logo

Arxivshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.34375 KB
Arxivshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja:
1. Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha
2. Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar
3. Arxivshunoslik fani, uning predmeti va vazifalari Arxivlar haqida umumiy
tushuncha
Insoniyat
taraqqiyotining  muayyan
bosqichida xo’jalik va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi ibtidoiy jamoa
tuzumining   yemirilishiga   hamda   davlatchilikning   vujudga   kelishiga   olib
keldi.   Deyarli   bir   vaqtda   ijtimoiy   zarurat   tufayli   yozuv   ham   paydo   bo’ldi.
Qadimiy davlatlar o’zlarining ijtimoiy funksiyalarini bajarish jarayonida turli
hujjatlar   (qonunlar,   farmonlar,   mulk   va   soliq   hisobotlari   va   h.)   yaratish
hamda   ularni   saqlashga   ehtiyoj   sezdilar.   Shu   tariqa   hujjatlarni   saqlaydigan
muassasalar – arxivlar paydo bo’ldi.
“Arxiv”   atamasi   lotincha   “arxivum”   so’zidan   olingan   bo’lib,   o’zbek
tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu so’z hozirgi
kunda   boshqacha   ma’noda   qo’llaniladi.   Arxiv   deganda   biz   odatda   faqat
hujjatlar saqlanadigan muassasani tushunamiz.
Arxivlarda   turli   idoralar,   korxonalar,   tashkilotlar,   shu-ningdek   ayrim
shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar
saqlanadi.
Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar Arxeologik   tadqiqotlarning
guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi bilan
bir   vaqtda   vujudga   kelgan.   Mesopotamiya,   Misr   va   Kichik   Osiyoda
ibodatxonalar   va   quldorlar   saroylarida   dastlabki   arxivlar   mavjud   bo’lganligi
aniqlandi.   Bu   arxivlarda   o’sha   davrdagi   qonunlar   matni,   sud   hujjatlari,
podsholarning   farmoyishlari   va   boshqa   hujjatlar   saqlanar   edi.   Mazkur
hujjatlar   sopol   lavhlarga,   randalangan   taxtachalarga,   papirus   va   oshlangan
charm (pergament) ga bitilgan.
Qadimgi   Yunonistonning   Knoss   shahri   xarobalarida   (Krit   oroli)   yirik Му ам м ол и савол :  А рхивл ар қ ачон ва
ним а сабабдан пайдо бў л ди?  arxivning qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa,
Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi.
Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kohinlar tasarrufida bo’lgan. Rimdagi
eng   qadimiy   arxiv   Senat   arxivi   bo’lib,   bu   hujjatgoh   Saturn   ibodatxonasida
joylashgan   edi.   Mazkur   arxivda   senat   va   respublika   mahkamalarining
hujjatlari,   senzorlarning   aholini   ro’yxatga   olishi   bilan   bog’liq   materiallar   va
boshqa muhim hujjatlar saqlanardi. Rim saltanati davrida esa yozma hujjatlar
saqlanadigan   arxiv   imperatorlar   saroyida   joylashtirildi.   G’arbiy   Rim
saltanitining   halokatidan   so’ng   Rim   imperatorlari   arxivining   davomchisi
Vizantiya arxivi bo’ldi.
Ilk   o’rta   asrlarda   G’arbiy   Yevropada   qirollar,   yirik   feodallar   va
monastirlarning arxivlari vujudga keldi. Ularning orasida eng yirigi V asarda
tashkil etilgan Vatikan arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham
mavjud   bo’lib,   bu   yerda   Yevropaning   o’rta   asrlar   tarixini   o’rganish   uchun
zarur bo’lgan nodir va qimmatli hujjatlar majmuasi saqlanmoqda.
Yevropada   markazlashgan   davlatlarning   tashkil   topishi   va   rivojlanishi
natijasida   mayda   arxivlarning   yiriklashish   jarayoni   kuzatiladi.   Qirollar
arxivlari   bo’ysundirilgan   feodallarning   arxivlari   hisobiga   kengayib   bordi.
Qirollar   arxivlari   g’oyat   maxfiy   tarzda   saqlanar   edi.   Yevropada   qirolik
hokimiyatining   kuchayishi   va   umumdavlat   boshqaruv   muassasalarining
shakllanib   borishi   natijasida   muassasa   arxivlari   paydo   bo’ldi.   Muassasa
arxivlarining faoliyati o’zaro bog’lanmaganligi oqibatida hujjatlar nihoyatda
tarqoq holda saqlanar edi.
XVIII-XIX   asrlardagi   burjua   inqiloblari   arxiv   ishlarida   tub
o’zgarishlarga   olib   keldi.   Burjuaziya   qator   mamlakatlarda   arxiv   ishlarini
markazlashtirdi.   Arxivlarni   boshqarish   uchun   maxsus   muassasalar   ta’sis
etildi.   Masalan,   1794   yilda   Fransiyada   Konvent   maxsus   dekret   qabul   qilib,
markaziy davlat arxivini tashkil etdi. Mazkur arxivga umumdavlat boshqaruv organlarining   hujjatlarini   topshirish   shart   etib   qo’yildi.   Joylardagi   davlat
organlari   hujjatlari   departamentlar   arxivlariga   topshirilishi   shart   edi.
Fransiyada   arxiv   ishi   sohasidagi   bu   islohot   qator   boshqa   davlatlar   uchun
namuna   bo’ldi.   Ular   ham   Fransiya   singari   davlat   arxiv   tizimini   yaratdilar.
Lekin Angliya va AQSh singari mamlakatlarda o’sha vaqtda ham, hozir ham
yagona davlat arxiv tizimi barpo qilinmadi. Bu yerdagi markaziy, viloyat va
shahar arxivlarining har biri mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
XIX   asrda   qator   Yevropa   mamlakatlari   va   AQShda   arxivlarining
eshiklari   tadqiqotlar   uchun   ochildi.   Natijada   arxiv   hujjatlaridan   ilmiy
maqsadlarda foydalanish va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p
mamlakatlarda   maxsus   arxivshunos   kadrlarni   tayyorlash   yo’lga   qo’yildi.
1821 yilda Fransiyada ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi.
Hozirgi   kunda   jahonnning   barcha   mamlakatlarida   minglab   arxivlar
faoliyat   ko’rsatmoqda.   Ularning   orasida   har   bir   davlatning   markaziy   (yoki
milliy)   arxivlari   o’zlarining   noyob   hujjatlarga   boyligi   bilan   ajralib   turadi.
Londondagi   Davlat   arxivi,   Parijdagi   Milliy   arxiv,   Rimdagi   Markaziy   davlat
arxivi,   Koblens   shahridagi   Federal   Arxiv   (GFR),   Vashingtondagi   Milliy
arxiv,   Moskvadagi   Rossiya   Markaziy   davlat   arxivi,   Dehlidagi   Milliy   arxiv,
Qohiradagi   Markaziy   davlat   arxivi   jahondagi   eng   yirik   arxivlar   qatoriga
kiradi.
O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan aloqa
o’rnatganlar.   Masalan,   2003   yilda   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   Bosh   Arxiv   boshqarmasi   AQShning   Xolokast
yodgorligi   kengashi   va   uning   Vashingtondagi   muzeyi   o’rtasida   arxiv   sohasi
bo’yicha bitim imzolandi.
Hozirgi   kunda   arxivlar   butun   jahon   miqyosida   o’z   faoliyatlarini
muvofiqlashtirib,   hamkorlik   qilmoqdalar.   1948   yilda   YuNESKO   qoshida
Xalqaro   Arxiv   Kengashi   tashkil   etildi.   O’zbekiston   arxiv   muassasalari   ham mazkur   xalqaro   tashkilotning   a’zosidir.   Xalqaro   Arxiv   Kengashi   turli
davlatlar   arxivlari   o’rtasida   aloqalarni   yo’lga   qo’yish,   hujjatlarni   saqlash   va
ularni   himoya   qilish   borasida   katta   ishlarni   amalga   oshirmoqda.   Bu   xalqaro
tashkilot   1981   yildan   boshlab   “Archivum”   nomli   jurnal   nashr   etmoqda.
Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat ko’rsatmoqda.
Arxivshunoslik fani, uning maqsad
va vazifalari
Yangi   zamonda   arxivlarda   saqlanayotgan   hujjatlar   sonining   keskin
oshganligi   tufayli   ularni   saqlash   va   foydalanish   bilan   bog’liq   ishlar   tobora
murakkablashib   bordi.   Natijada,   hujjatlarni   hisobga   olish,   ularni   bir   tizimga
solish   va   ro’yxatga   olishning   yangi-yangi   usullari   ishlab   chiqildi   va   amalda
qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik fani paydo bo’ldi.
Arxivshunoslik   –   muhim   ijtimoiy   ahamiyatga   hujjat   va   materiallarni
turkumlash,   ularni   bir   tizimga   solish,   saqlash,   ulardan   ilmiy   va   amaliy
maqsadlarda   foydalanish   to’g’risidagi   fandir.   Mazkur   ko’makchi   tarix   fani
arxiv ishining umumiy qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va
saqlash, ulardan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi.
Hozirgi   kunda   hujjat   va   materiallarning   umumiy   miqdori   va   turlari
nihoyatda   ko’pdir.   Shuning   uchun   ham   arxivshunoslik   fanini
rivojlantirmasdan,   hujjatlarni   saralash   va   saqlashning   zamonaviy   usullarini
egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yish amri maholdir.
Arxivshunoslik   asoslarini   yaxshi   bilish   bo’lajak   tarixchi   uchun   g’oyat
muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar
uchun   yo’l   ochib   beradi,   bakalavriat   va   magistraturada   tahsil   olayotgan
talabalarga   yuqori   ilmiy   saviyadagi   bitiruv-malakaviy   ishlar   va   magistrlik
dissertasiyasi tayyorlash imkonini beradi. Му ам м ол и савол :  А рхившу носл ик
ф анининг м ақ сад ва ваз иф ал ари  Mazkur   fanni   o’rganish   arxivshunos   kadrlar   tayyorlash   nuqtai
nazaridan   ham   zarur.   Hozirgi   kunda   ayrim   kasb-hunar   kollejlarida
“Hujjatshunoslik,   arxivshunoslik”   mutaxassisligi   bo’yicha   o’rta   maxsus
ma’lumotli   kadrlar   tayyorlashga   kirishildi.   Lekin   respublikamizning   birorta
universitet   yoki   institutida   oliy   ma’lumotli   arxivshunoslar   tayyorlanmaydi.
Shu   boisdan   bu   fanni   tarix   fakulpteti   talabalariga   o’rgatish   arxivlarni   oliy
malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ham muhimdir.
Arxivshunoslik   kursini   o’rganish   jarayonida   biz   O’zbekistonda   arxiv
muassasalarining   vujudga   kelishi,   ularning   rivojlanish   bosqichlari,
arxivlarning   hozirgi   ahvoli,   faoliyatining   asosiy   yo’nalishlari   bilan   tanishib
boramiz.   Shu   bilan   birga   arxivlarning   maqsad   va   vazifalari,   arxivlarga
topshiriladigan  hujjatlarni   tanlash  va  saralash,  ularni   saqlash   va   turkumlash,
hisobga olish, ulardan foydalanish usullarini o’rganamiz. Manbalar va adabiyotlar
Alimov   I.,   Ergashev   F.,   Bo’tayev   A.   Arxivshunoslik:   O’quv   qo’llanma.
Toshkent, 1997.
Teoriya   i   praktika   arxivnogo   dela   v   SSSR.   Pod   red.   F.   I.   Dolgix   i   I.   K.
Rudelson.  Moskva, 1980.
Arxiv ы  // Istoricheskaya ensiklopediya. T. 1. Moskva, 1961,
Arxivlar // O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 1-jild.  Toshkent, 2000.
Xolmatova M. Arxivlar hamkorligi // Xalq so’zi. 2003.  19 iyunp.

Arxivshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja: 1. Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha 2. Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar 3. Arxivshunoslik fani, uning predmeti va vazifalari

Arxivlar haqida umumiy tushuncha Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida xo’jalik va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga hamda davlatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Deyarli bir vaqtda ijtimoiy zarurat tufayli yozuv ham paydo bo’ldi. Qadimiy davlatlar o’zlarining ijtimoiy funksiyalarini bajarish jarayonida turli hujjatlar (qonunlar, farmonlar, mulk va soliq hisobotlari va h.) yaratish hamda ularni saqlashga ehtiyoj sezdilar. Shu tariqa hujjatlarni saqlaydigan muassasalar – arxivlar paydo bo’ldi. “Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu so’z hozirgi kunda boshqacha ma’noda qo’llaniladi. Arxiv deganda biz odatda faqat hujjatlar saqlanadigan muassasani tushunamiz. Arxivlarda turli idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanadi. Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda ibodatxonalar va quldorlar saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Bu arxivlarda o’sha davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan. Qadimgi Yunonistonning Knoss shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik Му ам м ол и савол : А рхивл ар қ ачон ва ним а сабабдан пайдо бў л ди?

arxivning qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi. Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kohinlar tasarrufida bo’lgan. Rimdagi eng qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh Saturn ibodatxonasida joylashgan edi. Mazkur arxivda senat va respublika mahkamalarining hujjatlari, senzorlarning aholini ro’yxatga olishi bilan bog’liq materiallar va boshqa muhim hujjatlar saqlanardi. Rim saltanati davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv imperatorlar saroyida joylashtirildi. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari arxivining davomchisi Vizantiya arxivi bo’ldi. Ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga keldi. Ularning orasida eng yirigi V asarda tashkil etilgan Vatikan arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham mavjud bo’lib, bu yerda Yevropaning o’rta asrlar tarixini o’rganish uchun zarur bo’lgan nodir va qimmatli hujjatlar majmuasi saqlanmoqda. Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi natijasida mayda arxivlarning yiriklashish jarayoni kuzatiladi. Qirollar arxivlari bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga kengayib bordi. Qirollar arxivlari g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi. Yevropada qirolik hokimiyatining kuchayishi va umumdavlat boshqaruv muassasalarining shakllanib borishi natijasida muassasa arxivlari paydo bo’ldi. Muassasa arxivlarining faoliyati o’zaro bog’lanmaganligi oqibatida hujjatlar nihoyatda tarqoq holda saqlanar edi. XVIII-XIX asrlardagi burjua inqiloblari arxiv ishlarida tub o’zgarishlarga olib keldi. Burjuaziya qator mamlakatlarda arxiv ishlarini markazlashtirdi. Arxivlarni boshqarish uchun maxsus muassasalar ta’sis etildi. Masalan, 1794 yilda Fransiyada Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi. Mazkur arxivga umumdavlat boshqaruv

organlarining hujjatlarini topshirish shart etib qo’yildi. Joylardagi davlat organlari hujjatlari departamentlar arxivlariga topshirilishi shart edi. Fransiyada arxiv ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi. Ular ham Fransiya singari davlat arxiv tizimini yaratdilar. Lekin Angliya va AQSh singari mamlakatlarda o’sha vaqtda ham, hozir ham yagona davlat arxiv tizimi barpo qilinmadi. Bu yerdagi markaziy, viloyat va shahar arxivlarining har biri mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. XIX asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi. Natijada arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p mamlakatlarda maxsus arxivshunos kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1821 yilda Fransiyada ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi. Hozirgi kunda jahonnning barcha mamlakatlarida minglab arxivlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning orasida har bir davlatning markaziy (yoki milliy) arxivlari o’zlarining noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi, Parijdagi Milliy arxiv, Rimdagi Markaziy davlat arxivi, Koblens shahridagi Federal Arxiv (GFR), Vashingtondagi Milliy arxiv, Moskvadagi Rossiya Markaziy davlat arxivi, Dehlidagi Milliy arxiv, Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik arxivlar qatoriga kiradi. O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan aloqa o’rnatganlar. Masalan, 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi. Hozirgi kunda arxivlar butun jahon miqyosida o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirib, hamkorlik qilmoqdalar. 1948 yilda YuNESKO qoshida Xalqaro Arxiv Kengashi tashkil etildi. O’zbekiston arxiv muassasalari ham

mazkur xalqaro tashkilotning a’zosidir. Xalqaro Arxiv Kengashi turli davlatlar arxivlari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yish, hujjatlarni saqlash va ularni himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum” nomli jurnal nashr etmoqda. Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat ko’rsatmoqda. Arxivshunoslik fani, uning maqsad va vazifalari Yangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog’liq ishlar tobora murakkablashib bordi. Natijada, hujjatlarni hisobga olish, ularni bir tizimga solish va ro’yxatga olishning yangi-yangi usullari ishlab chiqildi va amalda qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik fani paydo bo’ldi. Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni turkumlash, ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish to’g’risidagi fandir. Mazkur ko’makchi tarix fani arxiv ishining umumiy qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi. Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlari nihoyatda ko’pdir. Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni saralash va saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yish amri maholdir. Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo’lajak tarixchi uchun g’oyat muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar uchun yo’l ochib beradi, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga yuqori ilmiy saviyadagi bitiruv-malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash imkonini beradi. Му ам м ол и савол : А рхившу носл ик ф анининг м ақ сад ва ваз иф ал ари