logo

TILSHUNOSLIK FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.650390625 KB
TILSHUNOSLIK FANINING PREDMETI, MAQSADI VA
VAZIFALARI   
Reja  :
1.Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari.
2.«Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi.
3.Tilshunoslik fanining tarmoqlari.
4.Tilshunoslik fanining aspektlari.
5.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. 1.   Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari.
Til     faqat   kishilik   jamiyati   mahsulidir.   Tilsiz   hech   bir   voqelik   va   hodisani,
insonning   tabiatda,   jamiyatda   tutgan   o‘rni,   jamiyat   taraqqiyoti     yo‘llarini   bilish,
o‘rganish mumkin emas.
Tilshunoslik     yoki   til   bilimi   (lingvistika   til   haqidagi   mustaqil   va   aniq   fan
bo‘lib,   tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini
ilmiy   asosda   o‘rganadi .   Bu   fan   muayyan   va   umumiy   tilshunoslik   sohalaridan
iborat.
Muayyan   ( xususiy )   tilshunoslik   ma’lum   bir   tilning   lug‘at   tarkibi,   fonetik
tizimi   va   grammatik   qurilishi,   taraqqiyot   yo‘llari   hamda   qardosh   tillarga
munosabatini   ilmiy   asosda   sinchiklab   o‘rganadi   va   shu   yo‘l   bilan   tilning   lug‘at
boyligi, fonetikasini sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini yaratib beradi.
Umumiy   tilshunoslik   esa   umuman   tilning   kelib   chiqishi,   ijtimoiy
mohiyatini,   jamiyatdagi   o‘rni   va   vazifasini,   taraqqiyot   yo‘lini,   til   bilan
tafakkurning   bir-biriga   uzviy   bog‘liqligini,   tilning   o‘zaro   munosabatini
o‘rganadi  hamda tilshunoslikni tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy tilshunoslik
ayrim   tilshunoslikni,   bir   guruh   tilshunoslikni   va   qardosh   tilshunoslikni   o‘rganish,
tekshirish   natijasida   aniqlangan   til   hodisasini,   til   dalillarini   umumlashtirib,   ilmiy
xulosalar chiqaradi va shu asosda  til qonuniyatlarini aniqlab beradi .
Ko‘rinadiki,   tilshunoslik   inson   tilini   o‘rganadigan   mustaqil   fandir.
Tilshunoslik   dastlab,   amaliy   ahamiyatgagina   ega   bo‘lgan   fan   sifatida   yuzaga
kelgan bo‘lsa, hozir sof nazariy xarakterdagi fanga aylandi.
Bashariyat   XX   asr   bilan   xayrlashib,   uchinchi   ming   yillikka   qadam   qo‘ydi.
Insoniyat   bugungi   kunga   kelib,   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida   ulkan
yutuqlarga   erishdi.   Odamzod   o‘zining   aql-zakovati   va   mehnati   bilan   juda   ko‘p
yangiliklar yaratdi. 
Ma’naviy   boyliklar   orasida   tilshunoslik   ilmida   to‘plangan   bilimlar   muhim
o‘rin   tutadi.   Har   bir   davrning   buyuk   tilshunoslari   bo‘ladi.   Ular   o‘z   yurti   va
xalqining tili haqidagi fikrlarini o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari etaklovchi   bayroq   sifatida   namoyon   bo‘ladigan   g‘oyalarning   muayyan   davr
mafkurasiga aylanishida tilshunoslik bilimlari katta ahamiyat kasb etadi. 
Til   va   uning   ta’rifi .   Hozirgacha   til   ikkita   bir-biriga   zid   dunyoqarash
idealistik va materialistik nuqtai nazardan ta’riflanadi. Ongni birlamchi, materiyani
ikkilamchi   deb   biluvchi   idealistik   yo‘nalishdagi   olimlar   tilga   quyidagicha   ta’rif
berishadi: 
«Til   tafakkurni   ifoda   qiluvchi   ishoralar   majmuidir»   (F.de   Soseyur).   «Til   –
odam   ongining   ishtirokisiz,   uning   tashqi   dunyoga   nisbatan   bo‘lgan   mexanik
harakatidir»   (L.Blumfil’d).     «Til   fikrni   ifoda   qilishga   mo‘ljallangan,   talaffuz
qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir» (B.Grosse). 
Bu   ta’riflarning   birortasi   tilning   to‘liq   ta’rifi   emas,   chunki   ular   tilning
ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. 
Olimlar   tilning   kishilik   jamiyatida   tutgan   o‘rni   naqadar   muhim   ekanini
ko‘rsatib,  til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir , deb ta’riflaydilar. 
Til   asrlar   davomida   jamiyatga   xizmat   qiladi,   ularning   ehtiyojlarini   to‘la-
to‘kis bajaradi, garchand, til o‘zgaruvchan hodisa bo‘lsa-da, u faqat o‘zining ichki
ob’ektiv qonunlari asosida rivojlanadi. 
Til o‘ziga xos semiologik tizim bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim   fikr
almashish   quroli ,   jamiyat   tafakkurining   rivojlanishini   ta’minlovchi,
avloddan-avlodga   madaniy-tarixiy   an’analarni   etkazuvchi   vosita   xizmatini
o‘taydi . 
2.  «Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi .
«Tilshunoslikka kirish» kursi  tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni,
tuzilishi va tilning taraqqiy etish qonuniyatlari haqidagi, umuman  til haqidagi
fanning asosiy tushunchalari ni o‘rganadi . Bu kursning yana bir muhim vazifasi
shundan   iboratki,   tilshunoslik   fanida   qo‘llaniladigan   terminlar,   tushunchalar
tizimi   bilan   tanishtiradi .   SHuning   uchun   bu   kurs   umumiy   tilshunoslikning
dastlabki   bosqichi   bo‘lib,   umuman   murakkab   til   hodisalarini   to‘g‘ri   tushunishga,
ma’lum   bir   til   hamda   qardosh   til   guruhlarini   bir-biriga   solishtirib,   ma’lum   til hodisalarini,   lug‘at   tartibini,   fonetik   tizimi   va   grammatik   qurilishini   ilmiy   asosda
chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy jihatdan  zamin yaratib beradi .
3.  Tilshunoslik fanining tarmoqlari .  Kishilarning eng muhim aloqa vositasi
bo‘lgan tilni tilshunoslik fani o‘rganadi. Uning uch tarmog‘i mavjud: 
1.   E kstralingvistika   (ekstra   –   tashqi,   lingvistika   –   tilga   xos)   tildan
tashqarida,   ammo   bevosita   til   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   xususiyatlarni   o‘rganadi.
ekstralingvistika quyidagi tarmoqlarga ajraladi:
A.  Sotsiolingvistika . Bunda tilning tabiati va ijtimoiy vazifasi o‘rganiladi. 
B.   Metalingvistika .   Bunda   til   va   tafakkur,   tilning   mazmun   tomoni,   nutq
faoliyati, til birliklarining matn va sharoit bilan aloqasi o‘rganiladi.
2.   Intralingvistika .   Bunda   tilning   ichki   tizimi,   uning   birliklari   va
kategoriyalari, tilning fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi o‘rganiladi. 
3.  Komparativistika . Bunda tillar qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Bu soha uchga
bo‘linadi: 
A.   Qiyosiy   tilshunoslik .   Bu   soha   o‘z   navbatida   qiyosiy-tarixiy   va
chog‘ishtirma tilshunoslikka bo‘linadi. 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir-biriga qarindosh bo‘lgan tillarni o‘rganadi. 
Turli   tizimdagi   tillarni   qiyosiy   o‘rganish   chog‘ishtirma   tilshunoslik
ob’ektidir. 
B.   Areal   (maydon)   tilshunoslik .   Tilning   tarqalish   doirasi,   tillar   xaritasi,
mamlakatlarni til tomondan tasvirlash areal tilshunoslik predmeti sanaladi. 
V.   Tipologik   tilshunoslik .   Tipologiya   tillarning   qurilishidagi   umumiy,
universal   holatlarni   tekshiradi.   Bunda   barcha   tillar,   ularning   qarindosh   yoki
qarindosh emasligidan qat’iy nazar o‘rganilaveradi. 
Tilshunoslik   fanining   sanab   o‘tilgan   tarmoqlari   negizida   turli   nazariyalar
paydo bo‘lgan. 
4.   Tilshunoslik   fanining   aspektlari .   Tilshunoslik   fani   ham   ko‘p   aspektli
fanlar qatoriga kiradi. Uning aniq til faktlariga ko‘ra bir necha turi mavjud: 
Struktural tilshunoslik. Xususiy tilshunoslik.
Umumiy tilshunoslik.
Amaliy tilshunoslik.
Nazariy tilshunoslik.
Tilshunoslikda   til   komponentlarining   ichki   munosabatlarini,   o‘zaro
bog‘liqligini, tilning struktura tomonini yoritish maqsad qilib qo‘yilgan yo‘nalishi
struktural tilshunoslik  deb ataladi. 
Xususiy (konkret) tilshunoslik  har bir konkret tilning fonetik tizimi, lug‘at
tarkibi,   grammatik   qurilishi   va   ularning   taraqqiyot   yo‘llari   hamda   bu   tilning
boshqa   tillarga   munosabatini   o‘rganadi   va   shu   asosda   konkret   tilning   ilmiy
grammatikasini yaratishga intiladi. 
Umumiy tilshunoslik  ma’lum bir tilning emas, balki umuman til qonunlari,
tilning paydo bo‘lishi, tilning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq
etadi.   Shuningdek,   bu   fanda   konkret   tillarni,   til   guruhlarni,   qardosh   tillarni
o‘rganish   natijasida   aniqlangan   til   faktlari   umumlashtirilib,   muhim   ilmiy-nazariy
xulosalar chiqariladi. 
Umumiy   tilshunoslik   fani   tilning   tabiati   va   mohiyati,   tilning   jamiyat   va
tafakkur bilan munosabati, tilning strukturasi va sistemalilik xarakteri, tilning kelib
chiqishi   va   taraqqiyot   qonunlari,   tillar   tipologiyasi   va   tasnifi,   tilni   o‘rganish
metodlari kabi muammolarni o‘rganadi. 
Tilshunoslikning   lingvistik   masalalarini   amaliy   yo‘l   bilan   o‘rganuvchi
sohalari   amaliy   tilshunoslik   sanaladi.   Uning   eksperimental   fonetika,   lingvistik
tahlil, leksikografiya kabi yo‘nalishlari mavjud. 
Nazariy   tilshunoslik   –   tilshunoslikka   doir   asosiy   qarashlar,   g‘oyalar,
nazariyalar   haqidagi   tizimdir.   Unda   til   haqidagi   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar,
qarashlar   umumlashtiriladi.   Tilning   asosiy   muammolari   va   dolzarb   masalalari
haqidagi yangi nazariyalar olg‘a suriladi. 
«Tilshunoslik   nazariyasi»   kursida   tillarni   o‘rganish   sohasida   quyidagi
muammolar doirasida mavjud bo‘lgan nazariyalar haqida ma’lumot beriladi:  1.   Tilshunoslik   tarixida   mavjud   bo‘lgan   oqimlar   va   maktablarda   til
muammolarining o‘rganilishi.
2.Tilshunoslikdagi falsafiy yo‘nalish.
3.Tilning nazariy masalalari. Til va nutq. Til va tafakkur. Tildagi belgining
tabiati haqida. Mantiqiy va grammatik kategoriyalar. Til va jamiyat. Tilda shakl va
mazmun. 
4.Til   qurilishi   masalalari.   Til   qurilishida   pragmatika   va   sintagmatika.   Til
fonologiyasi,   leksikologiyasi,   grammatikasi,   so‘z   yasalishi.   Lingvistik   tipologiya.
Tillarning tipologik va geneologik tasnifi. 
5.Tillarni   o‘rganishdagi   qiyosiy-tarixiy,   chog‘ishtirish,   tasviriy,   matematik,
avtomatlashtirish, areal metodlar va ularning mohiyati.
5. Tilshunoslikning   boshqa   fanlar   bilan   aloqasi .   Til   tilshunoslik   fanining
ob’ekti bo‘lib, u insonning bevosita kuzatishi va mustaqil ilmiy izlanishlari uchun
ham xizmat qiladi. 
Tilshunoslik   fani   til   bo‘yicha   tadqiqot   ishlari   olib   borganda,   boshqa   fan
materiallarini ham hisobga oladi. Jumladan:
1.   Tilshunoslik   birinchi   navbatda   falsafa   bilan   chambarchas   bog‘liqdir,
chunki   falsafa   tilshunoslikning   metodologiyasini   belgilab   beradi.   Masalan,
dialektika,   sinergetika,   til   va   tafakkur   haqidagi   ta’limot   tilshunoslikning
metodologik asoslarini tashkil etadi. 
2. Tilshunoslik psixologiya bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Tilshunoslik
bilan   psixologiya   o‘rtasida   mavjud   bo‘lgan   muammolar   psixolingvistikada
o‘rganiladi. 
3. Tilshunoslik   tarix   bilan ham o‘zaro bog‘liq, chunki tilning lug‘at tarkibi,
uning ish ko‘rish doirasi va xarakteri jamiyat tarixi bilan uzviy aloqadadir. 
4. Tilshunoslik e tnografiya  bilan ham bog‘liq. etnografiya xalqlarning kelib
chiqishi,   tarkibi,   urf-odatlari,   moddiy,   ma’naviy   va   ijtimoiy   madaniyatini
o‘rganadi.   Tilshunoslik   fani   u   yoki   bu   tilni   o‘rganishda   xalq     etnografiyasi
materiallaridan foydalanib ish ko‘radi.  5. Tilshunoslik tafakkur qonunlari va fikrlash shakllari haqidagi fan bo‘lgan
mantiq  bilan ham bog‘liq. 
6.   Ma’lumki,   ijtimoiy   tuzumga   aloqador,   hayot   bilan   va   kishilarning
jamiyatdagi   munosabatlari   bilan   bog‘langan;   ijtimoiy   jamiyatning   sinflarga
bo‘linishi,   ijtimoiy   ishlab   chiqarish   munosabatlarini   o‘zgartirish   bilan   bog‘liq
qonunlarni   sotsiologiya   fani   o‘rganadi.   Bu   fan   tilshunoslik   bilan   uzviy   bog‘liq
holda taraqqiy etadi. 
7.   Qadimiy   moddiy   madaniyat   yodgorliklari   asosida   kishilik   jamiyatining
o‘tmishini o‘rganuvchi fan –  arxeologiya  ham tilshunoslik bilan bog‘liqdir. 
8.   Tilshunoslik   adabiyotshunoslik   bilan   uzviy   bog‘lan   gandir.   Ularning
aloqasi,     stilistika,   adabiy   til   tarixi,   badiiy   adabiyot   muammolarini   o‘rganishda
yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
9.   Garchi   tilshunoslik   fani   ijtimoiy   fan   bo‘lsa-da,   fizika,   kibernetika,
matematika, fiziologiya  kabi tabiiy fanlar bilan ham bog‘liq holda rivojlanadi. 
Nutq tovushlari xususiyatlarini tasnif qilish tamoyillarini o‘rganishda fizika
fanining   akustika   bo‘limi   tilshunoslikka,   uning   fonetika   sohasiga   katta   yordam
bermoqda. 
Chet   tillarni   o‘qitish,   mashina   yordamida   tarjima   qilish,   turli   tipdagi
lug‘atlarni   tuzishda   tilshunoslik   matematik   metodlarga   va   kibernetika   fani
yutuqlariga tayanadi. 
Tovushlar   artikulyatsiyasi   va   eshitish   qobiliyatini   o‘rganganda,   nutqiy
qobiliyatning   buzilish   sabablarini   tekshirganda   tilshunoslik   fiziologiya ,   tibbiyot
singari fanlarning yutuqlariga tayanib ish ko‘radi. 
Tilshunoslikning   turli   fanlar   bilan   aloqasi   natijasida   har   xil   nazariyalar
paydo bo‘ldi. 
Tilshunoslik   til   haqidagi   mustaqil   ijtimoiy-tarixiy   fan   bo‘lib,   uning   ob’ekti
bo‘lgan   til   tilshunoslikdan   tashqari   bir   necha   fanlar   tomonidan   o‘rganishni   talab
qiladigan murakkab soha bo‘lib hisoblanadi. 
Shunday   qilib,   tilshunoslik   tilning   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishi,   til   va
tafakkur,   til   va   jamiyat   o‘rtasidagi   munosabatlar,   tilning   jamiyatdagi   o‘rni,   ichki tuzilishi   –   tilning   tasnifi,   uni   tahlil   qilish   usullari   va   shu   kabi   masalalarni
o‘rganadigan fandir. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Mirziyoev Sh.   Buyuk kelajagimizni   m ard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.   – T oshkent : O‘zbekiston .  2017.
2.Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2017.
 
3. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.
5. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. - Т oshkent, 2013.
6. Тилшунослик   назарияси   ва   методологияси.   Тузувчи:   Ҳ.
Дадабоев. –Тошкент, 2004.
7. Х olmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

TILSHUNOSLIK FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Reja : 1.Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari. 2.«Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi. 3.Tilshunoslik fanining tarmoqlari. 4.Tilshunoslik fanining aspektlari. 5.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.

1. Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari. Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyoti yo‘llarini bilish, o‘rganish mumkin emas. Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o‘rganadi . Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Muayyan ( xususiy ) tilshunoslik ma’lum bir tilning lug‘at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishi, taraqqiyot yo‘llari hamda qardosh tillarga munosabatini ilmiy asosda sinchiklab o‘rganadi va shu yo‘l bilan tilning lug‘at boyligi, fonetikasini sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini yaratib beradi. Umumiy tilshunoslik esa umuman tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, jamiyatdagi o‘rni va vazifasini, taraqqiyot yo‘lini, til bilan tafakkurning bir-biriga uzviy bog‘liqligini, tilning o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tilshunoslikni tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy tilshunoslik ayrim tilshunoslikni, bir guruh tilshunoslikni va qardosh tilshunoslikni o‘rganish, tekshirish natijasida aniqlangan til hodisasini, til dalillarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi . Ko‘rinadiki, tilshunoslik inson tilini o‘rganadigan mustaqil fandir. Tilshunoslik dastlab, amaliy ahamiyatgagina ega bo‘lgan fan sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, hozir sof nazariy xarakterdagi fanga aylandi. Bashariyat XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi. Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Odamzod o‘zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko‘p yangiliklar yaratdi. Ma’naviy boyliklar orasida tilshunoslik ilmida to‘plangan bilimlar muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk tilshunoslari bo‘ladi. Ular o‘z yurti va xalqining tili haqidagi fikrlarini o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari

etaklovchi bayroq sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida tilshunoslik bilimlari katta ahamiyat kasb etadi. Til va uning ta’rifi . Hozirgacha til ikkita bir-biriga zid dunyoqarash idealistik va materialistik nuqtai nazardan ta’riflanadi. Ongni birlamchi, materiyani ikkilamchi deb biluvchi idealistik yo‘nalishdagi olimlar tilga quyidagicha ta’rif berishadi: «Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir» (F.de Soseyur). «Til – odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik harakatidir» (L.Blumfil’d). «Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir» (B.Grosse). Bu ta’riflarning birortasi tilning to‘liq ta’rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatib, til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir , deb ta’riflaydilar. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ularning ehtiyojlarini to‘la- to‘kis bajaradi, garchand, til o‘zgaruvchan hodisa bo‘lsa-da, u faqat o‘zining ichki ob’ektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Til o‘ziga xos semiologik tizim bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish quroli , jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan-avlodga madaniy-tarixiy an’analarni etkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi . 2. «Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi . «Tilshunoslikka kirish» kursi tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, tuzilishi va tilning taraqqiy etish qonuniyatlari haqidagi, umuman til haqidagi fanning asosiy tushunchalari ni o‘rganadi . Bu kursning yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan terminlar, tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi . SHuning uchun bu kurs umumiy tilshunoslikning dastlabki bosqichi bo‘lib, umuman murakkab til hodisalarini to‘g‘ri tushunishga, ma’lum bir til hamda qardosh til guruhlarini bir-biriga solishtirib, ma’lum til

hodisalarini, lug‘at tartibini, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy jihatdan zamin yaratib beradi . 3. Tilshunoslik fanining tarmoqlari . Kishilarning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilni tilshunoslik fani o‘rganadi. Uning uch tarmog‘i mavjud: 1. E kstralingvistika (ekstra – tashqi, lingvistika – tilga xos) tildan tashqarida, ammo bevosita til bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganadi. ekstralingvistika quyidagi tarmoqlarga ajraladi: A. Sotsiolingvistika . Bunda tilning tabiati va ijtimoiy vazifasi o‘rganiladi. B. Metalingvistika . Bunda til va tafakkur, tilning mazmun tomoni, nutq faoliyati, til birliklarining matn va sharoit bilan aloqasi o‘rganiladi. 2. Intralingvistika . Bunda tilning ichki tizimi, uning birliklari va kategoriyalari, tilning fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi o‘rganiladi. 3. Komparativistika . Bunda tillar qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Bu soha uchga bo‘linadi: A. Qiyosiy tilshunoslik . Bu soha o‘z navbatida qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirma tilshunoslikka bo‘linadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir-biriga qarindosh bo‘lgan tillarni o‘rganadi. Turli tizimdagi tillarni qiyosiy o‘rganish chog‘ishtirma tilshunoslik ob’ektidir. B. Areal (maydon) tilshunoslik . Tilning tarqalish doirasi, tillar xaritasi, mamlakatlarni til tomondan tasvirlash areal tilshunoslik predmeti sanaladi. V. Tipologik tilshunoslik . Tipologiya tillarning qurilishidagi umumiy, universal holatlarni tekshiradi. Bunda barcha tillar, ularning qarindosh yoki qarindosh emasligidan qat’iy nazar o‘rganilaveradi. Tilshunoslik fanining sanab o‘tilgan tarmoqlari negizida turli nazariyalar paydo bo‘lgan. 4. Tilshunoslik fanining aspektlari . Tilshunoslik fani ham ko‘p aspektli fanlar qatoriga kiradi. Uning aniq til faktlariga ko‘ra bir necha turi mavjud: Struktural tilshunoslik.

Xususiy tilshunoslik. Umumiy tilshunoslik. Amaliy tilshunoslik. Nazariy tilshunoslik. Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, o‘zaro bog‘liqligini, tilning struktura tomonini yoritish maqsad qilib qo‘yilgan yo‘nalishi struktural tilshunoslik deb ataladi. Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik tizimi, lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu tilning boshqa tillarga munosabatini o‘rganadi va shu asosda konkret tilning ilmiy grammatikasini yaratishga intiladi. Umumiy tilshunoslik ma’lum bir tilning emas, balki umuman til qonunlari, tilning paydo bo‘lishi, tilning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. Shuningdek, bu fanda konkret tillarni, til guruhlarni, qardosh tillarni o‘rganish natijasida aniqlangan til faktlari umumlashtirilib, muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi. Umumiy tilshunoslik fani tilning tabiati va mohiyati, tilning jamiyat va tafakkur bilan munosabati, tilning strukturasi va sistemalilik xarakteri, tilning kelib chiqishi va taraqqiyot qonunlari, tillar tipologiyasi va tasnifi, tilni o‘rganish metodlari kabi muammolarni o‘rganadi. Tilshunoslikning lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari amaliy tilshunoslik sanaladi. Uning eksperimental fonetika, lingvistik tahlil, leksikografiya kabi yo‘nalishlari mavjud. Nazariy tilshunoslik – tilshunoslikka doir asosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda til haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar umumlashtiriladi. Tilning asosiy muammolari va dolzarb masalalari haqidagi yangi nazariyalar olg‘a suriladi. «Tilshunoslik nazariyasi» kursida tillarni o‘rganish sohasida quyidagi muammolar doirasida mavjud bo‘lgan nazariyalar haqida ma’lumot beriladi: