logo

LINGVOKULTUROLOGIYANING TADQIQOT OBYEKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.6787109375 KB
LINGVOKULTUROLOGIYANING TADQIQOT OBYEKTI, PREDMETI,
MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti 
2. Lingvokulturologiyaning  predmeti
3. Lingvokulturologiyaning maqsadi va vazifalari     1.   Lingvokulturologiyaning   tadqiqot   obyekti.   Tadqiqotning   obyekti
deganda   borliqning   ayrim   sohasidagi   o‘zaro   aloqadagi   jarayonlar,   hodisalar
majmuyi, tadqiqotning predmeti deganda esa o‘ziga xos xususiyatga, jarayonga va
mezonlarga   ega   bo‘lgan   obyektning   ayrim   qismi   tushuniladi.   Masalan,   barcha
ijtimoiy fanlar uchun umumiy obyekt inson, ularning predmeti insonning muayyan
tomoni va faoliyati hisoblanadi. 
  Lingvokulturologiyaning   obyekti   –   madaniyat     va   tilning   o‘zaro   aloqasi,
o‘zaro ta’sirini bir butunlikda tadqiq qilishdir.
Lingvokulturologiya   tilni   madaniyatning   fenomeni,   madaniyatni   tashuvchisi
sifatida   o‘rganadi.   Madaniyatni   tildan   foydalanuvchi   inson   yaratadi.
Lingvokulturologiyaning   obyekti   lingvistiki   va   kulturologiya,   etnografiya   va
psixolingvistika singari qator fundamental fanlarning kesishmasida joylashadi 1
.
Lingvokulturologiyaning   obyekti   haqida   ba’zi   munozarali   fikrlar   ham   yo‘q
emas.   Jumladan,   V.N.Teliyaning   fikricha,   lingvokulturologiya   til   va
madaniyatning   faqat   sinxron   aloqasini   o‘rganadi.   V.A.Maslovaga   ko‘ra,   bu   soha
tilni   ham   sinxron,   ham   diaxron   jihatdan   o‘rganadi.   Bundan   tashqari,     V.N.Teliya
lingvokulturologiya   obyekti   umuminsoniy   xarakterga   ega   bo‘lishini   ta’kidlagan
bo‘lsa,   V.A.Maslova   muayyan   xalq   yoki   qardosh   xalqlar   tilining
lingvokulturologik xususiyatlari alohida o‘rganilishi lozimligini uqtiradi 2
. 
5.2.Lingvokulturologiyaning predmeti.   Lingvokulturologiyaning predmeti
–   madaniyatda   ramziy,   obrazli,   metaforik   ma’no   kasb   etgan   va   natijalari   inson
ongida   umumlashtirilib   mif,   afsona,   folklor   va   diniy   diskurslarda,   poetik   va
prozaik   badiiy   matnlarda,   frazeologizmlarda,   metaforalarda   va   ramzlarda   aks
etadigan   til   birliklari   sanaladi.   Bunda   muayyan   lingvokulturologik   birlik   bir
paytning  o‘zida   bir   qancha   semiotik  tizimlarga   tegishli   bo‘lishi   mumkin:   ma’lum
bir odat frazeologizmga, maqolga, matalga aylanishi mumkin. 
1   Маслова В. А. Лингвокультурология:  Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. - М.: 
Издательский центр «Академия», 2001.  –С.35-36. 
2  Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концеатуальные исследования. Введение: учебное пособие. –
М.: Флинта, 2011.  Tadqiqot   obyektining   vaziyatidan   kelib   chiqqan   holda,   uning   alohida
lingvokulturologik   birliklardan   tashkil   topgan   bir   qancha   predmetlarini   ko‘rsatish
mumkin.  
1.   Muqobilsiz   leksika   va   lakunalar .     Har   qanday   til   yoki   dialektda   boshqa
tilga   bir   so‘z   bilan   tarjima   qilib   bo‘lmaydigan   so‘zlar   mavjud   bo‘ladi.   Bunday
so‘zlarga   muqobilsiz   leksika   deyiladi.   Muqobilsiz   leksika   muayyan   xalq
madaniyatiga   xos   hodisalarni   aks   ettiradi.   U   ko‘pincha   mahalliy   xalqqa   xos   pul,
masofa-uzunlik   birliklari,   ro‘zg‘or   ashyolari,   kiyim-kechak,   yegulik-ichkilik   va
h.k.   tushunchalarni   anglatadigan   so‘zlardan   tarkib   topadi.   Muqobilsiz   leksika
boshqa   tilga   o‘zlashtirilganda   ularga   ekzotik   leksika   (ekzotizmlar)   deyiladi.
Ekzotizmlar   va     etnografizmlar   o‘zga   madaniyatning   ramzi   sanaladi.   Jumladan,
spiker,   kriket,   shilling   –   Angliya;     yaylov,   qishloq,   ariq,   dehqon,   cho‘l   –   O‘rta
Osiyo;   sakura,   geysha,   ikebana,   sake   –   yapon   madaniyatining   belgilarini
assotsiatsiyalaydi.   O‘zbek   madaniyatining   belgilarini   palov,   patir,   sumalak,
ko‘rpacha,  belbog‘   (belida  belbog‘i  bor),    do‘ppi   (do‘ppisi  osmonda,   do‘ppi  tor)
va h.k. so‘zlarda ko‘rish mumkin.  
Muqobilsiz   leksikani   boshqa   tilga   tarjima   qilib   berish   o‘zini   oqlamaydi.
Shuning   uchun   uni   transliterat siya   yo‘li   bilan   talqin   etish   maqsadga   muvofiqdir.
“Amerika   Qo‘shma   Shtatlari   “dollar”ining,   ingliz   “funt   sterling”ining,   nemis
“marka”siyu   hind   “rupiya”sining,   afg‘on   “afg‘oniy”sining   transliteratsiya
qilinmasdan, o‘zbek “so‘m”i bilan almashtirib qo‘yilishi, AQSh “brendi”si, ingliz
“viski”si, nemis “shnapse”sining rus “vodka”si orqali talqin etilishi ingliz boshiga
“shlyapa”   o‘rniga   o‘zbek   “do‘ppi”sini,   egniga   “palto”   yoki   “plashch”   o‘rniga
“to‘n” yoki “yaktak” kiygizib qo‘yish bilan baravar” 3
. 
Bir   tildagi   so‘z   boshqa   tilda   muqobilini   topa   olmagan   o‘rinlarda   har   doim
lakuna hodisasi voqelanadi.  Lakunalar  (lot.  lacuna  – bo‘shliq,  chuqurlik,  cho‘nqir
joy)   –   matnda   bo‘sh   qolgan,   tushib   qolgan   joy,   “tilning   semantik   xaritasidagi   oq
dog‘lar”dir 4
.   Muqobilsiz leksika singari lakunalar ham tillarning qiyosida seziladi.
3  Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. –Тошкент: Фан, 2005. – Б. 93.
4  Степанов Ю.С. Французская стилистика. –М., 1965. –C. 120.  Masalan,   ingliz   tilida   “yurist,   advokat”   ma’nosini   anglatgan   lawyer   so‘zidan
boshqa   advokatlik   kasbining   turli-tumanligini   ifodalaydigan   attorney   “vakil”,
barrister   “oliy   sudlarda   ishtirok   etish   huquqiga   ega   bo‘lgan   advokat”,   solicitor
“mijozlarga   va   tashkilotlarga   maslahat   beruvchi;   quyi   sudlarda   ishtirok   etish
huquqiga   ega”,   counsel   “yuriskonsult”,   counsellor   “maslahatchi”,   advocate   “oliy
darajadagi   advokat”   (Vyelikobritaniya,   1978).     O‘zbek   va   rus   tillarida   qayd
qilingan ifodalarga faqat bir  advokat  so‘zigina muqobil bo‘ladi. 
2.   Mifologiyalashtirilgan   til   birliklari .   Bular   arxetiplar   va   mifologemalar,
udumlar   va   rivoyatlar,   taomillar   va   urf-odatlar   sanaladi.   Har   bir   aniq
frazeologizmda   butun   boshli   bir   mif   emas,   balki   mifologema   aks   etadi.
Mifologema  – bu mifning “bosh qahramoni”,  uning muhim personaji yoki vaziyati
bo‘lishi va u mifdan mifga o‘tishi mumkin.  Mifning asosida odatda arxetip yotadi.
Arxetip  – individlar ongida paydo bo‘ladigan va madaniyatda tarqaladigan turg‘un
obraz.   Arxetip   tushunchasi   K.G.Yung   tomonidan   1919   yilda   e'lon   qilingan
«Инстинкт и бессознательное»   maqolasida muomalaga kiritilgan. K. G. Yungga
ko‘ra, barcha odamlarda tush, miflar, ertak va afsonalarda paydo bo‘ladigan ayrim
umumiy   ramzlar   –   arxetiplarni   g‘ayriixtiyoriy   shakllantiradigan   tug‘ma   qobiliyat
bo‘ladi. Arxetiplarda shaxsiy tajriba oqibatida emas, balki ajdodlardan meros qilib
olingan   «kollektiv   g‘ayriixtiyoriylik»   ifodalanadi.   K.   Yung   genetik   nazariya
doirasida   arxetipning   mifologiya   bilan   chambarchas   bog‘liqligini   belgilaydi.
Binobarin, mifologiya  arxetiplarning omboridir 5
. 
O’zbek kundalik turmushida non muhim ozuqa hisoblanadi. Xalqimiz nonni
azaldan   hurmat   qiladi,   hamma   narsadan   afzal,   aziz   va   muqaddas   biladi.   Ota-
bobolardan   qolib   kelayotgan   udum,   an’anaga   binoan,   hatto   nonni   teskari
tishlamaydilar,   nonning   ustiga   boshqa   narsalarni   qo‘ymaydilar,   nonni   ustidan
hatlab o‘tmaydilar, agar non qo‘ldan yerga tushib ketsa, darhol uni olib, uch marta
o‘pib,   peshanalariga   suradilar,   non   ushoqni   dasturxon   ustida   ko‘rsalar   barmoqni
ho‘llab,   ushoq   ustiga   bosib,   yeb   qo‘yadilar.   Nonga   hurmat-ehtirom   bilan
5  Маслова В. А. Лингвокультурология:  Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: 
Издательский центр «Академия», 2001.  –С.37.  munosabatda   bo‘lish   bolalarga   yoshlikdan   o‘rgatiladi,   ularga   nonning   ushog‘ini
yerdan yig‘ib olish, uni e'zozlash va oyoq osti qilmaslik zarurligi uqtiriladi. Biron
o‘zbek   yo‘lga   chiqsa,   albatta,   o‘zi   bilan   birga   non   oladi.   Shunga   ko‘ra,   tarkibida
non   komponenti   ishtirok   etgan   non   yemoq,   noni   butun,   noni   yarimta   bo‘ldi,   non
ursin   singari frazeologizmlarning asosida   non   arxetipi hayot, tirikchilik, rizq-ro‘z,
to‘kin-sochinlik  ramzi   sifatida  keladi.   Non   arxetipi,  binobarin,  nonni   peshana   teri
bilan topilishi, uni halollab yeyilishi  Muqaddas  kitoblardan boshlab (“Sen yerdan
olingansan   va   yerga   qaytguningga   qadar   peshana   teri   bilan   non   yeb   yurasan”.
Ibtido   3.   620b.),     o‘zbek   xalq   dostonlarida,   ertaklarida,   rivoyatlarida     va   h.k.da
uqtirilgan. 
3.   Tilning   paremiologik   (maqol   va   matallar)   fondi .   Tilning   paremiologik
fondini   xalq   durdonalaridan   tuzilgan   va   uning   madaniyatidan   mustahkam   o‘rin
olgan   javohir   sandig‘i   deyish   mumkin.   Ma’lumki,   maqol   va   matallar
folklorshunoslikda   janr   matnlari   sifatida   keng   o‘rganilgan.   Ularni   tilshunoslikda,
xususan,   lingvokulturologiyada   o‘rganish   endi   boshlanmoqda.   Pragmatik   nuqtayi
nazardan   maqollar   turli   maqsadlarda,   jumladan,   ayni   maqol   kesatish,   yupatish,
o‘git   berish,   maslahat   berish,   saboq   berish,   ogohlantirish,   tahdid   qilish   va   h.k.
qo‘llanishi   mumkin.   Biroq   har   qanday   maqol   va   matal   ham   lingvokulturologik
tadqiqotlarning   predmeti   bo‘lavermaydi.   Bu   o‘rinda   faqat   muayyan   xalq   yoki
etnosning   tarixi,   madaniyati,   turmushi,   ma’naviyati   va   h.k.   bilan   chambarchas
bog‘liq bo‘lgan maqol va matallar o‘rganilishi lozim bo‘ladi. Masalan, Andijonda
mehmon   kelgan   xonadonga   hurmat   yuzasidan   qo‘shnilar   dasturxon   chiqazishadi.
Shuningdek,   o‘zbek   xonadonlarida   qo‘shnilar   o‘rtadagi   devorning   biror   yeridan
teshik ochib qo‘yishadi. Bu teshik orqali bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashadi, tansiq
ovqat qilganlarida biron idishda shu ovqatdan uzatishadi.  Mehmon kelar eshikdan,
rizqi kelar teshikdan  maqoli ana shu odatning ta’siri tufayli yuzaga kelgan. Ba’zan
muayyan   bir   tilning   realiyalari   ana   shu   tilning   maqollarida   ham   o‘z   aksini   topib
majoziy   ma’no   kasb   etadi.   Masalan,   Bosh   omon   bo‘lsa,   do‘ppi   topilar   maqolida
o‘zbek milliy kiyim-kechaklarining atributi bo‘lgan do‘ppi realiyasi ishtirok etgan.
Mazkur   maqol:   “Kishi   uchun   eng   zarur   narsa,   eng   katta   boylik   –   tanisog‘lik. Sog‘lik bo‘lsa, boshqa hamma narsani topish mumkin, ammo hech bir narsa bilan
sog‘likni topib bo‘lmaydi” degan ma’noni ifodalash uchun qo‘llaniladi. 
    4.   Tilning   frazeologik   fondi   xalq   madaniyati   va   mentalitetining   qimmatli
ma’lumotlar   manbayi   sanaladi.   Frazeologizmlarda   muayyan   xalqning   miflari,
udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi
tasavvurlari   mujassamlashgan   bo‘ladi.   Masalan,   ko‘rpasiga   qarab   oyoq   uzatmoq
“imkoniyatini   hisobga   olib   ish   tutmoq”,   tanobini   tortmoq   “faoliyat   doirasini,
imkoniyatini   cheklab   qo‘ymoq”,   to‘ydan   ilgari   nog‘ora   qoqmoq   “ro‘yobga
chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirmoq”,
to‘nini teskari kiyib olmoq  “o‘chakishgan holda qaysarlik qilmoq”,  xamir uchidan
patir   “katta   ko‘p   narsadan   boshlang‘ich   va   kichik   bir   qism”,   xirmon   ko‘tarmoq
“ekin-tikinni   yig‘ib,   hosil   me’yorini   hisob-kitob   qilmoq”,   Xo‘ja   ko‘rsinga
“shunchaki   nomigagina”,   Xizrni   yo‘qlasam   bo‘lar   ekan   “kimnidir   ko‘rish   istagi
qo‘qisdan   ro‘yobga   chiqqanda   aytiladigan   ibora”.   Biron   tilning   o‘zigagina   xos
bo‘lgan   hisob   so‘zlari   qolipining   frazeologizmlarga   ko‘chganini   ko‘rish   mumkin.
Masalan,   “juda   qisqa,   juda   oz   vaqt   davom   etadigan”   ma’nosidagi   bir   tutam   ( Bir
tutam   qish   kuni   Gulnor   uchun   bitmas-tugamas   uzoq   ko‘rindi),   “qittak,   ozgina”
ma’nosidagi  bir chimdim  (Hazil-huzul,  bir chimdim  suhbatdan so‘ng Mirhaydar va
O‘ktam   paxta   dalasiga   yo‘l   oldilar),   “jindak,   qittak,   juda   oz”   ma’nosidagi   bir
shingil   (Qani,   shunaqa   bemaza   hazildan   bir   shingil   ashula   yaxshi),   “juda   yosh,
deyarli   go‘dak”   ma’nosidagi   bir   qarich   ( Bir   qarichligimdan   yetim   qolib,
amakining   xizmatida   o‘tib   ketganman)   singari   frazeologizmlar   shular
jumlasidandir.   
5.   O‘xshatishlar,   ramzlar,   stereotiplar .   O‘xshatishlar   o‘ziga   xos   obrazli
tafakkur   tarzining   mahsuli   sifatida   yuzaga   keladi.   Shuning   uchun   ular   nutqda
hamisha   badiiy-estetik   qimmatga   molik   bo‘ladi,   nutqning   emotsional-
ekspressivligi,   ifodaliligi,   ta’sirchanligini   ta’minlashga   xizmat   qiladi.
O‘xshatishlarning   ikki   turi:   1)   individual-muallif   o‘xshatishlari   yoki   erkin
o‘xshatishlar va 2) umumxalq yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi.  Turli   lingvomadaniyatlarda   muayyan   bir   narsaning,   masalan,   hayvonning
turg‘un   o‘xshatish   etaloni   sifatida   qo‘llanishini   kuzatish   mumkin.   Masalan,
aksariyat   tillarda   tulki   ayyorlik,   aldoqchilik,   yolg‘onchilik   ramzi,   etaloni   sifatida
faol   ishlatiladi:   tulkiday   ayyor,   хитрый   как   лиса   (ruscha) ,   as   false   as   fox
(inglizcha),   you   chorom   (koreyscha).   Yoki     o‘zbek   tilining   o‘ziga   xos
o‘xshatishlari sifatida  qo‘ydek yuvosh ,  arvohday ozg‘in ,  moldek ovqat yeydi  va h.k.
ni ko‘rsatish mumkin. 
Mazkur   o‘xshatish   etalonlari   milliy   dunyoqarash,   dunyodagi   hodisalarni
milliy tasavvurlarga ko‘ra taqqoslash, qiyoslash  natijasida shakllangan.  Etalonlar
dunyoning obrazli qiyoslanishidir. Tilda etalonlar  ko‘pincha turg‘un qiyoslamalar
ko‘rinishida   mavjud   bo‘ladi,   shunga   qaramay,   insonning   dunyoni   taqqoslashdagi
har qanday tasavvuri ham etalon bo‘lishi mumkin. 
Xullas,   o‘xshatish   etalonlari   predmetlar,   obyektlar   va   hodisalarning
xususiyatini, sifatini qiyoslaydigan mohiyatdir.  
Ramz   tushunchasi  qator  fanlar  nuqtayi  nazaridan turlicha talqin qilinadi:  1)
ramz   –   belgi   bilan   o‘xshash   tushuncha   (tillarni   sun'iy   formallashtirishda);     2)
hayotni   san’at   vositasida   obrazli   o‘rganishning   o‘ziga   xosligini   ifodalovchi
universal   kategoriya   (estetika   va  san’at   falsafasida);   3)   muayyan   madaniy  obyekt
(madaniyatshunoslikda,  sotsiologiyada va boshqa ijtimoiy fanlarda); 4) ramz belgi
bo‘lib,   uning   dastlabki   mazmunidan   boshqa   mazmun   uchun     shakl   sifatida
foydalaniladi         (falsafa,     lingvistika,     semiotika   va   h.k.).   Lingvokulturologiyani
ramzning belgilik jihati qiziqtiradi. Masalan, turli madaniyatlarda  kaptar  – tinchlik
ramzi,   nasroniylikda   Muqaddas   ruh   ramzi,   yarim   oy   –   Islom     ramzi,     Xoch   –
nasroniylik ramzi sanaladi. Daraxt, gul, o‘simliklar ham ramz sifatida qo‘llaniladi.
Jumladan,   xrizantema  Xitoyda o‘lim, qabriston tushunchalarini  assotsiatsiyalaydi.
Yoki   qirqquloq   yaponlar   uchun   kirib   kelayotgan   yangi   yilda   omad   tilash,   ruslar
uchun esa o‘lim, qabriston belgisi hisoblanadi. Ranglardan ham ramz sifatida keng
foydalaniladi.   Aksariyat xalqlarda   oq   –   yaxshilik,   qora esa   –   yovuzlikni anglatsa,
afrikaliklar uchun har ikkala rang ham neytral mazmun kasb etadi.  Sterotip   hodisasi   nafaqat   tilshunoslarning   ishlarida,   balki       sotsiologlar,
etnograflar,   kognitologlar,   psixologlar   va   etnopsixolingvistlarning   ham
tadqiqotlarida   o‘rganiladi.   Qayd   qilingan   fanlarning   har   qaysi   vakili
stereotiplarning xususiyatini o‘z sohasining tadqiqoti nuqtayi nazaridan belgilaydi.
Shunga   ko‘ra,   stereotiplar   ijtimoiy   stereotiplar,   muloqot   stereotiplari,   mental
stereotiplar,   madaniy   stereotiplar,   etnomadaniy   stereotiplar   va   h.k.   ga   ajratiladi.
Masalan,   ijtimoiy     stereotiplar   shaxsning   tafakkuri   va   muomalasini   ko‘rsatadi.
Etnomadaniy   stereotiplar   biron   bir   xalqqa   xos   bo‘lgan   umumiy   xususiyatlarni
ifodalaydi.   Masalan,   nemislar   tartibliligi,   yaponlar   sermulozamatligi,   turklar
hissiyotliligi,   qozoqlar   qaysarligi,   o‘zbeklar   mehmondo‘stligi     bilan   butun   xalq
haqidagi stereotip tasavvurlarni yuzaga chiqargan.  
Xullas,     stereotip   madaniyat   vakillarining   tafakkuri   va   tili   uchun   xarakterli
bo‘lib, u madaniyatning vakili va uning o‘ziga xos sinchidir.   Shuning uchun ham
stereotip madaniyatlararo muloqotda shaxsning tayanchi vazifasini o‘taydi.  
6.   Metaforalar   va   obrazlar .   Tadqiqotlarda   metaforalar   ongning   universali
yalari   sifatida   belgilangan.   Zamonaviy   psixologlar   dunyoni   metaforalar   asosida
ko‘rishni   insonning   genezisi   va   madaniyati   bilan   bog‘lashga   harakat   qilishadi.
Bobo   tilning   metaforik   xususiyatga   ega   bo‘lgani,   protokommunikatsiyaning   esa
metaforalar darajasida amalga oshirilgani haqida taxmin qilinadi.    
Obraz   –   so‘z   bilan   madaniyatning   bog‘liqligi   haqida   asosiy   ma’lumot
beruvchi   muhim   lisoniy   mohiyat   sanaladi.   Obrazlilik   deganda   til   birliklarining
borliqdagi predmet va hodisalar haqida ko‘rish va hissiy  tasavvurlarni hosil qilish
qobiliyati tushuniladi. 
S. M. Mezeninning qayd qilishicha, obrazlilikning har qanday shakli, hoh u
nutqiy,   hoh   u   lisoniy   bo‘lsin   o‘zining   mantiqiy   strukturasida   uchta   komponentga
ega   bo‘ladi:   1)   referent,   tasvirlanuvchi   predmetni   gnoseologik   tushuncha   bilan
o‘zaro aloqadorligi; 2) agent, ya’ni tasvirlangan predmet; 3) asos, ya’ni predmet va
uning tasviridagi  umumiy xususiyat.
Xullas, obrazlilik ongimizda “suratlar”ni gavdalantiradigan qobiliyatni hosil
qiladigan  til birliklarining real xususiyatidir.   7.   Tillarning   stilistik   qatlami .   Turli   tillarning   sitilistik   qatlami,   u   yoki   bu
tilning   qaysi   shaklda   namoyon   bo‘lishi   ham   lingvokulturologiyaning   tadqiqot
predmeti   sanaladi.   Shunday   tillar   bor-ki,   ularda   kuchli   dialektik   qatlam   mavjud
bo‘lsa,   boshqalarida   dialektik     farqlar   deyarli   sezilmaydi.   Yana   shunday   tillar
mavjudki, ularda stilistik differensiatsiya endigina boshlangan bo‘lsa, boshqalarida
aksincha, bu differensiatsiya chuqur va ko‘p qirrali bo‘ladi. Adabiy til va noadabiy
til   shakllari   o‘rtasida   o‘zaro   aloqaning   mavjudligi   jamiyat   madaniy   tarixining
barcha   rivojlanish   bosqichlari,   xususan,   uning   yozuvlari,   adabiyotlari,   maktablari
tarixi,   uning   dunyoqarashi,   madaniy-g‘oyaviy   simpatiyalari   va   h.k.   bilan
belgilanadi.  
8.   Nutqiy   muomala ,   shuningdek,   nominativ,   grammatik   va   stilistik
birliklarda   mustahkamlangan   har   qanday   muomala   lingvokulturologiyaning
maxsus tadqiqot predmeti bo‘la oladi.  
A.   A.   Leontev     shunday   yozgan:   “Nutqiy   muloqotning   milliy-madaniy
xususiyati   bizning   tasavvurimizda   mazkur   milliy-madaniy   jamoaga   xos   bo‘lgan
tuzilishdagi   farqlar,   muloqot   jarayonlarining   funksiyalari   va   usullariga   bavosita
bog‘liq bo‘lgan omillar tizimidan tashkil topgan bo‘ladi. Ushbu omillar jarayonga
turli darajada “qo‘shiladi”, ularning   tuzilishi va o‘zi farqli tabiatga ega bo‘lsa-da,
jarayon   ichida   ular,   avvalo,   lisoniy,   psixolingvistik   va   umumpsixologik   omillar
bilan   o‘zaro   aloqada   bo‘ladi”. 6
  A.   A.   Leontev   mazkur   omillarni   quyidagilarga
ajratgan:  1)  madaniy  an’analar  bilan  bog‘liq  omillar  (muloqotning ijozat   berilgan
va   taqiqlangan   turlari,   shuningdek,   muloqotning   stereotip   holatlari);   (Men–Sen   –
U–   grammatika);   2)   ijtimoiy   holat   va   muloqotning   ijtimoiy   funksiyalari     bilan
bog‘liq   omillar     (muloqotning   funksional   til   osti   va   etiket   shakllari);   3)   tor
ma’nodagi   etnopsixologiya,   ya’ni   psixik   jarayonlar   vositasida   kechadigan
xususiyatlar   va   turli   faoliyat   turlari   bilan   bog‘liq   omillar;   4)   denotatsiyaning
xususiyati   bilan   bog‘liq   omillar;   5)     mazkur   jamoaning   til   xususiyatlari
(stereotiplar, obrazlar,  qiyoslash va h.k. ) bilan aniqlanadigan omillar.  
6  Леонтьев А. А. Психология общения. –Тарту, 1976. - С. 9-10. 46.  Tadqiqotlar natijasida har qanday madaniyatda insonlar muomalasining tipik
holatlarda   inson   o‘zining   ijtimoiy   roliga     (boshliq-xodim,   er-xotin,   ota-o‘g‘il,
o‘qituvchi-o‘quvchi va h.k.) mos ravishda o‘zini qanday tutishi lozimligi haqidagi
tasavvurlari bilan boshqarilishi aniqlangan.  
9.   Nutq   etiketi   –     insonlarning   rasmiy   va   norasmiy   vaziyatlardagi   o‘zaro
muloqotida   ularning   ijtimoiy   va   psixologik   roliga   mos   ravishda   amal   qilinadigan
ijtimoiy   va   madaniy   o‘ziga   xos   nutqiy   muomala   qoidalari.     Nutq   etiketi   –   bu
“ijtimoiy   silliqlangan”   hudud,     muloqotning   milliy-madaniy   komponenti.
Masalan, sud jarayonida sudya bilan guvohning muloqoti bu shaxslarning suddan
tashqaridagi   muloqotiga   nisbatan   o‘ta   rasmiy   til   vositalarining   qo‘llanishi   bilan
farqlanadi.   
Xullas,   lingvokulturologiya   jonli   kommunikativ   jarayonlarni   –   xalqning
madaniyati   va   mentaliteti,   ya’ni   uning   ongi,   shuuri,   ommaviy   an’analari,   urf-
odatlari va h.k. bilan bog‘liq til ifodalarining qo‘llanilishini tadqiq etadi.  
  3.   Lingvokulturologiyaning   maqsadi   va   vazifalari.   Bir-biridan   farq
qiladigan   turfa   yo‘nalishlarning   mavjud   bo‘lishiga   qaramay,   zamonaviy
lingvokulturologiyaning predmeti ikki xil kod bo‘lgan til va madaniyatning o‘zaro
ta’sirida   shakllanadigan   lisoniy   belgilarning   madaniy   semantikasini   o‘rganishdan
iborat.   Chunonchi,   har   bir   lisoniy   shaxs   ayni   paytda   madaniy   shaxs   hamdir.
Shuning uchun lisoniy belgilar madaniyat “tili” funksiyasini bajarish imkoniyatiga
ega. Madaniyat “tili” til egasining madaniy-milliy mentalligini lisoniy qobiliyatda
aks   etishini   ifodalaydi.   Bu   o‘rinda   barcha   lisoniy   me’yorlarga   rioya   qilingan
holatlarda ham  “madaniy to‘siq”ning yuzaga chiqishi ta’kidlash joiz. 
A.   Vejbitskoy     ana   shunday   holatga   misol   tariqasida   nemis   orkestrini
boshqarishga   taklif   qilingan   ingliz   dirijeri   bilan   yuz   bergan   hodisani   keltirgan.
Ishlar   unchalik   yaxshi   ketmagan   ingliz   dirijeri   inglizcha   gapirgani   uchun
musiqachilar uni “o‘ziniki” sifatida qabul qilmayapti, deb o‘ylaydi. Shundan keyin
u   nemischa   o‘rgana   boshlaydi   va   o‘qituvchisidan   “Eshitinglar,   meningcha,   mana
bunday   chalsak,   yaxshiroq   bo‘ladi”   jumlasini   nemischa   qanday   aytish
mumkinligini   so‘raydi.  O‘qituvchi  o‘ylanib turib, shunday  javob  qiladi:  «Albatta, jumlani   shunday   tuzish   mumkin,   lekin   mana   bunday   degan   yaxshiroq:   “Mana
bunday chalish kerak”» 7
. 
Yoki   ingliz   tilidagi   “ Can   you   write   this   scientific   research   in   English?”
savoliga   bir     o‘zbek   “No,   it’s   very   difficult”   deb   javob   berishi   mumkin.   Biroq
ingliz   nutqiy   muomalasi   va   so‘z   tanlash   me’yorlaridan   kelib   chiqqan   holda,
shunday javob berishi o‘rinli bo‘ladi: “ It’s very difficult , but I’ll try”. Yoxud:  “Bu
kitob   sizniki   emasmi?”   yoki   “Ertaga   band   emasmisiz? ”   savoliga   deyarli   barcha
madaniyatlarda   “Yo‘q,   meniki   emas” ,   “Yo‘q,   band   emasman”,   –   deb   inkor
mazmunida   javob   beriladi.   Koreys   (yoki   yapon)   madaniyatida   “Ne,   ne   cheki
animnida”   (“Ha,   mening   kitobim   emas”)   va   “Ne,   babiji   ansimnida”   (“Ha,   band
emasman”), – deb tasdiq mazmunida javob qaytariladi.
Muxtasar   qilib   aytganda,   madaniy   to‘siq   nafaqat   nutqiy   muomala
me’yorlaridagi   farqlar,  balki   muloqotchilar  tomonidan  kiritiladigan   turli   ma’nolar
bilan   ham   bog‘liqdir.   Bir   qarashda   bir   xil   ko‘ringan   so‘zlarning   ma’nolarida
nomutanosiblik mavjud bo‘ladi.     
      Yuqorida   qayd   qilinganlardan   kelib   chiqqan   holda,   lingvokulturologiya
mustaqil   fan   sohasi   sifatida   quyidagi   masalalarni   hal   qilishni   o‘z   oldiga   maqsad
qiladi:  
1) til konseptlarini shakllanishida madaniyat qanday ishtirok etadi;
2) til belgisi ma’nosining qaysi qismiga “madaniy ma’nolar” biriktiriladi;
3)   bu   ma’nolar   so‘zlovchi   va   tinglovchi   tomonidan   anglashiladimi   va   ular
nutq strategiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi;
4) haqiqatan ham til egasining madaniy-lisoniy qobiliyati mavjudmi;
5)   konseptosfera  (muayyan  madaniyatning  asosiy   konseptlari  yig‘indisi)  va
bir   madaniyat   va   ko‘p   madaniyat   egasi   yo‘nalgan   madaniyat   diskursi   qanday
bo‘ladi; 
6)   mazkur   fanning   asosiy   tushunchalarini   qanday   sistemalashtiriladi,   ya’ni
fanning asosiy tushunchaviy-terminologik apparatini qanday yaratiladi.
7  Маслова В. А. Лингвокультурология:  Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. - М.: 
Издательский центр «Академия», 2001.  –С.31.  ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

LINGVOKULTUROLOGIYANING TADQIQOT OBYEKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Reja: 1. Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti 2. Lingvokulturologiyaning predmeti 3. Lingvokulturologiyaning maqsadi va vazifalari

1. Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti. Tadqiqotning obyekti deganda borliqning ayrim sohasidagi o‘zaro aloqadagi jarayonlar, hodisalar majmuyi, tadqiqotning predmeti deganda esa o‘ziga xos xususiyatga, jarayonga va mezonlarga ega bo‘lgan obyektning ayrim qismi tushuniladi. Masalan, barcha ijtimoiy fanlar uchun umumiy obyekt inson, ularning predmeti insonning muayyan tomoni va faoliyati hisoblanadi. Lingvokulturologiyaning obyekti – madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’sirini bir butunlikda tadqiq qilishdir. Lingvokulturologiya tilni madaniyatning fenomeni, madaniyatni tashuvchisi sifatida o‘rganadi. Madaniyatni tildan foydalanuvchi inson yaratadi. Lingvokulturologiyaning obyekti lingvistiki va kulturologiya, etnografiya va psixolingvistika singari qator fundamental fanlarning kesishmasida joylashadi 1 . Lingvokulturologiyaning obyekti haqida ba’zi munozarali fikrlar ham yo‘q emas. Jumladan, V.N.Teliyaning fikricha, lingvokulturologiya til va madaniyatning faqat sinxron aloqasini o‘rganadi. V.A.Maslovaga ko‘ra, bu soha tilni ham sinxron, ham diaxron jihatdan o‘rganadi. Bundan tashqari, V.N.Teliya lingvokulturologiya obyekti umuminsoniy xarakterga ega bo‘lishini ta’kidlagan bo‘lsa, V.A.Maslova muayyan xalq yoki qardosh xalqlar tilining lingvokulturologik xususiyatlari alohida o‘rganilishi lozimligini uqtiradi 2 . 5.2.Lingvokulturologiyaning predmeti. Lingvokulturologiyaning predmeti – madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma’no kasb etgan va natijalari inson ongida umumlashtirilib mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy matnlarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari sanaladi. Bunda muayyan lingvokulturologik birlik bir paytning o‘zida bir qancha semiotik tizimlarga tegishli bo‘lishi mumkin: ma’lum bir odat frazeologizmga, maqolga, matalga aylanishi mumkin. 1 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. - М.: Издательский центр «Академия», 2001. –С.35-36. 2 Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концеатуальные исследования. Введение: учебное пособие. – М.: Флинта, 2011.

Tadqiqot obyektining vaziyatidan kelib chiqqan holda, uning alohida lingvokulturologik birliklardan tashkil topgan bir qancha predmetlarini ko‘rsatish mumkin. 1. Muqobilsiz leksika va lakunalar . Har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so‘z bilan tarjima qilib bo‘lmaydigan so‘zlar mavjud bo‘ladi. Bunday so‘zlarga muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. U ko‘pincha mahalliy xalqqa xos pul, masofa-uzunlik birliklari, ro‘zg‘or ashyolari, kiyim-kechak, yegulik-ichkilik va h.k. tushunchalarni anglatadigan so‘zlardan tarkib topadi. Muqobilsiz leksika boshqa tilga o‘zlashtirilganda ularga ekzotik leksika (ekzotizmlar) deyiladi. Ekzotizmlar va etnografizmlar o‘zga madaniyatning ramzi sanaladi. Jumladan, spiker, kriket, shilling – Angliya; yaylov, qishloq, ariq, dehqon, cho‘l – O‘rta Osiyo; sakura, geysha, ikebana, sake – yapon madaniyatining belgilarini assotsiatsiyalaydi. O‘zbek madaniyatining belgilarini palov, patir, sumalak, ko‘rpacha, belbog‘ (belida belbog‘i bor), do‘ppi (do‘ppisi osmonda, do‘ppi tor) va h.k. so‘zlarda ko‘rish mumkin. Muqobilsiz leksikani boshqa tilga tarjima qilib berish o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun uni transliterat siya yo‘li bilan talqin etish maqsadga muvofiqdir. “Amerika Qo‘shma Shtatlari “dollar”ining, ingliz “funt sterling”ining, nemis “marka”siyu hind “rupiya”sining, afg‘on “afg‘oniy”sining transliteratsiya qilinmasdan, o‘zbek “so‘m”i bilan almashtirib qo‘yilishi, AQSh “brendi”si, ingliz “viski”si, nemis “shnapse”sining rus “vodka”si orqali talqin etilishi ingliz boshiga “shlyapa” o‘rniga o‘zbek “do‘ppi”sini, egniga “palto” yoki “plashch” o‘rniga “to‘n” yoki “yaktak” kiygizib qo‘yish bilan baravar” 3 . Bir tildagi so‘z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o‘rinlarda har doim lakuna hodisasi voqelanadi. Lakunalar (lot. lacuna – bo‘shliq, chuqurlik, cho‘nqir joy) – matnda bo‘sh qolgan, tushib qolgan joy, “tilning semantik xaritasidagi oq dog‘lar”dir 4 . Muqobilsiz leksika singari lakunalar ham tillarning qiyosida seziladi. 3 Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. –Тошкент: Фан, 2005. – Б. 93. 4 Степанов Ю.С. Французская стилистика. –М., 1965. –C. 120.

Masalan, ingliz tilida “yurist, advokat” ma’nosini anglatgan lawyer so‘zidan boshqa advokatlik kasbining turli-tumanligini ifodalaydigan attorney “vakil”, barrister “oliy sudlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan advokat”, solicitor “mijozlarga va tashkilotlarga maslahat beruvchi; quyi sudlarda ishtirok etish huquqiga ega”, counsel “yuriskonsult”, counsellor “maslahatchi”, advocate “oliy darajadagi advokat” (Vyelikobritaniya, 1978). O‘zbek va rus tillarida qayd qilingan ifodalarga faqat bir advokat so‘zigina muqobil bo‘ladi. 2. Mifologiyalashtirilgan til birliklari . Bular arxetiplar va mifologemalar, udumlar va rivoyatlar, taomillar va urf-odatlar sanaladi. Har bir aniq frazeologizmda butun boshli bir mif emas, balki mifologema aks etadi. Mifologema – bu mifning “bosh qahramoni”, uning muhim personaji yoki vaziyati bo‘lishi va u mifdan mifga o‘tishi mumkin. Mifning asosida odatda arxetip yotadi. Arxetip – individlar ongida paydo bo‘ladigan va madaniyatda tarqaladigan turg‘un obraz. Arxetip tushunchasi K.G.Yung tomonidan 1919 yilda e'lon qilingan «Инстинкт и бессознательное» maqolasida muomalaga kiritilgan. K. G. Yungga ko‘ra, barcha odamlarda tush, miflar, ertak va afsonalarda paydo bo‘ladigan ayrim umumiy ramzlar – arxetiplarni g‘ayriixtiyoriy shakllantiradigan tug‘ma qobiliyat bo‘ladi. Arxetiplarda shaxsiy tajriba oqibatida emas, balki ajdodlardan meros qilib olingan «kollektiv g‘ayriixtiyoriylik» ifodalanadi. K. Yung genetik nazariya doirasida arxetipning mifologiya bilan chambarchas bog‘liqligini belgilaydi. Binobarin, mifologiya arxetiplarning omboridir 5 . O’zbek kundalik turmushida non muhim ozuqa hisoblanadi. Xalqimiz nonni azaldan hurmat qiladi, hamma narsadan afzal, aziz va muqaddas biladi. Ota- bobolardan qolib kelayotgan udum, an’anaga binoan, hatto nonni teskari tishlamaydilar, nonning ustiga boshqa narsalarni qo‘ymaydilar, nonni ustidan hatlab o‘tmaydilar, agar non qo‘ldan yerga tushib ketsa, darhol uni olib, uch marta o‘pib, peshanalariga suradilar, non ushoqni dasturxon ustida ko‘rsalar barmoqni ho‘llab, ushoq ustiga bosib, yeb qo‘yadilar. Nonga hurmat-ehtirom bilan 5 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001. –С.37.

munosabatda bo‘lish bolalarga yoshlikdan o‘rgatiladi, ularga nonning ushog‘ini yerdan yig‘ib olish, uni e'zozlash va oyoq osti qilmaslik zarurligi uqtiriladi. Biron o‘zbek yo‘lga chiqsa, albatta, o‘zi bilan birga non oladi. Shunga ko‘ra, tarkibida non komponenti ishtirok etgan non yemoq, noni butun, noni yarimta bo‘ldi, non ursin singari frazeologizmlarning asosida non arxetipi hayot, tirikchilik, rizq-ro‘z, to‘kin-sochinlik ramzi sifatida keladi. Non arxetipi, binobarin, nonni peshana teri bilan topilishi, uni halollab yeyilishi Muqaddas kitoblardan boshlab (“Sen yerdan olingansan va yerga qaytguningga qadar peshana teri bilan non yeb yurasan”. Ibtido 3. 620b.), o‘zbek xalq dostonlarida, ertaklarida, rivoyatlarida va h.k.da uqtirilgan. 3. Tilning paremiologik (maqol va matallar) fondi . Tilning paremiologik fondini xalq durdonalaridan tuzilgan va uning madaniyatidan mustahkam o‘rin olgan javohir sandig‘i deyish mumkin. Ma’lumki, maqol va matallar folklorshunoslikda janr matnlari sifatida keng o‘rganilgan. Ularni tilshunoslikda, xususan, lingvokulturologiyada o‘rganish endi boshlanmoqda. Pragmatik nuqtayi nazardan maqollar turli maqsadlarda, jumladan, ayni maqol kesatish, yupatish, o‘git berish, maslahat berish, saboq berish, ogohlantirish, tahdid qilish va h.k. qo‘llanishi mumkin. Biroq har qanday maqol va matal ham lingvokulturologik tadqiqotlarning predmeti bo‘lavermaydi. Bu o‘rinda faqat muayyan xalq yoki etnosning tarixi, madaniyati, turmushi, ma’naviyati va h.k. bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan maqol va matallar o‘rganilishi lozim bo‘ladi. Masalan, Andijonda mehmon kelgan xonadonga hurmat yuzasidan qo‘shnilar dasturxon chiqazishadi. Shuningdek, o‘zbek xonadonlarida qo‘shnilar o‘rtadagi devorning biror yeridan teshik ochib qo‘yishadi. Bu teshik orqali bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashadi, tansiq ovqat qilganlarida biron idishda shu ovqatdan uzatishadi. Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan maqoli ana shu odatning ta’siri tufayli yuzaga kelgan. Ba’zan muayyan bir tilning realiyalari ana shu tilning maqollarida ham o‘z aksini topib majoziy ma’no kasb etadi. Masalan, Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topilar maqolida o‘zbek milliy kiyim-kechaklarining atributi bo‘lgan do‘ppi realiyasi ishtirok etgan. Mazkur maqol: “Kishi uchun eng zarur narsa, eng katta boylik – tanisog‘lik.