ADABIYOT DARSLIKLARIDA JADID NAMOYANDALARINING O‘RGANILISHI
ADABIYOT DARSLIKLARIDA JADID NAMOYANDALARINING O‘RGANILISHI MUNDARIJA : KIRISH. ISHNING UMUMIY TAVSIFI 3 -9 I BOB. ADABIYOT DARSLIKLARIDA JADID NAMOYANDALARINI O‘QITISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 10-27 1.1. Adabiyot darsliklarida jadid namoyandalarini o‘qitishning ahamiyati 10-14 1.2. Adabiyot darslarida jadid namoyandalari hayoti va faoliyatini o‘rganishda interfaol usullardan foydalanish (A.Avloniy, Cho‘lpon, A.Qodiriy hayoti va faoliyati misolida) 14-27 II BOB. TA’LIM JARAYONIDA JADIDCHILIK NAMOYANDALARI IJODININING O‘RGANILISHI 28-73 2.1. Adabiyot darslarida Abdulla Avloniy ijodini o‘rganish 28-30 2.2. Adabiyot darslarida Cho‘lpon ijodini o‘rganish 31-51 2.3. Adabiyot darslarida jadid namoyondalari asarlarini o‘qitishning samarador usullari (A.Avloniy, Cho‘lpon, A.Qodiriy asarlari misolida) 51-73 XULOSA 74-78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 79-83 1
ISHNING UMUMIY TAVSIFI “Ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarini zamon talablari asosida takomillashtirish – birinchi darajali vazifamiz”. 1 Shavkat Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim-tarbiya masalasi hamma zamonlarda ham eng e’tiborga molik yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridan ta’lim ilohotining amalga oshirilishi, ta’lim to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi hamda ta’lim muassasalari binolarining zamonaviy talablarga mos tarzda jihozlanishi ham bu fikrimiz isbotidir. Ta’lim va tarbiyaga e’tibor yuqori bo‘lgan, farzandlari ma’naviyati yuksak shakllangan davlatda faravon jamiyat tashkil etish mumkin. “Xalq ma’naviyati bir buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch-qudrat, g‘ayrat va ilhom olib, o‘zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanligini namoyon etadi” 2 . Ta’limda, ayniqsa, adabiyot ta’limi muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘quvchining tafakkuri, og‘zaki va yozma nutqining rivojlanishida adabiyotning o‘rni beqiyos. Adabiyot esa tarix bilan birgalikda yosh avlodga o‘tmish sahifalarini birma-bir ochib boradi. O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yo‘liga qadam qo‘yishi ota- bobolarimizning ozodlik va erk uchun uzoq kurashi tarixini qayta idrok etishda milliy ozodlik harakatlari va jadidlarning milliy uyg‘onish mafkurasining shakllanish jarayoni davlat mustaqilligiga erishishni taminlagan omillar sifatida bugungi kunda tarixchi olimlarda katta ijtimoiy qiziqish uyg‘otmoqda. O‘zbek xalqi tarixida o‘chmas iz qoldirgan muhim voqealardan biri ozodlik va mustaqillik g‘oyalari, xalqning butun orzu-istaklarini o‘zida mujassamlashtirgan Turkiston 1 Mirziyoyev Sh. Ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv. - Guliston: 2018. 2 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: 2008. 169-170-бет. 2
muxtoriyatida o‘z aksini topdi. Bugungi kunda xalqning marifatli ziyolilari ,xususan, jadidlarning ozodlik uchun kurash tarixini o‘rganish va uni o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘rgatish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy jamoatchilik e’tiborini ko‘pdan o‘ziga jalb etib kelayotgan muxtoriyat tarixi hozirda nafaqat ilmiy balki amaliy va hatto siyosiy nuqtai nazardan qiziqish uyg‘otishi tabiiy, chunki bu davr o‘sha yillar voqealariga qayta baho berishni taqozo etadi. Mavzuning dolzarbligi ham ana shundaki, o‘sha davr voqealarini xolis yoritilgan holatini o‘quvchi yoshlarga va shu orqali xalqqa yetkazishdir. Inson o‘tmishi bilan tirikdir. Jadid adabiyoti ni yosh avlodga o‘rgatish va ulardagi ezgu g‘oyalarni o‘quvchilar ongiga singdirish bugungi kun adabiyot o‘qituvchisining eng asosiy vazifalaridan biridir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash” Milliy dasturi, Resrublika hukumati tomonidan keyingi vaqtda qabul etilgan qarorlar, o‘quv predmetlari bo‘yicha DTS (davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda boshqa o‘quv-metodik vositalarni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Adabiy ta’lim asosini adabiyot o‘qitishning maqsad va vazifalari hamda uning mazmuni tushunchalari tashkil etadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi shundaki, darsliklarda berilgan jadid adabiyotini namunalarini o‘qitishning interaktiv usullarini ishlab chiqib, uni amaliyotga tatbiq etish orqali o‘quvchilarga umumiy jadidchilik, xususan, jadidchilik namoyandalari haqida atroflicha bilimlar berish nazarda tutilgan. O‘zbek adabiyotida jadid namoyandalari tahlili ustida bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, lekin jadid adabiyotini o‘qitish metodikasi nazariyadan biroz orqada qolmoqda. BMIning dolzarbligi ham aynan shu metodikani to‘liqroq yoritib berishga qaratilgan va o‘qitishning bu yondashuvi orqali o‘quvchilarni jadid adabiyoti murakkab ekanligi sababli undan qochishga urunish tushunchasidan uzoqlashtirish, jadid adabiyoti mohiyatini tushuna olsa, o‘quvchilar ongida Vatanga muhabbat hissi yanada chuqurroq ildiz otishi, Vatanga bo‘lgan muhabbatni anglatish ishning dolzarbligidir. 3
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Rossiyada 1917-yil oktyabr to‘ntarishi tufayli muhim siyosiy ijtimoiy voqealar ro‘y bergani kabi Turkistonda ham siyosiy hayot nihoyatda jadallashdi. Bu davrda Turkistonda Muxtoriyat vujudga kelishi va uning faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar juda ko‘p uchray boshladi. Xususan, Mustafo Cho‘qay o‘g‘li, Zaki Validiy, Saidakbar A`zimxo‘jayev, Alimova D, Rashidova D, kabi tarixchi olim va olimalarimiz asarlarida bu davr tarixi keng yoritilgan. 3 Mustaqillikdan so‘ng nashr etilgan tarixchi olimlarimiz N. Jo‘rayev Sh. Karimov Doniyorov Shoniyoz muallifligida yozilgan kitob va darsliklarda Behbudiyning va butun xalqning orzusi bo‘lgan muxtoriyat hukumati va faoliyatiga keng joy ajratilgan. 4 O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning quyidagi mulohazalariga e’tibor qarataylik; “XX asr boshidagi istiqlolchilik va marifatchilik namoyondalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun maydonga chiqishmadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Tavollolar maktablar ochib xalqni ezgu yo‘lga, ozodlikka, istibdodga qarshi kurashib o‘t bilan o‘ynashayotganini buning uchun ayovsiz jazolanishlarini yaxshi bilishgan, bilib turib mana shu yo‘ldan borishgan. Chunki vijdonlari, iymonlari shunga davat etgan”. 5 XX asr boshida Yevropa taraqqiyotda ancha ilgarilab k е tgan edi. Osiyo esa, jumladan, Turkiston ilm-fan amaliyoti va t е xnika taraqqiyotida orqada qolib k е tgandi. Bu hol ilg‘or fikrlovchi ziyolilar va mahalliy burjuaziyani tashvishga solmoqda edi. Jaholat uyqusidan uyg‘onish tarixiy zaruriyatga aylangan edi. Jadidlar bu ahvolni to‘g‘ri tushungan va vaziyatni to‘g‘ri tahlil etgan ulkan ijtimoiy-siyosiy oqim, harakat edi. Turkistonda jadidchilikni rivojlanishida Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy-mafkuraviy islohotlarning ta’siri ham kuchli bo‘lgan. Jadidlar o‘z g‘oyalarini tashviqot qilish, ovam xalq ommasini ko‘zini ochish yo‘lida gaz е ta va jurnallar hamda bosmaxonalar tashkil qildilar 3 Mustafo Cho’qayev “Istiqlol jallodlari” T;sharq 1992 y . 4 Jo’rayev N, Karimov Sh “ O’zbekiston tarixi “ T;sharq 2011 y 5 Karimov I.A “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T. “O’zbekiston “1998 y. 47 b 4
(Sadoi Turkiston, Sadoi Farg‘ona, Utro F е ngano, F е rganskaya jizn, Turk е stanskiy kray, Hurriyat, Oyina, Al-izox va boshqalar). Jadidlarning faoliyati o‘lkada aholini milliy uyg‘onishga chorlab, Chor Rossiyasi mustamlakachilarini tashvishga solib qo‘ydi. O‘lkada vaziyatni murakkablashtirib yubordi. Chunki, birinchi rus inqilobidan so‘ng ko‘pgina xalqlar, jumladan Turkiston aholisi o‘rtasida ham siyosiy va madaniy erkinlikka erishish umidlari paydo bo‘lgan edi. Ammo, dastlab jadidlar g‘oyaviy qurol qilib olgan panturkizm umum turk olamini amalda birlashtira olmasligi aniq bo‘lib qoldi. Siyosiy kurashlar rivojida an'anaviy turkchilikdan voz k е chib, turkiychilik (turkizm) g‘oyasini ilgari suruvchi yangi avlod maydonga chiqa boshladi. Bu yangi avlod orasida Turkiston xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy birdamligi asosida rivojlantirishga qaratilgan bir qancha milliy davlatlarni tashkil etish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Bu g‘oya tarafdorlari Turkistonni Turkiya himoyasidagi qandaydir umumturk davlatning tarkibida emas, balki turkiy elatlarning o‘z taqdirini o‘zi b е lgilash asosida tashkil topgan hududiy muxtor f е d е ratsiya tarzida ko‘rdilar. Panturkizm dastlab panislomizmga oshkoro qarshi bo‘lmasa-da, biroq, amalda panislomizm mafkurasi t е okratik-kl е rikal-r е aktsion oqimlarni vujudga k е lishiga yo‘l ochayotgan, musulmonlar dunyosida milliy mafkuraning paydo bo‘lishiga va milliy o‘zlikni anglashga g‘ov bo‘layotgan talimot ekanligi malum bo‘lib qoldi. hatto, panturkizm asoschilaridan biri Ziyo Go‘yoqalb o‘zining “Turkchilik asoslari” nomli asarida panislomizm musulmon xalqlarda “milliy o‘z- o‘zini anglashga qarshilik ko‘rsatmoqda, ularning taraqqiyotiga g‘ov bo‘lmoqda va shu tariqa ularning mustaqil millatlar bo‘lishiga xalaqit b е rmoqda” d е b ochiq yozadi. Nanislomistlar g‘oyasi ancha tor doirada, ya’ni Turkiston ruhoniylari, mutaassib ziyolilar, savdo burjuaziyasi hamda d е hqonlar o‘rtasida ommalashgan edi. Umumturk g‘oyasiga Turkiston ziyolilari va burjuaziyasining ancha tor doirasi hayrixohlik bildirar edi. Ammo, turkizm namoyandalari Turkistonning ijtimoiy hayot maydoniga madaniy-ma’rifiy harakat sifatida, ta’lim sist е masini isloh qilishni maqsad qilib qo‘ygan jadidlar edi. 5