Istiqlol davrida oʻrta maktab, litsey va kollejlarda adabiyot ta’limi usulini va mavzularini oʻrganish
Mavzu: Istiqlol davrida o rta maktab, litsey va kollejlardaʻ adabiyot ta’limi usulini va mavzularini o rganish ʻ Reja: 1.Istiqlol davrida ta'lim tizimidagi o'zgarishlar. 2.Zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish. 3. Adabiyot darslarida guruh bo'lib ishlash metodlari
Bugun yurtimizda kichik bir sohadan tortib xalq turmushi farovonligi uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bо’lgan yо’nalishlardagi о’zgarishlar, islohotlar shu qadar shiddat bilan amalga oshirilayotirki, shu vatanga qondosh har qanday millat kishisi, bunday tarixiy о’zgarishlarga loqayd qarab turolmaydi. Davlatimiz rahbari istiqboldagi taraqqiyotning kafolati ilm ahli va ziyolilar faoliyati bilan chambarchas bog’liq ekanini har bir uchrashuv, murojaatlarida ta’kidlab, uning rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun bir qancha qaror va farmonlarni qabul qildi. ―2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” ham ta’lim va о’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish borasida juda dolzarb masalalar bо’yicha aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berildi. Milliy metodikani va maktab darslikarini xalqaro standartlar asosida isloh qilish, ta’limdagi mavjud muammolarni sekin astalik bilan bartaraf etish kabi masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, nufuzli davralarda ko‘p bora muhokama qilindi. Bunday xayrli harakatlar farzandlarimizning jahon standartlarida belgilangan mezonlar asosida bilim olishlariga, о’zbek tili va adabiyoti ta’limida ham xalqaro standartlardan milliy strategik maqsadlarimizga moslarini tanlab, izchil joriy qilishga, ta’limda yanada samarali natijalarni qо’lga kiritish uchun, avvalo, xorijiy tajriba asosida uning ilmiy va metodik asoslarini yaratishga imkoniyatlar ochib berdi. Bunday islohotlar, ayniqsa yoshlarning maqsadli harakatlariga rag’bat berish barobarida о’z kuchiga ishonish hissini ham uyg’otdi. Bugun adabiyot fanini o’qitishga yangicha yondoshuvlar, talablar о’quvchilarda ham adabiyotga munosabatini o ‘zgartirdi. Xususan, bugun yoshlarimiz adabiyot fanini faqat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun bо’ladigan test sinovlariga tayyorgarlik nuqtai nazaridan emas, balki о’z tafakkuri, tasavvuri, didi, saviyasi, umuman, ma’naviy qarashlarini yuksaltirish
maqsadi bilan о’rganish zarurligini his qila boshladilar. Darhaqiqat, badiiy adabiyot odam kо’nglini tarbiyalaydi. Bugungi murakkab globallashuv sharoitida ma’naviyatimizni izdan chiqarish maqsadida xorijdan о’zanini yо’qotgan, selday oqib kelayotgan zararli g’oyalarga qarshi faqat milliy badiiy adabiyotgina milliy immunitet hosil qila olishi mumkin. Chunki adabiyot kо’ngildan paydo bо’lib, kо’ngillarga singadi. Uzliksiz ta’lim bosqichlarida о’quvchilar adabiyot olamiga ― “О’qish kitobi” orqali kirib keladilar. Sо’ng bosqichma bosqich, asta sekinlik bilan о’z dunyoqarashi, tafakkuri, badiiy sо’z sehrini anglashga bо’lgan iqtidoriga kо’ra adabiyotning cheksiz ummonlariga g’arq bо’ladilar. Adabiyot o’qitish metodikasining XX asrdagi tarixiy tarsaqqiyotiga nazar tashlansa, XX asrning 30-yillargacha davom etgan turli ―novatorlik tajribalaridan keyin ― ”sinf-dars” tizimiga qaytilib, adabiyot maktab darturlarida alohida fan sifatida o’rin egallaganidan so’ng adabiyot o’qitish metodikasining nazariy asoslarini yaratish harakatlari boshlandi. Tabiiyki, O’zbekiston sobiq sho‘ro tarkibida bo’lgan davrda milliy metodikaning nazariy asoslari shо’ro davrida hukmron bo’lgan markscha- lenincha metodologiya ga asoslanar, adabiyot о’qitish ham dialektik materialism falsafasi ta’sirida shakllangan edi. Subutoy Dolimov, Haydarali Ubaydullayev, Qodirjon Ahmedov kabi ustoz metodist olimlar adabiy ta’limga oid ilmiy nazariy yо’nalishdagi tadqiqotlarining aksariyatida yuqoridagi ta’kidlangan mutlaq metodik falsafa tutumlariga ergashishga majbur bо’lganlar, oqibatda adabiyotni bilishga, anglashga bо’lgan muayyan subyektiv munosabat mutlaqlashtirilgan hamda badiiy matn tahlili yuzasidan kо’plab g’ayri ilmiy xulosalar chiqarilgan edi. Shо’ro davrida asosiy e’tibor badiiy matnning ijtimoiy-g„oyaviy funksiyalariga qaratilgan. Ya’ni, tahlilda asosan ijodkorning dunyoqarashi, ijtimoiy, siyosiy vaziyatlarga munosabati, uning atrofidagi hodisalarga qanday sinfiy pozisiyada turib qaraganligi nuqtai nazaridan baho berish badiiy matnni anglashning asosiy mezonlaridan biriga aylangan. Sovet davri metodikasida ifodali о’qish darslarida ham asarning g’oyaviy mundarijasini ochish muhim hisoblanib, hatto Alisher Navoiy asarlarini
о’rganishda ham asosiy e’tibor mutafakkirning xalqparvar va insonparvarlik g’oyalariga, uning siyosiy faoliyati – madaniyat va obodonchilik sohasidagi xizmatlari, shoirning Husayn Boyqaro va saroy ahllari о’rtasidagi qarama – qarshiliklarni batafsil yoritish zaruratiga e’tibor qaratilgan. Navoiyning san’atkorlik mahoratiga deyarli e’tibor berilmagan. Kо’p holatlarda shoirning tassavufga oid qarashlari buzib tahlil qilingan. uzliksiz ta’limning adabiyot darsliklarida mavjud jadid adabiyoti vakillari – Mahmudxо’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon о’g’li Chо’lpon va XX asr о’zbek adabiyotining kо’plab vakillari asarlari mustamlakachilikka qarshi kurash tuyg’usi bilan yо’g’rilgan siyosiy – ijtimoiy g’oyalar asosiga qurilgan. Shu nuqtai nazardan maktab darsliklariga kiritilgan M. Behbudiyning ― “Padarkush”, A. Fitratning ― “Abulfayzxon” dramalari, A. Qodiriyning ― “О’tkan kunlar”, A. Chо’lponning ― “Kecha va Kunduz” romanlari tub mohiyatini ijtimoiy tahlillarsiz anglash mumkin emas, chunki u har doim davr ruhi bilan bog’liq bо’ladi. Jadid sо’z san’ati namoyandalarining muhabbat tuyg’ulari aslida ijtimoiy va hatto siyosiy mohiyat kasb etadi. Ularning muhabbat tuyg’usi Vatan ishqi va yurt sevgisi bilan uzviy tutashgan. О’tgan asrning 80- yillarida adabiy ta’lim yо’nalishida amalga oshirilgan tadqiqotlar, ularning mavzu mundarijasining о’ta sayozligi (masalan, IV-VI sinflarda ta’limiy diktantlarni о’tkazish, ― “О’g’lim sira bо’lmaydi urush” she’rini о’rganish, ―VIII sinfda Avaz О’tar ijodini о’rganish, ― “Qudratli tо’lqin” romanini о’rganish), konseptual masalalarning qо’yilmaganligi ushbu davrda adabiyot о’qitish metodikasi rus adabiy ta’limi soyasida qolib ketgan, izchil takomil bosqichlaridan ortda qolgan o’ta g’arib va ―keraksiz sohaga aylanib qolganini kо’rsatadi. Mustaqillik yillaridan keyin о’zbek adabiyoti metodikasini ham boshqa san’at sohalari qatorida tubdan yangilash zarurati tug’ildi. Adabiy ta’lim taraqqiyoti yо’lida Safo Matchonov, Boqijon Tо’xliyev, Qozoqboy Yо’ldoshev, Marg’uba Mirqosimova, Qunduzxon Husanboyeva, Ro’za Niyozmetova va yana kо’plab ustozlarimiz adabiyot о’qitish metodikasining ayrim masalalarini
yangicha yondashuvlarda tadqiq etib, adabiy ta’lim sohasini yangi taraqqiyot bosqichiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar va hamon qo’shib kelmoqdalar. Xususan, Q.Yo’ldoshevning ― “Adabiyot o’qitishning ilmiy- nazariy asoslari ” o’quv qo’llanmasi adabiy ta’limga yangicha yondashuv tajribasi yo’lidagi dastlabki qadamlardan biri bo’lib xizmat qilgan bo’lsa, Q.Husanboyev va R. Niyozmetovalarning yaqin yillarda yaratilgan ― “Adabiyot o’qitish metodikasi” ni esa har jihatdan pishiq, adabiy ta’limga oid eng muhim jihatlarni qamrab olgan, o’rganuvchilarni tanqidiy va ijodiy fikrlashga yo’naltira oladigan o’quv qo’llanma sifatida e’tirof etish mumkin. Shu о’rinda masalaning yana bir jihatiga e’tibor qaratish kerak bо’ladi. Bugun uzliksiz ta’lim bosqichlarida amalda bо’lgan deyarli barcha adabiyot darsliklarida ― “asar haqida” degan bо’lim mavjud. ― “Asar haqida” gi ma’lumotning о’quvchi ongiga singishi, uni ―tо’g’ri deb qabul qilishi mavjud ma’lumotning dominant (yetakchi) lik xususiyati undagi ―boshqacha bо’lishi mumkin degan qarashiga mone’lik qiladi yoki eng kamida о’quvchini fikrlashdan tо’xtatadi. Bundan tashqari, adabiyot dasrliklaridagi faqat adiblar haqidagi ma’lumotlarni va asar syujetidagi detallarni eslab qolishga qaratilgan ― “ Mirtemir hayoti va ijodi haqida sо’zlab bering ”, ― “shoirning birinchi she’ri va tо’plami qanday nomlanadi” , ― “ular qachon e’lon qilingan?” , ― “shoir ijodidagi bosh mavzular haqida sо’zlang” singari sayoz, odamning tafakkuri va tasavvurini yuksaltirmaydigan, aksincha, badiiy didi va saviyasiga zang tushiradigan yuqoridagi kabi savol va topshiriqlar о’quvchilarda ―adabiyot, asar о’qish, tahlil qilish faqat shunday ikir-chikirlarni esda saqlashdan iborat, degan munosabatni shakllantirdi. Bunday munosabatning shakllanishida Davlat test markazining ― “hissasi” ham katta bо’ldi. О’quvchilar, yoshlar bugun adabiyotni faqat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun bо’ladigan test sinovlariga tayyorgarlik nuqtai nazaridan emas, balki о’z tafakkuri, tasavvuri, didi, saviyasi, umuman, ma’naviy qarashlarini yuksaltirish maqsadi bilan о’rganishiga erishish lozim.