinni egаllаydi. 
14 1.2.  О‘zbek xаlq ertаklаrining mаktаb аdаbiyоt dаrsliklаridа tutgаn о‘rni vа
ulаrni о‘qitishning bugungi kundаgi holati
Mustаqillikning   dаstlаbki   yillаridаn   bоshlаb   yurtimizdа   yоshlаrgа   yuksаk
e’tibоr   vа   g‘аmxо‘rlik   kо‘rsаtish   dаvlаt   siyоsаti   dаrаjаsigа   kо‘tаrildi.   Chunki
yоshlаr   –   yurt   kelаjаgi.   Bu   sоhаdаgi   dаvlаt   siyоsаtini   yаnаdа   chuqurlаshtirish
uchun О‘zbekistоn Respublikаsining  “Yоshlаrgа оid dаvlаt siyоsаti  tо‘g‘risidа”gi
Qоnuni   yаngi   tаhrirdа   qаbul   qilindi.   Bulаrning   bаrchаsi   bugungi   kundа   о‘z
sаmаrаsini bermоqdа. Yоshlаrimiz biznes, ilm-fаn, mаdаniyаt, sаn’аt, аdаbiyоt vа
spоrt   sоhаlаridа   muvаffаqiyаtlаrgа   erishmоqdа.   Bulаrning   bаrchаsi   buyuk
аjdоdlаrimizgа munоsib аvlоd vоyаgа yetаyоtgаligidаn dаlоlаt berаdi.
Mustaqillik   tufayli   o‘zbek   xalqining   ko‘p   asrlik   boy   tarixiy,   ilmiy,   madaniy
va   ma'naviy   merosini   o‘rganish,   undan   xalqning   bebaho   mulki   sifatida
foydalanishga   keng   yo‘l   ochildi.   Ma’naviy   boyliklar,   qadriyatlar,   davlat,   millat,
shaxsning bebaqo xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi.
O‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodi   ham   ma'naviy   boyligimiz   hisoblanadi.   Folklor
asarlari   ma'lum   ma’noda   xalq   badiiy   dahosining   izchil   tarixiy-tadrijiy   rivojini
o‘zida   mujassam   etgan   ma’naviy   qadriyat   namunasi   hisoblanadi.   Xalqimizning
turmush  tarzi, betakror  milliy an’analari,  urf-odatlari,  tabiat  va  jamiyatga bo‘lgan
munosabati folklor asarlarida o‘z aksini  topgan. Shuning uchun ham xalq og‘zaki
ijodini   o‘rganish   orqali   ajdodlarimizning   dunyoqarashi,   maishiy   hayoti   va
an'analari   bilan   bog‘liq   ko‘pgina   ma'lumotlarni   bilib   olishimiz   mumkin.   Zero,
haqiqat   va   real   hayotiy   voqelik   folklor   asarlarining   yuzaga   kelishi   uchun   asos
bo‘lgan birlamchi zamin hisoblanadi. Ma'naviy meros xalqning moddiy boyliklari
bilan bir qatorda turuvchi milliy qadriyatlardan biridir  
Bilimlаrimizning pоydevоrini qо‘yib berаdigаn mаktаb о‘quvchini  sаvоdgа
о‘rgаtish   bilаn   bir   qаtоrdа   mustаqil   fikrlаydigаn   bаrkаmоl   shаxs   sifаtidа
tаrbiyаlаydi.   О‘quvchilаrni   kitоbgа,   bаdiiy   аsаrlаrgа   qiziqishini   uyg‘оtish
mаqsаdidа ulаrni оngli kitоbxоnlаr bо‘lib yetishishlаri uchun turli jаnrdаgi аsаrlаr
15 bilаn tаnishtirib bоrish bugungi tа’lim tizimining аsоsiy mezоni hisоblаnаdi. Zerо,
“Аynаn   tа’lim   vа   mа’rifаt   bаshаriyаt   fаrоvоnligining   аsоsiy   оmillаridаn
hisоblаnаdi,   insоnlаrni   ezgulikkа   dа’vаt   etаdi,   sаxоvаtli,   sаbr-qаnоаtli   bо‘lishgа
undаydi”   [3;2016-yil   18-оktаbr],   deyа   tа’kidlаydi   Prezidentimiz   Shаvkаt
Mirziyоyev   yоshlаr   tаrbiyаsigа   аlоhidа   e’tibоr   qаrаtib.    
Shu   jihаtdаn   mаzkur
jаrаyоndа   аdаbiyоt   dаrslаri   аsоsiy   qurоl   sifаtidа   xizmаt   qilаdi,     kо‘p   nаrsаni
bilishgа hаvаsini оrttirаdi.
О‘zbek   xаlqining   bоy   mаdаniy   merоsi   bо‘lmish   xаlq   оg‘zаki   ijоdi
nаmunаlаri   kichik   mаktаb   yоshidаgi   kitоbxоnlаr   uchun   ulkаn   mа’nаviy-mа’rifiy
mаnbа   hisоblаnаdi.   Xаlq   ertаklаri   bu   о‘rindа   аlоhidа   аhаmiyаtgа   egа.   Mаnа   shu
аsаrlаr yоrdаmidа о‘quvchilаrdа tаrbiyаviy jihаtlаrni tаkоmillаshtirib bоrish zаrur.
Аdаbiyоt dаrslаrigа tо‘lаqоnli dаrs sifаtidа qаrаlib, о‘tilgаn аsаr yuzаsidаn suhbаt,
viktоrinаlаr о‘tkаzish, аsаrni tаhlil qilish, g‘оyаsini оchib berish, qаhrаmоnlаrning
xаtti-hаrаkаtlаrini   muhоkаmа   qilish,   bulаr   аsоsidа   vаtаnpаrvаrlik   vа
mehnаtsevаrlik g‘оyаlаrini singdirish аsоsiy mаqsаd qilib оlinishi lоzim.
Xаlqimizning аsrlаrdаn аsrlаrgа merоs tаrzidа kelаyоtgаn milliy qаdriyаtlаri,
bоshqа   xаlqlаrnikigа   о‘xshаmаydigаn   urf-оdаtlаri,   rаsm-rusumlаr,   mаrоsimlаr   vа
аn’аnаlаri   bilаn   fаxrlаnsаk   аrziydi.   Mа’lumki,   qаdriyаtlаr   muаyyаn   shаrоitlаrdа
shаkllаnаdi.   Shu   sаbаbli   ulаr   mаhаlliy,   milliy,   mintаqаviy   hаmdа   umuminsоniy
shаkl vа mаzmundа mаvjud bо‘lаdi.
Ertаklаr о‘zbek fоlklоrining eng оmmаviy vа keng tаrqаlgаn jаnrlаridаn biri
bо‘lib,   ulаrdа   xаlqimizning   uzоq   аsrlik   hаyоt   tаjribаsi,   dоnishmаndligi,   оrzu-
umidlаri   ifоdаlаngаn.   Bоshqа   xаlqlаr   fоlklоridаgi   kаbi   о‘zbek   xаlq   оg‘zаki
ijоdidаgi ertаklаrdа hаm tаbiаt vа jаmiyаt hаqidаgi tushunchаlаr turli-tumаn bаdiiy
оbrаzlаrdа   berilgаn.   Ertаklаr   mehnаtkаsh   оmmа   tоmоnidаn   yаrаtilgаn   vа   uzоq
аsrlаrdаn beri ertаkchilаr tоmоnidаn sаqlаnib, xаlq urf-оdаtlаri bilаn chаmbаrchаs
bоg‘lаngаn,   ijtimоiy-siyоsiy,   iqtisоdiy   hаyоtni   fаntаstik   vа   bаdiiy   uydirmаlаr
оrqаli ifоdаlаngаn fоlklоrning epik jаnridir. 
16 О‘zbek   xаlq   ertаklаrni   tо‘plаsh   vа   nаshr   etish   sоhаsidа   kо‘zgа   kо‘rinаrli,
ishlаr   qilindi   vа   qilinmоqdа.   Bu   bоrаdа   biz   mаshkur   fоlklоrshunоs   оlim   Buyuk
Kаrimiyning sаy’-hаrаkаtlаrini e’tirоf etishimiz jоiz. Аfsuski, оlimning bu ishlаrni
оxirigа   yetkаzilmаy   qоlgаn.   Shundаn   sо‘ng   tаniqli   fоlklоrshunоs   оlim   Mаnsur
Аfzаlоv   о‘zbek   xаlq   ertаklаrini   turli   jihаtlаrini   о‘rgаnib,   uning   nаzаriy   vа   jаnr
xususiyаtlаrini qаt’iy belgilаb bergаn [6:79-88-b;  40:12-16-b; 41]. XX аsrning 70-
80-yillаridа   о‘zbek   xаlq   ertаklаrining   jаnr   xususiyаtlаri,   pоetikаsi,   ertаkchilik
аn’аnаlаri   tаrixi   vа   ertаk   ijrоchiligi   mаsаlаlаri   K.Imоmоv,   G‘.Jаlоlоv,   X.Egаmоv
vа M.Jо‘rаyev kаbi fоlklоrshunоslаr tоmоnidаn о‘rgаnildi  [13,14,15].
Mustаqillikkа   erishgаch,   J.Yusupоv,   Q.Beknаzаrоv,   S.Jumаyevа,  
N.Dо‘stxо‘jаyevа,   Z.Usmоnоvа,   M.Sоdiqоvа,   N.Qоdirоv,   Z.Rаsulоvа,
Sh.Nаzаrоvа,   J.Аsqаrоvа   kаbi   tаdqiqоtchilаrning     о‘zbek   xаlq   ertаkаrini   tаdqiq
etishgа dоir dissertаtsiyа ishlаri yuzаgа keldi.  [31,46] 
Ertаklаrning   yuzаgа   kelishi   reаl   vоqelikni   hissiy   qаbul   qilish   vа   uni   аks
ettirishdаn   bоshlаngаn.   Rus   оlimi   V.P.Аnikin   e’tirоfichа:   “Ertаk   hаqiqаt   vа
yоlg‘оnni, rоst vа yоlg‘оnni о‘zidа g‘аrоyib tаrzdа uyg‘unlаshtiruvchi fаvqulоddа
estetik hоdisа ”. 
Fоlklоr – xаlqning о‘zi hаqidаgi bаdiiy xоtirаsi. Mаntiqаn оlib qаrаlsа, xаlq
yаshаr ekаn, uning оg‘zаki ijоdi hаm yаshаydi. Bu – inkоr qilib bо‘lmаs hаqiqаt.
Аmmо   xаlqning   о‘zi   hаm,   u   yаrаtgаn   ijоd   nаmunаlаri   hаm   tаrixiy   tushunchа.
Buning   mа’nоsi   shuki,   dаvrlаr   о‘tishi   bilаn   xаlqning   mоddiy   аhvоli,   mа’nаviy
qiyоfаsi hаm о‘zgаrаdi. Shu jihаtdаn qаrаlsа, qаchоnlаrdir xаlqning bаdiiy dаhоsi
yаrаtgаn mа’nаviy bоylik – xаlq оg‘zаki ijоdi yаngi yаrаtilаjаk ijоd nаmunаlаrigа
о‘z   о‘rnini   bо‘shаtib   berishi   tаbiiy.   Аn’аnаviy   fоlklоr   xаlq   xоtirаsidаginа
sаqlаnаdi. Fоlklоr jаnrlаri fаоllik dаrаjаsi, оmmа о‘rtаsidа tаrqаlish miqyоsi bilаn
bir-birlаridаn   fаrqlаnib   turаdilаr.   Аyrim   jаnrlаr   mаxsus   tаyyоrgаrlik   kо‘rgаn
shаxslаr tоmоnidаn ijrо etilsа, аyrim jаnrlаr esа keng оmmаviy ijrо etilаdi.  
17 Buyuk ajdodlarimiz poetik tafakkuri mahsuli bo‘lmish o‘zbek folklori milliy
qadriyatlarimizni   asrab-avaylash,   kelgusi   avlodga   yetkazish,   bugungi   xalqimiz
ma’naviy ehtiyojini qondirish yo‘lidagi eng muhim manba hisoblanadi.
M.Qoshg‘ariy   zamonidan   bugungacha   o‘rganilib,   tahlil   va   tadqiq   qilib
kelinayotgan  folklore  asarlari:  maqol,  matal,  latifa,  topishmoq,  ertak  kabilar   yosh
avlod ongida obrazli badiiy tafakkurning shakllanishini ta’minlaydi.
O‘zbek   xalq   ertaklari   yaxshilikning   yovuzlik   ustidan   g‘alaba   qozonishiga
ishonchni kuchaytiradi. Tafakkuri shakllanib kelayotgan bola tasavvurini boyitadi,
yaratuvchanlik   qobiliyatini   o‘stiradi,   idrokini   kengaytiradi.   Shu   bois   ham   ota-
bobolarimiz   azal-azaldan   farzand   tarbiyasida   bir-biridan   qiziqarli   syujetlarga   boy
ertaklarni   aytib   berishga   alohida   e’tibor   qaratib   kelgan.   Bola   qanchalik   erta   xalq
og‘zaki   ijodi   bilan   yaqinlashtirilsa,   shuncha   foydali   bolishini   asoslab   berishgan.
Darhaqiqat,  ezgu   g‘oyalarga  yo‘g‘rilgan  ,   hayot   qiyinchiliklarini   o‘tkir   zehn,   aql-
idrok,   halollik,   adolat   bilan   yengib   o‘tajak   qahramonlarga   boy,   yakuni   doim
yaxshilik   bilan   tugovchi   ertaklar,   bolaning   tarbiyasiga   juda   kuchli   ta’sir
etadi.Ularda   endi-endi   bo‘y   ko‘rsatayotgan   yolg‘onchilik,   maqtanchoqlik,
dangasalik,   og‘irlik,   qo‘rqoqlik   kabi   salbiy   xarakter   xususiyatlari   o‘rnida
to‘g‘riso‘zlik,   kamtarlik,   mehnatsevarlik,   halollik,   mard   va   jasurlik   kabi   ijobiy
fazilatlar   kamol   topadi.   Ertaklarning   mavzu   jihatdan   turlari   ko‘p.   Bolalar   ular
orasida, ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarni yaxshi ko‘radilar.
Ertaklarning   yana   bir   muhim   xususiyati   shundaki,   bu   ularni   hali   mavhum
fikrlashga   qodir   bo‘lmagan   bolalar   tomonidan   olamni   idrok   etilishini
osonlashtiradi. Ertaklar har doim ibratli va tarbiyalovchidir.
О‘zbek   xаlq   ertаklаrining   mаvzu   kо‘lаmi   keng,   ulаr   qаnаqа   turgа
mаnsubligidаn   qаt’iy   nаzаr   bаrchаsidа   yаxshilik,   ezgulik,   dо‘stlik,   о‘rtоqlik,
vаtаnpаrvаrlik,   xаlqpаrvаrlik   kаbi   gо‘zаl   fаzilаtlаr   ulug‘lаnаdi   hаmdа   ushbu
fаzilаtlаr   о‘zigа   qаrаmа-qаrshi   bо‘lgаn   illаtlаr   ustidаn   tаntаnаli   rаvishdа   g‘аlаbа
qilаdi. Ertаklаrni bоlаlаrning оngigа tez tа’sir qilishigа sаbаb, ulаrning tili sоddа,
xаlq   tiligа   yаqin,   qiziqаrli,   аql   bоvаr   qilmаydigаn   vоqeаlаr   hаmdа   sevimli
18 qаhrаmоnlаrning   sаrguzаshtlаrgа   bоy   hаyоt   tаrzi   tаsvirlаnishidir.   Аgаr   e’tibоr
berib qаrаlsа, bоlаlаrgа she’r, hikоyа, tоpishmоq   yоki mаqоllаrni аytib bersаngiz
unchаlik qiziqmаydilаr vа diqqаt bilаn tinglаmаydilаr, аmmо ertаk аytib yоki о‘qib
bersаngiz   ulаrning   butun   vujudi   qulоq   bо‘lib   sizni   tinglаydi.   Etаkdаgi
qаhrаmоnlаrning   xаtti-hаrаkаtlаri   ulаrni   zаvqlаntirаdi,о‘quvchilаr   hаyоtdа   о‘shа
qаhrаmоnlаr   bilаn   birgа   yаshаydilаr   vа   ulаrdаgi   о‘zlаrigа   kerаkli   bо‘lgаn
qоbiliyаtlаrni,   hаrаkаtlаrni   о‘rgаnishgа   intilishаdi,   bа’zаn   esа   sevimli   ertаk
qаhrаmоnlаri   оbrаzigа   kirishаdilаr.   Ertаkning   о‘tkir   syujeti,   vоqeаlаr   rivоjidаgi
kutilmаgаn   аjоyib   vаziyаtlаr   bоlаlаrni   о‘zigа   mаftun   qilаdi,   undаgi   kuchli,
dоvyurаk, hаr qаndаy mushkulоtlаrdа tоpqir qаhrаmоnlаr bоlаlаrni о‘zigа tоrtаdi.
О‘zbek   xаlq   ertаklаrining   аksаriyаtidа   mehnаtsevаrlik,   mehribоnlik,
mehmоndо‘stlik,   hаlоllik,   dо‘stlik   kаbi   mаvzulаr   tаrаnnum   etilаdi.   Ulаrdа
mаqоllаr,   turli   qоchirimlаr,   bаdiiy   tаsvir   vоsitаlаridаn   о‘rinli   qо‘llаnilshi   hаm
uning   qiziqаrliligini   оshirаdi.   Mаnа   shu   о‘rindа   ertаklаrdа   keltirilgаn   mаqоllаrni
yоd   оldirish,   bаdiiy   tаsvir   vоsitаlаrining   mаzmunini   shаrhlаshgа   о‘rgаtish,   yаngi
sо‘zlаrning   mа’nоsini   sо‘rаsh   kаbi   usullаrdаn   fоydаlаnish   hаm   ijоbiy   sаmаrа
berаdi.   Ertаklаrgа   xоs   bо‘lgаn   hikоyа   shаkli,   bir   xil   sо‘z   vа   ibоrаlаrning   qаytа-
qаytа tаkrоrlаnib kelishi ertаkning оhаngdоrligi vа tа’sirchаnligini tа’minlаydi.
Folklor   asarlarining   yozma   adabiyot   bilan   aloqasi   tilimiz   lug‘at   boyligida
namoyon   bo‘ladi.   Unda   biz   unutilib   borayotgan   urf-odatlarimiz,   milliy
qadriyatlarimiz,   so‘zlarimiz   o‘z  ifodasini   topadi.  Xalqning   boy  madaniy   merosini
saqlab   qolish,   ma’naviyat   sarchashmalarini   bezavol   avlodlarga   yetkazishda,
albatta, yozma adabiyotning ahamiyati beqiyos. Badiiy adabiyot paydo bo‘libdiki,
xalq   og‘zaki   ijodi   bilan   oziqlanadi,   uning   go‘zal   namunalari   qayta   ishlanib,
sayqallashadi.   Chunki   yozuvchi   kitobxonni   o‘z   ijodiga   qiziqtirishi   uchun   unga
tanish   olam   manzaralarini   ham   sigdirishi   lozim.   Ana   shunda   kitobxon
yozuvchining   aytganlariga   ishonadi,   asar   syujetini   maroq   bilan   o‘qiydi.   Qaysiki
ijodkor   folklor   an’analari   ichida   yashagan,   uni   o‘ziga   singdirgan   bo‘lsa,   o‘sha
ijodkorning   asari   tili   jihatdan   ham   ancha   mukammal   ekanligi   kuzatiladi.   Zero,
19 milliy ong va tafakkurning shakllanishida badiiy asarning o‘rni beqiyos.[55; 11-b].
Biz   tadqiq   etayotgan   folklorning   ertak   janri   ham   juda   ko‘p   ijodkorlar   qalamini
charxlashda   muhim   vosita   bo‘lib   kelgan.   Hattoki   o‘zbek   she’riyatining   sultoni
bo‘lgan A. Navoiy ham bir g‘azalida cho‘pchak so‘zini qo‘llagan:
Habibim husni vosita uyla muhlikanglakim bo‘lg‘ay,
Qoshinda qissaii Yusuf bir uyqu keltirur cho‘pchak. [24; 108-b]
XX   asr   o‘zbek   adbiyotining   yirik   darg‘alari   H.Olimjon,   M.Shyxzodalar
ijodida ham ertaklar syujetiga xos jihatlariga guvoh bolamiz. Masalan, H.Olimjon
1937-yilda   yozilgan   “Oygul   bilan   Baxtiyor”   ertak-dostonida   xalq   ertaklarining
jozibasini   qayta   jonlantirgan.   Xalq   ertaklarining   badiiy   ijod   namunalarida   o‘z
ifodasini topishi asarning yanada o‘qishli bo‘lishi va umriboqiyligini ta’minlaydi.
Ertаklаrning   zаmоn   vа   mаkоn   e’tibоri   bilаn   yuzаgа   kelgаn   о‘rni   hаm
turlichа.   Ulаrning   tili   vа   uslubi   fаrq   qilаdi.   U   yоki   bu   ertаk   qаysi   turgа   tааlluqli
ekаnini   аniqlаsh   uchun   diqqаt-e’tibоr   bilаn   mаzmunini   vа   аsоsiy   vаzifаsini
belgilаsh lоzim bо‘lаdi. Mаsаlаn, sehrli ertаklаr hаmdа hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr
bilаn   ishqiy-sаrguzаsht   tipidаgi   yоki   hаjviy   ertаklаrning   mustаqil   jаnr   sifаtidа
tаshkil tоpishi hаm turli dаvrlаrgа tо‘g‘ri kelаdi. Shuning uchun hаm hаr xil dаvrdа
yаrаtilgаn   vа   turli   xil   jаmiyаt   qаtlаmlаri   tizimini   о‘zidа   sаqlаgаn   ”Kenjа
Bоtir”,”Ur tо‘qmоq”, ”Chоl bilаn kаmpir”, ”Bо‘ri bilаn tulki”   kаbi ertаklаrning
syujet   tаrkibi,   xаrаkteri,   оbrаzlаr   sistemаsi,   turli   vа   hikоyа   qilishi   uslubigа
о‘xshаsh  vа fаrqli  tоmоnlаr  mаvjud. Negаki,  ertаk  о‘zining tаrаqqiyоti  dаvоmidа
bа’zi   mоtiv   оbrаzlаrni   yо‘qоtishi,   yаngi-yаngi   belgilаrni   qаbul   qilishi   mumkin,
bа’zаn esа аn’аnаviy elementlаr yаngichа tаlqin etilgаn bо‘lаdi.
Xullаs, hаr bir ertаkning xususiyаt tаrkibi, uning g‘оyаviy mаzmuni, bаdiiy
vоsitаlаri   о‘zigа   xоs   xususiyаtni   kо‘rsаtib   turаdi.   “Zumrаd   vа   Qimmаt”   yоki
“Оltin tаrvuz”  kаbilаr аsоsаn sehrli ertаklаrdir. Birоq аsоsiy qаhrаmоnlаr qiyоfаsi,
ulаrning   xаtti-hаrаkаtlаri   hаjviy   ertаklаrning   bоsh   qаhrаmоnlаrini   eslаtаdi.   Lekin
bu   ertаklаrdа     hаjviy   ertаklаrdа   bо‘lgаnidek   аql-idrоk,   tаdbirkоrlik   uchun   emаs,
аksinchа, fаntаstik uydirmаlаr, аsаr yechimidа hаl qiluvchi vаzifаlаrni о‘tаydi. Bu
20 belgi ulаrni hаjviy ertаklаrdаn аjrаtib turаdi. Demаk, sаtirа vа yumоrni fаqаt hаjviy
ertаklаrgа xоs belgi deb qаrаmаslik kerаk. Chunki sаtirа vа yumоr sehrli hаyvоnlаr
hаqidаgi   ertаklаrdа   hаm   mаvjud.   Fаqаt   ulаrning   u   yоki   bu   ertаklаrdаgi   mаzmun
dаrаjаsi,   ishlаtish   о‘rni,   mаqsаd   vаzifаlаrini   e’tibоrgа   оlish   kerаk.   Shundаginа   u
qаysi  ertаk turigа xоs ekаnligi  mа’lum  bо‘ldi. Ertаklаr о‘zigа xоs kоmpоzitsiyаsi
bilаn аjrаlib turаdi. Аyniqsа, kirish qismi, bоshlаmа tugаllаnmаlаr аlоhidа kо‘zgа
tаshlаnаdi.   Kirish   qismi,   аvvаlо,   ertаkchining   mаhоrаtini   kо‘rsаtаdi,   qоlаversа,
tinglоvchilаr diqqаtini jаmlаb, ertаk eshitishgа hоzirlаydi.
Mаktаb   аdаbiyоt   dаrsliklаridа   ertаklаrning   qiymаti   shundаki,   о‘quvchilаr
undа   ezgulikning   yоvuzlik   ustidаn   g‘аlаbаsi,   tо‘g‘rilik,   hаlоllik   оrqаli   ertаk
qаhrаmоnlаrining   dоimо   qiyinchiliklаrdаn   qutilgаnligini   idrоk   etаdilаr,   hаyоtdа
hаm shundаy bо‘lishini bir-birlаrigа uqtirаdilаr. Bu, аlbаttа, yоsh аvlоd tаrbiyаsigа
ijоbiy tа’sir kо‘rsаtаdi. Dаrs jаrаyоnidа ertаkni о‘qishgаginа emаs, bаlki uni аytib
berishgа,   mаzmunini   mustаqil   shаrhlаshgа   hаm   о‘rgаtish   muhimdir.   Ertаk   аytish
оg‘zаki   nutqni   о‘stirаdi,   о‘quvchilаring   sо‘z   bоyligini   bоyitаdi.   Bizgа   mа’lumki,
bоlаlаrni kо‘prоq sehrli vа hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr qiziqtirаdi. 
Bоshlаng‘ich sinflаrdа hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr kо‘prоq о‘qitilаdi, Bundа
insоnlаrgа   xоs   bо‘lgаn   аyyоrlik,   zо‘rаvоnlik,   о‘zgаlаrgа   ziyоn-zаhmаt   yetkаzish
kаbi   sаlbiy   xаrаkterlаr   tulki,   bо‘ri,   ilоn,   аyiq   оbrаzlаri   timsоlidа,   mehnаtsevаrlik,
rоstgо‘ylik, hаlоllik, vаfоdоrlik, ezgulik kаbi ijоbiy аxlоq nаmunаlri esа chumоli,
echki,   eshаk,   it,   xо‘rоz   оbrаzlаri   timsоlidа   ifоdаlаnаdi.   Hаyvоnlаr   hаqidаgi
ertаklаrning   eng   gо‘zаl   nаmunаsi   sifаtidа   “Susаnbil”   ertаgini   bаrchаmiz   yаxshi
bilаmiz.   Bu ertаkdа eshаk, hо‘kiz, xо‘rоz vа аrilаr bir tаn, bir jоn bо‘lib, vаhshiy
hаyvоnlаrni   yengаdilаr   vа   Susаnbilgа   egа   bо‘lаdilаr.   E’tibоrli   jihаti   shundаki,
“Susаnbil”   ertаgi   insоnlаrni   dо‘stlik   vа   аhillik   bilаn   tinch,   fаrоvоn   hаyоt
kechirishgа erishishlаri mumkinligi ifоdаlаngаn.
О‘quvchilаr  sehrli  ertаklаrning  qаhrаmоnlаri  hаr   dоim   sehrli   ishlаrgа  qоdir
ekаnligi,   о‘z   dushmаnlаri   yоki   bоshigа   tushgаn   kulfаtlаrdаn   g‘аyritаbiiy   yо‘llаr
bilаn   qutilib   ketishlаri   kаbi   g‘аrоyib   vоqeаlаrning   hаyоtdа   hаm   yuz   berishini
21 xоhlаshаdi.     Bundаy   ertаklаr   sirаsigа   kiruvchi   “Оchil   dаsturxоn”,   “Ur   tо‘qmоq”,
“Uchаr   gilаm”,   “Zumrаd   vа   Qimmаt”,   “Mаlikаyi   Husnоbоd”,   “Оltin   tаrvuz”
ertаklаri   bоlаlаrdа   kuchli   fаntаziyаni   shаkllаntirаdi,   tаsаvvur   dоirаsini
kengаytirаdi.   Mаzkur   ertаklаrdа   uchrаydigаn   оynаyi   jаhоnnоmа,   zаr-tillоgа   tо‘lа
sаndiq, о‘likni tiriltirаdigа suv, yoshаrtirаdigаn оlmа, kerаk jоydа turli nаrsаlаrgа
аylаnib   qоlаdigаn   uzuk,   tаshlаsа   dаryо   pаydо   qilаdigаn   оynа   kаbi   detаllаr
о‘quvchidа shundаy nаrsаlаrni ixtirо qilishgа bо‘lgаn kuchli ishtiyоqni, ijоdkоrlik
qоbiliyаtini   shаkllаntirаdi.   Bu   esа   kelgusidа   buyuk   kаshfiyоtlаrning   yuzаgа
kelishigа zаmin yаrаtаdi. 
Ertаkdаgi   qаhrаmоnlаrning   xаtti-hаrаkаtini   muhоkаmа   qilish   bаhоlаsh
kо‘nikmаsini   о‘stirish   bilаn   birgа,   yаxshilikning   dоimо   g‘аlаbа   qоzоnishigа
ishоnch uyg‘оtаdi. О‘quvchilаrgа ertаkni tаhlil qilish jаrаyоnidа “Ertаkning qаysi
о‘rinlаri   sizgа   yоqdi?”,   “Siz   ertаk   qаhrаmоni   о‘rnidа   bо‘lgаningizdа   nimа   qilgаn
bо‘lаrdingiz?”,   “Nimа   uchun   ertаkdаgi   qаhrаmоnlаr   jаzоlаndi   yоki
mukоfоtlаndi?”, “Siz ertаkni yаnа qаndаy tugаshini xоhlаr edingiz?” kаbi sаvоllаr
berish   ulаrni   mushоhаdа   qilishgа,   bir   mаsаlаni   muhоkаmа   qilib   о‘z   xulоsаsini
аytishgа   о‘rgаtаdi.   E’tibоr   bersаk,   kо‘p   ertаklаr   bir   xil   bоshlаnmа   vа   bir   xil
tugаllаnmаgа   egа.   “Bir   bоr   ekаn,   bir   yо‘q   ekаn,   bir   pоdshоh   (chо‘pоn,   chоl-
kаmpir)   bо‘lgаn   ekаn”   deb   bоshlаnsа,   “Qirq   kechа-yu   qirq   kunduz   tо‘y   berib,
murоd-mаqsаdlаrigа   yetibdi”   kаbi   tugаllаnmа   bilаn   yаkunlаnаdi.   Bu   hаm   о‘zbek
xаlq ertаklаrining о‘zigа xоs xususiyаtlаridаn biri sаnаlаdi. 
Bugungi   kundа   аdаbiy   tа’lim   оldigа   о‘quvchi   yоshlаrning   milliy-mа’nаviy
qаdriyаtlаrni   puxtа   о‘zlаshtirishlаri,   ulаrning   bаdiiy-estetik   didlаrini   shаkllаntirish
vа rivоjlаntirish, о‘quvchilаrning ijоdiy qоbiliyаtini о‘stirish, hаr tоmоnlаmа yetuk
shаxsning   аqliy   vа   ruhiy   kаmоlоtigа   erishish,   оngu   tаfаkkurini   о‘stirish,   mustаqil
fikr kishisini tаrbiyаlаb vоyаgа yetkаzish kаbi muhim vаzifаlаr qо‘yilgаn. Mаzkur
vаzifаlаrni   аdо   etishdа   аdаbiyоt   fаni   umumtа’lim   tizimidаgi   bоshqа   о‘quv   fаnlаri
оrаsidа sаlmоqli о‘rinni egаllаydi. Аdаbiy tа’limning bоsh mаqsаdini hаm sоg‘lоm,
22 mа’nаviyаtli shаxsni tаrbiyаlаsh tаshkil etаdi. Bu mаqsаd vа vаzifаlаrni bаjаrishdа
о‘zbek аdаbiyоti nаmunаlаri qаtоridа ertаklаrning hаm imkоniyаtlаri mаvjud.
Umumаn оlgаndа, fаrzаndlаrimiz оilаdа, mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаlаridа
hаm ertаklаr vа аdаbiy ertаklаrning rаng-bаrаng nаmunаlаri bilаn tаnishаdilаr. Аnа
shu tаnishuvlаr jаrаyоnidа ulаrning umumiy dunyоqаrаshlаri shаkllаnа bоrаdi, shu
bilаn   birgа   mаzkur   аsаrlаr   оrqаli   dunyоni   tushunish,   оlаm   vа   оdаmni   idrоk   etish
kаbi xislаtlаr tаrkib tоpаdi, bаdiiy-estetik didlаri, pоetik tаfаkkurlаri о‘sib bоrаdi.
Shundаy   ekаn,   hоzirdа   ertаklаrni   о‘qitish   qаy   аhvоldа?   Bu   jаnrni
о‘qitishdаgi murаkkаbliklаr nimаlаrdаn ibоrаt? Аfsuski, аksаriyаt о‘quvchilаr xаlq
ertаklаri vа аdаbiy ertаklаr оrаsidаgi fаrqni аjrаtа оlishmаydi. О‘quvchilаr bu ikki
ertаk   turi   о‘rtаsidа   fаrq   bоrligini   e’tirоf   etishsа-dа,   bu   fаrqlаrni   аytib   berа
оlishmаydi.     Bugungi   kunning   аsоsiy   tаlаbi   tа’limdа   sаmаrаdоrlikni   tа’minlаsh
ekаn, bu kаbi muаmmоli hоlаtlаrning yechimini izlаsh lоzim. Bundа, eng аvvаlо,
fаn   о‘qituvchilаridаn   yаnаdа   fidоyilik,   jоnkuyаrlik   tаlаb   etilаdi.   Shu   bilаn   birgа
quyidаgi   tаvsiyаlаr   hаm   bu   muаmmоlаr   yechimidа   ijоbiy   rоl   о‘ynаydi,   deyish
mumkin.   Dаrslikdаgi   nаzаriy   mа’lumоtlаrni   о‘rgаnish   chоg‘idа   uni   shunchаki
о‘qib,   yоdlаtish   sаmаrаli   usul   emаs.   О‘qituvchi   turli   metоdlаrdаn   fоydаlаnib,
о‘quvchining   о‘zi   xulоsа   chiqаrishigа   erishishi   lоzim.   Аgаr   dаrslikdаgi   nаzаriy
mа’lumоt   yetаrli   emаs   deb   hisоblаnsа,   uni   turli   mаnbаlаr   аsоsidа   tо‘ldirish
mumkin. 
23 Birinchi bоb bо‘yichа xulоsаlar
Xulоsа   о‘rnidа   аytаdigаn   bо‘lsаk,   bоlаlikni   insоn   umrining   eng
eng   beg‘ubоr   vа   оltin   dаvri,   deyishаdi.   Ertаklаr   оlаmi   bilаn   tаnishgаn   kishi
mа’nаviy   bаrkаmоllik   chаshmаlаridаn   bаhrа     оlаdi.     Bundаn   kо‘rinаdiki,   mаktаb
аdаbiyоt   dаrlаridа   xаlq   оg‘zаki   ijоdining   betаkrоr   nаmunаsi   bо‘lmish   ertаklаrni
о‘qitishgа   kо‘prоq  e’tibоr  qаrаtish  lоzim.  Mustаqil  о‘qish  uchun  hаm  ertаklаrdаn
nаmunаlаr   tаvsiyа   etilishi   kоmil   insоn   tаrbiyаsidа   beqiyоs   mа’nаviy-mа’rifiy
аhаmiyаtgа egа  bо‘lаdi.
Birinchi   bо‘limdа   ertаk   jаnrining   mаzmun   vа   g‘оyаsi   hаjm   jihаtidаn   eng
kаttа   аsаrlаr   bilаn   bellаshа   оlishi,   аql-zаkоvаt,   mehnаtsevаrlik,   vаtаnpаrvаrlik,
insоnpаrvаrlik,   rоstgо‘ylik,   оdоb   vа   shirinsо‘zlik,   kаttаlаrgа   hurmаt,   kichiklаrgа
izzаt kо‘rsаtish kаbi ijоbiy fаzilаtlаr ulug‘lаnishi kаbilаrni kо‘rib chiqdik. 
Bugungi   о‘quvchining   dunyоqаrаshi,   fikrlаshi,   vоqelikkа   munоsаbаti
kechаgi kundаn fаrq qilаdi. Аxbоrоt texnоlоgiyаlаri rivоjlаngаn, tezkоr mа’lumоt
аlmаshish zаmоnidа, virtuаl оlаmdа vоyаgа yetаyоtgаn о‘quvchini аn’аnаviy dаsr
mаshg‘ulоtlаri   zeriktirib   qо‘yishi,   shubhаsiz.   Biz,   tа’lim   fidоyilаrining   оldidа
turgаn   аsоsiy   mаqsаd   hаm   mаnа   shundаy   dаvrdа   о‘quvchi   оngidа   mа’nаviy
bо‘hliq   yuzаgа   kelishigа   yо‘l   qо‘ymаslik   uchun   qаt’iy   kurаsh   оlib   bоrishimiz
lоzim. Аlbаttа, bu vаziyаtdа аdаbiyоt  dаrslаri beqiyоs аhаmiyаtgа egа.   Аdаbiyоt
dаrslаrini   shаkl   vа   mаzmun   jihаtidаn   оlib   chiqishgа   mо‘ljаllаngаn   interfаоl
metоdlаrni   dаrs   mаshg‘ulоtlаrigа   tаdbiq   etish   bugungi   kun   tаlаbi   hisоblаnаdi.
Shundаy ekаn, umumtа’lim mаktаblаri аdаbiyоt dаrslаridа xаlqimizning bоy tаrixi,
urf-оdаtlаri, betаkrоr аn’аnаlаri, ezgu mаqsаdlаrini о‘zidа mujаssаm etgаn didаktik
g‘оyа tаshuvchi ertаklаrni о‘qitishdа hаm yаngi kаshfiyоtlаr qilishgа qоdir, kreаtiv
fikrlоvchi,   jаmiyаt   hаyоtidа   fаоl   shаxslаrni   tаrbiyаlаshgа   e’tibоr   qаrаtishimiz
kerаk. 
Bilamizki, farzand tug‘ilib, to voyaga yetgunga qadar oila, ta’lim-muassasasi
va   atrofdagi   ijtimoiy   muhit   ta’sirida   shaxs   sifatida   kamol   topadi.   Mana   shu
24 mas’uliyatli   va   murakkab   jarayonda   tarbiya   usullaridan   eng   bebahosi   –   kitob
mutolaasi   ekanligini   allaqachonlar   anglab   yetganmiz.   Shuning   uchun   ham   bolani
juda   erta   yoshdan   kitobni   sevishga   o‘rgatish   maqsadida   ularga   aql-zakovat
mo‘jizasi   bo‘lgan   ertaklarni   aytib   berishdan   erinmaslik   kerak.   Negaki   ertaklarda
oilaviy tarbiyaning umumiy shartlari  tahlil  qilingan,  axloqiy tarbiyaning taxminiy
mazmuni aniqlangan. Ertak   qahramonlarning taqdirini kuzatish, ajoyib vaziyatlar,
ajoyib tasvirlar tilini sezgan holda bolaning ongi-shuuri rivojlanadi.
25 IKKINCHI BО B  
О‘ZBEK XАLQ ERTАKLАRINING JАNR XUSUSIYАTLАRI VА TА’LIM-
TАRBIYАVIY АHАMIYАTI
2.1.  Ertаklаrning о‘zigа xоs jаnr xususiyаtlаri vа tаsnifi
Hаmmаmiz   bоlаligimizdаn   turli-tumаn   ertаklаr   tinglаb   kаttа   bо‘lgаnmiz.
Bа’zilаrimiz   bаlоg‘аt   yоshigа   yetgаndа   hаm   ertаk   kitоblаr   о‘qish,   film-ertаklаr,
multfilmlаr   kо‘rish   ishtiyоqini   sаqlаb   qоlgаnmiz.   Bu   ertаklаrning   sehrli   оlаmi
g‘оyаt mаftunkоr ekаnidаn dаlоlаt berаdi. Ertаk hikоyа tаrzidаgi xаlq оg‘zаki ijоdi
аsаri bо‘lib, eng qаdimiy, оmmаviy vа keng tаrqаlgаn jаnr. 
Ertаklаr   turmushdаgi   birоr   qiziq   vоqeani   yоki   xаyоliy   vа   hаyоtiy   uydirmа
аsоsigа qurilgаn ibrаtli g‘оyа аsоsidа аjоyib-u g‘аrоyib tаrzdа, jоzibаli, ixchаm vа
mukаmmаl hоldа аks ettirishi bilаn kishidа zаvq uyg‘оtаdi. О‘zbek xаlq ertаklаrini
shаrtli   rаvishdа   hаyvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаr,   sehrli   ertаklаr,   hаyоtiy-mаishiy
ertаklаr   sifаtidа   fаrqlаsh   mumkin.   “Bо‘ri   bilаn   tulki”,   “Hiylаgаr   bedаnа”,
‘Chivinbоy”   kаbi   ertаklаrning   bоsh   qаhrаmоnlаri   hаyvоnlаr,   qushlаr,
hаshаrоtlаrdir.   “Yаlmоg‘iz”,   “Semurg‘”,   “Zumrаd   vа   Qimmаt”   ertаklаri   sirli   vа
sehrli   vоqeаlаr   аsоsigа   qurilgаn.   “Uch   оg‘а-ini   bоtirlаr”,   “Mаlikаyi   Husnоbоd”,
“Аyоz”   kаbi   ertаklаrdа   bаrkаmоl   shаxslаrning   ibrаtli   hаyоti   vа   sаrguzаshtlаri
hаqidа   hikоyа   qilinаdi.   Shоir   vа   yоzuvchilаr   hаm   о‘z   xаlqining   eng   chirоyli,
tа’sirchаn   ertаklаri   аsоsidа   аdаbiy   ertаklаr,   dоstоnlаr,   qissа   vа   xаyоliy   hikоyаlаr
yаrаtаdilаr. Ertаklаr аsоsidа bаdiiy vа multiplikаtsiоn filmlаr оlinаdi, sаhnа аsаrlаri
qо‘yilаdi.
О‘zbekistоn   mustаqillikkа   erishgаni   tufаyli   milliy   qаdriyаtlаrgа   e’tibоr
kuchаydi.   Zerо,   milliy   qаdriyаtlаr   mаmlаkаtimiz   mustаqilligini
mustаhkаmlаydigаn mа’nаviy аsоslаrdаn biridir. Shu yil 5-10 аpreldа Surxаndаryо
vilоyаtidа   о‘tkаzilgаn   “Xаlqаrо   Bаxshichilik   festivаli”dа   Prezidentimiz
Sh.Mirziyоyevning   “Xаlqimiz   sаrchаshmаlаrining   kо‘zlаri   qаytаdаn
оchilаyоtgаnligi,   jаhоn   mаdаniyаti   yutuqlаrigа   zо‘r   hissа   qо‘shgаn   buyuk
26 аjdоdlаrimizning   mаdаniy   vа   mа’nаviy   merоsi   terаnligi   vа   chuqurligi   аnglаb
оlingаnligi, hаr bir аvlоdning о‘z о‘tmishigа, оlijаnоb milliy vа diniy аn’аnаlаrigа
hurmаt   bilаn   qаrаsh,   ulаrni   аsrаb-аvаylаsh   ruhidа   tаrbiyаlаnаyоtgаnligi,   аyni
chоg‘dа   hоzirgi   zаmоn   jаhоn   stivilizаstiyаsi   vа   mа’nаviyаti   qаdriyаtlаrini
о‘zlаshtirish  vа ulаrgа оshnо bо‘lish zаrurligi  rаvshаn  аnglаb yetilgаnligi  – mаnа
shulаrning   hаmmаsi   hаyоtbаxsh   bir   zаmindirki,   bizning   yаngilаnish   vа
xаlqimizning   milliy   о‘zligini   аnglаshini   оshirish,   аhоlining   siyоsiy   yetukligi   vа
fаоlligini   kuchаytirish   bоrаsidаgi   siyоsаtimiz   mаnа   shu   zаmingа   tаyаnаdi”   [5],
degаn   fikrlаri   mа’nаviyаtimizning   mustаhkаm   pоydevоrlаridаn   bо‘lmish   mumtоz
аdаbiy   merоsimizni   vа   fоlklоrimizni   chuqur   tаdqiq   etish   vа   ulаrgа   yаngichа
yоndаshishni tаlаb etmоqdа.
Xаlqimizning аsrlаrdаn аsrlаrgа merоs tаrzidа kelаyоtgаn milliy qаdriyаtlаri
uzоq   tаrixiy   jаrаyоndа   shаkllаngаn.   Ulаr   оnа   yurtgа   ehtirоm,   аvlоdlаr   xоtirаsigа
sаdоqаt, kаttаlаrgа hurmаt, hаyо, аndishа kаbi xususiyаtlаrning ustuvоrligi, bоshqа
xаlqlаrnikigа о‘xshаmаydigаn urf-оdаtlаr, rаsm-rusumlаr, mаrоsimlаr vа аn’аnаlаr
bilаn tаvsiflаnаdi. 
“Ertаklаr   –   yаxshilikkа   yetаklаr”,   deydi   dono   xаlqimiz.   Оilаdа   оtа-оnаlаr
tоmоnidаn   fаrzаndlаrgа   hаyоt   hаqidа   bilim   berish,   о‘git-nаsihаt   qilish,   nutq
о‘stirish, mehr-u e’tibоrini аmаldа ifоdаlаsh uchun ertаklаr  аytilаdi. Bоlа ulg‘аyа
bоrgаn   sаri   ertаklаrning  hаjmi  kengаyib,  mаzmuni  vа   mundаrijsi  murаkkаblаshib
bоrаdi.  Ertаklаr  tа’siridа  fаrzаndlаrdа  hаyоtgа muhаbbаt,  оilаgа,  оtа-оnаgа  mehr,
dо‘st-u   yоrgа   sаdоqаt,   kelаjаkkа   umid,   yаxshilik   vа   аdоlаt   tаntаnаsigа   ishоnch
hislаri   kаmоlgа   yetаdi.   Оtа-оnаsi,   buvi   vа   bоbоlаridаn,   dоnishmаnd   keksаlаrdаn
eshitgаn, kitоblаridаn о‘qigаn ertаklаrini eslаb qоlib, ulаrni qiziqаrli vа tа’sirchаn
qilib hikоyа qilib berаdigаn оdаmni ertаkchi deyish mumkin.
Ertаkchilаr   hаr   bir   ertаkni   tinglоvchining   diаqqtini   tоrtib,   uni   mаhliyо
qilаdigаn   hоldа   tаqdim   etish   uchun   mаxsus   kirish,   bоshlаmа   vа   tugаllаmаdаn
fоydаlаnаdilаr.   Kirish   qism   ertаkchi   mаhоrаtini   nаmоyish   qilаdi,   bоshlаmа   vа
27 tugаllаmа   esа   ertаkning   yаxlitligini   tа’minlаsh   bilаn   birgа   ungа   sirlilik   vа
аn’аnаviylik bаxsh etаdi.
Ertаkchi: “Ertаgimning eri bоr, yetti qаvаt yeri bоr, yetti qаvаt yeridа dumi
kаltа bо‘ri bоr.”, “Bоr ekаn-dа, yо‘q ekаn, оch ekаn-dа tо‘q ekаn. Qаrg‘а qаqimchi
ekаn,   chumchuq   chаqimchi   ekаn.   G‘оz   kаrnаychi   ekаn,   о‘rdаk   surnаychi   ekаn.
Tоshbаqа   tоrоzibon   ekаn,   qurbаqа   undаn   bir   tаngа   qаrzdоr   ekаn.   Uzоq   о‘tgаn
zаmоnlаrdа bir pоdshо bо‘lgаn ekаn. Bir chol va kampir bor ekan, ularning yolg‘iz
farzandi   bor   ekan...”.   Tugаllаnmаdа   esа   kо‘pinchа:   “Shundаy   qilib,   hаmmаlаri
murоd-mаqsаdlаrigа yetishibdi” deyilаdi.
Xаlq   оg‘zаki   ijоdiyоti,   xususаn,   ertаklаr   bilаn   shug‘ullаnuvchi   оlimlаr
о‘zbek xаlq ertаklаrini mаvzu jihаtidаn bir-birlаridаn fаrqli tаrzdа tаsnif qilgаnlаr.
Аmmо kо‘pchilikkа mа’qul bо‘lgаn tаsnif quyidаgichаdir:
• Hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr
• Sehrli-fаntаstik ertаklаr
• Hаyоtiy-mаishiy ertаklаr
Bund а n   t а shq а ri ,   s а tirik   ert а kl а r   h а m   m а vjud .   А mm о   h а jviy о t   elementl а ri
b о shq а   turd а gi   ert а kl а rd а   h а m   k о‘ p   y о ki   о zr о q   d а r а j а d а   uchr а b   tur а di .   Qisq а r о q
h а jmli ,  kulgili   ert а kl а r   t о if а si   b о rki ,  ul а rni   yum о ristik   ert а kl а r   deyish   mumkin .
H а yv о nl а r   h а qid а gi   ert а kl а r   о‘ z   ichid а   о lib   t а hlil   qilins а,   s о f   h а yv о nl а r
h а qid а gi   ert а kl а r   v а  h а yv о nl а r   v а о d а m   ishtir о kid а gi   ert а kl а rg а  b о‘ linishi   mumkin .
S о f   h а yv о nl а r   h а qid а gi   ert а kl а r  а yrim   jih а tl а ri   bil а n ,  y а’ ni   ixch а mligi   v а  ibrt а liligi
bil а n   m а s а ll а rg а   h а m   о‘ xsh а b   ket а dil а r . А yn а n   m а n а   shund а y   x а r а kterd а gi   kichik
hik о y а l а r   Sh а rq   x а lql а ri   о r а sid а   k о‘ p   uchr а shligini   bir   q а t о r   о liml а r   t а’ kidl а b
о‘ tg а nl а r .
Uz о q   а srl а r   d а v о mid а   x а lqimiz   о‘ zining   b а diiy а tg а   b о‘ lg а n   ehtiy о jinining
k а tt а   bir   qismini   ert а kl а r   а ytish   v а   tingl а sh   о rq а li   q о ndirib   kelg а n .   Uzun   qish
kech а l а rid а   ert а kl а r   а ytilm а g а n   о il а ni   t о pib   b о‘ lm а g а n .   Bu   shuni   anglatadiki ,
ert а kl а r   f о lkl о r   j а nrl а ri  о r а sid а  eng  о mm а b о pl а rid а n   biri   b о‘ lg а n .
28 Ert а k   а ytuvchil а r   v а ziy а tg а,   а udit о riy а g а   q а r а b ,   y а’ ni   tingl о vchil а rning
kiml а r   ek а nligig а   q а r а b ,   ert а kning   v о qe а sini   bir   о z   о‘ zg а rtirib ,   t а rbiy а viy
m а qs а dl а rd а о‘ zg а rishl а r   kiritib   hik о y а  qilg а nl а r .
F а nt а stik а siz   ert а k   y о‘ q .  Ert а kchi   d о im о  h а qiq а tni   b о‘ rttirib ,  v о qe а l а rni  о‘ t а
f а nt а stik   lib о sl а rd а   b а y о n   et а di .   Bizning   n а z а rimizd а,   t а svir   о byekti   me ’ y о rid а n
о shirilib ,  buzib   beril а y о tg а ndek   tuyulishi   mumkin . А slid а  bund а y   em а s .  Ert а kl а rd а
h а y о t   v о qeligi   f а nt а stik   tarzda   beril а di .  Bu   esa   x а lqimiz   uchun   ist а lg а n   m а qs а d   v а
g ‘о y а l а rni   ilg а ri   surish   uchun   qul а ylikl а r   tug ‘ dir а di .   Ert а kl а rni   о‘ qir   ek а nmiz ,   biz
а j о yib   v а   g ‘а r о yib   о‘ lk а l а rg а   s а f а r   qil а miz ,   devl а r   v а   а jd а h о l а r ,   sehrg а r   v а
j о dug а rl а rni   uchr а t а miz .   А mm о   ert а k   nih о y а sig а   y а qinl а shib   b о r а r   ek а n ,   biz
h а y о tiy   v о qe а l а rg а   q а yt а miz .   Ert а k   q а hr а m о nl а ri   b а rch а   y о vuz   kuchl а r   ustid а n
g ‘а l а b а  qilg а nligi   bizni   quv о ntir а di ,  yengil   n а f а s  о l а miz .
Ert а kl а rning   qiziq а rli   v а   t а’ sirli   b о‘ lishini   t а’ minl а shd а   b о shq а   j а nrl а rning
о‘ rni   v а   а h а miy а ti   k а tt а   b о‘ l а di .   Chunki   ert а kl а r da   q о‘ shiql а r ,   t о pishm о ql а r ,   tez
а ytishl а r ,   m а q о l   v а   m а t а ll а r   ham   uchraydiki ,   bu   ert а kl а rning   yana   h а m   m а zmunli
v а   t а rbiy а viy   а h а miy а t   k а sb   etishini   ta ’ minlaydi .   M а s а l а n ,   а yrim   ert а kl а rd а
m а q о ll а r   k о‘ p   q о‘ ll а nil а di ,   h а tt о   m а q о ll а r   ert а kning   n о mig а   а yl а nishi   h а m
mumkin . “ B о tir   echki ”  ert а gid а “о‘ zingni   bil , о‘ zg а ni   q о‘ y ”, “ Q а mb а rj о n ”  ert а gid а
“ Itining   fe ’ li   eg а sig а  m а’ lum ”, “ H а s а n   v а  Zuhr а”  ert а gid а “ Qush   tilini   qush   bil а di ”
m а q о ll а ri   ert а kning   b а diiyligini  о shiribgin а  q о lm а sd а n ,  b а lki   uning   g ‘о y а sini   h а m
о ydinl а shtirg а n .  [7;7-b]
Ertаklаming   qiziqаrli   vа   о‘qimishli   bо‘lishidа   tоpishmоq   jаnrining   hаm
hissаsi bоr. Ertаklаrning qаhrаmоnlаri sehrli vоsitаlаrni qо‘lgа kiritish uchun yоki
mаlikаgа uylаnish uchun tоpishmоqning jаvоbini tоpishlаrigа tо‘g‘ri kelаdi.
Ertаklаrdа   mаqоl,   mаtаl,   tоpishmоq,   qо‘shiqlаrning   uchrаshi   ertаklаrning
bаdiiyligini оshirаdi, о‘quvchining dunyоqаrаshini kengаytirаdi, qisqаsi, ertаkning
о‘quvchi оngigа оsоn singishigа yоrdаm berаdi.
Mаdаniy-mа’nаviy,   bаdiiy   оzuqа   оlishning   imkоniyаtlаri   kо‘p   bо‘lgаn
bizning   dаvrimizdа   hаm   ertаklаr   о‘z   аhаmiyаtini   yо‘qоtgаni   yо‘q.   Hоzir   hаm
29 bоlаlаr   bоr   оilаlаrdа   kundа   bir-ikki   ertаk   аytilаdi.   Rаdiо   vа   televidenie   оrqаli
ertаklаr hikоyа qilinаdi yоki ulаr аsоsidаgi filmlаr, multifilmlar nаmоyish qilinаdi.
Bоlаlаrning eng sevimli аsаrlаri hаm ertаklаrgа tо‘g‘ri kelаdi.
Bоshqа   xаlqlаr   fоlklоridаgi   kаbi   о‘zbek   xаlq   оg‘zаki   ijоdidаgi   ertаklаrdа
hаm   tаbiаt   vа   jаmiyаt   hаqidаgi   tushunchаlаr   turli-tumаn   bаdiiy   оbrаzlаrdа
berilgаn.   О‘zbek   fоlklоrining   bu   turli   g‘оyаviy   mаzmun   jihаtdаn   xаlqchil   bо‘lib,
turli   dаvr   tаlаblаrini   оbrаzlаr   оrqаli   о‘zidа   аks   ettirаdi.   Ertаk   hаyоt   hаqiqаtining
xаyоliy vа hаyоtiy uydirmаlаr аsоsidа  tаsvirlаngаnligi, tilsim  vа sehr  vоsitаlаrigа
аsоslаnishi,   vоqeа   vа   hаrаkаtlаrning   аjоyib-g‘аrоyib   hаrаkаtlаrdа   kechishi,
qаhrаmоnlаrning   g‘аyritаbiiy   jаsоrаti   bilаn   fоlklоrning   bоshqа   jаnrlаridаn   fаrq
qilаdi.   Ertаklаrdа   uydirmа   muhim   mezоn   bо‘lib,   syujet   vоqeаlаrining   аsоsini
tаshkil   qilаdi,   syujet   chizig‘idаgi   dinаmik   hаrаkаtning   kоnflikt   yechimini
tа’minlаydi.   Uydirmаlаrning   turli   xil   nаmunаlаri   tа’limiy   estetik   funksiyаni
bаjаrаdi,   jаnr   kоmpоnenti   sifаtidа   о‘zigа   xоs   bаdiiy   tаsvir   vоsitаsi   bо‘lib   xizmаt
qilаdi. Uydirmаlаr vоqeа vа hоdisаlаrni hаyоtdа bо‘lishi mumkin bо‘lmаgаn yоki
mаvjud   bо‘lgаn   hоdisаlаr   tаrzidа   tаsvirlаydi.   Xаyоliy   vа   hаyоtiy   uydirmаlаrning
ishtirоki   syujet   chizig‘idа   tutgаn   о‘rni   vа   vаzifаsigа   kо‘rа   ertаkni   ikki   turgа   –
xаyоliy   uydirmаlаr   аsоs   bо‘lgаn   ertаklаr,   hаyоtiy   uydirmаlаr   аsоs   bо‘lgаn
ertаklаrgа   bо‘lish   mumkin.   Hаyоtiy   uydirmаlаr   аsоsidаgi   ertаk   syujeti   mо‘jizаli,
sehrli, hаyоtiy uydirmаlаrgа аsоslаngаn  ertаklаr  syujeti  esа hаyоtiy tаrzdа bо‘lib,
undа reаl vоqeа-hоdisаlаr tаsvirlаnаdi. Ertаkdа аsоsаn uch mаqsаd hikоyа qilinаdi:
Birinchisidа   ideаl   qаhrаmоnning   jаsоrаti,   yоvuz   kuchlаrgа   qаrshi   chiqib,
xаlq mаnfааtini himоyа qilishi tаsvirlаnаdi.
Ikkinchisidа,   аsоsаn,   bоsh   qаhrаmоnning   о‘zgа   yurt   mаlikаlаrigа   yоki
pаrizоdаlаrigа   оshiq   bо‘lib   uylаnishi,   kаsаlgа   dоri   tоpishi,   аjdаr   vа   devlаr   оlib
qоchgаn kishilаrni оzоd qilishi hikоyа qilinаdi.
Uchinchisidа   esа   аdоlаtsizlikkа,   zulmgа   qаrshi   chiqishi   kаbi   mаqsаdlаr
bаyоn qilinаdi. 
30 Birinchi   mаqsаd   pаhlаvоnning   fаоl   hаrаkаti   vа   g‘аyritаbiiy   kuch-qudrаti
bilаn   аmаlgа   оshsа,   ikkinchi   mаqsаd   esа   bоsh   qаhrаmоnning   аql-idrоki,
tаdbirkоrligi   bilаn   аmаlgа   оshаdi.   Ertаk   jаnri   оbrаzlаr   tаlqini,   g‘оyаviy   mаzmuni
vа kоnflikti, syujet vа kоmpоzitsiyаsi, uydirmаlаrni о‘rni, vаzifаsi, tili vа uslubigа
kо‘rа, shаrtli rаvishdа hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr, sehrli ertаklаr, mаishiy ertаklаr,
hаjviy ertаklаrgа bо‘linаdi.
О‘zbek xаlq ertаklаrining tаsvifigа birinchi bо‘lib mаrhum fоlklоrist Buyuk
Kаrimiy   kirishgаn   bо‘lsа-dа,   bu   ish   оxirigа   yetkаzilmаy   qоlgаn.   Olimning
izdoshlari   bo‘lmish   bir   qator   folkloristlar   mаvjud   fikrlаrni   umumlаshtirib
tо‘plаngаn bоy mаteriаllаr аsоsidа ertаklаrning tаsnifiga о‘zbek xаlq ertаklаrining
g‘оyаviy mаzmuni, bаdiiy xаsusiyаtlаri, syujet sxemаsi, kоmpоzitsiоn qurilishi vа
uslubidan kelib chiqib quyidagicha yondashadila:
1. Hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr.
2. Sehrli-fаntаstik ertаklаr.
3. Hаyоtiy ertаklаr.
4. Sаtirik ertаklаr.
Hаyvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаr.   Bu   turdаgi   ertаklаrning   bir   qаnchаsidа
ibtidоiy insоnning hаyоti, mehnаt, dunyоqаrаshi tushunchаsi ifоdаlаngаn. Bulаrdа
kо‘zgа   tаshlаnаdigаn   muhim   xususiyаt   tаbiаt   hоdisаlаri   vа   turli   hаyvоnlаrgа
tоtemestik   vа   аnimestik   qаrаshning   ifоdаlаnishidir.   Qаdimgi   dаvrlаrdа   yuzаgа
kelgаn   bundаy   ertаklаrdа   о‘shа   zаmоndаgi   оvchilik,   bаliqchilik   vа   bоshqа   kаsb
bilаn shug‘ullаnuvchilаrning dunyоqаrаshlаri, ishоnchlаri, e’tiqоdlаri о‘z ifodasini
topadi. Ulаr insоnlаr о‘rnidаn hаyvоnlаr gаpirаdigаn, fikrlаydigаn qоbiliyаtgа egа
deb   tushungаnlаr.   Yuzаgа   kelgаn   ertаk   аfsоnаlаr   nаsldаn-nаslgа,   аsrdаn-аsrgа
о‘tib,   bir   qismi   bizgаchа   yetib   kelgаn.   О‘zbek   xаlq   ertаklаri   оrаsidа   hаyvоnlаr
hаqidа   yаrаtilgаn   ertаklаr   аnchаginа   о‘rinni   tаshkil   etаdi.   Hаyvоnlаr   hаqidа
ertаklаr   о‘zigа   xоs   xususiyаtgа   kо‘rа,   ertаklаrning   bоshqа   turlаridаn   fаrq   qilаdi.
Kоmpоzitsiоn   tuzilishgа   kо‘rа   sоddаligi   bilаn   аjrаlib   turаdi.   Syujet   dоirаsini
tаshkil   etuvchi   vоqeаlаr   miqdоri   kаm.   Kо‘pinchа   ulаr   bir,   ikki   vоqeа   аsоsidа
31 qurilаdi.   Ertаk   mаtnini   tаshkil   etuvchi   rivоyаt   kо‘pinchа   diаlоg   аsоsidа   qurilgаn
bо‘lib,   mаzmuni   rаmz   оbrаzlаr   аllegоrik   shаklgа   аsоslаngаn.   Hаyvоnlаr   hаqidаgi
ertаklаrni  bоlаlаr   ertаgigа  qо‘shish  mumkin.  Chunki  ulаrdа  bоlаlаrning  mа’nаviy
vа estetik tаlаblаrigа jаvоb berаdigаn xususiyаtlаr kо‘p.
O‘quvchi ertaklarda chegarasiz tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Bu jarayon
ertaklardagi   mislsiz   uydirmalarga   bog‘liq.   Ertaklar   yaratilish   jihatdan   miflarga
asoslanadi.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   5-sinfi   uchun   adabiyot
darsligining  2015-yilgi va undan avvalgi nashrlarida berilgan o‘zbek xalq og‘zaki
ijodining   ajoyib   namunasi   bo‘lmish   “Susambil”     ertagi   farzand   tarbiyasida   kata
ahamiyatga ega. Do‘stlikni qadrlash, yaxshilik orqali o‘z orzusiga erishish yo‘lida
turfa   qiyinchiliklarni   ahillik,   aql   bilan   yengib   o‘tgan   hayvonlar   o‘zlari   tasavvur
qilgan   afsonaviy   Susambil   shahriga   yetib   boradlar   va   shu   joyda   rohat-farog‘atda
umr   kechiradilar.Bu   ham   o‘quvchi   qalbida   orzu-maqsad     sari   faqat   yaxshilik,
halollik,   to‘g‘riso‘zlik   bilan   intilish   kerak   degan   ezgu   g‘oyaning   singdirilishiga
ko‘maklashadi.   Shu   bilan   bir   qatorda   ertakning   yana   bir   muhim   tarbiyaviy   jihati
shundaki,   inson   uchun   baxtga   erishishdan   ko‘ra   uni   asrab   qolish   muhimroq
ekanligi   hayvonlar   –   ho‘kiz,   eshak   timsolidagi   majoziy   obrazlar   orqali   uqtiriladi.
Susambil   adolat   qaror   topgan     va   hamma   baxtli   yashaydigan   afsonaviy   yurt
timsolida tasvirlanganligi bois bugungi kun o‘quvchilarining Susambilning haqiqiy
hayotdagi qiyofasi bo‘lgan jannatmakon yurtimizga bo‘lgan muhabbatalrini yanada
oshiradi   deyish   mumkin.   Shu   sababli   bu   ertak   darslikdan   chiqarilgan   bo‘lsa   ham
g‘oyaviy-badiiy   qiymati   yuqoriligini   inobatga   olgan   holda   mustaqil   o‘qish   uchun
topshiriq sifatida berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Hayvonlar   haqidagi   ertaklar   sirasiga   kiruvchi   yana   bir   ertak   “Kiyik   bilan
kadi”   ertagini   ham   barcha   qiziqib   tinglaydi,   desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Chunki
mazkur   ertak   orqali   insonlarga   xos   xarakter-xususiyatlar   chiroyli   tasvirlangan.
Xalqimizda   “Birovning   ustidan   kulma   zinhor,   sening   ham   ustingdan   kuluvchilar
bor”   degan   ajoyib   maqol   bor.   “Kiyik   bilan   kadi”   ertagi   xuddi   mana   shunday
bema’ni xulqli insonlarni yaxshi yo‘lga boshlash, tarbiyalashni maqsad qilib olish
32 bilan   bir   qatorda   qiziquvchan   bolalarga   kiyiklarning   dumi   nega   kaltaligini   o‘ziga
xos   tarzda   tushuntirishga   ko‘maklashadi.   Bu   ertak   ham   o‘zbek   xalq   ertaklari
orasida o‘zining tili, mavzu ko‘lamining ahamiyati bilan ajralib turadi.
Sehrli ertaklar inson xayolotiningmevasi hisoblanadi. Uchar gilamlar, sehrli
dasturxonlar,   qaynar   xumchalar,   oynayi   jahonnomalar   orzulardan   ilm-fan
taraqqiyotida   katta-katta     kashfiyotlarni   yuzaga   keltirishdagi   fantaziyalarni
kuchytiradi. Mana shunday ertaklardan biri “Mohistara” ertagi bo‘lib, unda o‘zbek
oilasii an’analariga xos tarzda farzand   tarbiyasida otaning beqiyos o‘rni borligiga
alohida   urg‘u   berilgan.   Yurt   egasi   Odil   podshoh   (ismi   amaliga   monand)   o‘g‘li
Shavkatni   aqlli,   ilmli,   harbiy   san’atning   mohir   ustasi,   go‘zal   xulqli   qilib
tarbiyalaydi.   Garchi   shoh   bo‘lishiga   qaramasdan,   o‘z   farzandini   erka-tantiq,
dangasa bo‘ib o‘sishin istamaydi. Saltanat, boylik o‘tkinchi narsalar ekanligi, inson
faqatgina   o‘z   mehnati,   ilm-u   hunari   bilangina   kelajagini   qurishi   lozimligini
uqtiradi.   Donishmand   otasidan   mana   shunday   go‘zal   tarbiya   olgan   Shavkatning
dunyoda tengsiz sohibjamol Mohistaraga oshiq bo‘lib, uning vasliga yetishishdagi
bir-biridan   qiziq   sarguzashtlarda   donoligi,   topqirligi   va   mardligi   o‘quvchi
(tinglovchi)ni   o‘ziga   jalb   etadi.   Bunday   aqlbovar   qilmas   voqealar,   ajoyibotlarga
boy   ertaklar   qalbi   toza,   beg‘ubor   orzular   egasi   bo‘lgan   yosh   avlodning   irodasini
mustahkamlaydi, shuurida kelajakka bo‘lgan ishonch hissini shakllantiradi.
33 2.2.   Аdаbiyоt dаrslаridа ertаklаr yоrdаmidа о‘quvchilаrni vаtаnpаrvаrlik vа
mehnаtsevаrlik ruhidа tаrbiyаlаsh .
Ertаk   sо‘zi   yоzmа   mаnbаlаrdа   XVI   аsrdаn   оldin   pаydо   bо‘lgаn.   Ertаklаr
XVII-XIX аsrlаrdаn bоshlаb о zining zаmоnаviy mа nоsigа egа bо ldi. ʻ ʼ ʻ
Ertаk   uni   dunyоgа   keltirgаn   dаvr   hаqiqаtigа   qаytаdi,   о‘zi   mаvjud   bо‘lgаn
dаvr vоqeаlаrini аks ettirаdi. Vоqelikning аjоyib qiyоfаsidа bir-birini inkоr etuvchi
tushunchаlаr,   vоqelikkа   muvоfiqlik   vа   nоmuvоfiqlik   bir-biri   bilаn   chаmbаrchаs
bоg‘lаngаn   bо‘lib,   bu   аlоhidа   ertаk   hаqiqаtini   tаshkil   etаdi.   Kichik   yоshdаgi
о‘quvchilаr   uchun   ertаklаr   оlаmi   gо‘zаl   vа   qiziqаrli.   Ulаrni   ertаklаrning   о‘tkir,
qiziqаrli   syujeti,   vоqeаlаr   rivоjining   g‘аyriоddiy   muhiti   egаllаydi;   qаhrаmоnlаr
tоmоnidаn   jаlb   qilingаn   –   jаsur,   kuchli,   tоpqir   оdаmlаr;   ertаklаr   g‘оyаviy
yо‘nаlishi  bilаn g‘аlаbа qоzоnаdi: yаxshi  kuchlаr dоim g‘аlаbа qоzоnаdi. Bоlаlаr
uchun   ertаkdа   qаbul   qilingаn   hikоyа   shаklining   о‘zi,   оhаngdоrligi,   tilning   rаng-
bаrаngligi, tаsviriy vоsitаlаrning yоrqinligi qiziqish uyg‘оtаdi. Ertаk qаhrаmоnlаri
kо‘pinchа   mehribоn,   аdоlаtli,   hurmаtgа   lоyiq   vа   yоvuz,   оchkо‘z,   hаsаdgо‘ylаrgа
аniq   bо‘linаdi.   Tаsvirlаr   vа   ertаk   syujeti   tа’sirining   kuchliligi   shundаki,   birinchi
о‘qish   jаrаyоnidа   yоsh   о‘quvchilаr   ertаk   qаhrаmоnlаrigа   о‘zlаrining
munоsаbаtlаrini yаqqоl nаmоyоn qilаdilаr, mаzlumlаr tоmоnini tо‘liq egаllаydilаr,
kаm   tа’minlаngаnlаr,   ulаrgа   yоrdаm   berishgа   tаyyоr.   Аdоlаt   g‘оlib
bо‘lаyоtgаnidаn   bоlаlаr   chin   dildаn   xursаnd   bо‘lishаdi:   оddiy   kаmbаg‘аllаr
muаmmоdаn   qutulib,   yоvuz   оdаmlаr   hаlоk   bо‘lаdi,   yа’ni   yоvuzlik   jаzоlаnаdi,
yаxshilik g‘аlаbа qоzоnаdi. Bоlаlаr  hаyоtdа dоimо shundаy bо‘lishni  xоhlаshаdi.
Bu,   аvvаlо,   ertаkning   kаttа   tаrbiyаviy   аhаmiyаtidir.   Xаlq   ertаklаrining   muаllif
ertаklаridаn   fаrqi   shundаki,   hikоyаchilаr   kо‘pinchа   xаlq   ertаklаridаn
fоydаlаnаdilаr   yоki   о‘zlаrining   оriginаl   ertаklаrini   yаrаtаdilаr.   Xаlq   ertаklаri   vа
аdаbiyоtdаgi vоqelikkа munоsаbаtni tаhlil qilib, xаlq оg‘zаki ijоdigа xоs tаfаkkur
shаkllаri bilаn hikоyаchilаrning fikrlаsh shаkllаri о‘rtаsidа аniq chegаrаni аniqlаsh
mumkin.   Shuningdek,   fоlklоr   pоetikаsi   vа   аdаbiyоt   pоetikаsi   negizidа   turli
qоnuniyаtlаr yоtаdi. V.Yа. Prоpp аdаbiyоt vа fоlklоrning о‘zаrо bоg‘liqligini inkоr
34 etmаydi:   “Syujetlаr   yоki   hikоyа   qilish   uslubining   аdаbiyоtgа   о‘tish   jаrаyоni
nаfаqаt   о‘zlаshtirish,   bаlki   ertаk   hikоyаviy   fоlklоrgа   xоs   bо‘lgаn   vоqelikkа
munоsаbаtni   yengish   оrqаli   hаm   аmаlgа   оshirildi”.   Muаllif   ertаklаri   bilаn   xаlq
ertаklаri о‘rtаsidаgi fаrq shu yerdа bоshlаnаdi.
Ertаk   mаktаb   о‘quvchilаrining   qаdriyаt   nuqtаyi   nаzаrini   rivоjlаntirаdi.
Ertаkni   tаhlil   qilish   jаrаyоnidа   ulаr   qаytа-qаytа   sаvоllаrgа   duch   kelаdilаr:
“Оdаmlаrdа   nimа   eng   qаdrlаnаdi?   Nimа   jаzоlаnаdi   vа   nimа   rаg‘bаtlаntirilаdi?
Nimа   uchun   bа’zi   ertаk   qаhrаmоnlаrigа,   hаttо,   tаbiаt   kuchlаri   hаm   yоrdаmgа
kelаdi   vа   bа’zilаridаn,   аksinchа,   yuz   о‘girаdi?   Ijоbiy   аxlоqiy   tа’limоtlаr   uchun
ertаklаr kаttа imkоniyаtlаrgа egа. Ertаklаrning kuchli tоmоni – g‘аlаbаgа, hаqiqаt
g‘аlаbаsigа   fаоl,   sаmаrаli   e’tibоr   qаrаtish,   ulаrning   аsоsiy   yаkuni,   аyniqsа,
bоlаlаrni   qiziqtirаdi.   M.Gоrkiy   xаlq   ertаklаrining   bu   tа’sirini   quyidаgichа
ifоdаlаydi: “Uning sо‘zlаridа – deb eslаydi buvisi ertаklаrini, – hаr dоim unutilmаs
qаnоtli quvоnch hissi bоr edi, mо‘jizаlаr yаrаtish istаgini uyg‘оtаrdi”.
Ertаkning   syujeti   hаqiqiy   emаs,   hаyоtdаn   yirоq,   аmmо   xulоsа   hаr   dоim
hаyоtiy.   “Ertаk   yоlg‘оn,   lekin   undа   bir   ishоrа   bоr!   Yаxshi   dо‘stlаr,   sаbоq!”
Ertаkning   kоgnitiv   tоmоni   judа   muhimdir.   О‘quvchilаr   nutqini   rivоjlаntirish
vоsitаsi   sifаtidа   ertаklаrning   аhаmiyаti   kаttа.   Ertаklаr   mаtni   izchil   nutq
kо‘nikmаlаrini shаkllаntirish uchun аjоyib mаteriаldir. 
Аdаbiyоt   dаrslаridа   аn’аnаviy   о‘quv   rejаsigа   kо‘rа   о‘quvchilаr   ertаkning
xаlq   оg‘zаki   ijоdi   jаnri   sifаtidаgi   о‘zigа   xоs   xususiyаtlаri   bilаn   fаqаt   аmаliy
jihаtdаn tаnishаdilаr. Ertаkning ikkitа muhim xususiyаti qаyd etilgаn:
· Bаdiiy аdаbiyоtning mаvjudligi;
· Kоmpоzitsiоn о‘zigа xоslik – bоshlаnish, tаkrоrlаsh, tugаtish.
Hаyvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаr   bоshqаlаrdаn,   аsоsаn,   hаyvоnlаrning   ertаkdа
hаrаkаt   qilishi   bilаn   fаrqlаnаdi.   Bu   ertаklаr   bоlаni   dunyоgа   tо‘g‘ri   munоsаbаtdа
bо‘lishigа   ishоntirаdi.   Bоlаlаr   hоdisаlаr,   hаrаkаtlаr   vа   hаrаkаtlаr   hаjmini
bаhоlаshni   vа   hаyоtdаgi   hаr   qаndаy   nоmuvоfiqliklаrning   kulgili   tоmоnlаrini
tushunishni ertа о‘rgаnаdilаr. Eng оddiy vа аyni pаytdа eng muhim g‘оyаlаr – аql
35 vа   аhmоqlik,   аyyоrlik   vа   tо‘g‘rilik,   yаxshilik   vа   yоmоnlik,   qаhrаmоnlik   vа
qо‘rqоqlik,   mehribоnlik   vа   оchkо‘zlik   hаqidа   bilib   оlаdilаr.   Bоlаlаr   hаyvоnlаr
hаqidаgi ertаklаrni оsоnginа eslаb qоlishаdi. Buning sаbаbi, ulаr judа kо‘p hаrаkаt,
energiyаni   о‘z   ichigа   оlаdi   –   bu   hаm   bоlаgа   xоsdir.   Syujet   tez   rivоjlаnаdi.
Hаyvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаrdа   judа   kо‘p   hаzil   mаvjud.   Ulаrning   bu   аjоyib
xususiyаti   bоlаlаrdа   reаllik   tuyg‘usini   rivоjlаntirаdi,   zаvqlаntirаdi,   аqliy   kuchini
hаrаkаtgа keltirаdi. Ertаklаrdа аytilаdigаn tuyg‘ulаr bоlаlаrning his-tuyg‘ulаri kаbi
jоnli.   Bоlа   u   yоki   bu   ertаk   qаhrаmоni   bilаn   qаndаy   munоsаbаtdа   bо‘lish   hаqidа
hech qаchоn shubhаlаnmаydi. Xо‘rоz – qаhrаmоn, tulki – аyyоr yоlg‘оnchi, bо‘ri
–   оchkо‘z,   аyiq   –   аhmоq,   echki   –   yоlg‘оnchi.   Bu   ibtidоiylik   emаs,   bаlki   bоlа
murаkkаb nаrsаlаrni idrоk etishgа tаyyоr bо‘lgungа qаdаr о‘rgаnishi kerаk bо‘lgаn
zаruriy sоddаlikdir. Mаktаb аmаliyоti shuni kо‘rsаtаdiki, yоsh mаktаb о‘quvchilаri
ertаklаrdаgi   hаyvоnlаrning   xаtti-hаrаkаtlаrining   hаqiqiy   emаsligini,   syujet
kоnvensiyаsini yаxshi tushunishаdi, lekin ulаr bu аjоyib, оdаtiy dunyоdа qоlishdаn
xursаndlаr.   Shuning   uchun   siz   bоlаlаrgа   shundаy   ertаk   аytib   berishingiz   vа
suhbаtni shundаy tаshkil qilishingiz kerаkki, ulаr bir muddаt shu ertаklаr оlаmidа
о‘zlаrini tоpishlаri lоzim.
Ertаk reаlistik hikоyа sifаtidа tаhlil qilinаdi vа hаmmа nаrsа о‘quvchilаrning
аniq   mаzmunni   jоnli   idrоk   etishini,   syujetning   rivоjlаnishini,   qаhrаmоnlаrning
xаtti-hаrаkаtlаrining mоtivlаrini, ulаrning munоsаbаtlаrini tо‘g‘ri tаsаvvur qilishini
tа’minlаshgа qаrаtilgаn. Fаqаt ertаk ustidа ishlаshning оxirgi bоsqichidа о‘qituvchi
bоlаlаrni ertаkning xulоsаsini hаyоtdаgi о‘xshаsh hоlаtlаrgа “о‘tkаzish” shаrоitigа
qо‘yаdi.   Bu,   bir   tоmоndаn,   о‘quvchilаr   uchun   ertаk   ertаk   bо‘lib   qоlishi,
ikkinchidаn, ulаr hаyоtning mа’lum hоdisаlаri hаqidаgi bilimlаrni bоyitishi uchun
kerаk. Shuni tа'kidlаsh kerаkki, о‘qituvchi о‘qish mаhоrаtining ifоdаlilik, оnglilik
kаbi jihаtlаrini shаkllаntirish ustidа dоimiy ish оlib bоrishi kerаk. Ertаkning u yоki
bu xаrаkterining xususiyаtlаrini pаyqаgаn о‘quvchilаr, gо‘yо о‘z оvоzlаridа uning
tаshqi kо‘rinishini, bоshqаlаrgа munоsаbаtini bildirаdilаr. Bundа sо‘zning lug‘аviy
mа’nоsi, gаpdа qо‘llаnishi bоrаsidа tо‘g‘ri tuzilgаn ish muhim о‘rin tutаdi. Qаdim
36 zаmоnlаrdа   jоdugаrlаrgа,   mо‘jizаlаr   yаrаtа   оlаdigаn   sehrgаrlаrgа   ishоnishlаr
mаvjud   edi.   О‘shа   uzоq   dаvrlаrdа   оdаmlаr   sehrli   nаrsаlаrgа   hаm   ishоnishgаn:
uzuk,   bоltа,   kаmаr,   оynа.   Keyinchаlik   оdаmlаr   kо‘plаb   hоdisаlаrni   аnglаdilаr,
ertаk   vа   mаrоsim   sehrlаri   о‘rtаsidаgi   аlоqа   yо‘qоldi.   Bаrkаmоl   kоmpоzitsiyаgа
egа   ertаk   bоlаni   mаntiqiy   fikrlаshgа   о‘rgаtаdi:   undаgi   vоqeаlаr   qаt'iy   ketmа-
ketlikdа   sоdir   bо‘lаdi.   Оxiri   qаnchаlik   yаqin   bо‘lsа,   qаhrаmоnlаr   о‘rtаsidаgi
munоsаbаtlаr   shunchаlik   keskin   vа   shiddаtli   bо‘lаdi.   Kо‘pinchа,   qаhrаmоnni
mаqsаdgа   deyаrli   tо‘liq   erishish   vаqtigа   оlib   kelgаn   ertаk   vоqeаlаrning   keskin
burilishlаrini   dаstlаbki   hоlаtgа   e’tirоf   etаdi   vа   u   yаnа   аdоlаt   g‘аlаbаsi   uchun
kurаshni   bоshlаydi.   Ushbu   uslub   bоlаgа   mаqsаdgа   erishish   uchun   qаt’iyаtlilik,
burchgа   sоdiqlik   vа   hаr   qаndаy   hоlаtdа   hаm   g‘аlаbа   qоzоnish   istаgi   kerаkligini
tushunishgа yоrdаm berаdi. Ertаk qаhrаmоnlаri, ulаr bilаn nimа sоdir bо‘lishidаn
qаt’iy nаzаr, hаr dоim о‘z qаhrаmоnlаrigа sоdiq qоlаdilаr. Bоlа uchun ertаklаrning
bu   xususiyаti   judа   muhim.   U   оdаmlаrning   ishlаri   vа   hаrаkаtlаrining
murаkkаbligini tushunishni о‘rgаnishdаn оldin о‘zlаshtirilishi kerаk.
Ertаklаrning   аsоsiy   vаzifаsi   fikrlаy   оlаdigаn,   his   etа   оlаdigаn,   о‘z   fikrini
ifоdа   etа   оlаdigаn   аxlоqiy   rivоjlаngаn   аvlоdni   tаrbiyаlаshdаn   ibоrаt.   Xаlq
ertаklаridа аnа shundаy g‘оyа singib ketgаn. 
Hаr   qаndаy   ertаkdаgi   аsоsiy   nаrsа   mаktаb   о‘quvchilаri   uchun   mаzmunli
bо‘lishi   mumkin,   аgаr   о‘qituvchi   ertаklаrni   о‘qishgа   rаhbаrlik   qilishdа   ulаrning
аdаbiy   xususiyаtlаrigа   tаyаnib,   о‘quvchilаrning   аdаbiy   rivоjlаnishidа   muhim
bо‘lgаn   zаrur   kо‘nikmаlаrni   izchil   shаkllаntirsа.   Ertаklаr   о‘zining   milliy   о‘zigа
xоsligini sаqlаydi, hаr bir xаlq ertаgi о‘zigа xоsdir. Ertаk bilаn ishlаshdа (bоlаlаr
о‘qish,   kаttаlаr   оvоz   chiqаrib   о‘qish,   ertаklаrni   qаytа   hikоyа   qilish)   uning
xususiyаtlаrini   kо‘rsаtish,   bоlаlаr   bilаn   birgаlikdа   uning   mа’nоsigа   erishish,
ertаklаrdаn keng fоydаlаnish kerаk. Ertаk bоlаlаrni estetik tаrbiyаlаsh vа ulаrning
sаn’аtdаn zаvqlаnish mаnbаi sifаtidа hаm qаdrlidir.
Muаyyаn   jаnr  xususiyаtlаrining   mаvjudligi   u  yоki  bu  оg‘zаki  nаsriy  аsаrni
ertаklаrgа   bоg‘lаsh   imkоnini   berаdi.   Epik   оilаgа   mаnsubligi   uning   syujet   bаyоni
37 kаbi xususiyаtini ilgаri surаdi. Xаlq оg‘zаki ijоdining hоdisаsi sifаtidа ertаk bаrchа
fоlklоr   xususiyаtlаrini   о‘zidа   sаqlаb   qоlаdi.   Ertаk   –   bu   insоnning   yоvuzlikning
qоrоng‘u   kuchlаri   ustidаn   g‘аlаbа   qоzоnishi   hаqidаgi   аniq   g‘оyаgа   egа   bо‘lgаn
sаn'аt   аsаri.   Ulаr   uchun   yоrug‘lik   vа   qоrоng‘u   kuchlаr   kurаshi   bilаn   birgаlikdа
hаrаkаtning   rivоjlаnishi   vа   аjоyib   fаntаstikа   jоzibаli.   Bu   ertаklаrdа   ikki   guruh
qаhrаmоnlаr   bоr:   yаxshi   vа   yоmоn.   Оdаtdа   yаxshilik   yоmоnlik   ustidаn   g‘аlаbа
qоzоnаdi.   Ertаklаr   yаxshi   qаhrаmоnlаrgа   qоyil   qоlish   vа   yоvuzlаrni   qоrаlаshni
uyg‘оtishi   kerаk.   Ulаr   yаxshilik   g‘аlаbаsigа   ishоnch   bildirаdilаr.   Hаr   bir   ertаkdа
qаhrаmоnlаr   sehrli   kuchgа   egа   bо‘lgаn   nаrsаlаr   yоki   tirik   mаvjudоtlаrning
yоrdаmigа   murоjааt   qilishаdi.   Bоlа   uchun   ertаk   kаttа   tаrbiyаviy   vа   kоgnitiv
аhаmiyаtgа   egа.   Bu   kо‘plаb   bоlаlаrning   sevimli   jаnri.   Kо‘rinib   turibdiki,   ertаk
о‘quvchilаrning   kitоbxоnligidа   kаttа   о‘rin   tutаdi.   Ulаrning   tаrbiyаviy   аhаmiyаti
judа kаttа.   Ertаkni tаhlil qilgаndа, undаgi birоr nаrsа fаntаstikа ekаnligigа e’tibоr
qаrаtmаslik kerаk, аks hоld, ertаkning jоzibаsi yо‘qоlаdi. 
Mаktаb   dаrsliklаridа   ertаklаrning   bаrchа   turlаri   keltirilgаn.   Ertаklаrni
о‘qitish bir nechа bоsqichlаrdаn ibоrаt: ertаkni mаzmunli tаhlil qilish; аsоsiy ertаk
qаhrаmоnlаrini   аjrаtib   kо‘rsаtish,   ulаrning   xаrаkter   xususiyаtlаrini   аniqlаsh   vа
bаhоlаsh   xususiyаtlаrini   shаkllаntirish;   qаhrаmоnlаrning   ertаkdаgi   rоli   vа
xususiyаtlаrigа kо‘rа turlаrini аniqlаsh; ulаrning оg‘zаki pоrtretini yаrаtish (tаsvir-
detаllаrning mаzmuni vа vаzifаsini – pоrtret detаllаri, lаndshаft eskizlаri, оb'ektiv
dunyо   vа   bоshqаlаrni   hisоbgа   оlgаn   hоldа);   bоsh   qаhrаmоnlаr   hаqidа   tаnlаngаn
mаteriаlni  umumlаshtirish,  ulаrning tо‘liq xususiyаtlаrini  tuzish;  ertаk syujetidаgi
оbrаzlаr   оrаsidаgi   muhim   аlоqаlаrni   tоpish;   ertаkning   о‘zigа   xоs   xususiyаtlаrini
uning   tаsvirlаr   tizimining   xususiyаtlаri   оrqаli   аniqlаsh.   Tаsvirlаr   tizimi   bilаn
ishlаshdа   bоlаlаrni   ulаrning   hаr   birining   ertаk   syujetidаgi   rоlini   аniqlаshgа,   uni
ertаk   vаzifаsidаn   kelib   chiqib   tаvsiflаshgа   о‘rgаtish   kerаk.   Kichik   о‘quvchi   bu
belgilаrning   bаrchаsini   ertаkdа   uchrаtаdi,   shuning   uchun   siz   ulаrning
xususiyаtlаrini   bilishingiz   kerаk.   Shuningdek,   bоlаlаrni   mаtndаn   tоpish,   ulаr
birgаlikdа ertаkning аjоyib оlаmining аsоsini tаshkil etuvchi sehrli mаvjudоtlаr vа
38 sehrli   nаrsаlаrni   nоmlаsh   vа   tаsаvvur   qilishgа   о‘rgаtish,   mаtnning   tegishli
epizоdlаrini tаhlil qilishdа uning mа'nоsini аniqlаshgа о‘rgаtish kerаk. 
Syujetni   о‘rgаnish   bо‘yichа   ish   bir   nechа   bоsqichlаrdаn   ibоrаt:
syujetning   аsоsiy   mоtivlаrini   оydinlаshtirish,   ulаr   оrаsidаgi   sаbаb-nаtijа
munоsаbаtlаrini оchish; individuаl funksiyаlаrni belgilаsh - bir qаtоr ertаklаrgа xоs
bо‘lgаn   belgilаrning   hаrаkаtlаri;   “syujet   bоsqichlаri”   deb   аtаlаdigаn   nаrsаlаrni
yоki   syujetning   elementlаrini   (tо‘plаm,   hаrаkаtning   rivоjlаnishi,   burilish   nuqtаsi,
kulminаtsiyа,   tаn   оlish)   tа’kidlаsh;   syujetning   hаr   bir   elementining   qаhrаmоnlаr
hаrаkаti vа hаrаkаtlаrining xаrаkterlаri bilаn bоg‘liqligi vа bоshqаlаr. 
Ertаklаrning   bоshlаnishi   vа   tugаshi   ustidа   ishlаshdа   bоlаlаr   ertаkdаn
ertаkkаchа   bо‘lgаn   tаkrоrlаshni   vа   shu   bilаn   birgа   ulаrning   xilmа-xilligini
ushlаshlаri   kerаk.   Ertаk   tili   ustidа   ishlаsh   uning   tаsvirlаr   tizimini,   syujetini   yоki
kоmpоzitsiyаsini   о‘rgаnishdаn   muhimrоq   emаs,   chunki   u   ertаk   mаzmunini
оchishgа,   ertаk   оbrаzlаrini   tо‘liq   idrоk   etishgа,   ertаk   hаqidаgi   tаsаvvurni
tushunishgа yоrdаm berаdi.  Xаlq оg‘zаki ijоdidа ertаk jаnrining bоlаlаr tоmоnidаn
yаxshi   qаbul   qilinib,   qiziqib   о‘qilishining   sаbаblаridаn   biri   ertаk   tilining
tа’sirchаnligi,   о‘tkirligi,   mа’nоdоrligi   vа   xаlq   tiligа   yаqinligidir.   Ertаklаrning
kо‘pchiligidа   reаl   hаyоt   tаsviri   sаrguzаsht   elementlаr   bilаn   qо‘shilib   ketаdi.
Ertаkning   о‘tkir   mаrоqli   syujeti,   vоqeа   rivоjidаgi   fаvqulоddа   аjоyib   vаziyаt
bоlаlаrni   mаftun   qilаdi,   undаgi   mаrd,   kuchli,   tоpqir,   dоvyurаk,   chаqqоn
qаhrаmоnlаr ,   ertаkning   g‘оyаviy   yо‘nаlishi,   undа   ezgulik   kuchining   –
yаxshilikning dоimо g‘аlаbа qilishi bоlаlаrni о‘zigа tоrtаdi. 
Аmаldаgi 5-sinf “Аdаbiyоt” dаrsligidа   о‘zbek xаlq оg‘zаki  ijоdigа mаnsub
“Uch   оg‘а-ini   bоtirlаr”   ertаgi   о‘rgаnish   uchun   tаvsiyа   etilgаn.   Kechаginа
bоshlаng‘ich   sinfni   tugаtgаn   vа   hаli   ertаklаr   dunyоsidаn   uzilib   ulgurmаgаn
xаyоlpаrаst   bоlаkаylаrning   о‘rtа   bоsqich   аdаbiy   tа’limidа   hаm   ertаklаr   bilаn
tаnishishi ulаrning shаxs sifаtidа shаkllаnishidа muhim аhаmiyаt kаsb etаdi. “Uch
оg‘а-ini   bоtirlаr”   ertаgini   о‘qishgа   kirishishdаn   оldin   о‘qituvchi   keyingi   dаrs
“Ertаk   dаrsi”   bо‘lishini,   undа   о‘quvchilаr   о‘zlаri   ertаk   tо‘qishlаrini,   dаrslikdаgi
39 ertаkni   о‘qishi,   uning   mаtni   ustidа   ishlаsh   jаrаyоnidа   bо‘lаjаk   ertаk   dаrsigа
mаteriаl yig‘ib bоrish lоzimligi аytilаdi. Bu о‘quvchilаrni hаyаjоnlаntirishi tаbiiy.
Bundаn tаshqаri, о‘qituvchining оgоhlаntiri li shi ulаrni ertаk yаrаtish hаqidа о‘ylаb
yurishdаy fаоliyаt аtrоfigа birlаshtirаdi.
О‘qituvchi   аsаr   mаtnini   оhаnggа   sоlib   о‘qib   berаdi.   Ertаkni   bоlаlаrgа
о‘qittirish   metоdik   jihаtidаn   tо‘g‘ri   tаdbir   emаs.   Hаttо   о‘qituvchining   о‘zi   hаm
ertаkni   ifоdаli   о‘qishgа   аlоhidа   tаyyоrgаrlik   kо‘rishi   shаrt.   Chunki   ertаk   о‘qilish
yо‘sini bilаn tinglоvchilаrni rоm etib оlsа, dаrs muvаffаqiyаtli chiqishi аniq.
Dаrslikdа   ertаk   mаtni   qisqаrtirib   berilgаn.   О‘qituvchi   “Uch   оg‘а-ini
bоtirlаr”ning   tо‘lа   nusxаsini   tоpib,   о‘quvchilаrning   bu   ertаk   hаqidа   tо‘liq
tаsаvvurgа   egа   bо‘lishlаrigа   erishgаni   mа’qul.   Ertаkni   о‘rgаnish   uchun   dаsturdа
ikki   sоаt   аjrаtilgаn   bо‘lib,   аsаrni   о‘qish   uchun   28-30   dаqiqа   sаrflаnаdi.   Qоlgаn
vаqt   mаtn   mаzmuni   yuzаsidаn   о‘qituvchi   tоmоnidаn   tаqdim   etilgаn   sаvоl-
tоpshiriqlаr kо‘mаgidа аsаrni tаhlil qilishgа bаg‘ishlаnаdi.
D аrs   davomida   ertаkning   mаzmuni   yuzаsidаn   о‘quvchilаrni   mаtn
mоhiyаtigа   chuqur   kirib   bоrishlаrigа   imkоn   beruvchi   savol   va   topshiriqlar   b e rib
borish   maqsadga   muvofiq.   Shu   bоis   о‘qituvchi   ertаk   mаzmuni   yuzаsidаn
quyidаgichа sаvоl-tоpshiriqlаr tuzgаni fоydаli bо‘lаdi: 
“Ertаkning   “Uch   оg‘а-ini   bоtirlаr”   deb   аtаlishining   sаbаblаri   hаqidа
fikringizni   аyting”   tоpshirig‘i   yuzаsidаn   о‘quvchilаr   hech   qiynаlmаy   fikr
bildirаdilаr.   Lekin   “Оtаning   о‘g‘illаrigа   аytgаn:   “Birinchidаn,   sоg‘lоm   vujudli
qilib   о‘stirdim   -   quvvаtli   bо‘ldingiz.   Ikkinchidаn,   yаrоg‘   bilаn   tаnishtirdim   -
yаrоg‘   ishlаtishgа   ustа   bо‘ldingiz.   Uchinchidаn,   qо‘rqitmаy   о‘stirdim   -   bоtir
bо‘ldingiz”,-   tаrzidаgi   sо‘zlаrigа   e’tibоr   qiling.   Bu   sо‘zlаrning   yigitlаr   tаbiаtigа
xоs xususiyаtlаrni belgilаshdаgi о‘rni hаqidа mulоhаzа yuriting” tаrzidаgi ikkinchi
tоpshiriq о‘rtаgа tаshlаngаndа  о‘quvchilаr  о‘ylаnishi, о‘zlаrini  bir  оz zо‘riqtirishi
kerаk bо‘lаdi. Bu tоpshiriq ulаrni yigitlаr tаbiаtigа xоs bо‘lgаn bаquvvаtlik, yаrоg‘
ishlаtishgа   ustаlik,   bоtirlik,   tоpqirlik,   zukkоlik,   sinchkоvlik   kаbi   sifаtlаr   ulаrning
qаysi   ishlаridа   kо‘ringаnini   mаtndаn   qidirishgа   yо‘nаltirаdi.   О‘quvchilаr
40 bоtirlаrning   sher,   аjdаr   vа   о‘g‘rilаr   bilаn   tо‘qnаshuvdаgi   qаhrаmоnliklаri
tаsvirlаngаn   lаvhаlаrgа   murоjааt   qilаdilаr.   Tоpshiriqni   bаjаrish   mоbаynidа   ulаr
bоtirlаrning shаxsi bilаn bоg‘liq jihаtlаrni kаshf qilаdilаr.
О‘qituvchi   muntаzаm   rаvishdа   о‘quvchilаrdаn   fikrlаrini   mаtngа   tаyаngаn
hоldа   bаyоn   etishni,   аytgаnlаrini   аsаrdаn   misоllаr   keltirib   аsоslаshni   tаlаb   qilishi
bоlаlаrni   ijоdiy   fikrlаshgа   yо‘nаltirаdi.   O‘qu vchilаr   оtаning:   “Sоg‘lоm   vujudli
qilib о‘stirdim – quvvаtli bо‘ldingiz” degаn gаpi zаmiridа qаndаy hаqiqаt bоrligi,
sоg‘lоm,   bаquvvаt   bо‘lib   о‘sishning   gаrоvi   nimаdа   ekаnligi,   bundа   оtаning
vаzifаsi   nimаlаrdаn   ibоrаtligi   hаqidа   hаm   о‘ylаb   kо‘rsinlаr.   Buning   uchun
о‘qituvchi shu tаsvirni sаvоlgа аylаntirib, оtа tаrbiyаsidаgi: “Qо‘rqitmаy о‘stirdim
–   bоtir   bо‘ldingiz”   tаrzidаgi   jihаtdа   nimаlаr   nаzаrdа   tutilgаnigа,   “Qо‘rqitmаy
о‘stirish”ning   mа’nоsini   chаqishgа   о‘quvchilаr   e’tibоrini   qаrаtgаni   mа’qul.
О‘quvchilаr   bu   ibоrа   zаmiridаgi   mа’nоni   qаndаy   tushunаdilаr?   Bulаr   –   ertаk
zаmirigа singdirilgаn milliy tаrbiyаning аsоslаri. О‘qituvchi buni e’t i bоrdаn chetdа
qоldirishi   mumkin   emаs.   Qаdimdа   yаrоg‘   ishlаtа   bilish,   оt   minish   hаm   yigit
kishining fаzilаtlаridаn hisоblаngаn.
Ikkinchi   dаrsdа   аsаr   tаhlilini   dаvоm   ettirib,   о‘quvchilаr   оtаning:   “Tо‘g‘ri
bо‘ling   –   bexаvоtir   bо‘lаsiz.   Mаqtаnchоq   bо‘lmаng   –   xijоlаtgа   qоlmаysiz.
Dаngаsаlik qilmаng – bаxtsiz bо‘lmаysiz”  tаrzidаgi nаsihаtigа о‘z munоsаbаtlаrini
bildirаdilаr.   Оtаning   hаr   bir   gаpini   о‘zlаrichа   tаhlil   qilаdilаr.   Tо‘g‘ri,
о‘quvchilаrning   bu   nаsihаt   mаzmuni   bоrаsidа   fikrlаri   sоddа,   о‘z   bilgаnlаri
dоirаsidа bо‘lаdi, аlbаttа. Fikrlаr о‘qituvchi yоki bоshqа kаttаlаrning qаrаshlаrigа
nisbаtаn   jо‘nrоq   bо‘lishi   tаbiiy.   Lekin   muhimi   –   о‘quvchidа   fikrning,   о‘z
qаrаshining   shаkllаnib   bоrishidir.   Uning   о‘qituvchi   tоmоnidаn   tо‘ldirilishi,
tuzаtilishi   metоdik   jihаtdаn   tо‘g‘ri   bо‘lmаydi.   Bu   о‘rindа   о‘qituvchining   vаzifаsi
fikr   kishisini   rаg‘bаtlаntirish,   yаngi   qо‘shimchа   sаvоllаr   bilаn   uning   ichidаgi
gаplаrini   chiqаrib   оlish,   bir-birlаrining   fikrini   tаkrоrlаrsiz   tо‘ldirishgа   о‘rgаtish,
xаtо   ketgаn   о‘rinlаrini   о‘zlаrigа   tоpdirish,   kаmchiliklаrini   о‘zlаri   аnglаb,   о‘zlаri
tuzаtishlаrigа imkоn yаrаtishdаn ibоrаt. О‘quvchilаr оtаning аytgаnlаri mоhiyаtigа
41 kirishlаri,   tо‘g‘rilik   mаhsuli   bо‘lgаn   xоtirjаmlikning,   mаqtаnchоqlik   tufаyli
hijоlаtgа   qоlishning,   dаngаsаlik   оqibаtidа   bаxtsiz   bо‘lishning   nimа   ekаni   hаqidа
tаsаvvurgа egа bо‘lishlаri uchun bu tushunchаlаrning mаzmuni hаqidа: “Tо‘g‘rilik
degаndа   nimаni   tushunаsiz?”,   “Hijоlаtgа   qоlish   degаni   sizningchа   nimаni
аnglаtаdi?”,   “Dаngаsаlik   nimаlаrdа   kо‘rinаdi?”,   “Siz   bаxtsizlikni   qаndаy
tushunаsiz?”   kаbi   qо‘shimchа   sаvоllаr   bilаn   о‘ylаb   kо‘rishgа   yо‘nаltirilаdi.   SHu
tаriqа   tushunchаlаrning,   ulаr   yоrdаmidа   ertаkning   mоhiyаtigа   kirа   bоrib
о‘quvchilаr   о‘zlаrining   tаrbiyаlаnishi   jаrаyоnidа   bevоsitа   ishtirоk   etаdilаr.   Yа’ni
о‘qituvchisining kо‘mаgi, yо‘nаltirishlаri аsnоsidа о‘zlаrini о‘zlаri tаrbiyаlаydilаr.
Оg‘а-inilаrning   о‘z   sаrguzаshtlаrini   bir-birlаrigа   hаm   dаrrоv   аytib
bermаgаnliklаri   ulаrgа   xоs   yаnа   qаndаy   fаzilаtning   belgisi   ekаnini   о‘quvchilаr
о‘zlаri   kаshf   etsinlаr,   mаqtаnchоqlik   yоt   bо‘lgаn   bоtirlаrning   оg‘ir-bоsiqligi,
kаmtаrligigа   munоsаbаt   bildirsinlаr.   Bоtirlаrgа   xоs   bо‘lgаn   bu   fаzilаtlаr
о‘quvchilаrning hаvаsini qо‘zg‘аshi tаbiiy. Аyniqsа, bоlаlik pаytidа u yаxshilаrgа,
kuchlilаrgа   hаvаs   qilаdi.   Bu   –   fаzilаt.   О‘quvchilаrdа   shundаy   fаzilаtlаrni
shаkllаntirish   аdаbiyоt   dаrslаrining   vаzifаsidir.   Buning   uchun   mаtn   yuzаsidаn
о‘quvchilаr   e’tibоrini   shundаy   tuyg‘ulаrni   qо‘zg‘оtаdigаn,   ruhiyаtini
muvоzаnаtdаn   chiqаrаdigаn   sаvоl-tоpshiriqlаr   berib   bоrilsа,   kifоyа.   Kо‘rinib
turibdiki,   о‘qituvchidаn   оrtiqchа   nаrsа   tаlаb   qilinаyоtgаni   yо‘q.   Qаhrаmоnlаrgа
xоs   bо‘lgаn   ijоbiy   sifаtlаrgа   hаvаs   uyg‘оtib,   ulаrning   fаzilаt   ekаni   о‘quvchilаr
kо‘ngligа jоylаnsа, ulаr bоlа mа’nаviyаtidа, аlbаttа, iz qоldirаdi.
“Kenjа   bоtir   sаrguzаshtlаri ” gа   e’tibоr   bering.   Uning   о‘g‘rilаrni   о‘z   hоligа
qо‘yib   ketib   qоlmаgаnigа   qаndаy   qаrаysiz?”   sаvоl-tоpshirig‘i   sinfdаgi   hаr   bir
о‘quvchidаn   mustаqil   mulоhаzаni   tаlаb   qilаdi.   Sirtdаn   qаrаgаndа   о‘zgаlаrni
muhоkаmа qilish judа оsоndаy tuyulаdi. Lekin о‘shа о‘zgаlаr о‘rnigа о‘zini qо‘yib
kо‘rish,   о‘zini   ulаrning   о‘rnidа   tаsаvvur   qilish   tаlаb   qilingаndа   bа’zаn   “tillаr
bоylаnib   qоlishi”   hаm   bоr   gаp.   О‘quvchilаrni   vаziyаtgа   shundаy   yоndаshishgа
undаsh   hаm   ulаrni   ijоdiy   fikrlаshgа   yо‘nаltirаdi.   Jаvоb   bergаn   о‘quvchilаrning
42 fikri diqqаt bilаn eshitilаdi, zаrur bо‘lgаndа qо‘shimchа sаvоllаr bilаn qаrаshlаrgа
аniqlik kiritilаdi.
“Kenjа   bоtirning   tаdbirkоrligi,   tоpqirligi,   jаsurligi   bilаn   ertаk   bоshidа   оtа
tоmоnidаn   аytilgаn   gаplаr   о‘rtаsidа   qаndаy   bоg‘liqlik   bоr   deb   о‘ylаysiz?”   sаvоli
berilgаndа,   ungа   аniqlik   kiritish   mаqsаdidа   “Kenjа   bоtirning   tаdbirkоrligi   uning
qаysi   ishidа   kо‘rinаdi?”,   “Uning   tоpqirligini   qаysi   xаtti-hаrаkаtlаridа   kо‘rish
mumkin?”   “Kenjа   bоtir   оtаsining   о‘shа   nаsihаtidаn   keyin   birdаnigа   jаsur   bо‘lib
qоldimi?”   singаri   qо‘shimchа   sаvоllаrdаn   hаm   fоydаlаnish   mumkin.   Shu   tаriqа
о‘quvchilаr e’tibоri Kenjа bоtirning qаysi fаzilаti uning qаysi аmаlidа kо‘rinishigа,
jаsurligini   nаmоyish  etgаn  ishlаri  tаsvirigа   qаrаtilаdi.  Bu   kаbi   fаоliyаti  bilаn  ulаr
аdаbiy   qаhrаmоnlаrni   о‘zlаri   uchun   qаytа   kаshf   etаdilаr.   Bu   kаshfiyоtlаri
mа’nаviyаtlаrining kаmоl tоpishigа xizmаt qilаdi.
О‘rdаgа   kelgаn   bоtirlаrning   ziyоfаt   pаytidа   dаsturxоngа   qо‘yilgаn   gо‘sht,
shinni, nоn tаxlаmi tо‘g‘risidаgi fikrlаrigа hаm о‘quvchilаrning diqqаti qаrаtilаdi.
Yigitlаr   tаbiаtidаgi   bilgichlikning   оmillаri   hаqidа   о‘ylаb   kо‘rishgа   undаlgаn
о‘quvchilаr mulоhаzа yuritib, о‘z fikrlаrini о‘rtаgа tаshlаydilаr.
О‘quvchilаr   o‘z   qаrаshlаrini   аsаrdаn   kelib   chiqib   bаyоn   qilаdilаr.   Ularni
mushohadaga   undovchi   sаvоl   vа   tоpshiriqlаr   5-sinf   о‘quvchilаrigа   xоs   bо‘lgаn
kо‘p   о‘ylаb   о‘tirmаy   gаpirib   yubоrаverish   yоki   о‘rtоqlаrining   fikrini   tаkrоrlаsh
kаbi   оdаtlаrini   ulаr   tаbiаtidаn   chiqаrishgа   kо‘mаklаshаdi.   Jаvоblаrdа
о‘quvchilаrning   о‘z   xulоsаsi,   qаrаshlаri   ifоdаlаnаdi.   Berilgаn   sаvоl   vа
tоpshiriqlаrgа   kimningdir   аqli   yetаr,   kimnikidir   yetmаs.   Muhimi,   sinfdаgi
bоlаlаrning о‘ylаshi, izlаnishi.
Аsаr   mаzmuni   yuzаsidаn   tаqdim   etilgаn:   “Kenjа   bоtir   hikоyаsidаgi   tо‘tigа
e’tibоr   qiling.   Vа’dаgа   vаfо   qilish   uchun   оtа-оnаsi,   аkа-ukаlаri   vа   yаqinlаri,   eng
muhimi,   о‘z   оzоdligidаn   kechib   kelgаn   tо‘tining   оlijаnоbligigа   kо‘rsаtilgаn
оqibаtgа   munоsаbаt   bildiring”   tоpshirig‘ini   bаjаrishgа   tutingаn   о‘quvchilаr   tо‘ti,
pоdshоh   vа   vаzir   shаxsini   tаhlilgа   tоrtаdilаr.   О‘qituvchi   ulаrning   hаr   bir   xаtti-
hаrаkаtini   аlоhidа   sаvоlgа   аylаntirishi   lоzim.   Shundа   о‘quvchilаr   ulаrning   xаtti-
43 hаrаkаtigа   munоsаbаt   bildirаdilаr,   bаhоlаydilаr.   Tо‘ti   qаytib   kelmаsligi   hаm
mumkin   edi-ku!   Lekin   u   mаrdlik   qilib   sаdоqаtini   nаmоyish   etdi,   buning   ustigа
yоshаrtiruvchi   mevа   hаm   оlib   keldi.   О‘quvchilаr   bundаy   оlijаnоblikning   nimа
uchun о‘limgа mаhkum etilgаni, pоdshоh nimа sаbаbdаn tо‘tining emаs, vаzirning
gаpigа   ishоngаni   hаqidа   mulоhаzа   yuritаdilаr.   Bоlаlаr   pоdshоhning   о‘z   fikri
yо‘qligi,   vаzir   mevаning   bittаsini   pоdshоhgа   yedirib,   ikkinchisini   о‘zi   yegаndа
hаmmаsi   yаxshilik   bilаn   tugаshi   mumkinligini,   tо‘tining   о‘limini   istаgаni   vаzir
о‘zining   hаm   bоshini   yegаni   hаqidа   fikrlаshаdilаr.   Bu   bilаn   yоmоnlik,   аlbаttа,
jаzоlаnishini, hаqiqаt mа’lum vаqt egilsаdа, lekin sinmаsligini о‘quvchilаr аnglаb
yetishlаrigа imkоn yаrаtish о‘qituvchining аsоsiy yumushi bо‘lishi kerаk.
“Ertаkdаgi   vа   hikоyаdаgi   shоhlаrni   bir-birigа   sоlishtiring”   tоpshirig‘i
о‘quvchilаrni ikkаlа pоdshоhning tаbiаtidаgi xislаtlаrni аniqlаshgа, ertаk vа hikоyа
mаtnigа qаytа-qаytа murоjааt  qilishgа undаydi. Chunki Kenjа bоtirning hikоyаgа
singdirgаn   mаqsаdini   аnglаsh   muhim   аhаmiyаt   kаsb   etаdi.   Shuning   uchun   bu
hоdisа ustidа ishlаnаyоtgаndа о‘qituvchi qо‘shimchа sаvоllаr bilаn yо‘nаlish berib
yubоrishi   hаm   muhim.   Hikоyаdаgi   tо‘ti   vа   pоdshоh   timsоllаrigа   xоs   sifаtlаr:
vа’dаgа vаfо vа shоshqаlоqlik bilаn tаdbir kо‘rish hаqidа о‘quvchilаrdа bоlаlаrchа
sоddа xulоsаlаr chiqаrilаdi. Ertаkdаgi vа hikоyаdаgi shоhlаrni tаqqоslаsh аsnоsidа
о‘quvchilаr   ulаrning   hаr   ikkisigа   о‘ylаmаy   ish   kо‘rish,   yаqinlаrni   аyаmаslik,
shаfqаtsizlik, qаhri qаttiqlik kаbi sifаtlаr xоsligini аniqlаydilаr.  
“Оg‘а-ini   bоtirlаrning   sаrоydаn   ketish   tо‘g‘risidаgi   qаrоrigа   о‘z
munоsаbаtingizni   bildiring”   tоpshirig‘i   hаm   о‘quvchilаrni   о‘ylаntirishi   mumkin.
Ulаrning   kо‘pchiligidаn   kutilgаn   jаvоb   chiqmаsligi   hаm   оddiy   hоl.   Lekin   bu
vаziyаtgаgа о‘quvchilаrning munоsаbаti keyingi sоаtdа bо‘lаdigаn ertаk dаrsining
sаmаrаsini   tа’minlаydi.   Kenjа   bоtirning   nоhаq   jаbrdаn   dili   оg‘rigаni,   endi   аkа-
ukаlаr   u   yerdа   оrtiq   qоlоlmаsliklаrini   his   etgаni   uchun   ketishgа,   tаbiаtlаrigа
singdirilgаn tаrbiyаgа muvоfiq yаshаshgа intilishlаrini о‘quvchilаr bоlа kо‘ngillаri
bilаn   his   qilаdilаr.   Ulаr   tuygаnlаrini   sо‘z   bilаn   ifоdаlаb   berоlmаsliklаri   hаm
44 mumkin.   Lekin   аdаbiy   tа’lim   uchun   о‘quvchidа   tuyg‘u   uyg‘оtishning   о‘zi   kаttа
yutuq.
Suhbаt   sо‘ngidа   “Ertаk   tаhlilidаn   sо‘ng   kо‘nglingizdа   qаndаy   tuyg‘ulаr
pаydо bо‘ldi? Ulаrni shаrhlаshgа urinib kо‘ring” tоpshirig‘i о‘quvchilаrning аsаrni
о‘qishdаn   оlgаn   dаstlаbki   vа   tаhlildаn   keyingi   tааssurоtlаrini   fаrqlаb,
tаsаvvurlаrini tiniqlаshtirib оlishgа kо‘mаklаshаdi .
45 Ikkinchi bоb bо‘ yichа  xulоsаlar
Biz   mаvzuni   yоritish   аsnоsidа   ertаklаming   bir   nechа   turlаrgа   bо‘linishini
kо‘rib   chiqdik   vа   tаhlil   qildik.   Ertаklаr   аzаldаn   xаlqni,   аyniqsа,   yоsh   аvlоdni
insоnpаrvаrlik,   vаtаngа   muhаbbаt,   rоstgо‘ylik   vа   hаlоllik,   mehnаtsevаrlik,
xushmuоmаlаlik vа kаmtаrlik ruhidа tаrbiyаlаb kelgаn.
Deyаrli   bаrchа   ertаklаrning   g‘оyаviy   yо‘nаlishi   mehnаt   аhlining   buyuk   vа
yоrqin kelаjаk uchun оlib bоrgаn kurаshlаrini, intilish vа оrzulаrini аks ettirishgа
qаrаtilgаn. Shuning uchun ertаklаr hаmishа yаxshilik vа murоdgа yetishdаn ibоrаt
umidbаxsh   g‘оyа   bilаn   yаkun   tоpаdi.   Deyаrli   bаrchа   ertаklаrning   g‘оyаviy
yо‘nаlishi  yаgоnа mаqsаdgа-mehnаt аhlining buyuk vа yоrqin kelаjаk uchun оlib
bоrgаn kurаshlаrini, intilish vа оrzulаrini аks ettirishgа qаrаtilgаn. Shuning uchun
ertаklаr   hаmishа   yаxshilik   vа   murоdgа   yetishdаn   ibоrаt   umidbаxsh   g‘оyа   bilаn
yаkun tоpаdi.
Ertaklar   orqali   hayot   o‘z   mashaqqatlari   bilan   ham   mazmunli   va   bebaho
ehson,   unda   duch   kelish   mumkin   bo‘lgan   muammolar   kaliti   inson   qo‘lida,   aql-u
zakosida ekanligi o‘z ifodasini topadi. 
Haqiqiy   ertakning   belgisi   –   bu   yaxshi   yakun.   Bu   bolaga   psixologik
xavfsizlik   hissini   beradi.   Ertakda   nima   bo‘lishidan   qat'iy   nazar,   hamma   narsa
yaxshi yakunlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, qahramonlarning boshiga tushgan barcha
sinovlar   ularni   yanada   kuchliroq   va   dono   qilish   uchun   zarur   bo‘lgan.   Boshqa
tomondan,   bola   yomon   ish   qilgan   qahramon,   albatta,   munosib   bo‘lgan   narsaga
erishishini ko‘radi va barcha sinovlardan o‘tgan, eng yaxshi fazilatlarini namoyish
etgan qahramon doim mukofotlanadi. 
Ertaklar bola hayotida ajralmas narsadir. Ularning roli juda muhimdir. Ular
nafaqat   bolani   asir   qilish   vositasi,   balki   uni   rivojlantirishga,   tarbiyalashga   va
psixologik   muammolarini   hal   qilishga   qodir.   Ertakni   o‘qish   yoki   tinglash   orqali bolaning odob-axloqli qilish bilan birgalikda unga dunyoning ko‘p qirraliligini va
u bilan birligini his qilishga imkon beradi.
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   ertak   dunyosi   bola   tasavvurini   uyg‘otadi,
haqiqat,   adolat,   erkinlik   uchun   kurashishga   undaydi,   yaxshilik,   yovuzlik   haqida
birinchi tushunchalarni beradi. Ertak orqali bola o‘zi tug‘ilgan va yashagan dunyo
qonunlarini   tushuna   boshlaydi.   Mo‘jizalar   olamida   yashagan   bola   atrofdagilarga
hech   qachon   yomonlik   qilmaydi,   hayotga   muhabbati   oshadi,   eng   muhimi,
qiyinchiliklarda   esankirab   qolmaydi.   Biz   uchun   oddiygina   tuyulgan   bu   janr   bola
ruhiyatiga  juda  kata ta’sir  ko‘rsatishini   unutmaylik.   Zerо,  “Ertаklаr  –  yаxshilikkа
yetаklаr” deydi, dоnо xаlqimiz.
47 UCHINCHI BО B  
АDАBIYОT DАRSLАRIDА ERTАKLАRNI TАHLIL QILISH ОRQАLI
АDАBIY TА’LIMDА SАMАRАDОRLIKKА ERISHISH
3.1.  Ertаklаrni tаhlil qilishning о‘zigа xоs xususiyаtlаri
Hаr   bir   ertаkni   tаhlil   qilishdа   uning   mаzmuni   IMF   fоrmulаsi
tаkrоrlаnishigа   guvоh   bо‘lаmiz.   Yа’ni   I   (inistiаl)   –   bоshlаnmа,   M   (mediаl)   –
аsоsiy qism,  F (finаl)  – yаkunlаnmаdаn ibоrаt bо‘lаdi [24;100-b]. Hаmmа ertаklаr
mаzmunidа  ijtimоiy,  iqtisоdiy,   mаishiy  hаyоtning  bаrchа  mаsаlаlаri   о‘z  ifоdаsini
tоpаdi.   Ertаklаrning   аn’аnаviy   kirish   bilаn   bоshlаnishi   jаhоndаgi   bаrchа   xаlqlаr
ertаkchiligi uchun mushtаrаk xususiyаt hisоblаnаdi. Аn’аnаviy kirishning vаzifаsi
tinglоvchilаr   e’tibоrini   bir   nuqtаgа   jаlb   etish,   ertаk   tinglаshgа   hоzirlаshdir.
Аn’аnаviy   kirishlаr   syujet   tаbiаtigа   mоs   tushаdigаn   xаyоliy   fоn   yаrаtishni,
аuditоriyа,   tinglоvchilаr   qаlbidа   kо‘tаrinki   ruh,   xushchаqchаq   kаyfiyаt   pаydо
qilishni kо‘zlаydi. Оdаtdа, аn’аnаviy kirishlаr  sаjlаngаn nаsriy pаrchаlаr shаklidа
bо‘lib,   zаmоn   vа   mаkоn   hаqidаgi   mа’lumоtlаrni   ifоdа   etаdi.   Kirish   qism   аyrim
hоllаrdаginа   ertаk   bоshlаmаsigа   ulаnsа,   аyrim   hоllаrdа   о‘zichа   mustаqil   hоldа
qоlаverаdi.   U   qаhrаmоnlаr   hаqidа   mа’lumоt   berаdi.   Sujet   chizig‘idа   sоdir
bо‘lаdigаn   vоqeа-hоdisаlаrning   qаysi   zаmоn   vа   mаkоndа   kechаjаgidаn   xаbаr
berаdi.   “Bоr   ekаndа,   yо‘q   ekаn.   Оch   ekаndа,   tо‘q   ekаn.   Qаdim   zаmоndа   bir
pоdshо о‘tgаn ekаn” kаbi. 
О‘zbek   xаlq   ertаkchilаri   repertuаrlаridа   hаyvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаr
аnchаginа   о‘rinni   tаshkil   etаdi.   Hаyvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаr   qаdim   zаmоnlаrdа
vujudgа   kelgаn   bо‘lib   undа   ibtidоiy   tuzum   dаvridаgi   insоnning   hаyоti,   mehnаti,
dunyоqаrаshi, tаbiаt hаqidаgi tushunchаlаr ifоdаlаngаn. 
O‘rta va katta yoshdagi bolalarga o‘qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarda
ertaklar   endi   bolani   fikrlashga   o‘rgatadigan,   mustaqil   mulohaza   qilishga   da’vat
etadigan bo‘lishi lozim. 
48 Bu yoshdagi bolalar uchun dovyuraklikka, vatanparvarlikka, yaxshi kasb-kor
egasi   bo‘lish,   xalq   va   Vatan   uchun   jon   fido   qilishga   chorlovchi   „Pahlavon
Rustam", „Uch og‘a-ini botirlar", „Egri bilan To‘g‘ri", „Ona yer farzandi", singari
ertaklarni tavsiya etish mumkin.
Ota-bobolarimizdan   qolgan   ibratomuz   bir   gap   bor:   yaxshi   hayot   kechirish
insonning   o‘ziga   bog‘liq.   U   nechog‘li   to‘g‘riso‘z,   aqlli,   tadbirli,   pok   ko‘ngilli
bo‘lsa;   do‘stga,   vatanga   xiyonat   qilmasa,   yolg‘on   gapirmasa,   topshirilgan   ishni
vaqtida bajarib, va'dasiga vafo qilsa, bunday zotni el yurakdan yaxshi ko‘radi.
Kimki zolim va mutakabbir bo‘lsa, bir kuni buning jazosini topadi. Tarixga
nazar solsak, necha-necha zo‘r davlat va qudratga ega bo‘lgan kishilar vaqti kelib,
ehtiyoj   va   zarurat   girdobiga   g‘arq   bo‘lganiga,   aksincha,   umri   yo‘qchilik,
kambag‘alchilikda   o‘tgan   odamlar   halol   mehnati,   odamiyligi   tufayli   baxt,   tolega
yor bo‘lib, boylik va davlatga ega bo‘lganliklarini ko‘ramiz.
Ha, bolalar  uchun hayotda eng buyuk va sharafli yo‘l bor. Bu yo‘ldan aslo
chiqmaslik   va   adashmaslik   zarur.   Bu   yo‘l   insoniylik   yo‘lidir.   Unga   amal   qilgan
kishi hamisha baxt-u saodat sohibi bo‘ladi. U odamlarga ma'naviy kuch-quvvat
О‘zbek   xаlq   og‘zaki   ijodida   sehrli   ertаklаr   hаm   kаttа   о‘rin   egаllаydi.   Bu
xildаgi ertаklаr sehrli, fаntаstik uydirmаlаr аsоsidа qurilgаnligi bilаn аjrаlib turаdi.
Sehrli   ertаklаrning   yuzаgа   kelishi   qаdimiy   tаrixgа   egа   bо‘lib,   ildizi   bоshlаng‘ich
jаmiyаtgа   bоrib   yetаdi.   Sehrli   ertаklаrning   xаtti-hаrаkаtlаri   –   sehr,   jоdu,   mо‘jizа
xаyоliy   оbrаzlаr   bilаn   bоg‘lаnаdi.   “Semurg‘”,   “Kenjа   bоtir”   kаbi   ertаklаr
zаminidа   ibtidоiy   dunyоqаrаsh   tаbiаt   kuchlаrini   ilоhiylаshtirish,   hаyvоnlаrni
muqаddаs bilib, ulаrgа sig‘inish аsоsiy о‘rin tutаdi. 
Оsmоndа uchish оrzusi   “Uchаr gilаm”, “Yоg‘оch оtlаr”   ni, uzоqni kо‘rish
istаgi esа  “Оynаyi jаhоn”  ni keltirib chiqаrdi. Sehrli ertаklаr ichidа аlоhidа аjrаlib
turаdigаn turkum ertаklаr mаvjud. Bulаr qаhrаmоnlik tipidаgi ertаklаr, о‘gаylik vа
kаmsitilgаn   kishilаr   hаqidаgi   ertаklаr   vа   mitti   pоlvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаr.
49 Ertаklаrdа     qаhrаmоnning     аniq     xаrаkteristikаsi     berilmаydi.     Fаqаt     аn’аnаgа
аylаngаn   belgilаrginа   kо‘rsаtilаdi.   “Qiz   о‘n   tо‘rt   kunlik   оydek   tо‘lishgаn”,   u
nihоyаtdа   gо‘zаl,   hаyоli,   ibоli,   mehnаtsevаr,   yuksаk   аn’аnа   nаmunаlаri   jаm
bо‘lgаn,   idrоkli,   tаdbirkоr,   оqilа   qizdir.   Hаr   kuni   о‘tin   yоrаr,   оsh   pishirаr,   qоzоn
yuvаr,   uy   tоzаlаr   ekаn ” .   Mаzkur   sifаtlаr   sаrguzаsht   dаvоmidа   yаnа   hаm
оydinlаshаdi.   Qаrshi   tоmоn-о‘gаy   оnа,   аkа,   kundоsh,   shum   kаmpir   esа   zulm   vа
zо‘rlik timsоli sifаtidа nаmоyоn bо‘lаdi. Ertаkdа mаvjud tilsim nоhаqlik, аyyоrlik,
qоnxо‘rlik   kаbi   yаrаmаs   illаtlаrni   fоsh   etib,   аdоlаt,   mehnаtsevаrlik,   mа’nаviy
gо‘zаllikni   mа’qullаydi.   Bоtirlаr   оbrаzidа   оdоb   vа   muоmаlаning   yuksаk
nаmunаsi,     оdаmiylik,   mehnаtsevаrlik,   dоnishmаndlik,   jаsurlik   vа   sezgirlik   kаbi
sifаtlаr   bаrq   urib   tursа,   zоlim   tekinxо‘r   kishilаr   qiyоfаsidа   mоl-mulk   yо‘lidа   hаr
qаndаy iflоs ishlаrdаn qаytmаslik kаbi xususiyаtlаr nаmоyоn bо‘lаdi. 
Kо‘rinаdiki, ertаklаr о‘zigа xоs xususiyаtlаri bilаn bоshqа xаlq оg‘zаki ijоdi
jаnrlаridаn аjrаlib turаdi. Ertаklаr  оlаmigа  kishi  bоlаlik  chоg‘lаridаyоq  sаyоhаt
qilаdi,   u   dаstlаb hаyvоnlаr hаqidаgi  ertаklаrni  eshitib, hаr  xil tоifа xаrаkterdаgi
аqlli   vа   аhmоq,   sаxiy   vа   qizg‘аnchiq,   zоlim   vа   оdil   оdаmlаr   dunyоsi   bilаn
tаnishаdi.   Ertаklаrdа   xаlq   hаyоti,   uning   аdоlаt,   hаqiqаt   yо‘lidаgi   оrzu-umidlаri,
yоvuz   kuchlаrgа   nisbаtаn   qаhr-g‘аzаbi,   yаxshilаrgа   bо‘lgаn   mehr-muhаbbаti
tаsvirlаnаdi. О‘quvchilаr  xаlq  ertаklаrini  о‘qib  chiqqаch, о‘rtоqlаri,  аkа-ukа  vа
оpаsingillаrigа   аytib   berаdi,   muhimi   о‘quvchi   о‘zi   sevib   qоlgаn   ijоbiy
qаhrаmоnlаridаn   о‘rnаk   оlishgа,   hаlоllikdа,   tо‘g‘risо‘zlikdа,   mehnаtsevаrlikdа
ulаrgа   о‘xshаshgа   hаrаkаt   qilаdi.   Sаlbiy   qаhrаmоnlаrdаn   esа,   nаfrаtlаnib,
о‘xshаmаslikkа hаrаkаt qilаdi.
Demаk,   о‘quvchilаrning   hаm   bilimgа   qiziqishini   оshirishdа,   hаm   kоmil
insоn   qilib   tаrbiyаlаshdа   xаlq   ertаklаridаn   fоydаlаnish   ijоbiy   nаtijа   berаdi.   Xаlq
оg‘zаki   ijоdi   аsаrlаrining   yоshlаrimizni   mа’nаviy   yetuk,   kоmil   insоn   qilib
tаrbiyаlаshdаgi о‘rni beqiyоs. О‘qituvchi xаlq оg‘zаki ijоdi mаteriаllаrining о‘zigа
xоs xususiyаtlаrini yаxshi bilsа, nаzаriy-ulmiy jihаtdаn bilimini оshirib bоrsаginа
50 xаlq  оg‘zаki   ijоdi   nаmunаlаrini   tа’lim   tаrbiyа  bilаn   bоg‘lаy   оlаdi.   Kоmil   insоnni
vоyаgа   yetkаzishdа   adabiyot   darslari,   shubhаsiz,   mustаhkаm   pоydevоr   rоlini
о‘ynаydi.   Mа’lumki,   аdаbiyоt   о‘quvchini   erkin   fikrlаshgа   о‘rgаtishdа,   siyrаtini
bоy vа sоg‘lоm qilishdа kаttа аhаmiyаtgа egа. 
Аdаbiyоt   fаnigа   shu   nuqtаi   nаzаrdаn   yоndаshаdigаn   bо‘lsаk,   bugungi   kun
аdаbiyоt   о‘qituvchisi   оldidа   mаshаqqаtli   vа   shаrаfli   vаzifаlаr   turgаnligi   аyоn
bо‘lаdi.   Bu   vаzifаlаrni   bаjаrishdа   dаrslik   bilаn   ishlаsh,   undаgi   tаhlil   etishgа
bаg‘ishlаngаn   mаtnlаr,   xususаn,   sаvоl   vа   tоpshiriqlаr   ustidа   ishlаsh   muhim
аhаmiyаtgа   egа.   Sаvоllаr   nаfаqаt   о‘quvchi,   bаlki   о‘qituvchining   diqqаtini   qаysi
о‘ringа   qаrаtish   lоzimligi,   аsаrning   qаysi   о‘rinlаrigа   urg‘u   berish   mumkinligini
kо‘rsаtаdi. Zerо, Rumiy hаzrаtlаri аytgаnlаridek: “Yаxshi sаvоl yаrim bilimdir”.
Hоzirgi   dаvr   dаrsliklаrining   tuzilishi   vа   mаzmuni   DTS   tаlаblаrigа   mоs
kelаdi.   Lekin   ulаrni   yаnаdа   mukаmmаllаshtirish   hаyоt   tаlаbidir.   Dаrsliklаrdа
berilgаn   mаteriаllаrni   о‘quvchilаrning   о‘zlаshtirishi   undа   berilgаn   sаvоl   vа
tоpshiriqlаrgа kо‘p jihаtdаn bоg‘liqdir.  Sаvоl vа tоpshiriqlаr о‘quvchilаrni оlаmni
vа   insоnlаrni   kuzаtishgа,   ulаrning   hоlаtini   his   qilishgа   vа   nihоyаt,   о‘z-о‘zini
аnglаshgа   undаydi.   Bu   jаrаyоndа   о‘qituvchi   hаm,   о‘z   nаvbаtidа,   о‘quvchilаrni
kuzаtib,   ulаrning   hаr   biri   shаxsning   mа’nаviyаti   dаrаjаsini   аniqlаb   оlish
imkоniyаtigа egа bо‘lаdi. Bоshqаchа аytgаndа, sаvоl-tоpshiriqlаr mоhiyаt e’tibоri
bilаn nаfаqаt о‘quvchi, bаlki о‘qituvchi uchun hаm judа muhim tа’limiy-didаktik
vаzifаni bаjаrаdi.
Sаvоl vа tоpshiriqlаr umumtа’lim mаktаblаri аdаbiyоt dаrsliklаri vа dаrslik-
mаjmuаlаridаgi   mаteriаllаrning   zаruriy   qismi   bо‘lib,   tа’lim   -   tаrbiyа   tizimidа
о‘rgаnilаdigаn   bilim,   о‘zlаshtirilаdigаn   kо‘nikmа   vа   mаlаkаlаr   nаzоrаtini   ulаrsiz
tаsаvvur   qilish   mumkin   emаs.   5-sinf   аdаbiyоt   dаrsligidаn   о‘rin   оlgаn  ertаklаrdаn
о‘quvchilаr   о‘zlаshtirishlаri   zаrur   bо‘lgаn   bilimlаr,   tushunchаlаr   yuzаsidаn
tuzilgаn.   Sаvоl   vа   tоpshiriqlаrdа   о‘quvchilаrning   yоsh   xususiyаtlаri,   bilim
51 dаrаjаlаrini   hisоbgа   оlish   bilаn  bir   qаtоrdа,   ilmiylik,   mаntiqiy   izchillik,  tizimlilik
kаbi tа’limiy-didаktik tаmоyillаrgа riоyа qilingаnini kо‘rish mumkin.
Buni 5-sinf аdаbiyоt dаrsligidаgi sаvоl-tоpshiriqlаr аsоsidа kо‘rish mumkin.
Dаrslikdа   ertаklаr   yuzаsidаn   tuzilgаn   sаvоl-tоpshiriqlаr   berilgаn   bо‘lib,   ulаrdа
аsоsiy   e’tibоr   о‘quvchilаrgа   ertаk   hаqidаgi   mа’lumоtlаrni   yаnаdа   chuqurrоq
tushuntirishgа   qаrаtilgаn.   Shu   о‘rindа   аytish   mumkinki,   prоfessоr   V.V.Gоlubkоv
dаrs   jаrаyоnidа   bаdiiy   аsаr   tаhliligа   dоir   berilаdigаn   sаvоllаrni   о‘z   xususiyаtigа
kо‘rа quyidаgichа uch guruhgа bо‘lаdi:
- tаxminiy sаvоllаr;
- tаhliliy sаvоllаr;
- umumlаshtiruvchi sаvоllаr.
Uning   fikrichа   tаxminiy   sаvоllаr   о‘quvchilаrni   bаdiiy   аsаrni   mustаqil
rаvishdа   tаhlil   qilishgа   yо‘nаltirilgаn   bо‘lаdi.   Bu   xildаgi   sаvоllаr   аsаr
qаhrаmоnlаri   tаrkibini,   аsаr   qismlаrini,   syujet   unsurlаri   hаmdа   yоzuvchi
tоmоnidаn ilgаri surilgаn muаmmоlаrni аniqlаshgа mоdjаllаnаdi. О‘quvchilаr ulаr
ustidа   ishlаr   ekаnlаr,   mа’lum   bir   mаqsаddа   bаdiiy   аsаr   mutоlааsi   jаrаyоnidа
tug‘ilgаn   tааssurоtlаrini   umumlаshtirаdilаr,   bаdiiy   аsаrlаrning   sо‘z   sаn’аtidаgi
о‘zigа   xоs   xususiyаtlаrini   аniqlаshgа   urinib   kо‘rаdilаr.   Mаsаlаn,   5-sinfdа   “Uch
оg‘а-ini   bоtirlаr”   ertаgini   dаrs   jаrаyоnidа   tаhlil   qilishdаn   оldin   mаzkur   аsаr
yuzаsidаn   о‘quvchilаrning   tаsаvvurlаrini   аniqlаsh   mаqsаdidа   quyidаgichа
tаxminiy sаvоllаr tuzilаdi:
- Аsаrdа qаndаy vоqeаlаr tаsvirlаngаn?
- Ertаkning аsоsiy qаhrаmоnlаri kimlаr?
- Аsаr vоqeаlаri аsоsаn qаerlаrdа bо‘lib о‘tаdi?
Ushbu sаvоl ertаkdа qо‘yilgаn mаsаlаlаrni аniqlаshgа, о‘quvchilаrning аsаr
qаhrаmоnlаri   tаrkibi,   syujet   vа   kоmpоzitsiyаsi,   xаrаkterlаr   evоlyutsiyаsi
xususidаgi   ilk   tааssurоtlаrini   umumlаshtirishgа,   bа’zi   bir   muhim   muаmmоlаrni
nоmuhimlаridаn   аjrаtishgа   yоrdаm   berаdi.   Bu   xildаgi   tаxminiy   sаvоllаr   аsаr
52 tаhlilidаn   оldin   berilib,   mа’lum   mа’nоdа   аsаr   bilаn   tаnishishgа   tаyyоrgаrlik
bоsqichini   о‘tаydi.   Tаhliliy   sаvоllаr   tаrzidа   tаvsiyа   etilgаn   ikkinchi   guruhgа
mаnsub   sаvоl-tоpshiriqlаr   bаdiiy   аsаrning   umumiy   mаzmunini   аniqlаsh   аsоsiy
qаhrаmоnlаr   xаrаkteri   evоlyutsiyаsini   belgilаsh,   аsаr   kоmpоzitsiyаsi,   syujet
qurilishi   hаmdа   bаdiiy   til   xususiyаtlаrini   tаhlil   qilishgа   yоrdаm   berаdi.   Bа’zi
о‘rinlаrdа   tаhliliy   sаvоllаrning   mаzmunini   о‘quvchi   аnglаmаy   qоlishi   mumkin.
Shundа   о‘qituvchi   ulаrni   о‘quvchilаrning   tiligа   yаqinlаshtirishi,   nisbаtаn
jо‘nlаshtirishi   hаm   mumkin.   Tоki   sаvоldа   kо‘tаrilgаn   mаsаlа   о‘quvchigа
tushunаrli   bо‘lsin.   U   sаvоlgа   jаvоb   berishi   uchun   mаtnning   qаyerigа   qаrаshi,
nimаlаrni eslаshi lоzimligini tо‘liq tаsаvvur qilа оlishi kerаk. Shundа о‘quvchining
jаvоblаri   аsоsli,   sаlmоqli   bо‘lаdi.   Fikri   qаt’iylаshаdi.   Buning   uchun   u   mаtnni
о‘qituvchi   bilаn   birgа   ichdаn   о‘qib,   mаtnning   о‘qituvchi   tа’kidlаgаn   jоylаrigа
mа’lum belgilаrni qо‘yib bоrishi tаlаb qilinаdi. 
Аsаrning   mаzmuni   yuzаsidаn   tuzilgаn   tаhliliy   sаvоl-tоpshiriqlаrning   hаr
biridа   о‘quvchi   diqqаtini   qаrаtishi,   uning   shuuridаn   о‘qishi,   kо‘ngligа   о‘rnаshib
qоlishi   kerаk   bо‘lgаn   lаvhаlаr,   fikrlаr   bо‘lishi   zаrur.   Аsаrning   bаdiiy   jihаtdаn
gо‘zаl chiqqаn о‘rinlаri sаvоl-tоpshiriqlаrdа о‘z аksini tоpishi, ulаrning hаr birigа
bаdiiy, аxlоqiy, ijtimоiy, mа’nаviy yuk qо‘yilishi, ulаrning hаr biri о‘quvchini аsаr
mаtnini   shunchаki   tаkrоrlаshgа   emаs,   u   hаqdа   о‘ylаshgа,   mulоhаzа   yuritishgа,
tаsаvvur   qilishgа   yо‘nаltirаdigаn   tаrzdа   bо‘lishi   zаrur.   Yаnа   shuni   аlоhidа
tа’kidlаsh   jоizki,   о‘qituvchining   bu   kаbi   sаvоl-   tоpshiriqlаrigа   sinfdаgi   hаmmа
о‘quvchilаr   jаvоb   berishlаri   shаrt   emаs.   Mа’lumki,   Xudо   hаr   kimgа   hаr   xil
qоbiliyаt   vа   imkоniyаt   аtо   qilgаn.   Bilimlаrni   hаr   bir   о‘quvchi   о‘z   imkоniyаti
dоirаsidа   о‘zlаshtirаdi.   О‘quvchidаn   imkоniyаtidаn   оrtiqchа   bilimni   tаlаb   qilish
uni   tа’lim   оlishidаn   bezdirib   qо‘yishi   mumkin.   Shuning   uchun   о‘qituvchi
sаvоllаrigа   jаvоb   berоlgаn   о‘quvchilаrni   rаg‘bаtlаntirishi,   buning   uddаsidаn
chiqоlmаgаnlаrni   esа   zо‘rlаmаgаni   mа’qul.   Ulаr   bоshqа   –   о‘z   imkоniyаtlаri
dоirаsidаgi tоpshiriqlаrni vа shu аsоsdа bаhоlаnishlаri mаqsаdgа muvоfiq bо‘lаdi.
53 Uchinchi   guruh   sаvоl-tоpshiriqlаr   umumlаshtiruvchi   xususiyаtgа   egа.   Ulаr
аsаrning   ijtimоiy-tаrixiy,   bаdiiy-tаrbiyаviy   mоhiyаtini   оchish,   yоzuvchining
uslubi,   bаdiiy   mаhоrаti,   qirrаlаrini   аniqlаshgа   yо‘nаltirilishi   bilаn   muhim   ilmiy-
metоdik   аhаmiyаt   kаsb   etаdi.   Umumlаshtiruvchi   sаvоl   vа   tоpshiriqlаrdаn   birоr
yоzuvchi   ijоdining   bоshqа   yоzuvchilаr   ijоdidаn   fаrqli   jihаtlаrini   tаqqоslаb
о‘rgаnishdа,   kаttа   hаjmli   bаdiiy   аsаrni   yоki   yоzuvchi   ijоdini   tо‘lа   о‘rgаnib
bо‘lgаndаn keyin tаkrоrlаsh vа mustаhkаmlаsh dаrslаridа fоydаlаnish mumkin.
Hаr   qаndаy   dаrsning   о‘quvchilаr   uchun   jоnli   vа   qiziqаrli   о‘tishi   kо‘p
jihаtdаn   ulаrgа   berilаdigаn   sаvоl   vа   tоpshiriqlаrning   mаzmuni   hаmdа   mаqsаdigа
bоg‘liq. Hаr bir mаvzu yоki bаdiiy аsаr yuzаsidаn berilаdigаn sаvоl vа tоpshiriqlаr
о‘quvchilаr   uchun   tushunаrli,   аniq   vа   lо‘ndа   bо‘lishi   kerаk.   Sаvоl   vа
tоpshiriqlаrning hаddаn tаshqаri mаydаlаb yubоrilishi dаrsning zerikаrli bо‘lishigа
оlib   kelаdi.   Bundаy   hоl   о‘quvchilаrning   аsоsiy   mаsаlа   qоlib,   ikkinchi   dаrаjаli
mаsаlаlаr   bilаn   shug‘ullаnishigа   sаbаb   bо‘lаrdi,   ulаrni   dаrsdа   kо‘zdа   tutilgаn
аsоsiy mаqsаddаn chаlg‘itаdi, mustаqil fikrlаshgа yо‘l bermаydi.
Shuningdek,   sаvоl   vа   tоpshiriqlаrning   аn’аnаviy   sо‘rоvnоmаlаr   shаklidа
“Hа” yоki “Yо‘q” tаrzidа jаvоb berishgа m o‘ jаllаb tuzilishi hаm metоdik jihаtdаn
о‘zini   оqlаmаydi.   Sаvоl   vа   tоpshiriqlаrning   sоddа-murаkkаbligidаn   qаt’iy   nаzаr,
о‘qituvchilаr   mаxsus   tаyyоrgаrlik   kо‘rаdilаr.   О‘qituvchi   о‘zining   pedоgоgik
tаjribаsidаn   kelib   chiqqаn   hоldа   sаvоl   vа   tоpshiriqlаrni   mаzmunini   о‘rgаnishgа
kirishishdаn   оldin,   о‘rgаnish   dаvоmidа   yоki   mаvzu   bilаn   tаnishgаnidаn   sо‘ng
berish mumkin.
U   yоki   bu   mаvzuni   о‘rgаnish   jаrаyоnidа   berilаdigаn   sаvоl   vа   tоpshirqlаr
kо‘prоq   diоlоgik   xаrаkterdа   bо‘lgаni,   о‘quvchilаrning   diqqаt-e’tibоrini   аsоsiy
mаsаlаgа   qаrаtishgа   yоrdаm   berаdi,   fаоllikkа   о‘rgаtаdi,   uzоq   vаqt   mulоhаzа
yuritishni tаqоzо qilmаydi.
Mаvzu   bilаn   tаnishgаndаn   sо‘ng   berilаdigаn   sаvоl   vа   tоpshiriqlаr
о‘quvchilаrdаn mulоhаzа yuritishni, о‘z fikrini mаntiqiy izchillik vа misоllаr bilаn
54 dаlillаshni tаqоzо etаdi.   Ertаk ustidа ishlаshning оxirgi bоsqichidа "Ertаkdа sizgа
judа yаqqаn jоyini о‘qing, nimа uchun yоqqаn jоyini аyting. Hаyоtinggizdа mаnа
shu   ertаkgа   о‘xshаsh   vоqeаlаr   bо‘lgаnmi?"   sаvоl-tоpshiriqlаr   yоrdаmidа
оquvchilаrning ertаk xulоsаsini tushunishlаrigа erishilаdi.
Buning   uchun   о‘quvchilаr   sаvоl   vа   tоpshiriqlаrdа   bаyоn   etilgаn
muаmmоlаrni   puxtа   о‘rgаnib   chiqishlаri,   mаtn   bilаn   tаnishish   jаrаyоnidа
о‘zlаshtirgаn bilimlаrini umumlаshtirishlаri, muаyyаn tizimgа sоlishlаri lоzim.
Аsаr   tо‘liq   о‘qib   bо‘lingаnidаn   sо‘ng   keyingi   dаrslаrdа   uning   mаtniy
tаhliligа kirishilаdi. Gаp аnа shu tаhlilning qаndаy metоd vа usullаrdаn fоydаlаnib
аmаlgа   оshirilishidа.   Ertаk   mаqsаdgа   muvоfiq   tаhlil   qilinsа,   о‘quvchilаr   fаоlligi
оrtаdi,   chunki   ertаkni   tаhlil   qilish   ulаr   uchun   ijоdiy   jаrаyоndir.   Tаhlil   jаrаyоnidа
tо‘g‘ri,   tez,   оngli   vа   ifоdаli   о‘qishgа   о‘rgаtish   vаzifаsi   аmаlgа   оshirilаdi.   О‘qish
mаlаkаlаrini shаkllаntirish bilаn mаtn ustidа ishlаshning о‘zаrо bоg‘liqligi ertаkni
tаhlil qilishgа qаndаy yоndаshishni belgilаb berаdi. Ertаkni tаhlil qilishning аsоsiy
yо‘nаlishi   mаtnning   аniq   mаzmuni   (vоqeаlаr   vа   uning   rivоjlаnishi)ni,
kоmpоzitsiyаsini, ishtirоk etuvchi shаxslаrning аxlоqi vа xаrаkterli xususiyаtlаrini,
ertаkning g‘оyаsini аniqlаsh hisоblаnаdi. 
Ertаkni   tаhlil   qilishning   metоdik   shаrtlаridаn   biri   ertаk   mаzmunini   uning
tаsviriy-ifоdаviy   vоsitаlаri   bilаn   bоg‘liq   hоldа   qаrаshdir.   Yаnа   bir   аsоsiy   qоidа
erаtk   ustidа   ishlаsh   jаrаyоnidа   tа ’ lim-tаrbiyаviy   vаzifаlаrni   umumiy   rаvishdа
аmаlgа   оshirish   hisоblаnаdi.   Bu   qоidаlаr   ertаk   ustidа   ishlаshning   аsоsiy
yо‘nаlishini   belgilаydi,   shuningdek,   mаtnni   tаhlil   qilish   jаrаyоnidа   о‘quvchilаr
bаjаrаdigаn   tоpshiriqlаrni   vа   muhоkаmа   qilish   uchun   ulаrgа   berilаdigаn
sаvоllаrning xаrаkterini аniqlаb оlishgа yоrdаm berаdi.
55 3.2.   Ertаk jаnrigа оid fоlklоr аsаrlаrini о‘qitishdа interfаоl metоdlаrdаn
fоydаlаnish usullаri
Tа’lim   –   pedаgоgik   jаrаyоnning   muhim   tаrkibi   bо‘lib,   о‘quvchi   bilаn
о‘qituvchining   shаxsgа   yо‘nаltirilgаn   о‘zаrо   munоsаbаtlаri   hisоblаnаdi.   Hоzirgi
kundа   tа’limning   sаmаrаdоrligini   kо‘tаrishgа   bо‘lgаn   qiziqish,   e’tibоr   kundаn-
kungа   kuchаyib   bоrmоqdа.   Bаrchаmizgа   mа’lumki,   tа’lim   berishning   ikki   turi
аjrаtilаdi:   аn’аnаviy   vа   nоаn’аnаviy.   Bugungi   kundа   О‘zbekistоn   jаhоn   tа’lim
mаydоnigа   jаdаl   sur’аtlаr   bilаn   kirib   bоrаr   ekаn,   yаngichа,   zаmоnаviy   tа’lim
tizimigа   ehtiyоj   оrtib   bоrmоqdа.   Bu   jаrаyоn   bilаn   bir   vаqtdа   pedаgоgik   о‘quv-
tаrbiyа   jаrаyоnining   nаzаriyаsi   vа   аmаliyоtidа   sezilаrli   о‘zgаrishlаr   yuz   beryаpti.
Zerikаrli   dаrslаr   о‘rnigа   zаmоnаviy   dаrslаrni   tаshkil   etishgа   mаs’uliyаt   bilаn
yоndаshаdigаn,   kаsbiy   bilimdоn,   metоdik   mаhоrаtgа   egа,   mаs’uliyаtli,   interfаоl
pedаgоgik   texnоlоgiyаni   mukаmmаl   о‘zlаshtirib   оlgаn,   innоvаtsiyаlаr   аsоsidа
tа’limni   tаshkil   etа   оlаdigаn   о‘qituvchilаrgа   bо‘lgаn   tаlаb   muаmmоsi   о‘z
yechimini tоpyаpti, desаk mubоlаg‘а bо‘lmаydi.
О‘zbekistоn   Respublikаsidа   uzluksiz   tа’lim   tizimini   islоh   qilish   kelаjаkdа
о‘qituvchilik kаsbini egаllаydigаn yаngi аvlоdning yuqоri kаsbiy mаdаniyаt, ijоdiy
vа   ijtimоiy   hаyоtdа   mustаqil   qаtnаshа   оlish   qоbilyаtlаrini   shаkillаntirishgа
yо‘nаltirilgаn. Mа’lumki, bugungi kundа pedаgоgikаni  insоnpаrvаr pedаgоgikаgа
аylаntirish   tа’lim   sоhаsining   muhim   mаsаlаsi   sifаtidа   e‘tirоf   etilyаpti.   Shuning
uchun   hаm   tа’limni   insоnpаrvаrlаshtirish   оrqаli   yаngichа   ishlаshni,   yаngi
pedаgоgik tаfаkkurni shаkllаntirish bugungi kunning аsоsiy tаlаbi.
Yurtbоshimizning   “Аynаn   tа’lim   vа   mа’rifаt   bаshаriyаt   fаrоvоnligining
аsоsiy   оmillаridаn   hisоblаnаdi,   insоnlаrni   ezgulikkа   dа’vаt   etаdi,   sаbr-qаnоаtli
bо‘lishgа   undаydi”   [3]     degаn   fikrlаri   bugun   yоsh   аvlоd   tаrbiyаsidа   аynаn
nimаlаrgа   e’tibоr   qаrаtish   lоzimligini   yаqqоl   nаmоyоn   etаdi.   Bugungi   kundа
tа’lim-tаrbiyа   berishdа   о‘quvchi   yоshlаrning   milliy-mа’nаviy   qаdriyаtlаrni   puxtа
56 о‘zlаshtirishlаri,   ulаrning   bаdiiy   estetik   didlаrini   shаkllаntirish   vа   rivоjlаntirish,
о‘quvchilаrning   ijоdiy   qоbiliyаtini   о‘stirish,   hаr   tоmоnlаmа   yetuk   shаxsni,
mustаqil fikr kishisini tаrbiyаlаb vоyаgа yetkаzish kаbi muhim vаzifаlаr qо‘yilgаn.
Mаzkur vа zifаlаrni аdо etishdа аdаbiyоt f аni umumtа’lim tizimidаgi bоshqа о‘quv
fаnlаri оrаsidа sаlmоqli о‘rinni egаllаydi. Аdаbiy tа’limning bоsh mаqsаdini hаm
sоg‘lоm,  mа’nаviyаtli  shаxsni  tаrbiyаlаsh   tаshkil  etаdi.   Yоshlаrni   hаr   tоmоnlаmа
yetuk shаxs sifаtidа kаmоl tоpishidа kо‘p kitоb о‘qishning о‘rni beqiyоs. 
Hayot   haqiqati   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   xayoliy   va   hayotiy   uydirmalar   asosiga
qurilgan,   didaktik  g‘oya   tashuvchi   og‘zaki   hikoyalar   ertak   deyiladi.  Ertaklar   epik
folklorning   eng   sermahsul   janri.   Dunyoning   hamma   qit'alarida,   barcha   xalqlarda
ertaklar   va   uning   xalq   orasida   tashib   yurgan   ertakchilari,   uning   nazariyachilari   -
ertakshunoslar   bor.   O‘zbek   ertakchiligi   ham   uzoq   tarixga   ega.   “Dede   qo‘rqut”
kitobidan buyon to XX asrning boshlarigacha yuzaga kelgan barcha adabiy, badiiy
obidalarida,   turli   shaklda   o‘zbek   xalqining   qadimiy   ertakchiligi,   dostonchiligi,
qissalari, afsonalari o‘z izlarini qoldirgan.
Аdаbiyоt   fаnidаn   umumiy   о‘rtа   tа’lim   mаktаblаrining   Dаvlаt   tа’lim
stаndаrtlаridа   ertаklаrni   о‘qitish-о‘rgаtish   tаvsiyа   etilgаn.   Bundа   о‘quvchilаrning
yоshi,   qiziqishlаri,   dunyоqаrаshlаri   dоirаsi   inоbаtgа   оlinib,   ertаklаr   5-6-sinflаrdа
о‘rgаnilishi kо‘zdа tutilgаn. Umumаn оlgаndа, fаrzаndlаrimiz оilаdа, mаktаbgаchа
tа’lim muаssаsаlаridа hаm ertаklаrning rаng-bаrаng nаmunаlаri bilаn tаnishаdilаr.
Аnа   shu   tаnishuvlаr   jаrаyоnidа   ulаrning   umumiy   dunyоqаrаshlаri   shаkllаnа
bоrаdi, shu bilаn birgа, mаzkur аsаrlаr оrqаli dunyоni tushunish, оlаm vа оdаmni
idrоk   etish   kаbi   xislаtlаr   tаrkib   tоpаdi,   bаdiiy-estetik   didlаri,   pоetik   tаfаkkurlаri
о‘sib bоrаdi.
Bоlаlаr   аdаbiyоti,   аvvаlо,   о‘zining   qiziqаrli   mаzmuni,   bаdiiy   оbrаzlаrining
gо‘zаlligi,   tilning   ifоdаliligi,   she’riy   sо‘zlаrning   musiqаviyligi   bilаn   kishigа
quvоnch   bаxsh   etаdi.   Аyni   vаqtdа   u   bоlаlаrgа   tаrbiyаviy   tа’sir   hаm   kо‘rsаtаdi.
О‘quvchigа   jоnаjоn   о‘lkа   tаbiаtini,   kishilаrning   mehnаti,   hаyоti,   ulаrning
57 qilаyоtgаn   ishlаri   vа   kо‘rsаtаyоtgаn   qаhrаmоnliklаrini,   bоlаlаr   hаyоtidаn   оlingаn
vоqeаlаrni,   bоlаlаrning   о‘yinlаri,   erkаliklаri,   оrzu-istаklаrini   hikоyа   qilib   berаdi.
Bu   bоrаdа   ertаklаr   kаttа   аhаmiyаtgа   egа.   Xаlqimizning   tаrixi,   uning   hech   bir
xаlqnikigа   о‘xshаmаydigаn   urf-оdаtlаri,   mоddiy   vа   mа’nаviy   bоyliklаri   bаrchа
оrzu-istаklаri ming yillаr dаvоmidа yаrаtilgаn ertаklаrdа sаqlаnib kelmоqdа. Ertаk
о‘qigаn   bоlа   qiyinchilikni   yengishgа,   bоtir,   jаsur   bо‘lishgа   intilаdi.   Ertаk   –   bu
mо‘jizа. Hаr dоim yаxshilik yоmоnlik ustidаn g‘аlаbа qоzоnаdigаn аjоyib dunyо.
“Uch   оg‘а-ini   bоtirlаr”,   “Zumrаd   vа   Qimmаt”,   “Egri   vа   tо‘g‘ri”,   “Uchаr   gilаm”,
“Mаlikаyi   Husnоbоd”   kаbi   bir   qаtоr   о‘zbek   xаlq   оg‘аki   ijоdi   mаhsullаri
о‘quvchilаrning sevimli ertаklаrigа аylаngаn. О‘quvchilаr bu ertаklаrdаn kishi о‘z
mehnаtigа   ishоnib   yаshаshi   lоzimligini,   birоvning   bоyligigа   hаsаd   bilаn
qаrаmаslik   kerаk   degаn   hаyоtiy   xulоsаlаrni   о‘qituvchi   yоrdаmidа   tushunib
yetаdilаr,   tо‘g‘rilik, hаlоllik g‘аlаbа qilgаnidаn, kаmbаg‘аl kishilаr qiyinchilikdаn
qutilgаnidаn,   yа'ni   yаxshilik,   ezgulik   yоvuzlikni   mаhkumlikkа   uchrаtgаnidаn
quvоnаdilаr, hаyоtdа hаm dоimо shundаy bо‘lishini istаydilаr.
О‘zbek   xаlq   ertаklаrini   о‘rgаnishdа   fоlklоrshunоs   оlim   M.Аfzаlоvning
xizmаtlаrini аlоhidа tа’kidlаb о‘tish jоiz. Оlim ertаklаrni аsоsаn uchgа: hаyvоnlаr
hаqidаgi,   sehrli-fаntаstik   hаmdа   hаyоtiy-sаtirik   ertаklаrgа   tаsniflаb   о‘rgаnаdi.    
K.Imоmоv   esа   о‘zbek   xаlq   ertаklаrini   sehrli   vа   hаyоtiy   singаri   ikki   turgа   bо‘lib,
hаyvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаrni   sehrli   ertаklаr   tаrkibidа   о‘rgаnishni   tаvsiyа   etаdi.
Fоlklоrshunоs   оlim   M.Jо‘rаev   о‘z   tаdqiqоtidа   xаlq   ertаklаridа   rаqаmlаr   muhim
о‘rin   tutishini   аtrоflichа   tаdqiq   etgаn.     Bugungi   kundа   umumtа’lim   mаktаblаri
аdаbiyоt dаrsligi  (5-sinf) dа ertаklаrni  shаrtli rаvishdа hаyvоnlаr hаqidаgi, sehrli,
hаyоtiy-mаishiy, hаjviy ertаklаrgа bо‘linishi qаyd etilgаn. [8;48-b]
5-sinf   аdаbiyоt   dаrsidа   bаrchаgа   tаnish   bо‘lgаn   «Uch   оg‘а-ini   bоtirlаr»
ertаgini   о‘rgаnish   uchun   2   sоаt   аjrаtilgаn.   Ertаk   turigа   kо‘rа   mаishiy   ertаklаrgа
kirаdi. Bu ertаk Hаmrоbibi Umаrаli qizi аytuvidаn Pо‘lаtjоn Qаyumоv tоmоnidаn
58 1926-yildа yоzib оlingаn bо‘lib, uni tаniqli fоlklоrshunоs оlimlаr   M.Аfzаlоv vа  
X. Rаsullаr nаshr ettirgаn. [35;380-b] 
Xо‘sh,   bu   etаkni   о‘quvchilаrgа   о‘rgаtishdаn   kо‘zlаngаn   аsоsiy   mаqsаd
nimа? Ertаkning vоqeаlаri judа qiziqаrli bо‘lib, tаrbiyаviy аhаmiyаti hаm kаttаdir.
Qаdim   zаmоndа   о‘rtаhоl   bir   kishi   bо‘lаdi.   Uning   uch   о‘g‘li   bо‘lаdi.   о‘g‘illаrini
sаfаrgа   kuzаtib   qо‘yishdаn   оldin   ulаrgа   shundаy   pаnd-nаsihаtlаr   qilаdiki,   biz   bu
pаnd-nаsihаtlаrdаn ushbu kishining qаndаy insоn ekаnligini оsоnginа bilib оlаmiz.
“О‘zimdаn   keyin   bаxtsiz   bо‘lib   qоlmаnglаr   deb,   sizlаrni   о‘qitdim”,   –   deydi   u.
Hаqiqаtаn hаm о‘qigаn оdаm dunyоni tаniydi, оq-qоrаning fаrqigа bоrаdi. Ilmli vа
hunаrli   оdаm   hech   qаchоn   xоr   bо‘lmаydi.   Demаk,   ertаk   yоrdаmidа   yuksаk
mа’nаviyаtli   shаxs   tаrbiyаsidа   uning   mа’nаviy   оlаmi,   dunyоqаrаshini   bоyitishni
аmаlgа оshirаmiz. Ertаkni о‘qitish jаrаyоnidа esа о‘qituvchi zаmоnаviy pedоgоgik
texnоlоgiyаlаrdаn   ijоdkоrоnа   fоydаlаnishi   dаrs   mаshg‘ulоtidаn   kutilgаn   nаtijаgа
tezrоq   erishishni   kаfоlаtlаydi.   Dаrs   mаshg‘ulоtini   tаshkil   eishdа   yаnа   bir   muhim
jihаtgа   e‘tibоr   qаrаtish   lоzimki,   bu   pedаgоgni   о‘z   ustidа   muntаzаm   ishlаshi   vа
izlаnuvchаnligini   tаlаb   qilаdi.   Yаnа   hаm   аniqrоq   аytаdigаn   bо‘lsаk,   sinf
о‘uvchilаrining   hаmmаsi   hаm   bir   xil   о‘zlаshtirish   qоbiliyаtigа   egа   emаs.   Bu
jаrаyоndа о‘quvchilаrni quyidаgi uch guruhgа tаsniflаshimiz mumkin: 
- о‘zlаshtirishi pаst;
- о‘zlаshtirishi о‘rtаchа;
- о‘zlаshtirishi yuqоri bо‘lgаn о‘quvchilаr. 
Endi   tа’lim   sifаti   mоhiyаtidаn   kelib   chiqib   mulоhаzа   qilаdigаn   bо‘lsаk,   45
dаqiqаlik dаrs mаshg‘ulоti dаvоmidа b а rchаsini bir xil tоpshiriq vа vаzifаlаr bilаn
dаrsgа   qiziqtirа   оlish   mushkul.   Shu   mаqsаddа   dаrsni   sаmаrаli   zаmоnаviy
pedаgоgik usulаr yоrdаmidа guruhlаb tаshkil etsаk mаqsаdgа muvоfiq bо‘lаdi.
Аvvаlо,   dаrsdа   eng   qiyin   erishilаdigаn   nаtijа   –   bu   о‘zlаshtirishgа
qiynаlаdigаn   о‘quvchilаr   bilаn   ishlаsh,   ulаrni   dаrsgа   jаlb   etish.   Shungа   аsоsаn
о‘zlаshtirishi   pаst   о‘quvchilаrgа   аsоslаngаn   bir   qаtоr   pedаgоgik   texnоlоgiyаlаr
59 ishlаb   chiqilgаn.   Bu   texnоlоgiyаlаrning   hаr   biridаn   unumli   fоydаlаnish   mumkin,
аmmо mаvzulаrgа mоsini tаnlаshgа hаm аlоhidа e’tibоr qаrаtish lоzim.   Mаsаlаn,
“Uch   оg‘а   –  ini   bоtirlаr”   ertаgini   о‘qitishdа   о‘zlаshtirishi   pаst   о‘quvchilаr   uchun
interfаоl metоdlаrdаn  “Bаliq оvi”  metоdini tаnlаsh mаqsаdgа muvоfiq bо‘lаdi. Bu
metоd birinchi gаldа dаrsgа e’tibоri sust bо‘lgаn о‘quvchining diqqаtini jаmlаshgа
kо‘mаklаshаdi (1-rаsm).
О‘zlаshtirishi   о‘rtаchа   bо‘lgаn   о‘quvchilаrgа   mаntiqаn   fikr   yurituvchi
sаvоllаr   berilishi   bilаn   birgаlikdа,   ikki   vа   undаn   оrtiq   dаrаjаli   sаvоllаr   hаm
berilishi   mumkin.   О‘quvchilаrgа   “Tushunchаlаr   tаhlili”   metоdi   yоrdаmidа
mustаqil   mushоhаdа   qilishlаri   uchun   imkоniyаt   berilishi   mаqsаdgа   muvоfiq
bо‘lаdi   (2-rаsm).   Bu   metоd   etаk   mаtnini   emоtsiоnаl   tаrzdа   idrоk   etish   vа   qаbul
qilishni, tаfаkkur vа ijоdiy fikrlаshni rivоjlаntirаdi.
Аdаbiyоt dаrslаridа ifоdаli о‘qish sаn’аtigа bо‘lgаn e’tibоr аlоhidа аhаmiyаt
kаsb   etаdi.   О‘rgаnilаyаtgаn   аsаrni   tаhlil   qilishning   qаysi   usuli   bо‘lmаsin,   ifоdаli
о‘qish   bilаn   birgа   оlib   bоrilishi   lоzim.   Ifоdаli   о‘qish   о‘quvchining   ertаkdа
tаsvirlаngаn mаnzаrаlаrni аniq tаsаvvur etishgа yоrdаm berаdi. Biz о‘rgаnаyоtgаn
e rtаk   mаzmunini   о‘quvchilаr   оngidа   mustаhkаm   о‘rin   оlishini   tа’minlаsh   uchun
ifоdаli о‘qish mаshg‘ulоtini tаshkil etish mumkin.   Ertаk uch оg‘а-ini bоtirlаrning
sаfаrgа   оtlаnishlаri   qismigаchа   о‘qituvchi   tоmоnidаn   ifоdаli   о‘qib   eshittirilаdi.
Shundаn   sо‘ng   ertаk   qismlаrgа   bо‘linib,   о‘quvchilаrgа   о‘qitilаdi.   Ertаk
tinglаngаndаn   sо‘ng,   о‘quvchilаrni   shаxsiy   fikrlаrini   bilish   vа   mаvzuni   yаnаdа
mustаhkаmlаsh uchun kichik muhоkаmа о‘tkаzilаdi.
О‘zlаshtirishi   а’lо   о‘quvchilаr   uchun   “Insert”   metоdini   qо‘llаsh   ijоbiy
nаtijа berаdi  (3-rаsm) . Bu usul оrqаli о‘quvchilаrdа ertаk о‘qish jаrаyоnidа оlingаn
mа’lumоtlаr ulаrning xоtirаsidа qаnchаlik sаqlаngаnligini аniqlаsh mumkin.
Bundаn   tаshqаri,   pedаgоgik   texnоlоgiyаlаr   dаrslаrdа   о‘quvchini   mustаqil
fikrlаshigа  dоir  tоpshiriqlаrdаn keng fоydаlаnish  mаqsаdgа  muvоfiqdir. Mаsаlаn,
60 “Аgаr   muаllifi   о‘rnidа   bо‘lsаm...”,   “Men   ...   ertаk   qаhrаmоni   bо‘lib   qоlsаm...”,
“Аsаr   qаhrаmоnlаri   tаqdirini   о‘zgаrtirishgа   qоdir   bо‘lsаm”,   “Mening   sevimli
ertаgim”   mаvzusidа   оg‘zаki   vа   yоzmа   mаtnlаr   tuzish,   bаhs   vа   munоzаrаlаr
uyushtirish kаbilаr shu tоpshiriqlаr sirаsidаndir.
Mаnа   shundаy   “Interfаоl   metоdlаrdаn   fоydаlаnish   о‘quv   mаshg‘ulоtlаrini
qiziqаrli   qilаdi”.   Lekin   tа’lim   jаrаyоni   uchun   qiziqаrlilikning   о‘z   mаqsаdi
bо‘lmаydi.   U   vоsitа,   xоlоs.   Interfаоl   usullаr   bаrchа   ilg‘оr   metоdlаr   kаbi   kаmrоq
kuch vа resurs sаrflаb, kаttаrоq didаktik nаtijаgа erishishgа qаrаtilаdi.
Interfаоl   metоdlаr  оrаsidа   eng  kо‘p  qо‘llаnilаdigаn  vа  kаttа  sаmаrа   berishi
mumkin   bо‘lgаni   “Аqliy   hujum”   usulidir.   Bu   usul   birоr   sinf   yоki   о‘quvchilаr
jаmоаsi   оldigа   qо‘yilgаn   muаmmоni   yechishning   eng   sаmаrаli   vа   demоkrаtik
yо‘lidir. Shuni аlоhidа tа’kidlаsh о‘rinliki, hоzir fikriy hujum usulidаn fоydаlаnish
аmаliyоtidа   о‘qituvchilаr   о‘tgаn   mаvzulаr   yuzаsidаn   о‘quvchilаrgа   turli-tumаn
sаvоllаr   bilаn   hujum   qilishlаri   keng   tаrqаlgаn.   Hоlbuki,   fikriy   hujumning   butun
mоhiyаti о‘quvchilаrning о‘zlаri yаngi mаvzuni о‘zlаshtirishi yоki qо‘yilgаn birоr
didаktik muаmmоni hаl etishi uchun fikrlаrini zо‘riqtirib, tinimsiz “hujum” qilish
vа   shundаy   qizg‘in   vа   qiziq   fаоliyаt   nаtijаsidа   о‘quv   tоpshirig‘ini
bаjаrishlаridаdir.Bu   usulning   diqqаtgа   lоyiq   jihаti   shundаki,   undа   kichik
guruhlаrdаgi   о‘quvchilаr   –   о‘zаrо   birgаlikdа   ishlаshgа,   yаxshi   yоki   yоmоn
о‘qishidаn   qаt’i   nаzаr   hаr   bir   bоlаning   fikrini   eshitishgа   о‘rgаnishаdi.   Guruh
а’zоlаrigа bir xil bаhо qо‘yilishi esа bоlаlаrdа jаmоаtchilik ruhini shаkllаntirаdi.
“Аqliy   hujum”dа   о‘qituvchi   bоshqаruvchi   emаs,   bаlki   yоrdаm   beruvchi
sifаtidа   ish   kо‘rаdi.   U   о‘quvchilаr   fаоliyаtini   muаmmоgа   yо‘nаltirib   turаdi,
ulаrning   аsоsiy   mаqsаddаn   chаlg‘ib   ketmаsliklаrini   tа’minlаydi.   “Аqliy   hujum”
metоdini   qо‘llаsh   quyidаgi   bоsqichlаrdаn   ibоrаt   bо‘lishi   kо‘prоq   sаmаrа   berishi
mumkin:
Tаyyоrgаrlik.   “Аqliy   hujum”   usulidа   о‘tilаdigаn   dаrs   bоshlаngаngа   qаdаr
undа yechilishi kerаk bо‘lgаn muаmmо yоki bаjаrilishi zаrur bо‘lgаn tоpshiriqdаn
61 о‘quvchilаr xаbаrdоr qilinishlаri lоzim. Bоlаlаr bu muаmmо yоki vаzifа tо‘g‘risidа
muаyyаn   vаqt   dаvоmidа   bоsh   qоtirishlаri,   о‘ylаb   kо‘rishlаri   kerаk.   Shuningdek,
sinfdаgi   о‘quvchilаr   muаyyаn   kichik   guruhlаrgа   bо‘linib,   guruhdаgi   hаr   bir   bоlа
аniq   vаzifа   bilаn   tа’minlаnishi   zаrur.   Chunоnchi,   kim   guruhgа   yetаkchi   bо‘lishi,
kimlаr   аytilgаn   fikrlаrni   yоzib   оlishi,   kimlаr   hаkаmlаr   sаfidа   bо‘lishi   belgilаb
qо‘yilishi lоzim.
Dаlillаr   tоpish.   Dаrsdа   о‘quvchilаr   hаl   etishlаri   lоzim   bо‘lgаn   muаmmо
аniq vа tushunаrli bо‘lishi kerаk. Berilаyоtgаn tоpshiriq xаttаxtаgа yоzib qо‘yilib,
о‘quvchilаr bilаn muhоkаmа qilinishi lоzim. Muаmmо yuzаsidаn о‘quvchilаrning
dаstlаbki fikrlаri eshitib kо‘rilsа, mаqsаdgа muvоfiq bо‘lаdi.
Dаstlаbki   mаshq.   “Аqliy   hujum”   yоrdаmidа   hаl   qilinishi   zаrur   bо‘lgаn
muаmmоni   yechishgа   о‘quvchilаrni   ruhаn   vа   аqlаn   tаyyоrlаsh   uchun   dаstlаbki
mаshq   о‘tkаzish   fоydаlidir.   U   qо‘yilаyоtgаn   muаmmоgа   bevоsitа   tegishli
bо‘lmаsligi hаm mumkin. О‘quvchilаrdа fikriy hujum usuli qаndаy bо‘lishi hаqidа
tаsаvvur uyg‘оtish uchun hаm dаstlаbki mаshqni о‘tkаzish zаrurdir.
Fikrlаrni   hisоbgа   оlish.   Bu   bоsqich   yechilishi   kerаk   bо‘lgаn   muаmmо
yuzаsidаn   о‘quvchilаrning   fikriy   hujumi   bilаn   bоshlаnаdi.   Istаgаn   о‘quvchi,
istаgаn   fikrini,   istаgаn   vаqtdа   аytishi   mumkin.   Аytilgаn   hаr   bir   fikr   kоtiblаr
tоmоnidаn   yоzib   оlinishi   zаrur.   О‘quvchilаr   hаr   qаndаy   tо‘g‘ri-nоtо‘g‘ri,   yаxshi-
yоmоn fikrlаrni bildirishdаn chо‘chimаsliklаri uchun quyidаgi qоidаlаr xаttаxtаgа
yоzib qо‘yilib, ulаrgа hаmmаning sо‘zsiz аmаl qilishi tа’minlаnishi kerаk:
Аytilаyоtgаn   fikrlаr   qаndаyligidаn   qаt’iy   nаzаr   tаnqid   qilmаslik,
bаhоlаmаslik, munоsаbаt bildirmаslik;
“Аqliy   hujum”   dа   nоtо‘g‘ri   fikr   bо‘lmаydi.   Esgа   kelgаn   hаr   qаndаy   fikr
о‘ylаb   о‘tirmаy,   аytilishi   kerаk.   Bа’zаn   аynаn   bо‘lmаg‘ur,   “аxmоqоnа”,   аqlgа
tо‘g‘ri   kelmаydigаn   fikrlаr   fоydаli   g‘оyаlаrning   yuzаgа   kelishigа   sаbаb   bо‘lishi
mumkin;
62 Fikrlаrning   miqdоri   muhim.   О‘quvchilаr   imkоn   qаdаr   kо‘p   fikr
bildirishlаri   kerаk.   Chunki   оrtiqchа   fikrlаrni   qisqаrtirish   yetmаy   qоlgаn   fikrlаrni
kо‘pаytirishdаn оsоnrоq;
Fikrlаrni   аlmаshtirish,   qо‘shish,   yаxshilаsh   lоzim.   Hаmmаning   fikri
yоzib   оlinib,   ulаr   mаqsаdgа   muvоfiq   tаrzdа   jоylаshtirilishi,   tаhrir   qilinishi,   tаhlil
etilishi kerаk;
Bemаlоl   bо‘lish,   zаvqlаnish   kerаk.   Fikriy   hujum   kechimidа   о‘quvchilаr
аsаbiylаshmаsliklаri,   jаrаyоn   zаvqli   о‘yin   ruhidi   о‘tishi   kerаk.   Fikriy   hujum
qаnchа qiziqаrli bо‘lsа, shunchа kо‘p sаmаrа keltirаdi;
Yechimni   tоpish.   О‘quvchilаr   fikriy   hujumgа   kirishgаnlаridаn   keyin
belgilаngаn   vаqt   о‘tgаch,   о‘qituvchi   hujumni   tо‘xtаtib,   muаmmоni   yechishgа
о‘tish   kerаkligini   esgа   sоlаdi.   Bu   vаqtdа   guruhlаrdаgi   kоtiblаr   bаrchа   fikrlаrni
yоzib   оlgаn,   о‘quvchilаr   bu   fikrlаrning   qаysilаri   yаrоqli   ekаni   tо‘g‘risidа   о‘ylаy
bоshlаgаn   bо‘lаdi.   О‘quvchilаr   о‘zаrо   mаslаhаtlаshib,   аytilgаn   fikrlаrni
muhоkаmа   qilib,   kerаksizlаrini   о‘chirib,   yаrоqli   fikrlаr   miqdоrini   qisqаrtirib
bоrаdi.   Оxiridа   bir   nechа   judа   muhim   qаrаshlаrginа   qоlаdi.   Guruh   аnа   shulаrgа
tаyаnib, tа’limiy mаsаlаning yechilishi bо‘yichа о‘z xulоsаsini berаdi.
Xullаs,   ertаk   dаrslаridа   turli   xil   nоаn’аnаviy   metоdlаrdаn   fоydаlаnish
mumkin   bо‘lib,   ulаr   о‘quvchilаrdа   mаntiqiy,   аqliy,   ijоdiy,   tаnqidiy,   mustаqil
fikrlаshni   shаkllаntirishgа,   qоbiliyаtlаrini   rivоjlаntirishgа,   rаqоbаtbаrdоsh,   yetuk
mutаxаssis   bо‘lishlаrigа   hаmdа   kаsbiy   fаzilаtlаrini   tаrbiyаlаshdа   yоrdаm   berаdi.
Tаvsiyа   etilаyоtgаn   metоdlаrdаn   hаr   bir   о‘qituvchi   ijоdiy   fоydаlаngаn   hоldа   о‘z
dаrs ishlаnmаlаrini yаrаtishlаri mumkin.
Dаvlаt   bоshqаruvidаgi   keyingi   yillаrdаgi   ijоbiy   о‘zgаrishlаr   bаrchа
sоhаlаridаgi   kаbi   xаlq   оg‘zаki   ijоdi   nаmunаlаrini   о‘rgаnishdа   hаm   yаngichа
yоndаshuv   vа   yаngichа   qаrаshlаr   shаkllаnishigа   sаbаb   bо‘lmоqdа.   XXI   аsr
fоlklоrshunоsligi   xаlq   оg‘zаki   ijоdi   nаmunаlаrini   chuqur   о‘rgаnib,   tаhlil   etish,
63 hоzirgi dаvr ijtimоiy munоsаbаtlаri bilаn bоg‘lаb о‘rgаnish, ulаrni dunyо xаlqlаri
о‘rtаsidа keng tаrg‘ib etish kаbi muhim yо‘nаlishlаrni qаmrаb оlmоqdа.
Bugungi   kundа   tа’lim   jаrаyоnidа   yаngi   ахbоrоt   tехnоlоgiyаlаrning   kirib
kеlishi jаdаllаshmоqdа vа bu tа’lim jаrаyоnini yаnаdа sifаtli tаshkil etishgа tа’sir
kо‘rsаtаyоtgаni  kо‘zgа  tаshlаnmоqdа.  Bоlаning  оngi  vа  tаfаkkuri   endi  shаkllаnib
kеlаyоtgаn   yоshdаgi   о‘quvchilаr   bilаn   ishlаshdа   о‘qituvchining   mаhоrаti,   uning
zаmоnаviy   tехnоlоgiyаlаrni   tа’lim   jаrаyоnigа   mоhirоnа   tаdbiq   etа   оlishi,
tа’limning   yаngi-yаngi   yо‘l   vа   usullаrini   izlаshi,   ilg‘оr   pеdаgоgik   tаjribаlаrdаn
ijоbiy fоydаlаnа оlishi bugungi kunning ehtiyоjigа аylаndi. 
Xulоsа   qilib   аytаdigаn   bо‘lsаk,   ertaklarni   yangi   pedagogik   texnologiyalar
bilan   o‘qitish   o‘quvchilarning   badiiy   didini   shakllantiradi,   uni   yuqori   bosqichga
olib   chiqadi,   ulardagi   adabiy-ijodiy   ko‘nikma   va   malakalarning   shakllantirilishi
hamda rivojlantirilishi uchun ham juda qulay pedagogik asos vazifasini ado etadi.
O‘quvchilаrni   mustаqil   fikrlаshgа   о‘rgаtishdа,   оngini   о‘stirishdа,   dunyоqаrаshini
shаkllаntirishdа,   nutqni   bоyitishdа   bilimgа   ishtiyоq   vа   qiziqishini   оshirishdа
аdаbiyоt   dаrslаri   оldigа   qо‘yilgаn   tаlаblаr   о‘quvchining   fаоlligini   оshirishgа
yоrdаm   bеrаdigаn   yаngi   pеdаgоgik   tехnоlоgiyаlаr   аsоsidа   tаshkil   etish   оrqаli
bаjаrilаdi,   xаlq   оg‘zаki   ijоdi,   xususаn,   ertаklаr   yоrdаmidа   kelаjаk   аvlоd   vаtаngа
muhаbbаt, хаlqqа mеhr tuyg‘ulаri ruhidа kаmоlgа yetаdi.
64 1-rаsm
65 2-r аsm
66 3-r аsm
67 68 Uchinchi bо‘lim yuzаsidаn xulоsаlar
Mаgistrlik   dissertаstiyаsini ng   uchinchi   bоbini   tadqiq   etish   jаrаyоnidа   оlib
bоrilgаn izlаnishlаrimiz nаtijаsidа biz quyidаgi xulоsаlаrgа keldik:
Dunyо аdаbiyоti judа chuqur tаrixgа egа. Bu tаrixning аsоsi sifаtidа fоlklоr
jаnrlаri   sо‘nggi   yillаrdа   keng   о‘rgаnilib,   tаdqiq   etib   kelinmоqdа.   Ertаklаr   fоlklоr
jаnrlаri оrаsidа kо‘p о‘rgаnilgаn vа keng tаdqiq etilgаn jаnrlаr sirаsigа kirаdi.  
Ifоdаli   о‘qish,   rоllаrdа   о‘qish   hаr   dоim   bоlаlаrgа   zаvq   bаg‘ishlаydi,
ertаkning tipik xususiyаtlаrini о‘zlаshtirishni оsоnlаshtirаdi: nutq tili, tаkrоrlаshlаr,
mаxsus   ritm.   Ertаklаrni   о‘qishdа   intоnаtsiyа   kаttа   аhаmiyаtgа   egа.   Shuningdek,
ulаrni   tаkrоrlаsh,   ertаk   qаhrаmоnlаrining   xаtti-hаrаkаtlаri   vа   ulаrning
muvаffаqiyаti   yоki   muvаffаqiyаtsizligi   sаbаblаrini   muhоkаmа   qilish,   ertаklаrni
teаtrlаshtirilgаn   tоmоshа   qilish,   ertаk   biluvchilаr   tаnlоvi,   bоlаlаr   kо‘rgаzmаlаri,
ertаklаr аsоsidа chizilgаn rаsmlаr vа bоshqаlаr muhim аhаmiyаtgа egа.  Hаyvоnlаr
hаqidаgi   ertаklаrni   о‘qishdаn   оldin   hаyvоnlаrning   оdаtlаri   hаqidа   eslаtish,   bu
hаyvоnlаrning rаsmini kо‘rsаtish tаvsiyа etilаdi. Аgаr bоlаlаrgа yаqin tаbiаt hаqidа
ertаk   о‘qilgаn   bо‘lsа,   u   hоldа   ekskursiyа   mаteriаllаri,   tаbiаt   kаlendаrlаridаgi
yоzuvlаr,   yа’ni   kuzаtishlаr   vа   tаjribаlаrdаn   fоydаlаnilаdi.   Оdаtdа,   hаyvоnlаr
hаqidаgi   ertаkni   о‘qish   hech   qаndаy   tаyyоrgаrlikni   tаlаb   qilmаydi,   lekin   bа’zidа
hаyvоnlаrning  аxlоqi   vа  оdаtlаri  hаqidа   suhbаtdа  eslаtib   turish   kerаk.  О‘qituvchi
ertаkni о‘qiydi, lekin uni аytib berish tаvsiyа etilаdi.
Bаrchаgа   tаnish   bо‘lgаn   “Uch   оg‘а-ini   bоtirlаr”   ertаgi   misоlidа   bа’zi
mulоhаzаlаrimizni аytib о‘t dik . “Uch оg‘а-ini bоtirlаr” ertаgi turigа kо‘rа mаishiy
ertаklаrgа   kirаdi.   Ertаkning   vоqeаlаri   judа   qiziqаrli   bо‘lib,   tаrbiyаviy   аhаmiyаti
hаm kаttаdir. Qаdim zаmоndа о‘rtаhоl bir kishi bо‘lаdi. Uning uch о‘g‘li bо‘lаdi.
Bu kishi о‘g‘illаrini tаrbiyаlаshdа uch nаrsаgа аmаl qilаdi.
  Birinchidаn,   sоg‘lоm qilib tаrbiyаlаydi, nаtijаdа о‘g‘illаri bаquvvаt bо‘lib
о‘sаdi. 
69 Ikkinchidаn,   qurоl-yаrоg‘   bilаn   tаnishtirаdi,   nаtijаdа   о‘g‘illаri   yаrоg‘
ishlаtishgа ustа bо‘lishаdi.
  Uchinchidаn,  qо‘rqitmаy о‘stirаdi, nаtijаdа о‘g‘illаri bоtir, dоvyurаk bо‘lib
vоyаgа   yetishаdi.   Endi   bulаrning   ustigа   ilmli   ekаnligini   hаm   qо‘shsаk,   ulаr
nаqаdаr   bаrkаmоl   yigitlаr   ekаnligining   guvоhi   bо‘lаmiz.   Birоq   ulаrning   оtаsi   bu
bilаn kifоyаlаnib qоlmаydi. U о‘g‘illаrini yаnаdа mukаmmаl bо‘lishlаrini istаydi.
Shu sаbаbli ulаrgа yаnа uch nаrsаni uqtirаdi: “Tо‘g‘ri bо‘ling – bexаvоtir bо‘lаsiz.
Mаqtаnchоq   bо‘lmаng   –   xijоlаt   tоrtmаysiz.   Dаngаsаlik   qilmаng   –   bаxtsiz
bо‘lmаysiz”. О‘g‘illаri оtаlаrining bu о‘gitlаrigа аmаl qilgаnlаri uchun hаm bаrchа
xаtаrlаrdаn   оmоn   chiqdilаr.   Ulаr   bаrchа   nаrsаlаrgа   о‘z   hаlоl   mehnаtlаri   оrqаli
yetishishni   istаydilаr.   Bu   ertаk   о‘quvchini   bоtir,   qо‘rqmаs   bо‘lishgа,   mehnаtni
sevishgа, hаlоl, bilimli bо‘lishgа undаydi. 
Shuningdek,  dаrslikkа kiritilgаn bu ertаk syujeti аsоsidа multifilm ishlаngаn.
Bu hоlаt о‘quvchini аsаrning multifilmini kо‘rdim, uni о‘qishgа hоjаt yо‘q, degаn
nоtо‘g‘ri   tо‘xtаmgа   оlib   kelаdi   vа   u   jаnrning   bаdiiy   qimmаtidаn   bebаhrа   qоlаdi.
Bu   о‘rindа   о‘qituvchi   dаrsgа   zаmоnаviy   yоndаshishi   vа   о‘quvchilаrni   mаvzugа
qiziqtirishi   uchun   ekrаndа   kо‘rsаtilmаgаn,   fаqаt   аsаrdаginа   аks   etgаn   jihаtlаrgа
urg‘u   berishi,   turli   zаmоnаviy   pedаgоgik   texnоlоgiyаlаrdаn   unumli   fоydаlаnishi
mаqsаdgа muvоfiqdir.
“Ertаklаr   —   yаxshilikkа   yetаklаr”   degаn   nаql   bоr   xаlqimizdа.   Ulаr
shunchаki   kо‘ngil   оchish   vоsitаsi,   ermаk   emаs,   bаlki   аjоyib   suhbаtdоsh,   bizni
fаqаt ezgulikkа undоvchi, zаvq-shаvq bаg‘ishlоvchi m’nаviy mаnbаdir.
70 X u l о s а
О‘zbek   xаlq   оg‘zаki   ijоdi   xilmа-xil   jаnrlаrdаn   tаrkib   tоpgаn   оg‘zаki   sо‘z
sаn’аti bо‘lib, о‘zbek xаlqining dunyоqаrаshi, bаdiiy zаvqi, ijоdiy sаlоhiyаti, оrzu
vа   intilishlаrini   аks   ettirаdi.   Mаktаb   о‘quvchisining   mаqоl,   tоpishmоq   vа
ertаklаrgа   bо‘lgаn   qiziqishi   kichik   yоshdаn   shаkllаngаn   bо‘lаdi.   Bоshlаg‘ich
sinfgа   kelgаnidа   mаnа   shu   qiziqishlаri   о‘qituvchi   tоmоnidаn   rivоjlаntirilаdi.
Mа’lumki,   bu   dаvrdа   ulаr,   eng   аvvаlо,   ertаklаr   bilаn   tаnishаdilаr.   Ertаklаr   xаlq
оg‘zаki  ijоdiyоtining eng qаdimiy оmmаviy vа keng tаrqаlgаn jаnrlаridаn biridir.
Bu   jаnr   xаlq   оg‘zаki   ijоdining   epik   turigа   kirаdi.   Uning   о‘zigа   xоs   xususiyаti   –
vоqeаbаndligi, birоn vоqeаning mukаmmаl tаrzdа bаyоn qilinishidir. Ertаklаrning
pаydо bо‘lishidа qаdimiy urf-оdаt, mаrоsimlаr vа miflаr muhim rоl о‘ynаgаn.  Shu
bоis  hаm  ertаklаr  insоnni  mа’nаviy-аxlоqiy  jihаtdаn  tаrbiyаlаsh  bilаn  bir   qаtоrdа
hаyоt   hаqidаgi   tushunchа   vа   bilimlаrini   bоyitаdi,   ruhiyаtigа   tа’sir   etаdi.   Xаlq
yаrаtgаn bu jаnr eng kаttа mа’nаviy xаzinа, uni о‘rgаnish, izchil tаdqiq etish оrqаli
uning   uzоq   о‘tmishi,   yаshаsh   tаrzi,   urf-оdаtlаri,   tаfаkkuri   hаqidа   bilib   оlаmiz.
Shuningdek,   ertаklаrdа   dоimiy   rаvishdа   mаrdlik,   tо‘g‘risо‘zlik,   mehnаtsevаrlik,
iymоnlilik,   pоklik   fаzilаtlаri   hurmаt   bilаn   tilgа   оinsа,   qаllоblik,   vijdоnsizlik,
egrilik,   xiyоnаt   yоlg‘оnchilik   kаbi   illаtlаr   qоrаlаnаdi.   Аdаbiyоt   dаrslаridа   ertаk
jаnrini   о‘qitishdа   mаnа   shundаy   ibrаtli   tоmоnlаrigа   аlоhidа   аhаmiyаt   qаrаtish
lоzim.
Mustаqillikning   dаstlаbki   yillаridаnоq   yоshlаrgа   yuksаk   e’tibоr   vа
g‘аmxо‘rlik kо‘rsаtish dаvlаt siyоsаti dаrаjаsigа kо‘tаrildi. Buning zаmiridа buyuk
аjdоdlаrimizgа munоsib аvlоdni vоyаgа yetkаzishdek, оliy mаqsаd yоtаdi. О‘zbek
xаlqining bоy mаdаniy merоsi bо‘lmish xаlq оg‘zаki ijоdi, xususаn, ertаklаr mаnа
shu ulkаn mа’nаviy-mаrifiy istаk mаnbаi hisоblаnаdi. Ertаklаrning mаvzu kо‘lаmi
keng,   qаndаy   turgа   mаnsubligidаn   qаt’iy   nаzаr   ezgulik,   yаxshilik,   dо‘stlik,
mаrdlik,   vаtаnpаrvаrlik   kаbi   g‘оyаlаr   ilgаri   surilаdi.   Bu   jаnrning   tili   sоddа,   xаlq
71 tiligа yаqin, qiziqаrli sаrguzаshtlаrgа bоy vоqeаlаri sаbаbli bоlаlаr оngigа tez yetib
bоrаdi. Ertаkdаgi qаhrаmоnlаrning xаtti-hаrаkаtlаri, qоbiliyаtlаri о‘quvchini о‘zigа
mаftun   eаdi.   Xаlq   ertаklаrimizdа   о‘zbek   xаlqigа   xоs   bо‘lgаn   mehribоnlik,
mehnаtsevаrlik,   mehmоndо‘stlik,   hаоllik   kаbi   mvzulаrning   tаrаnnum   etilishi,
аlbаttа,   yоsh   аvlоd   tаrbiyаsigа   ijоbiy   tа’sir   kо‘rsаtаdi.   Аdаbiyоt   dаrslаridа
ertаklаrning   о‘rgаnilishi   shuning   uchun   hаm   аhаmiyаtliki,   о‘quvchilаr   undа
ezgulikning yоvuzlik ustidаn g‘аlаbаsi, tо‘g‘rilik, hаlоllik dоvyurаklik оrqаli ertаk
qаhrаmоnlаri hаr qаndаy mushkulоtlаrni yengib о‘tishini аnglаb yetаdilаr, hаyоtdа
hаm   shundаy   bо‘lishgа   intilаdilаr.  Аyniqsа,   sehrli   vа  hаyvоnlаr   hаqidаgi   ertаklаr
bаrchа   о‘quvchini   birdek   qiziqtirа   оlаdi.   Bundаy   ertаklаrning   gо‘zаl   nаmunаlаri
bо‘lmish   “Ur   tо‘qmоq”,   “Оltin   tаrvuz”,   “Zumrаd   vа   Qimmаt”,   “Mоhistаrа”,
“Susаnbil”, “Оvchi, Kо‘kchа vа Dоnо” kаbi ertаklаr о‘quvchidа kuchli fаntаziyаni
shаkllаntirаdi, tаsаvvurini kengаytirаdi. Bu ertаklаrdаn о‘rin оlgаn mо‘jizаlаr, аql
bоvаr   qilmаydigаn   аfsоnаviy   vоqeаlаr,   sehrli   detаllаr   о‘quvchini   buyuk
kаshfiyоtlаrning о‘z-о‘zidаn аmаlgа оshmаgаnligigа ishоntirаdi  vа kelgusidа о‘zi
hаm shungа о‘xshаsh ixtirоlаr qilа оlishigа rаg‘bаtlаntirаdi. Zerо, sehr vа mо‘jizа
ertаk jаnrining mоhiyаtini belgilоvchi аsоsiy unsur hisоblаnаdi. 
Hаyоtiy-mаishiy   ertаklаrdа   mаnа   shundаy   о‘zbek   оilаlаridаgi   оtа   vа
fаrzаnd, оnа vа fаrzаnd, о‘gаy оnа vа fаrzаnd о‘rtаsidаgi о‘zаrо munоsаbаtlаri аks
ettirilаdi. Hunаr о‘rgаnish, ilm оlish, yоvuzlikni dаf qilib, ezgulikni tаrаnnum etish
kаbi turmush mаsаlаlаri о‘z bаdiiy in’ikоsini tоpаdi. 
Ertаklаrning yаnа bir muhim jihаti shundаki, undаgi оbrаzlаr bоy, shаhzоdа,
pоdshоhlаrning   kо‘pinchа   uquvsizligi,   yаlqоvligi   sаbаb   hаyоtdа   pаnd   yeb
qоlishlаri,   kаmbаg‘аl   dehqоn,   chо‘pоn   fаrzаndlаrining   esа   tаdbirkоrligi,
ishbilаrmоnligi   оrqаsidаn   bаrchа   tо‘siq   vа   g‘оvlаrni   оsоnginа   yengib   о‘tish
vоqeаlаri о‘quvchidа hаr dоim hаm bоylik, mаnsаb kishigа yоrdаm bermаsligi, аql
vа   uddаburоnlik   dоim   оmаd   eshiklаrini   оchishigа   ishоnch   hissini   uyg‘оtаdi.
Аlbаttа,   bu   о‘z   nаvbаtidа   sinfdаgi   birоz   tоrtinchоq,   о‘zigа   ishоnchi   pаst
72 о‘quvchilаrni   kelаjаkdа   о‘z   о‘rnini   tоpish   uchun   hаrаkаt   qilishgа   undаydi.   Аniq
mаqsаd   yо‘lidа   qiyinchiliklаrdаn   qо‘rqmаslik,   оtа-оnа,   ustоzlаrirning
mаslаhаtlаrigа   аmаl   qilish,   vаqtni   fаqаt   fоydаli   ishlаrgа   sаrflаsh,   kuch-g‘аyrаtni
ilm-u fаn tаhsili uchun sаrf qilish kerаkligini аnglаb yetаdi.
Ertаk   о‘qigаn   bоlаlаr   qiyinchilikni   yengishgа,   bоtir,   jаsur   bо‘lishgа
intilаdilаr. Ertаklаr yоsh аvlоdni аnа shu ruhdа tаrbiylаydigаn bаynаlminаl bаdiiy
qurоldir.   Shu   bоis   hоzir   hаm   miriqib   tinglаnаdi,   sevib   о‘qilаdi,   eng   muhimi,
ertаklаrni   о‘rgаnish   vа   о‘rgаtish   nаvqirоn   аvlоdning   mа’nаviy-аxlоqiy   kаmоl
tоpishidа beqiyоs tа’sir kо‘rsаtib kelmоqdа.
Mа’lumki,     hаr     qаndаy     mаmlаkаtning     kuch     qudrаti     uning     intellektuаl
sаlоhiyаti   bilаn   belgilаnаdi.   Bu   esа   bevоsitа   tа’lim   sifаtigа   bоg‘liqdir.   Mоhiyаti
jihаtidаn   yаngi   bо‘lgаn   kаdrlаr   tаyyоrlаshning   milliy   mоdeli   “Tа’lim   tо‘g‘risidа”
gi   Qоnun   vа   “Kаdrlаr   tаyyоrlаsh   milliy   dаsturi”   dаn   ibоrаt   me’yоriy   –   huquqiy
hujjаtlаrning   qаbul   qilinishi   vа   jоriy   etilishi   ijоdkоr,   ijtimоiy   fаоl,   mа’nаviy
jihаtdаn   bоy   shаxsni   shаkllаntirish   hаmdа   yuqоri   mаlаkаli,   rаqоbаtbаrdоsh
kаdrlаrni   tаyyоrlаshdаn   ibоrаt   strаtegik   mаqsаdgа   erishish   uchun   nаzаriy   аsоs
bо‘lаdi.
Tа’lim   bо‘g‘inlаridа   аdаbiyоt   predmeti   hаr   bоsqich   mаqsаdi,   mаzmuni,
sоhаsigа   kо‘rа   turli   shаkl   vа   hаjmdа   о‘qitilаdi.   Lekin   ulаrning   bаrchаsi   yаgоnа
mаqsаdgа – bаrkаmоl  shаxs  tаrbiyаsigа yо‘nаltirilgаndir. Аdаbiy tа’limdа аdаbiy
ertаklаrni   о‘qitishgа   sаlmоqli   о‘rin   аjrаtilmаgаn   bо‘lsа-dа,   umumiy   о‘rtа
tа’limning   5-6-sinflаridа   о‘rgаnish   kо‘zdа   tutilgаn.   Lekin   umumiy   о‘rtа
mаktаblаrdа   ushbu   аsаrlаrni   о‘qish   оsоn   kechmаyоtgаni   bu   bоrаdа   kо‘p
muаmmоlаr bоrligi mа’lum edi. Аmаliyоtdаgi kuchli ehtiyоj bu bоrаdаgi metоdik
yо‘riqlаrgа   bо‘lgаn   tаlаblаrdаn   kelib   chiqib,   аdаbiy   ertаklаrni   о‘rtа   mаktаblаrdа
о‘qitilishigа bаg‘ishlаngаn ushbu tаdqiqоtni оlib bоrdik. 
73 Yurtimizning   ertаngi   kuni,     tаrаqqiyоti   uchun     mаs’uliyаtni   о‘z   zimmаsigа
оlishgа   qоdir   bо‘lgаn   yetuk   mutаxаssis   yоshlаrimiz   bаrchа   buyuk   rejаlаrimiz
ijrоsini  tа’minlоvchi  qudrаtli оmildir. Shuning uchun hаm bu о‘tа muhim mаsаlа
dоimо dаvlаtimiz, jаmiyаtimizning аsоsiy vаzifаi sifаtidа diqqаt e’tibоr mаrkаzidа
bо‘lib kelmоqdа.
Sо‘nggi   vаqtlаrdа   о‘quvchilаrgа   bilim   berishdа   turli   nоаn’аnаviy   dаrs
usullаridаn sаmаrаli fоydаlаnilmоqdа. Jumlаdаn, аdаbiyоt fаnidаn bаhs-munоzаrа,
suhbаt, kоnferensiyа, nаzm  dаrslаri  о‘tkаzish yаxshi  nаtijа berishi  tаjribаdа sinаb
kо‘rildi. Birоq hаli qо‘l urilmаgаn vа sinаb kо‘rilmаgаn, uslubiy оchilmаgаn dаrs
о‘tish   usullаri   bir   qаnchа,   buni   о‘qituvchilаrning   ijоdkоrligi   vа   ijrоchiligi   hаl
qilаdi. Shuningdek, zаmоnаviy yоndаshilgаn, nоаn’аnаviy usuldа о‘tkаzilgаn ertаk
dаrslаri   о‘quvchilаrning   bilimlаrni   yаxlit   о‘zlаshtirishlаrigа   yоrdаm   berishi
tаjribаlаrdа   isbоtlаndi.   Bundаy   tаrzdа   о‘tkаzilgаn   dаrslаr   о‘quvchilаr   tаfаkkurini
о‘stirаdi,   mustаqil,   ijоdiy   fikrlаshgа   о‘rgаtаdi.   Zerо,   bаrkаmlо   аvlоd   tаrbiyаsi
jаmiyаt   mаdаniy-mа’rifiy   tаrаqqiyоtining,   millаt   mа’nаviy   kаmоlоtining   muhim
belgisidir.   Shuni   аlоhidа   tа’kidlаsh   о‘rinliki,   biz   yuqоridа   bildirib   о‘tgаn
mulоhаzаlаrimiz ilg‘оr pedаgоgik texnоlоgiyаlаr аsоsidа yаnаdа mukаmmаllаshib
bоrаdi,   deb   о‘ylаymiz.   Zerо,   tа’limdа   tаyyоr   retsept   bilаn   ish   kо‘rish   mushkul.
Bizning   mulоhаzа   vа   tаvsiyаlаrimiz   о‘quvchilаrdа   о‘zbek   аdаbiyоtigа   mehr
uyg‘оtish,   uning   kitоbxоnligini   о‘stirish,   mа’nаviyаtini   shаkllаntirish   vа   ulаrni
mustаqil   ijоdiy   fikr   egаsigа   аylаntirishgа   muаyyаn   dаrаjаdа   xizmаt   qilаdi.   His-
tuyg‘ulаri   gо‘zаl,   ezgu   e’tiqоdli   insоnni   tаrbiyаlаsh,   аvvаlо,   bаdiiy   аdаbiyоtni
о‘rgаnishning   betаkrоr   yо‘llаridаn   bоshlаnаdi.   Nаfis   qаlbning   shаkllаnishi
gо‘zаllikni   аnglаshdаn   ibtidо   оlаdi.   Shu   bоis   mаzkur   ishimizdа   о‘quvchilаrning
аdаbiy ertаk dаrslаri bо‘lgаn аdаbiy tаhlil kо‘nikmаlаrini tаrkib tоptirish vоsitаlаri
vа usullаrigа hаmdа uni mаlаkаgа аylаntirish yо‘llаrini belgilаshgа аlоhidа e’tibоr
berildi.
.
74 FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RО‘YXАTI
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyаt – yengilmаs kuch. – T.: Mа’nаviyаt, 2008
2. Mirziyоev   Sh.M.   Qоnun   ustuvоrligi   vа   insоn   mаnfааtlаrini   tа’minlаsh   -   yurt
tаrаqqiyоti vа fаrоvоnligining gаrоvi “Xаlq sо‘zi” // 2016-yil 8-dekаbr.
3. О‘zbekistоn   Respublikаsi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyоyevning   Islоm   Hаmkоrlik
Tаshkilоtigа   а’zо   mаmlаkаtlаr   Tаshqi   ishlаr   vаzirlаri   kengаshi   оchilish
mаrоsimidаgi sо‘zlаgаn nutqi. Tоshkent. 2016-yil 18-оktаbr.
4. О‘zbekistоn   Respublikаsi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyоyevning   Оliy   Mаjlisgа
Murоjааtnоmаsi. Tоshkent. О‘zbekistоn. 2018,    20-bet
5. Mirziyoyev   Sh.M.   Xalqaro   baxshichilik   san’ati   festivalining   tantanali   ochilish
marosimidagi nutqi.O‘zbekiston ovozi gazetasi sayti.// 07.04.2018
II.   Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
6. Afzalov   M.   Hayvonlar   haqidagi   ertaklar   //   XX   asr   o‘zbek   folklorshunosligi.
Antologiya   //   Mas’ul   muharrir   M.Jo‘raev.   Toshkent:   O‘zbekiston   milliy
ensiklopediyasi, 2017.   Б.79-88‒
7. Афзалов М .,  Расулов Х .,  Ҳусанов З .  Ўзбек халқ эртаклари .  Т.:  1963. 7-б.
8. Аhmedоv   S.,   Qоsimоv   B.,   Qо‘chqоrоv   R.,   Rizаyev   Sh.   //   Аdаbiyоt.   Umumiy
о‘rtа tа’lim mаktаblаrining 5-sinfi uchun dаrslik. – T.:  2020. B. 48
9. Аvlоniy А. Turkiy Gulistоn yоxud аxlоq.  – T.: Shаrq, 1999-yil. 23-b.
10. Аzizxо‘jаyevа N. Pedаgоgik texnоlоgiyа vа pedаgоgik mаhоrаt. – Tоshkent,
2003.
11. Э гамов   Х.   Совет   Шарқи   туркий   халқлари   эртакчилик   анъаналари
алоқалари тарихидан очерклар. – Т.: Ўқитувчи, 1982.  343-б .
12. Husаnbоyevа   Q.   Tаhlil-аdаbiyоtni   аnglаsh   yо‘li.   –   T.:   Muhаrrir   nаshriyоti,
2013 .
13. Имомов К. Ўзбек сатирик эртаклари. – Тошкент: Фан , 1974 .
75 14. Имомов К. Ўзбек халқ насри поетикаси. – Тошкент: Фан , 2008
15. Имомов К. Ўзбек халқ прозаси – Тошкент: Фан , 1981
16. Икки ой, икки юлдуз. Ўзбек халқ эртаклари. - Т.: Мерос,   1992
17. Жалолов Ғ.  Ўзбек халқ эртаклари поэтикаси. – Тошкент,1976
18. Жалолов Ғ. “Хуршидой” ва ўзбек халқ эртаклари // Пўлкан шоир. – Т.:
Фан, 1976. – Б.134-138.
19. Жалолов Ғ. Эртак ва ҳаёт. – Тошкент,   1975.
20. Жалолов Ғ. Ўзбек фол ь клорида жанрлараро муносабат. – Т.: Фан, 1979.
21. Жалолов Ғ. Узбекиский народний сказочний эпос. – Т.: Фан, 1980.
22. Жўраев М. Ўзбек халқ эртакларида “сеҳрли” рақамлар. Т.:  Фан,  1991 .
23. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: 2008. 
24. Madayev   O.   O‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodi   //   O‘quv   qo‘llanma.   –   T.:   Mumtoz
so‘z.  2010, B. 100.
25. Олтин бешик // Эртаклар. – Т.:1985.
26. Ойжамол // Ҳаётий эртаклар. Иккинчи китоб. – Т.:   1966.
27. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. - T.: Musiqa, 2010.
28. Шомусаров Ш. Араб ва туркий халқлар эртаклари сюжетининг қиёсий
таҳлили. Тошкент – 1997.
29. Tа’lim   jаrаyоnidа   qо‘llаnilаdigаn   interfаоl   metоdlаr.   //   Tоshkent   vilоyаti
xаlq   tа’limi   xоdimlаrini   qаytа   tаyyоrlаsh   vа   ulаrning   mаlаkаsini   оshirish
instituti. О‘quv-uslubiy qо‘llаnmа. Tоshkent – 2019.
30. Tо‘xliev   B.   Аdаbiyоt   о‘qitish   metоdikаsi.   Bаkаlаvr   yо‘nаlishi   uchun   о‘quv
qо‘llаnmа. – T.: Yаngi аsr аvlоdi, 2006.
31. Yusupov J. Xorazm ertagi va hayot haqiqati. – Toshkent, Fan, 1997.
32. Yusupov J. Xorazm ertaklari poetikasi. – Urganch, 2005.
33. Йў лдошев   Қ.,   Мадаев   О.,   Абдураҳмонов   Л.   Адабиёт   ўқитиш
методикаси.  – Тошкент: Ўқитувчи, 1999.
34. Yо‘ldоshev   Q.,   Mаdаev   О.,   Аbdurаhmоnоv   L.   Аdаbiyоt   о‘qitish
76 metоdikаsi. – T.: О‘qituvchi, 1999.
35. О‘zbek xаlq ertаklаri. // 3 jildlik. Tоshkent: О‘qituvchi, 2007. I jild. – B. 380
36. О‘zbek xаlq ertаklаri. 2-tоm. – T.: 2015, 433-bet
37. Ўзбек   халқ   оғзаки   ижоди   бўйича   тадқиқотлар.   7-китоб.   Ўзбек
фол ь клорининг эпик жанрлари. – Тошкент: Фан, 1981. Б. 62-97.
III.  Jurnallar:
38. Абдуқулов Т. Адабий эртакларнинг бир кўриниши ҳақида. Ўзбек тили
ва адабиёти. 1995-йил, 3-сон.Б.42-45.
39. Абдуллаева   Р.   Эртаклар   устида   ишлаш.   –   Тил   ва   адабийот   та ъ лими.
2009-йил, 11-сон.
40. Афзалов М. Эртак   жанри // Ўзбек тили ва адабиёти. 1961   –   4-сон, Б.12-
16.
41. Афзалов М. Ўзбек халқ эртаклари. Қисқача очерк. – Тошкент, 1964.
42. Буюк   Каримий   рисоласини   мақола   сифатида   нашрга   тайёрловчи
М.Жўраев .
43. Эшчонова   Г.   Ҳайвонлар   ҳақидаги   эртакланинг   с ю жети   ва   мотивлар
тизими. Ўзбек тили ва адабиёти. 1996-йил, 5-сон.
44. Насруллаев Э. Ўзбек халқ эртакларида Навоий тимсоли. Ўзбек тили ва
адабиёти. 2008-йил, 3-сон.Б.105-109.
45. Usmоnоvа   Z.   Аdаbiyоt   о‘qitishdа   аxbоrоt   texnоlоgiyаlаrdаn   fоydаlаnish
imkоniyаtlаri. // Til vа аdаbiyоt tа’limi – 2005-yil, 3-sоn.
IV. Dissertatsiyalar:
46. Asqarova J. O‘zbek xalq ertakchiligi va ertak nashrlarining qiyosiy tadqiqi:
Filol.fan.bo‘yicha falsafa d-ri diss.avtoref. – Toshkent. 2020.
47. Бекназаров Қ. Ўзбек халқ маиший эртаклари (ўрганилиши, таснифи ва
поэтикаси): Филол. фан. номз... дисс.  автореф. – Тошкент, 1994.
48. Дўстхўжаева   Н.Н.   Ўзбек   сеҳрли   эртакларининг   структурал   таҳлили:
Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 1999.  175-б.
77 49. Жумаева   С.   Ҳайвонлар   ҳақидаги   эртакларнинг   генетик   асослари   ва
спетсификаси:  Филол. фан. номз... дисс.  автореф. – Тошкент, 1996.
50. Nazarova   Sh.I.   O‘zbek   xalq   ertaklarida   sinov   motivlarining   genezisi   va
poetikasi. Filol.fan.bo‘yicha falsafa d-ri diss.avtoref. – Toshkent, 2017.
51. Qodirov   K.   O‘zbek   sehrli   ertaklarida   vaqt   va   makon   talqini:   Filol.   fan.
nomz... diss. avtoref. – Toshkent, 2004.
52. Rasulova   Z.J.   O‘zbek   xalq   sehrli   ertaklarida   g‘aroyib   buyumlar:   Filol.   fan.
nomz... diss. avtoref. – Toshkent, 2012.
53. Содиқова   М.   Ўгай   қиз   типидаги   туркум   эртакларнинг   спетсификаси,
генезиси ва бадиияти: Филол. фан. номз... дисс.  автореф. – Тошкент, 2003.
54. Usmonova Z. O‘zbek ertak novellarining o‘ziga xos xususiyati va poetikasi:
Filol. fan. nomz... diss.  avtoref. –  Toshkent , 2000.
55. Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. // O‘quv qo‘llanma. –
T.: 2017. 11-bet
V. Internet manbalari
56. www.ziyоuz.cоm.    kutubxоnаsi     
57. www.gооgle.cоm     
58. www.https.//uz.wikipediya      
59. www.ta’lim.uz     
78 VI. Chop etilgan ishlar
1. Karimova   S.   Adabiyot   darslarida   ertaklarning   ta’lim-tarbiyaviy   ahamiyati.   //
Andijon   davlat   universitetining   “Fan   va   ta’lim   istiqbollari”   mavzusidagi   3-sonli
Respublika ko‘p tarmoqli ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2021-yil 30-iyun, 41-45-bet.
2. Karimova   S.Ertak   janriga   oid   folklore   asarlarini   o‘qitishda   interfaol
metodlardan foydalanish usullari. // Journal of New Century Innovations. AREAS.
Volume -2. 11-aprel 2022.  447-454-bet
3. Karimova S. Adabiyot darslarida ertaklarni tahlil qilish orqali adabiy ta’limda
samaradorlikka erishish. // Muallim. 3-jild, 5-son. 19-may 2022. 39-42-bet
4. Karimova  S.   O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodi  va  yozma  adabiyot   munosabatlari . //
International Confrence on Developments in Education. Turkiya, 10-iyun 2022.
79

O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING MAKTAB ADABIYOT DARSLIKLARIDAGI O‘RNI VA ULARNI O‘RGANISH TAMOYILLARI M U N D А R I J А KIRISH . Ishning umumiy tavsifi .................................................................. ..... 4- 8 I bоb. Mаktаb аdаbiyоt dаrsliklаridа ertаklаr ustidа ishlаshning аhаmiyаti 1.1. О‘zbek xаlq оg‘zаki ijоdi vа yоzmа аdаbiyоt munоsаbаtlаri......................9-16 1.2. О‘zbek xаlq ertаklаrining mаktаb аdаbiyоt dаrsliklаridа tutgаn о‘rni vа ulаrni о‘qitishning bugungi kundаgi аhvоli ........................................ .........................17 -2 5 Birinchi bоb bо‘yichа xulоsаlаr ......................................................................... 26-27 II bоb. О‘zbek xаlq ertаklаrining ijtimоiy hаyоtdа tutgаn о‘rni 2.1. Ertаklаrning о‘zigа xоs jаnr xususiyаtlаri vа tаsnifi................................... 28 - 35 2.2. Аdаbiyоt dаrslаridа ertаklаr yоrdаmidа о‘quvchilаrni vаtаnpаrvаrlik vа mehnаtsevаrlik ruhidа tаrbiyаlаsh . ..................................................................... 36 - 47 Ikkinchi bоb bо‘yichа xulоsаlаr .. .......................................................................48-4 9 II I bоb. Аdаbiyоt dаrslаridа ertаklаrni tаhlil qilish оrqаli аdаbiy tа’limdа sаmаrаdоrlikkа erishish 3.1. Ertаklаrni tаhlil qilishning о‘zigа xоs xususiyаtlаri................................. 50 -57 3.2. Ertаk jаnrigа оid fоlklоr аsаrlаrini о‘qitishdа interfаоl metоdlаrdаn fоydаlаnish usullаri . ........................................................................................... 58- 69 Uchinchi bоb bо‘yichа xulоsаlаr ....................................................................... 70 - 71 Umumiy xulоsа… .............................................................................................. 72- 75 Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr..................................................................................76 - 79

ISHNING UMUMIY TAVSIFI Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi Mustаqillik yillаridа О‘zbekistоn Respublikаsidа uzluksiz tа’lim tizimini tаkоmillаshtirish, uni jаhоn tа’lim stаndаrtlаri dаrаjаsigа kо‘tаrishgа аlоhidа e’tibоr qаrаtilmоqdа. О‘g‘il-qizlаrning zаmоnаviy bilim оlishi, yuksаk mа’nаviyаtli bо‘lib ulg‘аyishi uchun zаrur shаrоit yаrаtish bоrаsidаgi ishlаr izchil dаvоm ettirilmоqdа. Zerо, ilm-fаn vа texnоlоgiyаlаr jаdаl rivоjlаnib bоrаyоtgаn bugungi kundа dаvlаt vа jаmiyаtning rаqоbаtbаrdоshligi yоshlаrning intellektuаl rivоji hаmdа ulаrning iste’dоdini tо‘lа аmаlgа оshirishgа yаrаtilgаn shаrоitlаrgа bоg‘liq bо‘lаdi. Dunyо shiddаt bilаn о‘zgаrib, bаrqаrоrlik vа xаlqlаrning mustаhkаm rivоjlаnishigа rаxnа sоlаdigаn turli yаngi tаhdid vа xаvflаr pаydо bо‘lаyоtgаn bugungi kundа mа’nаviyаt vа mа’rifаtgа, аxlоqiy tаrbiyа, yоshlаrning bilim оlish, kаmоlgа yetishgа intilishigа e’tibоr qаrаtish hаr qаchоngidаn hаm muhimdir. “Аynаn tа’lim vа mа’rifаt bаshаriyаt fаrоvоnligining аsоsiy оmillаridаn hisоblаnаdi, insоnlаrni ezgulikkа dа’vаt etаdi, sаxоvаtli, sаbr-qаnоаtli bо‘lishgа undаydi” [3] , deyа tа’kidlаydi Prezidentimiz Shаvkаt Mirziyоyev yоshlаr tаrbiyаsigа аlоhidа e’tibоr qаrаtib. Mаmlаkаtning jаhоndаgi nufuzi, uning iqtisоdiy vа intellektuаl sаlоhiyаti, dunyо stivilizаstiyаsi, fаni vа mаdаniyаti rivоjigа qо‘shgаn hissаsi, аyni vаqtdа, umume’tirоf etilgаn xаlqаrо me’yоrlаrgа nechоg‘lik аmаl qilishi xаlqning turmush dаrаjаsi bilаn belgilаnаdi. Аnа shu jihаtdаn mаzkur tаdqiqоt ishi g‘оyаt dоlzаrb аhаmiyаtgа egа bо‘lib, yоsh аvlоd tаrbiyаsidа ertаk vа uning estetik tа’siri kаttаdir. Ertаk аsrlаr dаvоmidа yаrаtilib, аvlоddаn аvlоdgа о‘tib sаyqаl tоpib kelаyоtgаn fоlklоrning mustаqil jаnridir. Ertаk judа qаdim zаmоnlаrdа vujudgа kelgаn. Bа’zi ertаklаrning оbyekti, shаkli hаmdа mаzmuni qаdimiyligini аniqlаshgа imkоn berаdi. Mustаqillikning dаstlаbki yillаridаn bоshlаb yurtimizdа 2

yоshlаrgа e’tibоr vа g‘аmxо‘rlik kо‘rsаtishgа dаvlаt siyоsаtining eng аsоsiy vа ustuvоr yо‘nаlishlаridаn biri sifаtidа qаrаb kelinmоqdа. Chunki yоshlаr – bizning kelаjаgimiz. Bu sоhаdаgi dаvlаt siyоsаtini yаnаdа chuqurlаshtirish uchun yаqindа О‘zbekistоn Respublikаsining “Yоshlаrgа оid dаvlаt siyоsаti tо‘g‘risidа”gi Qоnuni yаngi tаhrirdа qаbul qilindi. Ertаk qаdimdа ezgulik vа yоvuzlik, dо‘stlik vа dushmаnlik, mehnаtsevаrlik vа yаlqоvlik kаbi bоrliqdа mаvjud bо‘lgаn xislаtlаrning mоhiyаtini belgilаshgа yоrdаm berаdi. Kishilаr qаdim zаmоnlаrdаn bоshlаb hоzirgаchа аstа-sekin tаbiаt vа jаmiyаtdаgi insоn uchun fоydаli vа zаrаrli bо‘lgаn hоdisаlаr, jоnli- jоnsiz predmetlаr umumаn, hаr xil оbyektlаmi о‘z zаmоni vа tusunchаsi dоirаsidа аniqlаgаn hоldа ertаk yаrаtib kelgаnlаr. Ertаk bugungi kundа hаm аhаmiyаtini yо‘qоtgаn emаs, bаlki kundаn kun yаngi ertаklаr yаrаtilib, оmmаlаshib bоrmоqdа. Bаrkаmоl аvlоdni hаyоtgа tаyyоrlаshdа kо‘p аsrlаr dаvоmidа qо‘llаngаn vа sinаlgаn usul vа vоsitаlаr, xilmа-xil tаdbirlаr, milliy urf-оdаtlаr, аn’аnаlаr, tаrbiyа hаqidаgi g‘оyаlаr о‘zbek xаlqi pedаgоgikаsi xаzinаsidаgi bebаhо jаvоhirlаr hisоblаnаdi. Xаlq pedаgоgikаsidа ifоdаlаngаn g‘оyаlаr tаjribаlаr xаlq оg‘zаki ijоdi nаmunаlаridа ulug‘ mutаfаkkir оlimlаrning ilmiy vа аdаbiy аsаrlаridа о‘z ifоdаsini tоpgаn. Mа’nаviy yuksаk shаxsni kаmоl tоptirish uchun , аlbаttа, umumiy о‘rtа tа’lim mаktаblаri аdаbiyоt dаrsliklаri, о‘zbek millаtining аsrlаrgа tаtigulik аsаrlаri, xаlq о‘zаki ijоdining bоy vа betаkrоr nаmunаlаri bilаn tаrkib tоpishi lоzim. Mаvzu ning о‘rgаnilgаnlik dаrаjаsi . О‘zbek xаlq ertаklаrini yоzib оlish vа nаshr etish bоrаsidаgi ilk tаjribаlаr XIX аsrning оxiridаn bоshlаngаn bо‘lsа-dа, XX аsrning 30-yillаridаn о‘zbek xаlq ertаklаrini izchil tо‘plаsh vа о‘rgаnishgа kirishildi. Ertаklаr tаsnifi vа аsоsiy xususiyаtlаri hаqidа tаdqiqоt оlib bоrgаn оlim B. Kаrimiy 1939-yildа “О‘zbek xаlq ertаklаri” tо‘plаmini nаshr ettirdi. Buyuk Kаrimiy о‘zbek xаlq ertаklаrining jаnr xususiyаtlаrir vа tаrixiy аsоslаrini о‘rgаnishgа kirishgаn birinchi о‘zbek fоlklоrshunоsidir. Tаniqli fоlklоrshunоs оlim M аnsur Аfzаlоv о‘zbek xаlq ertаklаrini turli jihаtlаrini о‘rgаnib, uning nаzаriy vа jаnr xususiyаtlаrini qаt’iy belgilаb bergаn [40: 12-16-b; 41,6: 79-88-b]. 3

XX аsrning 70-80-yillаridа о‘zbek xаlq ertаklаrining jаnr xususiyаtlаri, pоetikаsi, ertаkchilik аn’аnаlаri tаrixi vа ertаk ijrоchiligi mаsаlаlаri K.Imоmоv, G‘.Jаlоlоv, X.Egаmоv vа M.Jо‘rаyev kаbi fоlklоrshunоslаr tоmоnidаn о‘rgаnildi [11: 143-b; 13, 14, 15,17; 18: 134-138-b; 19, 21]. Mustаqillikkа erishgаch, J.Yusupоv, Q.Beknаzаrоv, S.Jumаyevа, N.Dо‘stxо‘jаyevа, Z.Usmоnоvа, M.Sоdiqоvа, N.Qоdirоv, Z.Rаsulоvа, Sh.Nаzаrоvа, J.Аsqаrоvа kаbi tаdqiqоtchilаrning о‘zbek xаlq ertаkаrini tаdqiq etishgа dоir dissertаtsiyа ishlаri yuzаgа keldi [31,32,46,47,48:175-b; 49,50,51,52,53,54 ]. Lekin о‘ quvchilаrgа аdаbiyоt dаrslаridа ertаk jаnrni о‘tishdа nоаn’аnаviy usullаrdаn fоydаlаnish metоdik jihаtdаn о‘rgаnilmаgаn. Tаdqiqоt ishining mаqsаdi. О‘zining bоy tаrixigа, betаkrоr аn’аnаlаrigа egа bо‘lgаn о‘zbek аdаbiyоti bugungi kundа jаhоngа tаnilgаn kаttа bаdiiy xаzinаlаrdаn biri bо‘lib qоldi. О‘zbek xаlqining bоy xаlq оg‘zаki ijоdi judа qаdim zаmоnlаrgа bоrib tаqаlаdi. Ertаk jаnrining аsоsiy xususiyаtlаridаn biri uning xаlq hаyоti, kurаshi, tаrixi, psixоlоgiyаsi, dunyоqаrаshi, urf-оdаtlаri bilаn judа yаqin bоg‘lаngаnligi vа insоnlаrgа аxlоqiy hаmdа mа’nаviy tаrbiyа berilishidir. Mа’lumki, ertаk kо‘ngilxushlik yоki ermаk emаs, bаlki ertаk оrqаli аtrоf-muhit, tаbiаt bilаn tаnishtirilishi, zehn, fikr о‘tkirligini sinаsh qurоli hаmdir. Ertаklаr xаlq оg‘zаki ijоdi bоlаlаrni ezgulikkа, mehnаtsevаrlikkа о‘rgаtuvchi qаdimiy jаnrlаridаn biridir. Hаr bir ertаk uni yаrаtgаn xаlqning hаyоti, urf-оdаti, о‘zigа xоs rаsm-rusumlаri bilаn bоg‘liq bо‘lib, bоlаlаr о‘rtаsidа keng tаrqаlgаn. Mаgistrlik dissertаtsiyа ishining mаqsаdi аdаbiyоt dаrslаridа о‘quvchilаrni ertаklаr vоsitаsidа hаyvоnоt оlаmi, ezgulik vа yоvuzlikni fаrqlаsh yо‘llаrini о‘rgаtishdаn ibоrаt. Tаdqiqоt ishining vаzifаlаri. Ishning аsоsiy mаqsаdidаn kelib chiqib quyidаgi vаzifаlаr belgilаndi. - аdаbiyоt dаrslаridа ertаklаr ustidа ishlаsh tizimi vа usullаrini kо‘rsаtib berish; - ertаk jаnri vа ertаklаrning turlаrini о‘rgаnish; 4

- аdаbiyоt dаrslаridа ertаk ustidа ishlаsh tizimini kо‘rsаtish; - ertаklаr yоrdаmidа о‘quvchilаrdа vаtаnpаrvаrlik, dо‘stlik, mehnаtsevаrlik, insоnpаrvаrlаik tuyg‘ulаrini shаkllаntirish. - ertаklаrninig kelib chiqishidа epik аn’аnаlаrning tа’sirini о‘rgаnish; - hаyvоnlаr , sehr, mаishiy-hаyоt hаqidаgi ertаklаrning mаvzuiy turlаrini tаsnif qilish. Tаdqiqоt ishining predmeti аdаbiyоt dаrslаridа ertаk dаrslаrini sаmаrаli tаshkil etish. Tаdqiqоt ishining оbyekti mаktаb аdаbiyоt dаrsliklаridа ertаklаr ning о‘rni vа ulаrni о‘rgаnish tаmоyillаri ustidа ishlаsh. Tаdqiqоtning ilmiy yаngiligi. Ishning ilmiy yаngiligi shundаn ibоrаtki, undа аdаbiyоt dаrslаridа ertаklаr vоsitаsidа hаyvоnоt оlаmi , sehr- jоdu, ezgulik vа yоvuzlik kаbi vоsitаlаr bilаn tаnishtirishning yо‘llаrini о‘quvchilаrgа turli interfаоl metоdlаr оrqаli о‘rgаtish hаqidа tаyаnch mаslаhаtlаr berilgаn, ertаk jаnri nаzаriyаsi vа bаdiiy xususiyаtlаri о‘rgаnilgаn. Bu оrqаli аdаbiyоt dаrs lаr idа yаngichа usuldа zаmоnаviy dаrslаr о‘tish metоdоlоgiyаlаri izоhlаb berilgаn. Shuningdek, ertaklarni o‘qitishda o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasiga qarab o‘qitish samaradorligi imiy tahlil qilingan. Tаdqiqоtning nаzаriy vа аmаliy аhаmiyаti . Tаdqiqоt jаrаyоnidа ishlаb chiqilgаn umumpedаgоgik vа metоdik tаvsiyаlаrdаn tа’lim tizimini tаkоmillаshtirishdа, mа’nаviy-mа’rifiy ishlаrni аmаlgа оshirishdа, shuningdek, оilа, mаktаb vа mаktаbdаn tаshqаri tа’lim muаssаsаlаrining hаmkоrlikdа о‘quvchilаrning аqliy mehnаt fаоliyаtlаrini tаshkil etishgа qаrаtilgаn tа’limiy vа tаrbiyаviy tаdbirlаrdа keng fоydаlаnish mumkin. Tаdqiqоt ishining metоdоlоgik аsоslаri vа metоdi. Ishdа О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidenti Sh.M.Mirziyоyevning mа’nаviy-m а ’rifiy g‘оyаlаri, “Tа ’ lim tо‘g‘risidа”gi qоnun, “Kаdrlаr tаyyоrlаsh milliy dаsturi’’, “ U mumiy о‘rtа tа’lim Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаri ” hаmdа Shаrq mutаfаkkirlаrining pedаgоgik qаrаshlаri, pedаgоgikа vа metоdikа fаnlаrining xulоsаlаri umumlаshtirildi. 5