Mustaqillik davrida O’zbekistonda huquq va davlat tushunchalariga yangicha yondashuv
Mavzu: Mustaqillik davrida O’zbekistonda huquq va davlat tushunchalariga yangicha yondashuv . Reja: 1.Mustaqil O’zbekistonda huquqiy-falsafiy qarashlarning tubdan o’zgarishi va rivoji. 2.Huquqiy islohotlarning mohiyati, uni amalga oshirishning zaruriy shartlari. 3.Demokratik tamoyillariga asoslangan huquqiy davlatning mazmuni, uning barpo etilishi zaruriyati. 4.I.A.Karimov asarlarida huquqiy davlat shakllanishining umumnazariy falsafiy asoslari. 5.Sh.M.Mirziyoyevning Yangi O’zbekistonda huquqiy davlat shakllantirishga doir umumnazariy falsafiy qarashlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’kidlashicha, «O’tmish davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda O’zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishi lozim bo’lgan keng tarmoqli, ko’ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning o’zaro munosabati shakl bilan mazmunning o’zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to’la ma’noda mavjud bo’lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin. Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida ham yaqqol ko’rish mumkin. Zero, iqtisodiy islohatlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi. “Amalga oshirilayotgan islohotlarimizning mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish bo’yicha biz tanlab olgan yo’lning mantiqiy va qonuniy davomi bo’lishini nazarda tutgan holda, ularning uzviyligi, bosqichma-bosqichligi va izchilligini, boshqacha aytganda, tadrijiyligini saqlash shart”. Huquq va davlat tushunchalarini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari muhim metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Bu asarlarda o’z aksini topgan nazariy g’oyalar sun’iy ravishda inkor qilingan ta’limotlarni o’rganish va fan doirasiga kiritish imkonini beradi. Xalqimiz o’zining buyuk allomalariga nazar solmoqda, ularning ibratli ishlar i dan saboq olishga intil moqda . «Mustaqilligimizni dastlabki kunlar i danoq ajdodlarimiz tomonidan
ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaxo ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan g’oyat muhim vazifa bo’lib qoldi». Ajdodlarimizning davlatchilik g’oyalarini o’rganish, ijtimoiy-siyosiy fikrga xos xususiyatlarini bilish zaruriyati tobora oshib bormoqda. O’tmish mutafakkirlarini adolatli jamiyat va davlat qurilishi va boshqarish ta’moyillari haqidagi ta’limotlari bizni hayajonlantirgan savollarga javob topishda, ibratli ishlardan saboq olishga ko’maklashadi. Ularning barchasi odamlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga va takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy idealni izlash, adolat va tenglik prinsiplariga asoslangan jamiyatni qurish g’oyalarini targ’ib qildilar. O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy fikriga xos xususiyatlardan biri shundan iboratki, uning namoyondalari davlat, xokimiyat, adolat masalalarini islom siyosiy madaniyatga tayangan holda hal qilishga harakat qildilar. «Vatanimiz azaldan bashariyat tafakkuri xazinasiga unitilmas h issa qo’shib kelgan. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak madaniyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va o’z navbatida bu falsafiy ahloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan ba h ra ol i b boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un h olda Xo’ja Axmad Yassaviy, Xo’ja Bahovuddin N aqshbandiy, Imom al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy , Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un holda shakllanishi lozim». O’zbekiston ning ijtimoiy va siyosiy fikriga xos x ususiyatlardan yana biri shundaki, unda ahloq masalalari yetakchi o’rin egallaydi. Uning namoyondalari ezgulik, yaxshilikni bilishga intildilar, axloqiy qonun va tamoyillarga amal qilish insonning oliy ma’naviy burchi deb bildilar. O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy va huquqiy fikr i maxsus siyosiy va huquqiy asarlardagina emas, badiiy ijodda ham o’z aksini topdi. Forobiy, Imom M o trudiy, Imom al-Samarqandiy, Burxoniddin Marg’inoniy
o’z qarashlarini maxsus falsafiy va huquqiy asarlarda ifodalagan bo’lsa lar , Yassaviy, Alisher N avoiy, Mashrab, Furqat, Muqimiy va boshqalar badiiy ijodda namoyon qildilar. Badiiy asarlarning barchasini badiiy shakl berilgan falsafiy yoki siyosiy asar deb hisoblab, shoir va yozuvchilarning barchasini falsafiy va ijtimoiy siyosiy fikr tarixiga kiritish yaramaydi, albatta. Shu bilan birga ijtimoiy va siyosiy fikr tarixiga ilmiy yondashish «sof faylasuf» yoki «sof huquqshunos» bo’lmagan mutafakkirlar ijodida ifodalangan ijtimoiy-siyosiy g’oyalarning rivojining kuzatishni talab qiladi. Badiiy merosning tahlil qilish ijodkorning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy muammolarga bo’lgan munosabatini tiklash imkonini beradi. O’zbekiston ijtimoiy- siyosiy fikr tarixiga kiritilgan buyuk shoir, yozuvchilar o’z asarlarida zamondosh jamiyatning ijtimoiy-siyosiy holatini tasvirlash bilan birga, jamiyatdagi adolatsizlik, zo’ravonlik, insoniy munosabatlarda uchraydigan soxta lik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish yo’llarini topishga urindilar. Ular haqiqat va adolatga asoslangan insoniy munosabatlarning o’rnatish uchun nima qilish zarur degan savolga javob izladilar. Huquq falsafasi huquqiy borliqning kompleks tadqiq etishning umumiy metodologiyasidir. Huquq falsafasi huquqni faqatgina ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatidagina emas, balki uni ijtimoiy, milliy va individual qadriyatlarining birligi sifatida ham o’rganadi. Huquq falsafasi O’zbekistonda shakllanayotgan va rivojlanayotgan ijtimoiy falsafa, inson va jamiyat falsafasining ajralmas qismi bo’lib, huquqni jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy tizimlar bilan birgalikda olib o’rganadi. Bu o’z navbatida jamiyatimizda kishilarning keng qamrovli faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydi. «Ya’ni jamiyatning – deb ta’kidlaydi I.Karimov, siyosiy va davlat tuzumini belgilar ekanmiz, unda har-bir odamning siyosiy , iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy faoliyati uchun yetarli erk beradigan shart-sharoitlar yaratilmog’i kerak». Huquq falsafasi–huquqiy davlatning nazariy poydevori. Huquqiy davlat ta’limotida, mazkur davlatni barpo etishda haqiqiy demokratik ta’moyillar qaror
topishi va barcha ijtimoiy qatlamlarning maqsadlari, ularning huquqiy muhofaza qilishga alohida e’tibor etadi. Zero, ijtimoiy falsafa, inson va jamiyat falsafasi ekan, kishilar o’rtasida munosabatlarni tartibga solish, ularning haqqi-huquqini targ’ib–tashviqot qilishda huquqiy falsafaning ahamiyati beqiyosdir. «Mustaqil O’zbekiston Respublikasida haqiqiy demokratiya qaror topar ekan, unda Respublika aholisining barcha qatlamlari, barcha ijtimoiy guruhlarining milliy va madaniy haq-huquqlari muhofaza etiladi» -deb ta’kidlaydi I.Karimov. O’zbekiston jahon hamjamiyatiga sobitqadamlik bilan kirib borayotgan mustaqil, demokratik va huquqiy davlatdir. Huquq falsafasi esa davlatimizning ana shu yo’ldan rivojlanishning nazariy poydevorlaridan biri hisoblanadi. Huquqiy davlat huquq falsafasi bir-birlari bilan uzviy bog’liq tushunchalardir. O’zbekistonda huquqiy davlat barpo etish jarayonida umumjahon qadriyatlarini o’zida mujassam etgan milliy huquq falsafasini yaratish lozim bo’ladi. Huquq falsafasining asosi, uning maqsadini va mohiyatini, avvalambor, inson, insonparvarlik g’oyasi tashkil etishi lozim. I.Karimov ta’kidlaganidek, O’zbekistonda huquqiy davlat bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy va diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir». Qonun, inson irodasini ifoda etadi va uning haq-huquqlarini va erkini himoya qiladi. Bu esa kuchli ijroiya hoqimiyatning bo’lishini taqazo etadi. Chunki kuchli ijroiya hokimiyat bo’lmasa, hatto eng demokratik yo’l bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin. Ijtimoiy falsafaning asosiy muammolaridan biri bu - inson borlig’i, uning hayotining mazmuni va uning huquqiy masalalari ya’ni boshqacha qilib aytsak, qonun ustuvorligi, ayni paytda insonparvarlik g’oyalariga asoslanishi va bu g’oyalarning maqsadi, mohiyati esa kishilar hayoti, ularning shaxsiy dahlsizli, erkinligi va qadr-qimmatini himoyalash demakdir. Ma’lumki huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri – bu barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni bo’lgan Kontitusiyaning, demakki qonunlarning ustuvorligini ta’minlashdir. Asosiy qonun hisoblangan O’zbekiston