logo

Mustaqillik davrida fan rivojining yangi bosqichi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

20.5576171875 KB
Mavzu:  Mustaqillik davrida fan rivojining yangi bosqichi.
    
Reja:
1. Prezident I.A.Karimov asarlari
2. Mustaqillik yillarida fanlar rivoji
3. Istiqlol yillarida texnika taraqqiyotining o’sishi             O’zbekiston   -   ilm-fan   va   madaniyat   qadimdan   taraqqiy   etgan
mamlakatlardan   biri,   umuminsoniy   sivilizasiyaning   ajralmas   bir   qismi
hisoblanadi. 
         Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik
qazishlar   va   tadqiqotlar   bu   zaminda   odamlar   juda   qadimdan   yashaganligini
va   ularda   dastlabki   emperik   (tajribaga   asoslangan)   bilimlar   shakllana
boshlaganligini ko’rsatadi. 
         O’zbekiston   olimlari  ota-bobolari   yaratib   ketgan   ana   shu  qadimiy   ilmiy
merosni o’rganib, uni boyitib, o’z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon
ilmu-fani va madaniyatiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.
         O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach o’zbek olimlarining
faoliyatida   va   o’zbek   faniing   rivojida   yangi   bir   davr,   yangi   bir   bosqich
boshlandi.   «Bizning   istiqbolimiz-   deb   aytgan   edi   I.A.   Karimov   O’zbekiston
Fanlar Akademiyasining 50–yilligiga bag’ishlangan tantanali majlisda - ko’p
jihatdan   olimlarning   hozirgi   ilmiy   izlanishlariga,   ularning   yuksak
qobiliyatlariga   va   oqilona   tavsiyalariga   bog’liq».*   Darxaqiqat   Prezidentimiz
I.A.Karimov   ta’kidlaganidek   bugungi   o’zbek   faninig   vazifasi   –
kelajagimizning   shakl-shamoyilini   yaratib   berish,   ertangi   kunimizning
yo’nalishlarini va qonuniyatlarini aniqlab, ko’rsatib berishdan iboratdir.
Bugungi   kunda   O’zbekiston   Markaziy   Osiyodagi   eng   yirik   ilmiy-   madaniy
markaz   hisoblanib,   mamlakatda   59   ta   (61ta)   Oliy   o’quv   yurti   faoliyat
ko’rsatmoqda, shulardan 16 tasi universitet: 
Toshkent universiteti.
Toshkent texnika universiteti. 
*   Karimov   I.A.   Nasha   sel:   svobodnaya   i   prosvetayushaya   Rodina.   T.,
t.2, 1996., 77-78str.
     3. Toshkent iqtisodiyot universiteti.
     4. O’zbekiston jahon tillari universiteti.      5. Samarqand Davlat universiteti. 
    6. Andijon universiteti. 
    7. Buxoro universiteti. 
    8. Namangan universiteti. 
    9. Termiz universiteti.
    10. Urganch universiteti. 
    11. Farg’ona  universiteti. 
    12. Qarshi  universiteti. 
    13. Qaroqalpoq universiteti. 
    14. Toshkent agrar universiteti. 
    15. Jaxon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti. 
    16. Guliston universiteti. 
     Qolgan 39 tasi  pedagogika, tibbiyot, texnika, iqtisodiyot, qishloq xo’jalik,
san’at,   madaniyat   va   boshqa   institutlardir.   Ularda   300   mingga   yaqin   talaba
bilim   olmoqda.   Oliy   o’quv   yurtlari   276   ta   mutaxassislik   bo’yicha
mutaxassislar   tayyorlamoqda.*   Shuningdek   respublikamizda   140   dan   ortiq
ilmiy-tekshirish   institutlari   bo’lib,   ularda   20   mingdan   ortiq   ilmiy   xodimlar
faoliyat ko’rsatmoqda.* 
         Shu bilan birga yurtimizda 246 (258) ta o’rta maxsus o’quv yurtlari, shu
jumladan   16   kollej,   133   ta   texnikum,   102   ta   bilim   yurti   faoliyat   yuritadi.
Ularda   qariyb   250   ming   o’quvchi   170   (198)   mutaxassislik   bo’yicha   ta’lim
oladi.* 
          O’zbekiston   Respublikasi   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonuniga   (1997   yil   2
avgust) muvofiq, umumiy ta’lim uch bosqichdan iborat:
    - boshlang’ich ta’lim --------- (1- 4 sinflar);
    - tayanch ta’lim -----------------(5 – 9 sinflar);  
    - o’rta ta’lim -------------------(10 – 11 sinflar).
    * 100 savolga 100 javob. T., O’qituvchi. 1998., 103 bet.     * Katyukova T.V. Istorii nauki. T., 2002., str.74.
          Mazkur   qonunga   ko’ra   majburiy   ta’lim   muddati   9   yilga   keltirildi   va
tayanch   ta’lim   muddatini   qamrab   oladigan   bo’ldi.   1995   yilgi   ma’lumotga
ko’ra   O’zbekiston   Respublikasida   183   boshlang’ich   maktab,   1814   tayanch
maktab, 7203 o’rta maktab va 184 kechki maktab bo’lib, ularda 418,7 ming
pedagog ishlaydi.
         O’zbekiston maktablarida ta’lim o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz, rus,
turkman va tojik tillarida olib boriladi. Shuningdek O’zbekiston uchun yangi
bo’lgan   o’quv   yurti   turlari:   gimnaziya,   lisey,   biznes   maktab   va   boshqalar
ochildi. O’zbekiston Respublikasida 185 ta gimnaziya (15,5 ming o’quvchi),
187 ta umumta’lim liseyi (50 ming o’quvchi) faoliyat ko’rsatadi.
      Yana O’zbekistonda 1000 ga yaqin maktabdan tashqari ta’lim muassalari
faoliyat ko’rsatmoqda:
    -230 ta o’quvchilar saroyi va uyi;
    -137 ta yosh texniklar;
    -118 ta tabiatshunoslar;
    -42 ta yosh sayohatchilari markazi;
    -360 ta bolalar va o’smirlar sport maktablari va h.k.
          1997   yil   29   avgustda   Oliy   Majlis   «Ta’lim   to’g’risida»   yangi   qonun   va
«Kadrlar   tayyorlash   bo’yicha   Milliy   dastur»   qabul   qildi.   O’zbekistonda   12
yillik   majburiy   ta’lim   joriy   qilindi.   9   –   sinfni   bitirgan   yoshlar   uch   yillik
akademik lisey yoki kasb-hunar kollejlarida o’qiydigan bo’ldi:
          O’zbekistonda   uzluksiz   ta’lim   quyidagi   turlarda   amallar   oshiriladigan
bo’ldi:
    -maktabgacha ta’lim;
    -umumiy o’rta ta’lim;
    -o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi;
    -oliy ta’lim;     -oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
    -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
    -maktabdan tashqari ta’lim.       
      Shu bilan birga O’zbekiston mustaqillikka erishgach sobiq ittifoq davrida
O’zbekistonda   atayin   tashkil   qilinmagan   bir   qator   muhim   (harbiy   strategik)
ixtisosliklar   bo’yicha   alohida   oliy   o’quv   yurtlarini   tashkil   eta   boshladi.
Bularga: 
    -Mudofaa vazirligi qoshidagi Harbiy akademiya;
    -Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi;
    -Bank-moliya akademiyasi;
    -Toshkent aviasiya instituti;
    -Navoiy tog’-kon instituti;
        -Jahon   iqtisodiyoti   va   diplomatiya   universiteti   kabi   o’nlab   yangi   o’quv
muassalari tashkil etildi.
         Shunday qilib «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Respublikamizda davr
talabiga   mos   keladigan,   boy   aqliy   merosi,   ijodiy   va   ijtimoiy   faolligi   bilan
ajralib   turadngan   yuqori   darajada   kamolotga   erishgan   mutaxassislarning
yangi avlodini shakllantirishni ko’zda tutadi. Shu maqsadda jahonning ilg’or
universitetlari   tajribalaridan   kelib   chiqqan   holda   1993   yildan   Oliy   va   o’rta
maxsus o’quv yurtlariga talabalar qabul qilishda test sinovi o’tkazishga qaror
qilindi.   Bolalarning   aqliy   qobiliyati   va   iqtidorini   ilmiy   test   tuzish   usulida
aniqlashni   fransuz   psixologi   Alfred   Bine   ishlab   chiqqan   bo’lib,   bu   tizim
g’arbiyevropa mamlakatlarida keng tarqalgan.
          Bundan   tashqari   1993   yil   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   vazirligida   ikki
pog’onali   o’qish   tizimiga   o’tish   uchun   Nizom   va   Dasturlar   ishlab   chiqildi.
Bunda   bakalavr   ilmiy   darajasini   olish   uchun   4   yil,   magistrlik   ilmiy
(akademik) darajasini olish uchun 6 yil o’qish talab qilinishi ko’zda tutiladi.
         Mustaqil O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohatlarni amalga   oshirish   uchun   jahon   andozalari   darajasida   bilim   olgan   iste’dodli,
ruhan   barkamol   yosh   milliy   kadrlar   zarur.   Shu   maqsadda   O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13
yanvar   qaroriga   muvofiq   «iste’dodli   yoshlarni   saralash,   tanlash   va   ularga
yordam   berib,   xorij   mamlakatlarda   o’qib,   dunyoviy   tajribalarni,   jahon
taraqqiyoti   qonuniyatlarini   o’rganishlari   maqsadida   «Umid»   jamg’armasi
tuzildi».
      Ariza bergan har bir yosh yigit va qiz maxsus tanlovdan o’tadi, ya’ni 2-3
kurs talabalari ta’limning bakalavr usuli bo’yicha tanlov uchun o’tkaziladigan
saralash   imtihonlarida,   bitiruvchi   talabalar,   korxona   va   tashkilotlarning   oliy
ma’lumotli yosh xodimlari ta’limning magistrlik usuli bo’yicha tanlov uchun
saralash imtihonlaridan o’tadilar.
          Bu   ishga   ta’lim   va   til   o’rganish   bo’yicha   Aksels,   Ayreks,   Britaniya
kengashi, Konrad Adenauer Fondi, Tasis kabi xalqaro tashkilotlar hamkorlik
qilmoqda. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan yoshlarga horijiy o’quv
yurtlarida bilim olish uchun prezident granti berildi.
      Hozirgi vaqtda O’zbekistonlik yoshlar AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya va Yaponiyaning mashhur oliy o’quv yurtlarida o’qishmoqda.
  Adabiyotlar ro’yhati
Karimov. I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q  T. “Sharq” 1998
Karimov. I.A. Naznacheniye nauki - slujit rassvetu Rodinы   T. 1996
Karimov I.A. Amir Temur faxrimiz g’ururimiz    T. 1997
Tyurikov V., Shagulyamov R. Po puti nezavisimosti. T. 1996.

Mavzu: Mustaqillik davrida fan rivojining yangi bosqichi. Reja: 1. Prezident I.A.Karimov asarlari 2. Mustaqillik yillarida fanlar rivoji 3. Istiqlol yillarida texnika taraqqiyotining o’sishi

O’zbekiston - ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlardan biri, umuminsoniy sivilizasiyaning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazishlar va tadqiqotlar bu zaminda odamlar juda qadimdan yashaganligini va ularda dastlabki emperik (tajribaga asoslangan) bilimlar shakllana boshlaganligini ko’rsatadi. O’zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ana shu qadimiy ilmiy merosni o’rganib, uni boyitib, o’z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilmu-fani va madaniyatiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach o’zbek olimlarining faoliyatida va o’zbek faniing rivojida yangi bir davr, yangi bir bosqich boshlandi. «Bizning istiqbolimiz- deb aytgan edi I.A. Karimov O’zbekiston Fanlar Akademiyasining 50–yilligiga bag’ishlangan tantanali majlisda - ko’p jihatdan olimlarning hozirgi ilmiy izlanishlariga, ularning yuksak qobiliyatlariga va oqilona tavsiyalariga bog’liq».* Darxaqiqat Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek bugungi o’zbek faninig vazifasi – kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini va qonuniyatlarini aniqlab, ko’rsatib berishdan iboratdir. Bugungi kunda O’zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy- madaniy markaz hisoblanib, mamlakatda 59 ta (61ta) Oliy o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda, shulardan 16 tasi universitet: Toshkent universiteti. Toshkent texnika universiteti. * Karimov I.A. Nasha sel: svobodnaya i prosvetayushaya Rodina. T., t.2, 1996., 77-78str. 3. Toshkent iqtisodiyot universiteti. 4. O’zbekiston jahon tillari universiteti.

5. Samarqand Davlat universiteti. 6. Andijon universiteti. 7. Buxoro universiteti. 8. Namangan universiteti. 9. Termiz universiteti. 10. Urganch universiteti. 11. Farg’ona universiteti. 12. Qarshi universiteti. 13. Qaroqalpoq universiteti. 14. Toshkent agrar universiteti. 15. Jaxon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti. 16. Guliston universiteti. Qolgan 39 tasi pedagogika, tibbiyot, texnika, iqtisodiyot, qishloq xo’jalik, san’at, madaniyat va boshqa institutlardir. Ularda 300 mingga yaqin talaba bilim olmoqda. Oliy o’quv yurtlari 276 ta mutaxassislik bo’yicha mutaxassislar tayyorlamoqda.* Shuningdek respublikamizda 140 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari bo’lib, ularda 20 mingdan ortiq ilmiy xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda.* Shu bilan birga yurtimizda 246 (258) ta o’rta maxsus o’quv yurtlari, shu jumladan 16 kollej, 133 ta texnikum, 102 ta bilim yurti faoliyat yuritadi. Ularda qariyb 250 ming o’quvchi 170 (198) mutaxassislik bo’yicha ta’lim oladi.* O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniga (1997 yil 2 avgust) muvofiq, umumiy ta’lim uch bosqichdan iborat: - boshlang’ich ta’lim --------- (1- 4 sinflar); - tayanch ta’lim -----------------(5 – 9 sinflar); - o’rta ta’lim -------------------(10 – 11 sinflar). * 100 savolga 100 javob. T., O’qituvchi. 1998., 103 bet.

* Katyukova T.V. Istorii nauki. T., 2002., str.74. Mazkur qonunga ko’ra majburiy ta’lim muddati 9 yilga keltirildi va tayanch ta’lim muddatini qamrab oladigan bo’ldi. 1995 yilgi ma’lumotga ko’ra O’zbekiston Respublikasida 183 boshlang’ich maktab, 1814 tayanch maktab, 7203 o’rta maktab va 184 kechki maktab bo’lib, ularda 418,7 ming pedagog ishlaydi. O’zbekiston maktablarida ta’lim o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz, rus, turkman va tojik tillarida olib boriladi. Shuningdek O’zbekiston uchun yangi bo’lgan o’quv yurti turlari: gimnaziya, lisey, biznes maktab va boshqalar ochildi. O’zbekiston Respublikasida 185 ta gimnaziya (15,5 ming o’quvchi), 187 ta umumta’lim liseyi (50 ming o’quvchi) faoliyat ko’rsatadi. Yana O’zbekistonda 1000 ga yaqin maktabdan tashqari ta’lim muassalari faoliyat ko’rsatmoqda: -230 ta o’quvchilar saroyi va uyi; -137 ta yosh texniklar; -118 ta tabiatshunoslar; -42 ta yosh sayohatchilari markazi; -360 ta bolalar va o’smirlar sport maktablari va h.k. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlis «Ta’lim to’g’risida» yangi qonun va «Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur» qabul qildi. O’zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim joriy qilindi. 9 – sinfni bitirgan yoshlar uch yillik akademik lisey yoki kasb-hunar kollejlarida o’qiydigan bo’ldi: O’zbekistonda uzluksiz ta’lim quyidagi turlarda amallar oshiriladigan bo’ldi: -maktabgacha ta’lim; -umumiy o’rta ta’lim; -o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi; -oliy ta’lim;

-oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta’lim. Shu bilan birga O’zbekiston mustaqillikka erishgach sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda atayin tashkil qilinmagan bir qator muhim (harbiy strategik) ixtisosliklar bo’yicha alohida oliy o’quv yurtlarini tashkil eta boshladi. Bularga: -Mudofaa vazirligi qoshidagi Harbiy akademiya; -Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi; -Bank-moliya akademiyasi; -Toshkent aviasiya instituti; -Navoiy tog’-kon instituti; -Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi o’nlab yangi o’quv muassalari tashkil etildi. Shunday qilib «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Respublikamizda davr talabiga mos keladigan, boy aqliy merosi, ijodiy va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turadngan yuqori darajada kamolotga erishgan mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishni ko’zda tutadi. Shu maqsadda jahonning ilg’or universitetlari tajribalaridan kelib chiqqan holda 1993 yildan Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga talabalar qabul qilishda test sinovi o’tkazishga qaror qilindi. Bolalarning aqliy qobiliyati va iqtidorini ilmiy test tuzish usulida aniqlashni fransuz psixologi Alfred Bine ishlab chiqqan bo’lib, bu tizim g’arbiyevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Bundan tashqari 1993 yil Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida ikki pog’onali o’qish tizimiga o’tish uchun Nizom va Dasturlar ishlab chiqildi. Bunda bakalavr ilmiy darajasini olish uchun 4 yil, magistrlik ilmiy (akademik) darajasini olish uchun 6 yil o’qish talab qilinishi ko’zda tutiladi. Mustaqil O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohatlarni