TEXNIKA FALSAFASINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI















TEXNIKA FALSAFASINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 1 Texnika falsafasining ob’ekti va predmeti 2 Texnika falsafasining qonun va kategoriyalari 3 Texnika falsafasining metod va prinsiplari
1-§. Texnika falsafasining ob’ekti va predmeti Har qanday jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ilm-fanning rivojisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki,ular moddiy va ma’naviy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida jamiyatning bugungi kunini va kelgusidagi istiqbollarini belgilab beruvchi omillardan biri hisoblanadi. Zero,shunday ekan fan nima, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Fan – bu tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fanning o‘ziga xos ob’ekti va unga mos keluvchi predmeti mavjuddir. Fanning ob’ekti – kishilarning maqsadi, faoliyati, dikqat-e’tibori qaratilgan ob’ektiv borliq, moddiy va ruhiy dunyo, voqelik, mavjudot, voqea, hodisa, jarayon, shaxs, narsa, buyum va hokazolardir. Fanning predmetini ana shu ob’ektlar va ularni aks ettirishdan hosil bo‘lgan bilimlarning majmui va o‘rganiladigan masalalar tashkil qiladi. Har bir fanni o‘rganish, eng avvalo, uning ob’ektini va predmetini aniqlab olishdan boshlanadi. Bu esa o‘rganilayotgan fanning boshqa fanlardan farqini ko‘rsatadi. Barcha fanlarni ob’ekti va predmetiga ko‘ra ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga tabiat qonuniyatlarini o‘rganuvchi matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi tabiiy fanlar, ikkinchi guruhga esa kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi falsafa, tarix, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, adabiyot, huquqshunoslik . Bunda texnika falsafasi tabiiy va ijtimoiy fanlarning integratsiyalashuvi oqibatida yuzaga kelgan integrativ falsafiy fanlar turkumiga kiradi. Texnika falsafasi – eng muhim integrativ falsafiy fanlardan biri sanaladi. Chunki u kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan texnika va tex nologiya larni yaxlit tabiiy – ijtimoiy hodisa va voqelik sifatida o‘rganadi. Demak, mavjud voqelikda yuz berayotgan, texnika va texn ologiya larga tegishli narsa, hodisa hamda jarayonlar t exnika falsafasining ob’ektini tashkil etadi.
Texnika va texnologiyalarga tegishli narsa, hodisa va jarayonlar turlicha bo‘lib, ular bir tomondan: texnika va texn ologiya larning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlari; bir texnika va texnalogik ishlanmalar o‘rniga boshqa bir yangicha texnika va texnologiyalarning vujudga kelishi; texnika va texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash tamoyillarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; texnikaviy munosabatlarni o‘rnatish ishlarini tashkil etish; davlatning texnikaviy ichki va tashqi siyosati; jamoat tashkilotlari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar bilan munosabatlari; xalqlar o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar; ikkinchi tomondan : texnika va texnologiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi; davlat, shaxs, jamoalar o‘rtasida bo‘ladigan ilmiy texnikaviy-ijtimoiy munosabatlar; qonunchilik, huquq-tartibot; muhandis,texnik, traktorchi, mexanizator, muhandis-texnik, texnikaviy mas’uliyat,texnikaviy xavfsizlik,texnikaviy ofat,texnikaviy ong va tafakkur,texnikaviy madaniyat,texnikaviy savodsizlik, texnikaviy faoliyat va h.k.ni qamrab oladi. Texnika va texnologiyalarga oid hodisalar, jarayonlar xilma-xil va ko‘p qirralidir. Shu sababli, texnika va texn ologiya lar tabiiy, gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy fanlarning turli sohalarida o‘rganiladi. Texnika falsafasi texnika va texn ologiya larning nazariy ,ilmiy-amaliy muammolarini o‘rganadi. Shu o‘rinda «nazariya» so‘zining ma’nosi nima, degan tabiiy savol tug‘iladi. Nazari ya 1 – jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini mujassamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiy umumlashtirilishidir. Nazariya va amaliyot – o‘zaro chambarchas bog‘liq hodisalar. Nazariya bamisoli amaliyotning y o‘ lini yoritib turuvchi kuchli mayoq bo‘lib, amaliyot bilan uzviy bog‘langan, amaliyotga xizmat qiladi hamda amaliyotdan kelib chiqadi. Amaliyotsiz nazariya – “cho‘loq”, nazariyasiz amaliyot “ko‘r”dir. Tabiiy-i jtimoiy fanlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan, t exnika va informatsion texnologiyalar falsafasi amaliyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, texnikaviy - texnologik ijtimoiy amaliyot taraqqiyotining yo‘nalishlarini belgilab 1 «Назария» арабча сўз бўлиб, «таълимот», «қоидалар мажмуи», «умумлашма фикр», деган маъноларни англатади.
beradi. U texnikaviy-texnologik ijtimoiy amaliyot xulosalari va tajribalarining mantiqan umumlashmasi, sintezidir. Texnika falsafasi tarixiy taraqqiyot jarayonida ilgari surgan vazifalar negizida o‘z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, ularni boyitadi va rivojlantiradi. Texnika va texnologiya har bir jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichidir. Texnika va informatsion texnologiyalar falsafasi fani – texnika va informatsion texnologiyalar rivojining umumiy qonunlari haqidagi fan bo‘lib, uning predmetini texnika va texnologiyalarning mohiyati, kelib chiqishi, rivojlanish prinsiplari va qonuniyatlari haqidagi bilimlar tashkil etadi. Har bir jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlar va islohotlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu jarayonlarga jahon, davlat va jamiyat taraqqiyoti talablari, andazalari va tamoyillari nuqtai nazaridan qarash zarur. Bu, bir tomondan, O‘zbekistondagi islohotlarning yo‘nalishlari va mezonlari, qadriyatlari va maqsadlarini aniq belgilashga yordam bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatimizda texnika va texnologiyalar qachon paydo bo‘lgan, qanday rivojlangan, qayoqqa qarab ketayapti, uning o‘ziga xos jihatlari, rivojlanishining shakl va ko‘rinishlari qanday, mezonlari bormi yoki dunyodagi mavjud milliy va umuminsoniy mazmundagi texnikaviy taraqqiyot o‘zanidan ketayaptimi, degan savollarga javob topish imkonini beradi. Ana shu muammolar t exnika va informatsion texnologiyalar falsafasi ning asosiy masalalarini tashkil etadi. 2 -§ . Texnika falsafasining qonun va kategoriyalari Har bir fanning o‘z qonunlari va kategoriyalari bor. Texnika falsafasining ham texnika va texnologiyalarga oid hodisa, voqea, jarayonlarni o‘zida aks etiruvchi, ularning tub mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi qonunlari, kategoriyalari mavjud.
Texnika falsafasining qonunlari 2 deb , jamiyat hayotida mavjud bo‘lgan texnika va texnologiyalarning rivojlanishiga oid hodisalar, jarayonlarining muhim, zaruriy, umumiy, nisbatan barqaror bo‘lgan, rivojlanish xususiyati va yo‘nalishlarini belgilaydigan, aniq bir natijalarni keltirib chiqarishga moyillik tug‘diradigan munosabatlar majmuiga aytiladi. Texnika falsafasining texnika va texnologiyalarga tegishli hodisa va jarayonlarning barchasini emas, balki ularning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Bularga quyidagilar: kishilar ongi va irodasiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv, muhim, barqaror bog‘lanishlar; sabab oqibat bog‘lanishlaridan kelib chiquvchi, bir birini taqozo etuvchi, o‘zaro ta’sir qiluvchi sababiy, zaruriy aloqadorliklar;ichki imkoniyatdan, mohiyatdan kelib chiqqan holda, texnika va texnologiyalarning rivojlanish xususiyati va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi tomonlar; muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda ma’lum bir natijalarni keltirib chiqaruvchi munosabatlarni ochib beruvchi xususiyatlar kiradi. Texnika falsafasining qonunlarini quyidagilar tashkil etadi: Birinchisi – texnika va texnologiyalarning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi, inson va jamiyatning texnika va texnologiyalarning moddiy, texnika va texnologiyalarning esa inson va jamiyatning madaniy-texnikaviy asosini tashkil etishi va ularni uyg‘unlashtirishi qonuni. Ikkinchisi – texnika va texnologiyalarning bir-birini taqozo etishi, ya’ni texnikasiz texnologiya , texnologiyasiz texnikaning mavjud bo‘lolmasligi, ularning bir biridan ajralmasligi, texnologiyalarning texnikaviy amaliyotni amalga oshirishi qonuni. 2 «Қонун» арабча сўз бўлиб, ўзбек тилида «тартиб», «қоида», «кўрсатма», «ҳуқуқ», «усул», «расм» деган маъноларни англатган ҳолда: 1) фалсафий маънода – объектив борлиқда турли ҳодисалар ўртасида киши онгидан ва ихтиёридан ташқари ҳамиша мавжуд бўлган муҳим,зарурий,барқарор боғланиш,муносабат; 2) юридик маънода – давлат ҳокимияти томонидан қабул қилинган,ҳамма учун мажбурий бўлган ижтимоий-ҳуқуқий меъёр ва муносабатларни белгиловчи расмий қоида; ана шундай муносабатларни мустаҳкамлаш,ривожлантириш ва тартибга солиш воситаси эканлигини ифодалаш учун ишлатилади.