logo

Boshlangich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

682.775390625 KB
Boshlangich ta’lim pedagogikasi va  psixologiyasi  fanining predmeti, maqsad
va vazifalari
Reja:
1.   “ Boshlangich   ta’lim   pedagogikasi   va   psixologiyasi   fanining   predmeti,   maqsad
va vazifalari ” fani – o’quv predmeti sifatida.
2. “ Boshlangich ta’lim pedagogikasi va  psixologiyasi ” fanining maqsadi, vazifalari
va ustuvor tamoyillari.
3.   “Boshlangich   ta’lim   pedagogikasi   va   psixologiyasi   fanining”   asosiy   tushuncha
(kategoriya)lari.
4. “ Boshlangich ta’lim pedagogikasi va  psixologiyasi ” fanining boshqa fanlar bilan
aloqadorligi.
5.   “ Boshlangich   ta’lim   pedagogikasi   va   psixologiyasi ”   fanining   ilmiy-tadqiqot
metodlari.
  1.   “Boshlang’ich   ta’lim   pedagogikasi”   fani   –   o’quv   predmeti   sifatida.   Til
iste’mol   va   ta’lim   jarayonida   ham   fan,   o’quv   predmeti   kabi   tushunchalar   faol
qo’llaniladi.   Bo’lajak   mutaxassis   sifatida   talabalarning   ushbu   ikki   tushuncha
o’rtasidagi farqni aniq bilib olishlari maqsadga muvofiqdir.
Elektron   manbalardan   birida   “fan”   tushunchasi   shunday   ta’riflanadi:   fan   –
tabiat,   jamiyat   va   ong   to’g’risidagi   aniq   bilimlarni   ishlab   chiqish   va   amaliyotda
qo’llashga yo’naltirilgan tadqiqotchilik faoliyati sohasi.
P.F.   Kapterevning   fikriga   ko’ra,   fan   –   bilimlar   (ularning   ahamiyati,
imkoniyatlari,   ilmiy   tasnifi   va   tajribasi;   ilmiy   muassasalar,   ularning   jihozlanishi
to’g’risidagi   qarashlar)   ni   ishlab   chiqish   faoliyati;   ilmiy-tadqiqot   ishi   metodlari;
ilmiy   tushunchalar   va   ularning   turlari,   ilmiy   ahborot   tizimi,   shuningdek,   yoki
dastlabki   asos,   yoki   vosita,   yoki   ilmiy   ishlab   chiqarishning   natijalari   bo’lgan
bilimlar majmui.
Fan   –   kishilik   faoliyatining   tarixan   shakllangan   shakli   bo’lib,   u   borliqni
anglashga   va   faoliyatni   yanada   samarali   tashkil   etishga   yo’naltirilgan   bilimlar
tizimi   sifatida   aks   etadi.   Har   qanday   fan   asoslari   tarixiy   taraqqiyot   jarayonida
kishilarning   faoliyati   negizida   ma’lumotlar   yig’indisini   amaliy   (empirik)
tekshirishga asoslanadi.
Fanlar quyidagi to’rtta jihatiga ko’ra guruhlarga ajratiladi:
 shaxsiy-ilmiy (fan bilimlarni o’zlashtirish manbai– ilmiy asar, ilmiy maqola,
ilmiy elektron manba sifatida);
 ijtimoiy-madaniy (fan ijtimoiy institut – ilmiy-tadqiqot instituti, ilmiy ishlab 
chiqarish muassasasi, ilmiy-amaliy ishlab chiqarish birlashmasi sifatida);
 predmet (bilimlar ahamiyatliligiga ko’ra tizimlashtirilgan ilm sohasi 
sifatida);
 faoliyat (ijtimoiy sub’etlarning faoliyati sifatida).
Har qanday fan o’zining xususiy belgilariga ega. Biroq, fanlarning barchasi 
quyidagi umumiy belgilarni o’zida namoyon etadi.  1-rasm. Fanni ifodalovchi belgilar
Zamonaviy fanlar orasida pedagogika ham o’ziga xos o’rin tutadi.
Pedagogika   –   shaxs   rivojlanishining   qonuniyatlari,   tamoyillari,   omillari,
mazmuni,   shakl,   metod,   vosita,   usul,   texnologiyasini,   pedagogik   jarayonning
muhim tarkibiy elementlarini o’rganuvchi fan.
Mazkur   fanning   tarkibiy   elementlari   sifatida   ob’yekt,   predmet,   muhim
pedagogik kategoriyalar, nazariya, ilmiy faraz, metod va dalillar namoyon bo’ladi.
Bir  so’z bilan aytganda, Pedagogika  fani  pedagogik  jarayonni  tadqiq etadi, yangi
ijtimoiy   talab   va   ehtiyojlar   asosida   har   tomonlama   yetuk   shaxsni   o’qitish,
tarbiyalash,   rivojlantirishda   yuzaga   keladigan   muammolarni   bartaraf   etish,
yutuqlarni boyitishga imkon beradigan shart-sharoitlarni o’rganadi. 
Pedagogik   fikrlar   taraqqiyoti   tarixida   Pedagogika   O’zbekiston   sharoitida
yagona   fan   bo’lib   shakllangan   bo’lsa,   bugungi   kunda   uning   negizida   ko’plab
yo’nalishlar mustaqil tadqiqot ob’yektiga aylandi va ular “pedagogika fanlari” yoki
“pedagogik turkum fanlar” nomini oldi. Hozirda ta’lim muassasalarida pedagogik
turkum fanlarning o’quv predmeti (o’quv fani) sifatida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan. 
O’quv predmeti (o’quv fani)   – ta’lim muassasasida o’qitish uchun fan, texnik,
san’at,   ishlab   chiqarish   faoliyatining   alohida   sohalari   bo’yicha   tanlab   olingan 1.Ijtimoiy
shartlangan-lik Jamiyat ehtiyoji va talablari fanning
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi
Muhim
belgilar 2.Tizimli-  lik O’zida o’zaro bir-biri bilan bog’langan
elementlar: ob’ekt, predmet, xususiy
kategoriyalar, nazariya, ilmiy faraz, metod va 
dalillarni mujassamlashtiradi
3. Dinamik o’sish Empirik   (amalda   tekshirilgan)   va   nazariy
isbotlangan bilimlar bilan boyib boradi bilim,   ko’nikma   va   malakalar   tizimi   bo’lib,   belgilangan   vaqt   oralig’i   (o’rta
maktab,   o’rta   maxsus   ta’lim   muassasalari   –akademik   litsey,   kasb-hunar
kollejlari,   oliy   ta’lim   tizimining   muayyan   bosqichi   –   bakalavriat   yoki
magistratura)da o’qitiladi
  Odatda   o’quv   predmetlarining   o’qitilishi   o’quv   rejasiga   muvofiq   tashkil
etiladi.   Ushbu   turkum   fanlar   orasida   “Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”
o’quv predmeti sanalib, pedagogik turkum fanlar orasida o’ziga xos o’rin tutadi.
Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   –   pedagogik   turkum   fanlarini
samarali   o’qitish   qonuniyatlari,   tamoyillari,   omillari,   mazmuni,   shakl,   metod,
vosita,   usul   va   texnologiyasini,   pedagogik   jarayonning   muhim   tarkibiy
elementlarini o’rganadigan o’quv predmeti (fani)
Mazkur   o’quv   predmeti   oliy   ta’lim   muassasalarining   pedagogika   va
psixologiya   yo’nalishi   talabalarini   sohaga   oid   nazariy   va   amaliy   bilimlardan
xabardor etib, ular tomonidan kasbiy faoliyatni samarali, oqilona tashkil etishning
umumiy asoslarini puxta o’zlashtirilishi uchun xizmat qiladi. 
Pedagogik   turkum   fanlar   –   shaxsni   o’qitish,   tarbiyalash   va
rivojlantirishning u yoki bu masalalarini o’rganadigan fanlar majmui. 
Pedagogik   turkum   fanlarining   maqsadi   –   shaxsni   har   tomonlama
rivojlantirish, unda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, dunyoqarashni
hosil qilish, muayyan faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirish sanaladi.
Pedagogik turkum fanlarning ob’yekti shaxsni har tomonlama rivojlantirish,
unda ilmiy bilimlarni hosil qilish, dunyoqarashni shakllantirish, yuksak ma’naviy-
axloqiy   sifatlarni   tarbiyalash   jarayoni   bo’lsa,   predmetini   har   tomonlama
rivojlangan,   barkamol   avlodni   tarbiyalash   jarayonining   umumiy   mohiyati,
qonuniyatlari,   ustuvor   tamoyillari,   ta’lim   muassasalarida   tashkil   etiladigan
pedagogik faoliyat mazmuni, pedagogik hodisalar tashkil etadi.
O’z   mohiyatiga   ko’ra   pedagogik   turkum
fanlarning   asoslari   ta’lim   va   tarbiya   jarayonining   mazmuni,   tamoyillari,
qonuniyatlari, bosqichlari, samarali shakllari, metodlari, vositalari, texnologiyalari,
o’qituvchi   hamda   ta’lim   jarayoni   ishtirokchisi   (tarbiyalanuvchi,   o’quvchi,   talaba, tinglovchi) munosabatlari, ular faoliyatini nazorat qilish va baholash, ta’lim-tarbiya
jarayonlarining   natijalaridan   iborat.     Pedagogik   fanlar   tomonidan   quyidagi
vazifalarni   hal   qilinadi:   Shaxsni   shakllantirish,   o’qitish,   tarbiyalash   va
rivojlantirish   masalalarini   o’rganuvchi   pedagogik   xarakterdagi   fanlarning
yaxlitligi,   umumiy   jihatlari   hamda   o’ziga   xosliklari   to’g’risida   so’z   yuritishdan
avval   “tizim”   tushunchasining   mazmunini   anglab   olish   maqsadga   muvofiq
sanaladi. Tizim   (mustaqil   tushuncha
sifatida)   –   o’zaro   bog’langan   ko’plab   elementlar   (tarkibiy   qismlar)   o’rtasidagi
mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik
1) barkamol shaxs, malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon 
mohiyatini o’rganish; 
2) shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash; 
3) rivojlangan mamlakatlar ta’lim tajribasi asosida uzluksiz ta’lim tizimini 
takomillashtirish; 
4) ta’lim muassasalari va ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati 
mazmunini asoslash; 
5) ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish; 
6) pedagog kadrlarni mutaxassislik bilimlari, ta’lim-tarbiyaning ilg’or usullari 
bilan qurollantirish; 
7) ta’lim va tarbiya, ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni 
ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish; 
8) o’qitish va tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish; 
9)   oila   tarbiyasini   to’g’ri   tashkil   etish   yuzasidan   ota-onalar   uchun   ilmiy-
metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Shaxsni   shakllantirish,   o’qitish,   tarbiyalash   va   rivojlantirish   masalalarini
o’rganuvchi pedagogik xarakterdagi fanlarning yaxlitligi, umumiy jihatlari hamda
o’ziga   xosliklari   to’g’risida   so’z   yuritishdan   avval   “tizim”   tushunchasining
mazmunini anglab olish maqsadga muvofiq sanaladi.
Tizim   (mustaqil   tushuncha   sifatida)   –   o’zaro   bog’langan   ko’plab   elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik
Psixologiya о‘quv fani  sifatida о‘qitish shakli va usullarining о‘ziga xosligi
bilan farq qiladi. Psixologiya о‘quv fani sifatida maqsadi, hajmi, tuzilishi, usullari
va   ifoda   etilishi   bо‘yicha   farqlar   mavjud.   Psixologiya   fanining   maqsadi   –   fan
tomonidan   qо‘lga   kiritilgan   ma’lumotlar   va   qonuniyatlar   haqida   о‘quvchilarga,
talabalarga   axborotlarni   yetkazishdan   iborat.   О‘quv   darsini   olib   borishga   vakt
cheklangan   bо‘lib   bunda   о‘quvchilar   ortiqcha   ma’lumotlar   bilan   band   etmay
mustahkam   ilmiy   asosdagi   bilimlar   va   muammolar   bilan   tanishtiriladi.   О‘quv
fanida   bilimlar   tuzilishi   va   ularni   bayon   etilishi   shakllari   boshqacha,   bulib,bu
haqda   K.D.Ushinskiy   quyidagi   fikrni   ilgari   suradi:   «Fanni   ilmiy   va   pedagogik
bayon   etish   –   bu   ikkita   turli   narsalardir   va   butun   dunyo   pedagoglari   ilmiy
tizimlarni   pedagogika   fanini   qayta   ishlash   ustida   faoliyat   olib   bormoqdalar».
Shunday qilib, о‘quv fani maktab, kollej, institut, umumiy ta’lim muassasalari  va
о‘quvchilarning   yosh   xususiyatlariga   mos   qonuniyatlari   bilan   belgilanadigan,
mutaxasislik doirasidagi tizimdagi kerakli fanlardan tanlab olingan bilimlarni uzida
birlashtiradi. Psixologik   tushunchalar   tizimi;   uqitish   usullari
tizimi; psixologiyani   о‘qitish   jarayonida   tarbiya   va   ta’limni   rivojlantirish   tizimi;
uquv   ishlarining   shakli,   tizimi;   dars   о‘tishning   moddiy   bazasini   yaratish   bilan
boglik tizimi; Psixologiya   о‘quv   materiallari   tuzilishi   va
mazmunida fanlarni  birlashtirib olib borish;  kо‘nikma va mahoratlarini asta sekin
rivojlantirib   borib   о‘quvchilar,   talabalarning   anglab   yetgan   mustahkam   bilimlarni
egallashlari;o’quv   materialining   asosiy   roli   va   dars   berishning   shakl   va   usullari
unga   mos   kelishi;   uqitish   jarayonida   tarbiyaning   barcha   tomonlarini   bir   biriga
bog‘liqligi;   dars   о‘tish   jarayoninig   yaxlitligi   va   tizimlilig;   Ana   shu   qonuniyatlar
asosida   psixologiya   ukitish   metodikasida   tarbiyalovchi   funksiyasining   umumiy
tizimi aniqlandi, ular quyidagilardan iborat 3-rasm. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan pedagogik fanlar
Ushbu pedagogik fanlar quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi: 
Qiyosiy   pedagogika   –   ta’limning   jahon,   mintaqa,   davlat   miqyosidagi
rivojlanishining   umumiy   va   alohida   tendentsiyalari,   qonunlari   va   qonuniyatlarini
o’zaro   solishtirish,   qiyoslash   asosida   o’rganadi,   xalqaro   pedagogik   tajribaning
ijobiy   va   salbiy   jihatlarini,   milliy   pedagogik   madaniyatlar   almashinuvining   shakl
va usullarini aniqlaydi. 
Pedagogik innovatika  – ta’lim sub’ektlari nuqtai nazardan pedagogik 
innovatsiyalarning   mohiyati,   paydo   bo’lish,   rivojlanish   qonuniyatlarini   hamda
pedagogik   an’analar   bilan   kelajak   ta’limining   loyihalashtirilishi   o’rtasidagi
aloqalarni o’rganadigan fan. 
Ta’lim menejmenti  – ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va
oqilona boshqarish masalalarini tadqiq qiladi .
Hamkorlik   pedagogikasi   –   turli   fanlar   yoki   mutaxassislik   asoslarining
ta’lim   beruvchi   hamda   oluvchilar   o’rtasidagi   o’zaro   muloqot   asosida   samarali
o’rganish   mazmuni,   tamoyillari,   shakllari,   metodlari   va   vositalarini   ko’rsatib
beradi.   Pedagogik   konfliktologiya   –   o’qitish   va   tarbiyalash   jarayonida   ta’lim
ishtirokchilari   o’rtasida   yuzaga   keladigan   pedagogik   nizolar,   ularning   xususiyati,
darajasi,   sabablari,   oqibatlari,   ijobiy   pedagogik   nizolarni   rivojlantirish   hamda salbiy pedagogik nizolarning oldini olish yo’llari, shakl, metod, vosita va usullarini
o’rganadi. 
Neyropedagogika   –   inson   miyasining   ijodiy   imkoniyatlarini   aniqlash   va
amaliy   (funktsional)   rivojlantirish,   shaxsda   faoliyatga   nisbatan   faol,   ongli
munosabatni   qaror   toptirish,   ijtimoiy   hulq-atvorni   psixologik   korrektsiyalash,
bolalar   ruhiy   rivojlanishni   tashxislash   va   bashoratlashning   yangi   ilmiy   dasturlari,
samarali   shakl   va   metodlarini,   shuningdek,   yangi   turdagi   maktabgacha   ta’lim
muassasalari faoliyatini tadqiq etadi. 
Pedagogik texnika   – nopedagogik OTM pedagoglarini  pedagogik mahorat
va   pedagogik   texnika   asoslari   bilan   tanishtirish   orqali   ularda   ta’lim   jarayonini
sifatli,   samarali   tashkil   etish   ko’nikma,   malakalarini   rivojlantirish   masalalarini
o’rganadi.   Akmeologiya   (qad.yun.   “ ακμή ”   (“akme”)   –   cho’qqi,   yuksak   daraja;
“ λόγος ”   (“logos”)   –   ta’limot)   –   shaxsning   kamolotga   erishishi,   u   tomonidan
jismoniy,   ma’naviy-axloqiy   va   kasbiy   rivojlanishda   yuksak   darajaga   erishish,   bu
rivojlanishning insonparvarlashuvini ta’minlashda yordam ko’rsatishga; individual
rivojlanishda   yuqori   darajaga   erishish   imkoniyatini   ta’minlovchi   qonuniyatlar   va
mexanizmlarni tadqiq etish6ga xizmat qiladi. 
Akseologiya   (yun.   “axio”   –   qadriyat,   “logos”   –   ta’limot)   –   qadriyatlarning
shaxsni rivojlantirish, ijtimoiy moslashtirish, shuningdek, kasbiy shakllantirishdagi
ahamiyati, o’rni va rolini o’rganadi. 
Harbiy pedagogika  – harbiy-pedagogik jarayonning qonuniyatlarini, harbiy
xizmatchilar   va   harbiy   mutaxassislarni   o’qitish   va   tarbiyalash,   ularni   harbiy
harakatlarni   hamda   harbiy-kasbiy   faoliyatni   muvaffaqiyatli   olib   borishga
tayyorlash asoslarini o’rganuvchi soha.
Tibbiyot   pedagogikasi   –   sog’liqni   saqlash   muassasalari   xodimlarini
tayyorlash   qonuniyatlari,   tamoyillari,   shakllari,   metodlari   va   vositalari,   ularning
didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlarini tadqiq etadigan fan. 
Davolash   pedagogikasi   –   turli   shishlar,   jarohatlanishlar,   qandli   diabet,
bronxial   astma,   yurak-qon   tomir,   skolioz,   autizm   va   boshqa   kasalliklar   bilan
og’rigan   bemorlarni   maxsus   o’qitish   samaradorligini   amaliy   jihatdan   tasdiqlash asosida yuzaga kelgan davolash nazariyasi va amaliyotining sohasi. 
Sport   pedagogikasi   (Jismoniy   madaniyat   va   sport   pedagogikasi)   —
jismoniy   mashqlar   va   sport   bilan   shug’ullanishda   ushbu   jarayonning   maqsadi,
mazmuni,   ta’lim   berish   va   o’qitish   qonuniyatlarini   hamda   mazkur   jarayonni
boshqarish asoslarini o’rganuvchi fan. 
Valeologiya   (lot.   “valeo”–   salomat   bo’lish)   –   shaxsning   ma’naviy-axloqiy,
jismoniy   va   ruhiy   salomatligiga   nisbatan   integral   yondashuvini   ifodalovchi,
shuningdek, o’quvchi (talaba)larni valeologiyaning nazariy va amaliy asoslari bilan
tanishtiradigan o’quv fani. 
Gender   pedagogikasi   –   turli   yoshdagi   shaxs   (tarbiyalanuvchi,   o’quvchi,
talaba)   larning   ta’lim   muassasalarida   o’zlarining   erkin,   qulay   sezishlari,   ularning
erkak   va   ayol   sifatida   ijtimoiy   muammolarni   muvaffaqiyatli   hal   qilishlariga
yordam   ko’rsatuvchi   yondashuvlarni,   genderlik   xususiyatlarining   rivojlanishiga
salbiy etuvchi omillarni tadqiq etadigan fan. 
Ta’lim   falsafasi   –   ta’lim   va   tarbiyaning   falsafiy   asoslarini   o’rganuvchi
pedagogik fan. 
Axloq   tuzatish   pedagogikasi   –   jinoyat   sodir   etgan   va   jazoga   mahkum
qilingan   shaxslarni   qayta   tarbiyalash   qonuniyatlari,   tamoyillari,   yondashuvlari,
yo’llari, shakllari, metodlari va vositalarini tadqiq etadigan fan. 
Mazkur   o’quv   fanlari   ham   pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarining
Pedagogika-   psixologiya   yo’nalishi   talabalarini   sohaga   oid   nazariy   va   amaliy
bilimlar   bilan   tanishtirish,   kelgusida   kasbiy   faoliyatda   ulardan   maqsadli,   o’rinli
foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitni  yaratishga xizmat qiladi.
2.   “Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   fanining   maqsadi,
vazifalari va ustuvor tamoyillari . Har qanday fan yoki o’quv predmetida bo’lgani
kabi “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” ham o’zining maqsadi, vazifalari,
ob’yekti, predmeti va muhim kategoriyalariga ega.
“Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   fanining   maqsadi :   pedagogik   turkum
fanlarini samarali o’qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod,
vosita,   usul   va   texnologiyasi,   pedagogik   faoliyatning   muhim   tarkibiy   elementlari, o’quv-tarbiya   jarayonlarini   samarali   tashkil   etish   yo’llarini   aniqlash   va   talabalarni
ulardan xabardor qilish
Ma’lumki,   maqsadga   uning   negizida   muayyan   vazifalarni   belgilash   va   hal
qilish asosida erishiladi. Oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogika fanlarini o’qitish
metodikasi”ni o’qitishda quyidagi vazifalar hal qilinadi.
1. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashni takomillashtirish maqsadida o’quv 
predmetining maqsadi, vazifalarini, pedagogik fanlarni integratsiyalash vositalarini ilmiy 
asoslangan holda ishlab chiqish. 
2. Pedagogik turkum fanlarni o’qitish jarayonining asosini tashkil etuvchi qonuniyatlar va
didaktik tamoyillar to’g’risidagi masalalarni hal qilish; 
3. Talabalarda o’quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda samarali shakl, metod, vosita, 
usul va texnologiyalarni tanlash hamda tizimlashtirishga oid bilim, ko’nikma, 
malakalarni hosil qilish. 
4. Pedagogik turkum fanlarni o’qitishga doir tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va 
tizimlashtirish. 
5. Pedagogik turkum fanlarni o’qitishga oid mualliflik yondashuvlarini modellashtirish 
va ularni pedagogik ta’lim amaliyotiga tatbiq etish. 
6.   Bo’lajak   pedagoglarni   kasbiy   pedagogik   faoliyatda   ijodiy   imkoniyatlarni
namoyon qilishga rag’batlantirish
O’quv   predmetining   maqsad   va   vazifalari   belgilanganda   uning   ob’yekti   va
predmetini ham aniqlab olish ahamiyatli sanaladi .
“Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”ning   ob’yekti   –   pedagogik   turkum
fanlarini   samarali   o’qitish   qonuniyatlari,   tamoyillari,   omillari,   mazmuni,   shakl,
metod,   vosita,   usul   va   texnologiyasini,   pedagogik   faoliyatning   muhim   tarkibiy
elementlarini o’rganish, samarali ta’limni tashkil etish, pedagog va talabalarning
munosabatlari   jarayoni   bo’lsa,   predmeti   pedagogik   turkum   fanlarining
metodologik   asoslari,   yetakchi   pedagogik   ta’limotlar,   muhim   nazariy   g’oyalari, yangicha pedagogik yondashuv (paradigma)lar sanaladi
  Ko’p   holatda   metodika   va   metodologiya   aynan   bir   holatni   ifodalovchi
tushunchalar   tarzida   qo’llaniladi.   Biroq,   ularni   bir-biri   bilan   adashtirish,   biri
o’rniga   ikkinchisini   qo’llash   mumkin   emas.   “Metodika”   va   “metodologiya”
tushunchalarining mazmuni, ular o’rtasidagi o’zaro farqlarni anglab olish bo’lajak
pedagogiklar uchun ahamiyatlidir. 
Ko’pgina   izohli   lug’atlarda   ham   “Metodika   –   qat’iy   ketma-ketlikka   (algoritmik
xarakterga), ilgari o’rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo’lib, biror bir
ishni   maqsadga   muvofiq   o’tkazish   metodlari,   yo’llari   majmuasi”ni   ifoda   etishi
ko’rsatib o’tilgan. 
“Metodika”   atamasining   ma’nosini   anglash   uchun   uning   etimologiyasiga
e’tibor   qaratish   lozim.   Yunon   tilida   “ika”   (eka,   tika,   dika,   teka)   qo’shimchasi
“ombor”, “to’plam”, “yig’indi”, “jamlanma” ma’nosini anglatadi. 
Masalan: Biblioteka – “Bibliya” lar to’plami (yig’indisi); 
audioteka – audio yozuvlar to’plami (yig’indisi); 
videoteka – video lavhalar to’plami (yig’indisi); 
apteka – retsept asosida tayyorlanadigan dorilar ombori, to’plami (yig’indisi); 
diskoteka – disk (aylana, doira) lar to’plami (yig’indisi). 
Shunga   ko’ra   lug’aviy   jihatdan   olganda   “metodika”   tushunchasi   “metodlar
to’plami, jamlanmasi” ma’nosini anglatadi. Biroq, nazariy jihatdan metodika faqat
ma’lum faoliyatni tashkil etishda qo’llaniladigan metodlar yig’indisinigina anglatib
qolmay, balki, shakl, metod, vosita va usullar yig’indisi, jamlanmasini ifodalaydi.
Yuqoridagi fikrga tayangan holda “ta’lim metodikasi” tushunchasi quyidagi
ma’noni anglatishiga ishonch hosil qilish mumkin:
Ta’lim   metodikasi   –   o’qitishga   qaratilgan   faoliyatni   tashkil   etish   uchun
qo’llaniladigan shakl, metod, vosita va usullar to’plami, yig’indisi
Ya’ni, tegishli faoliyatni tashkil etishda uning tashkiliy shakli, metod, vosita
va   usullari   birgalikda,   yaxlit   holatda   qo’llaniladi.   Shuningdek,   bir   tomondan o’rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi toniondan, pedagogika fanining
rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi. 
Demak, o’qitish metodikasi: 
1)   pedagogning   o’qitish   usullari   va   talabaning   o’qish   usullari   hamda   talabaning
talabalar bilan o’zaro bog’langanligini; 
2)   pedagog   va   talabalarning   hamkorligi   asosida   belgilangan   maqsadga   yetish,
ta’lim   vazifalarini   hal   etishda   o’qitish   shakl,   metod,   vosita,   usul   va
texnologiyalarni qo’llashga qaratilgan faoliyatidir. 
Bir   so’z   bilan   aytganda,   “Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   –   pedagogik
nazariya hamda ta’lim-tarbiya amaliyotini bog’lash xususiyatiga ega bo’lib, uning
negizida   pedagogik   ta’limning   maqsadi,   vazifalari,   mazmuni,   shakli,   metodi,
vosita,   usul   va   texnologiyalari,   o’qitish   hamda   o’qishdan   iborat   yaxlitlik,   birlik
tadqiq etiladi. 
“Metodika”   tushunchasiga   berilgan   xilma-xil   ta’riflarga   tayangan   holda   quyidagi
umumlashmalarga kelish mumkin: 
1) o’qituvchi ishini tashkil etishning shakl, metod va vositalari; 
2)   ma’lum   bir   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   zarur   bo’lgan   metod   va   usullar
yig’indisi; 
3)   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   egallash   jarayonini   maqsadga   yo’naltirilgan
tarzda   tashkil   etish,   rejali   va   tizimli   amalga   oshirishga   yordam   beruvchi   usullar
yig’indisi; 
4)   ma’lum   maqsadga   yo’naltirilgan   yo’naltirilgan   harakatlarni   amalga
oshirish   chora-tadbiri;   pedagogik   jarayonda   real   qo’llaniladigan   usul   va   vositalar
mohiyati,   ahamiyati,   amaliy   qiymati,   texnik   jihatlarini   ochib   berish   algoritmi;
ta’lim metodlari to’g’risidagi fan .
“ Metodika ”   tushunchasi   turli   fanlarni   o’qitish   bilan   ham   bog’liklikda
qo’llanilib,   ma’lum   sohani   o’qitish   jarayonining   mazmuni,   qonuniyatlari,
tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig’indisini o’zida ifoda etadi. Pedagog olim
A.M.   Stolyarenkoning   fikricha,   “O’quv   fanlarini   o’qitish   metodikasi   metodika
ma’lum   bir   pedagogik   vazifalarni   hal   etish   bilan   bog’liq   metod,   metodik   usullar, vosita   va   tashkiliy   chora-tadbirlar   majmuidir”10.   G.M.   Kodjaspirova,   A.Yu.
Kodjaspirovlarning   fikricha,   “O’qitish   metodikasi   pedagogik   faoliyatni   amalga
oshirishning aniq usullari, uslublari va texnikasidir”.
Pedagogik   manbalarda   “metodika”   tushunchasi   “texnologiya”,   “metod”   atamalari
bilan sinonim sifatida ham qo’llaniladi. Biroq, metodika texnologiya va metoddan
muayyan   jihatlariga   ko’ra   farqlanadi.   Masalan:   metodikaning   metoddan   farqi
ta’lim   jarayonida   hal   qilinayotgan   vazifalar,   qo’llanilayotgan   usullarning   yanada
aniqligida, texnologiyadan farqi esa pedagogik (ta’limiy va tarbiyaviy) faoliyatning
bevosita   loyiha   yordamida   tashkil   etilmasligi,   ya’ni   har   bir   pedagogik   harakat
mohiyatining bosqichma-bosqich ochib berilishi shart emasligida ko’rinadi. Ta’lim
jarayonida testdan foydalanish – metod, test metodini qo’llash shartlarini asoslash,
testni   ishlab   chiqish,   uning   natijalarini   tahlil   qilish   mezonlarining   belgilanishi   –
metodika hisoblanadi12. 
O’qitish metodikasiga qo’yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi: 
-hayot bilan uyg’unlik; 
-qayta ishlab chiqishga yo’nalganlik; 
-aniqlik; 
-rejalashtirilgan harakat maqsad va vazifalariga moslik; 
-asoslanganlik; 
-natijaviylik. 
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o’qitish metodikasi o’zida: 
-  ta’limning maqsad va ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, tashkiliy vazifalarini; 
- ta’limning qonuniyat va tamoyillarini; 
- ta’lim mazmunini;
ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini; 
- ta’limning umumiy va xususiy metodlarini; 
- o’quv vositalari; 
- o’qitish natijasini aks ettiradi . 
“Metodologiya”   tushunchasining   talqiniga   ham   ko’pchilik   noto’g’ri   yondashadi.
An’anaviy yondashuvga ko’ra,   metodologiya   – metodlar to’g’risidagi  ta’limot va ilmiy   faoliyatning   bajarish   tartibi;   shuningdek,   umumiy   bilish   nazariyasi
(gnoseologiya)ning,   ayniqsa,   ilmiy   bilish   nazariyasi   (epistemologiya)   va   falsafiy
fanlarning alohida bo’limi. 
Amaliy   jihatdan   atama   yanada   aniq   talqin   etiladi:   metodologiya   –   tadqiqotchi
ma’lum   fan   doirasida   bilimlarni   olish   va   ularni   qayta   ishlashda   tayanadigan
tadqiqotchilik faoliyatining tamoyillari va yondashuvlar tizimi. 
Yuqoridagi   fikrlarga   tayangan   holda   fanga   taalluqligiga   ko’ra   “metodologiya”
tushunchasini shunday talqin qilish mumkin: 
Metodologiya   – muayyan fanning asosini yorituvchi qonuniyatlar, ustuvor tamoyillar,
eng muhim nazariyalar, yetakchi g’oyalar, o’ziga xos yondashuvlar, 
Yuqorida   keltirilgan   ta’rifga   tayanganilsa,   u   holda   “Pedagogika   fanlarini
o’qitish metodikasi” ning metodologiyasi o’zida quyidagi mazmunni ifodalaydi: 
Mazmunan   “Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   ning   metodologiyasida
dialektika,   gnoseologiya,   logika   va   sotsiologiyaning   asosiy   mazmuni,   ta’lim,
tarbiya,   rivojlanish   va   o’qitishga   oid   pedagogik   nazariya   (kontseptsiya)lar,   o’quv
predmetini   o’qitish   metodikasining   ilmiy-tadqiqot   metodlari   namoyon   bo’ladi14.
Pedagogika   fanlari   o’qituvchisi   o’quv   predmeti   metodologiyasini   puxta
o’zlashtirishi,   uni   metodik   tadqiqotlarda   qo’llay   olishi,   turli   o’zgarishlar,
pedagogik   jarayonda   yuzaga   keladigan   vaziyatlardan   kelib   chiqqan   holda
metodikani   o’zgartirish   oqibatlarini   taxmin   qila   olish   imkoniyatiga   ega   bo’lishi
zarur. 
Metodologik   bilim,   birinchidan,   muayyan   faoliyat   turlarining   mazmuni   va
izchilligini   o’z   ichiga   olgan   odat   va   normalar   shaklida,   ikkinchidan,   amalda
bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi.
3.   “Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   ning   asosiy   tushuncha
(kategoriya)lari.  Har bir fan, shuningdek, o’quv fanining muhim xususiyatlaridan
biri   –   ularning   o’z   kategoriyalari,   tanyach   tushunchalariga   ega   bo’lishi   sanaladi.
“Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   ham   ham   o’zining   tayanch
tushunchalari – asosiy kategoriyalariga ega.  -   bilim   –   shaxsning   ongida   tushuncha,   sxema,   ma’lum   obrazlar   ko’rinishida   aks
etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui; 
-   ko’nikma   -   shaxsning   muayyan   faoliyatni   tashkil   eta   olish   qobiliyati;   ma’lum
xatti-harakatlarni,   muayyan   faoliyatni   bajarishga   odatlanishi;   zaruriy   harakatlarni
bajarishda   namoyon   bo’lib,   mashqlarni   ko’p   marta   takrorlash   asosida   takomilga
yetkaziladigan amaliy faoliyatning tarkibiy qismi; 
-   malaka   –   muayyan   harakat,   faoliyatni   bajarishning   avtomatlashtirilgan   shakli;
bilim,   hayotiy   tajriba,   shuningdek,   o’zlashtirilgan   ko’nikmalar   asosida   amaliy   va
nazariy   harakatlarni   ongli   va   mustaqil   bajarishga   tayyorlik;   biror   bir   uchul   bilan
bexato bajarish, ko’nikmaning avtomatlashgan, takomillashgan darajasi; 
-   vosita   – muayyan maqsadga erishish yoki ma’lum ish-harakat, faoliyatni amalga
oshirish   uchun   qo’llaniladigan   narsa,   qurol;   ma’lum   harakat,   faoliyatnini   amalga
oshirishda   foydalaniladigan   narsa;   o’quv   jarayonining   predmetli   qo’llab-
quvvatlanishi,   yangi   materialni   o’zlashtirish   jarayonida   o’qituvchi   va   talabalar
tomonidan   foydalaniladigan   ob’yekt;   egallangan   bilimlarning   aniq   xatti-
harakatdagi ifodasi; 
-  maqsad  – erishish, amalga oshirish uchun ko’zda tutilgan narsa, murod, muddao;
o’qitishning nimaga qaratilganligi, mavjud kuchning qay yo’sinda safarbar etilishi;
-   mazmun   –   o’qitish   jarayonida   egallanishi   lozim   bo’lgan   ilmiy   bilim,   amaliy
ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi; 
-   metod   –   muayyan   maqsadga   erishish   uchun   ma’lum   yo’lni,   tartib,   tizimga
solingan   faoliyat   usulini   tanlash;   o’qitish   maqsadiga   erishish   (maqsadni   amalga
oshirish) yo’li; 
-   natija   –   o’quv   jarayonining   so’nggi   mahsu li,   belgilangan   maqsadlarning
amalga oshganlik darajasi. 
-   tashkil   etish   –   qo’yilgan   maqsadni   yaxshi   amalga   oshirish   uchun   unga   zaruriy
shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon; 
-   ta’lim   –   o’quvchilarni   nazariy   bilim,   amaliy   ko’nikma,   malakalar   bilan
qurollantirish,   ularning   bilish   qobiliyatlarini   o’stirish,   dunyoqarashlarini shakllantirishga   yo’naltirilgan   jarayon;   o’qitish   jarayonida   egallanadigan   bilim,
ko’nikma, malakalar, fikrlash usullari tizimi; 
-   ta’limning   tashkiliy   shakli   –   o’quvchi   (talaba)larga   bilim   berish,   ularda   ong,
tafakkur,   dunyoqarash   va   hayotiy   tajribani   shakllantirishga   yo’naltirilgan
pedagogik   faoliyatni   tashkiliy   jihatdan   uyushtirilishi,   dars   qurilishi,   tarkibiy
tuzilishi;   o’quv   jarayonining   tashqi   ifodasi,   uning   ichki   mohiyati,   mantig’i,
mazmuni uchun qobiq; 
-   o’rganish   – anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va
faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni; 
-   o’rgatish   – pedagogning o’qitish maqsadini amalga oshirishga qaratilgan tartibli
faoliyati; 
-   o’qish   –   ta’lim   oluvchi   tomonidan   mavjud   ilmiy   bilimlarni   o’zlashtirish
maqsadida tashkil etiladigan faoliyat 
-   o’qitish   –   pedagog   bilan   talabalarning   qo’yilgan   maqsadga   erishishga
yo’naltirilgan o’zaro tartibli harakati. 
4.   “Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   o’quv   fanining   boshqa   fanlar
bilan   aloqadorligi.   Shaxs   kamolotini   ta’minlash,   uning   intellektual,   ma’naviy-
axloqiy   hamda   jismoniy   jihatdan   rivojlanishiga   erishishda   turli   yosh   davrlari,   har
bir   davrning   o’ziga   xos   jihatlari,   shuningdek,   bolaning   fiziologik,   psixologik
holatini   inobatga   olish   maqsadga   muvofiqdir.  Yaxlit   pedagogik   jarayon   muayyan
turkumni tashkil etuvchi pedagogika fanlari tomonidan o’rganiladi. 
Shu bilan birga “ Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi ” o’quv fani bir
qator o’quv fanlarb bilan o’zaro aloqadorlikda pedagogik turkum fanlarni samarali
o’qitish masalalarini tadqiq etadi
Iqtisodiy   bilim   asoslari   –   talabalarda   iqtisodiy   hodisa   va   jarayonlarning
mohiyatini har tomonlama tushunib yetish imkonini beradigan iqtisodiy tafakkurni
shakllantirish,   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotining   turli   jihatlari   va   davlat
iqtisodiy   siyosatining   yo’nalishlarini   tahlil   qilish   ko’nikmalarini   rivojlantirishga
xizmat   qiladi15.   Jamiyat   rivojlanishining   hozirgi   bosqichida   Pedagogikaning
iqtisodiyot   fanlari   bilan   aloqasi   mustahkamlanib   bormoqda.   Ijtimoiy   fanlardagi ma’lumotlarga   suyanib,   pedagogika   jamiyatning   tarbiyaga   bo’lgan   ob’yektiv
ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini o’rganadi. 
Fiziologiya  – odam organizmi, fiziologik tizim, organlar, hujayra va alohida
hujayra   tuzilmasining   funktsiyalari,   ularning   ish   tartibini   ta’minlovchi
mexanizmlar,  organizm  hayotiy  faoliyati  qonuniyatlari,  organizmning  atrof-muhit
bilan   o’zaro   ta’sirini   o’rganadi16.   Ushbu   fan   pedagogika   hamda   psixologiyaning
tabiiy   ilmiy   bazasi   hisoblanadi.   Pedagogika   fiziologiyaning   oliy   asab   (nerv)
faoliyatining   rivojlanishi,   asab   sistemasining   o’ziga   xosligi,   birinchi   va   ikkinchi
signal   sistemalar   haqidagi,   shuningdek,   sezgi   organlarining,   tayanch   harakat
apparatlarining,   yurak,   qon-tomir   hamda   nafas   olish   sistemalarining   faoliyati,
rivojlanishi  haqidagi  ma’lumotlarga suyanadi.  Psixologik hodisalarning fiziologik
asoslarini   bilish   pedagogika   uchun   tarbiya   va   ta’limning   ba’zi   bir   omillarini
yaqqol,   aniq   bilib   olish,   tushunish   imkoniyatini   yaratadi   hamda   ta’lim-tarbiya
jarayonini samaradorligini oshirishning ko’pgina muammolarini muvaffaqiyatli hal
etishga yordam beradi.
Falsafa   –   tabiat,   jamiyat   va   tafakkur   taraqqiyotining   umumiy
qonuniyatlarini o’rganadi. U fan sifatida insoniyat jamiyati, tabiat rivojlanishining
umumiy   qonuniyatlarini   tashkil   etadigan,   ya’ni   pedagogikaning   taraqqiy   etib
borishiga imkon beradigan ilmiy manbai sanaladi. Pedagogik va falsafiy, ayniqsa,
bilishning   dialektik   nazariyasini   ishlab   chiqish   bilan   bog’liq   bo’lgan   gneseologik
nazariyalar,   shaxsning   kamoloti,   ta’lim   jarayonining   mohiyati,   masalalar   Falsafa
va Pedagogika uchun birdek ahamiyatli. 
Etika   (axloqshunoslik)   –   axloqning   genezisi,   mohiyati,   o’ziga   xos
xususiyatlarini, uning jamiyat  hayotidagi o’rni  va rolini, shaxs  faoliyatini axloqiy
boshqarish   mexanizmlarini,   axloqiy   jarayon   mezonlarini,   jamiyat   va   shaxsga   xos
axloqiy   ong   tuzilmasini   o’rganib,   ezgulik,   adolat,   burch,   or-nomus,   vijdon,
erkinlik,   mas’uliyat,   hayotning   mazmuni   va   yovuzlik   kategoriyalarining   ma’nosi
va talqini tadqiq etadi17.  Estetika   asoslari   –   nafis   san’atni,   badiiy   ijodiyotni,   tabiat   va   turmushdagi
go’zallikning mohiyati, shakllarini, inson va ijtimoiy borliq o’rtasidagi qadriyatlar
munosabatini o’rganadi. 
Psixologiya   –   inson   faoliyati,   shaxs   xatti-harakatlarida   borliqning   aks
etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarning mohiyatini yoritadi. 
Axborot-kommunikatsion   texnologiyalar   –   zamonaviy   axborot-
kommunikatsiya vositalari, ularnining texnik, texnologik, axborot ta’minoti, ta’lim
jarayonidagi o’rni hamda didaktik imkoniyatlarini tadqiq etadi. 
Hayot   faoliyati   xavfsizligi   –   mehnatni   muhofaza   qilish,   jarohatlanish,
baxtsiz   hodisalarning   sabablarini,   ularning   oldini   olish,   bartaraf   etish   va   ularga
qarshi   kurashish   yo’llarini,   texnogen   hodisalar   (yong’inlar,   portlashlar,   xavfli
zararli  moddalarni   tashqariga  chiqarish),  binolar,  inshootlar,  texnik  qurilmalardan
xavfsiz   foydalanish,   inson   organizmiga   yorug’lik,   issiqlik   energiyasi,   elektr   toki,
shovqin   va   tebranishlarning   ta’sirini,   xavfsizlik   texnikasi   (qoidalari),   sanitariya-
gigienik talablarni o’rganadi. 
5.   “Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   fanining   ilmiy-tadqiqot
metodlari.   Pedagogika fani  rivoji  muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish
maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga
ta’minlanadi.   Pedagogik   ilmiy-tadqiqot   metodlar   shaxsni   tarbiyalash,   unga
muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari,
ob’yekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati,
aloqa   va   qonuniyatlarini   maxsus   tekshirish   va   bilish   usullaridir.   Pedagogik   ilmiy
tadqiqotlarni   amalga   oshirish   murakkab,   izchillik,   uzluksizlik,   tizimlilik   va   aniq
maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon. 
“Pedagogika   fanlarini   o’qitish   metodikasi”   fani   asoslarini   o’qitishda
quyidagi pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlardan foydalaniladi. 5-rasm. “Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot 
metodlari.
Quyida mazkur metodlarning mohiyati to’g’risida qisqacha so’z yuritiladi. 
1. Suhbat metodi  pedagogik kuzatish chog’ida talabaning kasbiy shakllanish 
va rivojlanishga oid bilimlarini boyitish, vaziyatga to’g’ri baho berish, 
muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-
sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini 
muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat  indiviudal, guruhli
hamda ommaviy shaklda  o’tkaziladi. Suhbat vaqtida talabalarning 
kreativlik imkoniyatlari to’la namoyon bo’lishiga erishish muhim. 
Suhbatning samarali kechishini ta’minlovchi shartlar: 
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni 
aniqlash, savollar o’rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 
3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish; 
4) suhbatdosh to’g’risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish; 
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish; 
6) talabaning o’z fikrlarini erkin va batafsil qayta olishi uchun sharoit yaratish;
2.   Anketa   (fr.   “tekshirish”)   metodi   yordamida   pedagogik   kuzatish   va
suhbat   jarayonida   to’plangan   dalillar   boyitiladi.   Metod   tizimli   savollar   asosida respondentlar   bilan   muloqotni   tashkil   etishga   asoslanadi.   Savollarga   javoblar,
odatda, yozma shaklda olinadi. O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan
holda anketalar quyidagicha bo’ladi: 1) ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish
uchun imkon yaratadigan savollar) ga ega; 2) yopiq savollar (“ha”, yo’q”, “ijobiy”,
“salbiy” va h.k. tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar) ga
ega anketalar. 
Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur.
Anketa samaradorligini ta’minlovchi shartlar: 
1) savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 
2) savollar yirik hajmli va noaniq bo’lmasligi kerak; 
3)   savollar   o’quvchilarning   dunyoqarashi,   yosh   va   psixologik   xususiyatlarini
inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 
4) savollarga to’la javob qaytarilishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak; 
5)   anketa   talabalarning   pedagogik   va   psixologik   tavsifnomalarini   tuzish
manbaiga aylanmasligi zarur; 
6) javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart
    3. Pedagogik kuzatish   metodini qo’llashda ta’lim muassasalarining o’quv-
tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo aniqlanadi,
tajriba   avvali   va   yakunida   qo’lga   kiritilgan   ko’rsatkichlar   o’rtasidagi   farq   tahlil
qilinadi.   Kasbiy   shakllanish   va   rivojlanish   murakkab   jarayon   bo’lib,   o’ziga   xos
xususiyatlarni   namoyon   etadi.   Shu   sababli   pedagogik   kuzatish   aniq   maqsad
asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish
mumkin.   Olib   borilayotgan   pedagogik   kuzatish   ta’lim-tarbiya   sifatini   oshirish,
shaxsda   kasbiy-pedagogik   sifatlarni   shakllantirishga   xizmat   qilsa,   mazkur
metodning ahamiyati yanada oshadi.
4.   Pedagogik   tahlil.   Tadqiqotni   olib   borish   jarayonida   ushbu   metodni
qo’llashdan   ko’zlangan   maqsad   tanlangan   talaba   tomonidan   kasbiy-pedagogik bilim,   ko’nikma   va   malakalarining   o’zlashtirish   darajasini   aniqlashdan   iborat
bo’lib,   pedagog   tomonidan   ilgari   surayotgan   g’oyaning   nazariy   jihatdan
haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi. 
5.   Hujjatlarni   o’rganish.   Talabaning   shaxsi,   ayniqsa,   uning   pedagogik
turkum fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari bilan tanishish, sohaga oid turli
tanlov-ko’riklar   (fan   olimpiadasi,   talabalarning   ilmiy   anjumani,   “Mening
pedagogik   loyiham!”,   “Bo’lajak   innovator   o’qituvchi”,   “Milliy   ta’limning
istiqbolli  rivoji” kabi  ko’rik)lardagi  ishtirokini, talabaning  portfoliosini  o’rganish,
yutuqlaridan   xabardor   bo’lish   uning   kasbiy-pedagogik   jihatdan   shakllanish,
rivojlanish   darajasini   baholash,   istiqbolini   belgilashga   yordam   beradi.   Metod,
shuningdek,   talabalar   tomonidan   tayyorlangan   ijodiy-pedagogik   loyihalar   bilan
tanishish imkoniyatini yaratadi. 
6.   Pedagogik   tajriba   (lot.   “eksperiment”   –   “tajriba   qilib   ko’rish”)
metodi dan   muammo   yechimini   topish   imkoniyatlarini   o’rganish,   mavjud
pedagogik   sharoitlarning   maqsadga   erishishning   kafolatlay   olishi,   berilayotgan
tavsiyalarning   amaliyotda   o’z   in’ikosiga   ega   bo’la   olishi   va   ularning
samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi.   Pedagogik tajribaning quyidagi
turlari  mavjud 
(6-rasm): 
6-rasm. Pedagogik tajriba turlari
7.   Tashxis   metodlari   (pedagogik-psixologik   tashxis   metodlari).   Bu   kabi
metodlar   talabaning   kasbiy-pedagogik   bilim,   ko’nikma   va   malakalariga   egaligini
tashxislash hamda baholashga xizmat qiladi. Zamonaviy   sharoitda   talabaning   kasbiy-pedagogik   bilim,   ko’nikma   va
malakalariga   egaligini   tashxislashda   o’nlab   metodlar   qo’llanilmoqda.   Ushbu
metodlardan   ta’lim   jarayonida   uzluksiz,   izchil   qo’llash   mumkin.   Bu   talabaning
kasbiy-pedagogik   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   dinamik   rivojlanish   borishini
kuzatish,   darajasini   baholash   asosida   pedagogik   faoliyat   yo’nalishini   belgilash
imkoniyatini   beradi.   Pedagogik-psixologik   tashxis   metodlari   orasida   bir   guruh
metodlar   amaliy   jihatdan   samarali   bo’lib,   ular   rivojlangan   xorijiy   mamlakatlarda
keng   qo’llanilmoqda.   Pedagogika   oliy   ta’lim   muassasalarida   “Individual
rivojlanish   dasturi”,   “Kasbiy   rivojlanish   shkalasi”,   “Zahiraviy   model”   (Gauena)
kabi pedagogik-psixologik tashxis metodlarini samarali qo’llash mumkin. 
Pedagogik   tajribalarni   amalga   oshirishda   asosiy   e’tibor   ularning   samarali
kechishiga qaratiladi.  Bunda esa bir qator shartlarni inobatga olish lozim. Ya’ni:
Pedagogik tajriba samaradorligini ta’minlovchi shartlar: 
- tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 
-tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; 
-tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi; 
-tajriba o’tkazilish vaqti, davomiyligining aniqlanishi; 
-zarur   pedagogik   shart-sharoitlar   (asbob-uskuna,   jihozlar,   vositalar)   ning
yaratilganligi;
Pedagogik tajriba samaradorligini ta’minlovchi shartlar: 
- tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 
-tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; 
-tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi; 
-tajriba o’tkazilish vaqti, davomiyligining aniqlanishi; 
-zarur   pedagogik   shart-sharoitlar   (asbob-uskuna,   jihozlar,   vositalar)   ning
yaratilganligi; 
- tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash.  Pedagogik   tajriba   yakunida   olingan   natijalarga   asoslanib   umumiy   xulosaga
kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
8.   Sotsiopedagogik–retrospektiv   (retrospektiv   –   lot.   “retro”   —   orqaga,
“specio”   —   qaramoq,   nazar   tashlamoq)   metod   –   muayyan   shaxs,   guruh   yoki
jamiyatning   shakllanish   tarixini,   “amalda   voqelikning   sabab-oqibat   jarayonida
qanday rivojlanganligini”18 o’rganish bo’lib, u pedagogik ob’yektni qiyosiy tahlil
qilish va yakuniy xulosalarga kelish imkoniyatini beradi. 
18   Ретроспективный   метод   //https://studopedia.ru/4172320/glava-
retrospektivniy-metod.html. 
9.   Pedagogik   kvalimetriya   ( lot.   “ quales”   –   sifat,   qad.yun.   “μετρέω”   –
o’lchayman )   metodi   ta’lim   sifatini   nazorat   qilish   va   samarali   boshqarish
maqsadida   qo’llaniladi.  Bunda   turli  darajadagi  testlar,  muammoli  vaziyatlarni   hal
qilish   (keyslarni   yechish)   asosida   talabaning   kasbiy-pedagogik   sifatlarga   egaligi,
kasbiy shakllanganlik darajasi darajasi o’rganiladi hamda baholanadi.
10.   Ekspert   baholash   (lot.   “expertus”   –   tajribasiga   ko’ra   biladigan,
tajribali,   sinalgan,   tekshirilgan)   metodi   zamonaviy   sharoitda   deyarli   barcha
sohalara   olib   boriladigan   tajribalarda   jarayonida   qo’llaniladigan   va   keng
ommalashgan   ilmiy-taqiqot   metodlardan   biri   sanaladi.   Ko’p  holatlarda  talabaning
kasbiy-pedagogik   sifatlarga   egaligi,   kasbiy   shakllanganlik   darajasini   aniqlash
psixolog,   pedagog   va   bevosita   Pedagogikaga   dahldor   sohalarning   vakillari   –
malakali   mutaxassislar   ishtirokida   amalga   oshiriladi.   Ammo   ta’lim   jarayonida
hamkorlik   ta’limi   tamoyillariga   muvofiq   talabalarning   o’rtasida   ham   har   bir
talabaning   o’quv   topshiriqlarini   bajarishga   jiddiy   yondashuvi,   o’z   ustida   ishlashi,
kasbiy   rivojlanishga   e’tiborni   qaratishi   holatining   samaradorligini   baholash
maqsadida   ekspert   guruhi   shakllantirilishi   mumkin.   Mazkur   guruh   talabalarning
kasbiy-pedagogik   mazmunga   ega   ijodiy   mahsulotlari,   loyihalarini   o’rganib,
ularning sifatini baholaydi. 
Shunday   qilib,   zamonaviy   sharoitda   ta’lim   va   tarbiya   jarayonlarining   sifatli,
samarali   tashkil   etilishi   ijtimoiy   zaruriyat   sifatida   kun   tartibiga   qo’yilmoqda.
Ushbu   zaruriyatning   qondirilishi   bo’lajak   pedagoglarning   kasbiy-pedagogik bilimlardan   xabardorligi,   o’zlarida   ta’lim   va   tarbiya   jarayonini   tashkil   etish
ko’nikma,   malakalarini   shakllantira   olishi   hamda   kasbiy   faoliyatda   ulardan
samarali   foydalanishga   bog’liq.   Oliy   ta’lim   muassasalarining   Pedagogika-
psixologiya   yo’nalishi   talabalari,   ayniqsa,   mutaxassislik   bilimlarini   puxta
o’zlashtira olishlari zarur.  Binobarin, ular yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash,
ularga   sifatli   ta’lim   berishga   bevosita   javobgar   sanaladi.   Tegishli   yo’nalish
talabalarini kasbiy-pedagogik bilimlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda ta’lim va
tarbiya   jarayonini   samarali   tashkil   etish   ko’nikma,   malakalarini   shakllantirish
hamda rivojlantirishda “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” o’quv predmeti
o’ziga   xos   o’rin   tutadi.   Mazkur   o’quv   predmeti   pedagogik   turkum   fanlarini
samarali   o’qitish   qonuniyatlari,   tamoyillari,   omillari,   mazmuni,   shakl,   metod,
vosita,   usul   va   texnologiyasini,   pedagogik   jarayonning   muhim   tarkibiy
elementlarini o’rganadi. “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” bo’yicha o’quv
adabiyotlarining   yaratilishi,   ularning   muqobil   variantlarga   ega   bo’lishini
ta’minlash Pedagogika sohasi rivojini kafolatlaydi. Tavsiya qilingan asosiy adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: O’zbekiston 
nashriyoti 2019 y
2. X.I.Ibragimov Pedagogik-psixologiya. O’quv 
qo’llanma .O’zbekiston milliy jamiyatinashriyoti.T:2009y
3. Sh.Do’smuxammedova, X.A..Tillshayxova G.Baykusunova, 
G.Ziyavitdinova Umumiy psixologiya 2-kitob. Darslik. T.:2020 y
4. D.A.Nurkeldiyeva, Ya.Ye.Chicherina. Ilk maktabgacha va 
Kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik, pedagogik va 
logopedik tekshirish.  Uslubiy qo’llanma. T.:Yangi avlod 2007y
5. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiyasi. - 
Toshkent,
1998 y.
6. Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan
praktikum. Toshkent, 1991.
7. Xoliqov   A.A.   Pedagogik   mahorat.   Darslik.   –   T.:   IQTISOD-
MOLIYA ” ,  2011.- 425 b.
8. Ibragimov   X.I.,   Abdullayeva   Sh.A.   Pedagogika   nazariyasi.
Darslik.  - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008 .
9. O‘zbek   pedagogikasi   antologiyasi.   1-jild.   Tuzuvchi-mualliflar:
K.Hoshimov,   S.Ochil.   –Toshkent   “O‘qituvchi”,   1995;   2-jild.
Tuzuvchi-mualliflar   S.Ochil,   K.Hoshimov   –Toshkent
“O‘qituvchi”, 1999 y
10. Po’latova P. M. Maxsus pedagogigka – T.:  2005.

Boshlangich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja: 1. “ Boshlangich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari ” fani – o’quv predmeti sifatida. 2. “ Boshlangich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi ” fanining maqsadi, vazifalari va ustuvor tamoyillari. 3. “Boshlangich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi fanining” asosiy tushuncha (kategoriya)lari. 4. “ Boshlangich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi ” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 5. “ Boshlangich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi ” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.

1. “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fani – o’quv predmeti sifatida. Til iste’mol va ta’lim jarayonida ham fan, o’quv predmeti kabi tushunchalar faol qo’llaniladi. Bo’lajak mutaxassis sifatida talabalarning ushbu ikki tushuncha o’rtasidagi farqni aniq bilib olishlari maqsadga muvofiqdir. Elektron manbalardan birida “fan” tushunchasi shunday ta’riflanadi: fan – tabiat, jamiyat va ong to’g’risidagi aniq bilimlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo’llashga yo’naltirilgan tadqiqotchilik faoliyati sohasi. P.F. Kapterevning fikriga ko’ra, fan – bilimlar (ularning ahamiyati, imkoniyatlari, ilmiy tasnifi va tajribasi; ilmiy muassasalar, ularning jihozlanishi to’g’risidagi qarashlar) ni ishlab chiqish faoliyati; ilmiy-tadqiqot ishi metodlari; ilmiy tushunchalar va ularning turlari, ilmiy ahborot tizimi, shuningdek, yoki dastlabki asos, yoki vosita, yoki ilmiy ishlab chiqarishning natijalari bo’lgan bilimlar majmui. Fan – kishilik faoliyatining tarixan shakllangan shakli bo’lib, u borliqni anglashga va faoliyatni yanada samarali tashkil etishga yo’naltirilgan bilimlar tizimi sifatida aks etadi. Har qanday fan asoslari tarixiy taraqqiyot jarayonida kishilarning faoliyati negizida ma’lumotlar yig’indisini amaliy (empirik) tekshirishga asoslanadi. Fanlar quyidagi to’rtta jihatiga ko’ra guruhlarga ajratiladi:  shaxsiy-ilmiy (fan bilimlarni o’zlashtirish manbai– ilmiy asar, ilmiy maqola, ilmiy elektron manba sifatida);  ijtimoiy-madaniy (fan ijtimoiy institut – ilmiy-tadqiqot instituti, ilmiy ishlab chiqarish muassasasi, ilmiy-amaliy ishlab chiqarish birlashmasi sifatida);  predmet (bilimlar ahamiyatliligiga ko’ra tizimlashtirilgan ilm sohasi sifatida);  faoliyat (ijtimoiy sub’etlarning faoliyati sifatida). Har qanday fan o’zining xususiy belgilariga ega. Biroq, fanlarning barchasi quyidagi umumiy belgilarni o’zida namoyon etadi.

1-rasm. Fanni ifodalovchi belgilar Zamonaviy fanlar orasida pedagogika ham o’ziga xos o’rin tutadi. Pedagogika – shaxs rivojlanishining qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul, texnologiyasini, pedagogik jarayonning muhim tarkibiy elementlarini o’rganuvchi fan. Mazkur fanning tarkibiy elementlari sifatida ob’yekt, predmet, muhim pedagogik kategoriyalar, nazariya, ilmiy faraz, metod va dalillar namoyon bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, Pedagogika fani pedagogik jarayonni tadqiq etadi, yangi ijtimoiy talab va ehtiyojlar asosida har tomonlama yetuk shaxsni o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, yutuqlarni boyitishga imkon beradigan shart-sharoitlarni o’rganadi. Pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixida Pedagogika O’zbekiston sharoitida yagona fan bo’lib shakllangan bo’lsa, bugungi kunda uning negizida ko’plab yo’nalishlar mustaqil tadqiqot ob’yektiga aylandi va ular “pedagogika fanlari” yoki “pedagogik turkum fanlar” nomini oldi. Hozirda ta’lim muassasalarida pedagogik turkum fanlarning o’quv predmeti (o’quv fani) sifatida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan. O’quv predmeti (o’quv fani) – ta’lim muassasasida o’qitish uchun fan, texnik, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining alohida sohalari bo’yicha tanlab olingan 1.Ijtimoiy shartlangan-lik Jamiyat ehtiyoji va talablari fanning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi Muhim belgilar 2.Tizimli- lik O’zida o’zaro bir-biri bilan bog’langan elementlar: ob’ekt, predmet, xususiy kategoriyalar, nazariya, ilmiy faraz, metod va dalillarni mujassamlashtiradi 3. Dinamik o’sish Empirik (amalda tekshirilgan) va nazariy isbotlangan bilimlar bilan boyib boradi

bilim, ko’nikma va malakalar tizimi bo’lib, belgilangan vaqt oralig’i (o’rta maktab, o’rta maxsus ta’lim muassasalari –akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim tizimining muayyan bosqichi – bakalavriat yoki magistratura)da o’qitiladi Odatda o’quv predmetlarining o’qitilishi o’quv rejasiga muvofiq tashkil etiladi. Ushbu turkum fanlar orasida “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” o’quv predmeti sanalib, pedagogik turkum fanlar orasida o’ziga xos o’rin tutadi. Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” – pedagogik turkum fanlarini samarali o’qitish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, mazmuni, shakl, metod, vosita, usul va texnologiyasini, pedagogik jarayonning muhim tarkibiy elementlarini o’rganadigan o’quv predmeti (fani) Mazkur o’quv predmeti oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va psixologiya yo’nalishi talabalarini sohaga oid nazariy va amaliy bilimlardan xabardor etib, ular tomonidan kasbiy faoliyatni samarali, oqilona tashkil etishning umumiy asoslarini puxta o’zlashtirilishi uchun xizmat qiladi. Pedagogik turkum fanlar – shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning u yoki bu masalalarini o’rganadigan fanlar majmui. Pedagogik turkum fanlarining maqsadi – shaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, dunyoqarashni hosil qilish, muayyan faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirish sanaladi. Pedagogik turkum fanlarning ob’yekti shaxsni har tomonlama rivojlantirish, unda ilmiy bilimlarni hosil qilish, dunyoqarashni shakllantirish, yuksak ma’naviy- axloqiy sifatlarni tarbiyalash jarayoni bo’lsa, predmetini har tomonlama rivojlangan, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining umumiy mohiyati, qonuniyatlari, ustuvor tamoyillari, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni, pedagogik hodisalar tashkil etadi. O’z mohiyatiga ko’ra pedagogik turkum fanlarning asoslari ta’lim va tarbiya jarayonining mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, bosqichlari, samarali shakllari, metodlari, vositalari, texnologiyalari, o’qituvchi hamda ta’lim jarayoni ishtirokchisi (tarbiyalanuvchi, o’quvchi, talaba,

tinglovchi) munosabatlari, ular faoliyatini nazorat qilish va baholash, ta’lim-tarbiya jarayonlarining natijalaridan iborat. Pedagogik fanlar tomonidan quyidagi vazifalarni hal qilinadi: Shaxsni shakllantirish, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish masalalarini o’rganuvchi pedagogik xarakterdagi fanlarning yaxlitligi, umumiy jihatlari hamda o’ziga xosliklari to’g’risida so’z yuritishdan avval “tizim” tushunchasining mazmunini anglab olish maqsadga muvofiq sanaladi. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) – o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik 1) barkamol shaxs, malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon mohiyatini o’rganish; 2) shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash; 3) rivojlangan mamlakatlar ta’lim tajribasi asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish; 4) ta’lim muassasalari va ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash; 5) ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish; 6) pedagog kadrlarni mutaxassislik bilimlari, ta’lim-tarbiyaning ilg’or usullari bilan qurollantirish; 7) ta’lim va tarbiya, ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish; 8) o’qitish va tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish; 9) oila tarbiyasini to’g’ri tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy- metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Shaxsni shakllantirish, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish masalalarini o’rganuvchi pedagogik xarakterdagi fanlarning yaxlitligi, umumiy jihatlari hamda o’ziga xosliklari to’g’risida so’z yuritishdan avval “tizim” tushunchasining mazmunini anglab olish maqsadga muvofiq sanaladi. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) – o’zaro bog’langan ko’plab elementlar