logo

ADABIYOT DARSLARIDA JAHON ADABIYOTI NAMOYONDALARINING HAYOTI VA IJODINI O‘RGATISH USULLARI (5-6-SINF DARSLIGI MISOLIDA

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1306.5 KB
ADABIYOT DARSLARIDA JAHON ADABIYOTI
NAMOYONDALARINING HAYOTI VA IJODINI O‘RGATISH
USULLARI (5-6-SINF DARSLIGI MISOLIDA  
M U N D A R I J A
KIRISH 4
I BOB. MAKTAB   DARSLIKLARIDA   JAHON   ADABIYOTI
NAMOYONDALARINI   O‘QITISHNING   NAZARIY   VA
AMALIY AHIMAYATI 9
1.1. Jahon adabiyoti namoyondalari tarjimayi holiga oid ma’lumotlar
talqini va  ularning o‘qitilishi (5-sinf darsligi asosida) 9
1.2. Yozuvchi   biografiyasini   o‘rgatishda   an’anaviy   va   zamonaviy
yondashuv (6-sinf darsligi misolida) 2 2
Bob bo‘yicha xulosa 35
II BOB. ADABIYOT   DARSLARIDA   JAHON   ADABIYOTI
DURDONALARINI   O‘QITISHDA   SAMARALI   METOD
VA USULLARDAN FOYDALANISH 37
2.1.  Muammoli   ta’lim   va   uning   jahon   adabiyoti   namunalarini
o‘qitishdagi ahamiyati (5-6-sinf darsligi misolida) 3 7
2.2.  Jahon   adabiyoti   namoyondalarining   asarlarini   turli   metod   va
usullar asosida tahlil qilish (5-6-sinf darsligi asosida) 5 2
Bob bo‘yicha xulosa 69
XULOSA 7 1
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 7 3
1 KIRISH
Bitiruv   malakaviy   ishi   mavzusining   dolzarbligi.   Bugungi   Yangi
O‘zbekiston   sharoitida   yoshlarning   sifatli   ta’lim   olishi,   ularning   har   tomonlama
yetuk   shaxs   qilib   tarbiyalashga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Yoshlarning   shaxs
sifatida   shakllaninshida   esa   adabiyotning   o‘rni   beqiyos.   Odamlarning
dunyoqarashini   boyitish,   ezgu   maqsad-g‘oyalarga   ilhomlantirish   uchun
adabiyotdan keng foydalanish lozim. Uning ta’siri natijasida, ayniqsa, yoshlarimiz
ongini   turli   tahdidlar,   yot   g‘oyalardan   saqlashga   erishamiz.   Muhtaram
Prezidentimiz   aytaganlaridek:   “Adabiyot   xalqning   yuragi,   elning   ma’naviyatini
ko‘rsatadi.   Bugungi   murakkab   zamonda   odamlar   qalbiga   yo‘l   topish,   ularni   ezgu
maqsadlarga   ilhomlantirishda   adabiyotning   ta’sirchan   kuchidan   foydalanish
kerak”. 1
  Darhaqiqat,   adabiyot   millatning   ko‘zgusi   -   orzu–armonlari,   kechmishini
aks ettiribgina qolmay, inson tafakkurini o‘stiradi, qalbiga muqaddas tuyg‘ularni jo
qiladi. Sifatli ta’lim olish ehtiyojining kuchayishi Yangi O‘zbekiston yoshlarining
Uchinchi   Renessansga   tomon   qo‘yilayotgan   qadamidir.   Maktab   o‘quvchilari
o‘zbek   adabiyoti   bilan   birgalikda   jahon   adabiyotini   ham   o‘rganib   bormoqda.
Shunday   ekan,   jahon   adabiyoti   ham   insoniy   tuyg‘ularni   shakllantirishda,
kamolotga erishishda  muhim  sanaladi. Jahon adabiyoti  namoyondalarining hayoti
va ijodini o‘qitishda noan’anaviy o‘qitish usullaridan samarali foydalanish, ta’lim-
tarbiya   jarayonida   o‘quvchiga   nafaqat   bilim,   balki   estetik   zavq   bag‘ishlab,   fanga
bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Aka-uka Grimmlar, Nodar Dumbadze,
Lengston   Hyuz,   Rey   Bredberi,   Jyul   Vern,   Artur   Konan   Doyl,   Ibroyim   Yusupov,
Oskar   Uayld,   Anton   Chexov   singari   buyuk   ijodkorlar   merosini   o‘quvchilarga
adabiyot   darsi   orqali     sifatli   ta’limni   tashkil   qilgan   holda   yetkazish   bugungi
pedagog-o‘qituvchilar oldida turgan muhim vazifa sanaladi.
Bugungi kunda, internet asrida o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishi
kamayib   bormoqda.   Shunday   ekan,   maktablarda   adabiyot   darslarini   noan’anaviy
tarzda   tashkil   qilish,   shuningdek,   o‘qituvchining   ham   mehnati   va   ijodkorlik
qobiliyatini   talab   etadigan   dars   mashg‘ulotlarini   o‘tkazish   zarur.
1
 Mirziyoyev Sh. Ezgu g‘oyalardan bunyod bo‘lgan muazzam xiyobon. Sayt: https://yuz.uz.news
2 Tarbiyalanuvchilar   jahon   adabiyoti   ijodkorlari   biografiyasi   va   boy   merosi   orqali
qator   insoniy   tushunchalarni   shuuriga   jo   qilib   boradi.   Shuni   alohida   ta’kidlash
joizki,   zamonaviy   texnologiyalar   asrida   ulg‘ayayotgan   avlodni   sof   insoniy
tuyg‘ularini   shakllantirish,   ma’nan   sog‘lom   qilib   tarbiyalash,   ularni   jahon
adabiyotiga   qiziqishini   oshirishda   adabiyot   fanining   o‘rni   beqiyosdir.   Shunday
ekan, badiiy asarning mazmunini  to‘g‘ri  yetkazish, o‘quvchilarning shaxs  sifatida
shakllanishidagi   o‘rni   xususida   fikr   yuritish,   ularning   dunyoqarashini   o‘stirish
adabiyot fani o‘qituvchilarining zimmasidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi. Har
bir   xalqni   tanitishda   yozuvchilarning   o‘rni   beqiyos.   Zero,   ular   o‘z   iste’dodi   bilan
millionlab   insonlar   qalbidan   joy   oladi.   Ular   yaratgan   asarlarni   faqat
adabiyotshunoslar   emas,   balki   butun   insoniyat   sevib   mutolaa   qilishadi.   Maktab
darsliklarida berilgan jahon adabiyoti vakillari ham bezijga darslikka kiritilmagan.
Ularni yuksak e’tiqodi, iste’dodi va tarviyaviy mazmundagi asarlari o‘quvchilarni
shaxs   bo‘lib   shakllanishiga   xizmat   qiladi.   Yurtboshimiz   ham   o‘z   nutqlarining
birida   jahon   adabiyotini   e’tirof   etadilar:   “Biz   O‘zbekistonda   “Adabiy   do‘stlik   –
abadiy   do‘stlik”   degan   chuqur   ma’noli   tamoyilga   amal   qilgan   holda,   jahon
adabiyotining   durdona   asarlarini   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilish   va   nashr   etish
masalasiga   g‘oyat   jiddiy   e’tibor   qaratmoqdamiz”. 2
  Zotan,   o‘zbek   adabiyoti   kabi
jahon   adabiyoti   durdonalarini   o‘qitish   ham   alohida   kasbiy   mahorat   va   mas’uliyat
talab etadi. O‘quvchilarning asar matnida aks etgan hayotiy va badiiy haqiqatlarni
ilg‘ashi,   asardan   to‘g‘ri   xulosa   chiqara   olishi,   o‘z   tabiatiga   singdirishi
shakllanayotgan   shaxsda   osonlik   bilan   kechadigan   jarayon   emas.   Ta’lim-tarbiya
tizimida   bu   kabi   murakkab   va   mas’uliyatli   ishlarni   amalga   oshirish   “Adabiyot”
fani   va   shu   fanning   mutaxassisi   bo‘lgan   o‘qituvchining   zimmasidagi   eng   kata
vazifa hisoblanadi.
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi:   Shoir   va   yozuvchining   hayoti   va   ijodini
o‘rgatish   masalasi   mustaqillikkacha   bo‘lgan   davrda   ham,   istiqlol   davrida   ham
adabiyot   o‘qitish   metodikasi   sohasida   izchil   tadqiq   qilingan.   Adabiyot   o‘qitish
2
  Mirziyoyev   Sh.   Adabiyot,   san’at   va   madaniyat   yashasa,   millat   va   xalq,   butun   insoniyat   bezavol
yashaydi//https://www.xabar.uz>madaniyat
3 metodikasida   biografiyani   o‘rgatish,   yozuvchi   asarlarini   turli   asnoda   tahlil   etish,
asarda   ko‘tarilgan   muammoni   ko‘rsatish,   asarlarni   turli   metodlar   orqali   o‘qitish
xususida   S.Dolimov,   B.To‘xliyev,   A.Zunnunov,   Q.Yo‘ldoshev,   M.Yo‘ldosh,
Q.Husanboyeva,   R.Niyozmetova   va   boshqa   metodist   olimlar   so‘z   yuritganlar.
Tarjimayi   holga   oid   ma’lumotlar   talqini,   janr   turlarini   o‘qitish,   adabiy   ta’lim,
ta’lim   texnologiyalari   va   o‘qituvchining   adabiyot   o‘qitishdagi   yondashuvlari
masalasi haqida yuqoridagi metodistlar to‘xtalib o‘tganlar.
BMIning   ilmiy   yangiligi.   BMIda   5-6-sinf   “Adabiyot”   darsligida   jahon
adabiyoti   namoyondalarining   hayoti   va   ijodini   o‘qitish   nazariyasi,   o‘zbek
adabiyotini   o‘qitish   metodikasidagi   mavjud   qarashlar   asosida   adabiyot   darslarida
jahon adabiyoti durdonalarini yangi metodlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari
asosida  o‘rgatish   haqidagi   fikrlar   umumlashtirilib,  chuqur   ilmiy-nazariy  xulosalar
chiqildi. Bunda: 
- 5-6-sinf   adabiyot   darsligida   jahon   adabiyoti   namoyondalari
biografiyasining berilishi bo‘yicha munosabat bildirish;
- 5-6-sinf adabiyot  darsligida jahon adabiyoti  namoyondalari hayoti  va
ijodi   o‘rganilishiga   ajratilgan   soatlarni   tahlil   qilish,   unumli
foydalanish bo‘yicha takliflar berish;
- 5-6-sinf   adabiyot   darsligidagi   jahon   adabiyoti   durdonalarini
o‘qitishdagi   murakkabliklarni   aniqlash,   o‘quvchilar   ongiga
yetkazishning interfaol usullarini o‘rganish, tahlil qilish;
- jahon   adabiyotining   nodir   namunalarini   muammoli   vaziyat   asosida
o‘rgatishning amaliy jihati;
- maktab   darsliklarida     berilgan   jahon   adabiyotini   o‘qitishda   turli   usul
va metodlardan samarali foydalanish  haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Malakaviy   bitiruv   ishining   maqsad   va   vazifalari.   Maktab   darsliklarida
jahon adabiyoti namoyondalari : Aka-uka Grimmlar, Nodar Dumbadze, Lengston
Hyuz,   Rey   Bredberi,   Jyul   Vern,   Artur   Konan   Doyl,   Ibroyim   Yusupov,   Oskar
Uayld,   Anton   Chexov   hayoti   va   ijodining   berilishi   va   bugungi   davr   o‘quvchisi
tarbiyasidagi o‘rni masalasini yoritish, shu bilan bir qatorda, mavzuni o‘zlashtirish
4 yuzasidan   berilgan   ko‘rsatmalar   -   savol   va   topshiriqlarning   o‘quvchi   bilim
olishdagi   ahamiyati   kabi   metodik   masalalarni   o‘rganishga   qaratilgan.   Mazkur
malakaviy bitiruv ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
- jahon adabiyoti namoyondalarining maktab darsliklarida berilishining
ahamiyati;
- jahon   adabiyoti   namoyondalarining   adabiyot   o‘qitish   metodikasidagi
o‘rni;
- yozuvchi tarjimayi holini o‘rganishning metodik usullari;
- 5-6-sinf   darsliklaridagi   jahon   adabiyoti   yozuvchilarining   asarlarini
o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar berish;
- adabiy   ta’lim   texnologiyalarining   jahon   adabiyoti   namoyondalarini
o‘qitishdagi ahamiyati;
- muammoli vaziyat va maktabda dabiyot darslarida uning ahamiyatini
yoritish;
- yangi usullarning jahon adabiyoti o‘qitishdagi ahamiyati.
Malakaviy   bitiruv   ishining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Ushbu
izlanishlarimiz   nazariy   va   amaliy   jihatdan   muhim   ahamiyatga   ega.   Tadqiqot
mobaynida   olib   borilgan   kuzatishlar,   BMIda   bayon   etilgan   ilmiy-nazariy
xulosalardan   oliy   o‘quv   yurtlarining   talabalari,   o‘rta   maxsus   ta’lim   tizimi   uchun
maxsus kurslar va seminarlarda foydalanish mumkin.   Shuningdek, tadqiqot o‘zbek
adabiyotini   o‘qitish   metodikasi   fanidan   darslik,   o‘quv   va   uslubiy   qo‘llanmalar
yaratish va to‘ldirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadqiqotning   obyekti .   BMIni   yozishda   uzluksiz   ta’lim   tizimi   uchun
yaratilgan   darslik   va   majmualar   obyekt   vazifasini   o‘tadi.   BMIning   metodologik
asosini   Respublikamiz   Prezidenti   Sh.Mirziyoyevning   ma’naviyat,   adabiyot   va
san’atga   oid   qarashlari   tashkil   etadi.   Shuningdek,   o‘zbek   metodist   olimlaridan
Q.Husanboyeva,   M.Yo‘ldosh,   A.Zunnunov,   B.To‘xliyev,   S.Dolimov,
Q.Yo‘ldoshev,   R.Niyozmetova,   S.Kambarova   va   boshqalarning   ilmiy-nazariy,
metodik qarashlari ishimizni amalga oshirishda metodologik asos vazifasini o‘tadi.
5 Tadqiqotning obyekti 5-6-sinf adabiyot (yangi darsliklar bo yicha) darslaridaʻ
jahon   adabiyoti   namoyondalarini   tahlil   qilish   jarayoni,   ijodkor   hayotini
o rganishga   doir   masalalar,   predmeti   badiiy   asarlarni   tahlil   qilishga   oid   usul   va	
ʻ
innovatsion metodlar, tavsiyalar.
Tadqiqotning   metodi .   Mavzuni   yoritish   jarayonida   tadqiqotda   empirik
tadqiqot   metodlari,   qiyosiy-tipologik   va   tarixiy-qiyosiy   usullardan   bilan
foydalanildi. Bundan tashqari “Qora oyna”, “80/20”, “Yashil ruchka”, “Muammoli
vaziyat”, “Art klaster”, “Musiqali shlyapa”, “G‘ijimlangan qog‘oz”, “Issiq qahva”
kabi metodlardan foydalanildi. 
Tadqiqotning  tuzilishi.   Tadqiqot   kirish,   ikki   bob,  xulosa   va   foydalanilgan
adabiyotlardan   iborat.   Ilmiy   ish   bo‘yicha   1ta   maqola   Respublika   jurnalida,   1   ta
maqola   xalqaro   konferensiyada,   2   ta   maqola   Respublika   konferensiyasida   chop
etildi. Malakaviy bitiruv ishining umumiy hajmi 76 sahifani tashkil etadi. 
6 I BOB. MAKTAB DARSLIKLARIDA JAHON ADABIYOTI
NAMOYONDALARINI O‘QITISHNING NAZARIY VA AMALIY
AHIMAYATI
1.1. Jahon adabiyoti namoyondalari tarjimayi holiga oid ma’lumotlar
talqini va ularning o‘qitilishi (5-sinf darsligi asosida)
Maktab   ma’rifat   maskani   sanaladi,   chunki   u   o‘quvchilarni   shaxs   sifatida
shakllantirishga   asos   vazifasini   o‘taydi.   Tarbiyalanuvchilar   maktab   darsliklaridan
ma’naviy   ozuqa,   tarbiya   va   estetik   zavq   oladilar   hamda   mazkur   tushunchalarini
kelajak   hayotida   qo‘llashga   intiladilar.   Ushbu   jarayonda   o‘quvchilarga   ustozlari
ko‘mak   beradilar.   O‘qituvchining   o‘zi   o‘tayotgan   fanni   mukammal   bilishi,
bilganlarini   o‘quvchilarga   yetkaza   olish   darajasigina   emas,   hatto   uning   o‘zini
tutishi,   nutqi   ham   o‘ziga   xos   ahamiyat   kasb   etadi.   O‘qituvchi   tomonidan
qo‘llanadigan   pauzaning   davomiyligi   singari   “mayda   narsa”   o‘quv   dialogining,
sinfdagi o‘zaro hamkorlikning xarakteriga sezilarli ta’sir o‘tkazadi 3
. Shunday ekan,
o‘quvchilarning ma’naviy kamolotida o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos.
Maktab darsliklarida badiiy asar bilan birgalikda ijodkor tarjimayi holi ham
o‘qitiladi.   Zero,   o‘quvchi   badiiy   asardagi   davrni,   g‘oyani   anglashida   yozuvchi
shaxsiyati   bilan   tanishmog‘i   lozim.   Masalaning   yana   bir   jihati,   biografiya   orqali
yozuvchining   adabiyotshunoslikdagi   mahorati,   asarlaridagi   obrazlarni   ko‘proq
anglash, shuningdek, zamondoshlari  bilan bo‘lgan munosabatini  ochib beradi. Bu
orqali   o‘quvchi   yozuvchining   merosi   va   shaxsiyati   o‘rtasidagi   bog‘liqlikni
anglaydilar   hamda   xolis   munosabatini   bildiradilar.   “Maktab   adabiy   ta’limida
yozuvchilar   umr   bayoni   2   sababga   ko‘ra   o‘rganiladi:   1)   Adiblar   millat   ahlining
diqqat   e’tiborida   turgan   kishilar,   ularning   shaxsiy   hayoti   va   tabiatida   o‘quvchilar
uchun namuna bo‘ladigan jihatlar ko‘p. Binobarin, yozuvchi hayoti o‘quvchilarga
ma’naviy namuna maktabi sifatida o‘rgatiladi. 2) Adiblarning hayot yo‘li, sa’jiyasi
3
 Yo‘ldoshev Q. Adabiy saboqlar. Umumta’lim maktablarining 8-sinf “Adabiyot” darsligi uchun metodik qo‘llanma.
– T.: Sharq, 2004. – B.32.
7 asarlarida o‘z nuqsini qoldiradi. Binobarin, ijodkorlarnng hayot va ijod yo‘llari va
shaxsiyatlari borasidagi ma’lumotlar ularning asarlarini tushunishga kalit hamdir”. 4
Yozuvchining   umr   bayonining   berilishi   eski   va   yangi   darsliklarda   tubdan
farqlanadi. Eski darsliklarda ijodkor tarjimayi holi haqida ma’lumotlar bayoni juda
keng va yillar bo‘yicha faktlar nihoyatda bisyor edi. Ushbu ma’lumotlar esa quruq
yodlatish   usuliga   tayanilgan   holda   o‘rgatilar   edi.   Tabiiyki,   bu   holat   o‘quvchilar
saviyasini   pasaytiradi   va   asar   mazmunini   anglashga   erisha   olmaydi.   Yangi
adabiyot   darsliklarida   esa   tarjimayi   holga   oid   ma’lumotlar   ixcham   holga
keltirilgan.   5–sinf   adabiyot   darsliklaridagi   jahon   adabiyoti   namoyondalarining
tarjimayi holiga oid ma’lumotlar qolgan sinf darsliklariga nisbatan biroz kengroq.
Ammo   6-7-sinflarda   ma’lumotlar   kam.     Bu   orqali   esa   o‘qituvchining   kasbiy
mahoratini   oshirish,   o‘z   ustida   ishlab,   turli   metod   va   usullardan   foydalanishini
talab   etadi.   Shuningdek,   o‘quvchi   quruq   fakt   yodlashdan   ozod   bo‘ladi,   endi   u
e’tiborini badiiy tahlilga va mantiqiy tafakkurga qaratadi. Jahon adabiyotining sara
namunalari bilan tanishish orqali o‘quvchi hayotdagi har qanday masalaga tanqidiy
yondasha oladi. Chunki jahon adabiyotida qaysidir salbiy illatga yoki muammoga
o‘z munosabatini erkin bildira oladigan obrazlar olami mavjud. Shuni ham alohida
ta’kidlash o‘rinliki, badiiy asar  o‘quvchida hissiyotlarni  shakllantiradi:  obrazlarga
nisbatan   yo   achinadi,   yo   nafratlanadi,   shuningdek,   ularning   dardlariga   sherik
qiladi.   Bu   o‘rinda   adabiyotshunos   Qozoqboy   Yo‘ldoshevning   quyidagi   fikrlarini
keltirsak   mubolag‘a   bo‘lmaydi:   “Hayotdagi   har   bir   odam   yechimi   topilishi
mumkin   bo‘lmagan   muammo.   Badiiy   adabiyot   ana   shu   adoqsiz   muammoning
qirralarning   butkul   murakkabigi,   iztiroblari,   kechinmalari-yu   o‘ylari   bilan   tasvir
etish   orqali   o‘quvchini   o‘zgani   his   qilishga,   o‘ziga   dahlia   bo‘lmagan   odamning
dardiga sherik bo‘lishga odatlantiradi. O‘z tabiati yo‘nalishini va maktab qo‘ygan
pedagogik   vaziyatning   xususiyatiga   qarab   har   bir   o‘quvchi   timsol   yordamida
qilingan   tahlil   natijasida   o‘z   ruhiyatida   muayyan   yangi   sifatlar   hosil   qiladi.
4
 Xolbekov S. Adabiyot darslarida ijodkor tarjimayi holini o‘rgatish xususida // “Science and Education”. Scientific
Journal. 2020.
8 Qandaydir   shaxslik   xususiyatlariga   ega   bo‘ladi.   O‘quv   tahlili   uchuScientifin   ham
muhimi shudir”. 5
Metodist   olimalar   –   Q.Husanboyeva   va   R.Niyozmetovalar   yozuvchilar
tarjimayi   holini   o‘qitish   zarurligini:   “Yozuvchi   va   shoirlarning   asarlarida   har   bir
tarixiy   davr   ruhi,   xalqning   turmush   tarzi,   shu   davrga   xos   ijtimoiy   munosabatlar
ma’naviy   boyliklar   sifatida   kitobxonlar   qalbiga   yetib   boradi,   u   yerda   puxta
o‘rnashib,   muhrlanib   qoladi,   o‘z   tarbiyaviy   ta’sirini   ko‘rsatib   turadi.   Ravshanki,
biografik ma’lumotlar  o‘z mazmuni   bilan yoshlarni   milliy ma’naviyatini  anglash,
his etish ruhida tarbiyalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi” 6
, deb ta’kidlaydilar. Bundan
tashqari   A.Zunnunov,   B.To‘xliyev,   Q.Yo‘ldosh,   M.Yo‘ldosh   va   boshqa
adabiyotshunoslar   tomonidan   yaratilgan   monografiya,   darslik,   o‘quv   hamda
uslubiy   qo‘llanmalarda   yozuvchi   va   ijodkorlar   yaratgan   asarlarni   adabiyot
darslarida   o‘rgatish   samaradorligini   ta’minlash   masalalari   yoritilgan.   Ko‘rinadiki,
adabiyot darslarida badiiy tahlilning o‘rni masalasi muayyan darajada o‘rganilgan,
ammo   adabiyot   darslarida   o‘quvchilarni   mustaqil   fikrlash   va   tahlilga   o‘rgatish
masalasi nisbatan kam o‘rganilgan. Shu sababli biz ushbu BMIda mazkur mavzuni
o‘rganishga va muayyan umumlashmalarimizni ifodalashga harakat qildik. O‘zbek
adabiyotini   o‘qitish   metodikasi   sohasida   amalga   oshirilgan   ishlar   BMIni
yozishimizda   nazariy   asos   vazifasini   bajardi.   O‘quvchilar   darslik   asosida
yozuvchining   tarjimayi   holi   haqida   ma’lumotlar   bilan   tanishib   borishadi.   Eng
quvonarlisi   shundaki,   yangilanayotgan   darsliklaridagi   ijodkor   tarjimayi   holi
haqidagi   ma’lumotlar   shunchaki   axborot   uchun   emas,   balki   yozuvchining
shaxsiyatini   ochib   berishga   qaratilayotganidir.   Adabiyotning   ta’sirchan   kuchidan
foydalanishda   bu   narsa   albatta   qo‘l   keladi.   Yuqori   sinflardagi   mashg‘ulotlarda
o‘qituvchi   adib   shaxsiyati   qirralarining,   u   qachondir   boshidan   kechirgan
voqealarning   asarlarda   qay   tarzda   namoyon   bo‘lishiga   alohida   e’tibor   berishi
o‘quvchilar   o‘zlari   intensiv   ravishda   shaxs   sifatida   shakllanib   borayotganliklari
uchun   yozuvchilar   shaxsiyatiga   astoydil   qiziqishini   uyg‘otadi.   O‘qituvchi   adib
5
 Йўлдошев Қ. Адабиёт ўқитишнинг илмий-назарий асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 14.
6
  Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: Barkamol fayz media,2018.  – B.292.
9 qarashlarining, kayfiyatlarining tadrijiy yo‘li, bu yo‘lning asarlarda aks etishi kabi
muammolarni   tahlil   qilar   ekan,   o‘quvchilar   uchun   samarali   usulni   qo‘llagani
ma’qul.   Bundan   tashqari   davr   ruhini   his   qilishi   uchun,   avvalo,   o‘quvchilar
yozuvchi   yashagan   davr   va   shu   davrga   xos   adabiy   janrlar   hamda   asarning
yaralishiga turtki bo‘lgan voqealar xususida yangi darsliklarda to‘xtalib o‘tiladi. 
Metodist   olima   Saodat   Kambarova     adabiyot,   uning   badiiy   qiymati   haqida
shunday  deydi:  “Adabiyot   o‘quvchilarga  turli   davrlar,  hayotiy  voqeliklar,  insoniy
munosabatlar,   xarakterlar   bilan   tanishish   imkonini   beradi,   fikr   yuritishga
o‘rgatadi” 7
.   Shunday   ekan,   tarbiyalanuvchilar   maktab   darsliklarida   badiiy   asarni
yuqoridagi   maqsadlar   asosida   o‘rganadilar.   Tarjimayi   holning   badiiy   asar
tahlilidagi ahamiyati yuqori hisoblanadi.
Yozuvchi   tarjimayi   holi   va   asarlarini   o‘qitish   –   “Adabiyot   o‘qitish
metodikasi”   fanining   muhim   jihatlaridan   hisoblanadi.   Chunki   badiiy   asar,   uning
tahlili,   asarni   qay   tarzda   o‘rgatish   masalalari   mazkur   fanga   taalluqlidir.   Shuni
aytish joizki, “Adabiyot o‘qitish metodikasi” fanining vazifalari o‘qitish jarayonida
ta’limning   samarali   metod   va   usullaridan   foydalanish   yo‘llarini   o‘rgatish,   badiiy
asar   tahlilida   o‘quvchi   ma’naviyatiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatadigan   jihatlarni   ochish
hamda   undan   maqsadga   muvofiq   tarzda   foydalana   bilishga   yo‘naltirishdan
iborat” 8
.
Mustaqillikdan   so‘ng   yozuvchilar   biografiyasini   o‘qitish   metodist   olimlar
o‘rtasida   ko‘plab   muhokamalrga   sabab   bo‘ldi.   Qaysidir   metodist   biografiyani
darsliklarda kengroq yoritish kerakligini aytsa, boshqasi hatto “shart emas” degan
fikr   bildirdilar.   Hozirgi   zamon   nuqtayi   nazaridan   yondashilganda,   yozuvchining
biografiyasini uzundan uzoq ma’lumotlardan chekingan holda o‘qitish bir muncha
samaralidir.   “Aslida   ijodkorlarning   tarjimayi   holini   o‘rganishga   kengroq   o‘rin
berilishi   uning   ijodini   to‘laroq   tushunib   olishdan   tashqari,   yozuvchining   estetik
olami,   falsafiy   qarashlari,   hayotga   munosabati,   eng   muhimi,   ijodiy   metodi   va
poetik   mahoratini   o‘rganish,   tushunib   olish   imkonini   beradi” 9
.   Bitiruv   malakaviy
7
  Kambarova S. Mustaqil   mutolaa   va   adabiy tahlil. Monografiya. – T.: 2016. 30-bet.
8
 Rametullayeva N. Adabiyot o‘qitish metodikasi.//  http://www.newjournal.org/ , 2022. N.1. –B. 77.
9
 http://kompy.info
10 ishimizda   bunday   ma’lumotlarga   qisman   qo‘shilmaymiz.   Aksincha,   kengroq
beriladigan   ma’lumotlarni   o‘quvchi   yodda   saqlab   qola   olmaydi.   Ular   faqat
tushunmasdan,   quruq  yod  olishga  o‘rganib  qolishadi.   Natijada,  tarbiyalanuvchilar
asar   tahlilida   faol   qatnasha   olishmaydi,   asar   mazmunini   anglashmaydi,   asosiysi,
o‘qituvchi o‘z ustida ishlamaydi. 
“Yozuvchining   hayot   yo‘lini   bayon   etishda   plastinka   va   magnitafon
yozuvlari,   o‘quv   va   diafilmlar,   rasmlar,   tarixiy   va   adabiy   materiallardan   ham
foydalaniladi.   Ma’ruza   jarayonida   o‘qituvchi   yozuvchining   asarlarini   namoyish
qiladi,   ulardan   parchalar   o‘qib   beradi.   O‘z   navbatida,   o‘quvchilar   ham
yozuvchining   ayrim   asarlaridan   parchalar   o‘qib,   mazmunini   og‘zaki   bayon
qiladilar.   Darsni   bu   tartibda   tashkil   etish   o‘quvchilarda   yozuvchi   shaxsiga,   uning
ijodiga   nisbatan   qiziqish,   muhabbat   hissini   o‘stiradi,   asosiy   mavzu   sifatida
o‘rganiladigan   asarni   puxta   o‘zlashtrish   uchun   zamin  yaratadi”. 10
  A.Zunnunov  va
boshqalar   hammuallifligida   yozilgan   “Adabiyot   o‘qitish   metodikasi”   kitobidagi
yuqoridagi   ma’lumotlar   hozirgi   globallashgan   zamonda   yanada   o‘z   tasdig‘ini
topmoqda.   Darhaqiqat,   darsliklar   yangilanishi   buning   yaqqol   isbotidir.
Yangilangan   darsliklarda   tarjimayi   hol   bo‘yicha   ham   yangilanishlar   va
qisqartirishlar   mavjud.  Asarlarni   tahlilida  esa   muammoli   savol   va   topshiriqlardan
foydalanish,   asarning   to‘liq   matnini   topish   uchun   QR   kodlarning   berilishi
darsliklarda   o‘zgacha   yangilik   bo‘ldi.   Bunday   yangiliklar   o‘quvchilar   zehnini
orttiradi va mustaqil ishlashiga turtki bo‘ladi. 
Badiiy   asarni   o‘rganishda   uning   muallifi   haqidagi   ma’lumotlar   yuqori
ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   ma’lumotlar,   ko‘pincha,   asarning   g‘oyaviy-badiiy
mazmunini   teranroq   anglashda,   asarning   ijtimoiy-estetik   mohiyatini   to‘g‘ri
belgilashda   va   asarning   didaktik   ahamiyatini   ochib   berishda   muhim   sanaladi.
Adabiyotshunos   olim   D.Quronov:   “Ko‘pincha   el   ichida   ijodkorlar   to‘g‘risidagi
turli-tuman mish-mishlar, uzunquloq gaplarga duch kelinadiki, goho ularning bir-
biriga   tamomila   zidligiyu,   aqlbovar   qilmas   darajada   ajabtovurligidan   shoshib
qoladi   kishi.   Albatta,   bu   nav   mish-mishlar   el   nazdida   katta   obro‘-e’tibor   topgan
10
 Zunnunov A va boshqalar. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 1992. – B.202-203.
11 kishilar   hayotiga   qiziqishning   zo‘rligidan   yuzaga   keladi.   Biroq   o‘ylashimizcha,
buni ommaviy qiziquvchanlikning o‘zi bilan izohlash kam ko‘rinadi. Zero, buning
asosiy   sabablaridan   biri   sifatida   adabiyotshunosligimizda   ijodkor   biografiyasini
o‘rganishga   yetarli   e’tibor   berilmasligini   ko‘rsatishga   moyilmiz” 11
.
Adabiyotshunos   D.Quronov   aytganlaridek,   mashhur   kishilar   hayotini   bilishga
qiziqish   kuchli.   Ammo   bunday   qiziqishga   har   kim   har   xil   yondashadi.
Adabiyotshunoslar,   ustozlar   va   o‘quvchilar   el   og‘izdagi   mish-mishlarga
tayanishmaydi.   Chunki   ular   yozuvchi   shaxsiyati,   u   yashagan   adabiy   muhit   va
adabiyotdagi   o‘rni   masalalari   bilan   shug‘ullanishadi.   Maktablarda   ona   tili   va
adabiyot   o‘qituvchilari   tarbiyalanuvchilarga   aniq   bo‘lmagan,   asossiz
ma’lumotlarni   aytmasligi,   e’tiborini   yozuvchining   asari   tahliliga,   uning   adabiy
merosidagi tarbiyaviy ahamiyatga qaratishi lozim.
“Uzluksiz   adabiyot   o‘qitishning   keyingi   bosqichi   bo‘lmish   5-9-sinf
o‘quvchilariga   ijodkor   umrbayonini   o‘rgatishda   ularni   ma’rifiy   xabardor   qilish
niyati   ijodkorlarni   o‘quvchilarga   ma’naviy   namuna   tarzida   ko‘rsatish   maqsadi
bilan   uyg‘unlashuvi   kerak.   Ma’lumki,   o‘smirlarda   taniqli   shaxslarga   doir
ma’naviy-axloqiy   sifatlarga   maksimal   darajada   talabchanlik   bilan   yondashish
xosdir”   12
  –deydi   adabiyotshunos   Q.Yo‘ldoshev.   Shunday   ekan,   adiblarning   umr
bayonini   o‘qitish   maktab   darsliklarida   o‘quvchining   kelajagiga   bevosita   ta’sir
ko‘rsatadi.   Tarbiyalanuvchi   yozuvchilarga,   ularning   iste’dodiga   qiziqishi
natijasida,   ularning   boshqa   asarlarini   ham   mustaqil   o‘qiy   boshlashadi.   Bizga
ma’lumki, har bir yozuvchi o‘z-o‘zidan yozuvchi bo‘lib qolmagan. Ular ham ijod
mashaqqatiyu   hayot   zarbalaridan   aziyat   chekkanlar.   Mana   shunday   faktlarni
o‘rgangan, shunga qaramasdan, butun dunyoda mashhur adib bo‘lgan yozuvchilar
va   ularning   shoh   asarlari   bilan   tanishgan   zukko   o‘quvchi   hayot   qiyinchiliklariga
ruhan   tayyorlanadi.   Ayniqsa,   jahon   adabiyoti   namoyondalarini   o‘raganayotgan
o‘quvchi   irodasi   kuchli   bo‘ladi.   Ular   hayotga   real   ko‘z   bilan   qarashni,
11
 Quronov D. “Adabiyot nadir” yoki Cho‘lponning mangu savoli. Adabiy-tanqidiy maqolalar. –T.: Zarqalam, 2006.
–B. 40-41. 
12
  Yo‘ldosh   Q.,   Yo‘ldosh   M.   O‘zbek   adabiyotini   o‘qitish   metodikasi.   –T.:   G‘afur   G‘ulom   nomidagi   nashriyot-
matbaa uyi, 2022. –B. 150.
12 qiyinchiliklarni   yengishni   va   hayotdan   estetik   zavq   olishni   o‘rganadilar.   Jahon
adabiyoti   adiblari   tabiati   va   mahorati   o‘zbek   adabiyoti   vakillaridan   tubdan   farq
qiladi. Mahoratli ustoz jahon adabiyoti namoyondalarini o‘qitishda o‘ta ehtiyotkor
va ijodkor bo‘lmog‘i darkor.
Jahon   adabiyoti   namoyondalarning   hayoti   va   ijodini   o‘qitishda   tarjimaning
ham roli katta. Masalaning bu jihatini ham tadqiqotimizda keltirishni afzal ko‘rdik.
Jahon   adabiyotidagi   yozuvchi   hayotiga   oid   ma’lumotlar   talqini   va   asarlarini
o‘zbekchaga o‘girganda asar ma’nosini yo‘qotishi yoki mazmun-mohiyati o‘zgarib
ketishi mumkin. “Tarjima tarixiga nazar tashlasak, asosan, ikki xili yaqqol ko‘zga
tashlanib   turadi.   Biri   –   taglamali   tarjima,   ikkinchisi   –   mazmun   tarjimasi.   Aslida,
badiiy   tarjimaning   necha   xil   bo‘lishiga   qaramay,   eng   muhimi,   asar   ruhi   to‘g‘ri
tarjima   etilmog‘i   shart.   Shu   ruh   berildimi,   qolgani   katta-kichik   tahrirlar   bilan
tuzatilishi   mumkin”. 13
  Ko‘rinib   turibdiki,   jahon   adabiyoti   durdona   asarlarining
mazmuni   va   g‘oyasi   o‘zgarmasdan   yetib   kelishi   ham   g‘oyat   katta   hodisa.
O‘quvchilarning jahon adabiyoti, yozuvchilarining o‘ziga xos uslubi va asarlaridan
ozuqalanishida tarjimaning o‘rni beqiyos.
5-sinf adabiyot darsligi asosida yuqoridagi barcha fikrlarni amaliy tasdig‘ini
ko‘rsatib o‘tamiz:  
M aktablarning   5-sinf   “Adabiyot”   darsligda   jahon   adabiyoti
namoyondalaridan   Aka-uka   Grimmlarning   “Botir   tikuvchi”   ertagi   berilgan.
“Grimmlar   ertaklarining   asosiy   qahramonlari   shoh   va   shahzodalar   emas,   balki
kambag‘al, beva-bechoralarning o‘g‘il-qizlari, cho‘pon yoki askarlar bo‘ladi. Ular
o‘zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi” 14
va mazkur ma’lumotlar aka-uka Grimmlarning tarjimayi hol qismida bayon etiladi.
Bundan   maqsad,   5-sinf   o‘quvchisini   “Botir   tikuvchi”   ertagini   tahlil   qilishga
tayyorlash, ularni tarbiyasiga bevosita daxldor bo‘lgan tushunchalarni yetkazishdir.
Aka-uka   Grimmlarning   qaysi   asarini   olmang,   hammasidan   ham   avvalo,   yaxshi
niyat   egasi   bo‘lish,   mehnatga   muhabbat,   samimiylik   targ‘ib   etiladi.   Ikkinchidan,
13
 Hamdamov U. Jahon adabiyoti: modernism va postmodernism. – T, 2020. – B.65.
14
  Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   Adabiyot.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   5-sinfi
uchun darslik. – T.: Sharq, 2020. – B.78.
13 har   qanday   holda   ham,   har   qanday   mushkul   ish   boshiga   kelganda   ham
qahramonlari   chora   qidiradi,   tadbirkorlik,   ishbilarmonlik   yo‘lidan   boradi   va
ofatlardan   qutuladi.   Shuningdek,   mazkur   darslikda   jahon   adabiyotining   yetuk
namoyondalaridan   bo‘lmish   Nodar   Dumbadze   va   uning   “Hellados”   hikoyasi
berilgan. “Gruzin xalqining atoqli  adibi  Nodar  Dumbadze asarlarida ifoda etilgan
ezgulik,   insonparvarlik,   adolatsevarlik,   xalqqa   muhabbat   tuyg‘ulari   uni   boshqa
xalqlar   o‘quvchilari   uchun   ham   suyukli   yozuvchiga   aylantirgan”. 15
  Nodar
Dumbadzeni   shaxsiyatini   chuqurroq   anglashda,   “Hellados”   hikoyasining
mazmunini   anglashda,   eng   asosiysi,   Vatanga   bo‘lgan   muhabbat   tuyg‘usini
bolaning tafakkuriga yetkazishda yuqoridagi ma’lumotlar o‘rinli hisoblanadi.
“Aka-uka Grimmlar. “Botir tikuvchi” ertagi” uchun 2 soatlik dars ajratilgan
bo‘lib, 1-soatda Aka-uka Grimmlarning tarjimayi holi o‘qitish va “Botir tikuvchi”
ertagini   ifodali   o‘qitish   o‘tilsa,   2-soat   “Botir   tikuvchi”   ertagini   tahlil   qilishga
ajratilgan.   1-soatda   o‘qituvchi   ijodkorlarning   jahon   adabiyotidagi   o‘rni,   ularning
asarlaridagi   bosh   g‘oyalarni   o‘quvchilar   yoshiga   mos   tarzda   yetkazishlari   lozim.
Shunda   ular   bitgan   ertakni   o‘quvchilar   to‘g‘ri   tahlil   qiladilar.   Shu   o‘rinda   aytish
joizki,   “Yozuvchining   shaxsiy   hayoti   bilan   uning   ijodiy   o‘sishi   chambarchas
bog‘lab o‘rganiladi. Yozuvchining yaratgan asarlari, qanday ijtimoiy problemalarni
ifoda   etganligi,   uning   ijodi   zamondoshlariga   qanday   ta’sir   ko‘rsatganligi   haqida
ma’lumot   beriladi” 16
,   adabiyotshunos   olim   S.Dolimovni   fikrlariga   asoslanish
mumkin. Chunki har qanday yozuvchi asarlari orqali nafaqat o‘z zamondoshlariga,
balki   asarlari   bilan   tanishgan   insoniyatga   ta’sirini   ko‘rsata   oladi.   Jumladan,   Aka-
uka Grimmlar  biografiyasi  bilan tanishish  orqali  5-sinf  tarbiyalanuvchisi  o‘zining
yoshiga mos tarzda ertaklarni o‘rganadi, asosiysi, saxiylik, mehnatsevarlik, botirlik
kabi   ezgu   insoniy   fazilatlarni   ongida   shakllantirib   boradi.   Shuningdek,
yolg‘onchilik,   dangasalik,   qo‘rqoqlik   kabi   salbiy   illatlarni   qoralashni,   bunday
tushunchalar   orqali   yomon   oqibatlar   paydo   bo‘lishini   o‘rganishadi.   “Aka-uka
15
  Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   Adabiyot.   Umumy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   5-sinfi
uchun darslik. – T.: Sharq, 2020. – B.253.
16
  Долимов С., Убайдуллаев Ҳ., Аҳмедов Қ. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Т.: Ўқитувчи. 1967. – Б.239 бет.
14 Grimmlarning   qaysi   asarini   olmang,   hammasida   ham,   eng   avvalo,   yaxshi   niyat
egasi   bo‘lmish,   mehnatga   muhabbat,   samimiylik   targ‘ib   etiladi.   Ikkinchidan,   har
qanday   holda  ham,   har   qanday   mushkul   ish   boshiga   tushganda   ham   qahramonlar
chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo‘lidan boradi va ofatlardan qutuladi”.
Darhaqiqat,   bunday   ma’lumotlar   yozuvchilarning   mahoratini   ko‘rsatadi,   5-sinf
o‘quvchilarida endi shakllanayotgan samimiylik, mehnatkashlik va ishbilarmonlik
tuyg‘ularini   to‘g‘ri   qaror   topdiradi.   Aka-uka   Grimmlar   umr   bayonini   o‘qitishda
“80/20”   metodi dan   foydalanish   mumkin.   Mazkur   metodda   80%   ma’lumotni
o‘qituvchi   aytadi,   20   %ini   esa   o‘quvchilar   aytilgan   ma’lumotlarni   yodda   saqlab
qolganligi bilan tekshiriladi. Darslikda berilgan tarjimayi holga qo‘shimcha tarzda
quyidagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi: “O‘qish, o‘z ustilarida qattiq
ishlash   Grimmlar   uchun   baxt   yo‘li   bo‘ldi.   Grimmlar   ertaklarning   ko‘pchiligini
bevosita   ertak   aytuvchilardan   tinglab,   ba’zilarini   esa   dehqon   bilan   suhbatlashib
yozib   oladilar.   Xalqdan   olingan   ertaklarning   har   biri   Grimmlar   tomonidan   qayda
ishlanib, badiiy tus  olib, yana  xalqqa qaytariladi” 17
. Shu o‘rinda ta’kidlash  joizki,
5-sinf   o‘quvchilari   yosh   doirasini   inobatga   olib,   yozuvchining   portreti   yoki   qisqa
videorolik namoyish etish lozim. 
Bugun   rivojlangan   bir   davrda   yashayapmiz.   Smartfonlar,   kompyuterlar   va
internetsiz   hayotimizni   tasavvur   qila   olmaydigan   bir   darajaga   yetdik.   Bugun
ko‘pchilik   yoshlarimiz,   xususan,   maktab   o‘quvchilarida   smartfonlar   va
kompyuterlar   bor.   Ular   bemalol   foydalana   olishadi,   texnologiyani   yaxshi
tushunishadi.   Smartfonlardan   o‘yin   o‘ynash,   video   ko‘rish   va   qo‘shiq   eshitish
deyarli   barcha   yoshlar   uchun   qiziqishga   aylangan.   Ammo   ularning   ko‘p   vaqti
behudaga   o‘tmoqda.   Yoshlarni   telefon   va   kompyuterlardan   to‘g‘ri   foydalanishi
uchun   harakat   qilish   o‘qituvchilarning   ham   vazifasi   hisoblanadi.   Jumladan,   QR
kodlar   orqali   darslarni   puxta   o‘zlashtirish   mumkin.   Adabiyot   darslarida
o‘qituvchilar   har   bir   yangi   mavzuning   videodarslarini   QR   kodlarga   joylab
o‘quvchilarga   taqdim   qilishsa,   o‘quvchilarda   har   bir   mavzuni   qayta-qayta   takror
ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. Unutgan yoki tushunmagan o‘rinlarini mustaqil
17
 Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. –   T.: O‘qituvchi,   2013.
15 ko‘rib   o‘rganishi   mumkin.   QR   kod   mazmun-mohiyatiga   asosan   ingliz   tilidan
olingan   bo‘lib,   “Quick   Response”   so‘zlarining   qisqartmasi   sanaladi.   Uning
mazmuni   “tezkor   javob”   ma’nosini   beradi.   “Yupqa   nur   bilan   skanerlangan   eski
shtrix   koddan   farqli   o‘laroq,   QR   kodi   sensor   yoki   kamera   orqali   ikki   o‘lchamli
tasvir   sifatida   aniqlanadi” 18
.     6-sinf   yangilangan   adabiyot   darsligida   QR   kodlar
berilgan bo‘lib, darslikda berilgan asarlarning video yoki auido variantlarini topish
imkonini   beradi.   Bu   orqali   o‘quvchilarda   yangilik   olish   imkoniyati   kattaroq
bo‘ladi, ularda ko‘rib va eshitib tushunish malakasi rivojlanadi. Masalan, Aka-uka
Grimmlarning tarjimayi holi aks ettirilgan videodarsni mana shu QR kod orqali ko‘
rish mumkin.
                      
“Yozuvchining   buyukligini,   adabiyot   sohasidagi   xizmatlari,   jamiyatda
tutgan   mavqei,   milliy   ma’naviyatga   qo‘shgan   hissasi,   chinakam   so‘z   ustasi
ekanligini   o‘quvchilarga   yetkazish   zamirida   bir   tomondan,   ma’rifiy   maqsadlar
yotsa, ikkinchi tomondan, o‘rganiladigan asarga ijobiy munosabatni shakllantirish
yotadi” . 19
  Yozuvchi   biografiyasi   o‘qitishda   faqatgina   darslikda   berilgan
ma’lumotlarga tayanishdan chekinish kerak. Boisi, berilgan ma’lumotlar yozuvchi
shaxsiyatini, asarlaridagi g‘oyasi  va umuminsoniy qarashlarini ifodalab bermaydi.
Maktab   o‘quvchilarning   yoshiga   va   dunyoqarashiga   mos   holda   yozuvchi   va
shoirlar   umrbayonlarini   o‘qitishning   taktikasini   ishlab   chiqish   kerak.   Masalan,   5-
sinf o‘quvchisiga ijodkorning shaxsiyatini chuqur o‘rgatmaslik kerak. Ijodkorning
surati,   videolavha   yoki   bolalik   chog‘idagi   qiziqarli   qisqa   hikoya   bayon   etilishi
kerak.   Yuqori   sinflarda   esa   bir   soat   davomida   ijodkor   tarjimayi   holini   o‘rgatish
maqsadga muvofiq. Shunda ham, darslikda berilgan asarlarining mohiyatini ochib
berishda   asqatadigan   ma’lumotlardan   foydalanish   o‘rinlidir.   Shuningdek,
18
 Uz.m.wikipediya.org/wiki/QR-kod
19
 Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: Barkamol fayz media,   2018. –   B.297.
16 o‘quvchilarning   ma’naviyatini   boyitishda,   insoniy   tuyg‘ularini   kamol   toptirishda
ijodkor   tarjimayi   holining   o‘rni   beqiyos.   Mazkur   masalani   inobatga   olgan   holda,
o‘qituvchi   shoir   yoki   yozuvchi   yashagan   davrni,   zamondoshlari   o‘sha   ijodkor
asarlariga, shaxsiyatiga bo‘lgan munosabat masalasini yoritib berishi lozim. 
Yozuvchi   biografiyasini   o‘rgatishda   xolislik   va   aniqlikka   e’tibor   qaratish
lozim.   Xalq   og‘zida   yurgan   noaniq   ma’lumotlardan   foydalanishdan   chekinish
kerak. Chunki  bunday ma’lumotlar  o‘quvchining saviyasini  pasaytiradi, yozuvchi
va   uning   asarlariga   munosabatini   tubdan   o‘zgartiradi.   O‘qituvchi   mana   shunday
holatlarni   bartaraf   etishi,   maqsadi   o‘quvchilarga   ko‘proq   bilim   va   tarbiya   berish
bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi ijodkor haqida quruq fakt aytish bilan cheklanmasligi
kerak.   Aytilgan   ma’lumotlar   yozuvchining   ijodiy   qiyofasi,   asarlarining
shakllanishi va tahlilida tegishli qurol vazifasini o‘tashi lozim. Masalaning yana bir
jihati   sifatida,   o‘quvchilarni   fikrini   jamlash   maqsadida   o‘rganilayotgan   ijodkor
bilan   ularning   nechog‘lik   tanish   ekanligini   so‘rash   yotadi.   Ushbu   jarayonda
o‘quvchilar   jonlanadi,   fikr   yuritadi   va   ijodkor   bilan   tanishishga   qiziqadi.
O‘qituvchi   o‘quvchilar   bilmagan   ma’lumotlarni   aytishga   intiladi   va   dars
samardorligi yanada oshadi.
“Maktabda   ijodkorning   hayot   yo‘lini   o‘rganishdan   asosiy   maqsad   uning
bitganlarini   teranroq   tushunish   ehtiyojidir.   Shuning   uchun   ham   “Adabiyot”
darsliklarida   san’atkor   umr   yo‘lidagi   ma’lumot   uning   o‘rganiladigan   asarlaridan
oldin   beriladi.   Umr   yo‘lini   o‘rganish   asarning   tahliliga   tayyorgarlik   vazifasini
bajaradi…Yozuvchi   umr   yo‘li,   ijodkorning   umr   yo‘lidan   xabardor   bo‘lish
o‘quvchida   ezgu   insoniy   sifatlar   shakllanishiga   xizmat   qiladigan   yo‘sinda   taqdim
etilishi  kerak” 20
. Yuqoridagi fikrlardan ma’lumki, ijodkor  hayot yo‘lini o‘qitishda
ham o‘ziga xos yondashuvlarga amal qilish lozim. O‘qituvchi bermoqchi  bo‘lgan
yangiligi bilan yozuvchining darsligi o‘rtasida qisman bo‘lsa-da, bog‘liqlik bo‘lishi
joiz.   Jahon   adabiyoti   namoyondalarini   o‘qitishda   ham   yuqoridagi   ma’lumotlarga
tayangan holda, adiblarning tarjimayi holini o‘qitishda ham qo‘llash o‘rinli. Jahon
20
  Yo‘ldosh   Q.,   Yo‘ldosh   M.   O‘zbek   adabiyotini   o‘qitish   metodikasi.   –   T.:   G‘afur   G‘ulom   nomidagi   nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2022. – B.146.
17 adabiyoti   namoyondalarining   biografiyasini   o‘qitish   mushkul   sanaladi.   Mahoratli
o‘qituvchi ma’lumotlarni saralab, o‘rganilajak asariga bog‘lab tushuntirishi lozim.
Chunki   ba’zi   jahon   adiblarining   hayotidagi   ayrim   voqealar   o‘zbek   o‘quvchisi
tomonidan   qabul   qilinmasligi   yoxud   noto‘g‘ri   talqin   etilishi   mumkin.
Ma’lumotlarni   shunday   tanlash   kerakki,   uni   o‘rgangan   o‘quvchi   ma’naviy   ozuqa
olsin.     
“Nodar   Dumbadze.   “Hellados”   hikoyasi”   darslikda   2   soat   o‘qitish   uchun
mo‘ljallangan   bo‘lib,   1-soatda   Nodar   Dumbadzening   hayoti   va   ijodi   o‘rgatiladi.
Chunki yozuvchining asarlarida xuddi o‘zbek xalqidek qadim an’analarga sodiqlik,
Vatanga   muhabbat   hissi   ufurib   turadi.   Yozuvchining   barcha   asarlarida   oqibat,
odamiylik,   sodiqlik   singari   fazilatlar   aks   etadi   va   o‘quvchi   qalbiga   tezda   yetib
boradi.   Nodar   Dumbadzening   darslikda   berilgan   asarlaridan   tashqari   boshqa
asarlari   bilan   tanishgan   mahoratli   o‘qituvchi   tarbiyalanuvchilarga   uning
kamtarligini,   ezgulikni   ulug‘lashi,   yetim   bolalarga   achinish   kabi   tuyg‘ularga   boy
ekanini; mana shunday betakror fazilatlarni o‘z asarlarida va hayotida qo‘llaganini
qisqa   hikoya   tarzida   yetkazishi   kerak.   Tabiiyki,   5-sinf   o‘quvchilarida   bunday
fazilatlar   shakllanayotgan   va   ular   oq-u   qorani   ajrata   boshlagan   davr   hisoblanadi.
Nodar Dumbadze biografiyasida mana shunday fazilatlarni o‘rgangan o‘quvchi 2-
soatda   berilgan   “Hellados”   hikoyasi   tahlilida   qiynalmaydi.   “Gruzinlar   ham   xuddi
o‘zbek  xalqidek  o‘z  ona  diyorlarini  behad  sevadilar.  Qadim   an’analarga  sodiqlik,
har   qanday   qiyin   ahvolda   ham   Vatanni   tashlab   ketmaslik,   yoshi   ulug‘larni
e’zozlash   singari   insoniy   ko‘nikmalar   har   ikki   xalqqa   birdek   xos”.   Adibning
tarjimayi   holida   berilgan   mazkur   faktlar   “Hellados”   hikoyasining   tub   mag‘zini
tashkil   etadi.   O‘quvchilar   hikoya   matni   bilan   tanishish   barobarida   bunga   guvoh
bo‘ladilar. Vatan mavzusida bitilgan asarlarni inson qaysi yoshda bo‘lmasin sevib
mutolaa qiladilar. “Hellados”  hikoyasida  ilgari  surilgan g‘oya  va asardagi  bolalar
ruhiyati xuddi yozuvchi shaxsiyati bilan chambarchas bog‘liqdek tuyiladi. Mazkur
yozuvchi biografiyasini o‘qitishda u haqidagi videorolikdan foydalanish kerak. 5-
sinf o‘quvchisi quruq ma’lumot eshitishdan zerikadi.
18                                             
Shuningdek,   asarlarida   ilgari   surilgan   g‘oyalarni   “Musavvir”   metodi
asosida o‘rgatishni taklif etamiz. Mazkur metod orqali bolalarning tasavvur doirasi
kengayadi,   mavzuni   yodda   saqlashi   osonlashadi.   Masalan,   tarbiyalanuvchidan
Vatanga   nuhabbat   deganda   nimani   tushunishi   so‘raladi.   O‘quvchi   o‘zining
tasavvur   olamidagi   tushunchani   rasmda   aks   ettiradi.   Ushbu   metod   5-sinf
o‘quvchilari   uchun   aynan   qulay   hisoblanadi:   ham   bu   yoshdagi   bolalar   rasm
chizishni yoqtirishadi, ham ular o‘z tasavvurini yanada kengaytiradi.
Mazkur metodda quyidagi savollarni o‘quvchilarga berish tavsiya etiladi:
1. Vatanga muhabbat deganda nimani tushunasiz?
2. Halollik nima?
3. Nima uchun yoshi kattalarni e’zozlash kerak?
4. Nodar Dumbadzedek inson bo‘lishni xohlaysizmi va nima uchun?
5. Nodar Dumbadzening asarlarini nega hamma xalq sevib o‘qiydi?
6. Ezgulik deganda nimani tushunasiz? 
19 7. Adibning tarjimayi holida berilgan boshqa asarlari nomi asosida sizga ma’qul
tushgan bitortasini tanlab, rasm chizing va bu asarini o‘qishni xohlaysizmi?
Xullas, yozuvchi tarjimayi holini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda ijodkor
tarjimayi   holini   turli   uslublarda   o‘qitishning   ahamiyati   ko‘rsatib   berilgan.   Ushbu
ishlarda   ilgari   surilgan   fikrlardan   foydalangan   holda   5-sinf   adabiyot   darsligidagi
jahon   adabiyoti   namoyondalarining   biografiyasini   o‘qitishning   yangicha   uslublar
asosida   o‘qitish   tavsiya   etiladi.   Bu   adabiy   ta’limda   samarali   natija   ko‘rsatishga,
zamonaviy yoshlarni kamol toptirishga xizmat qiladi.
1.2. Yozuvchi biografiyasini o‘rgatishda an’anaviy va zamonaviy yondashuv
(6-sinf darsligi misolida)
“Jahon adabiyotining bosh maqsadi – jahon adabiyotining yetuk namunalari
bilan   tanishgan,   yuksak   estetik   didga   ega,   axloqan   barkamol,   aqlan   yetuk,
o‘zganing   tuyg‘ularini   anglaydigan,   o‘z   xatti-harakatlariga   javob   beradigan
sog‘lom   e’tiqodli   komil   shaxsning   ma’naviy   dunyosini   shakllantirishdan
iboratdir” 21
.   Darhaqiqat,   jahon   adabiyotining   namoyondalari   asarlarida   estetik
madaniyat   o‘zgacha   tarzda   namoyon   bo‘ladi.   Jahon   adabiyotida   oddiy   narsadan
ham estetik zavq olish kuzatiladi, ular oddiylikni xush ko‘rishadi.
Yangilangan   6-sinf   “Adabiyot”   darsligida   berilgan   jahon   adabiyoti
vakillaridan   Lengston   Hyuzning   “Rahmat   sizga,   xonim”   asari   darslikning   2-fasli
“So‘zda sehr bor” qismida berilgan bo‘lib, uning asarlarida asosan oddiy insonlar
hayoti   tasvirlanadi.   “Ko‘p   vaqtini   buvisining   qaramog‘ida   o‘tkazgan   Lengston
undan   qora   tanlilar   ham   hech   kimdan   kam   emasligini,   o‘z   nasl-nasabi   bilan
g‘ururlanishni   o‘rganadi” 22
  singari   ma’lumotlar   yozuvchi   ham   xuddi   asarlaridagi
insonlar   kabi   soddadil   ekanligini   anglatadi.   Biografiyadagi   mana   shunday
ma’lumotlarni   o‘rgangan   tarbiyalanuvchi   yozuvchi   va   asari   o‘rtasida   bog‘lab
turuvchi   ko‘prikni   anglashadi.   Mazkur   ijodkor   tarjimayi   holini   o‘qitish,
shuningdek,   “Asarni   o‘qishga   tayyorlanamiz”   bosqichi   topshiriqlari   1   soatga
21
  Bobonazarova   G.   Jahon   adabiyoti   fanini   o‘qitish   bo‘yicha   ba’zi   mulohazalar//   O‘zbekistonda   geografik
tadqiqotlar: Innovatsion g‘oyalar va rivojlanish yo‘llari, 2023. – B.46.
22
 Mirzayeva Z., Jalilov K. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. – T, 2022. – B.80.
20 mo‘ljallangan.   5   daqiqa   mobaynida   vaqtni   taqsimlagan   holda   yuqoridagi
maqsadlarga   erishish   lozim.   Tarjimayi   hol   o‘qitishni   boshlaganda,   dastlab,
Lengston   Hyuzning   “Men   ham   Amerikani   kuylayman”   she’rini   o‘qib   berish
tavsiya etiladi:
Biroz qora qardosh edim, 
Biroq mehmon kelganida 
mehmonko rmas oshxonaga ʻ
ovqatlanish bahonada quvildim. 
Biroq kuldim. 
Yaxshi yedim. 
Kuchli bo ldim. 
ʻ
Ertasiga 
Mehmon kelar. 
Joylashaman stolga, 
Kim buyruqqa jur at qilar: 	
ʼ
“Ovqat uchun oshxonaga!”  
Keyin. 
Yana, boz ustiga, 
Ular ko rar: men ham go zal, 	
ʻ ʻ
va uyalar –  
Axir men ham Amerika!
“She r necha zamonlardan beri oq tanlilar orasida kamsitilgan, ezilgan qora	
ʼ
tanlilarning   yurak   dardi   ifodasidir.   Shoir   yashagan   davrda   ham   ularga   bo lgan	
ʻ
munosabat   ayanchli   ahvolda   edi.   Bog cha   bolasidan   tortib   hayotning   achchiq-	
ʻ
chuchugini   tatigan   qariyalarigacha   ularning   qullik   maqomidan   yuqoriga
ko tarilishiga   qarshi   edilar.   Bu   holdan   oz   sonli   islohotchilar   xoli   edi   xolos.   Bu	
ʻ
barcha afro-amerikaliklarning fojiasiga aylangandi” 23
. Ko‘rinib turibdiki, yozuvchi
jamiyatda inson tashqi ko‘rinishi va irqiga qarab muomala qilishdan ezilgan va uni
o‘z   asarlariga   ko‘chirgan.   Shoir   nafaqat   bu   she ri,   balki   butun   ijodi   bilan	
ʼ
23
 Mirzayeva Z., Jalilov K. Adabiyot. 6-sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. – T, 2022. - B.66.
21 odamlarning tashqi ko rinishiga, diniga, mintaqasiga qarab ajratmaslik kerakliginiʻ
dunyoga   uqtirishga   urindi.   Zero,   turli   kelib   chiqishi   uchun   birovni   mazax   qilish
noinsoniylikdir. She’rni o‘qib bergach ustoz tarbiyalanuvchilarga she’rdan nimani
anglaganliklari   so‘raladi.   O‘quvchilar   tushunmasalar,   bu   qora   o tmish   izlarining	
ʻ
shoir   hayotidagi   dog larini   ular   bilan   birgalikda   she r   asosida   o‘qituvchi   tahlil	
ʻ ʼ
qilishi   tavsiya   etiladi.   Lengston   Hyuz   hayot   yo‘li   o‘quvchilar   ibrat   olsa   arzigulik
hamda   didaktik   ahamiyati   yuqoridir.   Buni   quyidagi   o‘rinlarda   ko‘rish   va   “Men
ham Amerikani kuylayman” she’rini tahlilda foydalanish mumkin:
1. Bu   paytda   AQSHda   qora   tanlilarga   nisbatan   adolatsizlik,   ularni   “quyi
tabaqa” sifatida ko‘rish odati hukmron edi.
2. Buvisining   tarbiyasi   keyinchalik   Hyuzga   o‘z   asarlarida   qora   tanli
ekanidan uyalmasdan o‘zligini ifoda etishga yordam berdi.
3. O‘rta   maktabni   bitirgandan   keyin   nufuzli   Kolumbiya   universitetiga
o‘qishga   kirdi,   lekin   jamiyatdagi   qora   tanlilarga   bo‘lgan   munosabat
tufayli bu oliygohdan ketishga majbur bo‘ldi.
Mazkur ma’lumotlarni o‘rgatish davomida ustoz o‘quvchilarga odamlarning
tashqi   ko‘rishi   va   irqiga   qarab   ajratmaslikni,   bu   dunyoda   har   kim   har   xil
yaratilganini   va   birovlarning   kamchiliklarini   ustidan   kulmaslik   lozimligizini
ta’kidlab   o‘tishi   joiz.   “Rahmat   sizga,   xonim”   asarini   o‘qiganda   esa   yozuvchining
asar orqali ifodalamoqchi bo‘lgan maqsadini ilg‘ash anchayin osonlashadi. 
Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   an’anaviy   uslubda   dars   o‘tish   keyingi
yillarda   o‘z   samarasini   ko‘rsatmay   qo‘ydi.   An’anaviy   uslubda   o‘qituvchi   ham,
o‘quvchi   ham   darsga   tayyorgarlik   ko‘rmay   qo‘yishgandi.   O‘quvchilar   quruq   yod
olish   bilan   mashg‘ul   edi.   Bunday   holatda   ularning   mantiqiy   fikrlashi   sust   edi.
O‘qituvchi   ham   an’anaviy   ta’limga   asoslanib   dars   tashkil   etsa,   o‘quvchilarni
zerikishiga   olib   kelishi   kuzatilayotgan   edi.   Noan’anaviy   usulda   dars   berish
o‘zining   samaradorligi,   mantiqiyligi   va   qiziqarliligi   bilan   adabiy   ta’limda   bo‘y
ko‘rsatmoqda. 
Darslikning   3-fasli   “Fantastika   va   sarguzashtlar   olami”   qismida   jahon
adabiyoti   ijodkorlaridan   Rey   Bredberi,   Jyul   Vern,   Artur   Konan   Doyallarning
22 tarjimayi   holi   va   asarlari   keltirilgan.   Amerikalik   buyuk   yozuvchi   Rey   Bredberi
biografiyasi   qisqa   tarzda   keltirilgan.   O‘quvchi   uning   “Bir   kunlik   yoz”   asarini
yaxshi   anglashi   uchun   o‘qituvchi   internetdan   yozuvchi   haqidagi   asosli
ma’lumotlariga   tayangan   holda   qo‘shimcha   faktlar   aytishi   lozim.   Masalan,
Hamidbek   Yusupovning   yozuvchi   haqidagi   quyidagi   fikrlarini   keltirish   mumkin:
“Rey   Bredberi   mashinalardan,   kompyuterlardan   va   internetdan   nafratlanishini
yashirib   o‘tirmagan:   “Ular   bizning   yashashimizga   xalaqit   berishadi,   ular   bizning
vaqtimizni   olib   qo‘yishadi.   Odamlar   kompyuterda   juda   ko‘p   ishlashadi.   Ular   bir-
birini tinglash o‘rniga juda ko‘p vaysashadi”…Uni ilmiy fantastika dahosi, koinot
asri shoiri deb hisoblashardi, ammo o‘zi bu ta’riflarni yoqtirmas va odamlar haqida
yozyapman,   deya   ta’kidlardi” 24
.   Mana   shunga   o‘xshagan   faktlar   internetga
mukkasidan   ketayotgan   o‘quvchilarga   ibrat   bo‘ladi   hamda   darslikda   berilgan
asarini   mutolaa   qilish   bosqichiga   qisman   tayyor   bo‘lishadi.   Adibning   tarjimayi
holini   o‘qitishda   qo‘shimcha   ma’lumotlardan   foydalanish   o‘qituvchining   kasbiy
mahoratini   ko‘rsatadi.   Tabiiyki,   hozirgi   kun   o‘quvchisi   kitobdan   o‘zi   o‘qishni
emas, qiziqarli hikoya eshitish va videorolik ko‘rishni afzal ko‘radilar. O‘qituvchi
masalaning   bu   jihatini   ham   e’tiborga   olmog‘i   lozim.   Rey   Bredberining   tarjimayi
holi   va   “Asarni   o‘qishga   tayyorlanamiz”   bosqichi   1   soatga   mo‘ljallangan.
Yuqoridagi   tavsiyalar   asosida,   vaqt   tasmimotini   inobatga   olgan   holda   darsni
tashkillashtirsa   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Rey   Bredberining   allaqachon
iqtiboslarga aylanib bo‘lgan ajoyib jumlalari uning asarlaridan joy olgan. Yozuvchi
oliy   o‘quv   dargohida   o‘qiy   olmasa-da,   asosan   vaqtini   kutubxonalarda   o‘tkazadi.
Albatta ko‘p kitob o‘qigan yozuvchi  mushohadali  fikrlari bilan jahon adabiyotida
shuhrat   qozondi.   6-sinf   o‘quvchilariga   yuqoridagi   ma’lumotlar   o‘qituvchi
tomonidan hikoya tarzida aytib berilishi tavsiya qilinadi. Chunki asarni o‘qitishga
o‘quvchilarni   tayyorlash   uchun   koinot   va   sayyoralar   haqidagi   rasm   yoki
videoroliklar namoyish etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Fransuz   yozuvchisi   Jyul   Vern   hayoti   haqidagi   ma’lumotlar   darslikda
yetarlicha   tarzda   berilgan.   Uning   tarjimayi   holida   “O‘n   besh   yoshli   kapitan”
24
 Yusupov H. Olamshumul adib edi//www.kh-davron.uz internet sayti.
23 asariga   muvofiq   tarzda   ma’lumotlar   shakllantirilgan.   “Jyul   Vernning   dengiz
sayohatlariga   qiziqishi   zoye   ketmadi   –   keyinchalik   u   o‘zining   shaxsiy   kemasida
juda   ko‘p   joylarga   sayohat   qildi.   Bu   sayohatlardan   olgan   taassurotlarini   adibning
sarguzashtlarga boy ko‘plab asarlarida o‘z aksini  topgan” 25
. Bunday faktlar orqali
aynan   yozuvchining   asarining   nomiga   ishorani   topqir   o‘quvchi   anglaydi.   Asar
matni   bilan   tanishgan   tarbiyalanuvchi   Jyul   Vernning   tarjimayi   holida   berilgan
ma’lumotlar bejiz keltirilmaganligini, ijodkor aynan dengiz sayohatida o‘zi guvoh
bo‘lgan   voqealarga   badiiy   bo‘yoq   berganini   guvohi   bo‘ladi.   “Tarjimayi   hol
yozuvchining   navbatdagi   darsda   …   o‘rganilajak   asarining   yaratilish   tarixi   shu
asarning mazmunini tushunishga, o‘quvchilarni bunga ruhiy jihatdan tayyorlashga
yordam   beradi” 26
,   deya   metodist   olimalar   Q.Husanboyeva   va   R.Niyozmetovalar
ta’kidlaydilar.  Darhaqiqat,  ijodkor  umr   bayoni  bilan  tanishar  ekanmiz,   “O‘n  besh
yoshli   kapitan”   asari   bezijga   yozilmaganligiga   guvoh   bo‘lamiz.   O‘quvchilar
asardagi   Dik   obrazi   orqali   xuddi   muallifni   ko‘rgandek   bo‘ladi.   Mazkur   holat
yozuvchining mahorati va asari hayot haqiqatiga asoslanganini ko‘rsatadi. Hozirgi
davr   o‘quvchisiga   aynan   mana   shunday   jarayon   muhim.   Ular   hayotga   real   ko‘z
bilan   qarashga   zamon   taqozosi   tufayli   odatlanmoqdalar.   Jyul   Vernning   tarjimayi
holi barcha o‘quvchilarda nafaqat “O‘n besh yoshli kapitan” asariga qiziqish paydo
qiladi,   balki   uning   dengiz   haqidagi   barcha   asarlarini   o‘qishga   hamda   kelajakda
dunyo   bo‘ylab   sayohat   qilishga   chorlaydi.   Jyul   Vernning   hayoti   va   ijodi.
Sarguzasht   asar   haqida   tushuncha.   “Asarni   o‘qishga   tayyorlanamiz”   bosqichi
topshiriqlari   bilan   ishlash   1   soat   davomida   o‘qitish   uchun   mo‘ljallangan.
Yozuvchining   tarjimayi   holini   turli   usullarda   o‘qitish   mumkin.   Masalan,   sinf
doskasiga   to‘rtta   rasm   ilinadi.   Ushbu   rasmlarda   adibning   boshqa   asarlariga   mos
rasmlar   keltiriladi.   Zukko   o‘quvchilar   asar   nomlarini   topishda   qiynalishmaydi.
Chunki   bu   asarlar   asosida   dunyoga   mashhur   kino   va   filmlar   suratga   olingan.
“Dunyo bo‘ylab sakson kun”, “Kapitan Grant bolalari”, “Yerdan Oygacha”, “Sirli
orol” asarlari nomlari suratlarda yashiringan bo‘ladi.
25
 Mirzayev Z., Jalilov K. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. – T, 2022. – B.118.
26
 Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – B. 295.
24                          
So‘ng   o‘qituvchi   ushbu   asarlar   nima   haqida   ekanligini   qisqa   tarzda   aytib
o‘tadi.   “Dunyo   bo‘ylab   sakson   kun”   –   butun   Yer   sharini   sakson   kunda   aylanib
chiqishga garov boylagan janob va uning yordamchisining g‘aroyib sarguzashtlari;
“Kapitan Grant bolalari” – Janubiy yarimshar kemasi halokatga uchragan Kapitan
Grantning   farzandlari   “Dunkan”   kemasida   otalarini   qidirib   yo‘lga   chiqishadi;
“Yerdan   Oygacha”   –   bir   guruh   olimlar   Oygacha   uchib   borishi   mumkin   bo‘lgan
snaryad   yasashadi   va   uch   kishini   oyga   jo‘natishadi;   “Sirli   orol”   –   Amerikadagi
fuqarolik   urushidan   havo   sharida   qochgan   kishilar   kimsasiz   orolga   tushib
qolishishi haqidagi asarlari sanaladi.
Jyul Vern haqidagi ma’lumotlar darslikda o‘rganilajak asari uchun  poydevor
tarzida   berilgan.   Chunki   u   “Uning   maktabdagi   o‘qituvchisi   Sambin   xonim
o‘quvchilarga   dengiz   kapitani   bo‘lgan   turmush   o‘rtog‘i   haqida   ko‘p   gapirib
berardi. Ustozining hikoyalari kichik Jyuldada sayohat va sarguzashtalrga qiziqish
uyg‘otdi   –   u   hatto   o‘n   bir   yoshida   otasiga   bildirmay   kemaga   ishchi   bo‘lib   ishga
kirmoqchi bo‘ldi” mana shunday voqealarni boshidan o‘tqazadi. Tabiiyki, bunday
ma’lumotlar   o‘quvchilarning  qiziqishini  oshiradi  va   darslikda   berilgan   asar  matni
bilan tezroq tanishishga harakat qiladilar. 
“O‘qituvchi yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’ruza qilishda
ma’ruzdan kuzatiladigan maqsadni o‘quvchilar ongiga qaysi yo‘l bilan yetkazishni
oldindan   o‘ylab   ko‘rishi   kerak.   Ana   shundan   keyingina   shu   maqsadiga,
ma’ruzaning   yo‘nalishiga   asoslanib,   ma’lumot   to‘playdi   va   uni   shu   reja   asosida
joylashtiradi. Bu ma’lumotlar esa ma’ruzaning g‘oyaviy mazmuniga xizmat qiladi
va   yozuvchi   ijodiga   qanday   baho   berish   lozimligini   belgilab   beradi.   Ma’ruza
materiali, yuqorida bayon qilinganidek, yozuvchining ijodiy yo‘lini aniqlash uchun
25 yordam beradi” 27
. Jahon adabiyotini o‘qitishda ham reja asosida dars o‘tish tavsiya
etiladi.   Vaqt   to‘g‘ri   taqsimlansa,   o‘qituvchi   ham,   o‘quvchi   ham   ko‘zlangan
maqsadga   erishadi.   6-sinf   darsligida   berilgan   Artur   Konan   Doyl   va   “Mallalar
uyushmasi”   asari   4   soatga   mo‘ljallangan   bo‘lib,   muallif   hayoti   va   ijodi,   detektiv
haqida tushuncha va “Asarni  o‘qishga tayyorlanamiz” bosqichi  topshiriqlari bilan
ishlash   1   soatga   mo‘ljallangan.   Ingliz   yozuvchisi   Artur   Konan   Doyl   ijodi
sarguzasht   va   detektiv   xarakterda.   Detektiv   –   sirli   jinoyatlarning   fosh   qilinishi
haqidagi   asar   o‘quvchilar   uchun   judayam   qiziqarli.   Yozuvchining   umr   bayonini
o‘qitishda   an’anaviy   va   zamonaviy   darsni   qorishiq   holda   o‘tkazishi   kerak.
Yozuvchining   umr   bayonidagi   ma’lumotlar   esa   xuddi   asarlaridagi   qahramonlar
qismatidek   kechgan.   “Artur   tinimsiz   mehnat   qildi,   shifokorlik   bilan   birga   (u
tibbiyot   oliygohini   bitirgan   edi)   asarlar   yozdi.   Artur   hatto   bir   necha   marta   o‘zi
o‘ylab   topgan   qahramoni   singari   izquvarlik   bilan   shug‘ullanib,   jinoyatlarni   fosh
qildi   va   begunoh   insonlarni   asossiz   jazodan   qutqarib   qoldi” 28
.   Ko‘rinib   turibdiki,
adibning   tarjimayi   holidagi   ma’lumotlar   asarini   o‘rganayotgan   o‘quvchilar   uchun
foydali.   Yozuvchining   umr   yo‘li   haqida   qiziqarli   ma’lumotlar   berish,   detektiv
asarlar   haqida   tushuncha   berish   va   “Mallalar   uyushmasi”   asari   matni   bilan
ishlashni   oson   tashkil   etish   uchun   Artur   Konan   Doyl   haqida   qisqa   videorolik
namoyish   etish   tavsiya   etiladi.   Maktab   darsliklarida   videorolikning   QR   kodi
berilsa,   texnologiya   asri   o‘quvchilari   uylarida   ham   bemalol   videorolikni   tomosha
qila   olishadi.   Bilimlari   yanada   mustahkamlanadi,   shuningdek,   yozuvchining
tarbiyaviy ahamiyati yana-da ko‘p aks etgan jihatlarini o‘rganishadi.
                                                          
Yangilangan 6-sinf adabiyot darsligining 4-fasl “Rangin tuyg‘ular” qismida
jahon   adabiyotidan   Oskar   Uayldning   “Baxtli   shahzoda”   asari   berilgan.
27
 Muhitdinova B. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. – Samarqand, 2020. – B.57.
28
 Mirzayev Z., Jalilov K. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. – T, 2022. – B.142.
26 Yozuvchining tarjimayi holini o‘qitish, “Asarni  o‘qishga tayyorlanamiz” bosqichi
topshiriqlari   bilan   ishlash   uchun   1   soat   mo‘ljallangan.   Irland   adibi   Oskar   Uayld
tarjimayi   holini   o‘qitishda   o‘quvchi   ruhiyatiga   mos   keladigan   qo‘shimcha
ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki darslikda berilgan ma’lumotlar
uning mahoratini va shaxsiyatini ochib berolmaydi. “U ziyolilar oilasida tug‘ilgan
bo‘lib,   otasi   shifokor,   onasi   esa   shoira   edi.   Uayldlar   xonadonida   san’at   yuqori
darajada qadrlanar va o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan san’atkorlari tez-tez mehmon
bo‘lishar   edi.   Bunday   muhitda   ulg‘aygan   Oskar   bolaligidan   adabiyotga,   san’atga
mehr   qo‘ydi”   va   boshqa   shu   kabi   ma’lumotlar   darslikda   qayd   etilgan.   Adibning
shu darajada mashhurlikka erishishida u ulg‘aygan muhit ta’siri ko‘rsatib o‘tilgan.
Oskar   Uayldning   portretini   o‘quvchi   tasavvurida   gavdalantirish   uchun
yozuvchi haqida qisqa videorolik yoki fotosurat taqdim etiladi. Darslikda berilgan
tarjimayi   holga   qo‘shimcha   tarzda   o‘qituvchi   yozuvchi   shaxsiyatiga   oid   boshqa
ma’lumotlar ham aytib o‘tishi joiz. Yozuvchi tarjimayi holini o‘qitish masalasi va
uning   ahamiyati   borasida   Q.Husanboyeva   va   R.Niyozmetova   hammuallifligida
yozilgan   “Adabiyot   o‘qitish   metodikasi”   kitobida   quyidagi   fikrlarni   bejizga
keltirmaganlar: “Yozuvchining tarjimayi holini va ijodiy faoliyatini o‘rganish, bir
tomondan, o‘quvchilarga davr ruhini chuqurroq anglatish, ijtimoiy munosabatlarni
ular qalbiga yetkazish, ularni milliy mafkura, milliy ma’naviyatga cheksiz hurmat
ruhida   tarbiyalash,   adibning   adabiyot   ravnaqida   va   jamiyatda   tutgan   mavqeini,
uning   novatorligini  ko‘rsatish  orqali adabiy jarayonning rivojlanish bosqichlarini
chuqurroq   anglatish,   yozuvchi   shaxsining   kamol   topishi,   ruhiy   olami   misolida
yoshlar   tarbiyasiga   ijobiy   ta’sir   etish,   eng   muhimi,   o‘rganilajak   asarning
yaratilishiga   turtki   bo‘lgan   voqea-hodisalar   bilan   tanishtirish,   shu   orqali   parcha
mazmunini   to‘liq   tushuntirish,   imkon   yaratish   uchun   xizmat   qiladi,   asarni   o‘qish
uchun havas uyg‘otadi” 29
.
29
 Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – B.304, 305.
27                                 
Yozuvchi tarjimayi holini o‘qitishda qo‘shimcha materiallarga tayanish ham
o‘qituvchidan   mehnat   talab   qiladi,   ham   o‘quvchilarning   qiziqishini   oshiradi.
B.To‘xliyevning   yozuvchi   tarjimayi   holini   o‘qitish   borasidagi   fikrlariga   ham
to‘xtalib   o‘tish   lozim:   “Yozuvchining   tarjimayi   holini   o‘rganishda   uning   o‘z
fikrlaridan foydalanish ham keng tarqalgan usullar turkumiga kiradi.Ammo bunda
ham   me’yor   bo‘lishi   shart.   Chunki,   ayrim   hollarda   yozuvchining   o‘z   so‘zlarida
ham zamonaning, uni qurshab turgan muhitning, bularning yonida esa biz tasavvur
qila oladigan va qila olmaydigan ko‘plab obyektiv va subyektiv omillarning kuchi
ham bo‘lishi mumkin” 30
.
Yuqoridagi   metodist   olim   va   olimalarning   fikrlaridan   kelib   chiqqan   holda,
Oskar   Uayld   biografiyasi   bilan   tanishtirishni   quyidagicha   tashkil   etish   lozim:
Dastlab   videorolik   yoki   adib   portreti,   darslikda   berilgan   ma’lumot   hamda
yozuvchining   mashhur   fikrlaridan   keltirish   kerak.   O‘qituvchi   adibning   fikrlarini
turli jurnal va internet sahifalaridan topadi va o‘quvchilarning yosh doirasiga mos
jumlalarni saralab oladi. Quyida berilgan mashhur sitatalarni   “Qaynoq o‘rindiq”
metodi   asosida   tushuntiriladi.   Mazkur   metod   orqali   o‘quvchilarning   tafakkuri
oshadi,   har   bir   o‘quvchida     mustaqil     fikr   bildirish   ko‘nikmasi   shakllantiriladi,
shuningdek,   o‘qituvchi   ham   yozuvchini   o‘quvchilarga   tanishtirishda   osonroq
usuldan foydalanadi. Mazkur metod nega bunday nomlangan, degan savolga o‘rin
qoldirmasdan   o‘qituvchi   izohlab   berishi   lozim.   Savol-javobda   faol   qatnashgan,
darsga   o‘z   munosabatini   bildirgan   o‘quvchi   o‘tilayotgan   dars   soatida   qirollardek
o‘rindiq   sohibiga   aylanadi.   Mazkur   metod   orqali   6-sinf   tarbiyalanuvchilari
o‘zlarining   yoshiga   mos   tarzda   bolalarcha   quvonishadi,   yanada   a’lo   baholar
30
 Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. - Т.: 2010. – Б.121.
28 olishga   intiladi.   Quyidagi   yozuvchining   berilgan   fikrlari   o‘qituvchi   tomonidan
aytiladi va o‘quvchilar o‘z munosabatini bildirishadi:
                                   
“Bugungi odam har narsaning narxini biladi, ammo o‘z qadrini bilmaydi.
Nodon kamchilikni boshqadan, dono esa o‘zidan qidiradi.
Olamni qonunlar emas, shaxslar tebratadi.
Maqtov   bamisoli   xushbo‘y   atir,   mayli,   ifor   tarataversin,   xushomadga   aylanmasa
bas!
Keksalar  eshitganiga  chippa-chin ishonadi. O‘rta yasharlar  nuqul  shubha qiladi.
Yoshlar esa hammanarsani bilaman deydi.
Xotira – bamisoli o‘zimiz bilan olib yuradigan kundalik daftar.
Do‘st   boshiga   ish   tushsa   undan   ko‘ngil   so‘rash   oson.   Ammo   uning   yutuqlaridan
quvonish xiyla qiyin”. 31
 
Yozuvchi   bilan   tanishgach,   ertak   haqida   o‘quvchilar   bilan   savol-javob
qilinadi.   O‘quvchilarga   uch   daqiqa   vaqt   beriladi   va   bu   vaqt   davomida   ular   shu
paytgacha   mutolaa   qilgan   ertaklari   nomlarini   yozishi   kerak.   Mazkur   topshiriq
“Yashil ruchka”  metodi asosida tekshiriladi. Bu metodning o‘ziga xos afzalliklari
mavjud   bo‘lib,   o‘quvchilarni   ruhiyatiga   ijobiy   ta’sir   etadi.   Chunki   qizil   ruchkada
ularning   xatolari   ko‘rsatilganda   tushkun   kayfiyatga   tushishlari   mumkin.   Ushbu
metodning   yana   bir   afzalligi   shundaki,   o‘quvchi   yanada   faol   bo‘lishga   harakat
qiladi. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Maktab o‘quvchilarning yoshiga va dunyoqarashiga mos holda yozuvchi va
shoirlar   umrbayonlarini   o‘qitishning   taktikasini   ishlab   chiqish   kerak.   Masalan,   5-
sinf o‘quvchisiga ijodkorning shaxsiyatini chuqur o‘rgatmaslik kerak. Ijodkorning
surati,   videolavha   yoki   bolalik   chog‘idagi   qiziqarli   qisqa   hikoya   bayon   etilishi
31
 Oskar Uayld. Taqlid asli e’tirofdir//Tafakkur, 2015. – №4.
29 O s k ar  Ua yl d kerak.   Yuqori   sinflarda   esa   bir   soat   davomida   ijodkor   tarjimayi   holini   o‘rgatish
maqsadga muvofiq. Shunda ham, darslikda berilgan asarlarining mohiyatini ochib
berishda   asqatadigan   ma’lumotlardan   foydalanish   o‘rinlidir.   Shuningdek,
o‘quvchilarning   ma’naviyatini   boyitishda,   insoniy   tuyg‘ularini   kamol   toptirishda
ijodkor   tarjimayi   holining   o‘rni   beqiyos.   Mazkur   masalani   inobatga   olgan   holda,
o‘qituvchi   shoir   yoki   yozuvchi   yashagan   davrni,   zamondoshlari   o‘sha   ijodkor
asarlariga, shaxsiyatiga bo‘lgan munosabat masalasini yoritib berishi lozim. 
6-sinf   adabiyotiga   qo‘shimcha   tarzda   7-sinf   adabiyot   darsligidan   Anton
Chexov   tarjimayi   holini   o‘qitish   usullari   ham   keltirildi.   Jahon   adabiyotining
mashhur vakillaridan biri Anton Chexovning tarjimayi holini o‘qitishning yangicha
usullarni   ishlab   chiqish   lozim.   Zotan,   bunday   mashhur   adibning   umr   yo‘li   va
asarlari barcha uchun ibrat namunasi bo‘la oladi. Asarlarda aks ettirilgan voqeliklar
orqali   tarbiyalanuvchilar   katta   hayot   saboqlarini   egallaydilar.   Anton   Chexovning
akasi Nikolayga yozgan maktubidagi gaplari juda ham ta’sirli, ibratli va o‘sha xat
asarlari   mag‘zini   tashkil   etadi :   “Anton   Chexov   jahon   adabiyotida   nufuzli   o‘ringa
ega. Uning qanday yozuvchiligini asarlari aytib turibdi. Buyuk adib shaxs sifatida
ham o‘rnak bo‘larli fazilatga ega edi.
Bu   o‘rinda   yozuvchi   qalamiga   mansub   bir   xatga   e’tibor   qaratmoqchimiz.
Chexovning   akasi   Nikolay   iste’dodli   rassom   edi.   Biroq   qat’iyatsizligi,   ichkilikka
mukkasidan   ketganligi   sabab   o‘zini   o‘zi   xarob   qilib   borardi.   Adib   u   haqda:
“Millatning   kuchli   bir   iste’dodi   o‘lyapti,   hech   bir   sababsiz   o‘lyapti”   degandi
nadomat   bilan.   Yozuvchi   akasining   zaif   tomonlarini   bilar   va   uni   o‘ylab   hamisha
qayg‘urardi. Chexov akasiga bir xat yozadi. Maktubdagi fikrlar siz-u bizga tegishli
bo‘lmasa-da, unda katta ibrat bor.Ushbu xatdan parcha:
Tarbiyali   odamlar,   fikrimcha,  quyidagi   talablarga  javob   berishi   kerak:   Ular
insonni hurmat qiladi, shu sababli hamisha iltifotli, muloyim, murosal bo‘ladi. Ular
bolg‘acha   yoki   yo‘qolgan   o‘chirg‘ich   sababli   janjal   ko‘tarmaydi;   birov   bilan
yashab,   keyin   buni   ta’na   qilmaydi,   ketayotib:   “Siz   bilan   yashab   bo‘lmaydi!”
demaydi.   Ular   shovqin,   sovuq,   ko‘p   qovurib   yuborilgan   go‘sht,   ovqatning   tuzi
o‘tkirligi yoki uyida mehmonlar borligi tufayli g‘azabga minmaydi…
30 Ularning   yuragi   toza,   yolg‘on   gapirishdan   qattiq   qo‘rqadilar.   Hazillashib
ham yolg‘on gapirishdan qattiq qo‘rqadilar. Hazillashib  ham  yolg‘on gapirmaydi.
Yolg‘on   tinglovchiga   haqorat   bo‘lib   tushadi   va   uning   nazarida   so‘zlovchi
qadrsizlantiriladi.   Ular   o‘zini   ko‘z-ko‘z   qilmaydi,   ko‘chada   ham   o‘zini   yaxshi
tutadi,   birodarlarining   ko‘ziga   kul   sochmaydi.   Ular   vaysaqi   bo‘lmaydi,
so‘ralmagan   paytda   hamma   narsani   ochiq-oydin   gapiravermaydi…Begona
quloqlar hurmati uchun ko‘pincha sukut saqlaydilar” 32
.
Ko‘rinib turibdiki, Chexovning xati samimiy va diltortar. Maktubdagi har bir
satrni   o‘qish   davomida   asarlaridagi   obrazlar,   asardan   chiqariladigan   umumiy
xulosa   va   tarbiyani   his   etish   mumkin.   “Xameleon”   hikoyasidagi   Ochumelov,
Xryukin   va   Yeldirin   obrazlari   xatdagi   fikrlarning   tamomila   aksidir.     Ammo   adib
bermoqchi   bo‘lgan   g‘oya   ikkiyuzlamachi   inson   bo‘lmaslik,   xuddi   xatidagidek
tarbiyali inson bo‘lishga chorlash sanaladi. Chexovning yuqorida berilgan xatidan
tarjimayi   holini   o‘qitishda   samarali   foydalanib,   darslikda   berilgan   “Xameleon”
asariga   biroz   bog‘lab   bayon   qilish   lozim.   Shunda   tarbiyalanuvchilar   adibning
chinakam yetuk shaxs ekanligini, asarlarida ham o‘z shaxsiyati chizgilari asoratini
ko‘ra   oladilar.   Darsni   shunday   tashkillashtirgan   o‘qituvchi   asarni   tahlil   qilishda
o‘quvchilarga ko‘mak beradi.
Yozuvchi   biografiyasini   o‘rgatishda   xolislik   va   aniqlikka   e’tibor   qaratish
lozim.   Xalq   og‘zida   yurgan   noaniq   ma’lumotlardan   foydalanishdan   chekinish
kerak. Chunki  bunday ma’lumotlar  o‘quvchining saviyasini  pasaytiradi, yozuvchi
va   uning   asarlariga   munosabatini   tubdan   o‘zgartiradi.   O‘qituvchi   mana   shunday
holatlarni   bartaraf   etishi,   maqsadi   o‘quvchilarga   ko‘proq   bilim   va   tarbiya   berish
bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi ijodkor haqida quruq fakt aytish bilan cheklanmasligi
kerak.   Aytilgan   ma’lumotlar   yozuvchining   ijodiy   qiyofasi,   asarlarining
shakllanishi va tahlilida tegishli qurol vazifasini o‘tashi lozim. Masalaning yana bir
jihati   sifatida,   o‘quvchilarni   fikrini   jamlash   maqsadida   o‘rganilayotgan   ijodkor
bilan   ularning   nechog‘lik   tanish   ekanligini   so‘rash   yotadi.   Ushbu   jarayonda
32
 Anton Chexov. Tarbiyali odamning sakkiz fazilati // Yoshlik, 2019. – N.6.
31 o‘quvchilar   jonlanadi,   fikr   yuritadi   va   ijodkor   bilan   tanishishga   qiziqadi.
O‘qituvchi   o‘quvchilar   bilmagan   ma’lumotlarni   aytishga   intiladi   va   dars
samardorligi yanada oshadi.
Ijodkor   tarjimayi   holida   zamondoshlarini   fikridan   ham   foydalanish
o‘rinlidir.   Boisi,   zamondoshining   fikri   orqali   yozuvchisini   insoniylik   jihatlarini,
adabiy   muhitdagi   beqiyos   o‘rnini   va   yashab   o‘tgan   davridagi   voqeliklardan
ma’naviy oziqlanish mumkin. Maktab darsliklaridagi barcha namoyondalar bejizga
berilmagan.   Ular   buyuk   iste’dod   egalari,   adabiyotning   ustunlari.   Yozuvchining
qanday   oiladan   kelib   chiqqanligi,   ya’ni   ijtimoiy   tabaqasini   ham   aytishda
ehtiyotkorlik zarur. O‘quvchilar ham turli oilalardan kelib chiqadi: kimdirning ota-
onasi   ziyoli,   kimnikidir   ishchi.   Bu   holatda   ular   ruhiyatiga   putur   yetishini   oldini
olish lozim. Shuningdek, avtobiografik tipdagi asarlardagi ma’lumotlarni tarjimayi
hol   o‘qitishda   batamom   qo‘llash   tavsiya   etilmaydi.   Ma’lumki,   har   qanday   asarda
badiiy bo‘yoqdorlik mavjud.
Tarbiyalanuvchilar   yozuvchi   umr   yo‘lini   to‘liq   o‘rganishi   shart   emas.   Ular
aniq   ma’lumotlarga   ega   bo‘lishi   ham   adabiyot   uchun,   ham   yozuvchining   asari
tahlili uchun o‘rinli. Darslikda berilgan asarlariga bog‘liq faktlarni o‘qitish adabiy
ta’lim   va   o‘quvchi   ma’naviyatida   samarali   natija   beradi.   Jahon   adabiyoti
namoyondalarining   tarjimayi   holi   o‘zbek   adiblarinikidan   farqlidir.   Ular   orasida
tushkunlikka tushgan, ruhiy xastalikka chalingan va o‘z joniga qasd qilgan adiblar
ham   mavjud.   7-sinf   o‘quvchisiga   bu   kabi   faktlarni   aytmaslik   tavsiya   qilinadi.
Yuqori   sinflarda   aytish   maqsadga   muvofiq.   Tarjimayi   hol   masalasi   ham
adabiyotda, ta’lim jarayonida beqiyos mavzu hisoblanadi.
Adabiy   ta’limda   kundan   kunga   yangicha   ta’lim   turlari   paydo   bo‘lmoqda.
Ular   o‘zining   ommabopligi,   ko‘pchilik   tomonidan   qabul   qilinishi   va   dars   sifatini
oshirishi   bilan   qimmatlidir.   Aslini   olganda   ularning   paydo   bo‘lishida   an’anaviy
ta’limning ta’siri katta. An’anaviy ta’lim bilan zamonaviy ta’lim bir-biriga bog‘liq.
An’anaviy ta’limda kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida zamonaviy
ta’lim kirib keldi. Bugungi kunda, texnologiyalar asrida, zamonaviy ta’limning bir
qancha   shakllari   shiddat   bilan   rivojlanmoqda.   Tabiiyki,   dars   sifatini   oshirish,
32 o‘quvchilar   diqqatini   jalb   etishda   noan’anaviy   dars   o‘qituvchi   va   o‘quvchilarga
birdek   ma’qul   bo‘lmoqda.   Shunday   ekan,   6-sinf   adabiyot   darsidagi   jahon
adabiyotini   o‘qitishda   ulardan   unumli   foydalanish   bo‘yicha   tavsiyalar   berildi.
Shunga   qo‘shimcha   tarzda   7-sinf   adabiyotidan   Anton   Chexov   tarjimayi   holini
o‘qitishning zamonaviy usullari tavsiya etilgan.
Bob bo‘yicha xulosa
1.   Maktab   darsliklarida   jahon   adabiyoti   namoyondalarining   berilishi
o‘quvchilar   dunyoqarashini   shakllantirishda,   bilimlarini   jahon   standartlari
talablariga   moslashda   muhim   sanaladi.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasida   yozuvchi
tarjimayi   holini   o‘rgatish,   asarlarini   turli   interfaol   metodlar   orqali   o‘qitish   hamda
asarda   ko‘tarilgan   muammoni   ko‘rsatish   xususida   S.Dolimov,   B.To‘xliyev,
Q.Yo‘ldoshev,   M.Yo‘ldosh,   Q.Husanboyeva   va   R.Niyozmetova   kabi   olimlarning
yuritgan   fikrlaridan   foydalanib,   jahon   adabiyotini   o‘qitish   bo‘yicha   tavsiyalar
berilgan.
2.   Maktab   darsliklarida   jahon   adabiyoti   namoyondalarining   tarjimayi
holining berilishi, uning o‘quvchilar uchun ahamiyati, shuningdek, adabiyotshunos
olimlarning tarjimayi hol berilishiga oid qarashlari adabiyot o‘qitish metodikasida
muhim   sanaladi.   Metodist-olimlarning   fikridan   foydalanib,   yangicha   usuldagi
ijoodkor   umr   bayonini   o‘qitish   yoki   darsliklarga   qo‘shimcha   tarzda   ma’lumotlar
qo‘llash o‘qituvchi  va o‘quvchilar uchun ahamiyatlidir. Qo‘shimcha ma’lumotlar,
QR   kodli   havolalardan   foydalanish   va   bolalar   yoshiga   mos   metodlarni   qo‘llash
hozirgi kun pedagog-o‘qituvchisining oldidagi ulkan mas’uliyatligi ko‘rsatiladi.
3.   Jahon   adabiyotining   yetuk   namoyondalari   va   ularning   asarlari   bilan
tanishish   orqali   o‘quvchilar   o‘z   mustaqil   fikrlariga   ega,   aqlan   yetuk,   o‘z   xatti-
harakatlariga   javob   beradigan   inson   sifatida   shakllantirishni   o‘rganadilar.   Buning
uchun adabiy ta’limda texnologiyalardan foydalanish, o‘qituvchi o‘z ustida ishlash
kabi   maqsadlar   yotadi.   Jahon   adabiyoti   namoyondalarining   tarjimayi   holini
o‘qitishda   an’anaviy   ta’limning   o‘rni   va   zamonaviy   ta’limda   qo‘llanilayotgan
usullarning amaliy jihatdan ahamiyatidir.
33 4. Jahon adabiyoti namoyondalarining tarjimayi holini o‘qitish to‘la amalga
oshirilmagani   adabiyot   o‘qitish   metodikasida   hali   ko‘plab   tadqiqot   olib   boorish
lozimligini ko‘rsatadi. Shuningdek, hozirgi internet asri yoshlarini jahon adabiyoti
namoyondalariga   qiziqishini   oshirishda   qiziqarli   tarzda   dars   tashkil   etish   uchun
sa’y-harakatlar olib boorish lozimligini ta’kidlash o‘rinlidir.
34 II BOB. ADABIYOT DARSLARIDA JAHON ADABIYOTI
DURDONALARINI O‘QITISHDA SAMARALI METOD VA
USULLARDAN FOYDALANISH
2.1. Muammoli ta’lim va uning jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishdagi
ahamiyati (5-6-sinf darsligi misolida)
Maktab   darsliklarida   adabiyot   o‘qitishda   muammoli   ta’lim   texnologiyasi
g‘oyatda ahamiyatga ega. Negaki, o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikda ishlashi
mazkur   texnologiyaning   asosi   sanaladi.   Globallashgan   jamiyatda,   texnika
taraqqiyoti   asrida   o‘quvchilarning   saviyasi,   dunyoqarashi   kundan   kunga
o‘zgarmoqda.   Shunday   ekan,   adabiyot   o‘qitishda   yangicha   tamoyillardan
foydalanish zarurati mavjud. 
Muammoli   o‘qitish   bo‘yicha   jahon   olimlaridan   X.Loxman,   V.Okon,
A.Tivari,   M.Maxmutov,   A.Matyushkin,   V.Kudryasev,   A.Ilnitskaya   va   boshqalar
izlanishlar   qilishgan.   Ular   yosh   avlodni   dunyo   standartlari   talablariga   javob   bera
oladigan   tarzda   tarbiyalashda   mazkur   usuldan   foydalanishgan.   O‘zbek
metodistlaridan   A.Abdurazzoqov,   I.Rahimova,   Q.Husanboyeva,
Sh.Jamoldinovalar   tadqiqot   ishlari   olib   borgan.   Ular   muammoli   o‘qitishning
ahamiyatini   turli   jihatlarini   inobatga   olib   asoslaganlar.   Metodist   olima
Q.Husanboyevaning   ushbu   mavzu   bo‘yicha   qilgan   tadqiqotlarida   asosiy   e’tibor   -
o‘quvchi   ma’naviy   kamolotini   shakllantirish,   ularda   shaxsga   xos   xususiyatlarni
rivojlantirish,   mustaqil   fikrlarini   hosil   qilishga   qaratiladi.   I.Rahimova   esa
muammoli o‘qitishni boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qo‘llash yo‘llarini tadqiq
etgan. Sh.Jamoldinova xalq og‘zaki ijodini muammoli o‘rganish borasida tadqiqot
olib borgan.
“Muammoli ta’limga xos vaziyat muammoni biror masala yuzasidan tashkil
qilish,   uni   shakllantirish   bilan   birga   hal   etish   jarayonida   o‘quvchilarga   zarur
ko‘mak   berish,   bu   jarayonning   izchilligini   ta’minlash   va   boshqarish,   olingan
natijalarni   tekshirish   hamda   bilimlarni   mustahkamlash   kabi   faoliyatlar   yig‘indisi”
sifatida polyak pedagogi  V.Okon baho bergan. Darhaqiqat , muammoli ta’lim qay
35 jihatdan   qo‘llanmasin,   barchasi   o‘quvchilar   bilimini   oshirish   va   darsda
o‘rganganlarini   hayot   faoliyatida   qo‘llash   uchun   xizmat   qiladi.   Muammo   tashkil
etish   uchun   o‘qituvchi   oldindan   tayyorgarlik   ko‘rishi   va   darslikda   berilgan
ma’lumotlarga qo‘shimcha tarzda fakt to‘plab, asardan didaktik xulosa chiqarishga
harakat   qilishi   lozim.   Psixologlarning   fikrlariga   ko‘ra,   tarbiyalanuvchi
muammoning,   muammoli   vaziyatning   vujudga   kelganini   hodisa   bilan   u   haqdagi
tasavvur   orasida   qarama-qarshilik   paydo   bo‘lganda   his   qiladi.   Bu   qarama-
qarshilikni   bartaraf   qilish   uchun   unga   avval   o‘zlashtirilgan   bilimlari   va
tajribasining   o‘zi   kamlik   qiladi.   Muammoni   anglab   yetishning   o‘zi   har   qanday
fikrlash jarayonining boshlanishi sanaladi.
Muammoli   ta’limda   muammo   yaratishdan   keyingi   masala   sifatida   uning
yechilishini ko‘rsatish mumkin:
1.   Muammoning   tahlili   va   asoslovini   ilgari   surish.   Muammo   ma’lum
qiyinchiliklar bor joyda paydo bo‘ladi va uning yechimi uchun o‘quvchida mavjud
bo‘lgan bilimlarning o‘zi yetarli bo‘lmay qoladi.
2. Masalaning yechimini qidirish va uni hal etish.
3.   Yechish   yo‘llarining   to‘g‘riligini   tekshirish   va   olingan   natijani
baholash” 33
.   Ushbu   bosqichlardan   o‘tish   barobarida   o‘quvchi   muammoga   sabab
bo‘lgan   omilni   aniqlaydi,   muammoni   yechish   yo‘llarini   izlaydi   va   muammoni
topadi. Bu bosqichlar davomida u o‘z fikrini aytishdan cho‘chimaydi.
5-sinf adabiyot darsligida jahon adabiyoti namoyondalarining tarjimayi holi
va   asarlarini   o‘qitishda   adabiy   ta’limda   turli   texnologiyalar   ishlab   chiqilmoqda.
Mazkur   texnologiyalar   o‘quvchilarning   bilimini   va   saviyasini   oshirmoqda.   Dars
jarayonida   qo‘llanilayotgan   yangicha   metodlar   va   usullar   orasida   “Muammoli
vaziyat”   yaratish   va   undan   to‘g‘ri   foydalana   olish   ham   o‘qituvchidan   kasbiy
mahorat talab qiladi. 
Aka-uka   Grimmlarning   “Botir   tikuvchi”   ertagi ni   muammoli   tarzda
o‘qitishda o‘quvchilar yosh doirasiga alohida e’tibor qaratish lozim.  Ular muammo
33
  Скалкова   Я.   От   теории   к   практике   обучения   в   средней   обшеобразователной   школе.   –   Москва:
Педагогика,1983. – С.49-50.
36 nimada   ekanligini   birinchi   o‘rinda   tushunib   olishlari   kerak.   Keyin   esa
muammoning   yechimini   topishlari   mumkin.   Dars   qiziqarli   o‘tishi   va   muammoli
savollar   javobini   topishi   uchun   o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   faoliyati
hamkorlikda   amalga   oshishi   lozim.   Ertakni   tahlil   etishda   quyidagi   muammoli
savollardan foydalanish tavsiya etiladi:
1. Tikuvchi   Gans   “Chiqqanda   jahlim   yomon,   yettisin   etgim   gumdon!”   degan
shiorni nega tanladi? Mazkur holatda Gans aslida nimaga jahl qilgandi?
Izoh: Gans mehnatkash, oddiy hunarmand inson. Uning jahli chiqqanligining asl
sababi pashshalar uning gapiga quloq solishmadi. Balki quloq solganlarida Gans
ularni o‘ldirmasdan, murabbosidan ulashgan bo‘lar edi, chunki u samimiy inson.
2. “Sen nimjon va kichkina bo‘lsang, men esa katta va kuchli bo‘lsam?”. Mana
shu gapdagi fikrlar nega asarda teskari natija berdi? 
Izoh: Insonning tashqi ko‘rinishiga qarab emas, aqliga qarab baho berish lozim.
Ulkan odam kuchli bo‘lishiga qaramasdan, kichkina, ammo aqlli va ishbilarmon
tikuvchiga yengildi. Shuning uchun ishbilarmon insonlar doimo e’zozlaniladi.
3. Tikuvchi Gansning qilgan ishlarini to‘g‘ri deb o‘ylaysizmi?
Izoh: Tikuvchining ishlari ko‘rinishidan noto‘g‘ri tuyiladi. Biroq u pashshalarga,
ulkan   odamlarga   va   makkor   qirolga   yaxshi   muomala   qiladi.   Gens   ularning
narsalariga   sherik   bo‘lishni   istamaydi.   Ulkan   odamlar   ham,   qirol   ham
tikuvchining   beg‘arazligiga   shubha   bilan   qaraydi   va   o‘zlari   qazigan   chohga
yiqilishadi.
4. Nega tikuvchi taxtga chiqmadi, oddiy hunarmandchiligini davom ettirdi?
Izoh: Gans o‘zining samimiyligi va ishbilarmonligi bilan “Botir tikuvchi” bo‘ldi.
U taxt uchun, boylik uchun kurashmadi. Ertak boshidan ko‘rishimiz mumkinki, u
faqatgina hammaga dastlab yaxshi muomala qildi.
5. Ertak orqali insonda qanday fazilatlar bo‘lsa, u tinch yashaydi?
Izoh:   Inson   halol,   topqir,   ishbilarmon   va   to‘g‘ri   so‘z   bo‘lsa,   u   tinch   va   baxtli
hayot   kechiradi,   boshqalarga   yaxshilik   qila   oladi.   Xuddi   ertagimiz   qahramoni
tikuvchi Gansdek. 
37 Yuqoridagi   savollar   5-sinf   o‘quvchilariga   qiyinchilik   tug‘dirishi   mumkin.
Lekin   ular   fikrlashga   undaydi.   Tarbiyalanuvchilar   qisman   bo‘lsa-da   savollarga
javob   topishadi.   O‘qituvchi   esa   ularni   fikrlarini   ham   inobatga   olgan   holda,
savollarning yechimini aytib o‘tadi.   “The essential feature of the problem solving
education is that  the problem solving questions  play an important role in putting
the tasks in front of the students and in the way of forming their morality. They are
the   main   terms   and   conditions   for   creating   a   problem   solving   situation.   The
question   frawing   the   pupil’s   attention   to   obtain   the   knowledge   should   be   of
relatively   difficult   for   the   pupil,   must   be   in   accordance   with   the   knowledge   he
obtained   already,   and   also   be   developed   according   to   his   potentials.   A   new
problem   solving   situation   must   be   created   by   taking   into   account   the   child’s   life
experience   and   theoretical   knowledge” 34
.   Metodist   olima   Q.Husanboyevaning
fikrlariga   ko‘ra,   muammoli   vazifalar   o‘quvchilarda   axloqiy   fazilatlarni
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, berilayotgan muammoli savollar
o‘quvchilar olgan bilimlarga ham mos kelishi lozim. Aka-uka Grimmlar tarjimayi
holini o‘qitish barobarida ham “Botir tikuvchi” ertagidan chiqariladigan tarbiyaviy
ahamiyat qisman berib o‘tiladi. Zukko tarbiyalanuvchi muammoli savollarga ham
anchagina tayyor bo‘ladi. Ba’zi metodistlar, o‘qituvchilar muammoli savollarni 5-
sinf   o‘quvchilariga   berishni   no‘to‘g‘ri   deb   hisoblashadi.   Ammo   o‘quvchilarning
yoshi   va   tayyorgarlik   darajasiga   qarab   tuzilgan   muammoli   savollar   ularni
kamolotida xizmat qiladi.
Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi   5-sinf  o‘quvchilari  ruhiyatiga
yaqin, shuningdek, hikoyadagi obrazlar tabiatidagi belgilar o‘zlari bilan mushtarak
ekanligi tufayli dasturga kiritilgan. Hikoyani o‘qishdan oldin ushbu hikoya asosida
suratga   olingan   filmdan   lavha   qo‘yib   berilsa   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.
O‘qituvchi   bu   orqali   o‘quvchilar   tasavvurida   Yanguli   va   Jamol   obrazlarini
jonlantiradi.   Asar   matni   bilan   tanishgach,   o‘quvchilar   insonlarning   tashqi
34
 Husanboyeva Q. Literature as a factor for development of morality and independent thinking. – T.: Tamaddun, 
2016. – B.129.
38 ko‘rinishi bilan ichki dunyosi bir xil bo‘lmasligini ko‘radilar. “Hellados” hikoyasi
tahlilida o‘quvchilarga quyidagi muammoli savollarni berish tavsiya etiladi:
1. –Yanguli,   kimligingni   bir   ko‘rsatib   qo‘y!   –   dedi   bolalardan   biri.   –   Sol,
Yanguli!-deya qo‘shimcha qildi ikkinchisi. Mazkur holatda bolalarning qilgan ishi
to‘g‘rimi? Ularning o‘rnida siz bo‘lganda nima qilar edingiz?
Izoh:   Mazkur   savolga   javob   berishda   o‘quvchilarning   ko‘pi   bolalarning
noto‘g‘ri ish qilayotganini aytishi mumkin. Ba’zilari rostini aytib, bolalarni oqlashi
mumkin.   Lekin   ular   o‘yga   tolishadi:   men   ham   yakkalnayotgan   bolani   ustidan
kularmidim,   zo‘ravon   bolani   tarafida   bo‘larmidim?   Tabiiyki,   bunday   savollar
orqali   o‘quvchi   o‘zini   taftish   qila   boshlaydi.   U   endi   hayotida   zo‘ravonlarga
qo‘shilib, yakkalangan bolaga po‘pisa qilmaslik kerakligini tushunadi.
2. O‘sha kuni musiqa olamidagi sarguzashtlarimga nuqta qo‘yildi. Hayotimda
yangi davr – yashash uchun kurash davri boshlandi… Mazkur holatda Jamol nega
bunday qarorga keldi?
Izoh:   Skripkani  sindirganda u Yangulini  jag‘iga musht  tushiradi,  xolasidan
esa   gap   eshitadi   va   uning   uyida   ortiqcha   ekanini   tushunadi.   Bundan   shunday
xulosa   qilish   mumkinki,   Yanguli   qasos   olishini   u   yaxshi   bilardi.   Xolasini   esa
ortiqcha xarajatga qo‘ymaslikni ham o‘ylaydi.
3. –   Bu – naqsh, Jamol. Vatan ichkariroqda, naq yurakning o‘zida! – Yanguli
qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. Nega Yanguli Vatanni bunday ta’rifladi?
Izoh:  Yanguli otasining qistovi bilan Elladaga olib ketmoqchi bo‘ladi. U yer
ularning   ona   tuprog‘i   ekanligini   otasi   aytadi.   Ammo   Yanguli   uchun   Vatan   uning
yuragi, yuragi esa Suxumi, undagi do‘stlari. Mazkur savol ham o‘quvchilar uchun
ibratlidir.   Chunki   ularning   Vatan   tushunchasining   ma’nosi   juda   katta   ekanini
anglashadi.
4. Ikkala   qo‘lini   ko‘tarib,   nido   berdi:   -   Jamol,   oyingni   yaxshi   ko‘raman!
Mazkur   jumlalar   sizga   qanday   ta’sir   etdi?   Yangulini   og‘zidan   chiqqan   bu   so‘z
uning zo‘ravonliklarini kechirishga arziydimi?
Izoh:  Yanguli Jamol bilan so‘kishishga kelishib olganda, Yanguli Jamolning
onasi vafot etganini bilgan bo‘ladi. Jamol qanchalik onasini haqoratlab so‘kmasin,
39 Yanguli   bir   bora   bo‘lsa-da,   uning   onasini   haqoratlamaydi.   O‘sha   paytdayoq
o‘quvchi   asar   boshidagi   Yanguli   bilan   endigi   Yangulini   taniyolmay   qolishadi.
Jamolga   dalda   berib   aytilgan   bu   so‘zlar   uning   yig‘isiga,   Yangulini   haqiqiy   do‘st
sifatida bilishiga sabab bo‘ladi.
5. Hikoya bilan tanishgach, Yanguli va Jamoldagi qaysi fazilatlarni o‘zingizga
o‘zlashtirgan bo‘lardingiz?
Izoh:   Jamoldagi   jasorat,   mardlik   va   kurashuvchanlikni,   Yangulidagi   o‘zi
yashagan   yerga,   do‘stalarga   sadoqat,   onani   ulug‘lash   kabi   fazilatlari   barcha
o‘quvchiga   ibrat   namunalaridan.   Ayniqsa,   Yangulidagi   bu   xislatlar   voqealar
davomida ochilib boraverdi.
Maktab   darsliklarida   jahon   adabiyoti   namoyondalari   va   ularning   asarlarini
o‘qish   6-sinf   o‘quvchilari   uchun   biroz   murakkab.   Jahon   adabiyoti   vakillari
asarlarida   turli   adabiy   oqimlar   va   metodlardan   foydalanish   ustuvor.   Yana
murakkab jihatlaridan biri sifatida tushunarsiz so‘zlar bag‘oyat ko‘p. Shuningdek,
jahon   adabiyotda   yechimi   yo‘q,   ziddiyatli   vaziyatlar   yetakchi.   Bunday   holatlarga
barham   berish,   o‘quvchilarni   jahon   adabiyoti   durdonalariga   qiziqtirish   hamda
asarlarning   mag‘zini   chaqishda   muammoli   ta’lim   texnologiyalaridan   unumli
foydalanish zarur. 
Hozirgi   kunda   adabiyot   o‘qitishda   “Muammoli   vaziyat”   metodi dan
foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur metod orqali o‘quvchilarning
tafakkuri   oshadi,   dunyoqarashi   kengayadi,   asosiysi,   o‘qituvchi   ham   o‘z   ustida
ko‘proq   ishlaydi.   Muammoli   vaziyatni   tashkillashtirish   uchun   o‘qituvchida   asar
bo‘yicha ma’lumotlar bazasi keng bo‘lishi, jahon adabiyoti durdonalari bilan to‘liq
tanishgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, u, albatta, o‘quvchida qiziqish uyg‘ota olishi
lozim. Shundagina, muammoli vaziyat yuzaga keladi va yechim topiladi. Metodist
olimalar   Q.Husanboyeva,   R.Niyozmetova   hammuallifligida   yozilgan   “Adabiyot
o‘qitish   metodikasi”   kitobida   muammoli   ta’lim   haqida   quyidagi   fikrlari   o‘rinli:
“Muammoli   vaziyat   yaratish   uchun,   eng   avvalo,   fikrlash   asnosida   unga   mos
keladigan   ma’lumotni   topish   talab   qilinadi.   Muammo   tashkil   etish   uchun
o‘qituvchi   ko‘tarilgan   masalada   nimalar   yetishmayotganini   aniqlashi   va   o‘sha
40 faktlarni   qanday   topish,   uning   yechimini   qanday   amalga   oshirish   yo‘llarini   ham
aniq   belgilab   olishi   kerak   bo‘ladi.   O‘qituvchining   vazifasi   ma’lum   muammoli
vaziyatni   tashkil   etish   ekan,   o‘quvchilarni   uning   yechimi   sari   yo‘nalirish   uchun,
avvalo,   o‘quvchiga   muammo   nimadan   iborat   ekanini   to‘g‘ri   anglatishi,   unda   shu
masalani   hal   etishga   xohish-qiziqish   paydo   qilishi,   ichki   ehtiyoj   (motivatsiya)
uyg‘otishi   zarur   hisoblanadi” . 35
  Yuqoridagi   fikrlardan   ma’lumki,   muammoli
vaziyat yaratishning o‘zi ham asosiy vazifalardan biridir. Bu jarayonda o‘qituvchi
o‘quvchilar   bilan   individual   va   jamoaviy   tarzda   ishlaydi.   Ushbu   jarayon
o‘qituvchidan   kasbiy   mahorat   talab   etadi.   Buning   qator   sabablari   mavjud:
Birinchidan,   o‘qituvchi   muammoli   vaziyatni   dars   davomida   saqlab   qolishi;
ikkinchidan,   har   bir   o‘quvchining   bilim   darajasiga   mos   savol   berishi   kerak.
Shunday ekan, muammoli vaziyatni to‘g‘ri tashkil etish va uni o‘quv jarayonidagi
kamchiliklarni bartaraf etadigan vositaga aylantirish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq.
6-sinf  darsligidagi jahon adabiyoti  namoyondalari  hayoti va ijodini o‘qitish
mazkur   sinf   yoshidagi   o‘quvchilar   uchun   biroz   qiyinchilik   tug‘dirishi   mumkin.
Zamonaviy   metodlar,   muammoli   ta’lim   va   o‘qituvchining   kasbiy   mahorati
muammolarni   bartaraf   etishda   ayni   muddao   hisoblanadi.   Lengston   Hyuzning
“Rahmat   sizga,   xonim”   hikoya sini   o‘qitishda   quyidagi   muammolarni   o‘rtaga
tashlashi va yechim topishga o‘quvchini undashi mumkin: 
1. Luella xonim nega bolakayga g‘amxo‘rlik qildi? Axir, Rojer uni hamyonini
o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi-ku?
Izoh:   Luella   xonim   ham   qora   tanli   fuqaro.   U   tungi   11   larda,   og‘ir   sumka
ko‘tarib   kelyotganidan   oddiy   ishchi   ekanini   bilish   mumkin.   U   hikoyada   o‘zi
haqida ham biroz ma’lumot aytadi. Ko‘rinib turibdiki, u ham Rojerdek qiynalgan.
Asosiy masala esa Luella xonim ham Rojer to‘g‘ri yo‘l turib, kamida u kabi inson
bo‘lishiga ishora etyapti.
2. Sizningcha, yozuvchi bilan Rojer o‘rtasini bog‘lab turuvchi unsurlar bormi?
Izoh:  Lengston Hyuz tarjimayi holi bilan tanishganda, uni qora tanli ekanini,
qora   tanligi   tufayli   universitetdan   ketishga   majbur   bo‘ladi,   quyi   tabaqa   sifatida
35
 Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T: Innovatsiya-ziyo, 2020 – B.180.
41 qaraladi. Rojer ham qora tanli. U ham jamiyatda qiynalganidan o‘g‘rilik qilishga
majbur bo‘ladi. 
3. Luella   xonim   yoshligida   qilgan   ishlaridan   xulosa   chiqargan   deb
o‘ylaysizmi?
Izoh:  U Xudodan ham yashirmoqchi bo‘lgan ishlaridan, hozirgi yashayotgan
uyidan   ko‘rishimiz   mumkinki,   u   yaxshi   yashash   uchun   mehnat   qilgan.
Yoshligidagi xatolarini unuta olmagan, ammo o‘z xulosasiga ega.
4. Bola nega o‘g‘rilik maqsadini tan oladi?
Izoh:   Luella   xonim   tomonidan   ko‘rsatilgan   mehribonlik   va   ishonch   tufayli
zamsha tufli olmoqchi bo‘lganini aytadi. Insonning boshqa bir insonga ko‘rsatgan
oliy fazilatlari o‘sha insonda ham ana shu tuyg‘ularni paydo qiladi.
5. Ayol nega Rojerga tanlashga imkoniyat berdi?
Izoh:   Ochiq   eshik   va   oldiga   qo‘yilgan   hamyon   –   bola   uchun   tanlov   edi.
Yoki u bir insonning ishonchini oqlash, yoki hurmatsizlik ko‘rsatishi mumkin edi.
Ayol   Rojerni   sinab   ko‘rish   uchun   tanlov   imkoniyatlarini   berdi:   u   aytilgan
gaplardan xulosa chiqaradimi, yoki o‘g‘rilikda davom etadimi?
6. Xonim tomonidan nega bolaga 10 dollar berildi?
Izoh:   Bu   orqali   Luella   xonim   bolaga   ibrat   ko‘rsatdi   va   to‘g‘ri   hayotga
yo‘naltirdi.
7. Nega ayol bolani urish o‘rniga uning kir yuziga e’tibor qaratdi?
Izoh:  Bolaning kir yuzi uni nochor yoki ota-onasi yo‘qligini ko‘rsatadi va bu
Luella xonimda mehribonlik hissini oshiradi.
8. Nima uchun aynan asar “Rahmat sizga, xonim” deb nomlangan?
Izoh:   Ayol   bolaga   mehribonlik   qilgani,   uni   to‘g‘ri   hayotga   yo‘naltirgani
uchun asar shunday nomlangan. Eng asosiysi, bola chin dildan rahmat aytdi.
9. Asardan siz qanday taasssurot oldingiz? Rojer boshqa o‘g‘irlik qilmaydimi?
Izoh:   Rojer   bilan   bog‘liq   ma’lum   soatdagi   voqelik   orqali   inson   hayotda
halol   yashashi,   mehnat   orqali   rohatga   erishishi   mumkinligi   aytilgan.   Hikoya
davomida   Rojerning   holatini   kuzatib,   uni   boshqa   xato   qilmasligiga   ishonish
mumkin.
42 10. “Oyoq kiyim orzusi oyoqlaringni yomon yo‘lga boshlamasin” degan gapdan
nimani tushundingiz?
Izoh:   Mazkur   gap   judayam   ma’noli   va   har   bin   inson   uchun   ibratlidir.   Inson   o‘z
orzusi   uchun   yomon   yo‘lga   kirmasligi   lozim.   Qing‘ir   yo‘l   bilan   orzuga   erishib
bo‘lmaydi, erishganda ham rohatini ko‘rolmaydi.
Hikoya   6-sinf   o‘quvchilarining   Yoshi   va   fikrlash   doirasiga   mos.   Yuqorida
berilgan   savollar   asosida   o‘quvchi   asarning   mazmunini   to‘liq   anglaydi,   o‘g‘rilik
yomon   illat   ekani   haqida   ma’lumot   oladi   va   mana   shunday   vaziyatlarga   duch
kelganda mustaqil fikr yurita oladigan shaxs bo‘lib shakllanadi.
Rey Bredberining “Bir kunlik yoz” hikoyasi   nomidan ham juda qiziq va
darhol   o‘quvchida   “Yoz   ham   bir   kun   bo‘ladimi?”   kabi   savol   tug‘diradi.   Asar
nomidanoq   muhokamali.   Quyidagi   savollar   orqali   esa   muhokamalar   davom
ettiriladi va asar mazmuni bilan tanishiladi:
1. Margo quyoshni nega bir soat ochiladigan gulga o‘xshatmoqda?
Izoh: – Bir soat ochiladigan gulni ko rish imkoni kam, gulni ko rish uchun uningʻ ʻ
ochilishini   poylab   o tirish   kerak.   Yomg ir   yetti   yildan   beri   yog gani   bois   bolalar	
ʻ ʻ ʻ
quyosh chiqishini poylab o‘tirganga o xshaydi.	
ʻ
2. Sinfdagi bolalarning Margoga munosabati qanday?
Izoh:   Bolalar   unga   yaxshi   munosabat   qilishmaydi.   Ular   Margoni
yakkalashadi,   unga   ishonishmaydi.   Hatto   unga   nisbatan   kuch   ishlatadi.   Bu   esa
yomon illat. Hech qachon birovlarning ustidan mazax qilinmasligi kerak.
3. Sizningcha, bolalar nega o‘zgarib qolishdi?
Izoh:   Bolalar   quyoshni   ko‘rishdi,   bundan   juda   xursand   bo‘ldilar.   Margo
quyoshni eslab qolgani uchun ham u quyoshni juda ko‘rgisi kelganini tushunishdi.
4. Sizningcha,   Rey   Bredberri   voqea   uchun   nega   aynan   o‘zga   sayyorani
tanlaydi?
Izoh:  Margoning ruhiyatini ochib berish uchun Venera sayyorasida voqealar
bo‘lib o‘tadi. Bu sayyora atrofini doimo bulut o‘rab turganidan uning sirtida abadiy
yarimqorong‘ilik   hukmronlik   qiladi.   Xuddi   Margoning   atrofidagi   do‘stlari   unga
zo‘ravonlik qilgan kabi.
43 5. Margoning mangulikka asir bo‘lishi deganda nimani tushundingiz? 
Izoh:   U   yonidagi   zo‘ravonlar   tomonidan   qaznoqqa   qamab   qo‘yiladi.   Bir
kunlik   yozni,   ikki   soatgina   chiqqan   quyoshni   ko‘ra   olamydi.   Asar   so‘nggida   u
vafot etadi.
“Bir   kunlik   yoz”   hikoyasi   zo‘ravonlikka   qarshi   yaratilgan   asardir.
Globallashgan   jamiyatda   insonlar   zo‘ravonlikning   dahshatli   ko‘rinishlarining
guvohi   va   ishtirokchisi   bo‘lishmoqda.   Afsuski,   uning   ko‘rinishlari   oiladan
boshlanmoqda.   Bola   hayoti   davomida   zo‘ravonlikka   qo‘l   urmasligi,   undan
nafratlanishi   va   jamiyatda   bunday   insonlarga   qarshi   kurashishi   uchun   mazkur
hikoya 6-sinf adabiyot darsligida berib o‘tilgan.
“Har   bir   asarda   ko‘tarilgan   muammoni   aniqlashda   o‘ta   xolislik,   muallifni
qalam   tutishga   tutishga   majbur   qilgan   asl   sababni   anglab   yetishga   intilish,   uning
qaysi   muammo   va   masalalar   yuzasidan   o‘qirmanlar   bilan   dardlashgisi   kelganini
ilg‘ab   olishga   urinish   ustuvorlik   qilishi   kerak.   Kitobxon   ijodkor   ko‘targan
muammoni   to‘g‘ri   tushunib,   unga   xolis   yondashib,   muallif   nuqtayi   nazarini   to‘la
idrok   etganiga   ishongadagina   u   to‘g‘rida   yozuvchi   bilan   muloqotga   kirishishi,
bahslashishi,   uning   yondashuviga   faol   munosabat   bildirishi   mumkin” 36
.   Shunday
ekan,   o‘qituvchi   muammoli   vaziyat   yaratishda   hushyor   va   qat’iy   fikrli   bo‘lmog‘i
lozim. Chunki yozuvchining asar matni orqali bayon etmoqchi bo‘lgan maqsad va
g‘oyalarini   noto‘g‘ri   talqin   etishdan   o‘quvchilarni   ogoh   etishi   kerak.     Muammoli
vaziyatni yaratishda asosiy omillardan yana biri bu fikrlashdir. Fikrlash uchun esa
faqat   asar   matni   emas,   qo‘shimcha   faktlar   yoki   yozuvchi   shaxsiyatiga   daxldor
ma’lumotlar   topish   talab   qilinadi.   Muammoli   ta’lim   texnologiyasi,   tom   ma’noda,
bilim va mahorat talab etadi. Bu ta’lim turning afzalligi sifatida eski usuldan voz
kechib,  yangicha  talabdagi   o‘qitish   usullaridan  foydalanib,  tafakkurni   o‘stirish   va
har qanday vaziyatda yechim topishga undashni keltirish joiz.
Muammoli savol bilan oddiy savolning farqi bor. Muammoli savol yechimi
ko‘pligi,   oddiy   savol   esa   yechimi   bittaligi   bilan   farqlanadi.   Mazkur   vaziyatni
yaratishda   faqatgina   asar   matniga   asoslanib   savol   berish   yetarli   emas.   Vaziyat
36
 Qozoqboy Yo‘ldosh., Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. – T.: Kamalak, 2016 – B.68.
44 to‘liq   yechilishi   uchun   qo‘shimcha   material   va   topshiriqlardan   foydalansa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan,   Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan”
romani dan   berilgan   parchalarni   o‘qitishda   yozuvchi   shaxsiyati   bilan   bog‘lab,
muammoli   savollar   hosil   qilsa   bo‘ladi.   Jyul   Vern   va   asari   o‘rtasidagi   bog‘lovchi
ko‘prik vazifasini  bajaruvchi  bir  qancha ma’lumotlar  mavjud. Mana  shu  faktlarni
asar   tahlilida   qo‘shib   o‘tish   lozim.   Zotan   yozuvchining   asl   maqsadi   to‘laqonli
namoyon   bo‘lishida   asosli   dalil   bo‘lishi   mumkin.   Jyul   Vern   “O‘n   besh   yoshli
kapitan”   asari   darslikda   5   soat   o‘qitish   uchun   mo‘ljallangan.   Mazkur   soatlarda
o‘qituvchi   asar   matnini  ifodali  o‘qitish  bilangina  cheklanmasdan,   tahlil   maslasiga
ham  e’tibor  berishi  lozim. Avvalambor, yozuvchi  shaxsiyatini  o‘quvchiga chuqur
singdirish   masalasi   turadi.     Jahon   adabiyoti   namoyondalarining   o‘ziga   xos
xarakteri   mavjud   bo‘lib,   ushbu   xarakter   asarlarining   qon   tomirlarigacha   singib
ketgan.   Tabiiyki,   6-sinf   o‘quvchisi   bu   holatda   qiyinchilikka   duchor   bo‘ladi.
Yozuvchi   va   asarini   o‘qitishda   o‘qituvchi   quyidagi   savol   bilan   o‘quvchiga
murojaat   qilishi   kerak:   “Jyul   Vern,   sizningcha,   darslikda   berilgan   asari   bilan
tanishishingiz   davomida   bolalikdagi   orzusiga   erisha   oldi,   deb   o‘ylaysizmi?”
Mazkur   savol   asnosida   yozuvchi   dengizchi   bo‘lishni   orzu   qilgani,   dengizchi
bo‘lmagan bo‘lsa ham ko‘p sayohat qilgani va “O‘n besh yoshli kapitan” romanida
dengizchilardek   astronomiya,   tabiatshunoslik,   geografiya   va   dengiz   ilmidagi
terminlarni   chuqur   bilishiga   guvoh   bo‘lamiz.   Shu   ma’lumotlar   yuqoridagi
savolning   turli   yechimlari   bo‘la   oladi.   O‘quvchi   mantiqiy   o‘ylashni,   fakt   va
ma’lumotlarga tayanishni o‘rganadi. 
Ustozi   tomonidan   berilgan:   “Dikning   portreti   orqali   yozuvchi   o‘rtasida
o‘xshashliklarni   ko‘rdingizmi?”   degan   savoliga   javob   uchun     o‘quvchi   nafaqat
yozuvchining   biografiyasi   haqidagi   qimmatli   ma’lumotlarga,   shuningdek,
romandan   berilgan   parcha   matniga   suyanadi.   Javob   tariqasida,   Dik   obrazidagi
tirishqoqlik,   dengizchi   bo‘lish   istagi,   turli   fanlardagi   bilimlarga   ega   ekanligi   Jyul
Vern hayoti bilan bog‘liq. Yozuvchi o‘z orzusini Dikka joyladi.
Darsni   davom   ettirib   o‘qituvchi:   “Boshqa   bolalar   hali   o‘z   kelajagi   haqida
hali o‘ylashga qodir ham bo‘lmagan bir yoshda, Dik o‘z qismati haqida o‘ylar va
45 kelgusida   albatta   “bo‘laman”   deb   ahd   qilgan   edi”   degan   tasvirga  o‘quvchilarning
diqqatini   qaratadi.   “Dikning   o‘n   besh   yoshda   bunday   fikrlashiga   nima   sabab
bo‘lgan   deb   o‘ylaysiz?   “Odam   bo‘lish”   deganda   nimani   tushunasiz?”   muammoli
savollarni   o‘rtaga   tashlaydi.   O‘quvchilar   o‘z   oldilariga:   “Men   ham   odam
bo‘lamanmi?   O‘zi   odam   bo‘lish   nima   degani?   O‘n   besh   yoshda   men   nimalar
haqida   o‘ylayman?   Dik   singari   qismatim   haqida   o‘ylashni   qachon   boshlayman?
Dik   tarbiyaxonada   katta   bo‘lgani   uchun   kelajagi   haqida,   “odam   bo‘lish”   haqida
o‘ylaydimi?” kabi savollarni qo‘ysa, Dikning mulohazalarini baholay oladilar.
“–Biroq   juda   ehtiyot   bo‘lishimiz   kerak,   -dedi   Dik   Send.   –Men   tavakkaliga
ish   qilmayman,   yelkanlarning   hammasini   ko‘tarmayman.   Biroz   kechiksak
kechikarmiz,   lekin   bexavotir   bo‘lamiz”   degan   parchaga   ahamiyat   qaratiladi.
“Dikning bu qaroriga munosabatingiz qanday? Shoshqaloqlik yomon illatmi?” deb
ustoz   tarbiyalanuvchilarga   murojaat   qiladi.   Shu   paytgacha   tanishgan   darsliklarida
shoshqaloqlik haqida ularda tushuncha mavjud hamda mazkur parchani muammoli
tahlil etishda o‘sha bilimlari asqatadi.
Muammoli   vaziyat   yaratishda   o‘quvchilar   uchun   tushunarsiz   bo‘lgan   va
qo‘shimcha   ma’lumotlarga   ko‘proq   ahamiyat   berish   hamda   asardan   e’tiborsiz
qoldirilgan o‘rinlardan mantiqiy savollar tuzish orqali o‘quvchilar qiziqishi yanada
orttiriladi.   Muammoli   savol   berishdan   oldin   o‘quvchi   asar   matni   va   yozuvchi
biografiyasi bilan tanishishi shart. Asarni o‘qish barobarida o‘quvchi obrazlarni o‘z
dunyoqarashi bo‘yicha kashf qiladilar, asarga munosib baho berishni boshlaydilar.
Asarlar   shunchaki   yozilmaydi,   ularda   juda   katta   ma’nolar   yashiringan,   tarbiyaga
yo‘g‘rilgan   o‘rinlar   bisyor.   Mana   shu   tamoyilni   o‘qituvchi   alohida   eslatib   o‘tishi
lozim. 
“O‘quvchilarning   asarni   idrok   qilish   qobilyatlarini   taraqqiy   ettirish   uchun
zarur   bo‘lgan   usullarni,   asarlarning   xususiyatiga   tayangan   holda   o‘qituvchining
o‘zi tanlaydi. O‘qituvchi uchun badiiy asarni o‘rganib, eng zarur va qulay usullarni
tanlash va uni muvaffaqiyat bilan amalda qo‘llash ijodiy ish sanaladi” 37
. Ma’lumki,
har qanday asar tahlilida o‘qituvchining kasbiy mahorati, izlanuvchanligi va bilimi
37
 Zunnunov A., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 1992 – B.83.
46 yetakchi mazmunga ega. Ustoz turli metodlardan foydalanib ham muammoli ta’lim
texnologiyasida   faol   targ‘ibotchi   bo‘la   oladi.   Masalan,   “Qora   oyna”   metodi dan
muammoli   vaziyat   yaratishda   foydalansa   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Chunki
“Qora oyna” savollarga yechim topilganda sinadi, ya’ni muammoli vaziyat barham
topadi.   Mazkur   metodda   doskaga   qora   rangli   qog‘oz   yopishtiriladi.   O‘qituvchi
muammoli   savollar   bilan   o‘quvchilarga   murojaat   qiladi.   Yechim   topilsa,   oyna
singan deb tasavvur hosil qilinadi. Mazkur metod tasavvur doirasini kengaytiradi,
asarni   qay   darajada   o‘zlashtirganligini   aniqlab   beradi.   Artur   Konan   Doylning
“Mallalar   uyushmasi”   hikoya sini   tahlilida   ushbu   savollar   bilan   muammoli
vaziyat yaratish mumkin:
1. Nima uchun Sherlok Xolms singari kasb egalariga muhtojmiz?
Izoh:   Jamiyatda   befarq   insonlar   ko‘payib   ketmoqda.   Befarqlik   esa   turli
qing‘ir   ishlarga   olib   keladi.   Sherlok   Xolms   kabi   aqlli,   e’tiborli   insonlar   tufayli
yopig‘liq   qolayotgan   ishlar   ochiladi,   insonlar   ogohlikka   chaqiriladi.   Begunoh
insonlar jazodan qutqarib qolinadi.
2. Sherlok   Xolms   haqidagi   aksar   hikoyalar   doktor   Uotson   tilidan   bayon
qilinadi.   Voqeani   doktor   Uotson   nomidan   bayon   qilishda   qanday   maqsad
ko‘zlangan bo‘lishi mumkin?
Izoh:   Hikoya   matni   bilan   tanishgach,   Uotsonning   laqmaligini,   xatolar
qilishini ko‘rishimiz mumkin. Xolms esa zehnli. Xolmsni bu xususiyatini yanada
aniq ko‘rsatish uchun hikoya doktor Uotson tilidan bayon etiladi.
3. Sherlok Xolms haqidagi asarlarning birida “u inson emas, mashina” degan
fikr yangraydi. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi?
Izoh:   Qiyin   jumboqlarni   tezlikda   kalitini   topishi   sababli   unga   bunday   fikr
berilgan. Asarni o‘qish davomida bu fikrga ishonch to‘liq hosil bo‘ladi.
4. Sherlok   Xolmsni   o‘rnida   bo‘lganingizda   doktor   Uotsonni   jazolamagan
bo‘larmidingiz?
Izoh:   Uotson   laqma   bo‘ladi.   Laqmalar   esa   doim   hayotda   xato   qiladi,
aldanadi.   Vaqtida   berilgan   jazo   esa   Uotson   kabi   laqmalarni   salbiy   illatlarni
yo‘qotishga chaqiradi. Uotsonni jazolash eng ma’qul yo‘l.
47 5. Sizningcha, detektiv janrdagi asarlardan nimalarni o‘rganish mumkin?
Izoh:   Bu  janrdagi   asarlardan  jinoyat  olami  xavfli   ekanini,  har   bir  jinoyatni
ochishda   ikir-chikir   detallargacha   ahamiyat   berilishi   orqali   inson   sezgaklikka
chaqirilishini o‘rganish mumkin.
Shu   kabi   ko‘plab   savollar   orqali   tarbiyalanuvchilar   salohiyatini   tekshirish
mumkin.   Detektiv   janrda   yozilgan   asarlar   doimo   o‘qimishli   bo‘ladi.   Ba’zi
tarbiyalanuvchilar   voqealar   rivojiga   qiziqib,   asl   mazmunni   anglashmaydi.
Muammoli savollar orqali esa asarning ma’nosi anglashiladi.
                Oskar   Uayldning   “Baxtli   Shahzoda”   ertagi   matnini   o‘qish,   shuningdek,
audio yoki multifilm variantini ijtimoiy sahifalardan tinlash, ko‘rish tavsiya etiladi.
Bu orqali tarbiyalanuvchi ertakni mukammal tarzda o‘rgana boshlaydi. O‘qituvchi
tomonidan berilgan savollar orqali bilimlarini yanada mustahkamlashadi:
1. Baxtli Shahzoda qachon chinakamiga baxtga erishdi?
Izoh:   U   tiriklik   vaqtida   shohona   hayot   va   o‘yin-kulgini   baxt   deb   biladi.
Ammo   haykal   sifatida   shaharga   o‘rnatilgach,   aholini   turmush   tarzini   guvohi
bo‘ladi.   O‘z   qilmishidan   afsuslanadi.   Ammo   Qaldirg‘och   yordamida   haykalidagi
barcha   narsalari   olib   tashlansa-da,   insonlarni   mushkulini   oson   qiladi.   U   shundan
keyingina chinakam baxtli shahzodaga aylanadi.
2. Nega Misr mamlakati asarda ko‘p tilga olinadi? 
Izoh:   Misr – g‘aroyibotlar yurti. U yerda baxtli va rohat-farog‘atda yashash
mumkin.   Qaldirg‘och   obrazi   esa   Misrga   borishdan   voz   kechib,   Shahzodaga
yordam   berdi.   Xullas,   rohatdan   kechib,   qiynalgan   insonlarga   yordam   berishning
o‘zi baxtdir.
3. Shahzoda butunlay ko‘r bo‘lib qolishdan nima uchun qo‘rqmadi?
Izoh:   Baxtli Shahzoda tiriklik vaqtida aholiga yordam bermadi, faqat o‘zini
o‘yladi.   Hatto   atrofidagilar   bilan   qiziqmadi   ham.   Jamiyatga   beparvo   inson   qalb
ko‘zi   ko‘r   insondir.   Shahzoda   tiriklik   vaqtida   ko‘r   bo‘lib   yashadi.   Endi   u
insonlarga yordam berdi, shuning uchun u qo‘rqmadi.
4. Bolalarni   jini   suymaydigan   Qaldirg‘och   nega   betob   bolaga   shabada
taratdi?
48 Izoh:   U   Baxtli   Shahzodani   iltimosi   bilan   mamakatdagi   insonlarni   kuzatdi.
Shahzoda   haykal   holatida   ham   insonlarga   yordam   berganini   guvohi   bo‘ldi.   O‘zi
ham Shahzodaga, ham aholiga yordam berdi. Undagi achinish, mehribonlik hislari
betob bolaga shabada taratish holatiga sabab bo‘ldi.
5. Go‘zallik deganda nimani tushunasiz? 
Izoh:   Shahzoda   toj-u   taxtni,   shohona   hayotni   go‘zallik   deb   bildi.   Aslida,
biror   narsa   yoki   insonning   tashqi   ko‘rinishi   uning   go‘zalligini   belgilamaydi.
Shahzodaning   haykalini   olib   tashlagan   insonlar   go‘zallikdan   bexabar   insonlardir.
Inson qilgan xatti-harakati, odobi bilan go‘zallik hosil qiladi.
“Baxtli   Shahzoda”   ertagini   tahlilida   o‘qituvchi   o‘ta   ehtiyorkor   va
o‘quvchilar   tomonidan   beriladigan   savollarga   tayyor   turishi   lozim.   6-sinf
o‘quvchilari   hali   ramziy   ma’nolarni   anglolmaydi.   Ertakda   esa   ramziylik   kuchli.
O‘qituvchi  bularni bolalarga mos tarzda tushuntirib, keyin esa muammoli vaziyat
yaratishi lozim.
Muammoli   ta’limda   qiyinchiliklar   paydo   bo‘ladi.   Sust   o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar ushbu ta’lim turida ancha qiynalishishi tabiiy hol. Ammo ular ham asar
matni   bilan   yaqindan   tanishishga   harakat   qiladilar.     Agar   tarbiyalanuvchi   qancha
kam ma’lumotga ega bo‘lsa, u shuncha muammoni katta qiladi. Muammoli ta’lim
har doim ham yuqori natija bermasligi mumkin. Lekin an’anaviy ta’lim jarayoniga
qaraganda ancha samarali.
Zamon   talablariga   binoan   hamma   narsa   o‘zgarmoqda.   Yangicha   narsalar,
yangicha   g‘oyalar   paydo   bo‘lmoqda.   Shunday   ekan,   muammoli   ta’lim
texnologiyasi   ham   to‘satdan   paydo   bo‘lmagan.   Yangilikdan   samarali   foydalanib,
an’anaviylikni ham unutmaslik lozim.
49 2.1.   Jahon adabiyoti namoyondalarining asarlarini turli metod va
usullar asosida tahlil qilish (5-6-sinf darsligi asosida)
Axborot   asrida   yashar   ekanmiz,   kundan-kunga   texnika   rivojlanayotganini
guvohi bo‘lmoqdamiz. Barcha sohadagi  bilimlarni o‘zlashtirish, kerakli malakaga
ega   bo‘lish   muammolari   texnologiya   asrida   yanada   mas’uliyatlidir.   Zamonaviy
texnologiyalardan   foydalanish   orqali   ta’lim   sohasida   ham   samarali   o‘zgarishlarni
kuzatishimiz   mumkin.   Adabiyot   o‘qitishda   ham   noan’anaviy   tarzda,
texnologiyalardan   foydalangan   holda   darslar   tashkil   etilmoqda.   Adabiyotshunos
B.To‘xliyev   zamonaviy   texnologiyalardan   foydalanishning   afzalliklari   sifatida
quyidagilarni keltiradi:
“1. Vaqtdan eng unumli tarzda foydalanish imkoniyatining ortishi. 
2. Bir   dars   davomida   shakli   va   mazmuniga   ko‘ra   rang-barang   bo‘lgan
materiallardan   kengroq   foydalanish   natijasida   o‘quvchilarning   bilim
faoliyatlariga ijobiy ta’sirning kuchayishi.
3. O‘quvchi va talabalarning mustaqil fikrlashi uchun imkoniyat va ishtiyoqning
ortishi.
4. Faqat darslik materiallari bilan cheklanib qolmasdan, turli slayd, animatsiya,
multimediya,   ovozli   roliklar,   interfaol   o‘yinlardan   foydalanish   evaziga
o‘quvchilarning mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarining kuchayishi.
5. O‘qituvchidagi   ijodkorlik,   tashabbuskorlikni   shogirdlarga   “yuqtirish”
jarayonining realikka aylanishi.
6. Har bir o‘quvchi va talaba bilan individual ishlashga sharoit yaratilishi”. 38
Adabiy   ta’limda   videorolik,   asarlarning   audio   variantlari   va   yozuvchilar
tarjimayi holiga oid qiziqarli faktlar berilgan turli internet sahifalaridan foydalanish
adabiyot   o‘qitishdagi   muammolarni   kamaytirmoqda.   O‘quvchilarning   darsga
bo‘lgan   qiziqishini   oshirishda,   fikrlash   qobilyatini   kengaytirishda   va   mustaqil
shaxs   sifatida   shakllantirishda   interfaol   metod   va   usullarning   o‘rni   beqiyosdir.
Kompyuter   texnologiyasidan   foydalanilgan   holda   yaratilayotgan   yangicha
38
 To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. –T, 2012. –B.78.79.
50 yondashuv   va   QR   kodli   havolalar   asarning   mazmun-mohiyatini   anglashda
yordamchi vositalardir.
Hozirgi   vaqtda   ta’lim   jarayonida   o qitishning   zamonaviy   metodlari   kengʻ
qo llanilmoqda.   O qitishning   zamonaviy   metodlarini   qo llash   o qitish   jarayonida	
ʻ ʻ ʻ ʻ
yuqori   samaradorlikka   erishishga   xizmat   qiladi.   Bugungi   kunda   bir   qator
rivojlangan   mamlakatlarda   ta’lim-tarbiya   jarayonining   samaradorligini
kafolatlovchi   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarni   qo llashda   alohida   o rin	
ʻ ʻ
tutuvchi   metodlar   interfaol   metodlar   nomi   bilan   yuritilmoqda.   Interfaol   metodlar
deganda,   ta’lim   oluvchilarni   faollashtiruvchi   va   mustaqil   fikrlashga   undovchi,
ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo lgan metodlar tushuniladi.  	
ʻ
Interfaol   usullar   o quvchini   o quv-tarbiya   jarayonining   chinakam	
ʻ ʻ
subyektiga   aylantirib,   uni   mustaqil   fikrlashga   o rgatadi.   Bu   usullar	
ʻ
o quvchilarning fikrini uyg otadi, ular ta’lim kechimining obyekti sifatida o zlari	
ʻ ʻ ʻ
o qibgina   qolmay,   bu   jarayonning   ijrochilari   sifatida   bir-birlarini   o qitish   va
ʻ ʻ
tarbiyalash  bilan  ham  shug ullanishadi.   O zbek   pedagogika  ilmi   va  amaliyotiga	
ʻ ʻ
interfaol   usul   tushunchasining   kirib   kelishi   ham   juda   uzoq   tarixga   ega   emas.
Binobarin,   hozircha   bu   boradagi   ilmiy   ishlarning   sanog i   unchalik   ko p	
ʻ ʻ
bo lmasligi tabiiy. Lekin dunyo pedagogikasida XX asr boshlarida paydo bo lib,	
ʻ ʻ
o sha asrning oltmishinchi yillarida shakllangan va asr oxirlarida bizga kirib kela
ʻ
boshlagan   interfaol   usullardan   foydalanishning   u   yoki   bu   jihatlari   borasida   bir
qator tadqiqot ishlari qilingan. D.Dyui 39
, E.Bern 40
, S.Zanko 41
, V.V.Petrusinskiy 42
,
A.Kazakov,   A.YAkushev 43
,   M.Klarin 25
,   V.Guzeev 26
,   G.Selevko 27
,   A.Gin   va
boshqa   chet   ellik   olimlar   o z   tadqiqotlarida   turli   davrlarda   turli   ta’lim	
ʻ
muassasalarida   interfaol   usullarni   qo llash   yo llari   to g risida   o z   qarashlarini	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
bildirganlar.  
39
 Дьюи Д. Образование и демократия. –М.: 2000.  
40
  Берн   Э.   Игры,   в   которые   играют   люди.   Психология   человеческих   взаимоотношений.   Люди,   которые
играют в игры. Психология человеческой судьбы. –М.: 1988.  
41
 Занько С. Ф. и др. Игра и ученье. –М.: 1992.  
42
  Игры   для   интенсивного   обучения   /   Под   ред.   В.   В.   Петрусинского.   -Москва:   «Прометей»,   1991;   Игры   –
обучение, тренинг, досуг… / Под ред. В. В. Петрусинского. –М.: «Прометей», 1994.  
43
  Казаков   А.   Н.,   Якушев   А.   О.   Логика-1   Парадоксология.   Пособие   для   учащихся   ст.   классов   лицеев,
колледжей и гимназий. –М.: АО «Аспект Пресс», 1994. -256 с.  
51 O zbekistonlik   olimlar   ham   o qitish   jarayonida   interfaol   usullardanʻ ʻ
foydalanish   yo llari   to g risida   bir   qator   izlanishlarni   amalga   oshirishgan.	
ʻ ʻ ʻ
Ayniqsa,   B.Farberman,   D.Safin,   R.Musina,   Q.Husanboyeva,   Sh.Yusupova,
S.Odilova,   F.Egamberdieva,   Q.Qiyasova,   M.Jumaniyozova,   A.Hayitov,
N.Boymurodov   kabi   tadqiqotchilar   o z   ilmiy   ishlarida   umumiy   o rta,   o rta	
ʻ ʻ ʻ
maxsus   va   oliy   ta’lim   muassasalarining   ta’lim   jarayonida   interfaol   usullarni
qo llash muammosining turli jihatlariga to xtalishgan.  	
ʻ ʻ
Bundan   tashqari,   xotira   yordamida   o zlashtiriladigan   bilimlar   standart	
ʻ
vaziyatlar   uchungina   yaroqli   bo ladi.   Ne   azobda   o zlashtirilgan   bu   bilimlar	
ʻ ʻ
nostandart   vaziyatda   mutlaqo   ish   bermay   qolishi   mumkin.   Hayot   esa   hech
qachon   standartga   tushmaydi.   Shuning   uchun   ham   yosh   avlodni   o zi   mustaqil	
ʻ
fikrlaydigan, nostandart vaziyatlar, chigal hayotiy holatlarda eng to g ri yechimni	
ʻ ʻ
topish   yo lida   izlanadigan   qilib   o qitish   bugungi   ta’lim   tizimidagi   eng   muhim	
ʻ ʻ
masaladir.   Shu   holat   XX   asrning   ikkinchi   yarmida   pedagogikani   transaksiya
falsafasi   asosida   tashkil   etish   zaruriyatini   keltirib   chiqardi.   Bu   falsafada   bilim
emas,   o quvchi   shaxsi   bosh   qadriyat   sanaladi.   Transaksiyaga   ko ra,   bilim
ʻ ʻ
berilmaydi, balki  o quvchilarning xatti-harakat  va intilishlari natijasida ularning	
ʻ
o zlari tomonidan o zlashtiriladi. Shuningdek, unda o quvchi o qitish jarayonini	
ʻ ʻ ʻ ʻ
o qituvchi bilan birgalikda amalga oshiradigan subyekt sanaladi. Transaksiya bir
ʻ
makon va zamonda yashab turgan har bir odam olamni o z nazari bilan ko radi,	
ʻ ʻ
o zicha   tushunadi,   demak,   u   olam   hodisalarini   ham   o zicha   o rganishi   kerak,	
ʻ ʻ ʻ
degan   konstruktiv   pedagogikani   yuzaga   keltirdi.   Bugungi   kunda   ilm-u   fan
imkoniyatlaridan   ezgu   maqsadlar   yo lida   foydalanadigan,   olam   hodisalarini	
ʻ
bilishga ehtiyoj tuyadigan va uning yo llarini izlaydigan shaxslarni shakllantirish
ʻ
lozim. Mana shu holat ta’lim jarayonida interfaol metodlarning yuzaga kelishiga
sabab bo ldi	
ʻ 44
.  
Interaktiv   usullar   erkin   fikrlaydigan,   mustaqil   izlanadigan   o quvchilarni	
ʻ
shakllantirishga   yo naltiriladi.   Unda   o quvchilar   xuddi   o qituvchi   singari	
ʻ ʻ ʻ
44
  Rajabova   I .   Kasb - hunar   kollejlari   adabiyot   darslari   samaradorligini   oshirishda   interfaol   usullardan   foydalanish
yo ‘ llari . Ped . fan . nomzodi ... diss . - T .: 2011. 
52 ta’limning   subyekti,   ya’ni   ijrochisi   bo lishi,   ta’lim   olish   ularning   o zlariʻ ʻ
tomonidan   amalga   oshirilishi   ko zda   tutiladi.   Interfaol   metodlarning   asosida	
ʻ
o qituvchi   bilan   o quvchilarning   birgalikdagi   ishlashigina   emas,   balki   ta’lim	
ʻ ʻ
olayotgan   har   bir   o quvchining   bir-biri   bilan   o zaro   hamkorlikda   faoliyat	
ʻ ʻ
ko rsatishi turadi.  	
ʻ
“Interfaol”   atamasi   lotincha   “inter   akt”   so z   birikmasidan   olingan   bo lib,	
ʻ ʻ
“inter” – o zaro, birgalikda va “akt” – faoliyat ma’nolarini anglatadi	
ʻ 45
. Interfaol
metodlar ta’lim mazmuni o qituvchi rahbarligida o quvchilarning bir-birlari bilan	
ʻ ʻ
birgalikdagi   faoliyati   natijasida   o zlashtirilishini   ko zda   tutadi.   Bu   metodlar	
ʻ ʻ
o quvchilarning   faolligi,   erkin   fikrlashi,   mustaqil   izlanishi,   o zlashtiriladigan	
ʻ ʻ
ma’lumotlarga   ijodiy   yondashishiga   tayanadi.   Interfaol   metodlardan   foydalanib
bilim   olish   o quvchi   uchun   qiziqarli   faoliyatga   aylanadi.   Interfaol   usullar	
ʻ
o quvchilarni   o qitishga   emas,   balki   bilimlarni   ularning   o zlari   tomonidan	
ʻ ʻ ʻ
o zlashtirilishini   ta’minlashga   qaratiladi.   Bu   usulda   o quvchilar   materialni
ʻ ʻ
buyurilganiday emas, o zlari xohlaganday o zlashtiradilar. Interaktiv metodlarda	
ʻ ʻ
o quvchilar   yangi   bilimlarni   mustaqil   o zlashtirishga   urinishadi   va   ular,   albatta,	
ʻ ʻ
kichik guruhlarga bo lingan holda ishlaydilar. Topshiriqlarning kichik guruhdagi	
ʻ
barcha o quvchilarga berilishi ularda jamoa tuyg usini shakllantiradi.  	
ʻ ʻ
Hozirgi   kunda   mamlakatimizdagi   barcha   maktablarda   multimedia
vositalaridan   foydalanilmoqda.   Hattoki,   chekka   hududlarda   ham   maktablar
televizor,   kompyuter   va   proyektorlar   bilan   ta’minlangan.   Mazkur   sharoit
yaratilgandan   so‘ng,   o‘qituvchilarning   kasbiy   mahorati   yanada   oshmoqda.
Ko‘pgina  maktablar  va  kutubxonalar  foydali  ijtimoiy sahifalarga  ulangan.  Bu esa
o‘qituvchi   va o‘quvchilar  uchun  qulay,  tezkor   va  samarali  vositadir.  Maktablarda
dars   jarayonlarida   televizorlar   orqali   har   bir   fan   o‘qituvchilari   videoroliklar,
animatsiyalar   va   audioeshittirishlardan   foydalanishmoqda.   O‘qitishning   bunday
usuli dars sifatini oshirmoqda. Tadqiqotimizda jahon adabiyoti namoyondalarining
tarjimayi   holini   o‘qitishda   ham   multimediadan   foydalanishning   ahamiyatini
ko‘rsatib o‘tdik.
45
 Словарь иностранных слов. –М.: «Русский язык», 1979. С-23; С-198.  
53 5-6-sinf   adabiyot   darsligida   berilgan   jahon   adabiyoti   namoyondalarining
asarlarini   turli   metod   va   usullar   asosida   o‘qitishning   amaliy   ahamiyatini   quyida
ko‘rsatib o‘tiladi:
5-sinf adabiyot darsligida jahon adabiyoti namoyondalaridan bo‘lmish Aka-
uka   Grimmlarning   “Botir   tikuvchi”   ertagini   muammoli   tahlil   qilishdan   tashqari,
“Qarsak”   metodi   asosida   tahlil   qilish   ham   tavsiya   etiladi.   Muammoli   tahlilda
o‘quvchilarning   fikrlashi   asosiy   e’tiborga   olinsa,   “Qarsak”   metodi   orqali   asar
matni bilan o‘quvchilarning tanishgan yoki tanishmaganini bilib olish mumkin. Bu
orqali ertakni o‘qigan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, o‘qimaganlariga esa tarbiyaviy
tarzda   tanbeh   beriladi.   “Qarsak”   metodi   5-sinf   bolalari   yoshiga   mos.   Mazkur
metod   orqali   ularning   kayfiyati   ko‘tariladi   va   tezkor   fikrlashga   majbur   etiladi.
“Botir  tikuvchi”  ertagini  tahlil  qilish  davomida  o‘quvchilar   o‘rnilaridan  turishadi.
O‘qituvchi   ertak   bo‘yicha   savollar   bilan   o‘quvchilarga   murojaat   qiladi.   Savollar
asar   matnidan     beriladi.   Savollarda   to‘g‘ri   va   xato   ma’lumotlar   aytiladi.
Ma’lumotlar   to‘g‘ri   bo‘lsa,   qarsak   chalinadi;   xato   bo‘lsa,   qarsak   chalinmaydi.
O‘qituvchi   diqqat   bilan   bolalarni   kuzatib,   xato   ma’lumotlar   berilganda   qarsak
chalgan   o‘quvchilarni   alohida   ishlash   uchun   ajratib   boradi.   Mazkur   metodning
yana bir afzalli - sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan alohida ishlanishi. 
1. Gans ko‘chada anjir murabbosini sotilayotganini eshitdi.
2. Gans uyidan chiqishda cho‘ntagiga pishloq soladi.
3. Pishloq – suv, qush –tosh. 
4. Tikuvchi daraxtning tanasini, ulkan odam shoxlarini ko‘tardi.
5. Ulkan odamlar qirolga Gans haqida yetkazishdi.
6. Botir tikuvchi asar so‘nggida taxtga o‘tirdi.
7. Tikuvchi hammaga yaxshi muomala qildi.
8. Botir tikuvchi – ishbilarmon obraz.
Nodar   Dumbadzening   “Hellados”   hikoyasini   o‘qitishda   “Uchar   to‘p”
metodi dan   foydalanish   tavsiya   etiladi.   Ushbu   metod   o‘quvchilarning             aqliy
qobiliyatini charxlaydi, tezkor fikrlashga undaydi. O‘qituvchi bu metodni qo‘llash
uchun darsga oldindan tayyorgarlik ko‘rib, savollar tuzadi. Bunday tashkil etilgan
54 dars sifatli bo‘ladi: o‘qituvchi ham darsga tayyorgarlik ko‘radi, o‘quvchi ham asar
matni bilan ishlaydi. “Uchar to‘p” metodini qo‘llash uchun savollar:
1. Yanguli Venetsian ko‘chasida kim bilan yashaydi?
2. Jamolning xolavachchasi kim?
3. Bolalar skripka ovozini qayerdan eshitishgan?
4. Nega   Yanguli   Jamoldan   birinch   marta   musht   yeganida   qaytarib
mushtlamadi?
5. Jamolning   onasining   o‘limini   bilgan   Yanguli   sizda   qanday   taassurot
qoldirdi?
6. Suxumida undan-da go‘zal qiz yo‘q. Uning ismi kim?
7. Yanguli uchun Vatan nima?
8. Jamolning ijobiy fazilatlari qay o‘rinlarda namoyon bo‘lgan?
Bundan tashqari “Hellados” hikoyasini o‘qitishda   “Qahramonga maktub”
usuli dan ham foydalanish tavsiya etiladi. Chunki asar juda ham katta ta’sirga ega.
O‘quvchi   o‘zida   paydo   bo‘lgan   savollarga   javob   topishi   uchun   Yanguli,   Jamol,
Koka   kabi   obrazlarga   maktub   yozishi   mumkin.   Obrazlarga   ularning   yutuq,
kamchiliklarini,   o‘zining   maslahatlarini   asar   matniga   asoslangan   holda
maktublarida   aks   ettirish   mumkin.   Mazkur   usulda   shaxsiy   fikrlari   yanada
shakllanayotgan bolalarning ruhiyati ham o‘rganiladi. 
O‘quvchilar har bir asarni tahlil qilishdan oldin albatta uni o‘qishlari lozim.
O‘qishning o‘quvchi tuyg‘ulariga ta’siri katta. Emotsional  va obrazli o‘qilgan har
qanday   asar   o‘quvchi   qalbiga   yetub   boradi,   insoniy   fazilatlarini   yuksaltiradi.
Badiiy asar matnini ifodali o‘qish – asarga o‘quvchining ma’lum ma’noda bahosini
berish   sanaladi.   Adabiyotshunos   Q.Yo‘ldosh   shunday   deydi:   “Ifodali   o‘qish,
ayniqsa,   5-8-sinflarda   asarning   emotsional   ta’sir   kuchini   sezdirish,   uni
o‘quvchilarning ko‘ngil mulkiga aylantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Negaki
bu davrda o‘quvchilarda olam hodisalariga hissiy munosabat ustuvorlik qiladi. Bu
yoshdagi   o‘smirlar   dunyo   holatlarini   o‘z   shaxsiyatlari   orqali   qabul   qilishadi” 46
.
46
  Yo ‘ ldosh   Q .,   Yo ‘ ldosh   M .   O ‘ zbek   adabiyotini   o ‘ qitish   metodikasi .   – T .:   G ‘ afur   G ‘ ulom   nomidagi   nashriyot -
matbaa   ijodiy   uyi , 2022. – B .206.
55 Jahon adabiyotini o‘qitishda o‘qituvchidan ko‘proq obrazlarga kirib ifodali o‘qish
tavsiya   etiladi.   An’anaviy   o‘qitishda   ifodali   o‘qishga   keng   o‘rin   berilib,   bu   holat
dars   sifatiga   salbiy   ta’sir   etdi.   Ifodali   o‘qishning   ham   o‘z   me’yorida   bo‘lgani
ma’qul.   Jahon   adabiyoti   durdonalarini   o‘qitishda   ham   me’yor   va   vaqt   taqsimoti
masalalariga   alohida   yondashish   lozim.   AQSH   adabiyotining   ko‘zga   ko‘ringan
vakili   Lengston   Hyuzning   “Rahmat   sizga,   xonim”   hikoyasini   ifodali   o‘qish
ustozning   zimmasidagi   vazifa.   Mazkur   asar   matnni   bilan   ishlash   uchun   1   soat
mo‘ljallangan.   O‘qituvchi   bemalol   ifodali   o‘qish   uchun   vaqt   taqsimotini   amalga
oshira   oladi.   Tarbiyalanuvchilar   uning   ifoda   bayoniga   qarab   o‘zlari   ham   mashq
qilishadi.   Bunga   qo‘shimcha   tarzda   aytish   mumkinki,   biror   bir   asarni
sahnalashtirish   uchun   ham   asqatadi.   Asardan   ma’lum   bir   qism   ifodali   o‘qilgach,
o‘quvchilar tomonidan ayrim parchalari obrazlarga kirilgan holda o‘qiladi. Bu usul
ularning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga layoqatini shakllantirib boradi. 
Zamonaviy   o‘quvchilar   ko‘proq   rag‘batlantirishni   istashadi.   Adabiyot
o‘qitishda   qo‘llanilayotgan   ayrim   metod   va   usullar   ular   uchun   ayni   muddao.
Shunday   metodlardan   bir   “Bozoringizni   bersin”   metodi   sanaladi.   Turli
mahsulotlarning rasmlari tasviri tushirilgan kartochkalar tayyorlanadi. Ularning har
biriga “3”, “4”, “5” baholaridan biri yoziladi. Kartochkalar orqasida shu baholarga
mos   savollar   yoziladi.   O‘quvchi   o‘zi   istagan   mahsulotlarni   savatchalarga   soladi
(xarid qiladi). Tanlagan mahsulotlari orqasidagi savollarga javob beradi va shunga
qarab baholanadi.
                              
       
Savollar:
1. Rojerning o‘nida bo‘lsangiz o‘g‘rilik qilarmidingiz?
2. Bola nega ayolning sumkasini yelkasidan yulib oldi?
56 3. Rojer ochiq qolgan eshikdan nega chiqib jketmadi?
4. Rojer Luella xonimga nega yordam bergisi kelib qoldi?
5. Aynan xonimning Rojer bilan to‘qnashuvi tasodifmi?
6. Asarda sizga eng ta’sir etgan joy?
7. Siz bu asardan qanday xislatlarni o‘rgandingiz?
8. Luella xonim qanday inson?
“Bozoringizni   bersin”   metodidan   dars   jarayonida   foydalanish
o‘quvchilarning   o‘qib   tushunish   va   og‘zaki   nutq   malakasini   rivojlantiradi.
Texnologiya va mehnat fani bilan integratsiya bo‘ladi. Ya’ni o‘quvchi xarid qilish,
xarid jarayonida o‘zini tutish madaniyati rivojlantiriladi.
Amerikalik   taniqli   yozuvchi   Rey   Bredberining  “Bir   kunlik  yoz”   hikoyasini
o‘qitish uchun 3soat vaqt ajratilgan. 1-soatda asar matni bilan ishlanishi va ijodkor
tarjimayi   holiga   oida   ma’lumotlar   so‘ralishi   lozim.2-soatda   esa     o‘qituvchi
tomonidan   asar   yanada   tushunarli   bo‘lishi   uchun   qisqa   tarzda   qayta   hikoya
qilinadi.   Bundan   so‘ng   o‘quvchilar   asardan   berilgan   parcha   bilan   tanishgan   yoki
tanishmaganligini   tekshirish,   o‘quvchilarni   rag batlantirish   uchun  ʻ “Piyola ”
metodidan   foydalanish tavsiya etiladi. Bu metodni amalga oshirish uchun dastlab
beshta   o‘quvchi   doskaga   chiqariladi   va   o‘qituvchi   ularning   o‘rtasida   turadi.
O‘qituvchining   qo‘lida   piyola   bo‘lishi   kerak   va   u   o‘quvchilarga   piyolani   turli
usullarda savol bilan murojaat qilib uzatadi. O‘quvchi javob bergach o‘qituvchiga
piyolani   uzatadi   va   qolgan   o‘quvchilar   ham   shu   tarzda   savol-javob   qilinadi.   Bu
metod   orqali   o‘quvchining   hushyorligi   oshiriladi,   bilimi   nazorat   qilinadi   va
o‘qituvchi uchun ularni baholash osonlashadi.
Savollar:
1. Venera qanaqa sayyora?
2. Asar nega bunday nomlangan?
3. Margoning sinfidagi shiorlar qanaqa?
4. Nega Margoni qamab qo‘yishdi?
5. O‘quvchilarda necha soat vaqt bor edi?
6. Bolalar qilgan ishidan afsuslandimi?
57 7. Zo‘ravonlik qanaqa illatlarga sabab bo‘lar ekan?
8. Margoni o‘rnida bo‘lsangiz, nima qilgan bo‘lar edingiz?
“Piyola”   metodi   orqali   o‘quvchilarning   diqqati   oshiriladi,   tasavvur   doirasi
kengayadi, shuningdek, ehtiyotkorlik tuyg‘usini ham o‘rganishadi. Turli usullarda
uzatilgan piyola o‘quvchilar diqqatini oshiradi, ichidagi savollar esa issiq choydek
tasavvur etiladi. Savolga javob berolmagan, piyolani darhol ushlamagan o‘quvchi
qo‘lini kuydirib olgandek tasavvur etishadi.
“Moslik jadvali”.  Bu metodda bir qatorga raqamlangan holda ma’lum  tushuncha beriladi,
ikkinchi qatorda esa izohlar berilgan boʻladi. Tushuncha va fikrlar oʻquvchilar tomonidan moslantiriladi.
Tushuncha Izoh
1. Bolalar Zaif va rangpar
2. Margo Yomg‘irlarga asir bo‘lgan joy
3. Ogayo Quyosh chiqmaydi
4. Zuhro Abadiy   yomg‘irdan   boshqa   narsani
bilmaydi.
5. Yetti yil AQSHdagi shtat nomi
“Bir   kunlik   yoz”   hikoyasini   o‘qitishda   mazkur   metoddan   foydalanish
samarali   hisoblanadi.   O‘quvchilarning   xotirasini   charxlashda,   yakuniy   tahlilga
tayyorlashda   samaralidir.   Oxirgi   soatda   oldingi   faslda   keltirilgan   muammoli
savollar bilan dars yakunlanadi, xulosa chiqariladi.
Jyul   Vernning   “O‘n   besh   yoshli   kapitan”   asarining   “Dik   Send”   bobi   va
portret   haqida   ma’lumot   berish   1   soat   o‘qitish   uchun   mo‘ljallangan.   Asardan
berilgan parcha bilan   o‘quvchilarni tanishtirib bo‘lgach, ustoz portret haqida ham
tushuncha berish kerak. Chunki u orqali o‘quvchi obrazlarni tasavvur qilish doirasi
kengayadi. “Badiiy asarda qahramonning tashqi  qiyofasi, kiyimi, yuz ifodalari va
xatti-harakatlari tasviri portret deyiladi. Portret bizga qahramonni tasavvur qilishga
yordam   beradi.   Ko‘p   holatlarda   portret   orqali   muallifning   qahramonga
munosabatini   ham   ko‘rishimiz   mumkin” 47
.   Bu   ma’lumotlarni   o‘quvchilar
47
 Mirzayev Z., Jalilov K. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. –T., 2022. –B.125.
58 tushunishi  va “Dik Send” bobini  mustahkamlashi  uchun   “To‘rtinchisi  ortiqcha”
metodi dan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur metod orqali o‘quvchilarning bilish
jarayonlari rivojlanadi. Asarda keltirilgan ma’lumotlar orasida boshqa asardan ham
ma’lumotlar   keltiriladi.   O‘quvchilar   esa   ortiqcha   bo‘lgan   ma’lumotni   topishlari
kerak bo‘ladi:
Negoroning portretiga mos tushmagan ortiqcha ma’lumotni toping.
a) qovog‘i soliq;
b) kamgap;
c) to‘rt yoshida o‘qishni o‘rganadi;
d) juda baquvvat odamday ko‘rinadi.
Dik obraziga xos bo‘lmagan xususiyatni toping.
a) “odam bo‘laman” deb ahd qilgan edi;
b) tarbiyaxonada o‘sgan;
c) u yoshligidan dengizga ishqiboz edi;
d) Portugaliyada tug‘ilgan.
Kapitan Gul bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotni toping.
a) “Piligrim” kemasi qo‘mondoni;
b) qobilyatli Dikka e’tibor berdi;
c) qirq yoshlarga borgan edi;
d) missis Ueldon haqida tashvish tortdi.
Shu   kabi   savollar   bilan   “To‘rtinchisi   ortiqcha”   metodini   amalda   qo‘llash
mumkin.   Mazkur   metod   orqali   o‘quvchilar   asarlarni   sinchikovlik   bilan   o‘qishga
odatlanishadi. O‘quvchilarning saviyasi oshishida muhim rol o‘ynaydi.
Keyingi   dars   soatlarida   ham   bir   qancha   metod   va   usullardan   foydalanish
tavsiya   etiladi.   “O‘n   besh   yoshli   kapitan”   asari   mazmunini   anglashda,
o‘quvchilarning fikrlashlarini oshirishda “Singan tuxum”, “G‘ijimlangan qog‘oz”,
“Meni   tozalang”   metodlaridan   foydalanish   mumkin.   Mazkur   metodlar   so‘nggi
kunlarda pedagoglar tomonidan keng qo‘llanilmoqda. Jyul Vern “O‘n besh yoshli
kapitan”   romanining   “Kapitan   Send”   bobini   o‘rgatishda   “Singan   tuxum”
metodi dan foydalanish lozim. Mazkur metod orqali o‘quvchilarning asar bilan qay
59 darajada tanishganini bilish mumkin. Asosiysi, mazkur metod o‘quvchilarni tezkor
fikrlashga undaydi. Metodni amalga oshirish uchun o‘qituvchi rangli qog‘ozlardan
foydalangan   holda   tuxum   siniqlari   shaklini   yasashi   lozim.   Tuxum   ikkiga   singan
bo‘ladi   hamda   siniqlarida   asarga   oid   ma’lum   jumla   va   obrazlar   yoziladi.
Shakllarning   birida   obraz   yozilsa,   ikkinchisida   unga   xos   xususiyat   aks   etadi.
O‘quvchi esa ularni to‘g‘ri topib, singan tuxumni butun holga keltirishi lozim. 
“Singan tuxum” metodi
                                          
Tuxum siniqlarida quyidagilar yozilishi mumkin:
1. Asardagi kema nomi -  Piligrim.
2. Dik uni otasiday yaxshi ko‘radi – kapitan Gul.
3. Dik   kema   yelkanlarini   ...   va   uning   sheriklari   bilan   tushirishi   mumkin   –
Tom.
4. Missis Ueldonning o‘g‘li – Jek.
5. Kema oshpazi – Negoro.
Mazkur   metod   pedagog-o‘qituvchilar   uchun   katta   ahamiyat   kasb   etmoqda.
Respublikamizning   deyarli   barcha   maktablarida   metoddan   foydalanilib,   samarali
darslar tashkil etilmoqda. Mazkur metod 6-sinf o‘quvchilari yoshiga mos. Ularning
zerikib   qolmasliklari,   diqqatini   bir   joyga   jamlashi   uchun   ham   mazkur   metod   o‘z
natijasini ko‘rsatmoqda.
“O‘n   besh   yoshli   kapitan”   asarining   “Nima   qilish   kerak”   bobini   o‘qitish
uchun   “G‘ijimlangan   qog‘oz”   metodi dan   foydalanilsa   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi.   Ushbu   metodni   qo‘llashdan   maqsad:   barcha   o‘quvchilarni   darsga   jalb
qilish,   bilimini   tekshirish   hamda   har   qanday   vaziyatda   o‘z   fikriga   ega   bo‘lishga
tayyorlashdan iborat. Mazkur metodni qo‘llash 3 bosqichda amalga oshiriladi:
60 1. O‘quvchilar   “Nima   qilish   kerak”   bobini   mutolaa   qiladilar.   Ushbu   bob
ichidan, oldingi boblardan oq qog‘ozlarga savollar yozishadi. Keyin savollar
yoziilgan   qog‘ozlar   g‘ijimlanib,   savatchaga   mo‘ljallab   otiladi.   Bu   orqali
ularni jismoniy harakatga ham keltiriladi. Shuningdek, o‘quvchilar mo‘ljal –
savatni   aniq   ko‘zlashi   orqali   maqsadlarini   aniq   qilib   borish   tushunchasi
shakllanadi.
2. Har   bir   o‘quvchi   savatlardan   xohlagan   qog‘ozlarni   olishadi.   G‘ijimlarini
ochib, berilgan savolga javob yozadilar hamda fikrni izohlash uchun so‘roq
belgisidan foydalanadi. Qog‘ozlar yana g‘ijimlanib, savatga otiladi. 
3. Qog‘ozlar   savatdan   olinib,   savolga   yozilgan   javob   izohlanilishi   kerak.
O‘quvchilar bunga qiynalishsa, o‘qituvchi ularga ko‘mak berishi lozim.
Shunday   qilib,   o‘tilgan   dars   soatlari   mustahkamlanadi,   o‘quvchilar   darsda
ham   jismoniy,   ham   aqliy   mehnat   qilib   borish   ko‘nikmalarini   shakllantiradi.
Mazkur     metoddan   foydalanish   davomida   barcha   tarbiyalanuvchi   har   xil   savollar
yozishi mummkin. Misol tariqasida asardan savol yozib, unga javob va izoh berish
keltirib o‘tildi:
Savol: Nega “Piligrim” kemasi halokatga uchradi?
Javob:   Negaro   kompasga   temir   yopishtirgani,   kemaning   yo‘nalishi   noto‘g‘ri
ketgani hamda kema toshlarga urilgani uchun.
Izoh:   Negaro   o‘n   besh   yoshli   Dikning   kapitan   bo‘lganiga   hasad   qildi,   shu
sababli kompasga temir yopishtirdi.
Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan” asarini o‘rgatishning oxirgi soatida
oldingi   faslda   berilgan   muammoli   savollardan   foydalaniladi.   O‘quvchilar   darsda
zerikib qolmasliklari, asardan xulosa chiqarishlarida   “Meni tozalang” metodi dan
ham   foydalanish   lozim.   Mazkur   metodni   amalga   oshirish   doskaga   asardagi
obrazlar, joylar va predmetlar nomi yoziladi. O‘quvchilar doskaga chiqib, doskada
yozilgan   so‘zlardan   birini   asardagi   o‘rniga   qarab   izohlaydi   va   to‘g‘ri   berilgan
javob orqali doskadagi izohlangan so‘z tozalanadi. Doskadagi so‘zlar izohlangach,
doska   butunlay   toza   bo‘ladi.   Ko‘rish   mumkinki,   asar   o‘quvchilar   tomonidan
o‘rganilgan. Doskaga yozish uchun asardan bir qancha so‘zlar saralab olinadi:
61 “Meni tozalang” metodi
Mazkur   metod   ommalashgan   metod   sanaladi.   Ahamiyatlisi,   o‘quvchilar
bilimi sinaladi, asar bilan qay darajada tanishgani yuzaga chiqadi. “Meni tozalang”
metodi orqali o‘quvchilarda xulosa chiqarish ko‘nikmasi shakllanadi. Metod orqali
ham darslik bilan, ham doska bilan ishlanadi.
Artur   Konan   Doylning   “Mallalar   uyushmasi”   hikoyasini   o‘rgatish   uchun   3
soatga   mo‘ljallangan.   Mazkur   soatlardan   unumli   foydalanib,   darsni   mazmunli
tashkil   etish   o‘qituvchi   zimmasidagi   vazifa   sanaladi.   O‘tilgan   mavzuni
mustahkamlash   uchun   ‘‘Qiziqarli   boshqotirma’’   metodidan   foydalanamiz.
O‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuga oid qiziqarli, mantiqiy topshiriqlarni beradi. Bu
o‘quvchilar xotirasi va zehnini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Qiziqarli boshqotirma
1. Doktor   Uotson   hikoya   qiladi:   “Bir   kuni   do stim   bilan   Londondagi   arzonʻ
tamaddixonalardan   biriga   choy   ichgani   kirdik.   Xolms   choyga   shakar
aralashtirar ekan, unda pashshani ko rib qoldi va ofitsiantni chaqirib, ko rsatdi.	
ʻ ʻ
Ofitsiant   uzr   so rab,   Xolmsning   choy   solingan   finjonini   olib   ketdi.   Ofitsiant	
ʻ
uzoqlashgach,   Xolms   dedi:   “Ko rasiz,   azizim   Uotson,   ofitsiant   xuddi   shu	
ʻ
choyni qaytarib olib kelib beradi”.     Birozdan keyin ofitsiant Xolms oldiga bir
finjon   choy   olib   kelib   qo ydi   va   yana   bir   bor   uzr   so rab,   oshxonaga   ketdi.	
ʻ ʻ
62 Finjonda pashsha yo q edi. Xolms choydan ho plab, “Aytmadimmi, Uotson?”ʻ ʻ
dedi”. 
Xolms   ofitsiant   xuddi   o sha   finjon   choyni   qaytarib   olib   kelganini   qanday	
ʻ
bildi? 
Javob: Xolms ofitsiant choyni olib ketishidan oldin unga shakar solgan edi.
Ofitsiant ikkinchi marta olib kelgan choy shirin edi.
2. Doktor   Uotson   hikoya   qiladi:   “Bir   kuni   uyga   qaytayotganimda   yo ldan	
ʻ
o tayotgan   keb   ustimga   suv   sachratib,   hammayog imni   shalabbo   qildi.	
ʻ ʻ
Xolms uyda meni bu ahvolda ko rib, bir savol berdi: “Nima quritayotganida	
ʻ
ho l bo ladi?” 	
ʻ ʻ
Savolning javobini topib ko ringchi? 	
ʻ
Javob: Sochiq.
3. Doktor Uotson hikoya qiladi: “Bir kuni missis Hadsonning (missis Hadson –
  Xolms   va   Uotson   ijarada   yashaydigan   uyning   bekasi)   jiyani   keldi.   U
xolasining muhim bir  qog ozini  Hadsonning sumkasidan olibdi. Biz uni  bu
ʻ
qilmishi uchun koyisak, o zini oqlashga tushdi: “Men bu qog ozni tasodifan
ʻ ʻ
kitob   orasidan   topib   oldim,   xolam   solib   qo ygan   ekan.   47   va   48-sahifalar	
ʻ
orasiga”. Xolms uning yolg on gapirayotganini darhol payqadi.	
ʻ
Qanday qilib? 
Javob:   Kitob   sahifalari   o ng   tarafdan   boshlab   raqamlanadi.   48-bet   47-
ʻ
betning orqa tarafida bo ladi, demak, ular orasiga hech narsa solib bo lmaydi.	
ʻ ʻ
Asar   detektiv   bo‘lgani   uchun   aynan   “Qiziqarli   boshqotirma”   metodi   mos
tushadi.   O‘quvchilar   bu   orqali   o‘zlarini   Xolmsga   qiyoslaydilar,   asarni   sevib
mutolaa qiladilar. 
‘‘Klaster’’ metodi
63 O‘quvchilarning   asardan   olgan   xulosalarini   “Klaster”   metodi   orqali
aniqlaymiz. Mazkur metod o‘quvchilarga mavzu yuzasidan erkin, ochiq o‘ylash va
fikrlarini   bemalol   bayon   etish   uchun   sharoit   yaratishga   yordam   beradi.   Ushbu
metod   muayyan   mavzuning   o‘quvchilar   tomonidan   chuqur   hamda   puxta
o‘zlashtirguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda borishini ta’minlaydi. Bu
metodda   o‘quvchilar   fikri   tarmoqlanadi,   ya’ni   mavzuga   taalluqli   tushuncha   yoki
aniq   fikrni   erkin   va   ochiq   ravishda   ketma-ketlik   bilan   uzviy   bog‘lagan   holda
tarmoqlashga   o‘rgatadi.   “Mallalar   uyushmasi”   asarida   “Klaster”   metodi   uchun
voqealarni ketma-ketlikda aytib, ularga izoh berishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
1. Xolms va Uotson suhbati.
2. Mallalar uyushmasi.
3. Mister Uilson murojaati.
4. Xolmsning mahorati.
“Mallalar   uyushmasi”   hikoyasini   o‘rgatishda   “Musiqiy   shlyapa”
metodi dan foydalanish mumkin. Mazkr  metod adabiyot  fani  uchun mos. Amalga
oshirish   uchun   shlyapa   hamda   musiqa   kerak   bo‘ladi.   Musiqani   telefon,   sinf
televizoridan   qo‘yish   mumkin.   O‘quvchilar   yoshiga   mos   tarzda   o‘qituvchi
tomonidan   musiqa   tanlanadi.   Mazkur   metodni   amalga   oshirish   uchun   butun   sinf
yoki  sinf  o‘quvchilarining ma’lum  bir  qismi  qamrab olinishi  mumkin. Shlyapalar
64 o‘quvchilar   boshida   aylanib   yuradi.   O‘qituvchi   5   sekund   musiqa   qo‘yib   o‘chirdi.
Musiqa   o‘chirilgan   vaqti   shlyapa   kimni   boshida   bo‘lsa,   o‘sha   o‘quvchi
o‘qituvchining   savoliga   javob   beradi.   Savollarga   javob   bera   olmagan   o‘quvchilar
metodni   amalga   oshirishda   qatnasha   olmaydilar.   O‘qituvchi   shunga   o‘xshash
savollar berishi mumkin:
1. Sherlok   Xolms   haqidagi   asarlardan   birida   “u   inson   emas,   mashina”   degan
fikr yangraydi. Siz bu fikrga qo shilasizmi?ʻ
2. Sherlok   Xolms   haqidagi   aksar   hikoyalar   doktor   Uotson   tilidan   bayon
qilinadi.   Voqeani   doktor   Uotson   nomidan   bayon   qilishda   qanday   maqsad
ko zlangan bo lishi mumkin?	
ʻ ʻ
3. Xolms va Uotson obrazlarining farqli jihatlari nimada?
4. Artur   Konan   Doyl   bu   hikoyani   mashhur   izquvar   haqidagi   asarlari   ichidan
eng   saralari   ro yxatiga   kiritgan   edi.   Siz   muallifning   bu   bahosiga	
ʻ
qo shilasizmi? Nima uchun?	
ʻ
5. Ayrimlar   detektiv   janridagi   asarlarni   haqiqiy   adabiyot   qatoriga
qo shishmaydi. Siz bu fikrga qo shilasizmi?
ʻ ʻ
6. Sizningcha, detektiv janridagi asarlardan nimalarni o rganish mumkin?	
ʻ
7. Sherlok Xolms singari kasb egalariga nima uchun muhtojmiz?
Mazkur   metod   orqali   o‘quvchilar,   o‘qituvchilar   uchun   ham   manfaaatli
metodlardan   bittasi.   Darsga   esa   kayfiyat   olib   kiradi.   Ham   ta’limiy   jarayon,   ham
dam   olish   daqiqasini   o‘zida   umumlashtirgani   bilan   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.
Mazkur metodda faqat savollar emas, boshqa topshiriqlar ham berish mumkin. Bu
o‘qituvchining ixtiyorida bo‘ladi. 
                                      
65 Oskar   Uayldning   tarjimayi   holi   uchun   1   soat,   “Baxtli   shahzoda”   ertagini
o‘qitish   uchun   2   soat   mo‘ljallangan.   Oskar   Uayld   bilan   tanishgach,   ertak   haqida
o‘quvchilar  bilan  savol-javob  qilinadi.  O‘quvchilarga  uch  daqiqa  vaqt  beriladi   va
bu   vaqt   davomida   ular   shu   paytgacha   mutolaa   qilgan   ertaklari   nomlarini   yozishi
kerak. Mazkur topshiriq  “Yashil ruchka”  usuli asosida tekshiriladi. Bu metodning
o‘ziga   xos   afzalliklari   mavjud   bo‘lib,   o‘quvchilarni   ruhiyatiga   ijobiy   ta’sir   etadi.
Chunki   qizil   ruchkada   ularning   xatolari   ko‘rsatilganda   tushkun   kayfiyatga
tushishlari mumkin.bu metodning yana bir afzalligi shundaki, o‘quvchi yanada faol
bo‘lishga harakat qiladi.  Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
O‘quvchilarning   ertak   bilan   tanishgan   yoki   tanishmaganligini   bilish   uchun
“Issiq   qahva”   metodi dan   foydalanish   tavsiya   etiladi.   Doskaga   turli   rangdagi
qog‘oz   qahva   idishlari   yopishtirilgan   ko‘rgazmali   qurol   ilinadi.   Qahvalar   ichida
o‘tgan   dars   bo‘yicha   savollar   yozilgan   bo‘ladi.   Mazkur   metodning   afzalligi:
o‘quvchilarning   xotirasi   oshadi,   darsga   diqqati   jamlanadi,   qoloq   o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar   ham   metod   nomiga   qiziqqan   holda   darsga   qatnashadi.   Nega   aynan
metod   nomi   bunaqa,   degan   savol   tug‘ilishi   tabiiy.   O‘quvchilar   qahva   ichidagi
savollarga javob topadilar hamda qahva, ya’ni baho bilan siylanadilar.
                             
“Zinama –zina” metodi.   Bu metodni qo‘llashning ikki xil usulini qo‘llash
tavsiya   etiladi.   1-zinalar   tepaga   qarab   kengayib   boriladi,   2-zinalar   esa   aksincha
pastga   qarab   torayib   boradi.   1-zinalarda   Shahzoda   va   Qaldirg‘ochning   ijobiy   deb
topilgan xislatlari, 2-zinada esa salbiy deb topilgan xislatlari yoziladi.
Yuqoridagi   metodlar   vositasida   o‘quvchilar   bilimi   baholanadi,   sust
o‘zlashtirgan   o‘quvchilar   ogohlantiriladi.   O‘quvchilarni   noan’anaviy   tarzda
baholash tavsiya etiladi. Chunki darsga bo‘lgan qiziqishi yanada oshadi. Masalan,
66 Shahzoda   rasmi   tushirilgan   qog‘ozchalarni   a’lo   bahoda   o‘zlashtirganlarga,
Qaldirg‘och   rasmi   tushirilgan   qog‘ozchalarni   yaxshi   o‘qiganlarga   va   qoniqarli
o‘qiganlarga saroy amaldori rasmi tushirilgan qog‘ozchalarni daftariga yopishtirib
baholash tavsiya etiladi.
“Jonlantirish”   san’atini   tushuntirishda   “FSMU”   metodidan   foydalanish   tavsiya
etiladi. O‘qituvchi jonlantirish san’ati haqida tushuncha bergach, mazkur metodni qo‘llay oladi.
F- fikr S-sabab M-muhokama U-umumlashma
Xulosa   qilib   aytganda,   5-6-sinf   darsliklaridagi   jahon   adabiyoti
namoyondalarini yuqoridagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
o‘qitish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   metodlar   o‘quvchilarning   darsga   bo‘lgan
qiziqishini oshirishga, adabiyotga muhabbat uyg‘otishiga zamin yaratadi.
Bob bo‘yicha xulosa
1. Maktab   5-6-sinf   adabiyot   darsliklarida   jahon   adabiyoti   durdonalarini
texnologiya asri o‘quvchilariga tushuntirishda interfaol metodlar, texnologik
yondashuvlar asosida o‘rgatish lozim. Muammoli ta’lim asosida dars tashkil
qilish,   uning   o‘quvchilar   va   dars   uchun   ahamiyatini   yoritish   ko‘rsatiladi.
Muammoli   ta’lim   bo‘yicha   jahon   olimlaridan   X.Loxman,   V.Okon,
M.Maxmutov,   A.Matyushkin,   A.Ilnitskayalarning   olib   borgan   izlanishlari
asosida tadqiqotda asarlar tahlili berilgan.
2. O‘zbek   metodistlaridan   A.Abdurazzoqov,   I.Rahimova,   Q.Husanboyeva   va
Sh.Jamoldinovalar   tadqiqotlari   asosida   jahon   adabiyoti   namoyondalarining
asarlarini   muammoli   vaziyat   asosida   tahlil   qilish   masalalari   yoritilgan.
Muammoli   ta’limning   o‘quvchilar   bilimini   oshirish,   darsda   o‘rganganlarini
hayot faoliyatlarida qo‘llash uchun xizmat qilish masalasi yotitilgan.
67 3. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida adabiyot o‘qitishning zamonaviy metodlari
keng   qo‘llanilib,   uning   Aka-uka   Grimmlar,   Nodar   Dumbadze,   Lengston
Hyuz, Rey Bredberi, Jyul Vern, Artur Konan Doyl, Oskar Uayld kabi jahon
adabiyoti   namoyondalarining   asarlarini   o‘rgatish   misolida   ko‘rsatilgan.
Shuningdek,   interfaol   metodlarning   qo‘llanilishi,   dars   sifatini   oshirishdagi
ahamiyati   va   ushbu   metodlarning   o‘quvchilar   yosh   doirasiga   qarab
qo‘llanishi keltirilgan.
4. “Bozoringizni   bersin”,   “Moslik   jadvali”,   “To‘rtinchisi   ortqicha”,   “Singan
tuxum”,   “Meni   tozalang”,   “Klaster”,   “Musiqiy   shlyapa”,   “Issiq   qahva”,
“Zinama-zina” kabi metodlarning afzalligi, qo‘llanilishi va amaliy ahamiyati
5-6-sinf   adabiyot   darsligidagi   jahon   adabiyoti   durdonalarini   o‘qitish   uchun
tavsiya etilgan.
68 Xulosa
Adabiyot   faqat   pedagogik   maqsadlarga   xizmat   qiluvchi   fan   bo‘lib   qolmay,
birinchi   navbatda,   o‘quvchilarga   bilim   berishi,   ya’ni   ko‘p   asrli   adabiyot   tarixi   va
hozirgi   adabiy   jarayonning   asosiy   yo‘nalishi   –   yetakchi   ijodkorlar   va   ular   ijodi
bilan, shu ijodkorlar ijodiyotida o‘z ifodasini topgan xalq va mamlakat tarixi bilan
tanishtirishi,   adabiyotning   o‘ziga   xos   tomonlari   va   nazariy   masalalari   haqida
tasavvur   berishi   kerak.   Maktab   o‘quvchilari   jahon   adabiyoti   durdonalari   bilan
bosqichma-bosqich   oziqlanib   borishi   lozim.   Chunki   jahon   adabiyoti
namoyondalari   va   ularning   asarlari   o‘zbek   adabiyotidan   farqli   o‘laroq,   o‘z   ifoda
yo‘nalishiga   ega.   Shunday   ekan,   maktab   o‘quvchilari   jahon   adabiyoti
namoyondalarining   hayoti   va   ijodi   haqida   muayyan   bilimlarga   ega   bo‘lishlari
hamda olgan ijobiy fazilatlarini mustaqil hayotlarida qo‘llashlari zarur.
Bugungi   Yangi   O‘zbekiston   sharoitida   yoshlarning   sifatli   ta’lim   olishi,
ularning   har   tomonlama   yetuk   shaxs   qilib   tarbiyalashga   alohida   e’tibor
qaratilmoqda.   Adabiy   ta’limda   maktablarda   dars   sifatini   oshirish,   o‘quvchilar
bilimi,   dunyoqarashini   kengaytirish   uchun   texnologiyalardan   foydalanish   avj
olmoqda.   Texnologiya   asri   o‘quvchilariga   ular   uchun   muhim   bo‘lgan   –   smartfon
va kompyuterlardan to‘g‘ri foydalanish, maktabdagi darslar uchun ularni ishlatish
o‘qituvchilar zimmasidagi vazifaga aylanmoqdalar. Tadqiqotimizda mana shularni
inobatga   olib,   5-6-sinf   adabiyot   darsligidagi   jahon   adabiyoti   namoyondalarining
tarjimayi holi va asarlarini o‘rgatishning zamonaviy usullari yoritildi.
O‘quvchilar ma’naviy olamini boyitishda, ularni ezgu insoniy fazilatlar egasi
qilib tarbiyalashda adabiyotning o‘rni katta. Jahon adabiyoti esa bolalarni mustaqil
fikrlashga,   o‘z   xatti-harakatlariga   javob   beradigan   inson   bo‘lishida   hamda   estetik
go‘zallikni   chin   dildan   his   etishda   muhim   rol   o‘ynaydi.Tadqiqot   5-6-   sinf
o‘quvchilari   yoshiga   mos   tarzda   Aka-uka   Grimmlar,   Nodar   Dumbadze,   Rey
Bredberi, Lengston Hyuz, Jyul Vern, Artur Konan Doyl va Oskar Uayld kabi jahon
adabiyotining   yirik   namoyondalari   va   ularning   sara   ijod   namunalari   keltirilgan.
Bitiruv   malakaviy   ishimizda   yuqoridagi   ijodkorlarning   umr   bayonining   berilishi,
ularni texnologik metodlar yordamida batafsil yoritib berish, o‘quvchilarga ushbu
69 ijodkorlarning   kechmishi,   asarlari   va   adabiyotdagi   o‘rnini   ko‘rsatib   berish
masalalari   yoritilgan.   Shuningdek,   darslikda   berilgan   asarlarini   turli   jihatdan
yondashib, ammo bitta maqsad – asarning mazmunini o‘quvchiga yetkazish hamda
insoniy fazilatlari shakllanishida hissa qo‘shishga qaratilgan. 
Ishimizning   dastlabki   bobida   5-6-sinf   darsligidagi   jahon   adabiyoti
namoyondalarining umr bayonining darsliklarda berilish masalasi, uning ahamiyati
turli adabiyotshunos olimlar fikrlari asosida izohlangan. Tarjimayi hol o‘rganilishi
borasida   olib   borilgan   tadqiqotlardan   foydalanilib,   jahon   adabiyoti   vakillarining
biografiyasini   o‘qitish   usullari   yoritilgan.   Shuningdek,   o‘quvchilar   ruhiyati   va
bilim   doirasini   inobatga   olib,   adiblarning   umr   bayonini   turli   texnologik   metodlar
asosida o‘rgatish tavsiya etilgan. Tarbiyalanuvchining har tomonlama yetuk kamol
topishida   jahon   adabiyoti   namoyondalarining   tarjimayi   holi   ham   muhim   o‘rin
tutishi masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Ikkinchi   bobda   adabiyot   o‘qitishda   turli   usullarning   dars   jarayoniga   olib
kirilishi hozirgi davr talabi ekanligi, shundan kelib chiqqan holda, tadqiqotimizda
interfaol   usullarning   adabiyot   mavzularini   o‘tishdagi   ahamiyati   haqida   so‘z
yuritiladi.   Zotan,   ta’lim   jarayonida   interaktiv   usullardan   keng   foydalanish
o‘quvchilar   tomonidan   jahon   adabiyoti   durdonalarini   chuqur   o‘zlashtirish,   ularda
yangi bilimlarni egallashga intilish, tanqidiy fikrlash kabi bugungi kun uchun o‘ta
muhim bo‘lgan ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi.
Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   maktab   darsliklarida   jahon   adabiyoti
namoyondalari biografiyasi  va asarlarini  o‘qitish bo‘yicha deyarli tadqiqotlar  olib
borilmagan.   Yangilangan   darsliklar   asosida   jahon   adabiyotini   o‘qitish   masalasiga
alohida   o‘rganilishi   taklif   etiladi.   Zero,   shiddat   bilan   rivojlanayotgan   zamon
o‘quvchisi   jahon   adabiyotiga   qiziqishi,   undan   ozuqa   olishi   lozim.   Xullas,   jahon
adabiyoti   o‘quvchilar   ma’naviyati   boyishida,   o‘zgalarning   fikrlarini   hurmat
qilishda   muhim   sanaladi.   Jahon   adabiyoti   namoyondalarini   turli   metodlar   asosida
o‘qitishning dolzarbligi tadqiqotda ko‘rsatib o‘tildi.
70 Foydalanilgan adabiyotlar:
I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar:
1. Mirziyoyev   Sh.   Ezgu   g‘oyalardan   bunyod   bo‘lgan   muazzam   xiyobon.   Sayt:
https:// yuz.uz.news.
2. Mirziyoyev Sh. Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun
insoniyat bezavol yashaydi. // https: //www.xabar.uz.madaniyat.
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar adabiyotlar:
3. Bobonazarova G. Jahon adabiyoti fanini o‘qitish bo‘yicha ba’zi mulohazalar//
O‘zbekistonda   geografik   tadqiqotlar:   Innovatsion   g‘oyalar   va   rivojlanish
yo‘llari, 2023. – B.46.
4. Берн Э. Игры, в которые играют люди. Психология человеческих 
взаимоотношений. Люди, которые играют в игры. Психология 
человеческой судьбы. – М.: 1988.  
5. Долимов С., Убайдуллаев Ҳ., Аҳмедов Қ. Адабиёт ўқитиш методикаси. –
Т.: Ўқитувчи, 1967. – Б. 239 бет.
6. Дьюи Д. Образование и демократия. –М.: 2000. 
7. Hamdamov U. Jahon adabiyoti: modernism  va postmodernism. – T, 2020. –
B.65.
8. Husanboyeva   Q.,   Niyozmetova   R.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   –   T:
Innovatsiya-ziyo, 2020 – 352 b.
9. Husanboyeva   Q.,   Niyozmetova   R.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   –   T.:
Barkamol fayz media,2018. – 352 b.
10. Husanboyeva   Q.   Literature   as   a   factor   for   development   of   morality   and
independent thinking. – T.: Tamaddun, 2016. – B.129.
11. Игры   для   интенсивного   обучения   /   Под   ред.   В.   В.   Петрусинского.   -
Москва:   «Прометей»,   1991;   Игры   –   обучение,   тренинг,   досуг…   /   Под
ред. В. В. Петрусинского. – М.: «Прометей», 1994.  
12. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. –   T.: O‘qituvchi,   2013.
71 13. Kambarova   S.   Mustaqil   mutolaa   va   adabiy   tahlil.   Monografiya .   –   T .:   2016.
30- bet .
14. Казаков   А.   Н.,   Якушев   А.   О.   Логика-1   Парадоксология.   Пособие   для
учащихся ст. классов лицеев, колледжей и гимназий. – М.: АО «Аспект
Пресс», 1994. -256 с.
15. Mirzayeva   Z.,   Jalilov   K.   Adabiyot.   6-sinf.   O‘qituvchilar   uchun   metodik
qo‘llanma. – T, 2022. – B.66.
16. Muhitdinova B. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. – Samarqand, 2020.
–B.57.
17. Qozoqboy   Yo‘ldosh.,   Muhayyo   Yo‘ldosh.   Badiiy   tahlil   asoslari.   –   T:
Kamalak, 2016 – B.68.
18. Quronov   D.   “Adabiyot   nadir”   yoki   Cho‘lponning   mangu   savoli.   Adabiy-
tanqidiy maqolalar. – Y.: Zarqalam, 2oo6. – B.40-41.
19. Rametullayeva   N.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   //
http://www.newjournal.org/ , 2022. N .1. –  B . 77.
20. Скалкова   Я.   От   теории   к   практике   обучения   в   средней
обшеобразователной школе. – Москва: Педагогика,1983. –С.49-50.
21. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T, 2012. – B.78.79.
22. Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси.-Т.: 2010. –Б.121.
23. To‘xliyev   B.   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   –   T.:   Yangi   asr   avlodi,   2006.   –
186 b.
24. Yo‘ldoshev   Q.   Adabiy   saboqlar.   Umumta’lim   maktablarining   8-sinf
“Adabiyot” darsligi uchun metodik qo‘llanma. – T.: Sharq, 2004. – B.32.
25. Yo‘ldosh   Q.,   Yo‘ldosh   M.   O‘zbek   adabiyotini   o‘qitish   metodikasi.   –   T.:
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2022.
26. Йўлдошев   Қ.   Адабиёт   ўқитишнинг   илмий-назарий   асослари.   –   Т.:
Ўқитувчи, 1996. – Б. 14.
27. Занько С. Ф. и др. Игра и ученье. – М.: 1992.  
28. Zunnunov   A.,   Hotamov   N.,   Esonov   J.,   Ibrohimov   A.   Adabiyot   o‘qitish
metodikasi. – T: O‘qituvchi, 1992 – 333 b.
72 III .  Dissertatsiya   va   avtoreferatlar
29. Rajabova I. Kasb-hunar kollejlari adabiyot darslari samaradorligini oshirishda
interfaol usullardan foydalanish yo‘llari.Ped.fan.nomzodi...diss. - T.: 2011. 
IV. To‘plam va jurnallardagi maqolalar
30. Anton Chexov. Tarbiyali odamning sakkiz fazilati // Yoshlik, 2019 – N.6.
31. Oskar Uayld.Taqlid asli e’tirofdir//Tafakkur, 2015. – N 4.
32. Xolbekov S. Adabiyot darslarida ijodkor tarjimayi holini o‘rgatish xususida//
“Science and Education” Scientific Journal. 2020.
33. Yusupov H. Olamshumul adib edi//www.kh-davron.uz internet sayti.
V. Badiiy adabiyotlar
34. Jyul Vern. O‘n besh yoshli kapitan. – T.: Yangi asr avlodi, 2012. – 356 b.
VI .  Lug ‘ atlar
35. Словарь иностранных слов. – М.: «Русский язык», 1979. С-23; С-198. 
VII .  Darsliklar
36. Ahmedov   S.,   Qosimov   B.,   Qo‘chqorov   R.,   Rizayev   Sh.   Adabiyot .   Umumiy
o ‘ rta   ta ’ lim   maktablarining  5- sinfi   uchun   darslik . –  T .:  Sharq , 2020. – 272  b .
37. Mirzayeva   Z.,   Jalilov   K.   Adabiyot.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   6-
sinfi uchun darslik. – T, 2022. - 224 b.
38. Mirzayeva   Z.,   Jalilov   K.   Adabiyot.   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   7-
sinfi uchun darslik. – T, 2022. – 224 b.
VIII. Internet saytlari
39. http://kompy.info
40. Uz.m.wikipediya.org/wiki/QR-kod
41. www.ziyouz.com   
42. www.google.uz   
73 43. www.scholar.google.com   
44. www.kh-davron.uz   
45. www.xabar.uz   
74

ADABIYOT DARSLARIDA JAHON ADABIYOTI NAMOYONDALARINING HAYOTI VA IJODINI O‘RGATISH USULLARI (5-6-SINF DARSLIGI MISOLIDA M U N D A R I J A KIRISH 4 I BOB. MAKTAB DARSLIKLARIDA JAHON ADABIYOTI NAMOYONDALARINI O‘QITISHNING NAZARIY VA AMALIY AHIMAYATI 9 1.1. Jahon adabiyoti namoyondalari tarjimayi holiga oid ma’lumotlar talqini va ularning o‘qitilishi (5-sinf darsligi asosida) 9 1.2. Yozuvchi biografiyasini o‘rgatishda an’anaviy va zamonaviy yondashuv (6-sinf darsligi misolida) 2 2 Bob bo‘yicha xulosa 35 II BOB. ADABIYOT DARSLARIDA JAHON ADABIYOTI DURDONALARINI O‘QITISHDA SAMARALI METOD VA USULLARDAN FOYDALANISH 37 2.1. Muammoli ta’lim va uning jahon adabiyoti namunalarini o‘qitishdagi ahamiyati (5-6-sinf darsligi misolida) 3 7 2.2. Jahon adabiyoti namoyondalarining asarlarini turli metod va usullar asosida tahlil qilish (5-6-sinf darsligi asosida) 5 2 Bob bo‘yicha xulosa 69 XULOSA 7 1 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 7 3 1

KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ularning har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarning shaxs sifatida shakllaninshida esa adabiyotning o‘rni beqiyos. Odamlarning dunyoqarashini boyitish, ezgu maqsad-g‘oyalarga ilhomlantirish uchun adabiyotdan keng foydalanish lozim. Uning ta’siri natijasida, ayniqsa, yoshlarimiz ongini turli tahdidlar, yot g‘oyalardan saqlashga erishamiz. Muhtaram Prezidentimiz aytaganlaridek: “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak”. 1 Darhaqiqat, adabiyot millatning ko‘zgusi - orzu–armonlari, kechmishini aks ettiribgina qolmay, inson tafakkurini o‘stiradi, qalbiga muqaddas tuyg‘ularni jo qiladi. Sifatli ta’lim olish ehtiyojining kuchayishi Yangi O‘zbekiston yoshlarining Uchinchi Renessansga tomon qo‘yilayotgan qadamidir. Maktab o‘quvchilari o‘zbek adabiyoti bilan birgalikda jahon adabiyotini ham o‘rganib bormoqda. Shunday ekan, jahon adabiyoti ham insoniy tuyg‘ularni shakllantirishda, kamolotga erishishda muhim sanaladi. Jahon adabiyoti namoyondalarining hayoti va ijodini o‘qitishda noan’anaviy o‘qitish usullaridan samarali foydalanish, ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchiga nafaqat bilim, balki estetik zavq bag‘ishlab, fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Aka-uka Grimmlar, Nodar Dumbadze, Lengston Hyuz, Rey Bredberi, Jyul Vern, Artur Konan Doyl, Ibroyim Yusupov, Oskar Uayld, Anton Chexov singari buyuk ijodkorlar merosini o‘quvchilarga adabiyot darsi orqali sifatli ta’limni tashkil qilgan holda yetkazish bugungi pedagog-o‘qituvchilar oldida turgan muhim vazifa sanaladi. Bugungi kunda, internet asrida o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishi kamayib bormoqda. Shunday ekan, maktablarda adabiyot darslarini noan’anaviy tarzda tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchining ham mehnati va ijodkorlik qobiliyatini talab etadigan dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish zarur. 1 Mirziyoyev Sh. Ezgu g‘oyalardan bunyod bo‘lgan muazzam xiyobon. Sayt: https://yuz.uz.news 2

Tarbiyalanuvchilar jahon adabiyoti ijodkorlari biografiyasi va boy merosi orqali qator insoniy tushunchalarni shuuriga jo qilib boradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, zamonaviy texnologiyalar asrida ulg‘ayayotgan avlodni sof insoniy tuyg‘ularini shakllantirish, ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalash, ularni jahon adabiyotiga qiziqishini oshirishda adabiyot fanining o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, badiiy asarning mazmunini to‘g‘ri yetkazish, o‘quvchilarning shaxs sifatida shakllanishidagi o‘rni xususida fikr yuritish, ularning dunyoqarashini o‘stirish adabiyot fani o‘qituvchilarining zimmasidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi. Har bir xalqni tanitishda yozuvchilarning o‘rni beqiyos. Zero, ular o‘z iste’dodi bilan millionlab insonlar qalbidan joy oladi. Ular yaratgan asarlarni faqat adabiyotshunoslar emas, balki butun insoniyat sevib mutolaa qilishadi. Maktab darsliklarida berilgan jahon adabiyoti vakillari ham bezijga darslikka kiritilmagan. Ularni yuksak e’tiqodi, iste’dodi va tarviyaviy mazmundagi asarlari o‘quvchilarni shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Yurtboshimiz ham o‘z nutqlarining birida jahon adabiyotini e’tirof etadilar: “Biz O‘zbekistonda “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik” degan chuqur ma’noli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga g‘oyat jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz”. 2 Zotan, o‘zbek adabiyoti kabi jahon adabiyoti durdonalarini o‘qitish ham alohida kasbiy mahorat va mas’uliyat talab etadi. O‘quvchilarning asar matnida aks etgan hayotiy va badiiy haqiqatlarni ilg‘ashi, asardan to‘g‘ri xulosa chiqara olishi, o‘z tabiatiga singdirishi shakllanayotgan shaxsda osonlik bilan kechadigan jarayon emas. Ta’lim-tarbiya tizimida bu kabi murakkab va mas’uliyatli ishlarni amalga oshirish “Adabiyot” fani va shu fanning mutaxassisi bo‘lgan o‘qituvchining zimmasidagi eng kata vazifa hisoblanadi. Mavzuning o‘rganilish darajasi: Shoir va yozuvchining hayoti va ijodini o‘rgatish masalasi mustaqillikkacha bo‘lgan davrda ham, istiqlol davrida ham adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida izchil tadqiq qilingan. Adabiyot o‘qitish 2 Mirziyoyev Sh. Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi//https://www.xabar.uz>madaniyat 3

metodikasida biografiyani o‘rgatish, yozuvchi asarlarini turli asnoda tahlil etish, asarda ko‘tarilgan muammoni ko‘rsatish, asarlarni turli metodlar orqali o‘qitish xususida S.Dolimov, B.To‘xliyev, A.Zunnunov, Q.Yo‘ldoshev, M.Yo‘ldosh, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova va boshqa metodist olimlar so‘z yuritganlar. Tarjimayi holga oid ma’lumotlar talqini, janr turlarini o‘qitish, adabiy ta’lim, ta’lim texnologiyalari va o‘qituvchining adabiyot o‘qitishdagi yondashuvlari masalasi haqida yuqoridagi metodistlar to‘xtalib o‘tganlar. BMIning ilmiy yangiligi. BMIda 5-6-sinf “Adabiyot” darsligida jahon adabiyoti namoyondalarining hayoti va ijodini o‘qitish nazariyasi, o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasidagi mavjud qarashlar asosida adabiyot darslarida jahon adabiyoti durdonalarini yangi metodlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o‘rgatish haqidagi fikrlar umumlashtirilib, chuqur ilmiy-nazariy xulosalar chiqildi. Bunda: - 5-6-sinf adabiyot darsligida jahon adabiyoti namoyondalari biografiyasining berilishi bo‘yicha munosabat bildirish; - 5-6-sinf adabiyot darsligida jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodi o‘rganilishiga ajratilgan soatlarni tahlil qilish, unumli foydalanish bo‘yicha takliflar berish; - 5-6-sinf adabiyot darsligidagi jahon adabiyoti durdonalarini o‘qitishdagi murakkabliklarni aniqlash, o‘quvchilar ongiga yetkazishning interfaol usullarini o‘rganish, tahlil qilish; - jahon adabiyotining nodir namunalarini muammoli vaziyat asosida o‘rgatishning amaliy jihati; - maktab darsliklarida berilgan jahon adabiyotini o‘qitishda turli usul va metodlardan samarali foydalanish haqida to‘xtalib o‘tilgan. Malakaviy bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Maktab darsliklarida jahon adabiyoti namoyondalari : Aka-uka Grimmlar, Nodar Dumbadze, Lengston Hyuz, Rey Bredberi, Jyul Vern, Artur Konan Doyl, Ibroyim Yusupov, Oskar Uayld, Anton Chexov hayoti va ijodining berilishi va bugungi davr o‘quvchisi tarbiyasidagi o‘rni masalasini yoritish, shu bilan bir qatorda, mavzuni o‘zlashtirish 4

yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar - savol va topshiriqlarning o‘quvchi bilim olishdagi ahamiyati kabi metodik masalalarni o‘rganishga qaratilgan. Mazkur malakaviy bitiruv ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: - jahon adabiyoti namoyondalarining maktab darsliklarida berilishining ahamiyati; - jahon adabiyoti namoyondalarining adabiyot o‘qitish metodikasidagi o‘rni; - yozuvchi tarjimayi holini o‘rganishning metodik usullari; - 5-6-sinf darsliklaridagi jahon adabiyoti yozuvchilarining asarlarini o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar berish; - adabiy ta’lim texnologiyalarining jahon adabiyoti namoyondalarini o‘qitishdagi ahamiyati; - muammoli vaziyat va maktabda dabiyot darslarida uning ahamiyatini yoritish; - yangi usullarning jahon adabiyoti o‘qitishdagi ahamiyati. Malakaviy bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu izlanishlarimiz nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot mobaynida olib borilgan kuzatishlar, BMIda bayon etilgan ilmiy-nazariy xulosalardan oliy o‘quv yurtlarining talabalari, o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun maxsus kurslar va seminarlarda foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqot o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratish va to‘ldirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotning obyekti . BMIni yozishda uzluksiz ta’lim tizimi uchun yaratilgan darslik va majmualar obyekt vazifasini o‘tadi. BMIning metodologik asosini Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ma’naviyat, adabiyot va san’atga oid qarashlari tashkil etadi. Shuningdek, o‘zbek metodist olimlaridan Q.Husanboyeva, M.Yo‘ldosh, A.Zunnunov, B.To‘xliyev, S.Dolimov, Q.Yo‘ldoshev, R.Niyozmetova, S.Kambarova va boshqalarning ilmiy-nazariy, metodik qarashlari ishimizni amalga oshirishda metodologik asos vazifasini o‘tadi. 5