logo

«ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI» FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

18.640625 KB
«ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI» FANINING MAQSADI VA
VAZIFALARI
1.      Fan tushunchasi
2.      Fanning tashkiliy strukturasi
3.       Ilmiy  tadqiqot  metodologiyasi
4.      «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 1. Fan tushunchasi
Bakalavriatni bitirib magistraturaga o‘qishga kirgan magistrantlar «Katta fan» deb
atalgan   dargohga   ilk   qadam   qo‘yadilar.   Xo‘sh,   bu   qanday   dargoh?   Fan   nima?
Undagi   muammolar   va   bilimlarni   o‘rganish   tarzi   ta’lim   tizimining   quyi
bosqichlarida   mavjud   bo‘lgan   ilmlarni   o‘zlashtirish   shakllaridan   nima   bilan   farq
qiladi?   Mazkur   savollarni   ko‘rib   chiqishdan   maqsad   fan   va   ilmiy   tadqiqot
to‘g‘risida   konkret     tasavvur   hosil   qilishdir.Ma’lumki,   fan   sohasida   endigina
faoliyat   ko‘rsatayotgan   yosh   mutaxassis   yetarli   darajada   bilimlar   majmuiga   ega
bo‘lishi   kerak.   Bunday   majmuani   tashkil   qilgan   bilimlar   banki   quyi   ta’lim
bosqichlarida  yaratildi.Xususan,   maktab  va  kollejlarda  o‘quvchilar  tabiat,  jamiyat
va  inson   olami,   atrofdagi   turli   hodisalar   va   qonuniyatlar   haqida   ilmiylik   hislatiga
ega   bo‘lgan   dastlabki   tayanch   tushuncha   va   tasavvurlarni   o‘zlashtirib
oladilar.Bakalavriat   bosqichida   talaba   tanlab   olgan   fan   yo‘nalishiga   doir   asosiy
tushunchalar,   g‘oyalar   va   tamoyillarni   o‘rganib   oladi,   uning   ongida   nazariya   va
ular   birligini   namoyon   etgan   tizimli   bilim   shakllanadi.   Bunday   bilim   nisbatan
sodda   struktura   va   xossalarga   ega   bo‘lgan   tuzilmalarni   o‘rganish   va   tushunish,
hayotimizga   kirib   kelayotgan   yangi   buyumlar,   texnik   vosita   va   moslamalardan
foydalanish imkoniyatini beradi.Shu bilan birga o‘quvchi ham, bakalavr ham oldin
yaratilgan   va   darsliklarga   kiritilgan   tayyor   bilimlar   bilan   ishlaydi,   o‘qish
jarayonida   elementar   uslubiy   qoida   va   tamoyillarga   tayanib   u   predmetga   (fanga)
oid savollar  ustida mulohaza  yuritadi.Magistratura  ta’lim  tizimida «nima», «nima
uchun», «qanday qilib» kabi faktual, nazariy va amaliy-texnologik masalalar ilmiy
muammoga   aylanadi.   Buning   ma’nosi   shuki,   endi   izlanishda   u   yoki   bu   hodisa
qanday sharoitda, nima sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi, belgilovchi xossalar qanday
qiymatlarga  ega,  olingan natijani   texnologiyada  tatbiq qilish  istiqboli  bormi, kabi
murakkab   nazariy   va   amaliy   muammolar   bilan   shug‘ullanishga   to‘g‘ri   keladi.
Mana shunday muammolar ustida ishlash fan sohasida amalga oshadi.  Agar   maktab,   kollejda   ta’limning   bakalavriat   bosqichida   talabalar   oldin   ishlab
chiqilgan   va   tayyor   shaklga   keltirilgan   ilmni   o‘zlashtirsalar,   magistraturada   hal
etilmagan,   ya’ni   hodisa   yoki   qonuniyatni   ochish,   texnologik   tuzilma   loyihasini
ishlab   chiqish   imkoniyatini   beradigan   muammolar   o‘rganiladi.To‘g‘ri,   o‘quvchi
yoki bakalavr olimpiada va to‘garaklarda qatnashish, hamda o‘z ustida muntazam
ishlash   davomida   intellektual   salohiyati   va   ijodiy   qobiliyatini   o‘stirishi   mumkin.
Lekin,   bu   holat   yuqorida   bildirilgan   mulohazani   rad   etmaydi,   aksincha,   fan
dargohiga qadam qo‘ygan olimpiada sovrindori yoki stipendiant kelajakda iqtidorli
tadqiqotchilar safini to‘ldiradi.
Fan   xususida   mulohaza   yuritadigan   bo‘lsak,   birinchi   ko‘zga   tashlanadigan   narsa,
bu   uning   jamoaviy   hislatidir.     Fanda   tadqiqotchilar   jamoasi   faoliyat   ko‘rsatadi.
Bunday   jamoada   turli   vazifalarni   (eksperimentni   tayyorlash   va   va   o‘tkazish,
ma’lumotlarni   to‘plash   va   qayta   ishlash,   natijalarni   umumlashtirish   va   h.k.)
bajarishda namoyon bo‘ladigan mehnat taqsimoti mavjud. Ilmiy jamoani faoliyati
bir qator huquqiy, ijtimoiy, malakaviy va ma’naviy qonun-qoidalar asosida tartibga
solinadi.   Shularni   hisobga   olib   fan   tushunchasini   quyidagicha   ta’riflash   mumkin:
fan-tadqiqotchilar   faoliyatini   tashkillashtiradigan,   yangi   ilmiy   bilimlar   ishlab
chiqaradigan, olingan natijalarni amaliyot va texnologiyaga joriy qiladigan ijtimoiy
institutdir   (muassasasidir).Fan   o‘zagini   yangi   bilimlar   ishlab   chiqarishga   qodir
bo‘lgan   tadqiqotchilar   tashkil   qiladi.   Tadqiqotchilar   maxsus   til,   eksperiment   va
ilmiy   usullardan   foydalanish   jarayonida   innovatsiyaga   olib   keladigan   yangi
natijalarni   qo‘lga   kiritadilar,   kashf   qiladilar,   voqelikdagi   narsa   va   hodisalarni
tushuntirib   beradigan   ta’limotlar,   g‘oyalar   va   nazariyalarni   ishlab   chiqaradilar,
hosil   bo‘lgan   bilimlarni   texnologik   loyiha   va   modellar   ko‘rinishida   amaliyotga
tadbiq qiladilar.Fanning muhim tomonini ilmiy axborot ishlab chiqish va iste’mol
qilish, tadqiqot vositalari va usullarini yaratish, olingan natijalarni turli darajadagi
anjumanlarda   muhokama   qilish   tashkil   qiladi.   Fanning   strukturasi   va   asosiy
hislatlari 1-rasmda ifodalangan. Shunday   qilib,   fan   ko‘p   strukturali   ijtimoiy   institut   bo‘lib,   unda   jamiyat   uchun
zarur   bo‘lgan   yangi   bilimlar   ishlab   chiqariladi,   olim   va   mutaxassislar   faoliyati
tashkil qilinadi, ilmiy axborot ishlab chiqiladi va iste’mol qilinadi, maxsus fan tili,
tadqiqot   vositalari   va   usullari   yaratiladi,   dolzarb   ilmiy   va   amaliy-texnologik
muammolar muhokama qilinadigan anjumanlar muntazam tashkil qilinadi.
2. Fanning tashkiliy strukturasi
Fan   o‘zining   ijtimoiy   vazifalarini   bajarish,   shu   orqali   jamiyat   taraqqiyotiga
munosib   hissa   qo‘shishi   uchun   ma’lum   strukturaga   ega   bo‘lishi,   uning
strukturasiga   kirgan   tuzilmalar   samarali   faoliyat   ko‘rsatishlari   kerak.   Shunday
strukturalar   qatoriga   ilmiy-pedagog   kadrlar   tayyorlash   tizimlari,   ilmiy-tadqiqot
muassasalari,   ilmiy-texnik   ta’minot   bo‘limlari,   ilmiy   axborot   kommunikatsiyalari
va   boshqalar   kiradi.Shu   bilan   birga,   yana   bir   muhim   omilni   inobatga   olishimiz
zarur. Ya’ni, fan ma’lum ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Bu yerda birinchi navbatda
davlatni fanga nisbatan olib borayotgan siyosati, yaratilayotgan sharoitlar, moddiy
va   ma’naviy   ta’minot   darajasi   ko‘zda   tutilmoqda.   Mamlakatda   ijtimoiy-iqtisodiy
islohatlar amalga oshirilayotgan sharoitida Respublika Prezidenti, davlat organlari
tomonidan   fanning   tashkiliy   strukturasi,   oliy   malakali   ilmiy   kadrlar   tayyorlash
tizimi   qanchalik   zamon   talabiga   javob   berishiga   qarab   ularni   takomillashtirishga
qaratilgan   farmonlar   va     qarorlar   qabul   qilinmoqda   .   Bu   borada   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   2012   yil   24   iyunda   e’lon   qilingan   «Oliy   malakali
ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   tayyorlash   va   attestatsiyadan   o‘tkazish   tizimini
yanada   takomillashtirish   to‘g‘risida»gi   farmoni   mamlakatimizda   fan   va   ilmiy-
texnikaviy   rivojlanishni   yangi   bosqichga   ko‘tarishdagi   roli   va   ahamiyati   beqiyos
ekanligini   ta’kidlamoqchimiz.Fanning   tashkiliy   strukturasini   shakllanishida   ichki
omillar   va   jarayonlar   katta   rol   o‘ynaydi.   Uning   strukturasida   ilmiy   intellektual
faoliyat   sohasidagi   mehnat   taqsimoti   o‘z   ifodasini   topadi.   Xususan,   bir   sohada
amaliy-   loyihaviy   va   texnologik   muammolar   birinchi   o‘rinda   turadi.   Shunga
muvofiq   ilmiy-amaliy   va   texnologiyaga   oid   izlanishlar   loyihaviy   tadqiqot
institutlarida,   yirik   korxonalar   tasarrufida   bo‘lib   laboratoriyalarda   amalga oshiriladi.   Fanlar   Akademiyasi   va   universitetlarda   ko‘proq   fundamental   nazariy
tadqiqotlar   olib   boriladi.   Bunday   tarmoqlanish   va   sohaviy   ixtisoslanish   ilmiy
tadqiqotlar   samaradorligini   keskin   oshirish   imkoniyatini   beradi.Fanning   tashkiliy
strukturasiga   tarixan   yondashsa,   unda   Platon   akademiyasi,   Aristotel   litseoni,
Aleksandriya   shahridagi   Muzeon   (mill.avval.   III   asrda   asos   solingan),   Ma’mun
akademiyasi,   Mirzo   Ulug‘bek   akademiyasi,   XVII   asrdan   boshlab   Yevropada
vujudga   kelgan   akademiyalar   va   universitetlardagi   bo‘limlar,   laboratoriyalarni
qayd   qilish   mumkin.Aytib   o‘tganimizdek,   fanning   tashkiliy   strukturasi   bilan   olib
borilayotgan   tadqiqotlarning   shakli   va   turlari   o‘rtasida   aloqadorlik   mavjud.   Oliy
o‘quv yurtlarda tadqiqot yo‘nalishi va mavzularni tanlash, izlanishlarni olib borish,
olingan natijalarni birlamchi baholash kafedralarda, ularga qarashli laboratoriyada
amalga   oshiriladi.   Sohaviy   fundamental   va   maqsadli   kompleks   ilmiy   tadqiqotlar
Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlarda olib boriladi. Yirik korporatsiya va
firmalar qoshida mavjud bo‘lgan ilmiy-texnik bo‘limlarda asosan eksperimental –
texnologik   izlanishlar   amalga   oshiriladi.   Shunga   ko‘ra,   fanning   tashkiliy
strukturasi quyidagi institutsional tuzilmalarda o‘ziga xos tarzda mujassamlangan:
1.     Fanlar akademiyasi, undagi institutlar, bo‘limlar va sektorlar;
2.     Universitet fani;
3.     Ilmiy-tadqiqot institutlari;
4.   Yirik   korxona   va   firmalarda   mavjud   bo‘lgan   ilmiy-texnik   bo‘limlar,
laboratoriyalar;
5.     Tarmoqlararo ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalari.
Shunday   qilib,   hozirgi   zamon   fan   ilmiy-tadqiqot   ishlarini   tashkil   qiladigan,   ichki
mehnat   taqsimotiga   ega   bo‘lgan,   buyurtma,   moliyaviy   ta’minot   va   grantlardan
foydalanib bilimlar, loyihalar va texnologik tuzilmalarni ishlab chiqaradigan, o‘z-
o‘zini boshqarish va mehnatni tashkil qilish qonun-qoidalarga ega bo‘lgan ijtimoiy
institutdir. 3. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Ilmiy   tadqiqotning   sifati   va   natijasi   izlanishda   qo‘llaniladigan   vosita   va  usullarga
bog‘liq. Shu bois, fanda tadqiqot vositalari, texnologiyasi va usullariga e’tibor har
doim   katta   bo‘lgan.O‘rganilayotgan   ob’ekt   qanchalik   murakkab   bo‘lsa,   uning
xossalari va  qonuniyatlarini ochish uchun qanday vosita, asos yoki usulni ishlatish
masalasi   dastlab   hal   qilinishi   kerak   bo‘lgan   metodologik   muammoga   aylanadi.
Mazkur muammo xususida mulohaza yuritish metodologiyani, ya’ni, metodologik
bilim darajasini (qatlamini) tashkil qiladi.Usul qanday hosil bo‘ladi? Usul biron-bir
aniqlangan   qonuniyatni   tadqiqot   tamoyiliga   aylanishidan,   bir   hodisaning   qiymati,
xossasi yoki doimiyligini (masalan, Plank doimiyligi) boshqa ob’ektni o‘rganishga
nisbatan   qo‘llashdan,   tafakkurning   tahlil   qilish   va   umumlashtirish     hislatini
mantiqiy   qoida   sifatida   foydalanishdan   kelib   chiqadi.Tadqiqot   yo‘li,   vositasi   va
usul masalalarini qo‘yish va hal qilish ishlab chiqiladigan va qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan   yondashuv   va   usulni   samaradorligini   aniqlash   imkoniyatini   beradi.   Busiz
fanda   aniq   va   asoslangan   natijaga   erishib   bo‘lmaydi.Metodologik   fikrlash   va
uslubiy aniqlik bo‘lmasa, bunday holda izlanishda behuda, xaotik, samarasiz xatti-
harakatlar   ulushi   ko‘payadi.   Shu   bois,   fanga   jiddiy,   aniq   maqsad   bilan   qadam
quygan kishi tadqiqot olib borish shakllari, vositalari, yo‘llari va metodlari haqida
mumkin   qadar   aniq   tasavvurga   ega   bo‘lishi,   tadqiqot   usulini   ishlab   chiqishi   yoki
tashkil   qilishi,   undan   oqilona   foydalana   bilishi   lozim.   Faqat   shundagina
tadqiqotchilik   faoliyati   izchil,   oqilonalik,   tejamkorlik   va   samarali   bo‘lish
hislatlariga ega bo‘ladi, izlanish esa kashfiyot yoki ixtiro bilan yakunlanadi.
4.   «Ilmiy   tadqiqot   metodologiyasi»   fanining   maqsadi,   predmeti   va
vazifalariTadqiqot   olib   birish   qoida   va  usullarini   bilish   fanda   samarali   ijod  qilish
imkoniyatini  beradi. Murakkab ilmiy muammolar bilan shug‘ullanishga kirishgan
yosh   kuchlarda   tadqiqotchilik   malakasi   hali   yetarli   bo‘lmaydi.   Shu   bois,   ilmiy
tadqiqot   metodologiyasida   ishlab   chiqilgan   qoidalar,   tamoyillar   va   uslubiy
tavsiyalarni o‘rganish ilmiy muammoni to‘g‘ri qo‘yish, uni hal qilishga qaratilgan yondashuv va variantlarni oqilona tanlash yo‘llarini ko‘rsatadi. Shu holatdan kelib
chiqib, mazkur fan maqsadini quyidagicha belgilash mumkin:
- ilmiy ijod qilish, yangi bilimga erishish yo‘llari va usullari;
- ilmiy axborotni izlash va qayta ishlash;
- ilmiy muammoni ifodalash va baholash;
  -   olingan   ma’lumotlarni   xolisligi   va   takrorlash   mumkinligini   asoslab   beradigan
me’yoriy talabalardan foydalanish
-   natija   va   xulosalarni   amaliyotga   joriy   qilish   qoidalari   haqidagi   bilimlarni
berishdir.
Fan oldiga qo‘yilgan maqsadda uning predmetiga kirgan muammolarni o‘rganish,
olingan   natijalardan   nazariy   va   amaliy   yo‘nalishlarda   foydalanish     belgilanadi.
Shuning  uchun   izlanish   maqsadini   oqilona  tavsiflash   bilan   fan  predmeti   xususida
aniq   tasavvurga   ega   bo‘lish   o‘rtasida   ma’lum   bog‘lanish   mavjud.Fan   predmeti
aslida   unda   ko‘rib   chiqiladigan   masalalarni   umumlashtirib,   qisqa   shaklga
keltirilgan   ta’rifdir.   Ilmiy   tadqiqot   metodologiyasi   quyidagi   masalalar   bilan
shug‘ullanadi:
- ilmiy bilim qanday hosil bo‘ladi?
- tadqiqot nima?
- axborot va faktlar bilan ishlash qanday amalga oshiriladi?
- bilimni aniq va ishonchli bo‘lishi nimalarga bog‘liq?
-  usul nima?
- usuldan foydalanish va uni yangilash qanday tarzda amalga oshiriladi?
- tadqiqotning samaradorligi nima bilan belgilanadi?
- tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish qoidalari va boshqalar.       Qayd   etilgan   savollarni   umumlashtirsak   fan   predmeti   kelib   chiqadi.   Demak,
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» - bu ilmiy bilish mexanizmlari, tadqiqot vositalari
va usullari, axborot bilan ishlash va olingan natijalarni rasmiylashtirish, amaliyotga
joriy   qilish   yo‘llari   va   qoidalarini   o‘rganadigan   fandir.«Ilmiy   tadqiqot
metodologiyasi»   fani   oldiga   quyilgan   maqsaddan   konkret   vazifalar   kelib   chiqadi.
Bular quyidagilardan iboratdir:
1.Magistrantlar   va   yosh   olimlarda   nazariy   va   tajribaviy   tadqiqot   o‘tkazish
malakasini shakllantirish;
2. Tadqiqotda axborot va faktlar bilan ishlash texnologiyasini o‘zlashtirish;
3.   Ilmiy   tadqiqotni   tashkil   qilish,   uni   amalga   oshirish   rejalari   va   bosqichlarini
ishlab chiqishni o‘rganish;
4.   Magistrantlarning   intellektual   va   ijodiy   qobiliyatlarini   o‘stirish   yo‘llarini   bilib
olish;
5. Ilmiy ijod qilish yo‘llari va mexanizmlarini o‘rganish;
6.   Ilmiy   tadqiqot   olib   borish   sharti   bo‘lgan   tanqidiy   fikrlash   qobiliyatini
shakllartirish.
Bu   tadqiqotchini   o‘zi   va   boshqalar   qo‘lga   kiritgan   natijalarni   xolisona   baholash
imkoniyatni beradi.
7.     Fan   va   texnologiyada   paydo   bo‘layotgan   innovatsion   g‘oyalar   va   loyihalarni
bilib borish va o‘zlashtirish uquvini shakllantirish.
8.Ilmiy   tadqiqot   natijalarini   rasmiylashtirish   qoidalari   va   talablarini   bilish,
amaliyotga joriy qilish malakasiga ega bo‘lish.
Qayd   etilgan   qoidalar,   talablar   va   tavsiyalarni   o‘rganib   borar   ekanmiz,   natijada
bizda tadqiqot olib borish malakasi shakllanadi, tushunchalar, tamoyillar va usullar bilan   ishlash   ko‘nikmasi   vujudga   keladi.   Ilmiy   tadqiqot   metodologiyasini
o‘rganishdan   olgan   bilimlarimizni   izlanish   amaliyoti   bilan   bog‘lab     borish
jarayonida esa tadqiqot samaradorligi ortib boradi.
Yana bir marta qaytaramiz!
1.     Fan   ijtimoiy   institut   bo‘lib,     unda   farovonlikka   erishish   uchun   zarur   bo‘lgan
yangi   g‘oyalar,   tushunchalar   va   nazariyalar   ishlab   chiqiladi,   shular   asosida   yangi
predmetlar, mexanizmlar va texnologiyalar ixtiro qilinadi.
2. Jamiyatni hozirgi taraqqiyot bosqichini fansiz, unda amalga oshiriladigan ilmiy
va   texnologik   yangilanishlarsiz,   kashfiyot   va   ixtirolarni   ishlab   chiqarishga
tatbig‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
3.   Fanning   harakatlantiruvchi   kuchi-bu   yangi   bilimlar   va   loyihalar   ishlab
chiqishga, ixtirolar qilishga qodir bo‘lgan tadqiqotchilardir.
4.   Fan   poli(ko‘p)strukturali   ijtimoiy   institut   (muassasa)   bo‘lib,   uning   barcha
tashkiliy   bo‘limlarida   faoliyat   va   mehnat   taqsimoti   nizomlar   va   shartnomalar
asosida mutanosiblashtiriladi.
5.   Ilmiy   tadqiqot   metodologiyasini   o‘rganish   yosh   tadqiqotchilarda   izlanish   olib
borish malakasi va mahoratni hosil bo‘lishiga olib keladi.
6. Tadqiqot olib borishda metodologik fikrlash va uslubiy aniqlik bo‘lmasa, ijobiy
natijaga erishish imkoniyati kamayadi.
7. Ilmiy tadqiqot metodologiyasida ishlab chiqilgan tushunchalar, ko‘rsatmalar va
tavsiyalarni   o‘rganish   ijod   qilish,   bilim   va   amaliyotni   uzviy   bog‘lash   uchun
mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

«ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI» FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI 1. Fan tushunchasi 2. Fanning tashkiliy strukturasi 3. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 4. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

1. Fan tushunchasi Bakalavriatni bitirib magistraturaga o‘qishga kirgan magistrantlar «Katta fan» deb atalgan dargohga ilk qadam qo‘yadilar. Xo‘sh, bu qanday dargoh? Fan nima? Undagi muammolar va bilimlarni o‘rganish tarzi ta’lim tizimining quyi bosqichlarida mavjud bo‘lgan ilmlarni o‘zlashtirish shakllaridan nima bilan farq qiladi? Mazkur savollarni ko‘rib chiqishdan maqsad fan va ilmiy tadqiqot to‘g‘risida konkret tasavvur hosil qilishdir.Ma’lumki, fan sohasida endigina faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassis yetarli darajada bilimlar majmuiga ega bo‘lishi kerak. Bunday majmuani tashkil qilgan bilimlar banki quyi ta’lim bosqichlarida yaratildi.Xususan, maktab va kollejlarda o‘quvchilar tabiat, jamiyat va inson olami, atrofdagi turli hodisalar va qonuniyatlar haqida ilmiylik hislatiga ega bo‘lgan dastlabki tayanch tushuncha va tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar.Bakalavriat bosqichida talaba tanlab olgan fan yo‘nalishiga doir asosiy tushunchalar, g‘oyalar va tamoyillarni o‘rganib oladi, uning ongida nazariya va ular birligini namoyon etgan tizimli bilim shakllanadi. Bunday bilim nisbatan sodda struktura va xossalarga ega bo‘lgan tuzilmalarni o‘rganish va tushunish, hayotimizga kirib kelayotgan yangi buyumlar, texnik vosita va moslamalardan foydalanish imkoniyatini beradi.Shu bilan birga o‘quvchi ham, bakalavr ham oldin yaratilgan va darsliklarga kiritilgan tayyor bilimlar bilan ishlaydi, o‘qish jarayonida elementar uslubiy qoida va tamoyillarga tayanib u predmetga (fanga) oid savollar ustida mulohaza yuritadi.Magistratura ta’lim tizimida «nima», «nima uchun», «qanday qilib» kabi faktual, nazariy va amaliy-texnologik masalalar ilmiy muammoga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, endi izlanishda u yoki bu hodisa qanday sharoitda, nima sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi, belgilovchi xossalar qanday qiymatlarga ega, olingan natijani texnologiyada tatbiq qilish istiqboli bormi, kabi murakkab nazariy va amaliy muammolar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Mana shunday muammolar ustida ishlash fan sohasida amalga oshadi.

Agar maktab, kollejda ta’limning bakalavriat bosqichida talabalar oldin ishlab chiqilgan va tayyor shaklga keltirilgan ilmni o‘zlashtirsalar, magistraturada hal etilmagan, ya’ni hodisa yoki qonuniyatni ochish, texnologik tuzilma loyihasini ishlab chiqish imkoniyatini beradigan muammolar o‘rganiladi.To‘g‘ri, o‘quvchi yoki bakalavr olimpiada va to‘garaklarda qatnashish, hamda o‘z ustida muntazam ishlash davomida intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini o‘stirishi mumkin. Lekin, bu holat yuqorida bildirilgan mulohazani rad etmaydi, aksincha, fan dargohiga qadam qo‘ygan olimpiada sovrindori yoki stipendiant kelajakda iqtidorli tadqiqotchilar safini to‘ldiradi. Fan xususida mulohaza yuritadigan bo‘lsak, birinchi ko‘zga tashlanadigan narsa, bu uning jamoaviy hislatidir. Fanda tadqiqotchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatadi. Bunday jamoada turli vazifalarni (eksperimentni tayyorlash va va o‘tkazish, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash, natijalarni umumlashtirish va h.k.) bajarishda namoyon bo‘ladigan mehnat taqsimoti mavjud. Ilmiy jamoani faoliyati bir qator huquqiy, ijtimoiy, malakaviy va ma’naviy qonun-qoidalar asosida tartibga solinadi. Shularni hisobga olib fan tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin: fan-tadqiqotchilar faoliyatini tashkillashtiradigan, yangi ilmiy bilimlar ishlab chiqaradigan, olingan natijalarni amaliyot va texnologiyaga joriy qiladigan ijtimoiy institutdir (muassasasidir).Fan o‘zagini yangi bilimlar ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan tadqiqotchilar tashkil qiladi. Tadqiqotchilar maxsus til, eksperiment va ilmiy usullardan foydalanish jarayonida innovatsiyaga olib keladigan yangi natijalarni qo‘lga kiritadilar, kashf qiladilar, voqelikdagi narsa va hodisalarni tushuntirib beradigan ta’limotlar, g‘oyalar va nazariyalarni ishlab chiqaradilar, hosil bo‘lgan bilimlarni texnologik loyiha va modellar ko‘rinishida amaliyotga tadbiq qiladilar.Fanning muhim tomonini ilmiy axborot ishlab chiqish va iste’mol qilish, tadqiqot vositalari va usullarini yaratish, olingan natijalarni turli darajadagi anjumanlarda muhokama qilish tashkil qiladi. Fanning strukturasi va asosiy hislatlari 1-rasmda ifodalangan.

Shunday qilib, fan ko‘p strukturali ijtimoiy institut bo‘lib, unda jamiyat uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlar ishlab chiqariladi, olim va mutaxassislar faoliyati tashkil qilinadi, ilmiy axborot ishlab chiqiladi va iste’mol qilinadi, maxsus fan tili, tadqiqot vositalari va usullari yaratiladi, dolzarb ilmiy va amaliy-texnologik muammolar muhokama qilinadigan anjumanlar muntazam tashkil qilinadi. 2. Fanning tashkiliy strukturasi Fan o‘zining ijtimoiy vazifalarini bajarish, shu orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun ma’lum strukturaga ega bo‘lishi, uning strukturasiga kirgan tuzilmalar samarali faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Shunday strukturalar qatoriga ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy-texnik ta’minot bo‘limlari, ilmiy axborot kommunikatsiyalari va boshqalar kiradi.Shu bilan birga, yana bir muhim omilni inobatga olishimiz zarur. Ya’ni, fan ma’lum ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Bu yerda birinchi navbatda davlatni fanga nisbatan olib borayotgan siyosati, yaratilayotgan sharoitlar, moddiy va ma’naviy ta’minot darajasi ko‘zda tutilmoqda. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotgan sharoitida Respublika Prezidenti, davlat organlari tomonidan fanning tashkiliy strukturasi, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi qanchalik zamon talabiga javob berishiga qarab ularni takomillashtirishga qaratilgan farmonlar va qarorlar qabul qilinmoqda . Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyunda e’lon qilingan «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda fan va ilmiy- texnikaviy rivojlanishni yangi bosqichga ko‘tarishdagi roli va ahamiyati beqiyos ekanligini ta’kidlamoqchimiz.Fanning tashkiliy strukturasini shakllanishida ichki omillar va jarayonlar katta rol o‘ynaydi. Uning strukturasida ilmiy intellektual faoliyat sohasidagi mehnat taqsimoti o‘z ifodasini topadi. Xususan, bir sohada amaliy- loyihaviy va texnologik muammolar birinchi o‘rinda turadi. Shunga muvofiq ilmiy-amaliy va texnologiyaga oid izlanishlar loyihaviy tadqiqot institutlarida, yirik korxonalar tasarrufida bo‘lib laboratoriyalarda amalga

oshiriladi. Fanlar Akademiyasi va universitetlarda ko‘proq fundamental nazariy tadqiqotlar olib boriladi. Bunday tarmoqlanish va sohaviy ixtisoslanish ilmiy tadqiqotlar samaradorligini keskin oshirish imkoniyatini beradi.Fanning tashkiliy strukturasiga tarixan yondashsa, unda Platon akademiyasi, Aristotel litseoni, Aleksandriya shahridagi Muzeon (mill.avval. III asrda asos solingan), Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek akademiyasi, XVII asrdan boshlab Yevropada vujudga kelgan akademiyalar va universitetlardagi bo‘limlar, laboratoriyalarni qayd qilish mumkin.Aytib o‘tganimizdek, fanning tashkiliy strukturasi bilan olib borilayotgan tadqiqotlarning shakli va turlari o‘rtasida aloqadorlik mavjud. Oliy o‘quv yurtlarda tadqiqot yo‘nalishi va mavzularni tanlash, izlanishlarni olib borish, olingan natijalarni birlamchi baholash kafedralarda, ularga qarashli laboratoriyada amalga oshiriladi. Sohaviy fundamental va maqsadli kompleks ilmiy tadqiqotlar Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlarda olib boriladi. Yirik korporatsiya va firmalar qoshida mavjud bo‘lgan ilmiy-texnik bo‘limlarda asosan eksperimental – texnologik izlanishlar amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, fanning tashkiliy strukturasi quyidagi institutsional tuzilmalarda o‘ziga xos tarzda mujassamlangan: 1. Fanlar akademiyasi, undagi institutlar, bo‘limlar va sektorlar; 2. Universitet fani; 3. Ilmiy-tadqiqot institutlari; 4. Yirik korxona va firmalarda mavjud bo‘lgan ilmiy-texnik bo‘limlar, laboratoriyalar; 5. Tarmoqlararo ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalari. Shunday qilib, hozirgi zamon fan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladigan, ichki mehnat taqsimotiga ega bo‘lgan, buyurtma, moliyaviy ta’minot va grantlardan foydalanib bilimlar, loyihalar va texnologik tuzilmalarni ishlab chiqaradigan, o‘z- o‘zini boshqarish va mehnatni tashkil qilish qonun-qoidalarga ega bo‘lgan ijtimoiy institutdir.