logo

O’zbekistonda mustaqilligi davrida xalq ta’limi tizimidagi islohotlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.6572265625 KB
O’zbekistonda mustaqilligi davrida  xalq ta’limi tizimidagi islohotlar
Reja:
.
1. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi   tub  o’zgarishlar.
2. Ta’lim to’g’risidagi  qonunning qabul qilinishining ahamiyati.
3. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilish yo’llari
4. Prezident   I.Karimovning   asarlarida   ta’lim-tarbiyaning   ahamiyatlari
haqida.
                 1991-yil   31-avgustda   O’zbekiston   Respublikasining     mustaqilligi   e’lon
qilingandan keyin  respublikada  ta’lim   tizimi     1992 yilda  qabul  qilingan   «Ta’lim
to’g’risida»gi qonun va ko’yidagi strategiya asosida ishlab chiqildi:
-ta’limning uzluksiz bo’lishi;
-ta’limni kompleks ravishda uyushtirish;
-ta’limni demokratilashtirish va insonparvarlashtirish;
-ta’lim sistemasini  fan  sohalari  bilan integrasiyalashtirish;
           -umumiy  urta ta’lim asosida  yoshlarni  maxsus bilim yurtlarida  o’qishga,
mutaxassislikka tayyorlash.
                   Respublikada     amalga oshirilgan   uzluksiz   ta’lim sistemasi barcha ta’lim
bosqichlari - maktabgacha   tarbiya   va boshlang’ich, tayanch bosqichlari, o’rta va
hunar   maktablari,   o’rta   maxsus   va   oliy   o’quv   yurtlari,   maktabgacha   tarbiya
muassasalari, malaka oshirish     institutlari   o’rtasida uzviylik bo’lishida , ta’limni
ilm-fan   yutuqlari     bilan     bog’liq       holda     tashkil   etishda   muhim   omil     bo’ldi.
Bolalarni     oilada     bog’chaga,   bog’chada   maktabgacha   o’qishga   tayyorlash,
umumiy     o’rta   ta’lim   asosida   o’quvchilarni   maxsus   bilim   yurtlarida
mutaxassislikka tayyorlashda jiddiy yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta’lim sistemasi
barcha   ta’lim   sistemasi,   barcha   ta’lim   bosqichlarining   istiqbolli     bo’lishiga,
ta’limni     demokratiyalashtirishsh     va   insonparvarlashtirishga,   ta’limni   mehnat
tarbiyasi   bilan   bog’liq     holda     tashkil   etishga     o’quv   fanlarni
integrasiyalashtirishga  yordam berdi.
                     Tarbiyaga kompleks yondashish bilan aqliy   mehnat,   axloqiy, nafosat va
jismoniy       tarbiyalar       o’rtasidagi         uzviylik   mustahkamlandi,   o’quvchilar   hayot
haqida  kengroq  tasavvurga ega bo’la boshladilar. Kompleks prinsipi tarbiyaning,
o’quvchilar   faoliyatining   mazmunli   bo’lishini,   ta’lim   vazifalarini   ham   kompleks
ravishda   amalga   oshirishni     ta’minladi.   Bu   prinsip   maktab,   oila,   jamoatchilik
o’rtasidagi   aloqani   mustahkamlash,   bu   aloqaning   pedagogik   sifat   kasb   etishida, yoshlarning     anglash   mustaqil   fikrlash   faoliyati     va   axloq-odobli   bo’lib   o’sishida
ijobiy ahamiyatga  ega bo’ldi.
                      Tarbiyada   kompleks   prinsipi     qo’llash     o’quv   yurtlari,     ta’lim
muassasalarida   barcha     tarbiyaviy ishlar hamda, tarbiya jarayoni-vazifa, maqsad,
mazmun, usul, shakl, vosita natijalarining o’zaro aloqada bo’lishini ta’minladi.
                     Ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va usullari bu sohada erishilgan ilg’or
tajribalar asosida ishlab chiqildi, bunda ta’limni jahon standarti darajasida  bo’lishi
nazarda tutildi.
                     Yaratilgan ta’lim  davlat standartlarida ularning ijtimoiy maqsadini  ifoda
etuvchi   bo’lishiga   e’tibor   berildi,   ularda   mustaqillik   davri   talab   etayotgan   ta’lim
mazmuni, darajasi, usul va shakllari belgilandi.
           Davlat standarti va konsepsiyalar asosida  yaratilgan dastur va darsliklarda,
ayniqsa   gumanitar   fanlarga   doir   barcha   dastur   va   darsliklarda   milliy   va
umuminsoniy qadriyatlar  o’z  aksini  topdi.
                Ma’lumki, istiqlol mafkurasining asoslarini yaratish avvalo, ta’lim-tarbiya
zamini   bo’lgan   oila   va   maktabgacha   tarbiya   muassasalaridan   boshlanadi.   Ularda
tarbiyalanayotgan   va   maktabda     o’qiyotgan     bolalar   vatan,   jamiyat,   xalq   haqida
muayyan   tasavvurga   ega   bo’lishlari,   ularning   qalbida   Vatan   tuyg’usi,   ulug’
allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy meroslar bilan faxrlanish kerak.
Ana shu talablardan kelib chiqqan olda tibbiy kasbga, muallimlik va murabbiylik
kasb,   malakaga   ega   bo’lgan   ayollar     istiqomat     qilayotgan   oilalarda     uy
bog’chalarida   aniq   dasturlar   asosida   pedagogikadan   milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlar     ifodalangan   darslik   va   qo’llanmalar   yaratishga   kirishildi.   Bu   ishda
o’quvchi   va   talabalar   hamda   bo’lg’usi   o’qituvchilarning   umumiy   madaniyati   va
ma’naviyatini, pedagogik bilim va pedagogik madaniyatini, pedagogik tafakkurini
o’stirish   asosiy maqsad qilib quyildi. Bu maqsad pedagogik fikrlashga doir bilim
va   axloqiy,   tarbiyaviy   g’oyalar,   umumbashariy   va   milliy   madaniy   qadriyatlarni
puxta o’rganish bilan amalga oshirilmoqda.                     O’zbek   tiliga   davlat   maqomi   berilishi   bilan   ona  tilini  chuqur  o’rganish   -
umumiy     o’rta   maktab   va   boshqa   o’quv   yurtlari   ta’limining   asosi   qilib   quyilda.
Ona tilida beriladigan bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy
tafakkurini   o’stirish,   ularda   ona   tilidan   ko’nikma   va     malakalarni     shakllantirish,
ularni   o’zbek       adabiy     tilining   yozma   va   og’zaki   shaklini   puxta   o’zlashtirgan
madaniyatli va savodli  qilib yetishtirish nazarda tutiladi.
                   Sho’ro davrida  «SSSR  tarixi»     deb nomlangan, aslida  Rossiya  tarixidan
iborat   bo’lgan       darslikka   ilova   hisoblangan   «O’zbekiston   xalqlari   tarixi»   tubdan
qayta   ishlandi.   (V,   VIII,   IX   sinflar)   «Inson   va       jamiyat»,   (XI   sinf)     fanlarini
o’qitishga   soat   ajratildi   «Iqtisod   alifbosi»   (boshlang’ich   sinf)   ,   «Iqtisodiy   bilim
asoslari»   (V-IX)   ishlab   chiqildi.   X-XI   sinf   o’quvchilari   o’z   xohishlariga   kura
«Huquqshunoslik», «Menejment va marketing asoslari», «Din   tarixi»ni fakultativ
kurslarida  egallamoqdalar.
                      Ta’limda   test   usuli   qo’llanildi,   iqtidorli   bolalarni   aniqlashga     o’qitishga
katta   ahamiyat   berilmoqda.   Mingdan   ortiq   iqtidorli   bolalar         Amerika,   Angliya,
Shvesiyada ta’lim olib mustaqil  Respublikamiz xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan
bilim va kasblarni  egallashmoqdalar.
            Maktab - ta’lim uzluksiz  ta’lim tizimining  markaziy  bo’limidir. Ana shu
bosqichda o’quvchilar   bilimlarning   asosini  egallaydilar, ularda ijodiy   qobiliyat,
mustaqil   fikrlash,   Vatan,     jamiyat,     shaxs   axloq-odob   haqidagi   tushunchalar
shakllanadi, takomillashadi.
                       Boshlang’ich   bosqich    (1-4 sinf)da asosiy  e’tibor  o’quvchilar  savodini
chiqarishga,   ularda   mustaqil     fikrlash   o’z   fikrini   ifodali     bayon   qilish   malakasini
shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltiriladi.
            Bu bosqichda ta’lim jarayonida o’quvchilarda  mantiqiy tafakkur  qila olish
va   kommunikativ   savodxonlikni       oshirishi,     o’z-o’zini   anglash   salohiyatlarini
moddiy       borliq,   go’zallikni     his   qilish,   undash     zavqlanish   va   uni     yanada
go’zallashtirish   ishtiyog’ini   o’stirishga,   milliy     urf   odatlarni   sevish   va   o’z
hayotlarida ulardan foydalanish  malakalarini tarkib toptirishga e’tibor berildi.                         V-IX   sinflarda   ma’naviy   qadriyatlarni   shakllantirishga   samarali   ta’sir
ko’rsatuvchi  sanat  turi  bo’lgan adabiyotni  o’qitishda   sog’lom,  e’tiqodli,  milliy  va
umumbashariy   qadriyatlarini   anglaydigan   barkamol   shaxsni   shakllantirish   asosiy
maqsad   qilib   qo’yildi.   O’quvchilarda   badiy   adabiyotga   havas,   mehr   uyg’otish
badiy asarlarni o’qib tushunadigan va tahlil  qila oladigan va  o’z fikrin og’zaki va
yozma   ravishda   to’g’ri,   erkin   ifodalay   oladigan   qilib   tarbiyalash   orqali   amalga
oshirilmoqda.   Keyingi   yillarda   tashkil   etilgan   pedagogikadan   ixtisoslashtirilgan
kurslarda   Vatan   tarixi   va   madaniyati,   qadimiy   urf-odatlarimizni   har   tomonlama
o’rganish   va   tatbiq   etish   asosiy   vazifa   qilib   qo’yildi.   Shunga   kura,   hozirgi   davr
talabi asosida  o’zbek tili jadallik   bilan o’rgatilmoqda.
                        Maktabgacha   tarbiya   muassasalari   uchun   tuzilgan   san’at   dasturida
bolalarni   tevarak-atrofida,   tashqi   muhitda   sodir   bulayotgan   voqyea   va     hodisalar
bilan   oshno   qilish,   turli   tasvirlar   vositasida     bu   voqyealar   haqidagi   tasavvurlarini
rivojlantirishga   e’tibor   berildi.   Jismoniy   tarbiya   dasturida   bolalarni     jismonan
kuchli, chaqqon, tetik qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib quyildi.
           O’yin dasturida  an’ana sifatida davom etib kelayotgan milliy o’yinlar, xalq
og’zaki ijodi asosida bolalarga quvonch baxsh etish, ularning tafakkurini o’stirish,
Vatan     tabiati   go’zalligidan   bahramand   qilish   va   ularda     go’zallikni   saqlash,
himoya qilishga intilish, qiziqish hissini  tarbiyalash talab etiladi.
                     Musiqa dasturida   o’zbek xalqining turmush tarzi, milliy an’analari, urf-
odatlari, mumtoz va hozirgi davr badiiy asarlari   asosida yaratilgan  musiqa orqali
bolalarda   musiqa   san’atiga   havas,   go’zal   Vatanimizga     havas   tuyg’usini
shakllantirish va rivoj toptirish asosiy maqsad qilib quyildi.
                      Mehnat   dasturida     bolalarga     o’z-o’ziga   mehnat   qilish   tabiat   bag’rida
ishlash,   qo’l   mehnati   va       uning   mohiyati,   qilingan   mehnat     go’zalligi,   yasalgan
buyum,   narsalarning     chiroyli   va   puxta   bo’lishidan   faxrlanish     tuyg’usini
tarbiyalash, tejamkorlik  qobiliyatini  o’stirish nazarda tutiladi.
           Umuman  maktabgacha  tarbiya davlat standartlarida yosh avlodni jismonan
sog’lom,   ruhan   tetik   odob-axloqli,   iymon-e’tiqodli   shaxsni   tarbiyalash   bo’yicha belgilangan yo’llanma maktabgacha tarbiya dastur va qo’llanmalarida o’z ifodasini
topdi. Bog’chalarda   bolalarning   qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi aniqlanib, chet   el
pedagogika tarixi bilan aloqada   rivojlandi.   Shu sababdan   hozir Markaziy Osiyo
pedagogika   tarixini tadbiq etishda   xorijiy Sharq va Yevropa mamlakatlari ta’lim
tizimi   ham o’rganilmoqda.
                      O’zbekiston   Respublikasi   vazirlar   mahkamasi   huzurida   Oliy   attestasiya
komissiyasining   tashkil   etilishi     mustaqillikning     muhim   timsolidir.   Bu   Oliy
attestasiya   komissiyasi   o’z   zimmasiga   yuklangan     katta   vazifalarni   ya’ni   yuqori
malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar  tayyorlash yangi tizimni shakllantirish,
ularni   respublika   ijtimoiy-iqtisodiy   siyosiy   va  ma’naviy   taraqqiyotining       ustuvor
muammolarini hal qilishga  yo’naltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni  davlat
yo’li   bilan   ekspertiza   qilishni   ta’minlash     bilan   yetuk   ilmiy-pedagogik     kadrlar
yetishtirishga samarali  ta’sir  ko’rsatmoqda.
                Oliy pedagogik   o’quv yurtlarida  ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashtirilgan
kengash   tashkil etilishi   bilan   respublikamizda pedagogika tarixi   va nazariyasi ,
fanlarni   o’qitish   usullari     bo’yicha     doktorlik     va   nomzodlik   dissertasiyalarini
o’zbek   tilida,   turli   millat   vakillarining     o’z   ona   tillarida   himoya   qilishiga   keng
imkoniyat   yaratildi.   Bu   kengashlar   milliy   pedagog   olimlar   safining   o’sishida
muhim   omil   bo’lmoqda.   Bu   tadbir   respublikada   sifatli   ilmiy-pedagogik   asarlar,
o’quv   metodik   qo’llanmalarining   yaratilishiga,   maktabgacha   tarbiya
muassasalarida, umumiy   o’rta maktablarda, o’rta va maxsus oliy o’quv yurtlarida
ta’lim-tarbiyaning   yuksak   saviyada   bo’lishiga   ta’lim   tizimi   mazmunining
takomillashuviga samarali ta’sir ko’rsatmoqda.
              Mustaqillik tufayli «biz umumbashariy qadriyatlarning eng birinchi asosi
bo’lgan   xalq     insonparvarligi   chashmalaridan   qadamma-qadam   bahramand
bo’lmoqdamiz».   Shu   bahramandlik   tufayli   yosh   avlodda   mehnatsevarlik,
insonparvarlik,   vatanparvarlik,   iymon   e’tiqodlik   halollik   axloqiy   poklik,   odillik,
bilimlilik, onglilik, do’stlik kabi insoniy fazilatlar shakllanib, rivoj topmoqda, o’z ona   tili,   milliy   urf-odatlari,   diyorimizning   tabiat   boyliklari     bilan   faxrlanish
tuyg’usi kamol topmoqda.
Respublikada,   ayniqsa   1996   yillarda   iste’dodli   bolalarni   tanlashga   e’tibor
kuchaytirildi,   joylarda   maxsus   hunarmandchilik   liseylari,   umumiy   ta’limiy
yo’nalishidagi     lisey   va   gimnaziyalar     tarmog’i   kengaytirildi,   ular   uchun   yangi
dasturlar ishlab chiqildi.
          Ta’lim bo’yicha xalqaro  hamkorlik rivojlana  boshladi, birlashgan millatlar
tashkilotining   O’zbekistondagi     vakolatxonasi,   Yunisef,   Yunesko   tashkilotlari
bilan aloqalar mustahkamlandi.
                   Xorijiy davlatlarning kadrlar  tayyorlash    sohasidagi  tajribalari  o’rganilib,
o’zbek   xalqining   milliy     urf-odatlari   va   an’analarini   hisobga     olgan   holda
respublikamizda   kadrlar   tayyorlash     tizimining     yangi     modeli     yaratildi.   Bu
modelning    tub  mohiyati     shundaki,   uning  tarkibi   uzluksiz   ta’lim,   ilm-fan,  ishlab
chiqarish,   davlat   va   jamiyat   kabi     alohida   qismlardan   tashkil   topdi.     Modelda
kadrlar   tayyorlash   tizimining   maqsadi,   vazifasi   va   uzluksiz   ta’lim   tizimini     isloh
etishning   asosiy   yo’nalishlari,  bosqichlari,   milliy  dasturni   amalga   oshirish     orqali
erishiladigan   natijalar o’z ifodasini topdi.
           1997 yil  29 avgustda  bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
birinchi   chaqiriq IX sessiyasida   qabul qilingan   «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   O’zbekiston   ta’limida   tom   ma’noda   inqilobiy
o’zgartirishlarni   boshlab berdi.
                      Bu   qonun     va   dastur     yosh   avlodni     Vatanimizga     sadoqatli,   uning
mustaqilligini   asrab   avaylashga       tayyor,   keng   tafakkurli,   jismonan   sog’lom,
ma’naviy   va   ma’rifiy   jihatdan       barkamol     qilib     tarbiyalashda,   umuman   ta’lim
mazmunini   yanada   takomillashuvida uning sifatli   va samarali bo’lishida muhim
omildir:
1. qabul   qilingan     yangi   tahrirdagi   «Ta’lim     to’g’risida»gi     qonun   asosida
ta’lim  sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari; 2. ta’lim   O’zbekiston   Respublikasi   ijtimoiy     taraqqiyotidagi     ustuvor   soha
ekanligi;
3. ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;
4. ta’limning  uzluksizligi va izchilligi;
5. umumiy o’rta, shuningdek  o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limning majburiyligi
aniq ko’rsatildi. 
     Shuningdek qonunda:
1. ta’limning   III   bosqichida     3   yillik   akademik   liseylarda     yoki   kasb-hunar
kollejlarida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
2. ta’lim tizimining  dunyoviy xarakterda ekanligi;
3. davlat  ta’lim standartlari  doirasida bilim olishning hamma uchun ochiqligi;
4. ta’lim dasturlarini tanlashda   yagona va tabaqalashtirilgan   yondoshuvning
joriy etilganligi;
5. iqtidorli   o’quvchilarni     rag’batlantirish,   ularning   iste’dod   qirralarini   ochib
berish uchun barcha shart sharoitlarni  yaratib berish;
6. ta’lim   tizimida     davlat   va     jamoat   boshqaruvini   uyg’unlashtirish   qayd
qilindi.
          Ushbu Qonunga muvofiq, ta’lim va tarbiyaning dunyoviyligi ta’minlanib, u
maktabgacha, umumiy   o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy va oliy o’quv
yurtidan keyingi  ta’lim bosqichlaridan tashkil topgan.
                   Maktabgacha ta’lim bolalarning uch yoshidan olti yetti yoshigacha   oilada
bolalar bog’chalarida boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Boshlang’ich   ta’lim   1-4   sinflardan    iborat,   unda   to’qish   oltinchi-yettinchi     sinflar
doirasida   umumiy   bilim     asoslarini     chuqur     o’rganadilar,   bu   sinflarda   asosiy
e’tibor     ularning   dunyoqarashini   shakllantirishga   va   kengaytirishga   ularning
qiziqish va intilishlarini oshirishga qaratiladi.
                   Shundan so’ng o’quvchilarga 3 yillik   o’quv akademik liseylari  va kasb-
hunar kollejlaridan iborat ixtiyoriy-majburiy   bosqichda o’qish tavsiya etiladi. Bu
bilim     yurtlarida     o’quvchilar   o’zlari   tanlagan   ta’lim   yo’nalishi   bo’yicha bilimlarini     oshirib,   muayyan   oliy     o’quv   yurtiga   kirish   uchun   aniq   maqsadga
yo’naltirilgan   fanlarni   chuqurlashtirgan     holda   o’rganishga   qaratilgan,   har   ikki
yo’nalishda   o’qishni     bitirgan       o’quvchilar   oliy     o’quv   yurtlariga   kirishda   keng
imkoniyatga ega   buladilar.
                        Oliy   mutaxassislik   ta’limida   o’n   sakkiz-   o’n   to’qqiz   yoshlilar   turt     yil
davomida o’qishni   davom  ettiradilar.
                        Uzluksiz   ta’lim   yangi   tizimining   amaldagi   shaklidan   farqi   shundaki,
o’quvchilar   alohida     kollejlarda   kasb-hunar   egallaydilar   va   umumiy   o’rta
ma’lumotli       bo’ladilar,   akademik   liseylarda     esa,   chuqurlashtirilgan   umumta’lim
tayyorligiga ega bo’ladilar.
            Ta’limning  yangi tizimini  tashkil etgan barcha o’quv maskanlarida asosiy
e’tibor     o’quvchilarda     mustaqil   fikr   yuritish   ko’nikmalarini   hosil   qilishga
egallagan bu ko’nikmalarini tajribada  namoyon etishlariga qaratiladi.
                      Tabiiyki,   demokratik   jamiyatda   bolalar   erkin   fikrlaydigan   etib
tarbiyalanadilar.   «agar   o’quvchi   erkin   fikrlashni   o’rganmasa,   berilgan   ta’lim
samarasi   past   bo’lishi   muqarrar.   Albatta,   bilim   kerak,   ammo   bilim   o’z   yo’liga
mustaqil fikrlash  ham katta boylikdir.» (I.Karimov)
                      Oliy   ta’lim     tizimida   mutaxassis       kadrlar   ko’p     bosqichli   yo’l   bilan
tayyorlanadi.   Kadrlar     tayyorlash   milliy   dasturida     bajarilishi   rejalashtirilgan
dasturlar   asosida   amalga   oshiriladi.   Milliy   dasturni   amalga   oshirishning     asosiy
natijasi     raqobatbardosh   kadrlar   tayyorlashning   yaxlit   tizimini   barpo   etishdan
iborat bo’ladi. Respublika Oliy Majlisida   tasdiqlangan «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da kuyidagi umumiy qoidalar ifodalangan:
1. muammolar va kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan  isloh qilish omillari;
2. milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yobga chiqarish  bosqichlari;
3. kadrlar tayyorlashning milliy modeli;
4. kadrlar  tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari;
5. dasturni ro’yobga chiqarishning tashkiliy asoslari.  Dasturda   bu   qoidalar     mazmuni   quyidagicha   ifoda   etilgan.   O’zbekiston
Respublikasi   inson   huquqlari   va   erkinliklariga   rioya   etilishini,   jamiyatning
ma’naviy     yangilanishini,   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotini
shakllantirishni,   jahon   hamjamiyatiga   qo’shilishni   ta’minlaydigan   demokratik
huquqiy  davlat va adolatli fuqarolik jamiyati  qurmoqda.
             Inson uning   har tomonlama uyg’un kamol topishi va  farovonligi, shaxs
manfaatlarini   ro’yobga   chiqarishning   sharoitlarini   va   ta’sirchan     mexanizmlarini
yaratish,   eskirgan   tafakkur   va   ijtimoiy   xulq-atvorning   andozalarini   o’zgartirish
respublikada   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   asosiy   maqsadi   va
harakatlantiruvchi   kuchidir.   Xalqning   boy     intellektual   merosi   va   umumbashariy
qadriyatlar   asosida,   zamonaviy   madaniyat,   iqtisodiyot,   fan,   texnika   va
texnologiyalarning     yutuqlari   asosida   kadrlar   tayyorlashning   mukammal   tizimini
shakllantirish O’zbekiston  taraqqiyotining   muhim shartidir.
                        Kadrlar   tayyorlash   milliy     dasturi   «Ta’lim   to’g’risida»gi   O’zbekiston
Respublikasi  qonunining qoidalariga to’la muvofiq bo’lib, milliy tajribaning tahlili
va   ta’lim   tizimidagi   jahon   miqyosida   yutuqlar   asosida   tayyorlangan     yuksak
umumiy  va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy siyosiy
hayotda   mustaqil   ravishda   mo’ljalni   to’g’ri   ola   bilish   mahoratiga   ega   bo’lgan,
istiqbol vazifalarini  ilgari surish va hal etishga   qodir   kadrlarning yangi  avlodini
shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Dastur   kadrlar     tayyorlash   milliy   modelini     ro’yobga  chiqarishni     har   tomonlama
kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini
ongli ravishda   tanlash va keyinchalik puxta   o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy,
huquqiy,   psixologik-pedagogik   va   boshqa   tarzdagi   fuqarolarni   tarbiyalashni
nazarda tutadi.
                       «Bugungi zamon talabi, ertangi kelajagimizning tashvishlari bizdan xalq
ta’limi     tizimini   isloh   qilish     zarurligini     taqozo   etmoqda»   (I.Karimov).   «Ta’lim
to’g’risida»gi   qonun     va   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   O’zbekiston
Respublikasida ta’lim tizimini tubdan isloh  qilishda, ta’lim-tarbiya mustaqil davlat talablari darajasida bo’lishiga erishishda,  har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni
tayyorlashda,  umuman milliy pedagogika fanining   yangicha mazmun kasb      etib
rivojlanishida asosiy  omil  bo’lishi  tabiiydir..
  Adabiyotlar:
1. Pedagogika. Munavvarov. -T.,O’zbekiston, 1996 y.
2. O’zbek sovet en t siklopediyasi. -T.,O’zbekiston,484-486 b.
3. "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" T. 1995 yil.
4. K.Hoshimov,S.Nishonova "Pedagogika tarixi" -T., O’qituvchi", 1995 yil.
5. X.Abdullayev "Entopedagogika"-T., "O’qituvchi", 1995 yil. 161-168 
betlar.
6. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -T., 
"O’qituvchi", 1995 yil.
7. K. Hoshimov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1997 yil.
8. O. Hasanova "Pedagogika tarixidan xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 
1994 yil.
9. A.Hasanov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1998 yil.

O’zbekistonda mustaqilligi davrida xalq ta’limi tizimidagi islohotlar Reja: . 1. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi tub o’zgarishlar. 2. Ta’lim to’g’risidagi qonunning qabul qilinishining ahamiyati. 3. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilish yo’llari 4. Prezident I.Karimovning asarlarida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatlari haqida.

1991-yil 31-avgustda O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilingandan keyin respublikada ta’lim tizimi 1992 yilda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va ko’yidagi strategiya asosida ishlab chiqildi: -ta’limning uzluksiz bo’lishi; -ta’limni kompleks ravishda uyushtirish; -ta’limni demokratilashtirish va insonparvarlashtirish; -ta’lim sistemasini fan sohalari bilan integrasiyalashtirish; -umumiy urta ta’lim asosida yoshlarni maxsus bilim yurtlarida o’qishga, mutaxassislikka tayyorlash. Respublikada amalga oshirilgan uzluksiz ta’lim sistemasi barcha ta’lim bosqichlari - maktabgacha tarbiya va boshlang’ich, tayanch bosqichlari, o’rta va hunar maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari, maktabgacha tarbiya muassasalari, malaka oshirish institutlari o’rtasida uzviylik bo’lishida , ta’limni ilm-fan yutuqlari bilan bog’liq holda tashkil etishda muhim omil bo’ldi. Bolalarni oilada bog’chaga, bog’chada maktabgacha o’qishga tayyorlash, umumiy o’rta ta’lim asosida o’quvchilarni maxsus bilim yurtlarida mutaxassislikka tayyorlashda jiddiy yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta’lim sistemasi barcha ta’lim sistemasi, barcha ta’lim bosqichlarining istiqbolli bo’lishiga, ta’limni demokratiyalashtirishsh va insonparvarlashtirishga, ta’limni mehnat tarbiyasi bilan bog’liq holda tashkil etishga o’quv fanlarni integrasiyalashtirishga yordam berdi. Tarbiyaga kompleks yondashish bilan aqliy mehnat, axloqiy, nafosat va jismoniy tarbiyalar o’rtasidagi uzviylik mustahkamlandi, o’quvchilar hayot haqida kengroq tasavvurga ega bo’la boshladilar. Kompleks prinsipi tarbiyaning, o’quvchilar faoliyatining mazmunli bo’lishini, ta’lim vazifalarini ham kompleks ravishda amalga oshirishni ta’minladi. Bu prinsip maktab, oila, jamoatchilik o’rtasidagi aloqani mustahkamlash, bu aloqaning pedagogik sifat kasb etishida,

yoshlarning anglash mustaqil fikrlash faoliyati va axloq-odobli bo’lib o’sishida ijobiy ahamiyatga ega bo’ldi. Tarbiyada kompleks prinsipi qo’llash o’quv yurtlari, ta’lim muassasalarida barcha tarbiyaviy ishlar hamda, tarbiya jarayoni-vazifa, maqsad, mazmun, usul, shakl, vosita natijalarining o’zaro aloqada bo’lishini ta’minladi. Ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va usullari bu sohada erishilgan ilg’or tajribalar asosida ishlab chiqildi, bunda ta’limni jahon standarti darajasida bo’lishi nazarda tutildi. Yaratilgan ta’lim davlat standartlarida ularning ijtimoiy maqsadini ifoda etuvchi bo’lishiga e’tibor berildi, ularda mustaqillik davri talab etayotgan ta’lim mazmuni, darajasi, usul va shakllari belgilandi. Davlat standarti va konsepsiyalar asosida yaratilgan dastur va darsliklarda, ayniqsa gumanitar fanlarga doir barcha dastur va darsliklarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar o’z aksini topdi. Ma’lumki, istiqlol mafkurasining asoslarini yaratish avvalo, ta’lim-tarbiya zamini bo’lgan oila va maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlanadi. Ularda tarbiyalanayotgan va maktabda o’qiyotgan bolalar vatan, jamiyat, xalq haqida muayyan tasavvurga ega bo’lishlari, ularning qalbida Vatan tuyg’usi, ulug’ allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy meroslar bilan faxrlanish kerak. Ana shu talablardan kelib chiqqan olda tibbiy kasbga, muallimlik va murabbiylik kasb, malakaga ega bo’lgan ayollar istiqomat qilayotgan oilalarda uy bog’chalarida aniq dasturlar asosida pedagogikadan milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodalangan darslik va qo’llanmalar yaratishga kirishildi. Bu ishda o’quvchi va talabalar hamda bo’lg’usi o’qituvchilarning umumiy madaniyati va ma’naviyatini, pedagogik bilim va pedagogik madaniyatini, pedagogik tafakkurini o’stirish asosiy maqsad qilib quyildi. Bu maqsad pedagogik fikrlashga doir bilim va axloqiy, tarbiyaviy g’oyalar, umumbashariy va milliy madaniy qadriyatlarni puxta o’rganish bilan amalga oshirilmoqda.

O’zbek tiliga davlat maqomi berilishi bilan ona tilini chuqur o’rganish - umumiy o’rta maktab va boshqa o’quv yurtlari ta’limining asosi qilib quyilda. Ona tilida beriladigan bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini o’stirish, ularda ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularni o’zbek adabiy tilining yozma va og’zaki shaklini puxta o’zlashtirgan madaniyatli va savodli qilib yetishtirish nazarda tutiladi. Sho’ro davrida «SSSR tarixi» deb nomlangan, aslida Rossiya tarixidan iborat bo’lgan darslikka ilova hisoblangan «O’zbekiston xalqlari tarixi» tubdan qayta ishlandi. (V, VIII, IX sinflar) «Inson va jamiyat», (XI sinf) fanlarini o’qitishga soat ajratildi «Iqtisod alifbosi» (boshlang’ich sinf) , «Iqtisodiy bilim asoslari» (V-IX) ishlab chiqildi. X-XI sinf o’quvchilari o’z xohishlariga kura «Huquqshunoslik», «Menejment va marketing asoslari», «Din tarixi»ni fakultativ kurslarida egallamoqdalar. Ta’limda test usuli qo’llanildi, iqtidorli bolalarni aniqlashga o’qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Mingdan ortiq iqtidorli bolalar Amerika, Angliya, Shvesiyada ta’lim olib mustaqil Respublikamiz xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan bilim va kasblarni egallashmoqdalar. Maktab - ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining markaziy bo’limidir. Ana shu bosqichda o’quvchilar bilimlarning asosini egallaydilar, ularda ijodiy qobiliyat, mustaqil fikrlash, Vatan, jamiyat, shaxs axloq-odob haqidagi tushunchalar shakllanadi, takomillashadi. Boshlang’ich bosqich (1-4 sinf)da asosiy e’tibor o’quvchilar savodini chiqarishga, ularda mustaqil fikrlash o’z fikrini ifodali bayon qilish malakasini shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltiriladi. Bu bosqichda ta’lim jarayonida o’quvchilarda mantiqiy tafakkur qila olish va kommunikativ savodxonlikni oshirishi, o’z-o’zini anglash salohiyatlarini moddiy borliq, go’zallikni his qilish, undash zavqlanish va uni yanada go’zallashtirish ishtiyog’ini o’stirishga, milliy urf odatlarni sevish va o’z hayotlarida ulardan foydalanish malakalarini tarkib toptirishga e’tibor berildi.

V-IX sinflarda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatuvchi sanat turi bo’lgan adabiyotni o’qitishda sog’lom, e’tiqodli, milliy va umumbashariy qadriyatlarini anglaydigan barkamol shaxsni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo’yildi. O’quvchilarda badiy adabiyotga havas, mehr uyg’otish badiy asarlarni o’qib tushunadigan va tahlil qila oladigan va o’z fikrin og’zaki va yozma ravishda to’g’ri, erkin ifodalay oladigan qilib tarbiyalash orqali amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda tashkil etilgan pedagogikadan ixtisoslashtirilgan kurslarda Vatan tarixi va madaniyati, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o’rganish va tatbiq etish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Shunga kura, hozirgi davr talabi asosida o’zbek tili jadallik bilan o’rgatilmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasalari uchun tuzilgan san’at dasturida bolalarni tevarak-atrofida, tashqi muhitda sodir bulayotgan voqyea va hodisalar bilan oshno qilish, turli tasvirlar vositasida bu voqyealar haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishga e’tibor berildi. Jismoniy tarbiya dasturida bolalarni jismonan kuchli, chaqqon, tetik qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib quyildi. O’yin dasturida an’ana sifatida davom etib kelayotgan milliy o’yinlar, xalq og’zaki ijodi asosida bolalarga quvonch baxsh etish, ularning tafakkurini o’stirish, Vatan tabiati go’zalligidan bahramand qilish va ularda go’zallikni saqlash, himoya qilishga intilish, qiziqish hissini tarbiyalash talab etiladi. Musiqa dasturida o’zbek xalqining turmush tarzi, milliy an’analari, urf- odatlari, mumtoz va hozirgi davr badiiy asarlari asosida yaratilgan musiqa orqali bolalarda musiqa san’atiga havas, go’zal Vatanimizga havas tuyg’usini shakllantirish va rivoj toptirish asosiy maqsad qilib quyildi. Mehnat dasturida bolalarga o’z-o’ziga mehnat qilish tabiat bag’rida ishlash, qo’l mehnati va uning mohiyati, qilingan mehnat go’zalligi, yasalgan buyum, narsalarning chiroyli va puxta bo’lishidan faxrlanish tuyg’usini tarbiyalash, tejamkorlik qobiliyatini o’stirish nazarda tutiladi. Umuman maktabgacha tarbiya davlat standartlarida yosh avlodni jismonan sog’lom, ruhan tetik odob-axloqli, iymon-e’tiqodli shaxsni tarbiyalash bo’yicha