logo

DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.548828125 KB
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA
ADOLAT TAMOYILLARI
REJA
1.Sharq mutaffakirlari ijtimoiy adolat to‘g‘risida.
2.Mustaqillik davrida adolat tushunchasining yangicha mazmuni.
3.O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani amalga oshirish bosqichlari. O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   muhim   natijalaridan   biri
ijtimoiy   himoya   siyosatining   demokratik   jamiyatni   barpo   etishdagi   o`rnini   va
ahamiyatining   ortib   borishi   bilan   belgilanmoqda.   “Bugungi   kunda   ijtimoiy   hayot
sohasidagi   salbiy   holatlarni   bartaraf   etib,   odamlar   turmush   darajasining   keskin
pasayib   ketishiga   yo‘l   qo‘ymasdan,   aholining   himoyaga   muhtoj   qatlam   va
guruhlarini   ijtimoiy   muhofazasini   ta’minlagan   holda   O‘zbekistonda   ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.” 1
Umuman,   mustaqillik   davrida   odamlarimiz   ongida   ijtimoiy   adolatning
yangicha   tushunchasining   shakllanishi   mamlakatimiz   kelajagi   va   islohotlar
muvaffaqiyati   garoviga   aylanmoqda.   Adolatli   jamiyat   qurish   haqidagi
umuminsoniy   orzular   va   qarashlarni   yangi   jamiyat   barpo   etish   manfaatlariga
bo‘ysundirish   muhim   amaliy   masala   bo‘lib   turibdi.   Biz   barpo   etayotgan   jamiyat
insonparvar bo‘lmog‘i zarur. Bunda demokratik modellarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib
olmasdan, balki ilg‘or demokratik jamiyatlar tajribasini tanqidiy O‘rganish asosida
fuqarolik jamiyatini qurish ehtiyojlariga xizmat qildirish talab etiladi.
O‘zbekistonda   islohotlar   boshlangan   dastlabki   yillardayoq,   kuchli   ijtimoiy
himoya   tizimini   yaratishdan   maqsad,   insonga   munosib   turmush   va   faoliyat
sharoitlarini   vujudga   keltirishdan   iborat,   deb   belgilangan   edi.   Mamlakat   Birinchi
Prezidenti   I.A.Karimov   «O‘zbekistonning   o‘z   yangilanish   va   taraqqiyot   yo‘liga
asos   bo‘lgan   eng   muhim   qoidalardan   biri   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tishning   barcha
bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir» 2
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining xususiyatlari
O‘zbekistonda   islohotlar   boshlangan   dastlabki   yillardayoq,   kuchli   ijtimoiy
himoya   tizimini   yaratishdan   maqsad,   insonga   munosib   turmush   va   faoliyat
sharoitlarini   vujudga   keltirishdan   iborat,   deb   belgilangan   edi.   Mamlakat   Birinchi
Prezidenti   I.A.Karimov   «O‘zbekistonning   o‘z   yangilanish   va   taraqqiyot   yo‘liga
1
  аранг: Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Иккинчи ча и иq Қ қ қ
Олий Мажлиснинг тў изинчи сессиясидаги (2002 йил 29-30август) маърузасида баён 	
ққ
этилган асосий вазифалар ва  оидаларни кенг ёритиш бўйича ташкилий-маърифий 	
қ
тадбирлар Дастури. –Т.: Ўзбекистон, 2002. Б.10.
2
  Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий исти лол, и тисод, сиёсат, мафкура. Т.I. –Т.: 	
қ қ
Ўзбекистон. 322-б asos   bo‘lgan   eng   muhim   qoidalardan   biri   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tishning   barcha
bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir» 3
  Albatta,   ijtimoiy   himoya   tizimining   rivoji   mamlakat   iqtisodining   ahvoliga
to‘g‘ridan-   to‘g‘ri   bog‘liqdir.   Avvalo,   nodavlat   sektorining   muayyan   darajada
taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi
iqtisodiy rivojlanish  uchun tayanch va  asosiy  manba bo‘lib xizmat  qiladi. Bu  esa
o‘z   navbatida   ijtimoiy   siyosatning   real   amalga   oshishi   uchun   zamin   yaratadi,
ijtimoiy   himoya   tizimining   yanada   takomillashib,   zamon   talabiga   mos   bo‘lib
borishiga   olib   keladi.   Bu   hol   O‘zbekiston   ijtimoiy   siyosatining   tadrijiy
shakllanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Gap   shundaki,   ijtimoiy   himoyaning
davlat siyosatidagi O`rni g‘oyat muhimdir. Buning bir qancha sabablari bor. 
Birinchidan , O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lib, uning ko‘pgina hududlarida
ishlab chiqarishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda; 
Ikkinchidan , mamlakat aholisining 65% qishloqda yashaydi. Agrar sohaning
yaxshi rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga muhtoj oilalarning
ko‘pligiga   sababchi   bo‘ladi.   Bu   esa   O‘z   navbatida   ularni   ijtimoiy   himoyalash
vazifasini qo‘yadi. 
Uchinchidan ,   mamlakat   aholisi   orasida   yoshlar   katta   salmoqqa   ega,   bu   esa
yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi orqali muhofaza qilishni talab etadi.
Ijtimoiy adolatning mohiyati   har bir shaxs o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini
namoyon   qila   olishi   uchun   to‘liq   imkoniyatlar   yaratish,   bunda   ularning   farovon
turmush   kechirishlariga   erishish   jarayonida   to‘liq   namoyon   bo‘ladi.   Kishilarning
jamiyatdan   olayotgan   ulushlari   (ish   haqi,   daromadlari,   mukofotlari,   unvonu
mansablari)   ularning   jamiyat   rivojiga   qo‘shayotgan   hissalariga   (mehnati,
qobiliyati,   zakovati,   alohida   xizmatlari,   sarmoyasi   va   h.k.)   mos   kelishi
Shuma’noda inson rivoji imkoniyatlariga bog‘liq.
Albatta,   inson   faqat   non   bilan   tirik   emas.   Inson   taraqqiyotini   hayot
darajasigina emas, hayot sifati ham belgilaydi. Hayot sifati esa inson yashaydigan,
3
 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий исти лол, и тисод, сиёсат, мафкура. Т.I. –Т.: қ қ
Ўзбекистон. 322-б. mehnat   qiladigan   va   bo‘sh   vaqtini   O‘tkazadigan   sohalarda   shakllanadi   Ijtimoiy
infrastruktura   inson   hayotida   kuchli   ta’sirga   ega.   Sog‘liqni   saqlash   Shunday
sohalardan   biridir.   Mustaqillikning   dastlabki   davridan   boshlab   Birinchi
Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   «Sog‘lom   avlod   uchun»   umumxalq   harakati
boshlangan edi. Sog‘lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi va o‘zining natijalarini bera boshladi. 
Demokratik   jamiyat   qurishda   ijtimoiy   himoya,   muhofaza   va   adolat
tushunchalari   (SHarq   mutafakkirlarining   ijtimoiy   adolat   va   ijtimoiy   himoya
haqidagi   g‘oyalari).   Demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik   jamiyatini   ko‘rish
davrida o‘tish jarayonini oqilona tashkil qilish inson manfaati asosiy o‘rinda turadi.
O‘tish   davrida   amalga   oshiriladigan   asosiy   vazifalar   ijtimoiy   himoya   tizimini   va
ijtimoiy adolat tamoyillarini yuzaga chiqarish, uni jamiyat hayotida barqaror qilish
maqsadlarini ham nazarda tutadi.
  Ijtimoiy himoya   - ayrim ijtimoiy guruhlarga har tomonlama yordam berish
uchun   yo‘naltiriladigan   davlat   tadbirlari   yig‘indisi.   Ijtimoiy   himoya   iborasi   keng
ma’noda va tor ma’noda qo‘llaniladi.  Keng ma’noda  mamlakat aholisi ijtimoiy va
moddiy   muhofaza   qilinishini   ta’minlaydigan   va   jamiyatda   qaror   topgan   huquqiy,
iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui tushuniladi.  Tor ma’noda  esa, davlat va
jamiyatning   yoshi,   salomatligi   holati,   ijtimoiy   ahvoli,   tirikchilik   vositalari   bilan
etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi
g‘amxo‘rligidir.   Masalan,   konpensatsiya,   turli   yangiliklar.   O‘zbekistonda   ijtimoiy
himoya tizimi mavjud iqtisodni, ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqqan holda aholining
moddiy  va   ijtimoiy   himoyaga  muhtoj   bo‘lgan   qismini   himoya   qilishga   qaratilgan
iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmuini qamrab oladi. Kuchli ijtimoiy
siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining etakchi tamoyillaridan
biridir. 
Ijtimoiy   yordam   –   qariligi,   sog‘ligi,   ijtimoiy   axvoli,   tirikchilik   uchun   etarli
vositalar   bilan   ta’minlanmagani   tufayli   yordamga   muhtoj   fuqarolar   to‘g‘risida
davlat   va   jamiyatning   g‘amxo‘rliligiga   ijtimoiy   yordam   deyiladi.   Bu   yordam
pensiyalar,   nafaqalar   to‘lash,   kam   ta’minlangan   oilalarga   moddiy   yordam ko‘rsatish,   16   yoshgacha   farzandi   bo‘lgan,   kam   ta’minlangan   oilalarga   oylik
nafaqa   to‘lash,   bemorlar   va   keksalarga   xizmat   ko‘rsatish,   bolalarga   g‘amxo‘rlik
qilish   ko‘rinishida   amalga   oshiriladi.   Mehnatga   layoqatsizlarni   moddiy
ta’minlashning qat’iy kafolatli tizimi   ijtimoiy sug‘o`rta   deyiladi. Bu tizim davlat
tomonidan   joriy   etiladigan,   nazorat   qilinadigan   va   kafolatlanadigan   keksalar,
mehnatga layoqatsizlarni ta’minlash, yordam ko‘rsatish tizimidir.
Ijtimoiy   ta’minot   –   keksaygan,   mehnatga   layoqatsiz   bo‘lgan   fuqarolarga
moddiy,   tibbiy   va   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatish   bo‘yicha   davlat   tomonidan
belgilangan   ijtimoiy-iqtisodiy   tadbirlar   tizimi   bo‘lib,   ijtimoiy   himoyaning   muhim
tarmog‘i   hisoblanadi.   Ijtimoiy   ta’minot   to‘g‘ridan-   to‘g‘ri   davlat   byudjetidan
ajratilgan   mablag‘lar,   homiylarning   mablag‘lari   hisobidan   amalga   oshiriladi.
Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari ijtimoiy ta’minotning eng muhim turlari
hisoblanadi 4
.
  Ijtimoiy   himoyani   amalga   oshiradigan   manbalar:   I)   davlat   byudjeti,   2)
ijtimoiy sug‘o`rta jamg‘armasi, 3) korxona va jamoat  tashkilotlari  mablag‘laridan
tashkil   topadi.   4)   Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   masalalarini   hal   etish   bo‘yicha
xayriya jamg‘armalari ishtiroki ham mavjud. O‘z.Respublikasining  2010 yilgacha
bo‘lgan   davrga   mo‘ljallangan   ijtimoiy   himoya   tizimining   yagona   konsepsiyasi
ishlab   chiqildi.   Unda   respublikada   mavjud   bo‘lgan   ijtimoiy   himoya   va   ijtimoiy
yordam   tizimi,   pensiya   ta’minoti,   bolalarga   nafaqa,   yolg‘iz   kishilarga   xizmat
ko‘rsatish va boshqalar amalga oshirilishi belgilangan. Ijtimoiy himoya ob’ektiga:
nogironlar,  nafaqaxo‘rlar,   yosh   bolalar,  boquvchisini   yo‘qotgan  oilalar,  vaqtincha
mehnat kobiliyatini  yo‘qotganlar, o‘qituvchilar, talabalar  va h.k.tashkil  etadi. Shu
boisdan   ham   2007   yil   “Ijtimoiy   himoya   yili”   deb   belgilanishida   katta   ma’no
mavjud.
Ijtimoiy   adolat   masalasi.   Ijtimoiy   adolat   –   jamiyatning   demokratik
rivojlanish darajasini, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish normalarini, millat
hayot   tarzining   axloqiy   timsolini   belgilovchi   davlat   siyosati,   aholining   ijtimoiy
jihatdan   kam   ta’minlangan   tabaqalari   manfaatini   ko‘zlab   milliy   boyliklarni
4
 Жумаев Ш., Шодиев  . Ижтимоий  имоя – адолат мезони // Маърифат, 2007 йил 17 Ғ ҳ
январь taqsimlash tartibidir. Birinchi Prezidentimiz iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
jarayonida ichki siyosatdagi 5 tamoyilning biri, uchinchi tamoyil jamiyat hayotida
qonun   ustuvorligi   haqida   to‘xtalgan   edi.   Ijtimoiy   yo‘naltirilgan   madaniy-ma’rifiy
bozor xo‘jaligini tegishli huquqiy jihatdan ta’minlamasdan turib bunday xo‘jalikni
shakllantirish mumkin emas. Avvalo huquqiy davlatning elementlari: 
1) qonun ustuvorligi; 
2) qonun oldida hammaning tengligi; 
3) hamma o‘z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi; 
4) hokimiyat organlarining bo‘linishi tamoyiliga amal qiladi. 
Ijtimoiy adolatning vazifasi 
I) ijtimoiy munosabatlarning insonparvarligini ta’minlash; 
2) guruh tabaqalarning manfaatini himoya qilish. 
Sharq   mutafakkiri   Nosiriddin   Tusiy   ijtimoiy   adolatning   3   ta   asosiy   talabini
bayon etgan: 
1) aholi turli tabaqalarining o‘zaro uyg‘un bo‘lishini ta’minlash; 
2)   teng   ta’minlangan   fuqaro   salohiyati   va   imkoniyatlaridan   kelib   chiqish
lozim; 
3) har bir inson himoya qilinib, o‘z ulushiga ega bo‘lishi kerak, degan edi. 
Birinchi Prezident Islom Karimovning adolat talablari: 
I) aholining, qashshoqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
2) halol mehnat qilishi uchun imkoniyat yaratib berish, 
3) raxbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish kerak.
Ijtimoiy kafolat  masalasi   - fransuzcha  ta’minot  ma’nosini  bildiradi,  kafolat
-   insonning,   jamiyatning   demokratiya   va   huquqiy   davlat   tomon   rivojlanish
jarayonida   qo‘lga   kiritilgan   yutuqlardan   biri.   Bu   albatta   aholini   ish   bilan   ta’min
etish,   yangi   yangi   korxonalarni   ishga   tushirib,   mamlakatda   ishsizlikning   oldini
olish,   ish   bilan   ta’minlanib   ijtimoiy   larzalarning   oldini   olishda   asosiy   vositadir,
buning uchun mamlakatda demogratik siyosat o‘tkazish lozim bo‘ladi. O‘zbekistonda   pensionerlar   soni   2   746   707   kishi,   Shu   jumladan,   1   973   636
kishi   yoshga   doir,   546   706   kishi   nogironlik,   226   365   kishi   boquvchisini
yo‘qotganlar 5
.
O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan yildan boshlab O‘zbekistonda inson huquq
va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan siyosat yuritilib kelinmoqda. Ana
shu   siyosatdan   kelib   chiqqan   holda   1997   yildan   boshlab   har   yil   mamlakatimizda
ma’lum bir nom bilan atalib, kuchli ijtimoiy siyosat olib borilmoqda.
2007 yil 23 yanvarda Birinchi Prezident Islom Karimovning “Ijtimoiy himoya
yili” Davvlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2007   yil   martida   O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidentining   “Aholini
ijtimoiy   himoya   qilish   tizimini   yanada   takomillashtirish   va   mustahkamlashga   oid
chora-tadbilar   to‘g‘risida”gi   farmoni   aholining   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj
qatlamlarini   qo‘llab-quvvatlash   va   ular   uchun   munosib   turmush   sharoitini
ta’minlashga   qaratilgan   islohotlarning   mantiqiy   davomidir.   2007   yilda
O‘zbekistonda   ijtimoiy   maqsadlar   uchun   davlat   byudjetidan   ajratiladigan
mablag‘larning   umumiy   hajmi   barcha   byudjet   harajatlarining   55   foizini   tashkil
etadi,   bevosita   kam   ta’minlangan   oilalarga   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatish   uchun   esa
byudjetning 9 foiziga yaqin qismi (460 milliard so‘m) sarflanadi (Jamiyat. 23 mart,
2007, №12.).
Tan   olish   kerakki,   O‘zbekistonda   ijtimoiy   himoya   tizimini   amalga   oshirish
uchun shunchaki qulay sharoit yo‘q edi. Shunga ko‘ra, 1994 yil 24 avgustda «Kam
ta’minlangan   oilalarni   ijtimoiy   himoya   qilishni   kuchaytirishga   oid   tadbirlar
to‘g‘risida»   Birinchi   Prezident   Farmoni   qabul   qilindi.   Farmonga   ko‘ra,   1994   yil
oktyabrdan   aholini   ijtimoiy   himoyalash   tizimi   takomillashtirildi.   Negaki,   ilgari
faqat   respublika   byudjeti   yo‘li   bilangina   30   ta   turli   soha   va   yo‘nalishlar   bo‘ylab
ijtimoiy   himoya   amalga   oshirilardi.   Bunday   holat   mablag‘larning   sochilib
ketishiga   olib   keldi.   Natijada   yuqoridagi   Birinchi   Prezident   Farmoniga   binoan
1994 yilda  ijtimoiy  himoyaning asossiz  tenglashtirish  tizimidan  aniq maqsadli   va
aholining   aniq   tabaqalarning   qamrab   oladigan   tizimga   o‘tildi.   Bu   tizim   bugungi
5
 Хал  сўзи, 2007 йил 9 июнь.қ kunga   qadar   o‘zini   oqlamoqda.   Ana   shu   Farmonga   muvofiq   yoshlarni   ijtimoiy
himoyalash   maqsadida   o‘quv   yurtlari   talabalarining   stipendiyalari   muntazam
ravishda   oshirib   borilmoqda.   Zero,   O‘zbekiston   Markaziy   Osiyodagi   aholi   soni
jihatidan eng yirik mamlakat bo‘lib, sanoat va makroiqtisodiyot tizimi bir yoqlama
xususiyatga   ega   edi.   Bu   murakkablik   jamiyat   taraqqiyotiga   o‘z   ta’sirini
o‘tkazmasdan   qolmasada,   ma’lum   ma’noda   undan   chetlab   o‘tishga   muvaffaq
bo‘lindi. O‘zbekistondagi er usti va er osti boyliklari, intellektual salohiyat bunga
imkon   berdi.   Undan   unumli   foydalanildi.   Shunisi   ham   e’tiborliki,   jamiyatni
demokratlashtirish   va   ijtimoiy   himoya   tizimini   yaratish   o‘zaro   bog‘liq   jarayon
sifatida rivojlandi.
Bozor   iqtisodiyoti   munosabatlari   sharoitida   shaxsga   qo‘yiladigan   talab   ortib
borganligi sababli, kishilar ilm o‘rganadilar‚ kasb egallaydilar‚ zamonaviy texnika‚
texnologiyani   o‘zlashtiradilar‚   kompYuter   yoki   tilni   o‘rganish   choralarini
ko‘radilar.   Bo`lar   shunchaki   oddiy   bir   istak   bo‘lmasdan,   bugungi   zamon   talabi
darajasidagi imkoniyatlar ochadi‚ erkin faoliyatni ta’minlaydi. Shutalablarga javob
bera oladigan insonlar hayotda o‘z o‘rinlarini topib oladilar. 
Lekin, O‘zbekistonda ijtimoiy o‘zini-o‘zi himoyalash tizimi batamom yo‘lga
tushib   ketgan   emas.   Boqimandalik   kayfiyatidan   ijtimoiy   himoya   iste’molchilari
ham   qutulishlari   lozim.   Fuqarolar   endilikda   o‘zlarini-o‘zi   ta’minlash   usuliga
o‘tishlari   kerak.   O‘zbekistonda   xususiy   mulkchilikning   qaror   topishi   bu   sohada
qat’iy   o‘zgarishlar   bo‘lishiga   olib   kelishi   zarur.   Shunisi   ham   muhimki,   ijtimoiy
himoyani   doimiy   jarayon   sifatida   tushunmaslik   lozim.   Aks   holda   boqimandalik
kayfiyati   battar   kuchayishi   mumkin.   Ijtimoiy   himoya   ayrim   fuqarolar   uchun
imkoniyat,   holos.   Har   qanday   sharoitda   ijtimoiy   yordam   jamiyat   a’zolari   uchun
imtiyozga   aylanmasligi   lozim.   Bu   o‘rinda   jamiyatning   o‘zini-o‘zi   ijtimoiy
himoyalash   tizimiga   o‘ta   borishini   ta’minlash   uchun   ushbu   tadbirlarni   amalga
oshirish lozim:
-nodavlat,   nohukumat   tashkilotlar,   jamg‘armalar,   uyushmalar,   va   turli
shakldagi   mulk   egasi   bo‘lgan   tashkilotlarning   moddiy   ahvolini   yaxshilashni
qo‘llab-quvvatlash; -   barcha   turdagi   korxonalar,   muassasalar   va   uyushmalarni   zamon   talabiga
javob   beradigan   xodimlar   va   ayniqsa   huquqshunos,   psiholog   va   sotsiolog
mutaxassislar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berish lozim;
-   nomi   zikr   etilgan   muassasalarning   xorijiy   turdosh   muassasalar   bilan
hamkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish. Ular o‘z yo‘nalishlarida zarur tajriba
orttirishlari talab etiladi;
-   ijtimoiy   himoya   tizimida   iqtisodiy   muhofazalanishni   asta-sekin   ijtimoiy
fondlar   zimmasiga   o‘tkaza   borish   zarur.   Bunday   holatda   odamlarni   ijtimoiy
muhofazalashning ta’sirchan vositasi yuzaga keladi;
-   ijtimoiy   muhofazalashda   boqimandalik,   mas’uliyat-sizlik,   befarqlik   singari
illatlarga barham beruvchi ta’sirchan vosita va usullarni qidirib topish va hayotga
joriy eta borish talab etiladi.
Shuni   aytib   o‘tish   zarurki,   har   qanday   jamiyat   ijtimoiy   muhofaza   tizimida
o`ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mustaqillika erishilgandan so‘ng oradan o‘n
uch   yil   o‘tdi.   O‘zbekistonda   nafaqat   moddiy   farovonlik,   jamiyatning
demokratlashuvi  kabi muhim jarayonlar kuchli ijtimoiy himoya tizimi mexanizmi
yaratilgan taqdirdagina ma’no-mazmunga ega bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekistonda   barpo   etilayotgan   demokratik   jamiyatda   asosiy   boylik   inson
bo‘lib   qoladi.   O‘tkazilayotgan   islohotlarning   mazmuni   ham   Shubilan   bog‘liq.   Bu
haqda   Birinchi   Prezident   I.A.Karimov   shunday   ta’kidlaydi:   “Bizning   asosiy
boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz
- insondir. yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir”. Lekin, shunisi ham
borki,   islohotlar   davrida   ijtimoiy   guruhlarning   ham   o`rni   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Demokratik   jamiyat   qurish   sharoitida   o‘rta   mulkdorlar   qatlami   katta
salmoqqa   ega   bo‘ladi.   o‘rta   sinf   demokratik   jamiyatni   rivojlantirishda   va   uning
ijtimoiy-siyosiy   barqarorligini   ta’minlashda   asosiy   kuchga   aylanadi.   Zero,   davlat
bunday   sharoitda   kuchli   muvofiqlashtiruvchi   kuchga   ega   bo‘ladi,   o‘rta   sinf   esa
jamiyat   taraqqiyotini   texnologik,   texnik,   ilmiy   va   ma’naviy   ta’minlovchi   omil
sifatida namoyon bo‘ladi.  Shuni   alohida   ta’kidlash   o‘rinliki,   O‘zbekistonda   islohotlar   muqarrarligining
g‘oyat   muhim   sharti   bo‘lmish   aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   uzluksiz   ustuvor
yo‘nalish hisoblanadi. Bu holat o‘z navbatida quyidagi omillarni belgilab beradi:
-Kuchli   ijtimoiy   himoya   siyosati   istiqlol   va   taraqqiyot   yo‘liga   ishonchni
mustahkamlaydi, bu ishonch esa aniq moddiy zamin asosida hosil bo‘ladi. 
-Kuchli ijtimoiy himoya siyosati eng avvalo inson uchun munosib turmush va
faoliyat   sharoitlarini   yaratadi.   XXI   asr   boshida   dunyo   taraqqiyotida   munosib
turmush darajasi inson omilining etuk sharti bo‘lib qolayotganligi e’tiborga olinsa,
mamlakatimizda   bu   masalani   hal   etishda   ijtimoiy   himoyalashdan   unumli
foydalanish masalasi dolzarblashadi. 
-Kuchli ijtimoiy himoya siyosati  fuqarolarning islohotlar jarayoniga nisbatan
manfaatdorligining   oshib   borishini   ta’minlaydi   va   bu   yangilanish   jarayonining
orqaga qaytishiga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda   aholining   kam   ta’minlangan   tabaqalariga,   bolalar,   qariyalar,
nogironlarni,   Shuningdek   sog‘liqni   saqlash,   ta’lim,   fan,   madaniyat   va   san’at
sohalarini   qo‘llab-quvvatlashga   qaratilgan   kuchli   ijtimoiy   himoya   siyosati
O‘zining   muayyan   tajribalariga   ega   bo‘ldi.   Ma’naviy,   tarixiy   va   madaniy
qadriyatlar,   aholining   axloqiy   holati,   yosh   avlodni   tarbiyalash   vazifalari   dolzarb
bo‘lgan O‘zbekiston uchun bu holat katta ahamiyatga ega. Bu tajriba fuqarolarning
siyosiy   faolligini   yanada   oshirish,   mehnat   resurslarini   ijtimoiylashtirish,
mintaqaviy rivojlanishni avj oldirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar barqarorlashtirish
imkonini beradi.
Kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatda yangicha fikrlashning, tafakkur
qilishning   asoslarini   yaratishga   qodirligi   tufayli   ham   demokratik   jamiyat   barpo
etishga   ko‘maklashadi.   Zero,   jamiyatda   ijtimoiy-siyosiy   barqarorlik   yuzaga
kelgach,   fuqarolar   fikrlashga,   yangi   zamon   tartiblarini   tuzishga   ishtiyoq   bilan
intiladilar.   Chunki,   fikrlovchi   odam   fuqarolik   jamiyatiga   ta’sir   o‘tkazish
qobiliyatini   mumkin   qadar   ko‘proq   ro‘yobga   chiqara   olgan   taqdirdagina,   kuchli
bo‘la oladi.
Ijtimoiy himoya tizimining jahon tajribasi Dunyoda   hozirgi   davrda   aholini   ijtimoiy   himoya   qilishda   bir   qator   modellar
mavjud.   Ulardan   biri   Skandinaviya   mamlakatlarida   (Finlandiya,   SHvetsiya)
qo‘llanilayotgan   sotsial-demokratik   model   bo‘lib,   bunday   modelga   ko‘ra   davlat
ijtimoiy himoyaning barcha mas’uliyatini O‘z zimmasiga oladi.
Neoliberal modelga ko‘ra esa (AQSH) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini
tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar. 
Neokonservativ   modelga   ko‘ra   (Germaniya)   ijtimoiy   himoya   davlat
kafolatlari   javobgarligida   xususiy   tadbirkorlar   va   davlat   federal   byudjeti   asosida
olib boriladi. 
O‘zbekistonda   ijtimoiy   ta’minot   asosan   davlat   byudjeti   hisobidan   tashkil
etilgan bo‘lib, bu tizim  qator  rivojlangan chet  el  davlatlarining ijtimoiy tizimidan
qolishmaydi.   Birinchi   Prezident   I.A.Karimov   tomonidan   ilgari   surilgan
rivojlanishning “O‘zbek modeli”ni beshta tamoyillaridan biri – mamlakatimizning
o`ziga   xos   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   kuchli   ijtimoiy   siyosat   yuritish
ekanligi davlatning ijtimoiy adolatni qaror toptirish sari rivojlanishini anglatadi 6
. 
Davlat   tomonidan   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy   yordamdan   tashqari
respublikamizda   norasmiy   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatishning   an’anaviy   qadriyat
turlari   ham   mavjudki,   ularning   negizini   qarindoshchilik,   qo‘shnichilik,
mahallachilik, yoru birodarchilik yordamlari, ya’ni xalqimizning milliy urf-odatlari
tashkil   etadi.   Mahalliy   idoralar,   korxonalar,   jamoa   va   xo‘jaliklar   hamda   boshqa
tadbirkorlik   tashkilotlaridan   fuqarolar   pensiyasiga   qo‘shib   berilayotgan
qo‘shimchalar,   muhtojlarga   ko‘rsatilayotgan   otaliq   yordamlari,   bayram   va   Hayit
kunlari   bemorlarni   ziyorat   qilish,   turli   xayr-ehsonlar   ham   milliy   urf-
odatlarimizning   zamonaviy   ko‘rinishlaridir.   Bo`lardan   tashqari,   ijtimoiy   yordam
ko‘rsatishda   nodavlat   jamoat   birlashmalari   va   xayriya   tashkilotlari   ham   ishtirok
etmoqda.
Albatta,   muammolar   ham   mavjud.   Jahon   tajribasi   bilan   qiyoslaganda ,
avvalo,   mehnatkashlar   manfaatlarini   himoya   qiladigan   nodavlat   tashkilotlar
faoliyatini   qayta   ko‘rib   chiqish   lozim.   Xususan,   kasaba   uyushmalari   rivojlangan
6
 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз исти лол ва тара иёт йўли//Ўзбекистон : миллий қ ққ
исти лол, и тисод, мафкура. Т.1. – Т.:Ўзбекитон, 1996. –Б47-49.	
қ қ mamlakatlarda   xodimlarni   ijtimoiy   muhofaza   qilish   uchun   korxona   egalariga,   ish
beruvchilarga doimo ta’sir o‘tkazib keladilar. Bizda esa hali bunday tajriba mavjud
emas.   Birinchi   navbatda   jamoat   tashkilotlari‚   xususan   kasaba   uyushmalari
faoliyatini tubdan yaxshilash‚ ularni mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi
kuchga   aylantirish   bugungi   kundagi   eng   dolzarb   masalalardan   biri   bo‘lib
qolmoqda.
Mamlakatimizning ijtimoiy himoya tizimi rivojini umumiy tarzda qarab o‘tish
o‘rinlidir. Ma’lumki, 1991 yilda sobiq totalitar  tuzum  inqirozga uchragach, uning
o`rnida   vujudga   kelgan   yangi   mustaqil   mamlakatlar   demokratiyaga   asoslangan
jamiyat barpo etishda turli yo‘llarni tanladilar.  
Birinchisi,   Yevropa   va   Amerika   davlatlari   tajribasida   ko‘rilgan   “falaj
qilib   davolash” yo‘li edi. Ko‘pgina mamlakatlar ushbu «tezkor» yo‘lni tanladilar.
Bu mamlakatlarda mustahkam qonunlar majmui ishlab chiqilmasdanoq, jamiyatni
keskin   tarzda   demokratlashtirishga   o‘tildi.   Oqibatda   bu   o‘z   navbatida   ko‘plab
murakkab muammolarni keltirib chiqardi.
Ikkinchi   yo‘l   -   jamiyatni   bosqichma-bosqich   isloh   qilib   borish   yo‘li
bo‘lib ,   bunda   O‘zbekiston   tashabbuskor   bo‘ldi.   O‘zbekistonda   avval   qonunlar
majmui   yaratildi,   so‘ng   bozor   infrastrukturasi   tizimini   shakllantirishga   e’tibor
qaratildi va iqtisodiyotni isloh qilishga kirishildi. Natijada jamiyat keskin ijtimoiy
larzalarni chetlab o‘tdi. Bu birinchi navbatda ijtimoiy himoya tizimiga ham tegishli
edi.   Aytaylik,   1992   yilda   mamlakatda   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvol   tang   holatda   edi.
Shunday   sharoitda   kam   ta’minlangan   fuqarolar   davlat   tomonidan   ijtimoiy
muhofaza   qilinishi   zarurligi   qat’iy   belgilab   qo‘yildi.   Bu   siyosat   davlatning
islohotchilik   roliga   tayangan   holda   amalga   oshirildi.   Shu   tariqa   bozor
iqtisodiyotiga o‘tishda davlat nazoratining bo‘lishi ijobiy natijalar berdi. 
Birinchi bosqich.   Narxlar islohoti va narxlarning erkinlashtirish. 1992 yil 10
yanvardan boshlab.
Ikkinchi bosqich. Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish. 1992
– 1994 yillar. 1995   yil   21-dekabrda   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasining   Mehnat
Koeksi mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Xususan,
uning 2-moddasi  qo‘yidagicha ifodalanadi: “Mehnat  to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
xodimlar,   ish   beruvchilar,   davlat   manfaatlarini   e’tiborga   oligan   holda,   mehnat
bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini,
hodimlarning mehnat huquqlari va sog‘ligi himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat
unumdorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining
moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘maklashadi”. 7
O‘z   o`rnida   demokratiyaning   sharqona   shakli   xususida   fikr   bildirib   o‘tish
lozim.   Yaxshi   bilamizki,   Sharq   qadriyatlari   “inqilobiy   sakrash”   dan   ko‘ra
tadrijiylikni   ustun   biladi.   Shusababli   azaldan   Sharq   jamiyatlarida   iqtisodiy-
ijtimoiy,   siyosiy   o‘pirilishlar   nisbatan   kam.   O‘zbekistonda   jamiyatni
demokratlashtirish   jarayoni   Sharq   va   g‘arb   demokratiya   tamoyillari   o‘zaro
uyg‘unlashtirilgan  holda  amalga   oshirilishi   sababli   ham,  taraqqiyotda   bosqichma-
bosqichlik,   harakatda   esa   qonun   ustuvorligi   asosiy   xususiyat   kasb   etdi   va   hozir
ham Shunday bo‘lib qolmoqda.
O‘z navbatida ijtimoiy sohaning ahvoli to‘g‘risida umumiy jahon standartlari
nimadan iborat, degan savol tug‘iladi.
Mutaxassislar fikricha, bu sohada ham bir necha modellar amal qiladi. Ularni
umumiy tarzda kuchli ijtimoiy himoya tizimining ayrim elementlarini o‘zida ifoda
etuvchi   skandinaviyacha   model,   Bismark   modeli   va   Beverij   modeli   tariqasida
tasniflash mumkin. 
13.2-chizma
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy himoya modellari
Skandinaviyacha
model   (Finlyandiya,
SHvetsiya, Norvegiya) Bismark   modeli
(Germaniya,   Fransiya
Italiya, Belügiya) Beverij modeli (Irlandiya,
Angliya)
Asosiy qoidasi: Asosiy qoidasi: Asosiy qoidasi:
Mamlakatlarda Jamiyat   a’zolariga Har bir fuqaro favqulodda
7
  Ўзбекистон Республикасининг Ме нат Кодекси.Ўзбекистон Республикаси Олий ҳ
Мажлиси Ахборотномаси 2010, 51 –сон, 483-модда// http://profzdrav.uz/uz/oficial?start=5 yashovchi   barcha
fuqarolar   ijtimoiy
ta’minlanish   huquqiga
ega ijtimoiy   ta’minot   uchun
zarur   vositalarni   ishlab
topishga   imkoniyat
berish holatlarda   (kasallik,   pensiya
yoshi,   o‘lim,   tug‘ish   va   h.k.)
ijtimoiy   sug‘o`rtali   nafaqa   va
pul   yordami   bilan   qamrab
olinishi zarur
Bosh   siyosiy
maqsad   -   to‘la-to‘kis
bandlikka   erishish
(davlat mas’uliyati) Bosh   siyosiy
maqsad   –   daromadlarni
himoya-lash   (xodim
mas’uliyati) Bosh   siyosiy   maqsad   -
minimal   darajadagi
daromadlarni himoyalash
Nazarimizda,  ushbu   modellarning  har   biri  o‘z  yutuq  va  kamchiliklariga  ega.
Ularni shunchaki tatbiq qilib bo‘lmasligi ham aniq. O‘zbekiston ijtimoiy ta’minot
sohasida   o‘z   modeliga   ega   va   u   ijtimoiy   kafolat   tizimining   o‘zgaruvchan
xususiyatiga mos tarzda takomillashib boradi.
O‘tish   davrida   sotsial   muammolarning   yuki   ortadi.   Yo‘lga   tushgan   karvon
kabi   sotsial   sohaning   muammolari   ham   borgan   sari   ortib   boradi.   Shuma’noda
sotsial   sohada   Yuzaga   keluvchi   muammolarning   echimini   modellashtirish   katta
ahamiyat kasb etadi. Bunda eng muhim muammolar rivojlanishi tendensiyalari O‘z
vaqtida   aniqlanishi   katta   ahamiyatga   ega.   Xususan,   O‘zbekiston   sotsial
hayotidayyuz   berayotgan   yirik   o‘zgarish   va   muammolar   hamda   ularni   hal   etish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish muhim. Misol tariqasida u quyidagi ko‘rinishda
bo‘lishi mumkin 
13.3-chizma
Ijtimoiy muammolar va ularni hal etish tadbirlari
№ Ijtimoiy
muammolar Ularni hal etish tadbirlari
1 Sotsial
tabaqalashuv   va
qutblanish Fuqarolar tomonidan  o‘ zlari va oila a’zolarini
sotsial xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ishlab
topish imkoniyatlarining ortishi .
2 Kambag‘allik Xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish   orqali
yangi imkoniyatlarni vujudga keltirish . 3 Ishsizlik Ishlab   chiqarishda   sotsial   ehtiyojlarni
qondirishga   mo‘ljallangan   xizmat   va   mahsulotlar
ulushining ortishi .
4 Hududlarning 
tabaqalashuvi Daromadlar   tengsizligi   va   shaxsiy
manfaatdorlikning ortishi .
5 Ta’lim   tizimidagi
muammolar Ta’limning   boshqa   shakllarining   kengayishi,
ta’lim tizimini izchil isloh qilish.
O‘zbekistonda   hozirgi   kunda   ijtimoiy   ta’minot   tizimida   boshqaruv   idoralari
hisoblangan 1 ta  vazirlik, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  Toshkent
shahri hamda 153 ta tuman va 36 ta shaharda ijtimoiy ta’minot  tizimlari mavjud.
Shuningdek,   yolg‘iz   nogironlarga   va   qariyalarga   mo‘ljallangan   o‘nlab   internat
uylari,   nogironlik   sababi   va   guruhini   belgilovchi   tibbiy   ekspertiza   komissiyalari,
xususan,   nogironlikni   ekspertiza   qilish   va   nogironlarning   mehnat   qobiliyatini
tiklash   bo‘yicha   1   ta   ilmiy-tekshirish   instituti   faoliyat   yuritmoqda.
Pensionerlarning   davolanishi   va   dam   olishiga   mo‘ljallangan   bir   qancha   maxsus
sanatoriyalar ishlab turibdi.
Kam  ta’minlangan  oilalarga  va ko‘p bolali  muhtoj  oilalarga moddiy yordam
to‘lovlarini   moliyalashtirishning   asosiy   manbai   respublika   va   mahalliy   byudjet
vositalari hisoblanadi. 
Ma’lumki,   mustaqil   taraqqiyotimizning   ilk   davridanoq   inson   -   jamiyat   -
davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona echimini topish alohida ahamiyat
kasb   etdi.   Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   YYevropa   mamlakatlari,   Osiyoning
Yaponiya,   Janubiy   Koreya   kabi   davlatlari   aynan   shu   g‘oya   asosida   taraqqiyot
yo‘lini belgilab, tarixan qisqa davr ichida yuksak taraqqiyotga erishgan edilar. Ikki
asrlik   demokratik   rivojlanish   tarixga   ega   bo‘lgan   AQSH   ham   inson   manfaatini
taraqqiyotning   asosi   sifatida   qabul   qilgan   edi.   Ma’lum   bo‘ladiki,   O‘zbekiston
demokratik   taraqqiyotning   jahon   tajribasini   sinchiklab   o‘rgandi.   O‘zbekistonda
demokratik   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etish   va   buning   tayanchi   sifatida insonparvar   tuzumni   shakllantirish   yo‘lida   islohotlarni   amalga   oshirish   “inson   –
jamiyat - davlat” tizimidek kuchli uyg‘unlikni talab etmoqda.
Mamlakatda 2014-yil – “Sog‘lom bola yili”, 2015-yil – “Keksalarni qadrlash yili”,
2016-yil   “Sog‘lom   ona   va   bola”   yili   2017-yil   “Xalq   bilan   muloqot   va   inson
manfaatlari”   yili   va   yil   nomlari   bilan   bog‘liq   Davlat   dasturlarida   onalik   va
bolalikni   himoya   qilishning,   oilalarda   sog‘lom   muhitni   kuchaytirish,   ularning
iqtisodiy   va   ma’naviy   asoslarini   mustahkamlash   kabi   masalalarga   asosiy   e’tibor
markaziga   qo‘yilishi   mamlakatda   aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   jarayonlari
rivojlangan   mamlakatlar   darajasiga   yaqinlashayotganligini   anglatadi.   Shuningdek
joriy   yilda   “ Toshkent   shahri   aholisiga   birlamchi   tibbiy-sanitariya   yordami
ko‘rsatishni   boshqarish   tizimini   yanada   takomillashtirish   hamda   uning
samaradorligi   uchun   rahbarlar   va   mutaxassislarning   kasbiy   mas'uliyatini   oshirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida ”,   “ O‘zbekiston   Respublikasi   aholisiga   2017   -   2021
yillarda   ixtisoslashtirilgan   tibbiy   yordam   ko‘rsatishni   yanada   rivojlantirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida ”,   “ Respublika   aholisini   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   oziq-ovqat
tovarlarining   asosiy   turlari   bilan   ishonchli   ta'minlashga   oid   kechiktirib
bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida ” kabi prezident farmoni va qarori muhim
ahamiyat kasb etmoqda.  
Mamlakatda   aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   tizimi   o‘zida   umuminsoniy   va
milliy   qadriyatlarni   uyg‘unlashtirgan   bo‘lib,   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan
fuqarolik   jamiyati   va   huquqiy   davlatga   o‘tish   davrida   aholini   barcha   ijtimoiy
qatlamlarini himoyalash qobiliyatiga ega ekanligini namoyon qildi.  A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018. 
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami, 1-23 jildlar. – T.: O’zbekiston, 1996-2016. 
3. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo’shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoyev.   -   Toshkent:   ―O’zbekiston ,‖
2016. -56 b. 
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
6. Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
–T.: Sharq, 2003. 
7. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. –
T.: O’zbekiston, 2010. 
8.  Jalilov A boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 
9.   Fuqarolik   jamiyati.   Darslik   loyihasi–   T.:   2016.   Ziyonet.uz.   Mualliflar
jamoasi. 
10.   O’tamurodov   A.   va   boshqalar.   Fuqarolik   jamiyati   fanidan   tushuncha   va
atamalar lug’ati.  Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.

DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI REJA 1.Sharq mutaffakirlari ijtimoiy adolat to‘g‘risida. 2.Mustaqillik davrida adolat tushunchasining yangicha mazmuni. 3.O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani amalga oshirish bosqichlari.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o`rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. “Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda O‘zbekistonda ijtimoiy- siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.” 1 Umuman, mustaqillik davrida odamlarimiz ongida ijtimoiy adolatning yangicha tushunchasining shakllanishi mamlakatimiz kelajagi va islohotlar muvaffaqiyati garoviga aylanmoqda. Adolatli jamiyat qurish haqidagi umuminsoniy orzular va qarashlarni yangi jamiyat barpo etish manfaatlariga bo‘ysundirish muhim amaliy masala bo‘lib turibdi. Biz barpo etayotgan jamiyat insonparvar bo‘lmog‘i zarur. Bunda demokratik modellarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olmasdan, balki ilg‘or demokratik jamiyatlar tajribasini tanqidiy O‘rganish asosida fuqarolik jamiyatini qurish ehtiyojlariga xizmat qildirish talab etiladi. O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki yillardayoq, kuchli ijtimoiy himoya tizimini yaratishdan maqsad, insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Mamlakat Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir» 2 O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining xususiyatlari O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki yillardayoq, kuchli ijtimoiy himoya tizimini yaratishdan maqsad, insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Mamlakat Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga 1 аранг: Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Иккинчи ча и иq Қ қ қ Олий Мажлиснинг тў изинчи сессиясидаги (2002 йил 29-30август) маърузасида баён ққ этилган асосий вазифалар ва оидаларни кенг ёритиш бўйича ташкилий-маърифий қ тадбирлар Дастури. –Т.: Ўзбекистон, 2002. Б.10. 2 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий исти лол, и тисод, сиёсат, мафкура. Т.I. –Т.: қ қ Ўзбекистон. 322-б

asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir» 3 Albatta, ijtimoiy himoya tizimining rivoji mamlakat iqtisodining ahvoliga to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liqdir. Avvalo, nodavlat sektorining muayyan darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi uchun zamin yaratadi, ijtimoiy himoya tizimining yanada takomillashib, zamon talabiga mos bo‘lib borishiga olib keladi. Bu hol O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining tadrijiy shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, ijtimoiy himoyaning davlat siyosatidagi O`rni g‘oyat muhimdir. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan , O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lib, uning ko‘pgina hududlarida ishlab chiqarishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda; Ikkinchidan , mamlakat aholisining 65% qishloqda yashaydi. Agrar sohaning yaxshi rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga muhtoj oilalarning ko‘pligiga sababchi bo‘ladi. Bu esa O‘z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo‘yadi. Uchinchidan , mamlakat aholisi orasida yoshlar katta salmoqqa ega, bu esa yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi orqali muhofaza qilishni talab etadi. Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shaxs o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon qila olishi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratish, bunda ularning farovon turmush kechirishlariga erishish jarayonida to‘liq namoyon bo‘ladi. Kishilarning jamiyatdan olayotgan ulushlari (ish haqi, daromadlari, mukofotlari, unvonu mansablari) ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissalariga (mehnati, qobiliyati, zakovati, alohida xizmatlari, sarmoyasi va h.k.) mos kelishi Shuma’noda inson rivoji imkoniyatlariga bog‘liq. Albatta, inson faqat non bilan tirik emas. Inson taraqqiyotini hayot darajasigina emas, hayot sifati ham belgilaydi. Hayot sifati esa inson yashaydigan, 3 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий исти лол, и тисод, сиёсат, мафкура. Т.I. –Т.: қ қ Ўзбекистон. 322-б.

mehnat qiladigan va bo‘sh vaqtini O‘tkazadigan sohalarda shakllanadi Ijtimoiy infrastruktura inson hayotida kuchli ta’sirga ega. Sog‘liqni saqlash Shunday sohalardan biridir. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan «Sog‘lom avlod uchun» umumxalq harakati boshlangan edi. Sog‘lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va o‘zining natijalarini bera boshladi. Demokratik jamiyat qurishda ijtimoiy himoya, muhofaza va adolat tushunchalari (SHarq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoya haqidagi g‘oyalari). Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini ko‘rish davrida o‘tish jarayonini oqilona tashkil qilish inson manfaati asosiy o‘rinda turadi. O‘tish davrida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar ijtimoiy himoya tizimini va ijtimoiy adolat tamoyillarini yuzaga chiqarish, uni jamiyat hayotida barqaror qilish maqsadlarini ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya - ayrim ijtimoiy guruhlarga har tomonlama yordam berish uchun yo‘naltiriladigan davlat tadbirlari yig‘indisi. Ijtimoiy himoya iborasi keng ma’noda va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’noda mamlakat aholisi ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Tor ma’noda esa, davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligidir. Masalan, konpensatsiya, turli yangiliklar. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi mavjud iqtisodni, ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqqan holda aholining moddiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qismini himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmuini qamrab oladi. Kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining etakchi tamoyillaridan biridir. Ijtimoiy yordam – qariligi, sog‘ligi, ijtimoiy axvoli, tirikchilik uchun etarli vositalar bilan ta’minlanmagani tufayli yordamga muhtoj fuqarolar to‘g‘risida davlat va jamiyatning g‘amxo‘rliligiga ijtimoiy yordam deyiladi. Bu yordam pensiyalar, nafaqalar to‘lash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam

ko‘rsatish, 16 yoshgacha farzandi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalarga oylik nafaqa to‘lash, bemorlar va keksalarga xizmat ko‘rsatish, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsizlarni moddiy ta’minlashning qat’iy kafolatli tizimi ijtimoiy sug‘o`rta deyiladi. Bu tizim davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqatsizlarni ta’minlash, yordam ko‘rsatish tizimidir. Ijtimoiy ta’minot – keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‘i hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot to‘g‘ridan- to‘g‘ri davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar, homiylarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari ijtimoiy ta’minotning eng muhim turlari hisoblanadi 4 . Ijtimoiy himoyani amalga oshiradigan manbalar: I) davlat byudjeti, 2) ijtimoiy sug‘o`rta jamg‘armasi, 3) korxona va jamoat tashkilotlari mablag‘laridan tashkil topadi. 4) Aholini ijtimoiy himoya qilish masalalarini hal etish bo‘yicha xayriya jamg‘armalari ishtiroki ham mavjud. O‘z.Respublikasining 2010 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda respublikada mavjud bo‘lgan ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam tizimi, pensiya ta’minoti, bolalarga nafaqa, yolg‘iz kishilarga xizmat ko‘rsatish va boshqalar amalga oshirilishi belgilangan. Ijtimoiy himoya ob’ektiga: nogironlar, nafaqaxo‘rlar, yosh bolalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, vaqtincha mehnat kobiliyatini yo‘qotganlar, o‘qituvchilar, talabalar va h.k.tashkil etadi. Shu boisdan ham 2007 yil “Ijtimoiy himoya yili” deb belgilanishida katta ma’no mavjud. Ijtimoiy adolat masalasi. Ijtimoiy adolat – jamiyatning demokratik rivojlanish darajasini, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish normalarini, millat hayot tarzining axloqiy timsolini belgilovchi davlat siyosati, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan tabaqalari manfaatini ko‘zlab milliy boyliklarni 4 Жумаев Ш., Шодиев . Ижтимоий имоя – адолат мезони // Маърифат, 2007 йил 17 Ғ ҳ январь