logo

Mustaqillik yillarida ilm-fan rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning roli

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

55.275390625 KB
Mustaqillik yillarida  ilm-fan rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim
va tarbiyaning roli
Reja:
1. Ma’naviy meros va tarixiy xotiraning tiklanishi.
2. Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi. 
3. Milliy istiqlol go‘yasi.
4. Ta’lim islohoti.Kadrlash tayyorlash milliy dasturi.
5. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi. 1-masala
Ma’lumki,   mamlakatimiz   bir   necha   bor   ajnabiy   bosqinchilar
hujumiga   duchor   bo‘lgan,   qaramlik   zulmi   ostida   qolgan   davrlar   ham
bo‘ldi.   Buning   oqibatida   xalqimizning   boy   ma’naviy   merosi,   urf-
odatlarini   qadrsizlantirishga   urinishlar   bo‘ldi.   Ayniqsa,   so‘nggi
mustamlakachilik,   sovetlar   tuzumi   davrida   milliy   qadriyatlarimiz,   urf-
odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadr-
sizlantirildi,   ko‘plab   masjid-madrasalar,   milliy   maktablar,   tarixiy
yodgorliklar   buzildi,   qarovsiz   qoldi.   Avlodlarimiz   yetishtirgan
allomalarimiz   idealist   degan   yorliq   bilan   qoralandi,   asarlarini   unutish,
yo‘qotish   siyosati   yuritildi.   Islom   dini   qadriyatlari,   musulmonlarning
e’tiqodlari   oyoq   osti   qilindi,   ruhoniylar   quvg‘in   ostiga   olindi.   Mustabid
tuzum   hukmdorlari   madaniy   inqilob   shiori   ostida   o‘zbek   xalqining
yuzlab   iqti-dorli,   milliy-ozodlik   uchun   kurashgan   vatanparvar
ziyolilarini,   istiqlolchi   farzandlarini   siyosiy   qatag‘on   qildi,   ularning
nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi.
Eski   tuzum   o‘zining   boy   mafkuraviy   kuchini,   ommaviy   axborot
vositalarini,   butun   maorif   tizimini   ishga   solib,   odamlar   ongiga   soxta,
noinsoniy   g‘oyalarni   singdirishga   urinardi.   Tariximizni   soxtalashtirish,
tarixiy   haqiqatni   buzub   ko‘rsatish,   milliy   tuyg‘ularni   qo‘pol   ravishda
kamsitish   siyosati   yuritilardi.   O‘z   ona   tilini,   milliy   an’ana   va
madaniyatini,   o‘z   tarixini   bilmaslik   ko‘plab   odamlarning   shaxsiy
fojeasiga   aylanib   qolgan   edi.   Biroq   og‘ir   judoliklarga   qaramasdan,
xalqimiz   ongini   yo‘qotmadi,   o‘zining   boy   ma’naviy   merosini,   milliy
qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy
ahamiyati   va   o‘rni   qayta   tiklandi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisning   IV-sessiyasi   1995-yil   21-dekabrda   yangi   tahrirda   “Davlat   tili
to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining
ma’naviy   mulki   ekanligi,   uning   ravnaqi,   qo‘llanilishi   va   muhofazasi
davlat   tomonidan   ta’minlanishi   belgilab   qo‘yilgan.   O‘zbekistonda   Oliy
davlat   hokimiyati,   mahalliy   hokimiyat   va   boshqaruv   organlarining
faoliyati,   korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlarning   hisob-kitobi,
statistika   va   moliya   ishlari   o‘z-bek   tilida   yuritilmoqda.   Respublikaning
ma’muriy-hududiy   birliklari,   maydonlari,   ko‘chalari,   geografik
o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib
qo‘yildi.   Natijada   o‘zbek   xalqining   milliy   qadr-qimmati,   mustaqqil
davlatimizning   qadr-qimmati   qayta   tiklandi     va   mustahkamlandi.
Shuningdek,   O‘zbekistonda   istiqomat   qilayotgan   barcha   millatlarning
tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.
Mustaqillik   sharofati   bilan   xalqimiz   ma’naviy   zug‘umlardan   ozod
bo‘ldi,   erkin   fikrga,   milliy   tiklanishga   yo‘l   ochildi.   Jamiyat   ma’naviyatini
tiklash   va   yo’qsalirishni   ta’minlovchi   ma’naviy-ma’rifiy   islohotlarning
yo‘nalishlari   belgilab   olindi.   Boy   ma’naviy   merosimizni   tiklash   va
rivojlantirish,   jamiyat   ma’naviyatini   yo’qsaltirish   davlat   siyosati
darajasiga   ko‘tarildi.   Istiqlolning   dastlabki   kunlaridanoq   ajdodlarimiz
qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Mustaqillik   tufayli   milliy   madaniyatimiz,   jahon   sivilizatsiyasi
taraqqiyotiga   bebaho   hissa   qo‘shgan   buyo’q   bobokalonlarimizning
ma’naviy   merosi   qaytadan   o‘rganildi   va   tiklandi.   Xalqimiz   ulardan bahramand   bo‘lishga   muyassar   bo‘ldi.   Xalqimiz   ma’naviyatining
yulduzlari   bo‘lgan   buyo’q   allomalarimizning   tavallud   topgan   sanalari
YUNESKO   bilan   hamkorlikda   mamlakatimizda   va   xalqaro   miqyosda
keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550
yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil –
Mirzo   Ulug‘bek   tavalludining   600   yilligi;   1996-yil   –   Amir   Temur
tavalludining   660   yilligi;   1997-yil   –   Cho‘lpon   tavalludining   100   yilligi;
1998-yil   –   Ahmad   al-Farg‘oniy   tavalludining   1200   yilligi;   1999-yil   –
Alpomish   dostonining   1000   yilligi;   2000-yil   –   Burhoniddin   Marg‘inoniy
tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2001-yil   –   “Avesto”   yaratilganligining   2700   yilligi   keng   nishonlandi.
Buyo’q   allomalarimiz,   mutafakkirlarimiz   yubileylari   munosabati   bilan
ularning   o‘nlab   nodir   va   noyob   asarlari   o‘zbek,   ingliz,   fransuz,   nemis,
yapon   va   boshqa   tillarda   nashr   etildi,   haykallar   o‘rnatildi,   ziyoratgoh
maydonlari, bog‘lar yaratildi.
1991-yilda   buyo’q   bobomiz   Alisher   Navoiy   tavalludining   550   yilligi
keng   nishonlandi.   Shu   yili   O‘zbekiston   Fanlar   akademiyasi   Adabiyot
institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat
mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida buyo’q “Hamsa”si va “Lison ut-tayr”
asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-
sentabr   kuni   Toshkent   shahrida   barpo   etilgan   Nizomiddin   Mir   Alisher
Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining
ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1994-yil   oktabr   oyida   Mirzo   Ulug‘bek   tavalludining   600   yillik
yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi   astronomik   asboblar,   Toshkentdagi   Ulug‘bek   haykali   aks
ettirilgan   pochta   markalari   muomalaga   chiqarildi.   Shu   yil   24-oktabrda
Parijda   YUNESKOning   majlislar   zalida   “Ulug‘bek   va   temuriylar   davri”
mavzusida  xalqaro konferensiya  hamda  “Ulug‘bek  va  an’anaviy san’at”
ko‘rgazmasi   bo‘lib   o‘tdi.   Bu   tadbirlar   Mirzo   Ulug‘bek   qoldirgan   ilmiy
merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi.
1998-yil   23-oktabrda   Farg‘ona   shahrida   buyo’q   alloma   Ahmad   al-
Farg‘oniyning   1200   yillik   yubileyi   keng  nishonlandi.   Uning   noyob   ilmiy
merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan
ataluvchi bog‘ yaratildi va buyo’q allomaga haykal o‘rnatildi.
2-masala
1996-yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat
va   jamiyat   qurilishi   akademiyasi   qoshida   “O‘zbekistonning   yangi   tarixi
markazi” tashkil etildi.
O‘zbek   xalqi   va   o‘zbek   davlatchiligi   tarixini,   tariximizning   boshqa
sahifalarini   xolisona   ilmiy   asosda   yoritish   vazifalari   O’zbekiston
Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning   bir   guruh   tarixchilar
bilan   1998-yil   iyun   oyida   bo‘lgan   suhbatida,   Vazirlar   Mahkamasining
1998-yil   27-iyulda   qabul   qilgan   “O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar
akademiyasi   tarix   instituti   faoliyatini   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi
qarorida belgilab berildi.
Mamlakatimiz   Xitoy,   Hindiston,   Eron,   Misr   kabi   qadimiy   davlatlar
qatorida   turadi.   Milliy   davlatchiligimiz   qadimiy,   diyorimiz   yirik   davlat
arboblari   bilan   mashhur.   Bobomiz   Amir   Temur   mamlakatimizni
jahondagi   eng   qudratli   davlat   darajasiga   ko‘targan.   Sobiq   Ittifoq davrida   ko‘hna   tariximizning   ana   shu   qirralari   berkitilgan   bo‘lsa,
mustaqillik   yillarida   o‘zining   asl   bahosini   oldi.   Milliy   davlatchiligimiz
tajribasi,   Amir   Temur   tuzuklari,   Forobiy,   Alisher   Navoiylarning   odil
davlat   qurish   haqidagi   dono   fikr-mulohazalari   mustaqillik   davrida
demokratik   huquqiy   davlat   qurilishida   katta   madad   berdi.   President
farmoni   bilan   1996-yil   Amir   Temur   yili   deb   e’lon   qi-lindi.   Shu   yili
mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi
mamlakatimizda   va   jahon   miqyosida   keng   nishonlandi.   YUNESKO
qarori   bilan   1996-yil   aprelda   Amir   Temur   tavalludining   660   yilligiga
bag‘ishlangan   bir   haftalik   xalqaro   tantanalar   bo‘lib   o‘tdi.   Toshkent
shahrida   Amir   Temurga   haykal   o‘rnatildi,   Temuriylar   tarixi   davlat
muzeyi   tashkil   etildi.   Samarqand   va   Shahrisabzda   o‘nlab   tarixiy
obidalar   ta’mirlanib,   qayta   tiklandi,   yangi   inshoatlar   qurildi,   bog‘lar
yaratildi.   Ushbu   shaharlar   markazida   ko‘rkam   Amir   Temur   maydoni
barpo etildi va ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bu shaharlarga “Amir Temur”
ordeni topshirildi. Amir Temurning shaxsi butun ma’rifiy insoniyatning
boyligi ekanligi tan olindi.
1997-yilda   Buxoro   va   Xiva   shaharlarining   2500   yilligi,   1999-yilda
vatanparvar   siymo,   xalq   qahramoni   Jaloliddin   Manguberdi   tavalludining   800
yilligi   nishonlandi.   Urganch   shahrida   Jaloliddin   Manguberdi   xotirasini
abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yuilda Termiz shahrining
2500   yilligi,   2007-yilda   Samarqand   shahrining   2750   yilligi,   2009-yilda   Toshkent
shahrining   2200   yilligi,   2006-yil   27-oktabrda   Qarshi   shahrining   2700   yilligi
nishonlandi.   2006-yil   2-noyabr   kuni   Xorazm   Ma’mun   akademiyasining   1000
yilligi keng nishonlandi. keng nishonlandi.
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon,
Fitrat,   Usmon   Nosir   va   boshqa   xalq   jigarbandlarining   nomi,   izzat- ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom
Karimov   tashabbusi   bilan   Toshkent   shahrining   Bo‘zsuv   kanali   bo‘yida
qatag‘on   davri   qurbonlari   xotirasini   abadiylashtirish   maqsadida
“Shahidlar xotirasi” yodgorligi majmuyi bunyod etildi va uning ochilish
marosimi   2000-yil   12-may   kuni   bo‘lib   o‘tdi.   Mazkur   majmua   qoshida
“ Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi ”   muzeyi   qurilib,   2002-yil   27-avgust   kuni
foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua va muzeyning tarixiy, siyosiy
ahamiyati   shundaki,   u   bugungi   va   kelgusi   avlodlar   uchun   qaramlik
davrida   xalqimiz   qanday   ayanchli   kunlarni   boshidan   kechirgani,
mustaqillik   tufayli   yurtimizda   adolat,   shahid   ketganlarning   xotirasi
tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi.
1999-yilda   Toshkent   shahrida   Ikkinchi   jahon   urushi   yillarida
fashizmga   qarshi   Vatan   ozodligi   uchun   jon   fido   etgan   xalqimizning
farzandlari   xotirasini   abadiylashtirish   maqsadida   “Xotira   maydoni”
majmuasi  barpo   etildi  va   shu   yili  9  may  kuni  uning  ochilishi  marosimi
bo‘lib   o‘tdi.   Respublika   “Nuroniy”   jamg‘armasi   tashabbusi   bilan
janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 33
tomlik   xotira   kitobi   tayyorlandi   va   nashr   etildi.   Har   yili   9   may   kuni
“Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida
amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o‘zligini anglashiga, tarixiy
xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.
Buyo’q   ajdodlarimiz   xotirasiga   bag‘ishlab   barpo   etilgan   yodgorlik
majmualari   jamiyat   ma’naviyatini   yo’qsaltirishga,   milliy   ong   va   milliy
g‘ururni   ko‘tarishga   hamda   xalqimiz,   ayniqsa,   yoshlar   ongida   milliy
istiqlol g‘oyalarini shakllantirishga ko‘maklashmoqda. O‘zbek   xalqiga   xos   quyidagi   jihatlar   uning   milliy   qadriyatlari
sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan:
 tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom;
 avlodlar xotirasiga sadoqat;
 kattalarga hurmat, kichiklarga izzat;
 mehmondo‘stlik;
 bolajonlik;
 ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat;
 muomalada mulozamat, hayo, andishalik;
 og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo.
Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi
ma’no-mazmun   bilan   boyitish   yo‘lida   bir   qator   xayrli   ishlar   amalga
oshirildi.
Xalqimizning   azaliy   qadriyatlaridan   biri   “Navro‘z”   bayramidir.
Qaramlik   yillarida   mana   shu   ardoqli   bayramni   nishonlash   ham
taqiqlangan edi. 1990-yildan boshlab O‘zbekiston hukumatining qarori
bilan 21-mart “Navro‘z” milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam
olish   kuni   deb   e’lon   qilindi.   Xalqimiz   “Navro‘z”   kunlarida   hasharlar
uyushtirib,   dalalarga   ko‘chatlar   ekish,   ko‘chalarni   tozalash   tadbirlarini,
turli   ommaviy   o‘yinlar,   poyga   musobaqalari,   sayllar   uyushtiradilar,
yetim-yesirlarga   va   nogironlarga   yordam   berib,   marhumlar   qabrlarini
ziyorat qiladilar.
1994-yil   23-apreldagi   Prezident   farmoni   asosida   tashkil   etilgan
Respublika   “Ma’naviyat   va   ma’rifat”   jamoatchilik   markazi   o‘zbek
xalqining   ma’naviy-madaniy   merosini   tiklash,   millat   kelajagini belgilaydigan  g‘oyalarni yuzaga  chiqarish, yo’qsak  iste’dod va tafakkur
sohiblarining   aqliy-ijodiy   salohiyatini   Vatan   ravnaqi   sari   yo‘naltirishga
qaratilgan   tadbirlar,   anjumanlar,   ko‘rgazmalar   tashkil   etishni   yo‘lga
qo‘ydi.   Markaz   tomonidan   aholi   o‘rtasida   o‘tkazilgan   sotsiologik
tadqiqotlar, so‘rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil   etish   boy’icha   tavsiyalar   jamoat   birlashmalari,   ilmiy-ijodiy
muassasa   va   tashkilotlar,   ommaviy-axborot   vositalarining   ma’naviy-
tarbiyaviy saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
3-masala
1996-yil   yanvarda   Respublika   “Ma’naviyat   va   ma’rifat”   jamoatchilik
markazi   huzurida   “Oltin   meros”   xalqaro   xayriya   jamg‘armasi   tuzildi.
1996-yil   27-sentabrda   Vazirlar   Mahkamasining   “Oltin   meros”   xayriya
jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mazkur
jamg‘arma   davlat   tomonidan   moddiy   jihatdan   qo‘llab-quvavtlandi.
Mazkur   jamg‘arma   “Xalq   merosi   durdonalari”   ilmiy   anjumanlarini,
xorijdan   izlab   topilgan   qo‘lyozmalar,   tarixiy   hujjatlar,   xalq
hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish,
ko‘rik   tanlovlar   o‘tkazish   bilan   shug‘ullanmoqda.   1996–2002-yillarda
“Oltin   meros”   jamg‘armasi   sa’y-harakatlari   natijasida   buyo’q
allomalarimiz   yaratgan   ko‘plab   madaniy-ma’naviy   meros   namunalari
mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda
kutubxona   va   muzeylarga   joylashtirildi.   Shuningdek,   u   xalqimizning
rasm-rusumlarini,   urf-odatlarini,   marosimlarini   o‘rganish,   tiklash,
xalqimizga   qaytarish,   ularning   ma’no-mohiyatini,   hozirgi   kundagi
ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda. Qaramlik   davrida   tahqirlangan   diniy   qadriyatlarimiz   mustaqillik
nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z
o‘rniga   qo‘yildi.   1993-yil   sentabrda   Buxoroda   mashhur   shayx
Bahouddin   Naqshband   tavalludining   675   yilligi   tantanalari   bo‘lib   o‘tdi.
Yubiley   munosabati   bilan   Buxorodagi   Naqshband   nomi   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   tarixiy   yodgorliklar   qaytadan   tiklandi,   uning   ijodiga
bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda buyo’q
mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu
kuni   Xartang   (Chelak)   qishlog‘ida   Imom   al-Buxoriy   yodgorlik   majmuyi
ochildi.   Yubiley   munosabati   bilan   bobokalonimizning   4   jildlik   “Al-Jomi
as-Sahih” kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri o‘zbek kitobxonlariga
taqdim etildi. 
2000-yil   16–17-noyabr   kunlari   Marg‘ilonda   islom   huquqining
asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi,
Samarqandda   islomshunos   olim   Imom   Abu   Mansur   al-Moturidiy
tavalludining   1130   yilligi   nishonlandi   va   ular   xotirasiga   bag‘ishlab
barpo   etilgan   yodgorlik   majmualari   ochildi.   Burhoniddin   al-
Marg‘inoniyning   islom   huquqiga   oid   “Hidoya”   kitobi   nashr   etildi.
Shuningdek,   islom   olamining   taniqli   allomalari   Iso   at-Termiziyning
1200   yil-ligi,   Mahmud   az-Zamaxshariyning   920   yilligi,   Najmiddin
Kubroning   850   yilligi,   Xo‘ja   Ahror   Valiy   tavalludining   600   yilligi   keng
ko‘lamda nishonlandi.
O‘zbekiston   Prezidentining   1992-yil   27-martdagi   farmoni   bilan
Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham   tiklandi,   dam   olish,   bayram   kuni   bo‘lib   qoldi.   O‘zbekiston
Prezidentining   1990-yil   2-iyundagi   “ Musulmonlarning   Saudiya
Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risida ”gi farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi
tarixida   birinchi   marta   bevosita   hukumat   homiyligida   har   yili   Haj   va
Umra   amallarini   ado   etish   imkoniyatlariga   ega   bo‘ldilar.   Mustaqillik
yillarida   32   ming   O‘zbekistonliklar   Makka   va   Madinada   Haj   safarida
bo‘ldilar.   Yuzlab   masjidlar   musulmonlarga   qaytarildi,   yangilari   barpo
etilmoqda. Qur’oni karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu
tadbirlar   faqat   dindorlar   uchun   qilingan   marhamatgina   emas,   ular
aslida   xalqimizning   qadimiy   rasm-rusum   va   udumlarining,
qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir.
Prezidentning   1992-yil   7-martdagi   farmoni   bilan   islom   dini
omilidan,   uning   ma’naviy   imkoniyatlaridan   keng   foydalanish
maqsadida   Vazirlar   Mahkamasi   huzurida   din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita
tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta
madrasa   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Ularda   1000   dan   ortiq   talaba   yoshlar
ta’lim   olmoqdalar.   1999-yilda   tashkil   etilgan   Toshkent   Islom
universitetida 1000 dan ziyod talaba o‘qimoqda.
O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasida   va   1998-yil   30-
aprelda   yangi   tahrirda   qabul   qilingan   “Vijdon   erkinligi   va   diniy
tashkilotlar   to‘g‘risida”gi   qonunda   davlatning   din   va   dindorlar
vakillariga   munosabati   huquqiy   jihatdan   aniq   belgilab   berildi.
O‘zbekistonda   davlat   va   din   o‘rtasidagi   munosabatlarda   quyidagi
tamoyillarga amal qilinmoqda:
 dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish;  diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy
ishi deb tan olish;
 diniy   qarashlarga   amal   qiluvchi   fuqarolarning   ham,   ularga   amal
qilmaydigan   fuqarolarning   ham   huquqlarini   teng   kafolatlash   hamda
ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
 ma’naviy   tiklanish,   umuminsoniy-axloqiy   qadriyatlarni   qaror
toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish;
 dindan   buzg‘unchilik   maqsadlarida   foydalanishga   yo‘l   qo‘yib
bo‘lmasligini e’tirof etish;
 din   va   e’tiqodga   sig‘inish   erkiga   qonun   bilan   belgilangan
cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin;
 diniy   da’vatlar   bilan   hokimiyat   uchun   kurashga,   siyosat,
iqtisodiyot, qonun-chilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom
dinining   ham   milliy,   ham   umuminsoniy   qadriyat   sifatidagi   mavqeyi
tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi.
Qonun   ijrosi   va   amaliyotini   qarangki,   bugungi   kunda   O‘zbekistonda   2119
diniy  tashkilot   erkin  faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Jumladan,   O‘zbekiston   musulmonlari
idorasi,   Rus   Pravoslav   cherkovi   Toshkent   va   o‘rta   Osiyo   Yeparxiyasi,   Yevangel
xristian-baptistlari   cherkovi,   Rim-katolik   cherkovi,   To‘la   Yevangel   xristianlari
cherkovi,   O‘zbekiston   Injil   jamiyati   singari   diniy   tashkilotlar   faoliyatidan   turli
dinlarga   mansub   fuqarolarimiz   birdek   manfaatdor   ekanliklarini   izohlashga   hojat
bo‘lmasa   kerak.   Bulardan   tashqari   respublikamizda   2000   dan   ortiq   musulmonlar
machiti,   168   xristian   cherkovi,   7   yahudiy   sinagogasi,   7   bahoiylar   uyushmasi,   2
Krishna   jamiyati,   1   budda   ibodatgohi   mavjud.   Diniy   ta'limotni   puxta
o‘zlashtirishga xizmat qiladigan 12 ta diniy ta'lim muassasasi qatorida 1 pravoslav
i 1 xristian protestant seminariysi ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida   qayd   etilgan   ma'lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   yurtimizda   islom
diniga   qanday   sharoitlar   yaratilgan   bo‘lsa,   boshqa   dinlarga   ham   xuddi   shunday
emin-erkin   ibodat   qilish   va   bu   borada   hyech   bir   to‘siqlarsiz   faoliyat   yuritishlari
uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.Har yili minglab musulmonlarimiz
Haj safarlariga borishgani  kabi mazkur diniy tashkilotlarning 120 dan ortiq vakili
Isroil,   Gretsiya   va   Rossiyadagi   diniy   ziyoratgohlarga   safar   uyushtiradilar,   xorijga
e'tiqodiy   ziyoratga   yo‘l   oluvchilar   uchun   beriladigan   imkoniyatlardan
foydalanadilar.
Mamlakatda   islomiy   muhim   sanalarni   nishonlash   bilan   bir   qatorda   boshqa
konfessiyalarning   ham   qator   diniy   tadbirlari   keng   nishonlanadi.   Jumladan,   1996
yilning   noyabr   oyida   Rus   Pravoslav   cherkovi   Toshkent   va   O‘rta   Osiyo
Yeparxiyasining   125   yilligi,   1996   yilning   dekabr   oyida   Markaziy   Osiyodagi
yagona   Yevangel-lyuteranlar   jamoasining   100   yilligi   keng   ko‘lamda   nishonlandi.
1995   yilda   "Bir   osmon   ostida"   xalqaro   xristian-musulmon   konferensiyasi
o‘tkazildi.
4-masala
Jamiyat   ma’naviyatini   yo’qsaltirish   sohasidagi   eng   asosiy   vazifa,
deb   ta’kidlaydi   Prezident   Islom   Karimov,   milliy   istiqlol   g‘oyasini
shakllantirish   va   odamlar   ongiga   singdirishdan   iboratdir.   O‘zbekiston
davlat   mustaqilligiga   erishgan   kundan   boshlab   jamiyatimizning   milliy
g‘oyasini   yaratish   dolzarb   vazifa   bo‘lib   qoldi.   1993-yil   23-aprel   kuni
Prezidentimiz   bir   guruh   adiblar   bilan   suhbat   qilib,   milliy   istiqlol
g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-sessiyasida 1993-yil
7-may   kuni   nutq   so‘zlab,   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi:
 milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga,
tiliga,   di-liga,   ruhiyatiga   asoslanib,   kelajakka   ishonch.   Mehr-oqibat, insof,   sabr-toqat,   adolat,   ma’rifat   tuyg‘ularini   ongimizga   singdirishi
lozim;
 shu   bilan   birga,   bu   g‘oya   xalqimizda,   o‘zining   qudrati   va
himoyasiga   suyangan   holda,   umuminsoniy   qadriyatlarga   asoslanib,
jahon   hamjamiyatidagi   mutaraqqiy   davlatlar   orasida   teng   huquqli
asosda   munosib   o‘rin   egallashiga   doimiy   intilish   hissini   tarbiyalamog‘i
kerak.
Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima?
Bugungi   kunda   sobiq   Ittifoq   zamonida   hukmronlik   qilgan,
odamlarni   qullik,   mutelik   holatiga   solgan,   manqurtga   aylantirgan
kommunistik   mafkurani   tanqid   qilish,   taqiq   qilish,   ma’myuriy   choralar
ko‘rish   yo‘li   bilan   yengib   bo‘lmaydi.   “G‘oyaga   qarshi   faqat   g‘oya,   fikrga
qarshi   faqat   fikr,   jaholatga   qarshi   faqat   ma’rifat   bilan   bahsga   kirishish,
olishish mumkin”,  degan haq fikrni ilgari surdi Prezident Islom Karimov.
O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov,   “Xo‘sh,
milliy   g‘oya,   milliy   mafkura   nimalarni   o‘zida   mujassamlashtirishi   va
qanday   talablarga   javob   berishi   kerak?”,   degan   savolni   qo‘yadi   va   unga
javob   berar   ekan,   quyidagi   dasturiy   ahamiyatga   molik   fikr-
mulohazalarni, vazifalarni ilgari suradi:
 birinchidan,   milliy   mafkura   avvalombor,   o‘zligimizni,   muqaddas
an’alarimizni   anglash   tuyg‘ularini,   xalqimizning   ko‘p   asrlar   davomida
shakllangan   ezgu   orzularini,   jamiyatimiz   oldiga   bugun   qo‘yilgan   oliy
maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;
 ikkinchidan, jamiyatimizda bugungi kunda mavjud bo‘lgan xilma-
xil   fikrlar   va   g‘oyalar,   erkin   qarashlardan,   har   qanday   toifalar   va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi
va   dunyoqarashidan   qat’iy   nazar,   ularning   barchasini   yagona   milliy
bayroq   atrofida   birlashtiradigan,   xalqimiz   va   davlatimizning
daxlsizligini   asraydigan,   el-yurtimizni   eng   buyo’q   maqsadlar   sari
chorlaydigan yagona g‘oya – mafkura bo‘lishi kerak;
 uchinchidan,   milliy   mafkuramiz   har   qanday   millatchilik   va
shunga   o‘xshagan   unsurlardan,   boshqa   elat   va   xalqlarni  mensimaslik,
ularni   kamsitish   kayfiyati   va   qaashlaridan   mutlaqo   xoli   bo‘lib,   qo‘shni
davlat   va   xalqlar,   umuman   jahon   hamjamiyatida,   xalqaro   maydonda
o‘zimizga   munosib   hurmat   va   izzat   qozonishda   poydevor   va   rahnamo
bo‘lishi darkor;
 to‘rtinchidan,   milliy   g‘oya   birinchi   navbatda   yosh   avlodimizni
vatanparvarlik,   el-yurtga   sadoqat   ruhida   tarbiyalash,   ularning   qalbiga
insonparvarlik   va   odamiylik   fazilatlarini   payvand   qilishdek   oliyjanob
ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur;
 beshinchidan,   u   Vatanimizning   shonli   o‘tmishi   va   buyo’q
kelajakni   uzviy   bog‘lab   turishga,   o‘zimizni   ulug‘   ajdodlarimiz   boqiy
merosining   munosib   vorislari   deb   his   qilish,   shu   bilan   birga,   jahon   va
zamonning   umumbashariy   yutuqlariga   erishmoqqa   yo‘l   ochib
beradigan   va   shu   maqsadlarga   muttasil   da’vat   qiladigan   go‘ya   bo‘lishi
kerak.
Jamiyat   ma’naviyatini   yangilash   va   yanada   yo’qsaltirish   bugungi
kunda   ham  mamlakatimiz   taraqqiyotinng   ustuvor   yo‘nalishlaridan   biri
bo‘lib   turibdi.   Hozirgi   zamonda   insonlarning   qalbi   va   ongini   egallash
uchun   mafkuraviy   kurash   bo‘layotganligi,   ko‘p   narsalarni   mafkura maydonlarida   bo‘layotgan   kurashlar   hal   qilishi   mumkinligi,
O‘zbekistonda   ham   ba’zi   yoshlarni   yo‘ldan   chalg‘itadigan   diniy
ekstremizm   xavfi   mavjudligi   hukumatimiz   va   jamiyatimizni   ogohlikka
da’vat   etadi.   80-yillarning   oxirla-ririda   mamlakatimizga   o‘zini   “do‘st”,
“dindosh”,   “millatdosh”   qilib   ko‘rsatib,   go‘yo   islom   dinining   “sofligi”
uchun   kurashishga   “da’vat”   etuvchi   ayrim   kimsalar   kirib   kelganligi
ma’lum.   Ular  muqaddas  islom   dinimizning   asl   mohiyatini   bilmaydigan
oddiy   odamlarni,   g‘o‘r   yoshlarni   o‘z   tuzog‘iga   ilintirib,   bizga   begona
bo‘lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o‘ziga mahliyo
qilishga,   jaholat   va   jinoyat   bot-qog‘iga   tortishga   ulgurishdi   ham.
Namangan   va   Toshkentda   sodir   etilgan   qonli   voqealardan   keyingina
bu   kuchlarning   niyati   hokimiyat   uchun   kurash   bo‘lib,   ular   din   niqobi
ostida   harakat   qilayotgan   xalqaro   terrorchilik   harakatining
O‘zbekistondagi   bir   to‘dasi   ekanligi   oshkor   bo‘ldi.   Mustaqillikning
dastlabki   yillarida   eski   mafkuradan   voz   kechish   natijasida   paydo
bo‘lgan   bo‘shliq   vaziyatida   begona   g‘oyalarning   O‘zbekistonga   xuruji
kuchaydi.
Shunday   qilib,   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   Islom
Karimov O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasini yaratish tashabbuskori
va   ijodkori   bo‘ldi.   Ma’no-mazmuni   ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va
farovon   hayot   barpo   etish,   Vatan   ravnaqi,   yurt   tinchligi   va   xalq
farovonligiga   erishish,   komil   insonni   tarbiyalash,   ijtimoiy   hamkorlik,
millatlararo   totuvlik   va   dinlararo   bag‘rikenglikni   ta’minlash   kabi
insonparvar   tamoyillarni   o‘zida   uyg‘unlashtirgan   milliy   istiqlol   g‘oyasi
shakllandi. Milliy   adabiyot   rivojiga   H.S.Karomatovning   “Qur’on   va   o‘zbek   adabiyoti”,
O.Sharofiddinovning   “Cho‘lponni   anglash”,   B.Qosimovning   “Maslakdoshlar”
asarlari ijobiy ta’sir  ko‘rsatdi. Abdulla Oripov, Odil  Yoqubov, Pirimqul Qodirov,
Xurshid   Davron,   To‘ra   Mirzo   kabi   ijodkorlarimizning   tarixiy   roman,   pyesa   va
qissalarida   ulug‘   bobokalonlarimiz,   sohibqiron   Amir   Temur,   Ulug‘bek,   Bobur   va
boshqa buyo’q zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi.
Shukrulloning   “Kafansiz   ko‘milganlar”   romanida,   To‘lepbergen
Qayipbergenovning   “U   dunyoga,   bobomga   xat”   asarida,   Nazar   Eshonqulovning
“Qora kitob” povestida, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida,
Xudoyberdi   To‘xtaboyevning   “Qasoskorning   oltin   boshi”   romanida,   Oygul
Muhammad   qizining   “Jannat   qushi”   romanida,   Tog‘ay   Murodning   “Otamdan
qolgan dalalar” romanida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning
qatag‘onlik,   zo‘ravonlikka   asoslangan   mohiyati,   xalq   boshiga   solingan   tashvishu
kulfatlar, g‘am-g‘ussa va alamlari tasvirlangan.
Tohir   Malikning   “Shaytanat”,   Hojiakbar   Shayxovning   “Tutash   olamlar”
asarlarida   insonni   iymon   va   vijdondan   ozdirishga,   razolat   va   qabohat   ummoniga
botirishga   urinuvchi   yomonlik   dunyosi,   mafiya   olami   shaytonlari   fosh   qilinadi,
ularga nisbatan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z aksini topgan.
Omon   Muxtorning   “To‘rt   tomon   qibla”   nomli   trilogiyasi,   Barot
Boyqobilovning   “O‘zbeknoma”   tarixiy-falsafiy   va   ma’naviy-ma’rifiy   dostoni,
Abduqahhor   Ibrohimovning   “Biz   kim,  o‘zbeklar”  asari,   Azim   Suyunning   “Oq   va
qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug‘at” she’rlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining
yorqin   ifodasidir.   O‘zbekiston   Prezidenti,   respublika   hukumati   ijod   ahliga   katta
g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste’dodli adiblar faxriy unvonlar, orden va medallar  bilan
taqdirlanmoqda.   Abdulla   Oripov,   Said   Ahmad,   Erkin   Vohidov,   Ozod
Sharofiddinov, To‘lepbergen  Qayipber-genovlar   mamlakatimizning oliy  mukofoti
–   “O‘zbekiston   Qahramoni”   unvoni   bilan   taqdirlandilar.   Ko‘plab   shoir   va
yozuvchilar   yo’qsak   saviyadagi   badiiy   asarlar   uchun   o‘tkazilgan   tanlovlarning
sovrindorlari bo‘ldilar. Ijtimoiy hayotning  barcha  yo‘nalishlarida  bo‘lganidek  madaniy  hayotda  ham
tubdan   o‘zgarishlar   yuz   berdi.   Mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilayotgan
ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi.
1993-yilda   foydalanishga   topshirilgan   “Turkiston”   saroyi   Vatanimizning   va
xorijlik   atoqli   teatr   arboblarining,   ijodiy   guruhlarning   sahna   asarlari   namoyish
etiladigan   dargohga   aylandi.   1994-yilda   Andijonda   jamoatchilik   asosida   faoliyat
ko‘rsatayotgan   yoshlar   teatri   davlat   tasarrufiga   olinib,   Abbos   Bakirov   nomli
yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. 2000-yili Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat
teatri to‘la ta’mir etildi.
Respublika   Prezidentining  farmonlari   asosida   teatrlar   davlat   budjeti   hisobiga
qo‘llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr
ijodiy   xodimlari   uyushmasi   qoshida   1998-yilda   “O‘zbekteatr”ijodiy-ishlab
chiqarish birlashmasi  tashkil  etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy
ma’naviy   olamini,   uning   madaniy   merosi,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarga
hurmat hissini uyg‘otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb
qilishda,   teatr-larning   moddiy-texnikaviy   bazasini   mustahkamlashda,   ijodiy
xodimlarni   ijtimoiy   himoya   qilishda   ko‘maklashdi.   “O‘zbekteatr”   birlashmasi   va
barcha   teatrlar   5   yilga   barcha   turdagi   soliqlardan   ozod   qilindi.   Murakkab   o‘tish
davri   qiyinchiliklariga   qaramasdan   bironta   teatrning   yopilishiga   yo‘1   qo‘yilmadi.
Teatr   binolari   ta’mirlandi,   ichki   jihozlari   yangilandi.   Respublikamizda   36   ta
professional   teatr   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Har   bir   viloyatda   qo‘g‘irchoq   teatrlari
bolalarga xizmat ko‘rsatmoqda.
1996-yilda Toshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri tashkil etildi va
shu yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi. Davlat akademik rus drama teatri
1999-yilda   hozirgi   zamon   talablari   darajasida   tubdan   qayta   qurilgan   muhtasham
binoga ko‘chirildi va o‘zining 64-teatr mavsumini yangi binoda boshladi.
2001-yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Hamza
nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta
qurildi,   zamonaviy   teatr   uskunalari   va   mebellar   bilan   jihozlandi.   2001-yil   21- sentabrda   Prezident   farmoni   bilan   unga   Milliy   teatr   maqomi   berildi,   O‘zbekiston
Milliy akademik drama teatri deb ataldi.
Mustaqillik   yillarida   kino   san’ati   ham   rivojlandi.   Kino   san’atining   ijodkor
ustalari   Shuhrat   Abbosov,   Yo‘ldosh   A’zamov,     Elyor   Eshmuhamedov,   Ali
Hamroyev,   Rashid   Malikov,   Jahongir   Fayziyev,   Sharof   Boshbekov   va   boshqalar
zamonaviy   kinofilmlar   yaratish   ishlarida   peshqadamlik   qildilar.   Bozor
iqtisodiyotiga   o‘tish   sharoitida   xusu-siy   kinostudiyalar   vujudga   keldi.   1992-yil
fevralda Latif Fayziyevning dastlabki xususiy kinostudiyasi “Fayzifilm” ro‘yxatga
olindi.  1996-yilda  “O‘zbekfilm”  tasarrufida  8  ta  studiya,   shuningdek   30  ga  yaqin
mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi.
1996-yil   29-aprelda   e’lon   qilingan   Prezident   farmoni   milliy   kino   san’atining
rivojida   muhim   bosqich   bo‘ldi.   Unga   binoan   “O‘zbekkino”   davlat   aksionerlik
kompaniyasi   tuzildi.   Kino   tarmog‘i   tashkilotlariga   davlat   budjetidan   ajratiladigan
har   yillik   dotatsiyalar   2000-yilgacha   saqlab   qolindi.   Kino   sohasining   iqtidorli
yoshlari   uchun   xorijiy   kino   akademiyalari   va   o‘quv   markazlarida   o‘qish,
malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi.
Istiqlol   yillarida   tasviriy   san’at   ham   rivojlandi,   rassomchilik   yangi   ma’no-
mazmun   bilan   boyidi.   1997-yilda   Prezident   farmoniga   muvofiq   O‘zbekiston
Badiiy   akademi-yasining   tashkil   etilishi   va   “Tasviriy   oyina”   respublika   ijodiy
uyushmasining   tuzilishi,   ularning   davlat   tomonidan   qo‘llab-quvvatlanishi   tasviriy
san’at   rivojida   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Iste’dodli   yoshlarni   izlab   topish,
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston   xalq   rassomlari   Malik   Nabiyev,   Bahodir   Jalolov,   qobiliyatli
mo‘yqalam   sohibi   Zayniddin   Faxriddinov   va   boshqalar   xalqimiz   ongida   milliy
g‘urur, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asarlarini
yaratdilar.   Amir   Temur,   Ulug‘bek,   Bobur,   fan   va   ma’naviy-ma’rifiy   sohada
dunyoga mashhur bobokalonlarimizning portretlari yaratildi.
1992-yilda “O‘zbekdavlatsirk” birlashmasining tashkil etilishi sirk san’atining
rivojlanishida, yosh iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga
ega   bo‘ldi.   Toshkent   sirki   zamonaviy   talablar   asosida   qayta   ta’mirlandi,   unga dorbozlar   sulolasi   asoschisi,   O‘zbekiston   xalq   artisti   Toshkenboy   Egamberdiyev
nomi   berildi.   An’anaviy   sirk   san’atining   unutilgan   turlari   tiklandi   va   rivojlandi.
Iste’dodli   yoshlarga   amaliy   yordam   berish   maqsadida   1996-yilda   estrada-sirk
kolleji   ochildi.   Respublika   shaharlarida   faoliyat   yuritayotgan   sirk   guruhlari   soni
ko‘paydi.   Agar   1990-yilda   7   ta   an’anaviy   sirk   guruhi   faoliyat   yuritgan   bo‘lsa,
2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirkchilarning ijrochilik mahoratlari o‘sdi.
1993-yilda Toshkentda yangi “Hayvonot bog‘i” ochildi.
Mustaqillik   yillarida   milliy   musiqa   va   qo‘shiqchilik   san’ati   rivojlandi.
Respublika   Madaniyat   ishlari   vazirligi,   1992-yilda   tashkil   etilgan   “Xalq   ijodi   va
madaniy-ma’rifiy  ishlar  respublika  markazi”,markazning  viloyatlardagi   bo‘limlari
musiqa   va   qo‘shiqchilik   san’atini,   havaskorlik   va   folklor   jamoalari   faoliyatini
rivojlantirish,   unutilgan   xalq   ohanglarini   tiklash   maqsadida   turli   xil   ko‘rik-
tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda.
1996-yil   aprel   oyida   Turkiston   saroyi,   Bahor   majmuasi   va   boshqa   ijodiy
konsert   tashkilotlari   negizida   tashkil   etilgan   “O‘zbeknavo”   gastrol-konsert
birlashmasi   xalq   orasidan   iste’dodli   qo‘shiqchilarni   izlab   topish   va   ko‘rik-
tanlovlarga   jalb   etish,   musiqa   va   qo‘shiqchilik   san’ati   bo‘yicha   xalqaro
hamkorlikni   rivojlantirish   kabi   tadbirlarni   amalga   oshirdi.   Musiqa-raqs   san’atini
rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
1997-yil   11-martda   qabul   qilingan   Respublika   hukumatining   “Sharq
taronalari”   Xalqaro   musiqa   festivalini   o‘tkazish   to‘g‘risida”   qarori   musiqa
san’atining   noyob   namunalarini   keng   targ‘ib   qilish,   rivojlantirishda   dasturulamal
bo‘lib   xizmat   qildi.   1997-yil   25-avgust   –   2-sentabr   kunlari   Samarqandda   bo‘lib
o‘tgan   “Sharq   taronalari”   birinchi   Xalqaro   festivalida   dunyoning   40   dan   ortiq
mamlakatidan   ijrochilar,   san’atshunoslar,   jamoat   arboblari   ishtirok   etdilar,
festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi.
Har   ikki   yilda   Samarqandda   “Sharq   taronalari”   Xalqaro   festivalini   o‘tkazish
an’anaga aylandi.
Jamiyat   madaniy-ma’rifiy   hayotida,   aholida   tarixiy   xotirani   tiklash   va
mustahkamlashda   muzeylarning   ahamiyati   katta.   Shu   boisdan   ham   mustaqillik yillarida   mavjud   muzeylarni   ta’mirlash,   ularni   yangi   eksponatlar   bilan   boyitish,
yangi   muzeylar   barpo   etishga   alohida   e’tibor   berildi.   1992-yilda   Namanganda
ulug‘   o‘zbek   shoiri   Boborahim   Mashrab   muzeyi,   Xorazmda   hofiz   Hojixon
Boltaboyev   nomli   maqomchilar   muzeyi,   Urganchda   Xorazm   amaliy   san’ati   va
tarixi   muzeyi,   Buxoroda   temirchilik   muzeyi,   Samarqand   viloyatining   Oqtosh
shahrida   xalq   baxshisi   Islom   shoir   Nazar   o‘g‘lining   uy-muzeyi,   1993-yilda
Toshkentda o‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha
Sulaymonova   muzeyi,   o‘zbek   raqqosasi   Mukarrama   Turg‘unboyeva   muzeyi,
Navoiy   viloyatining   Tomdi   tumanida   mashhur   cho‘pon,   ikki   marta   Mehnat
Qahramoni   Jaboy   Bashmanov   muzeyi,   1994-yilda   Toshkentda   xalq   rassomi   Usta
Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda O‘zbekiston Gidrometeorologiya muzeyi,
1997-yilda  Buxoroda  mashhur  zarb  qiluvchi  Salim  Hamidov  muzeyi,  shuningdek
oliy   ta’lim   muassasalarida   ko‘plab   muzeylar   ochildi.   1996-yil   1-sentabr   kuni
Toshkentda   Osiyoda   yagona   bo‘lgan   Olimpiya   shon-shuhrat   muzeyi   ochildi.   Bu
muzey o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini
namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag‘batlantiradigan
markaz bo‘lib qoldi.
1996-yil   18-oktabrda   Toshkentda   Temuriylar   tarixi   davlat   muzeyiochildi.
Muzey   temuriylar   davri   ruhini   aks   ettiruvchi   o‘sha   davrga   xos   tarixiy   jihozlar,
qurol-aslahalar,   lashkarboshilar   va   oddiy   jangchilarning   kiyim-boshlari,   oltindan
yasalgan   uy-buyum   ashyolari,   musiqa   asboblari,   Amir   Temur,   Bobur
qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq
tarixiy,   madaniy   yodgorliklar   bilan   jihozlangan.   Temuriylar   tarixi   davlat   muzeyi
O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   madaniy,   ma’naviy,   ma’rifiy   ishlar,   ilmiy
tafakkur   markaziga   aylandi.   O‘zbekiston   tarixi   davlat   muzeyi   yangi   binoga
ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning ko‘p ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy,
xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta jihozlandi. O‘zbekiston davlat
san’at muzeyi Yaponiya hukumati tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln iyen pul
mablag‘i   hisobiga   ta’mirlandi,   yangi   muzey   jihozlari,   asbob-uskunalari   bilan
yanada boyidi. O‘zbekistonda   510   ta   muzey   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Ularda   1,3   milliondan
ortiq   ajdodlarimiz   tarixi,   betakror   madaniyatini   aks   ettiruvchi   nodir   buyumlar   –
eksponatlar   saqlanmoqda   va   aholiga   namoyish   etilmoqda.   Mamlakatimizning
me’moriy   yodgorliklarga   boy   10   ta   shahri   tarixiy   shaharlar   ro‘yxatiga   kiritilgan.
2500   ta   me’moriy   obida,   2700   ta   arxeologik   yodgorlik,   1800   monumental   san’at
asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta
muzey-qo‘riqxonalarida   butun   dunyoda   eng   nodir   tarixiy   yodgorliklar,   me’moriy
obidalar,   monumental   san’at   asarlari   saqlanib   qolgan,   davlat   muhofazasida
yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillik sharofati
bilan   respublikamizdagi   betakror   me’moriy   yodgorliklar   Jahon   xalqaro   madaniy
merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mustaqillik   yillarida   sport   O‘zbekiston   milliy   madaniyatining   tarkibiy   qismi
sifatida   rivojlantirildi.   Sport   aholini,   xususan   yoshlarni   jismoniy   va   axloqiy
tarbiyalashning,   xalqlar   o‘rtasida   do‘stlikni   mustahkamlash   va   mamlakatimiz
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir.
1992-yil 5-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy 
tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport 
sog‘lomlashtirish klublari, bolalar, o‘smirlar sport maktablari, olimpiya 
o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o‘yingohlar, sport 
zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi.  Ularda 7 mln. kishi 
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
1992-yil  yanvarda O‘zbekiston  Milliy olimpiya  qo‘mitasi  tuzildi  va  1993-yil
sentabrda   Xalqaro   olimpiya   qo‘mitasining   101-sessiyasida   rasmiy   e’tirof   etildi.
1996-yil   14-avgustda   Toshkentda   olimpiya   muzeyi   ochildi.   1998-yil   may   oyida
mamlakatimiz   alpinistlari   Himolay   tog‘ining   eng   baland   “Everest”   cho‘qqisiga
chiqib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar. 
Mustaqillik sharofati bilan milliy o‘zbek kurashi  tiklandi. 1992-yilda Termiz
va   Shahrisabz   shaharlarida   dastlabki   milliy   kurash   bo‘yicha   xalqaro   musobaqa
o‘tkazildi.   Milliy   kurashimizning   nazariy   jihatlari   va   qoidalari   ishlab   chiqildi   va xalqaro   ekspertlar   tomonidan   e’tirof   etildi,   xalqaro   sport   turlari   qatoridan   o‘rin
oldi.   1999-yil   may   oyida   Toshkentda   dunyoning   50   dan   ortiq   mamlakatlaridan
kelgan   sportchilar   ishtirokida   kurash   bo‘yicha   birinchi   jahon   chempionati   bo‘lib
o‘tdi.   Unda   O‘ zbekis-tonlik   kurashchilar   3   ta   oltin,   3   ta   kumush,   3   ta   bronza
medallarini   qo‘lga   kiritdilar.   Xalqaro   kurash   assotsiatsiyasi   tuzildi,   uning   faxriy
Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000–2002-yillarda Buyo’q Britaniyaning
Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib
o‘tdi. 2002-yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi
a’zoligiga   qabul   qilindi.   O‘zbek   milliy   kurashi   xalqaro   sport   turi   sifatida   butun
dunyoda e’tirof etildi.
2004-yilda   Liviya   poytaxti   Tripoli   shahrida   bo‘lib   o‘tgan   shaxmat   bo‘yicha
jahon   chempionatida   56   mamlakatdan   128   nafar   shaxmatchi   qatnashdi.   Ular
orasida   hamyurtimiz,   xalqaro   grossmeyster   Rustam   Qosimjonov   ham   bor   edi.
Rustam   Qosimjonov   barcha   da’vogarlar   ustidan   g‘alaba   qozonib,   jahon
chempionidegan   yo’qsak   unvonni   qo‘lga   kiritdi.   Bu   g‘alaba   butun   xalqimizga
cheksiz quvonch va g‘urur-iftixor bag‘ishladi.
2008-yil 10 sentabrda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tgan XXIX yozgi 
Olimpiada o‘yinlarida oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan 
sportchilarimizni, ularning ustoz va murabbiylarini qabul qildi.
Istiqlolimizning 17 yilligi nishonlanishi arafasida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan XXIX yozgi Olimpiada o‘yinlarida 
yo’qsak natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilar va murabbiylarimizdan bir guruhini 
mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Farmonga muvofiq, Pekin 
Olimpiadasida oltin, kumush, bronza medallari sohibi bo‘lgan sportchilarimiz va 
ularning murabbiylari Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va 
nufuzini oshirishga, mamlakatimizda iste’dodli yosh sportchilarni tarbiyalashga 
qo‘shgan katta hissasi uchun faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti  Islom Karimov ularga ana shu 
yo’qsak mukofotlarni topshirdi.
Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   sportchilari   olimpiadalar,   Osiyo   o‘yinlari,
Jahon   va   Osiyo   chempionatlari   va   boshqa   musobaqalarda   qatnashib,   3000   dan
ortiq   oltin,   kumush   va   bronza   medallarini   qo‘lga   kiritdilar.   Shunday   qilib,
mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   sport   rivojlandi,   yangi   ma’no-mazmun   bilan
boyidi, jahon sportiga qo‘shildi va xalqaro maydonda salmoqli o‘rinni egalladi. Ma’lumki,   sho‘rolar   hukumati   davrida   hukmron   tuzum   o‘zining   jahonda   eng
insonparvar,   odil,   demokratik   va   eng   savodxon   jamiyat   barpo   etgani   bilan
maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara
shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet  va institutlar, oliy va o‘rta maxsus
bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi.  Lekin ular,
son va miqdor jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi.
Buning   asosiy   sabablaridan   biri   kommunistik   jamiyatda   hamma   narsa,   jumladan,
ilm-fan,   maktab-maorif   tizimining   ham   o‘sha   yolg‘on   g‘oyalarga   qurbon
qilinganida   edi.   Sovet   Ittifoqini   tanazzulga   olib   kelgan   sabablardan   biri   ham
shunda ekanligi shubhasizdir.
Istiqlolning   dastlabki   kunlaridanoq   fan   va   texnikaga   munosabat   o‘zgardi,   xalq
ta’limi   tizimini   isloh   qilishga   kirishildi.   Mustaqil   O‘zbekistonda   maorif   va
madaniyat   ishlarini   eng   muhim   va   dolzarb   soha   sifatida   rivojlantirishga   alohida
e'tibor   berildi.   1992-yil   2-iyulda   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasining
“Ta’lim   to‘g‘risida”   gi   Qonuni   hamda   1991–1996-yillarda   e’lon   qilingan   30   dan
ziyod   Prezident   farmon-lari   va   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   asosida   ta’lim
sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi:
•   Maktabgacha   ta’lim   sohasida   uylarda   tashkil   etiladigan   bolalar   bog‘chalari
hamda “bolalar bog‘chasi – maktab” majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet
el   tillarini,   xoreografiya,   tasviriy   va   musiqa   san’ati,   kompyuter   savodxonligi
asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi;
• Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi.
1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi;
• “Sog‘lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda
nuqsoni   bo‘lgan   bolalarni   tiklash”   va   boshqa   tarmoq   dasturlari   ishlab   chiqildi
hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi;
• Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirish-
ning   hududiy   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   hunar-texnika   ta’limini   qayta
tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta
litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi;
• Toshkent, Samarqand, Urganch, To‘rtko‘1, Andijon bank kollejlari, Toshkent
ayollar   kolleji   tashkil   etildi.   Respublikada   1996–1997-o‘quv   yilida   258   ta   o‘rta
kasb-hunar   ta’lim   o‘quv   yurti   ishladi.   Ularda   qariyb   16   ming   o‘qituvchi   va
muhandis-pedagog   xodimlar   197   ming   o‘quvchiga   kasb-hunar   o‘rgatish   bilan
shug‘ullandi;
•   Oliy   ta’lim   sohasida   ham   qator   yangi   o‘quv   yurtlari   ochildi.   1992-yil   28-
fevraldagi   Prezident   farmoni   bilan   8   ta   viloyat   pedagogika   institutlari
universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi
oliy   o‘quv   yurtlari   –   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   va
jamiyat   qurilishi   akademiyasi,  Qurolli   Kuchlar   akademiyasi,   Ichki  jshlar  vazirligi
akademiyasi,   Bank-moliya   akademiyasi,   Toshkent   moliya   instituti,   Navoiy
konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-
iqtisodiyot   instituti,   Jizzax   politexnika   instituti,   Qarshi   muhandislik-iqtisodiyot
instituti, Jahon iqtisodiyoti  va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika
instituti,   Namangan   muhandislik-iqtisodiyot   instituti   hamda   viloyatlarda   yirik
universitetlarning   filiallari   tashkil   etildi.   1997-yil   boshlarida   Respublika   Oliy
ta’lim   tizimida   58   ta   oliy   o‘quv   yurti,   shu   jumladan,   16   ta   universitet   va   42   ta
institut   faoliyat   ko‘rsatdi.   Ularda   164   ming   talaba   o‘qidi,   18,5   ming   professor-
o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi;
•   Abituriyentlar   va   talabalarning   bilim   darajasini   test   va   reyting   asosida
baholashning ilg‘or usullari joriy etildi;
•   Oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   sifatiga   bo‘lgan   talablarning
oshgani   bois   aspirantura   va   doktoranturada   kadrlar   tayyorlash   kengaydi.   Oliy
attestatsiya komissiyasi tashkil etildi;
•   Iqtidorli   bolalar   va   qizlarni   izlab   topish,   ularga   ko‘maklashish,   ularning
qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli
yoshlarni   chet   ellardagi   yetakchi   o‘quv   yurtlari   va   ilmiy   markazlarda   o‘qitish   va
stajirov-kadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi; •   Iste’dodli   yoshlarni   moddiy   va   ma’naviy   rag‘batlantirish,   chet   elda   o‘qishini
qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   Respublika   bolalar   fondi,   “Kamolot”,   “Sog‘lom
avlod uchun”, “Iste’dod”, “Ulug‘bek” va “Umid”  jamg‘armalari tashkil etildi;
•   O‘zbekiston   ta’lim   sohasida   AKSELS,   AYREKS,   Amerika   Kollejlari
Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi
(Germaniya),   Britaniya   Kengashi   (Buyo’q   Britaniya)   kabi   xalqaro   tashkilotlar   va
boshqa   nohukumat   tashkilotlari   bilan   hamkorlikni   yo‘lga   qo‘ydi.   2006-yil   yozida
Toshkentda   Lomonosov   nomidagi   Moskva   Davlat   Universitetining   filiali   tashkil
etildi.
Ta’lim   tizimida   bir   qator   chora-tadbirlar   amalga   oshirilsada,   hali   bu   sohada
jiddiy   kamchiliklar   mavjud   edi.   Ta’lim   tizimi,   kadrlar   tayyorlash   jamiyatda
bo‘layotgan   demokratik   o‘zgarishlar,   bozor   islohotlari   talablari   bilan
bog‘lanmagan   edi.   O‘quv   jarayonining   moddiy   texnika   va   axborot   bazasi
qoniqarsiz   ahvolda   edi.   Ta’lim   muassasalarida   zamonaviy   o‘quv   adabiyotlari   va
didaktik   materiallar   yetishmasdi.   Yuqori   malakali   pedagoglar   yetishmasdi,   ishlab
turgan   murabbiy-o‘qituvchilar   kattagina   qismining   bilim   va   kasb   saviyasi   yetarli
darajada emas edi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.
Prezident   I.A.Karimov   tashabbusi   bilan   ta’limni   tubdan   isloh   qilish   yo‘llari
ishlab   chiqildi.   Islom   Karimov   1997-yil   29-avgustda   Oliy   Majlisning   IX-
sessiyasida “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida
ma’ruza   qildi.   Ma’ruzada   oldimizga   qo‘ygan   buyo’q   maqsadlarimizni   ro‘yobga
chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali,
ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi
asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi:
–   eski   sovet   davridan   qolgan   ta’lim-tarbiya   tizimiga   xos   mafkuraviy
qarashlardan, sarqitlardan qutulish;
–   milliy   ta’lim-tarbiya   tizimini   takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini
mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko‘tarish;
– uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish;
– ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish; –   bolalarimizga   zamonaviy   bilim   berish,   buning   uchun,   avvalo,   o‘qituvchi-
murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish;
– zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish;
– xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish;
–   bitiruvchilarni   emas,   maktab   ta’limi   va   tarbiyasini   ko‘rgan   shaxslarni
tayyorlash;
–   o‘quvchilarda   mustaqil   fikr   yuritish   ko‘nikmalarini   hosil   qilish,   ularni   erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalash;
–   respublika   oliy   o‘quv   yurtlarining   xorijiy   davlatlardagi   oliy   o‘quv   yurtlari
bilan   aloqasini   o‘rnatish   va   mustahkamlash;   yoshlarimizni,   professor-
o‘qituvchilarni  taraq-qiy topgan davlatlardagi  o‘quv markazlariga  borib o‘qishini,
malakasini oshirishini tashkil etish.
2-masala
1997-yil   29-avgust   kuni   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX-
sessiyasida   O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   yangi   qonuni   va
“Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   qabul   qilindi.   Ularda   ta’lim   sohasidagi   davlat
siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta ’l im va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi;
• ta ’ limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’l imining majburiyligi;
•   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta ’ limining   yo‘nalishini:   akademik   li tseyda   yoki
kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi;
• ta ’ lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta ’li m standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi;
• ta ’ lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv;
• bilimli bo‘ l ishni va iste ’ dodni rag‘batlantirish;
• ta ’ lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
O‘ zbekiston   Respublikasida   ta ’ lim   quyidagi   turlarda   amalga   oshirilishi   b e lgi -
landi:
• maktabgacha ta ’ lim; • umumiy o‘rta ta ’ lim;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’li mi;
• oliy ta ’l im;
• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta ’ lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta ’ lim.
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturining   maqsadi   ta ’ lim   sohasini   tubdan   isloh
qilish,   uni   o‘tmishdan   qolgan   mafkuraviy   qarashlar   va   sarqitlardan   to‘la   xalos
etish,   rivojlangan   davlatlar   darajasida,   yo’qsak   ma ’ naviy   va   axloqiy   talablarga
javob   beruvchi   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash   Milliy   modelini   yaratishdan
iboratdir.
Milliy   dasturni   yaratishda   hayotimizning   barcha   sohalarida   bosqichma-bosqich
amalga   oshirilayotgan   islohotlarga   monand   ravishda,   ta ’ lim   islohotlarini   uch
bosqichda amalga oshirish nazarda tuti l gan :
Birinchi bosqich(1997 – 2001-y y. )da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun
huquqiy,   kadrlar   jihatidan,   ilmiy-uslubiy,   moliyaviy-moddiy   shart - sharoitlar
yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi ;
Ikkinchi   bosqich(2001 – 2005-y y. )da   Milliy   dastur   to‘liq   ro‘yobga   chiqadi,
mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan
holda unga aniqliklar kiritiladi ;
Uchinchi   bosqich(2005-   va   undan   keyingi   yillar)da   to‘plangan   tajribani   tahlil
qilish   va   umumlashtirish   asosida,   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
istiqbollariga   muvofiq   kadrlar   tayyorlash   tizimi   takomillashtiriladi   va
rivojlanliri l adi.
O‘ zbekiston   hukumati   ta ’ limni   rivojlantirish   uchun   katta   mablag‘   ajratmoqda.
Birgina   2001-yilda   ta’lim   xarajatlari   davlat   budjeti   sarf-xarajatlarining   36   foizini
tashkil   etdi.   Ta’lim   uchun   150   mln   AQSH   dollaridan   ziyod   chet   el   investitsiyasi
sarflandi.   Ular   yangi   ta’lim   binolari   barpo   etish,   ularni   eng   zamonaviy   o‘quv-
laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Keyingi yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab
binolari   qurilib,   foydalanishga   topshirildi.   Umumta’lim   maktablari   uchun   davlat
ta’lim   standartlari,   ularga   asoslangan   o‘quv   dasturlari,   darsliklar   yaratilib,   ta’lim
jarayoniga   joriy   etildi.   2002/2003   o‘quv   yiliga   kelib   umumiy   o‘rta   ta’lim
muassasalarida, ya'ni 1–9-sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek   alifbosida   olib   borilmoqda.   Hukumat   o‘quvchilarni   darsliklar   bilan
ta’minlashga   g‘amxo‘rlik   qilmoqda.   Ta’lim   mazmun   va   mohiyat   jihatidan
yangilandi. Har   yili   600 ming  nafardan  ziyod  birinchi   sinf  o‘quvchilari   Prezident
sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’minlanadi.
2004-yil   19-fevraldagi   Prezident   farmoni   va   2004-yil   9-iyuldagi   Vazirlar
Mahkamasining  qarori  asosida  maktab ta’limini  rivojlantirish Davlat  umummilliy
dasturi   ishlab   chiqildi.   Dasturga   binoan   2004–2009-yillarda   buziladigan
umumta’lim   maktablari   o‘rniga   yangi   maktablar   qurish,   maktablarni   kapital
rekonstruksiya   qilish,   kapital   va   joriy   ta’mirlash   tadbirlari   ishlab   chiqildi.
Shuningdek,   dasturda   umumta’lim   maktablarining   moddiy-texnika   bazasini
mustahkamlash   va   rivojlantirish,   maktablarni   zamonaviy   o‘quv-laboratoriya
uskunalari   va   kompyuter   texnikasi   bilan   jihozlash,   darsliklar   va   o‘quv-uslubiy
materiallar,   pedagog   kadrlar   bilan   ta’minlash,   o‘qituvchilarni   tayyorlash,   qayta
tayyorlash,  malakasini  oshirish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni  kuchaytirish
tadbirlari aniq belgilab berildi.
2000/2001   o‘quv   yilida   respublikamizda   9661   umumta’lim   maktablarida   45
mingga   yaqin   o‘qituvchi   faoliyat   ko‘rsatdi,   6   millionga   yaqin   o‘quvchi   ta’lim-
tarbiya oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati
yangi turdagi  3 yillik o‘rta maxsus,  kasb-hunar  ta’limi tizimini  yaratishdan iborat
vazifa   sobitqadamlik   bilan   amalga   oshirilmoqda.   1998 – 2004-yillarda   54   ta
akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135
mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar
bo‘yicha   Davlat   ta’lim   standartlari   ishlab   chiqildi,   tajriba-sinovdan   o‘tkazildi   va
ta’lim   jarayoniga   joriy   etildi,   asosiy   darsliklar   yaratildi.   2000/2001   o‘quv   yilida kollej va litseylarni 4890 nafar ilk “qaldirg‘och”lar tugatdilar. “Ustoz”jamg‘armasi
yo‘llanmasi   bilan   litsey   va   kollejlarning   700   o‘qituvchisi   chet   ellardagi   nufuzli
universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi.
Oliy   ta’lim   ikki   bosqichdan:   bakalavriat   va   magistraturadan   iborat   etib   qayta
tashkil   etildi.   1999-yilda   Toshkent   Islom   universiteti   tashkil   etildi.   2001/2002
o‘quv yi-lida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5
mingdan   ortiq   magistrantlar   ta’lim-tarbiya   oldilar.   18486   nafar   professor-
o‘qituvchilar   mehnat   qildilar,   ularning   1462   nafari   fan   doktori,   7201   nafari   fan
nomzodidir. 1998–2001-yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura
mutaxassisliklari   bo‘yicha   bakalavr   va   magistrlar   uchun   qo‘yiladigan   talablarni
o‘zida   mujassamlashtirgan   davlat  ta’lim  standartlari,  ularga  mos   o‘quv  dasturlari,
o‘quv   adabiyotlari   yaratildi   va   ta’lim   jarayoniga   joriy   etildi.   2002-yilda   35620
talaba bakalavr, 3000 tasi magistr unvonini oldi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-
quvvatlash   bo‘yicha   davlat   siyosati   olib   borilmoqda.   Bu   borada   xalqaro
hamkorlikni   yo‘lga   qo‘yish   Milliy   dasturda   belgilangan   muhim   vazifalardan
biridir.   1997-yilda   tashkil   etilgan   “Umid”   jamg‘armasi   yo‘llanmasi   bilan   1997–
2001-yillarda   785   nafar   yigit-qiz   rivojlangan   davlatlarning   oliy   o‘quv   yurtlariga
o‘qish uchun jo‘natildi. Ular-dan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident
farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar,
idoralar,   tashkilotlar   va   korxonalarda   ishlamoqdalar.   2002-yil   iyulda   Toshkentda
Xalqaro   Vestminster   universiteti   tashkil   etildi   va   160   ta   dastlabki   talabalar   qabul
qilindi.
O‘zbekiston   ta’lim   muassasalarining   Yevropadagi   ta’lim   jamg‘armasi,
Germaniyadagi   Texnika   hamkorlik   tashkiloti,   Yaponiyadagi   JAYKO   xalqaro
tashkiloti,   Koreyaning   KOYKA   agentligi,   YUNESKO,   Jahon   banki,   TASIS-
TEMPUS   ochiq   jamiyat   instituti,   AQSH,   Angliya,   Fransiya,   Yaponiya,   Daniya,
Xitoy,   Gollandiya   Oliy   ta’lim   vazirliklari   bilan   hamkorligi   kengayib   bormoqda.
Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Ustoz” jamg‘armasi
yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar.
O‘zbekiston   ta’lim   tizimi   dunyo   miqyosida   katta   qiziqish   uyg‘otmoqda.
Moskvadagi   Oliy   ta’lim   Xalqaro   Fanlar   akademiyasi   Prezidenti
V.ShukshinovPrezidentimiz   Islom   Karimovga   “KadrIar   tayyorlash   milliy
dasturi”ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy
a’zosi diplomini topshirar ekan, O‘z-bekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni
mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar
tomonidan   ham   O‘zbekistonda   yaratilayotgan   ta’lim   tizimi   “Ta’limning   o‘zbek
modeli” deb e’tirof etildi.
Mustaqil   respublikamizda   fan   taraqqiyotiga   katta   e’tibor   berilmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1992-yil   8-iyuldagi   “Ilm-fan   va
innovatsiya   faoliyatini   rivojlantirishni   davlat   tomonidan   qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini
ta’minlashga   yo‘naltirilgan   qarori   ilm-fan   taraqqiyotida   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ldi. Respublika Fanlar akade-miyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi
bozorda   targ‘ib   etuvchi   va   tarqatuvchi   innovatsiya   tijorat   markazi   tashkil   etildi.
1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi.
O‘zbekiston   hududida   qadim   zamonlardan   beri   fan   va   madaniyat   rivojlanib
kelayotgan   davlatdir.   Xususan,   astronomiya,   matematika,   tibbiyot,   kimyo,   tarix,
falsafa,   tilshunoslik,   adabiyotshunoslik   kabi   fanlar   va   haykaltaroshlik,
to‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik  va   boshqa kasblar  keng rivojlangan. Hozir
O‘zbekiston   olimlari   uzoq   o‘tmish   mutafakkirlari   qoldirgan   ilmiy   merosni   faol
o‘rganib,   o‘zlarining   yangi   kashfiyotlari   bilan   fanni   boyitgan   holda   jahon
fani   rivojiga munosib hissa   qo‘shmoqdalar.
IX-X   asrlarda O‘rta Osiyo  (butun Markaziy  Osiyo)   zamonaviy  akademiyalarga
o‘xshash  ilk ilmiy muassasa  va jamiyatlar  tashkil  etila boshlagan  Sharqdagi  yirik
ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
XI   asrda   Urganch   Xorazm   poytaxti,   obod,   yo’qsak   madaniyatga   ega   shahar
bo‘lgan.   Xorazmshoh   Abul   Abbos   ibn   Ma’mun   madaniyat   va   ilmga   qiziquvchan hukmdor   bo‘lgani   uchun   olimlar,   shoirlar,   musiqachilar,   xattotlar,   arxitektor   va
rassomlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlagan.   Urganchdagi   Xorazmshohlar
saroyida   tibbiyot   xodimi   Abu   Ali   ibn   Sino   (Avitsenna),   aniq   fanlar   vakili
Abu   Rayhon   Beruniy,   tarixchi   ibn   Miskavayx,   matematik   Abu   Nasr   ibn   Iroq,
faylasuf   Abu   Saxl   Masixiy,   tabib   ibn   Xammar   va   boshqa   Sharq   mutafakkirlari,
qomusiy   olimlar   xizmat   qilishgan.   Musulmon   Sharqdagi   birinchi   akademiya   –
“Baytul   Hikmat”ni   yer   meridiani   uzunligi   darajasini   o‘lchashda   qatnashgan
mashhur   matematik   al-Xorazmiy   (783-850)   boshqargan.   Astrolyabiya   (usturlob)
qurish   haqidagi   asar,   “Kitob   aljabr   val   muqobala”,   dunyodagi   ilk   “Astronomik
jadval”lardan   biri   hamda   qator   ilmiy   risolalar   –   “Hind   hisobi   haqida   risola”,
“Quyosh   soatlari   haqida   risola”,   “Musiqa   haqida   risola”   va   boshqa   ilmiy   ishlar
uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib qator algebraik tenglamalarni
yechdi,   birinchi   bo‘lib   sonlar   qatoriga   yangi   “nol”   sonini   kiritdi,   bu   sonlar
nazariyasini   kengaytirdi   va   manfiy   sonlarga   o‘tish   imkonini   berdi.   Shu
muvaffaqiyatlari   uchun   matematikaning   yangi   bo‘limi   al-Xorazmiy   sharafiga
“algebra”   deb   atalgan.   Al-Xorazmiyning   mashhur   “Kitob   al-jabr   van-muqobala”
(Tiklash   va   qarama-qarshi   qo‘yish   haqidagi   kitobi)   da   algebra   ilk   bor
matematikaning   mustaqil   sohasi   sifatida   qaraladi.   Zamonaviy   kibernetikaning
asosiy   tushunchasi,   uning   zaruriy   asoslaridan   biri   “algoritm”   etimologik   jihatdan
al-Xorazmiyning   ismi   bilan   bog‘liq.   Urganchda   o‘ziga   xos   akademiya   –
“Bilimdonlar   uyi”   tashkil   qilingan   edi,   unda   astronomiya,   falsafa,   matematika,
tibbiyot   bo‘yicha   tadqiqotlar   o‘tkazilgan.   Lekin   bu   holat   Urganchda   1017-yilda
Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.
Shunday   qilib   Sharqda,   xususan,   O‘rta   Osiyoda,   ilmiy   faoliyatni   akademiya
shaklida   tashkil   qilish   an’anaga   aylandi   va   Urganchdagi   akademiyaga   o‘xshash
muassasalar   keyingi   asrlarda   ham   yaratilgan   (tuzilgan).   Samarqandda   akademiya
Mirzo   Muhammad   Tarag‘ay   Ulug‘bek   tomonidan   XV   asrda   tashkil   etilgan.
Akademiya   qoshida   observatoriya,   o‘sha   davrning   boy   kutubxonasi   va   oliy   o‘quv
yurti   –   madrasa   bo‘lgan.   Madrasada   diniy   fanlar   bilan   bir   qatorda   matematika,
geometriya,   astronomiya,   tibbiyot,   geografiya   va   boshqa   dunyoviy   ilmlar o‘qitilgan.   Ulug‘bekning   akademiyasida   mashhur   olimlar   –   Qozizoda
Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan,   o‘tkaziladigan
tadqiqot   sohalari   ham   ularning   yo‘nalishlariga   mos   bo‘lgan.   Samarqanddagi
Ulug‘bek   akademiyasi   matematika,   astronomiya   va   geografiya   fanlarining
yo’qsalishiga salmoqli hissa qo‘shdi.
IX-XV   asrlarda   aniq   va   tabiiy   fanlar   (matematika,   astronomiya,   geodeziya,
mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez sur’atlarda rivojlana boshladi.
Platon,   Aristotel,   Gippokrat,   Galen,   Arximed,   Ptolomey,   Yevklid   va   boshqa
buyo’q   mutafakkirlarning   asarlari   arab   tiliga   tarjima   qilindi.   Muhammad   al-
Xorazmiy,   Ahmad   al-Farg‘oniy,   Abu   Nasr   Farobiy,   Abu   Rayhon   Beruniy,
Mahmud   Koshg‘ariy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Nasriddin   Tusiy,   Qozizoda   Rumiy,
Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining
ilmiy   tadqiqotlari   darajasi   ba’zi   sohalarda   boshqa   mamlakatlarning  mutafakkirlari
ancha   keyin   o‘tkazgan   izlanishlar   natijalaridan   yuqori   edi.   Abu   Rayxon   Beruniy
tarix,   xronologiya,   farmakologiya,   mineralogiya,   astronomiya,   matematika
bo‘yicha   asarlar   yozdi,   Yerda   yangi   qit’a   borligini   nazariy   jihatdan   asoslab,
hisoblab   chiqdi   va   jahon   tan   olgan   ko‘plab   masalalarni   yechdi.   Ko‘plab
tadqiqotchilar   Urganchdagi   akademiyaning   tashkil   qilinishini   shaharga   Abu
Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi.
Xuddi   shu   paytda   bu   yerda   O‘rta   Osiyoning   buyo’q   olimi   –   Abu   Ali   ibn   Sino
ishlagan.   Ibn   Sino   haqiqatdan   qomusiy   olim   –   tabiatshunos,   tibbiyot   xodimi,
astronom,   matematik,   musiqashunos,   yozuvchi   va   shoirdir.   U   Avitsenna
nomi   bilan   mashhur   bo‘lgan.   Ibn   Sino   faoliyatini   anglatuvchi   ibora   –   “Madadi
Sino”   -   Yevropa   tillariga   moslashtirilib,   fandagi   yo‘nalishni   bildiruvchi
“Meditsina”   sifatida   o‘zlashtirilgan.   XVIII   asrning   mashhur   tabiatshunos   olimi
Karl Linkey ibn Sinoning botanikadagi xizmatlarini  yo’qsak baholab doim yashil
nodir o‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400   dan   ortiq asar yozgan,
shulardan   240   tasi   bizning   kunlarimizgacha   yetib   kelgan.   Abu   Rayhon   Beruniy
nomidagi   Sharqshunoslik   institutida   olimning   50   dan   ortiq   asarlari   va   bir   qator
ularga   yozilgan   sharhlar   saqlanadi.   Bu   asarlar   orasida   olim   ijodining   toji hisoblanmish   besh   jildlik   “Al   qonun   fit   tib”   (“Tib   ilmi   qonunlari”)   ham   bor.   Bu
asar   o‘z   davrida   tibbiyot   fani   darajasini   juda   yuqori   ko‘tardi,   ibn   Sino
vafotidan   yuz   yil   o‘tgach   G‘arbiy   Yevropa   mamlakatlarida   keng   tan   olindi.
XII   asrda   “Tib   ilmi   qonunlari”   lotin   tiliga   tarjima   qilindi   va   qo‘lyozmadayoq
tarqalib   ketdi.   Bu   asar   1493-yilda   Venetsiyada   lotincha   tarjimada   nashr   qilindi
va   yuz yil mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va   Yevropaning barcha mashhur
o‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu   asar asosida o‘qitildi. Ushbu bebaho tib
qonunlari hozirgi kunda ham o‘z   ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan.
Matematik   va   astronom   Qozizoda   Rumiy   (Salohiddin   Muso   ibn   Muhammad
ibn   Mahmud,   taxminan   1360-1437)   Mirzo   Ulug‘bekning   ustozi   edi.   Ulug‘bek
maktabi   shakllanishiga   uning   qo‘shgan   salmoqli   hissasini   inkor   etish   mumkin
emas. Ilmdagi muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (o‘z davrining Platoni)
deb   atashgan.   Mashhur   matematik   va   astronom   al-Koshiy   (G‘iyosiddin   Jamshid
Koshiy)   birinchi   bo‘lib   matematikaga   pozitsion   asosda   o‘nli   kasrlarni   kiritdi   va
buni   nazariy   jihatdan   isbotladi,   Sin   ni   1   gradus   aniqlikkacha,   P   ni   17   raqamgacha
hisoblab chiqdi. U o‘zining qator mashhur asarlarini astronomiyaga bag‘ishlagan.
Al-Koshiy   Qozizoda   Rumiy   bilan   birgalikda   Ulug‘bek   observatoriyasi   qurilishini
boshqargan.
Muhammad   Tarag‘ay   Ulug‘bek   (1394-1439)   o‘zidan   ulkan   ilmiy   va   madaniy
meros   qoldirdi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Yangi Ko‘ragon astronomik jadvallari”)
– “Ulug‘bek ziji” buyo’q olimning dunyoga mashhur asari. Ulug‘bek Samarqandda
observatoriya   va   madrasa   qurdi,   o‘z   akademiyasini   tashkil   qildi.   O‘z   shogirdlari
bilan   mingdan   ortiq   yulduzni   o‘rganib,   ro‘yxati   –   “yulduzli   osmon   xaritasi”ni
tuzdi.   Ulug‘bek   akademiyasida   olimlar   faqat   astronomiya   bo‘yicha   emas,   balki
matematika,   falsafa,   tarix  va   boshqa   fanlarga   oid   tadqiqotlar   ham   olib   borishgan.
Ulug‘bek   akademiyasida   ishlagan   atoqli   astronom   Ali   Qushchi   (Mavlono
Aloviddin   Ali   ibn   Muhammad   Qushchi   (1403-1474)   o‘zidan   matematika
va   astronomiyaga   bag‘ishlagan   dunyoga   mashhur   ilmiy   ishlarini   qoldirdi.   U   yil
fasllarining   o‘zgarishini   Yerning   Quyoshga   yaqinlashishi   natijasida   Quyosh
nurlarining   Yer   sathiga   ta’siri   bilan   bog‘liq   deb   hisoblagan,   Quyoshning   tutilishi jarayonini   ilmiy   nuqtai   nazardan   aniqlagan.   Ali   Qushchining   asarlari   XVI-
XVII   O‘rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli  ta’sir
qilgan.
Mirzo   Ulug‘bek,   al-Koshiy,   Ali   Qushchi   sonlar   nazariyasi   ravnaqiga   salmoqli
hissa   qo‘shishdi   va   astronomik   kuzatuv   bilimlarini   yanada   yuqori   darajada
ko‘tarishdi.   1428-1429-yillarda  Ulug‘bek  radiusi   40   metr   kvadrant   bosh   uskunasi
bo‘lgan,   o‘lchamlari   tengsiz,   noyob   astronomik   rasadxona   qurgan.   Samarqandda
30   yillik   kuzatishlar   asosida   tuzilgan   1018   yulduz   katalogi   uzoq   yillar   dunyoda
tengsiz bo‘lib qoldi. Ulug‘bek astronomiya maktabi yutuqlari Sharq va G‘arb fani
yo’qsalishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatdi.   Uning   ilmiy   asarlari   dunyoning   ko‘p   tillariga
tarjima   qilindi,   Yevropa   va   Amerikada   keng   tarqaldi.   Mirzo   Ulug‘bek   jahon   fani
tarixida   Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir
qatorda   turadi.   M.V.   Lomonosov   nomidagi   MDU   katta   zalida   barcha   davrlar
olimlariga bag‘ishlangan tarixiy xotira galereyasida o‘rta asrlarning mashhur olimi
Mirzo   Ulug‘bekning   portreti   haqli   ravishda   o‘ziga   mos   joyni   egallagan.
O‘zbekistonning   bir   qator   shaharlari   va   Belgiyada   Mirzo   Ulug‘bekka   haykal
o‘rnatilgan,   qadimiy   Samarqand   observatoriyasiga,   qator   universitetlarga,
jumladan   O‘zbekiston   Milliy   universitetiga,   maktablarga,   shaharga   qarashli
tumanlarga   va   O‘zbekistondagi   fizik-yadroshunoslar   qo‘rg‘oniga   uning   nomi
berilgan.
XIX asrda O‘zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent fizik – astronomik
observatoriyasi   (O‘zR   FA   Astronomiya   instituti)   1873-yilda   tashkil
qilingan.   Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug‘ullangan va
natijada mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX asrning
30- yillaridan observatoriya   astronomiyaning fundamental masalalarini tadqiq qila
boshladi.
1918-yilda   Turkistonda   iqtisod   va   madaniyatning   turli   sohalariga   kadr
tayyorlovchi   maxsus   muassasalar   ochilgan.   Ulardan   biri   1918-yil   21-aprelda
ochilgan Turkiston xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qo‘qon, Samarqand,
Farg‘ona,   Jizzax   va   boshqa   shaharlarda   uning   filiallari   ochildi.   1919-yilda Toshkentda   fizioterapiya   ilmiy-tekshirish   instituti   tuzildi.   20-yillarda   tarix,
tibbiyot,   tabiiy fanlar sohasida qator ilmiy-tekshirish institutlari ochildi. 1920-yilda
Turkiston   Davlat   universiteti   (1923-yildan   O‘rta   Osiyo   davlat   universiteti,   1960-
yildan Toshkent davlat universiteti, hozir- O‘zbekiston Milliy universiteti) tashkil
qilindi. Keyinchalik mintaqadagi tabiiy   boyliklarni o‘rganish maqsadida universitet
negizida  mustaqil  oliy  o‘quv  yurtlari   va   fanning  turli   yo‘nalishlari  bo‘yicha  qator
ilmiy   muassasalar   ochildi.   1940-yilda   Toshkentda   1932-yilda   tuzilgan   ilmiy
komitet   asosida   O‘zbekistondagi   SSSR   FA   filiali   tashkil   etildi   va   shu   vaqtdan
boshlab filial O‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lib kelayapti. O‘sha
paytda   uning   tarkibiga   geologiya,   botanika,   kimyo,   suv   xo‘jaligi   muammolari
(1941-yildan energetika instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik,
zoologiya,   fizika   va   matematika   (geliotexnika   laboratoriyasi   bilan)   bo‘limlari;
Toshkent astronomik observatoriyasi (Kitob kenglik   stansiyasi   bilan); kartografiya
va   iqtisodiy   tadqiqotlar   byurosi   kirgan.   1940-yilda   O‘zbekistonning   ilmiy-
tekshirish   institutlarida   va   oliy   o‘quv   yurtlarida   3   mingdan   ortiq   ilmiy   va   ilmiy-
pedagogik   xodimlar   ishlashgan.   II   jahon  urushi   (1941-1945)   davrida  respublikada
40 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari va oliy o‘quv yurtlari ish olib borgan.
1943-yilda   O‘zbekistondagi   SSSR   FA   filiali   O‘zbekiston   SSR   Fanlar
akademiyasi   sifati   qayta   tashkil   qilindi.   Bu   vaqtda   uning   tarkibida   10   ta   ilmiy-
tekshirish   institutlari,   shu   jumladan   1943   yilda   tuzilgan   fizika-texnika,   tarix,
sharqshunoslik,   iqtisodiyot   institutlari   bor   edi.   11   ta   akademik-ta’sischi,   18   ta
muxbir   a’zo,   3   ta   faxriy   a’zo   akademiya   a’zolari   bo‘lishdi.   Akademiya
muassasalarida 210 nafar ilmiy   xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80
tasi   fan   nomzodi   edi.   40-   yillarning   ikkinchi   yarmida   respublika   olimlarining
kuchlari asosan urushdan keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni
yo’qsaltirishga yo‘naltirilgandi.
1958-yili   Toshkent   shahri   yaqinida   yadro   reaktori   qurildi,   u   yadro   fizikasi
taraqqiyotiga   asos   bo‘ldi.   60-70-yillarda   O‘zbekiston   tabiiy   va   ijtimoiy   fanlar
sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika
oldida   turgan   muhim   iqtisodiy   va   madaniy   masalalarni   yechishga yo‘naltirilgandi.   Paxtachilik, irrigatsiya, energetika, rangli  metallurgiya va boshqa
tarmoqlar   yo’qsalishining   kompleks   tadqiqiga   alohida   e’tibor   qaratildi.   1987-yili
Toshkent viloyatining Parkent tumanida   nodir “Katta quyosh pegi” bizerkal optik-
gelio-energetik tizim qurilishi tugallandi va   ishlatishga topshirildi.
Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.   Karimovning   1992-yil   8-iyuldagi   Farmoni   va   Vazirlar   Mahkamasining
“Davlat   tomonidan   fanning   rivojlanishi   va   innovatsion   faoliyatni   qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  yuqoridagi  Farmonni  bajarish yuzasidan
chiqargan Qarori ancha ta’sir qildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   2004-yil   9-noyabrda   532-sonli
“Xorazm   Ma’mun   Akademiyasining   1000   yilligini   nishonlash   to‘g‘risida”   va
2005-yil   1-noyabrdagi   240-sonli   “Xorazm   Ma’mun   Akademiyasi   faoliyatini
takomillashtirish   va   1000   yillik   yubileyini   nishonlashning   qo‘shimcha   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”   qarorlar   qabul   qildi.   Shunday   qilib,   Xorazm   Ma’mun
Akademiyasi   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasining   mintaqaviy
bo‘limi sifatida tiklandi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Tashqi   ishlar   vazirligi   va
YUNESKO   ishlari   bo‘yicha   O‘zbekiston   Respublikasi   Milliy   komissiyasi   bilan
hamkorlikda   2006-yil   20-sentabrdan   –   12-oktabrgacha   YUNESKOning   shtab-
kvartirasida   (Parij   sh.)   ko‘rgazma   tashkil   qilishdi   va   Xorazm   Ma’mun
Akademiyasining   1000   yilligiga   bag‘ishlangan   ilmiy   anjuman   o‘tkazishdi.
O‘zbekistondagi   xorij   davlatlarning   qator   elchixonalari   O‘zbekiston   Respublikasi
Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatiga
bag‘ishlangan   tadbirlar   o‘tkazishdi,   shunday   konferensiyani   yana   Saudiya
Arabistoni   Ilmiy-tadqiqot   markazi   Koreyaning   Kyongxi   universiteti   bilan
birgalikda o‘tkazishdi.
Fanlar   akademiyasi   faoliyatini   kuchaytirishda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimovning   2006-yil   7-avgustdagi   “Fan   va   texnologiyalar
rivojlanishini  boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari
to‘g‘risida”gi   Qarori   va   O‘zbekiston   Vazirlar   Mahkamasi   qoshida   Fan   va texnologiyalar   rivojini   muvofiqlashtirish   komitetini   tashkil   qilinganligi
alohida   ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   bozor   iqtisodiga   o‘tish   davrida
ilmiy-tekshirish   muassasalari   olib   borayotgan   asosiy,   amaliy   va   innovatsion
tadqiqotlarga   katta   e’tibor   qaratadi.   Bugungi   kunda   yuqori   bilimni   talab   qiluvchi
mahsulotlar   va   ilmiy-tekshirish   muassasalari   xizmatlarini   keng   targ‘ib   qilish,
muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yo‘llari aniqlanib, hayotga
tatbiq   qilinmoqda,   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   ilmiy   bo‘limlari
faoliyati takomillashtirilmoqda.
2012 yilga kelib ham O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish
sifati   va   mazmunini   yangi   bosqichga   ko’tarish,   malakali   kadrlar   tayyorlashning
zamonaviy   mexanizmini   yaratish,   o’quv   dasturlari   va   adabiyotlarini   yangilashga
qaratilgan   islohotlar   bosqichma-bosqich,   tizimli   ravishda   amalga   oshirildi.
Mamlakatimizda   ta’lim-tarbiya   sohasiga   har   yili   sarflanayotgan   xarajatlar   yalpi
ichki   mahsulotga   nisbatan   10-12   foizni   tashkil   etdi.   Bu   YUNESKOning
mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur
bo’lgan   investisiyalar   miqdori   bo’yicha   tegishli   tavsiyalaridan,   ya’ni   6-7   foizdan
qariyb 2 barobar ko’p bo’ldi. 
Oliy   o’quv   yurtlari   moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlash,   talabalarning
yashash   sharoiti   hamda   ijtimoiy-maishiy   ob`ektlar   faoliyatini   yaxshilash,   oliy
o’quv yurtlari hududlarini obodonlashtirish, jumladan, poytaxtimizdagi “Yoshlik”
talabalar   shaharchasida   joylashgan   talabalar   turar-joylarini   tubdan   ta’mirlash
bo’yicha   ham   keng   ko’lamli   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   davlatimiz
rahbarining   2011   yil   20   mayda   “Oliy   ta’lim   muassasalarining   moddiy-texnik
bazasini  modernizasiyalash  va mutaxassislar  tayyorlash sifatini  tubdan yaxshilash
to’g’risida”gi   qarori   qabul   qilindi.   Mazkur   Qaror   oliy   ta’lim   muassasalari
faoliyatini   jahon   andozalari   darajasida   tashkil   etish,   ularni   zamonaviy   darslik,
o’quv-uslubiy   qo’llanmalar,   ilmiy   laboratoriyalar   bilan   ta’minlashda   muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.  Bundan tashqari, o’qituvchilarning amaliy jihatdan chet tillarini bilishi bo’yicha
ham   bir   qator   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2012   yil   10   dekabrda   qabul   qilingan   “Chet   tillarni   o’rganish
tizimini   yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   qarorining muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
2015 yildagi ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda  quyidagi yo’nalishlardagi
ta’lim turlari mavjud edi: 
- maxsus maktabgacha ta’lim; 
- uyda yakka tartibdagi ta’lim; 
- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari; 
-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari;
- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari.
Mazkur muassasalarda ko’zi ojiz, zaif ko’ruvchi, kar va zaif ko’ruvchi, aqli zaif,
ruhiy rivojlanishi sustlashgan, tayanch harakati a’zolari harakati buzilgan, nutqida
murakkab   nuqsoni   bo’lgan   bolalar   ta’lim-tarbiya   oldi.   Mamlakatimizda   alohida
yordamga   muhtoj   bolalar   va   o’smirlar   ta’limi,   ularning   nuqson   turlari   va   uning
darajalarini inobatga olgan holda, maxsus ta’limning 8 yo’nalishi (aqli zaif, ruhiy
rivojlanishi sustlashgan, nutqida, ko’rishida va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar)
bo’yicha korreksion ta’lim tashkil etildi.
3-masala
Mazkur davrda Oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha ham bir qancha ishlar
amalga   oshirildi.   Jumladan,   2015   yil   12   iyunda   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentimizning   “Oliy   ta’lim   muassasalarining   rahbar   va   pedagog   kadrlarini
qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to’g’risida”gi   farmoni   qabul   qilindi.   Ushbu   farmon   yurtimizdagi   oliy
o’quv   yurtlari   professor-o’qituvchilarining   kasb   darajasi   va   malakasini   muttasil
oshirib   borish,   ularni   bugungi   kun   talablariga   muvofiq   muntazam   qayta
tayyorlashning   takomillashtirilgan   tizimini   joriy   etish   asosida   yuqori   malakali
mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi. Farmonda,   xususan,   oliy   o’quv   yurtlari   professor-o’qituvchilarining   pedagogik
va   kasb   darajasini   muntazam   oshirish   asosida   ularning   qonunchilik   normalari,
nazariya,   ilmiy   va   amaliy   tadqiqotlar,   texnologik   taraqqiyot   va   o’qitilayotgan
fanlar   bo’yicha   innovasiyalar,   shuningdek,   o’quv   jarayonini   tashkil   etishning
zamonaviy uslublari sohasidagi so’nggi yutuqlarni chuqur o’rganishi alohida qayd
etildi.   Oliy   ta’lim   sohasida   oliy   o’quv   yurtlarining   professoro’qituvchilarini
muntazam qayta tayyorlash bo’yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy
qilindi.   15   ta   tayanch   oliy   o’quv   yurtida   oliy   ta’lim   muassasalari   rahbarlari   va
pedagog   kadrlarini   qayta   tayyorlash   hamda   malakasini   oshirish   kurslari   tashkil
etildi. Mazkur kurslarda oliy o’quv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin o’qituvchisi
malaka oshirdi.
Bu   paytga   kelib,   mamlakatimizda   11   milliondan   ziyod   kishi   internetdan
muntazam   foydalandi.   Ularning   asosiy   qismi   o’quvchi-yoshlar   edi.   2015   yilgi
ma’lumotlarga qaraganda umumta’lim maktablarida qariyb 4,5 million bola tahsil
oldi.   Barcha   maktablar   yagona   ZiyoNET   tarmog’iga   ulandi.   Mazkur   tarmoq   Uz
domenidagi eng yirik axborot-ta’lim resursiga aylandi. Unda yoshlar uchun foydali
va   ahamiyatli   axborot   manbalari,   darslik   va   o’quv   qo’llanmalar,   turli   sohalarga
doir   adabiyotlar,   media   mahsulotlar,   multimedia   vositalari,   ta’limmaqsadida
foydalaniladigan bir qator interfaol xizmatlar jamlandi.
Shu   sababli   Hukumat   tomonidan,   o’qituvchilarning   global   internet   tarmog’i,
multimedia   tizimlari   va   masofadan   o’qitish   usullaridan   foydalangan   holda,
zamonaviy   innovatsion   pedagogika,   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini
egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi, oliy o’quv yurtlari pedagog
kadrlarining   chet   tilini   amaliy   o’zlashtirish   darajasini   oshirishi   kabi   zamonaviy
talablar qo’yildi. 
Bu  paytga kelib  Oliy ta’lim  yo’nalishida  ham   xalqaro  hamkorlik  aloqalari  olib
borildi. Ushbu hamkorlik samarasi natijasida O’zbekistonda xorijdagi nufuzli oliy
o’quv   yurtlarining   oltita,   jumladan,   Toshkent   Xalqaro   Vestminster   universiteti,
Turin   politexnika   universiteti,   M.Lomonosov   nomidagi   Moskva   davlat, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz
universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi. 
Bundan   tashqari,   O’zbekistonda   Mustaqil   davlatlar   hamdo’stligi   mamlakatlari
orasida   birinchi   bo’lib   oliy   ta’limning   zamonaviy   ikki   bosqichli   -   bakalavriat   va
magistratura yo’nalishiga o’tildi.
Yoshlarni   har   tomonlama   barkamol   qilib   voyaga   yetkazishda   sportning   ham
ahamiyati katta hisoblanadi. O’tgan davr  mobaynida O’zbekiston Bolalar  sportini
rivojlantirish   jamg’armasi   mablag’lari   hisobidan   1500   dan   ortiq   zamonaviy   sport
inshootlari   qurildi.   Har   yili   bo’lib   o’tadigan,   uch   bosqichdan   iborat   (maktab
o’quvchilari   uchun   “Umid   nihollari”,   litsey   va   kollej   o’quvchilari   uchun
“Barkamol   avlod”,   oliy   o’quv   yurti   talabalari   uchun   “Universiada”)   sport
musobaqalari tizimi shakllantirildi. Bu esa yuz minglab bolalar, o’smirlar, yigit va
qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish imkonini berdi. 
Mazkur tadbirlar o’z samarasini  berdi. Jumladan, birgina 2015 yili 1 ming 668
nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok
etib,   983   ta   medalni   qo’lga   kiritdi,   yosh   iqtidorli   musiqachi   va   ijrochilarimiz
nufuzli   xalqaro   tanlovlarda   137   ta   sovrinli   o’ringa   sazovor   bo’ldi   va   ularning   76
tasi Gran-pri va birinchi o’rinni tashkil qildi.
Bu   boradagi   ishlar   keying   yillarda   ham   dvom   ettirildi.   Jumladan,   2017-yil   7-
fevralda   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "O‘zbekiston   Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida"gi   farmoni   e’lon
qilindi.   Mazkur   Farmonda   ijtimoiy   soha,   xususan,   ta’lim   va   ilm-fan   sohalarini
takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilandi.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi
ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
barobarida   ularni   zamonaviy   o‘quv   va   laboratoriya   jihozlari,   komputer   texnikasi,
o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutildi.
Shuningdek,   2017-2021-yillarda   oliy   ta’lim   tizimini   tubdan   takomillashtirish
dasturini   ishlab   chiqish,   o‘quv   dasturlarini   yanada   zamonaviylashtirish,   pullik
xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv   yurtlarining   vakolatlarini   kengaytirish   yo‘li   bilan   ularning   mustaqilligi
bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi belgilandi.
2017   yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va   Vazirlar   Mahkamasining
yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim
tizimidagi   o‘zgarish   va   yangilanishlar   jarayonini   boshlab   berdi.   Umumta’lim
maktablariga   mazkur   yilda   10-sinfga   o‘quvchilar   qabul   qilish   qayta   yo‘lga
qo‘yildi.   Bu   akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlariga   qabul   jarayoni   bilan
barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga
olindi.
Bundan   tashqari,   yoshlarning   zamonaviy   kasb-hunarlarni   puxta   egalashi,
o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash
bo’yicha   ham   tizimli   ishlar   olib   borildi.   Bunda   yoshlarning   ulug‘   ajdodlarimiz
merosini   o‘rganishi,   ularga   munosib   avlod   bo‘lib   voyaga   yetishi   muhim
ahamiyatga   ega   ekanligi   ko’zda   tutildi.   Xususan,   ulug‘   ajdodimiz   Muhammad
Xorazmiy   nomidagi   chuqurlashtirib   o‘qitishga   ixtisoslashtirilgan   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalari   yo‘nalishiga   oid   maktab   tashkil   etildi.   Mazkur
maktab   faoliyatining   yo‘lga   qo‘yilishi   ushbu   sohalarda   kadrlarni   yoshligidanoq
tayyorlab   borish,   ularning   yetuk   va   zamon   talablariga   javob   beradigan
mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratdi.
Shu   bilan   birga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Mirzo   Ulug‘bek
nomidagi   ixtisoslashtirilgan   davlat   umumta’lim   maktab-internatini   va
“Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul
qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti
qoshida   matematika,   astronomiya,   fizika   va   informatika   fanlarini   chuqur
o‘rgatishga   ixtisoslashtirilgan   Mirzo   Ulug‘bek   nomidagi   ixtisoslashtirilgan   davlat
umumta’lim maktab-internati tashkil etilishi belgilandi.
Bundan   tashqari,   Xalq   ta’limi   sohasidagi   islohotlarga   ko‘maklashish
jamg‘armasi   tashkil   etildi,   shu   bilan   birga   2019   yil   1   yanvardan   xalq   ta’limini
rivojlantirish   jamg‘armasi   tashkil   etildi.   Shuningdek,   Xalq   ta’limi   vazirligi   soha
faoliyati   shaffofligini   oshirish,   aniq   ma’lumotlarni   to‘plash,   aholi   bilan   muloqot qilish   va   jamoatchilik   nazoratini   o‘rnatish   uchun   axborot   texnologiyalarini   faoli
joriy etdi. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi
resurslarni   ishga   tushirdi.   Xalq   ta’limi   tizimiga   homiylik   mablag‘larini   jalb   etish
maqsadida   MFond   jamg‘armasi   ochildi.   Xalq   ta’limi   sohasidagi   ma’lumotlar
ochiq-oshkora,  shaffof  tarzda  qo‘yib  borish  uchun  ijtimoiy  tarmoqlari  kanallarida
«Ustoz ovozi» kanali ishga tushirildi.
Xalq   ta’limi   vazirligi   tizimida   o‘quvchilar   o‘rtasida   kitob   mutolaasi   va
kitobxonlik madaniyatini  targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti  yaratildi. Saytga jami
803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti
namoyondalari   asarlarining   elektron   varianti   joylashtirildi.   www.kitob.uz   saytiga
badiiy   adabiyotlarning   MRZ   shaklidagi   audio   resurslari   joylashtirilishi   yo’lga
qoyildi. 
Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini
himoyalash,   ular   huquqlarining   buzilishiga   yo‘l   qo‘ymaslik,   davlat   organlari   va
boshqa   tashkilotlarning   ta’lim   muassasalari   faoliyatiga   asossiz   aralashuviga   yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi. Respublika maqsadli
kitob   jamg‘armasi   Moliya   vazirligidan   Xalq   ta’limi   vazirligiga   o‘tkazildi.   Xalq
ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish
ob’ektlari  sifatini  nazorat  qilish injiniring kompaniyasi  tashkil  etildi. Xalq ta’limi
sohasidagi   islohotlarga   ko‘maklashish   jamg‘armasi   tashkil   etildi,   shu   bilan   birga
2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. ADA BIY OTLA R:
1.Mirziyoev   Sh.M.   Biz   milliy   taraqqiyot   yo'limizni   qat'iyat   bilan
davom   ettiramiz   va   uni   yangi   bosqichga   ko'taramiz.   T.   1.   -   Toshkent:
O'zbekiston .. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   Biz   buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob
xalqimiz bilan birgalikda quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
3.   Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini
himoya   qilish   mamlakat   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovidir.
O'zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   qabul   qilinganligining   24
yilligiga   bag'ishlangan   tantanali   marosimdagi   nutq.   -   Toshkent:
O'zbekiston. 2017 yil.
4.   Mirziyoev   Sh.M.   Birgalikda   biz   erkin   va   obod,   demokratik
O'zbekiston davlatini barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
5.   I.A.Karimov   O'zbekiston:   milliy   mustaqillik,   iqtisodiyot,   siyosat,
mafkura. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston, 1996 yil.
6.   Karimov   I.A   Yuksak   ma'naviyat   -   yengilmas   kuch.   -Toshkent:
Ma'naviyat, 2008 yil.
10.   Karimov   I.A   Vatanimiz   baxti   va   buyuk   kelajagiga   xizmat   qilish
eng katta baxtdir. - Toshkent: O'zbekiston. 2015 yil.
Асосий адабиётлар
1.   2017-2021   yillarda   O'zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo'nalishi   bo'yicha   Harakatlar   strategiyasi.   -   Toshkent:
Ma'naviyat, 2017 yil. 2.   Mustaqil   O'zbekiston   tarixi.   Mas'ul   muharrir   A.   Sobirov.   -
Toshkent: Akademiya, 2013 yil.
3.   O'zbekistonning   eng   yangi   tarixi:   O'quv   qo'llanma   /   Ed.   d.i.n.,
prof. M.A. Raximov. - T.: «Adabiyot uchqunlari», 2018. - 512.

Mustaqillik yillarida ilm-fan rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning roli Reja: 1. Ma’naviy meros va tarixiy xotiraning tiklanishi. 2. Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi. 3. Milliy istiqlol go‘yasi. 4. Ta’lim islohoti.Kadrlash tayyorlash milliy dasturi. 5. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi.

1-masala Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf- odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf- odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadr- sizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi. Eski tuzum o‘zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.

Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yo’qsalirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyo’q bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan

bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyo’q allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997-yil – Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi. Buyo’q allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog‘lar yaratildi. 1991-yilda buyo’q bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida buyo’q “Hamsa”si va “Lison ut-tayr” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28- sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan

davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi. 1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyo’q alloma Ahmad al- Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataluvchi bog‘ yaratildi va buyo’q allomaga haykal o‘rnatildi. 2-masala 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi. O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi. Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga ko‘targan. Sobiq Ittifoq