logo

Jaxon arxeologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.9189453125 KB
Jaxon arxeologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
 
Reja:
1. Jaxon arxeologiyasi fanining maqsad va vazifalari
2. Arxeologiyaning fan sifatida shakllanishi
3. Arxeologik tadqiqotlar tarixi
  1.1   Fanning   maqsadi   –   Jaxon   arxeologiyasining   p aleolit   va   mezolit   davri
madaniyati   xaqida   talabalarda   xolisona   ilmiy   dunyo   qarashni ,   ko‘nikma   va
malaka shakllantirishdir.
Fanning   vazifasi   –   Insoniyat   qadimgi   tarixi   va   uning   asosiy
bosqichlarini o‘rgatishdan iborat.
“Jaxon   arxeologiyasi”   o‘quv   fanini   o‘zlashtirish   jarayonida   amalga
oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:
 “Jaxon   arxeologiyasi”   kursining   maqsad   va   vazifalari,   dastlabki
insoniyat   vakillarining   Janubiy   va   Sharqiy   Afrikada   xayvonot
dunyosidan   ajralishi   va   shakllanishi   muammolari.   Insoniyat
vakillarining Yevroosiyo materigiga tarqalish jarayoni. Uning ekologik
va   ibtidoiy   madaniyatga   ta’siri.   Yevropa,   Yaqin   va   O‘rta   Sharq,
Janubiy-Sharqiy   Osiyo,   Uzoq   Sharq   paleolit   va   mezolit   davri
madaniyatlari   hamda   topilmalari   haqidagi   ilmiy   ma’lumotlardan   ilmiy
maqsadlarda  foydalanishni  bilishi kerak;
 Talaba   tarixiy   ma’lumotlarni   ilmiylik,   tarixiylik,   xolislik   asosida
o‘rganish.   Muzey   ashyolari   va   internet   ma’lumotlarni,   arxeologik
manbalarni   mustaqil   tadqiq   qilish,   o‘rganish   ko‘nikmalariga   ega
bo‘lishi  kerak;
 Arxeologiya   muzeyi,   arxeologik   manbalar   tavsiflari,   ilmiy   tadqiqot
institutlari   materiallaridan   foydalanish     malakalariga   ega   bo‘lish
kerak.
1.2 Arxeologiya   termini   2   ta   yunoncha   so‘z,   “arxayos”-qadimgi   va
“logos”-fanlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘tmish xaqidagi fan degan ma’noni
anglatadi.   Arxeologiya   fani   gumanitar   fanlar   ichida   eng   yosh   fan   bo‘lishiga
qaramasdan,   uning   ildizlari   qadimgi   davrlarga   borib   taqaladi.     Yozma
manbalarga ko‘ra miloddan avvalgi 6 asrda Yangi Bobil hukmdori Nabonid, (ba’zi   manbalarga   ko‘ra,   Nabonagid,   Nabunaid)   qadimgi   ibodatxona   va
sayroylar   fundamentida   qazishma   ishlarini   olib   borgan.   Xozirgi   kunda
Britaniya   muzeyida   u   tomonidan   Sipparda   joylashgan   qadimgi   ibodatxona
asosidan   topilgan   yozuvli   prizma   saqlanmoqda.   Biroq   yozma   manbalar
Nabonid nima maqsadda qazishma ishlarini olib borganligi xaqida ma’lumot
berishmaydi. U Xarranlik bo‘lishi bilan bir qatorda nafaqat qazishma ishlarini
olib borgan balki ko‘plab qurilish ishlarini amalga oshrishgan. Extimol, u bu
qazishma ishlari bilan o‘zining binokorlik soxasida olib borayotgan siyosatini
asoslovchi ma’lum bir isbotlar izlashga xarakat qilgan bo‘lsa, ajabmas. Nima
bo‘lgan taqdirda ham u afsonalar emas balki moddiy manbalarga asoslangan
xolda   o‘tmishni   tiriltirgan.   Arxeologiya   termini   birinchi   marotaba
Aflotunning   “Gippiy”   asarida   qo‘llaniladi.   U   bu   termin   orqali   “o‘tmishdagi
voqea   va   xodisalar   xaqida   ma’lumot   berish”   ni   tushungan.   Arxeologiya
terminini xuddi shunday ma’noda boshqa bir yunonlik olim, faylasuf Diador
ham   o‘z   asarida   qo‘llaydi.   Rimlik   mualliflar   esa   yunoncha   arxeologiya
termini   o‘rnida   antiquitates-qadimiyot   terminini   qo‘llashadi.   Shu   soha
vakillarini   esa   «antiquaries»   -   antikvariy,   ya’ni   qadimiy   topilmalar
xavaskorlari   deya   atashadi.   O‘rta   asrlarda   esa   antikvariylar   deb   qadimgi
qo‘lyozmalarni   ko‘chiruvchilarni   tushunishgan.   Yevropa   Uyg‘onish   davrida
esa antikvariylar deb antik davri san’at namunalarini (ayniqsa yunon va rim
davri)   tadqiq   etuvchi,   kolleksiyasi   bilan   shug‘ullanuvchi   kishilarni
tushunishgan.     1767   yilda   Gettingen   universiteti   professori   Xristian   Gottlib
Geyne   arxeologiya   terminini   qayta   tiklaydi.   Biroq,   X.G.Geyne   ham
arxeologiya   termini   asosida   antik   davri   yodgorliklari   tavsifi   va
klassifikatsiyasini   tushungan.   XIX   asr   boshlariga   qadar   qadimiyot   bilan
shug‘ullanuvchi   kishilarni   faqatgina   antik   davri   topilmalari   qiziqtirgan   va
qadimgi   davr   topilmalarini   o‘rganish   ularning   tadqiqot   doirasiga   kirmagan.
Arxeologiyaning   fan   sifatida   mavjud   bo‘lishi   borasida   olimlar   orasida   bir qancha   qarashlar   mavjud.   Masalan   Britaniyalik   olimlar   arxeologiyani   tarix
soxasining   bir   qismi   ekanligini   ta’kidlashadi.   Britaniyaning   ko‘pgina
universitetlarida   arxeologiya   kursi   tarix   fakultetlarida   o‘qitiladi.   Amerikalik
arxeologlar   esa   arxeologiyani   antrologiyaning   bir   qismi   ekanligini   e’tirof
etishadi   va   shu   sababli   arxeologiya   kurslari   antropologiya     fakultetlarida
o‘qitiladi. 
1.3 Arxeologiya   tarixni   inson   faoliyati   natijasi   xisoblangan   topilmalar
va   yodgorliklar   asosida   o‘rganadi   va   yoritadi.   Inson   faoliyati   natijasida
vujudga   kelgan   qatlamlar   esa   arxeologiyada   madaniy   qatlam   deb   ataladi.
Arxeologik   tadqiqotlar   jarayonida   qayd   etilgan   topilmalar   ya’ni   moddiy
madaniyat namunalari va arxeologik yodgorliklarning yoshini aniqlashda bir
nechta   zamonaviy   usullaridan   foydalaniladi.   Shulardan   biri   Radiokarbon
usuli   bo‘lib,   ushbu   usul   1946   yilda   Uillard   Libbi   tomonidan   yaratilgan.
Bundan   tashqari   rus   olimi   B.   A.   Kolchin   tomonidan   yodgorliklarni
davrlashtirshda   yana   bir   yangi   usul   dendraxronlogiya   usuli   kashf   etilgan.
Qadimgi davrda yashagan va tarix bilan qiziqgan ajdodlarimiz qadimgi davr
yodgorliklari   insoniyat   o‘tmishi   xaqida   guvoxlik   beruvchi   manba   ekanligini
tushunib yetishgan. Dastlab yunonlar qadimgi yodgorliklarga o‘z e’tiborlarini
qaratishgan   va   etnografik   ma’lumotlarga   qiziqish   bildirishgan.   Masalan:
Gerodot   o‘z   asarlarida   Kimmeriya   shoxlari   qabrlari,   skiflarning   moddiy
madaniyati,   Makedoniyaning   Prazias   ko‘lida   joylashgan   qadimgi
manzilgohlar   va   Misr   piramidalari   xaqida   ma’lumotlar   yozib   qoldiradi.
Fukididning “Arxeologiya” asarining birinchi 23 ta bobida o‘tmishdan meros
qolgan   urf-odat,   an’ana   va   qadimiy   yodgorliklarni   taxlil   qilish   asosida
Yunonistonning   qadimgi   davr   tarixini   tiklashga   uringan.   Ellinizm   davrida
adabiyotda   yangi   bir   soxa   “periegesis”-ya’ni   sayoxatchi   olimlar   tomonidan
qadimgi   yodgorliklar   mamlakatlar   va   shaharlar   xaqida   ma’lumotlar   ,
kundaliklar   yozib   qoldirish   sohasi   paydo   bo‘ladi.   Periegetik   adabiyotning tugallangan   klassik   manbasi   sifatida   Pavsaniyning   (milodiy   II   asrda
yashagan)   “Eliada   ta’rifi”   asarini   keltirib   o‘tishimiz   mumkin.   Ushbu   asarda
qadimgi   Yunoniston   hududida   joylashgan   yodgorliklar   moddiy   madaniyat
namunalari   xaqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   Pereegetik   adabiyotning
rivojlanishi   natijasida   qadimgi   topilmalarni   kolleksiya   qilish   jarayoni
kuchayib   ketdi.   Straboning   ma’lumot   berishicha   uning   davrida   Korinfdagi
ko‘plab   qabrlar   talon-taroj   qilingan   va   ulardan   topilgan   noyob   san’at
namunalari   esa   kolleksionerlarga   sotilgan.   Rim   imperiyasi   hukmronligi
davrida esa bu xolatga chek qo‘yilgan. Yevropaning uyg‘onish davrida antik
davri   bilan   shug‘ullanish   Yevropa   jamiyatining   katta   qismini   o‘ziga   jalb
etgan. Bu davr kolleksionerlari antik davri falsafasi va adayoti hamda san’at
namunalarini to‘plash bilan shug‘ullanishgan. 1347 yilda Rim Respublikasini
boshqargan   Kola   di   Rienso   Italiya   birligini   tiklashda   lotin   yozuvlari,
yodgorliklari   va   topilmalari   muhim   o‘ringa   ega   deb   hisoblagan   va   buning
natijasida   Rim   Respublikasining   birinchi   navbatda   o‘tkazgan   tadbiri   bu
Rimning   antik   davri   yodgorliklarini   muxofaza   etish   bo‘lgan.   XV   asrda
sayohatchi   va   qadimgi   topilmalar   xavaskori   bo‘lgan   Kiriako   Ankonskiy
Gresiya,   Makedoniya,   Kichik   Osiyo   davlatlarini   aylanib   chiqqan,   Suriya,
Falastin va Misrda bo‘lib, u yerdagi qadimgi yozuvlar ko‘chirgan, inshootlar
suratlarini chizgan va topilmalarni yiqqan. Uning “qadimgi buyumlar haqida
ma’lumotlar”   kundaligi   arxeologiya   va   etnologiya   haqida   ko‘plab
ma’lumotlarga   ega   bo‘ib,   bu   bilimlarning   ziyolilar   jamiyatida
ommalashtirishda,   yoyishda   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lgan.   XV   va     ayniqsa,
XVI     asrda   Italiyada   qadimgi   davr   topilmalarini   kolleksiya   qilish   juda
kuchayib   ketgan.   Bunga   papalar   Sikst   IVva   Yuliy   II   lar   katta   xissa
qo‘shishgan.     Ular   yerlarag   ishlov   berish   jarayonida   ko‘plab   topilgan
topilmalarni   yig‘ishga   xarakat   qilishgan.   Keyinchalik   esa   maxsus   qazishma
ishlari amalga oshirilgan. 1506 yilda papa Yuliy II Belvederda ya’ni Vatikan saroyida antik davri xaykallari uchun maxsus xovli barpo ettirgan. 1515 yilda
Lev   X   qazishmalar   jarayonida   topilgan   xar   bir   buyumni   papa   xukumatiga
ko‘rsatish   lozimligi   to‘g‘risida   dekret   qabul   qilgan.   Papa   Pavel   III   qadimgi
buyumllar   komissariatini   tashkil   etgan   va   Karakallada   maxsu   qazishma
ishlarini   olib   borgan.   Sayroy   ay’elari   va   xukumatning   boshqa   vakillarini
undan namuna olishgan. Noyob qadimgi davr buyumlarini yiqqan oxirgi papa
Yuliy III 1555 yilda vafot etadi va fan hamda san’atni ta’qib etish boshlanadi.
Antik davri buyumlari esa nopok deya e’lon qilinadi. Biroq bu davrga kelib
antik  davri  buyumlarini  yig‘ish   va  o‘rganish   Italiya  hududidan  chiqib  butun
Yevropaga   va   ayniqsa,   Fransiyaga     yoyilgan   edi.   XVIII   asrda   rim   davri
buyumlarini   kolleksiya   qilish     ishlari   nafaqat   Rimda,   balki   Venesiya,   Parij,
Madrid, Myunxen, Pragada ham olib borilgan. Biroq XVIII asrga qadar olib
borilgan   ushbu   ishlarni   arxeologiya   deb   atab   bo‘lmaydi.   Arxeologik
topilmalarni   tizimlashtirish   borasidagi   dastlabki   harakatlar   arxeologiya
fanidan   alohida   fan   sifatida   ajralib   chiqishga   xarakat   qilgan   etnografiyada
amalga   oshirilgan.   1603   yilda   Geydelberglik   professsor,   golland   Gruter
asosan lotin yozuvlarini o‘z ichiga olgan 12 mingdan ortiq yozuvlardan iborat
to‘plamni   nashr   ettiradi.   Yakob   Grenovius   esa   1699-1702   yillarda   yunon
qadimiyotlari,yozuvlari va san’at namunalaridan iborat ensiklopediyani nashr
ettirgan.   Olimlar   ichidan   birinchilardan   bo‘lib,   fransiyalik   Klod   Peyresk
(1580-1637   yy.)   topilmalarni   xar   tomonlama   o‘rganishga,   me’moriy
yodgorliklarni aniq o‘lchamlarini olish va xaykaltaroshlik mahsulotlarinining
gips   maketlarini   yaratishga   urg‘u   bergan.   Peyresk   fanda   sezirlarli   iz
qoldirmagan   biroq   u   va   uning   agentlari   tomonidan   dunyoning   bir   nechta
mamlakatlarida   10   ta   tomdan   iborat   asarining   7   ta   tomi     nashr   etiladi   va
nashrlad   biz   uning   nafaqat   oddiygina   xavaskor   balki   buyuk   olim
bo‘lganligini   kuzatishimiz   mumkin.   Lionlik   vrach   va   antikvariy   Jak   Spon
(1647-1685   yy)   antik   davri   buyumlari   va   san’at   namunalarini   o‘z   asarlarida yoritishda   ilmiy   yondashuvga   asoslangan   va   bu   topilmalarni   klassifikatsiya
qilishga   xarakat   qilgan.   Bernard   de   Monfokon   (1655-1741   yy.)   ko‘plab
olimlar  asarlarini  nashr   etgan.  U tomonidan  nashr  etilgan  asarlar  ichida  eng
muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   asar   bu   15   tomdan   “suratlarda   tasvirlangan
va   ta’riflangan   qadimiyotlar”   deb   nomlangan   bo‘lib,   1719   yilda   10   tomdan
iborat   birinchi   asari   nashr   yuzini   ko‘radi.   Manfokon   ushbu   asarida   tarqoqo
holda   bo‘lgan   barcha   antikvar   buyumlarni   birlashtirgan,   turdi
mamlakatlardagi   antikvarlar   tadqiqotlari   natijalarini   umumlashtirgan   va
birinchi   marotaba   yunon   hamda   rim   qadimiyotlarini   bir   yaxlit   holda
ko‘rsatishga  erishgan.  1711   yilda  Gerkulanum   va   1748  yilda   esa   Pompeyda
qazishma   ishlari   amalga   oshirilgan.   Dastlab   bu   yodgorliklrada   amalga
oshirgan   qazishma   ishlari   yodgorliklarni   talon-taroj   etish   va   buzish
xarakterida   amalga   oshrilgan   bo‘lsa,   keyinchalik   esa   aynan   mana   shu
yodgorliklardagi qazishma ishlarini tizimlashtirishga alohida e’tibor berilgan.
XVIII asrda klassik arxeologiyaning taraqqiy etishiga ikki olim graf Kelyus
va   Iogaan   Vinkelmanlar   katta   xissa   qo‘shganlar.   Kelyusning   “Misr,   etrusk,
yunon va rim qadimiyotlari to‘plami” nomli 7 tomdan iborat asarida qadimgi
davr   topilmalari   klassifikatsiyasi   ishlari   amalga   oshirilgan.   Epigrafika   va
umuman   olganda   antik   davri   topilmalari   bilan   shug‘ullanish   Angliyada   tez
tarqalgan.   XVII   asrda   Bukingem   gersogi,   graf   Arundel   va   boshqa   a’yonlar
tomonidan   qadimgi   davr   topilmalirini   kolleksiya   qilish   ishlari   amalga
oshrilgan.   Karl   I   o‘zi   xam     qadimgi   davr   san’at   namunalarini   yiqqan   va
qadimgi   topilmalarni   o‘rganish   davlat   manfaatlari   uchun   xizmat   qiladi
farmon   chiqargan.     XVIII   asrning   ikkinchi   yarmida   Angliyada   klassik,
ayniqsa   yunon   davri   topilmalariga   qiziqishda   yangi   davr   boshlanadi,
dastlabki ekspeditsiyalar Yunonistonga jo‘natiladi. Ingliz olimlari Styuart va
Revett uch yil davomida Afinada bo‘lishadi va rangtasvir namunalariga ega
yodgorliklar   o‘lchamlari   va   umuman   yodgorliklar   haqida   hisobotlar keltirilgan   “Afina   qadimiyotlari”   deb   nomlangan   asarni   nashr   etiladi.
Ioniyaga maxsus ekspeditsiya uyushtiriladi va R. Chendler tomonidan ushbu
ekspeditsiya   natijalari   nashr   etiladi.   Inglizlar   Yunoniston,   Kichik   Osiyo,
Suriya   va   Falastinning   boshqa   qismlarida   ham   qazishma   ishlari   olib
borishadi.   Ingliz   antikvariylari   Britaniya   qadimiyotlari   bilan
shug‘ullanishgan.   XVI   asrdan   boshlab   ular   qadimgi   davr   yodgorliklari,   shu
jumladan Stonxendjni o‘rganisha boshlashgan. 1752 yilda Britaniyada miliy
qadimiyotlarni   muhofaza   etish   bo‘yicha   jamiyat   tiashkil   etilgan,   biroq   bu
jamiyat   uzoq   faoliyat   olib   bormadi.   XVII   asrda   alohida   grafliklar   tarixi
yozilgan,   ularning   mualliflari   esa   me’moriy   yodgorlikar   topografiyasiga
alohida   e’tibor   berishgan.   Jiddiy   arxeologik   qazishma   ishlari   boshlangan   va
qadimgi davr yodgorliklari ahamiyatini tushunisha boshlashgan. Djon Obrey
Uiltshir   yodgorliklarini   yoritgan   va   birinchilardan   bo‘lib,   Stonxendj   va
Evbyuri   diniy   marosimlar   o‘tkaziladigan   joy,   druidlar   ibodatxonasi
bo‘lganligini   qayd   etgan.   Bu   davrda   angliyada   dastlabki   ilmiy
jamiyatlartashkil etiladi. 1753-1756 yillarda esa Londonda Britaniya muzeyi
tashkil etiladi. Yuqorida keltirganimizdek dastlab Yevropada   faqatgina antik
davri   moddiy   madaniyat   namunalarini   o‘rganishga   e’tibor   berishgan   bo‘lsa,
keyinchlik   aynan   Angliya   misolida   mahalliy   bitidoiy   jamiyat   davri   moddiy
madnyat   namunalarini   o‘rganishga   e’tibor   kuchayganini   kuzatishimiz
mumkin.     Biroq   kim   va   qachon   birinchi   marotaba   ibtidoiy   jamiyat   davri
yodgorliklariga   e’tibor   bergani   fanda   ma’lum   emas.   O‘rta   asrlar   davrida
qazishma jarayonida topilgan ko‘plab tosh davri qurollarini tabiat xodisalari
maxsuli deb tushunishgan. Bu tosh qurollar yashin urgan vaqtida osmondan
tushgan deb tushunishgan va ularni yashindan uyni himoya qiladi deb uylari
ostonalariga   yoki   tomlariga   qo‘yishgan.   Keyinchalik   esa   ba’zi   olimlar   bu
qurollar   yunonlar   va   rimliklar   tomonidan   maxsus   diniy   marosimlar   uchun
yaratilgan   deb   talqin   qilishgan.   Biroq   XVI   asrda   fransuz   olimi   Vatikandagi botanika   bog‘i   kuzatuvchisi,   vrach   va   minerolog   Mixail   Merkati   bu   tosh
qurollar   osmondan   tushgan   emas,   balki   metalni   hali   bilmagan   ibtidoiy
odamlar   qurollari   bo‘lgan   degan   g‘oyani   ilgari   suradi.   Faqatgina   XIX   asrga
kelibgina insoniyat tarixidagi tosh davri alohida bir ilmiy dotkrina qiyofasiga
ega   bo‘lgan.   Insoniyat   tarixini   davrlashtirish   masalalari   antik   davrida   ham
amalga oshirilgan. Masalan: Qadimgi Rim faylasufi Lukresiy Kar (mil. Avv.
1   asr)   o‘zining   “buyumlar   tabiati   yoki   xususiyati”   asarida   tosh   qurollar   mis
qurollar, mis qurollar esa temir qurollar bilan o‘rin almashganligi sxemasini
keltirib   o‘tadi.   XVIII   asrda   fransuz   faylasufi   J.   Kondorse   insoniyat   tarixini
quyidagicha baliqchilik va ovchilik hamda chorvachilik va dehqonchilik kabi
davrlarga   ajratishni   taklif   etadi.   Kondorse   zamondoshi   Shotlandiyalik
faylasuf   A.   Fergyuson   insoniyat   tarixini   uchta   davrga   ajratib   ko‘rsatadi.
Yovvoyilik,   varvarlik   va   sivilizatsiya.   XIX   asrda   insoniyat   tarixini   moddiy
manbalar   asosida   davrlashtirish   harakati   boshlanadi   va   natijada   arxeologik
davrlartirishning   paydo   bo‘lishiga   olib   keladi.   Aynan   mana   shu   arxeologik
davrlashtirish   Lukresiy   fikrlarini   tasdiqlaydi.   Daniyalik   olim   K.   Tomsen
arxeologik   materillarga   tayanib   insoniyat   tarixidagi   uch   ta   davrni   ajratib
ko‘rsatadi.   Tosh,   bronza   va   temir   davrlari.   Fransuz   arxeologi   G.   Mortile
paleolit   davrini   davrlashtiradi.   Shved   olimi   arxeolog   O.   Montelius   esa
Yevropaning neolit, bronza va ilk temir davrlarini davrlashtiradi. XIXasrning
birinchi   yarmida   shved   olimi   S.   Nilson   quyidagi   davrlarni   keltrib   o‘tadi.
Yovvoyilik,   ko‘chmanchilik,   ko‘chmanchilik   va   sivilizatsiya.   U   bu   davrlar
ichida bosqichlarni ham ko‘rsatib o‘tadi. Masalan: uning fikricha yovvoyilik
davriga   termachilik,   ovchilik   va   baliqchilik   ya’ni   o‘zlashtirma   xo‘jalik,
varvarlik   davriga   ishlab   chiqaruvchi   xo‘jalik   ya’ni   chorvachilik   va
dexqonchilik. Arxeologlar moddiy manbalar   asosida ularning xom ashyo va
tayyorlanish texnikasi xisobga olib insoniyat tarixini davrlashtirishni amalga
oshirishadi. Bundan tashqari geologik davrlashtirish ham mavjud.   Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1. Denbow   J.   The   Archaeology   and   Ethnography   of   Central   Africa
Published: Cambridge University Press. 2013 
2. Suzanne Richard. Near Eastern Archaeology: A Reader. Winona Lake
Indiana.  Eisenbrauns. 2003 
3. Robert   J.   Muckle.   Introducing   Archaeology:   Second   Edition.
University of Toronto Press. 2014 
4. Miriam T. Stark. Archaeology of Asia. Blackwell Publishing Ltd. 2006 
5. Boriskovskiy P.I. Drevneyshee proshloe chelovechestvo M. 1980. 
6. Boriskovskiy P.I. Grigorev G.P. Paleolit Afriki.  Leningrad. 1977.
7. Korobkov   I.I.   Ranov   V.A.   Paleolit   Blijnego   i   Srednego   Vostoka   .
Leningrad 1978. 
8. Boriskovskiy  P.I. Kamennыy  vek  Yujnoy i Yuga  – Vostochnaya  Azii
Leningrad. 1971 
9. Derevyanko   A.P.   Kamenn ы y   vek   Severnoy   Vostochnoy   Sentralnoy
Azii.  Novosibirsk 1975

Jaxon arxeologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1. Jaxon arxeologiyasi fanining maqsad va vazifalari 2. Arxeologiyaning fan sifatida shakllanishi 3. Arxeologik tadqiqotlar tarixi

1.1 Fanning maqsadi – Jaxon arxeologiyasining p aleolit va mezolit davri madaniyati xaqida talabalarda xolisona ilmiy dunyo qarashni , ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – Insoniyat qadimgi tarixi va uning asosiy bosqichlarini o‘rgatishdan iborat. “Jaxon arxeologiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:  “Jaxon arxeologiyasi” kursining maqsad va vazifalari, dastlabki insoniyat vakillarining Janubiy va Sharqiy Afrikada xayvonot dunyosidan ajralishi va shakllanishi muammolari. Insoniyat vakillarining Yevroosiyo materigiga tarqalish jarayoni. Uning ekologik va ibtidoiy madaniyatga ta’siri. Yevropa, Yaqin va O‘rta Sharq, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq paleolit va mezolit davri madaniyatlari hamda topilmalari haqidagi ilmiy ma’lumotlardan ilmiy maqsadlarda foydalanishni bilishi kerak;  Talaba tarixiy ma’lumotlarni ilmiylik, tarixiylik, xolislik asosida o‘rganish. Muzey ashyolari va internet ma’lumotlarni, arxeologik manbalarni mustaqil tadqiq qilish, o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;  Arxeologiya muzeyi, arxeologik manbalar tavsiflari, ilmiy tadqiqot institutlari materiallaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lish kerak. 1.2 Arxeologiya termini 2 ta yunoncha so‘z, “arxayos”-qadimgi va “logos”-fanlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘tmish xaqidagi fan degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya fani gumanitar fanlar ichida eng yosh fan bo‘lishiga qaramasdan, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Yozma manbalarga ko‘ra miloddan avvalgi 6 asrda Yangi Bobil hukmdori Nabonid,

(ba’zi manbalarga ko‘ra, Nabonagid, Nabunaid) qadimgi ibodatxona va sayroylar fundamentida qazishma ishlarini olib borgan. Xozirgi kunda Britaniya muzeyida u tomonidan Sipparda joylashgan qadimgi ibodatxona asosidan topilgan yozuvli prizma saqlanmoqda. Biroq yozma manbalar Nabonid nima maqsadda qazishma ishlarini olib borganligi xaqida ma’lumot berishmaydi. U Xarranlik bo‘lishi bilan bir qatorda nafaqat qazishma ishlarini olib borgan balki ko‘plab qurilish ishlarini amalga oshrishgan. Extimol, u bu qazishma ishlari bilan o‘zining binokorlik soxasida olib borayotgan siyosatini asoslovchi ma’lum bir isbotlar izlashga xarakat qilgan bo‘lsa, ajabmas. Nima bo‘lgan taqdirda ham u afsonalar emas balki moddiy manbalarga asoslangan xolda o‘tmishni tiriltirgan. Arxeologiya termini birinchi marotaba Aflotunning “Gippiy” asarida qo‘llaniladi. U bu termin orqali “o‘tmishdagi voqea va xodisalar xaqida ma’lumot berish” ni tushungan. Arxeologiya terminini xuddi shunday ma’noda boshqa bir yunonlik olim, faylasuf Diador ham o‘z asarida qo‘llaydi. Rimlik mualliflar esa yunoncha arxeologiya termini o‘rnida antiquitates-qadimiyot terminini qo‘llashadi. Shu soha vakillarini esa «antiquaries» - antikvariy, ya’ni qadimiy topilmalar xavaskorlari deya atashadi. O‘rta asrlarda esa antikvariylar deb qadimgi qo‘lyozmalarni ko‘chiruvchilarni tushunishgan. Yevropa Uyg‘onish davrida esa antikvariylar deb antik davri san’at namunalarini (ayniqsa yunon va rim davri) tadqiq etuvchi, kolleksiyasi bilan shug‘ullanuvchi kishilarni tushunishgan. 1767 yilda Gettingen universiteti professori Xristian Gottlib Geyne arxeologiya terminini qayta tiklaydi. Biroq, X.G.Geyne ham arxeologiya termini asosida antik davri yodgorliklari tavsifi va klassifikatsiyasini tushungan. XIX asr boshlariga qadar qadimiyot bilan shug‘ullanuvchi kishilarni faqatgina antik davri topilmalari qiziqtirgan va qadimgi davr topilmalarini o‘rganish ularning tadqiqot doirasiga kirmagan. Arxeologiyaning fan sifatida mavjud bo‘lishi borasida olimlar orasida bir

qancha qarashlar mavjud. Masalan Britaniyalik olimlar arxeologiyani tarix soxasining bir qismi ekanligini ta’kidlashadi. Britaniyaning ko‘pgina universitetlarida arxeologiya kursi tarix fakultetlarida o‘qitiladi. Amerikalik arxeologlar esa arxeologiyani antrologiyaning bir qismi ekanligini e’tirof etishadi va shu sababli arxeologiya kurslari antropologiya fakultetlarida o‘qitiladi. 1.3 Arxeologiya tarixni inson faoliyati natijasi xisoblangan topilmalar va yodgorliklar asosida o‘rganadi va yoritadi. Inson faoliyati natijasida vujudga kelgan qatlamlar esa arxeologiyada madaniy qatlam deb ataladi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida qayd etilgan topilmalar ya’ni moddiy madaniyat namunalari va arxeologik yodgorliklarning yoshini aniqlashda bir nechta zamonaviy usullaridan foydalaniladi. Shulardan biri Radiokarbon usuli bo‘lib, ushbu usul 1946 yilda Uillard Libbi tomonidan yaratilgan. Bundan tashqari rus olimi B. A. Kolchin tomonidan yodgorliklarni davrlashtirshda yana bir yangi usul dendraxronlogiya usuli kashf etilgan. Qadimgi davrda yashagan va tarix bilan qiziqgan ajdodlarimiz qadimgi davr yodgorliklari insoniyat o‘tmishi xaqida guvoxlik beruvchi manba ekanligini tushunib yetishgan. Dastlab yunonlar qadimgi yodgorliklarga o‘z e’tiborlarini qaratishgan va etnografik ma’lumotlarga qiziqish bildirishgan. Masalan: Gerodot o‘z asarlarida Kimmeriya shoxlari qabrlari, skiflarning moddiy madaniyati, Makedoniyaning Prazias ko‘lida joylashgan qadimgi manzilgohlar va Misr piramidalari xaqida ma’lumotlar yozib qoldiradi. Fukididning “Arxeologiya” asarining birinchi 23 ta bobida o‘tmishdan meros qolgan urf-odat, an’ana va qadimiy yodgorliklarni taxlil qilish asosida Yunonistonning qadimgi davr tarixini tiklashga uringan. Ellinizm davrida adabiyotda yangi bir soxa “periegesis”-ya’ni sayoxatchi olimlar tomonidan qadimgi yodgorliklar mamlakatlar va shaharlar xaqida ma’lumotlar , kundaliklar yozib qoldirish sohasi paydo bo‘ladi. Periegetik adabiyotning

tugallangan klassik manbasi sifatida Pavsaniyning (milodiy II asrda yashagan) “Eliada ta’rifi” asarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Ushbu asarda qadimgi Yunoniston hududida joylashgan yodgorliklar moddiy madaniyat namunalari xaqida ma’lumotlar keltiriladi. Pereegetik adabiyotning rivojlanishi natijasida qadimgi topilmalarni kolleksiya qilish jarayoni kuchayib ketdi. Straboning ma’lumot berishicha uning davrida Korinfdagi ko‘plab qabrlar talon-taroj qilingan va ulardan topilgan noyob san’at namunalari esa kolleksionerlarga sotilgan. Rim imperiyasi hukmronligi davrida esa bu xolatga chek qo‘yilgan. Yevropaning uyg‘onish davrida antik davri bilan shug‘ullanish Yevropa jamiyatining katta qismini o‘ziga jalb etgan. Bu davr kolleksionerlari antik davri falsafasi va adayoti hamda san’at namunalarini to‘plash bilan shug‘ullanishgan. 1347 yilda Rim Respublikasini boshqargan Kola di Rienso Italiya birligini tiklashda lotin yozuvlari, yodgorliklari va topilmalari muhim o‘ringa ega deb hisoblagan va buning natijasida Rim Respublikasining birinchi navbatda o‘tkazgan tadbiri bu Rimning antik davri yodgorliklarini muxofaza etish bo‘lgan. XV asrda sayohatchi va qadimgi topilmalar xavaskori bo‘lgan Kiriako Ankonskiy Gresiya, Makedoniya, Kichik Osiyo davlatlarini aylanib chiqqan, Suriya, Falastin va Misrda bo‘lib, u yerdagi qadimgi yozuvlar ko‘chirgan, inshootlar suratlarini chizgan va topilmalarni yiqqan. Uning “qadimgi buyumlar haqida ma’lumotlar” kundaligi arxeologiya va etnologiya haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ib, bu bilimlarning ziyolilar jamiyatida ommalashtirishda, yoyishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. XV va ayniqsa, XVI asrda Italiyada qadimgi davr topilmalarini kolleksiya qilish juda kuchayib ketgan. Bunga papalar Sikst IVva Yuliy II lar katta xissa qo‘shishgan. Ular yerlarag ishlov berish jarayonida ko‘plab topilgan topilmalarni yig‘ishga xarakat qilishgan. Keyinchalik esa maxsus qazishma ishlari amalga oshirilgan. 1506 yilda papa Yuliy II Belvederda ya’ni Vatikan