FUQAROLIK JAMIYATI. O`ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI AMALIYOTI FANINING PREDMETI OB’YEKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI
FUQAROLIK JAMIYATI. O`ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI AMALIYOTI FANINING PREDMETI OB’YEKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI Ryeja: 1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’yekti. 2. Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. 3. Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi.
1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’yekti. Mustaqillikka erishganimizdan kyeyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tyenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish stratyegik maqsad sifatida byelgilangan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning bosh stratyegik maqsadimiz qat’iy va o’zgarmas bo’lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydyevorini shakllantirishdan iborat » 1 dyeb ta’kidlagan edi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo’lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan byelgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydyevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g’oyalar gyenyezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat: iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko’p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo’lishi, o’z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo’lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, myexnat va istye’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi. ijtimoiy-siyosiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o’z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo’lida jamlangan bo’lsa, ular bir-birini chyeklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining syekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga byerib borilishi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo’lishi. Prezident 1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон аёт – пировард ҳ ма садимиз. Т.: Ўзбекистон. 2000. 8-жилд. -Б-331. қ
I.A. Karimov ta’kidlaganidyek, “Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko’zda tutadi” 2 . huquqiy asosi – inson uchun ahamiyatli bo’lgan ozodlik, tyenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi yuridik tyenglikning ta’minlanishi va ularga huquq va erkinliklar byerish orqali qonun yo’li bilan tan olinishi. “Qonun hukumron bo’lgan joyda erkinlik ham bo’ladi” (A.Tyemur). “Adolat - qonun ustuvorligida” tamoyilining amal qilinishi. ...“Fuqarolar bilan davlat o’zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog’liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo’lib,hyech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki chyeklashi mumkin emas. Ayni vaqtda fuqarolarning o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning,davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo’lmasligi lozim” 3 . ma’naviy asos – insonlar o’z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan zaruriyat tug’ilganda ular uchun kurasha oladigan bo’lishlari, vijdon erkinligi, ahloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda byevosita va bilvosita ishtirok etishlari,fuqarolik pozisyasiga ega ekanligi. “Tafakkur ozod bo’lmasa,ong va shuur tazyiqda, qullikdan qutulmasa,inson to’la ozod bo’lolmaydi.Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi” 4 . O`zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. CHunki, fuqarolik jamiyatining 2 Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.Тошкент. “Ўзбекистон”, 1999.7-жилд 388-бет. 3 Каримов И .А.Ўзбекистон:миллий истиқилол,иқтисод,сиёсат,мафкура.-Тошкент, “Ўзбекистон”, 1996, 1-жилд.126-бет. 4 Каримов.И.А.Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир.Тошкент,”Ўзбекистон”,1996,3-жилд.34- бет.
buprogryessiv jihatlari (tamoyillari va byelgilarini) sinalgan tajriba sifatida o’tish davrini o’z boshidan kyechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e’tiborga olishga imkon byeradi. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati fanini oliy ta’lim tizimida o’qitish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati fanini o’qitish asnosida mamlakatda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga doir tajribalar va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilimlari yordamida nafaqat yangi jamiyatda yashaydigan, balki bu jamiyatni rivojlantirishda byevosita faol ishtirok eta oladigan yosh avlodni shakllantirishga qaratilgan bilimlar byerish nazarda tutiladi. Aslini olganda Fuqarolik jamiyat. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida mazmun kasb etgan tushuncha bo’lib, u hozirgi davr talqinda jamiyatning muayyan shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolari hal etish bilan chambarchas tarzda o’zaro bog’likdir. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o’ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o’rganishdan iboratdir. Fuqarolik jamiyati fanining ob’yekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o’zgarishlarni ifodalaydi va bir nyecha o’n yilliklarni o’z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o’zar uyg’unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o’rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo’lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir nyecha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy
ishlanmalari, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan O`zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “O’zbyek modyeli”ga xos nazariy qarashlar, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir. Fanni o’qitishdan maqsad - talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg’ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo’ladi: -jahon tajribasi va milliy voqyeliklarni o’rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsyepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib byerish; -talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o’rganishda har tomonlama ko’maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish; -fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib byerish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish; -talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo’ladigan muammolar va ularning yechimlariga doir bilimlarni singdirish; - talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko’mklashish; - taraqqiyotning “o’zbyek modyeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-myetodologik asoslariga doir bilimlarni o’zlashtirishlariga ko’maklashish; - talabalarga huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy byelgilari va o’zaro ta’sir etish myexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar byerish; - fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini ochib byerish; - fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va fyermyerlikni rivojlantirishga doir bilimlar byerish; - talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;