logo

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2075.392578125 KB
Mav zu: Ilmiy  t adqiqot  met odologiy asi 
fanining predmet i, maqsadi v a v azifalari.
Reja:
Kirish. 
1.  Fanning tushunchasi.
2.  Fanning tashkiliy strukturasi.
3.  Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.
4.  Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti, maqsadi va 
vazifalari
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.  Kirish.
          Taraqqiy  etayotgan  jamiyat  va  uning  har  bir  a’zosi  ilmiy-texnik 
rivojlanishning  o‘sib  borishini  bevosita  ta’siri  qamrovida  bo‘ladi. 
Zamonaviy  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi,  sanoat  va  iqtisodiyotning 
barcha  sohalarini  ilm-fan  taraqqiyotining  yutuqlarisiz  tasavvur  etib 
bo‘lmaydi.  Ushbu  fanni  o‘rganishlarida  mazkur  qo‘llanma  yordam 
beradi deb o‘ylaymiz.
O‘quv  qo‘llanma  quyidagilarga  erishishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib 
qo‘yadi: 
–  talabalar,  magistrantlar  va  aspiranlarni  fanning  mohiyati  va  uning 
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni bilan tanishtirish; 
–  bo‘lajak  bakalavrlar,  magistrlar  va  ilm  bilan  shug‘ullanuvchi  kadrlarni 
ilmiy  tadqiqotlar  strukturasi  va  asosiy  usullari,  shuningdek,  ehtimollik 
nazariyasi  asoslari,  matematik  modellashtirish  usullari,  o‘lchash 
amaliyoti haqidagi bilimlarni egallashlariga ko‘maklashish; 
–  eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish,olib borish va tahlil qilishga 
o‘rgatish; – patent izlanishlari olib borish tartibini o‘rgatish;
 –  Ilmiy tadqiqotlar natijalarini rasmiylashtirishga o‘rgatish va h.K.Lar .  1.  Fanning t ushunchasi.
          Bakalavriatni  bitirib  magistraturaga  o‘qishga  kirgan 
magistrantlar  «katta  fan»  deb  atalgan  dargohga  ilk  qadam 
qo‘yadilar.  Xo‘sh,  bu  qanday  dargoh?  Fan  nima?  Undagi 
muammolar  va  bilimlarni  o‘rganish  tarzi  ta’lim  tizimining  quyi 
bosqichlarida  mavjud  bo‘lgan  ilmlarni  o‘zlashtirish  shakllaridan 
nima bilan farq qiladi? Mazkur savollarni ko‘rib chiqishdan maqsad 
fan va ilmiy tadqiqot to‘g‘risida konkret  tasavvur hosil qilishdir.
          Magistratura  ta’lim  tizimida  «nima»,  «nima  uchun»,  «qanday 
qilib»  kabi  faktual,  nazariy  va  amaliy-texnologik  masalalar  ilmiy 
muammoga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, endi izlanishda u yoki 
bu   hodisa   qanday   sharoitda ,  nima  sabablarga  ko‘ra  sodir  bo‘ladi, 
belgilovchi  xossalar  qanday  qiymatlarga  ega,  olingan  natijani 
texnologiyada  tatbiq  qilish  istiqboli  bormi,  kabi  murakkab  nazariy 
va  amaliy  muammolar  bilan  shug‘ullanishga  to‘g‘ri  keladi.  Mana 
shunday muammolar ustida ishlash fan sohasida amalga oshadi.    2.  Fanning t ashk iliy  st ruk t urasi.
          Fan  o‘zining  ijtimoiy  vazifalarini  bajarish,  shu  orqali  jamiyat 
taraqqiyotiga  munosib  hissa  qo‘shishi  uchun  ma’lum  strukturaga 
ega  bo‘lishi,  uning  strukturasiga  kirgan  tuzilmalar  samarali 
faoliyat  ko‘rsatishlari  kerak.  Shunday  strukturalar  qatoriga  ilmiy-
pedagog kadrlar tayyorlash tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, 
ilmiy-texnik  ta’minot  bo‘limlari,  ilmiy  axborot  kommunikatsiyalari 
va boshqalar kiradi.
            Shu  bilan  birga,  yana  bir  muhim  omilni  inobatga  olishimiz 
zarur.  Ya’ni,  fan  ma’lum  ijtimoiy  muhitda  rivojlanadi.  Bu  yerda 
birinchi  navbatda  davlatni  fanga  nisbatan  olib  borayotgan 
siyosati,  yaratilayotgan  sharoitlar,  moddiy  va  ma’naviy  ta’minot 
darajasi  ko‘zda  tutilmoqda.  Mamlakatda  ijtimoiy-iqtisodiy 
islohatlar amalga oshirilayotgan sharoitida respublika prezidenti, 
davlat  organlari  tomonidan  fanning  tashkiliy  strukturasi,  oliy 
malakali  ilmiy  kadrlar  tayyorlash  tizimi  qanchalik  zamon  talabiga 
javob  berishiga  qarab  ularni  takomillashtirishga  qaratilgan 
farmonlar va  qarorlar qabul qilinmoqda.   Fanning t ashk iliy  st ruk t urasini shak llanishi .
          Fanning  tashkiliy  strukturasini  shakllanishida  ichki 
omillar  va  jarayonlar  katta  rol  o‘ynaydi.  Uning 
strukturasida  ilmiy  intellektual  faoliyat  sohasidagi 
mehnat  taqsimoti  o‘z  ifodasini  topadi.  Xususan,  bir 
sohada  amaliy-  loyihaviy  va  texnologik  muammolar 
birinchi  o‘rinda  turadi.  Shunga  muvofiq  ilmiy-amaliy  va 
texnologiyaga  oid  izlanishlar  loyihaviy  tadqiqot 
institutlarida,  yirik  korxonalar  tasarrufida  bo‘lib 
laboratoriyalarda  amalga  oshiriladi.  Fanlar  akademiyasi 
va  universitetlarda  ko‘proq  fundamental  nazariy 
tadqiqotlar  olib  boriladi.  Bunday  tarmoqlanish  va 
sohaviy  ixtisoslanish  ilmiy  tadqiqotlar  samaradorligini 
keskin oshirish imkoniyatini beradi.  Fanning t ashk iliy  st ruk t urasiga t arixan 
y ondash uv.
          Fanning  tashkiliy  strukturasiga  tarixan  yondashsa,  unda  platon 
akademiyasi,  aristotel   litseoni ,  aleksandriya  shahridagi  muzeon 
(mill.Avval.  III  asrda  asos  solingan),  ma’mun  akademiyasi,  mirzo 
ulug‘bek  akademiyasi,  XVII  asrdan  boshlab  yevropada  vujudga  kelgan 
akademiyalar  va  universitetlardagi  bo‘limlar,  laboratoriyalarni  qayd 
qilish mumkin.
          Aytib  o‘tganimizdek,  fanning  tashkiliy  strukturasi  bilan  olib 
borilayotgan  tadqiqotlarning  shakli  va  turlari  o‘rtasida  aloqadorlik 
mavjud.  Oliy  o‘quv  yurtlarda  tadqiqot  yo‘nalishi  va  mavzularni  tanlash, 
izlanishlarni  olib  borish,  olingan  natijalarni  birlamchi  baholash 
kafedralarda,  ularga  qarashli  laboratoriyada  amalga  oshiriladi.  Sohaviy 
fundamental  va  maqsadli  kompleks  ilmiy  tadqiqotlar  fanlar 
akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlarda olib boriladi. Yirik korporatsiya 
va  firmalar  qoshida  mavjud  bo‘lgan  ilmiy-texnik  bo‘limlarda  asosan 
eksperimental – texnologik izlanishlar amalga oshiriladi.   3.  I lmiy  t adqiqot  met odologiy asi.
            Ilmiy  tadqiqotning  sifati  va  natijasi  izlanishda  qo‘llaniladigan  vosita  va  usullarga  bog‘liq. 
Shu bois, fanda tadqiqot vositalari, texnologiyasi va usullariga e’tibor har doim katta bo‘lgan.
            O‘rganilayotgan  ob’ekt  qanchalik  murakkab  bo‘lsa,  uning  xossalari  va   qonuniyatlarini 
ochish  uchun  qanday  vosita,  asos  yoki  usulni  ishlatish  masalasi  dastlab  hal  qilinishi  kerak 
bo‘lgan  metodologik  muammoga  aylanadi.  Mazkur  muammo  xususida  mulohaza  yuritish 
metodologiyani, ya’ni, metodologik bilim darajasini (qatlamini) tashkil qiladi.
            Usul  qanday  hosil  bo‘ladi?  Usul  biron-bir  aniqlangan  qonuniyatni  tadqiqot  tamoyiliga 
aylanishidan,  bir  hodisaning  qiymati,  xossasi  yoki  doimiyligini  (masalan,  plank  doimiyligi) 
boshqa  ob’ektni  o‘rganishga  nisbatan  qo‘llashdan,  tafakkurning  tahlil  qilish  va 
umumlashtirish  hislatini mantiqiy qoida sifatida foydalanishdan kelib chiqadi.  Met odologiy a t ushunchasi .
      Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ulanadigan mutaxassis izlanish ob’ekti, 
predmeti,  tadbiq  qilinadigan  usullar,  uslubiy  va  konseptual 
vositalar  to‘g‘risida  mulohaza  yuritadi.  Bunday  mulohaza 
metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi.
            Metodologik  mulohazalarga  bo‘lgan  ehtiyojni  tadqiqotni  ko‘p 
bosqichli  va  ko‘p  tomonlama   jarayonga  ko‘p  bosqichli   aylanishi, 
izlanish  ob’ekti,  ob’ektni  tushuntiradigan  g‘oyalar  va  nazariyalarni 
tobora   murakkablashib   borishi ,  tadqiqot  usulini  roli  va  ahamiyatini 
ortib borishi taqozo etadi.
            Metodologiyani  o‘zini  quyidagicha  ta’riflash  mumkin: 
metodologiya  –  insonning  ilmiy  va  amaliy  faoliyatini  tashkil  qilish, 
tadqiqot  faoliyati  samaradorligini  ta’minlaydigan  usullar,  ularning 
bilishdagi  roli  va   ahamiyati,  izlanishda  vujudga  keladigan  nazariy 
va uslubiy muammolarning xususiyati haqidagi ta’limotdir.   Met odologiy aning mazmuni  f alsafa .
      Metodologiyaning mazmuni, predmeti va vazifalarini 
chuqur  anglashga  yordam  beradigan  fan  falsafadir. 
Falsafa metodologiyaning metanazariy asosidir.
       Ayniqsa, fan bir tarixiy tipdan boshqasiga, xususan, 
noklassik  ilmiy  bilish  bosqichidan  postnoklassik  ilmiy 
bosqichga  o‘tish  davrida  tadqiqot  ob’ekti,  predmeti, 
tafakkur  tarzi  va  boshqa  tarkibiy  qismlarda  katta 
o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi.  Bu  o‘zgarishlarga  talqin 
berish,  ularning  mohiyatini  ochib  berish  falsafani 
vazifasidir.  Bundan  tashqari  falsafa  metodologiya 
masalalari   mazmuni ,  istiqboli,  paradigmal 
yangilanishini  tahlil  qilib  beradi,  yangi  falsafiy  -
metodologik muammolarni o‘rtaga tashlaydi.   Tadqiqot   usullari   t asnifi .
          Hozirgi  zamon  fan  har  tomonga  ildiz  otgan,  gorizontal 
va  vertikal  aloqalarga  ega  bo‘lgan,  cheksiz  kataklardan 
iborat  global  golografik  tuzilmani  eslatadi.  Tadqiqot  ob’ekti, 
predmeti,  qo‘yilgan  maqsad  va  ishlab  chiqarishga  tatbiq 
qilish  xususiyatiga  qarab  bunday  tuzilma  bilish  sohalari, 
tarmoqlari  va  yo‘nalishlarga  bo‘linib  ketadi.  Ularni 
tasniflashda  birinchi  navbatda  fundamental  va  amaliy-
texnologik fanlarni farqlaydilar.
            Fundamental  fanlarda  (metematika,  fizika,  umumiy 
sotsiologiya  va  boshqalar)  nazariy  bilish  usullardan,  amaliy-
texnologik  fanlarda  (texnikashunoslik,  qishloq  xo‘jaligi 
fanlari, tibbiy fanlar va boshqalar) tajribaviy – eksperimental 
usullardan foydalanish ustuvor ahamiyatga ega.  Tadqiqot chi uchun zarur bo‘lgan 
malak av iy  t alablar.
          Har  bir  ishni,  shu  jumladan,  ilmiy  ishni  sifatli  bajarish  uchun 
tadqiqotchi  kasbiy  malakaga  ega  bo‘lishi  lozim.  Sifatli  ish  –  bu  ilmiy 
muammoni  yangicha  yondashuv  asosida  xal  qilish,  yangi  xulosaga 
kelish,  ma’lumotlarni  yangi  xossa  yoki  qonuniyatni  ochish  imkoniyatini 
beradigan  darajada  tasniflash,  umumlashtirish  va  tushuntirish,  o‘zida 
yangi natijalarni  aks   ettirgan   maqola , risola yoki dissertatsiya yozishdir.
            Kasbiy  malakasi  o‘zi  nima?  Kasbiy  malaka  ma’lum  faoliyatni  ijro 
etish  uchun  zarur  bo‘lgan  fazilatlarga  (o‘quv,  zehn,  mahorat  va 
boshqalarga),  nazariy  va  tajribaviy  amallarni  bajarish  usullaridan 
foydalana bilish hislatiga ega bo‘lishdir.
      Kasbiy malakaga ega bo‘lishni asosida qobiliyat, ya’ni, u yoki bu ishni 
bajarishga  yaraydigan  layoqat,  moyillik  yotadi.  Ishga  bo‘lgan 
qobiliyatni psixologik, intellektual, pedagogik jihatlari (sifatlari) mavjud.  I nt ellek t ual qobiliy at  t afak k ur faoliy at ida 
namoy on bo‘ ladi.
            Intellektual  qobiliyat  tafakkur  faoliyatida  namoyon  bo‘lib,  bu  sohada  ham 
bir  qator  qoida  va  talablar  borki,  ularni  bajarish  izlanuvchiga  kutilgan  ijobiy 
natijalarni beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- Diqqatni asosiy muammo nuqtasiga yig‘ish;
- Muammo bo‘yicha o‘zimizga savol berib turish;
- Alohida obrazlardan bir-butun model – tuzilmani ishlab chiqishga o‘tish;
- O‘xshashliklarni (analogiyalarni) izlash, ulardan foydalanish;
- Obrazlar bilan fikrlash, modellar bilan ishlash;
- Xotira faolligini o‘stirish;
-  Ob’ektga  har  tomonlama  yondashuv  (intellektual  uddaburonlik)  qobiliyatini  
tarbiyalash ;
- Muammo yechimi bo‘yicha alternativ yo‘llarni izlash qobiliyatini shakllantirish;
- Ilmiy bashorat qilish qobiliyatini o‘stirish;
- Fikrni mantiqan to‘g‘ri ifodalash, mulohazalarni qog‘ozga aniq bayon qilish.  Ilmiy  t adqiqot da ijodiy ot  t urlari.
        Ijodiy ot  t urlari.  Yangilikni yaratish sohalari va harakteriga qarab ijodiyot turlarga 
bo‘linadi.
Soha bo‘yicha:
1.     Badiiy ijodiyot.
2.     Ijtimoiy ijodiyot (islohotlar, ijtimoiy loyihalar).
3.     Texnik ijodiyot
4.     Ilmiy ijodiyot
5.     Muxandislik ijodiyoti
6.     Dizayn va boshqalar.   Ilmiy  bilish v a t adqiqot  t ushunchalari.
          Inson  qanday  faoliyat  ko‘rsatmasin,  birinchi  navbatda  u  tevarak-
atrofdan  axborot  oladi.  Axborot  tafakkurda  obraz  va  tasavvur 
shaklini  oladi,  fikrlash  jarayonida  hukmlar  tuziladi,  mulohaza 
yuritiladi.  Shu  yo‘l  bilan  hosil  bo‘lgan  bilim  insonning  har  qanday 
harakati yoki faoliyatini intellektual zaminini tashkil qiladi.
            Hosil  bo‘lgan  bilim  voqelikni  inson  ongida  u  yoki  bu  aniqlik 
darajada in’ikos etadi. Bu yerda «voqelik» tushunchasi keng ma’noda 
olingan  bo‘lib,  moddiy,  madaniy  va  ma’naviy  olamlardagi  xolatlar, 
jarayonlar va jabxalarni ifodalaydi.
            Shunday  qilib,  bilish  inson  faoliyatini  tarkibiy  qismi  bo‘lib, 
tushunchalar,  g‘oyalar  va  nazariyalar  ishlab  chiqish  orqali  voqelikni 
ongda in’ikos etish jarayonini bildiradi.
            Soha  va  faoliyatni  xususiyatiga  qarab,  bilish  mifologik,  diniy, 
badiiy, falsafiy, maxsus ilmiy va boshqa turlarga bo‘linadi.  Ilmiy  t adqiqot  met odologiy asi fanining  
maqsadi .
          Tadqiqot  olib  birish  qoida  va  usullarini  bilish  fanda  samarali  ijod  qilish 
imkoniyatini beradi. Murakkab ilmiy muammolar bilan shug‘ullanishga kirishgan 
yosh  kuchlarda  tadqiqotchilik  malakasi  hali  yetarli  bo‘lmaydi.  Shu  bois,  ilmiy 
tadqiqot  metodologiyasida  ishlab  chiqilgan  qoidalar,  tamoyillar  va  uslubiy 
tavsiyalarni  o‘rganish  ilmiy  muammoni  to‘g‘ri  qo‘yish,  uni  hal  qilishga  qaratilgan 
yondashuv va variantlarni oqilona tanlash yo‘llarini ko‘rsatadi.  Shu  holatdan   kelib
  chiqib , mazkur fan maqsadini quyidagicha belgilash mumkin:
- Ilmiy  ijod   qilish , yangi bilimga erishish yo‘llari va usullari;
- Ilmiy axborotni izlash va qayta ishlash;
- Ilmiy muammoni ifodalash va baholash;
-  Olingan  ma’lumotlarni  xolisligi  va  takrorlash  mumkinligini  asoslab  beradigan 
me’yoriy talabalardan foydalanish
-  Natija  va  xulosalarni  amaliyotga  joriy  qilish  qoidalari  haqidagi  bilimlarni 
berishdir.  Ilmiy  t adqiqot  met odologiy asi fanining 
predmet i .
            Fan  oldiga  qo‘yilgan  maqsadda  uning  predmetiga  kirgan  muammolarni 
o‘rganish,  olingan  natijalardan  nazariy  va  amaliy  yo‘nalishlarda  foydalanish  
belgilanadi. Shuning uchun izlanish maqsadini oqilona tavsiflash bilan fan predmeti 
xususida aniq tasavvurga ega bo‘lish o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud.
            Fan  predmeti  aslida  unda  ko‘rib  chiqiladigan  masalalarni  umumlashtirib,  qisqa 
shaklga  keltirilgan  ta’rifdir.  Ilmiy  tadqiqot  metodologiyasi  quyidagi  masalalar  bilan 
shug‘ullanadi:
- Ilmiy bilim qanday hosil bo‘ladi
- Tadqiqot nima?
- Axborot va faktlar bilan ishlash qanday amalga oshiriladi?
- Bilimni aniq va ishonchli bo‘lishi nimalarga bog‘liq?
-  Usul nima?
- Usuldan foydalanish va uni yangilash qanday tarzda amalga oshiriladi?
- Tadqiqotning samaradorligi nima bilan belgilanadi?
- Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish qoidalari va boshqalar.  Ilmiy  t adqiqot  met odologiy asi fanining 
v azifalari .
            «Ilmiy  tadqiqot  metodologiyasi»  fani  oldiga  quyilgan  maqsaddan  konkret  vazifalar  kelib 
chiqadi. Bular quyidagilardan iboratdir:
1. Magistrantlar  va  yosh  olimlarda  nazariy  va  tajribaviy  tadqiqot  o‘tkazish  malakasini 
shakllantirish;
2. Tadqiqotda axborot va faktlar bilan ishlash texnologiyasini o‘zlashtirish;
3. Ilmiy tadqiqotni tashkil qilish, uni amalga oshirish rejalari va bosqichlarini ishlab chiqishni 
o‘rganish;
4. Magistrantlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish yo‘llarini  bilib   olish ;
5. Ilmiy ijod qilish yo‘llari va mexanizmlarini o‘rganish;
6.  Ilmiy tadqiqot olib borish sharti bo‘lgan tanqidiy fikrlash qobiliyatini  shakllartirish.
Bu  tadqiqotchini  o‘zi  va  boshqalar  qo‘lga  kiritgan  natijalarni  xolisona  baholash  imkoniyatni 
beradi.
7. Fan va texnologiyada paydo bo‘layotgan innovatsion g‘oyalar va loyihalarni bilib borish va 
o‘zlashtirish uquvini shakllantirish.
8.  Ilmiy  tadqiqot  natijalarini  rasmiylashtirish  qoidalari  va  talablarini  bilish,  amaliyotga  joriy 
qilish malakasiga ega bo‘lish.  X ulosa.
          Xulosa  qilib  shuni  atish  mumkinki,  Ilmiy  tadqiqot 
metodologiyasi  sohalarda  yagiliklarni  kashf  qilishda, 
muammolarni hal qilishda, muammolarga yechim izlashda, erkin 
ijodiyotni  rivojlanishiga,  tafakkurning  paydo  bo’lishi  va 
rivojlanishida  o’rni  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ilmiy  tadqiqot 
metodologiyasi  barcha  yo’nalish  va  fanlarda  bordir,  ular  bilan 
chambarchas  bog’liqdir.  Oliy  o’quv  yurtlarida  ilmiy  tadqiqotni 
talabalarga  chuqur  o’rgatilishi,  inovatsiyalar  paydo  bo’lishiga, 
sohalarda tup burilishlar bo’lshiga olib keladi. 
          Rivojlangan  mamlakatlarda  ilmiy  tadqiqolarning  o’rni 
beqiyosdir. Negaki korxona va tashkilotlarda ilmiy tadqiqot tufayli 
innovatsiyalar,  rovojlanishlar  paydo  boldi.  Shu  sababli  ham  ilmiy 
tadqiqot  olib  borishga  erkinlik  berish  mamlakat  rivojiga  jamiyat 
tafakkuri oshishiga, shu bilan birga rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Mav zu: Ilmiy t adqiqot met odologiy asi fanining predmet i, maqsadi v a v azifalari. Reja: Kirish. 1. Fanning tushunchasi. 2. Fanning tashkiliy strukturasi. 3. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. 4. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish. Taraqqiy etayotgan jamiyat va uning har bir a’zosi ilmiy-texnik rivojlanishning o‘sib borishini bevosita ta’siri qamrovida bo‘ladi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, sanoat va iqtisodiyotning barcha sohalarini ilm-fan taraqqiyotining yutuqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ushbu fanni o‘rganishlarida mazkur qo‘llanma yordam beradi deb o‘ylaymiz. O‘quv qo‘llanma quyidagilarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi: – talabalar, magistrantlar va aspiranlarni fanning mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni bilan tanishtirish; – bo‘lajak bakalavrlar, magistrlar va ilm bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni ilmiy tadqiqotlar strukturasi va asosiy usullari, shuningdek, ehtimollik nazariyasi asoslari, matematik modellashtirish usullari, o‘lchash amaliyoti haqidagi bilimlarni egallashlariga ko‘maklashish; – eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish,olib borish va tahlil qilishga o‘rgatish; – patent izlanishlari olib borish tartibini o‘rgatish; – Ilmiy tadqiqotlar natijalarini rasmiylashtirishga o‘rgatish va h.K.Lar .

1. Fanning t ushunchasi. Bakalavriatni bitirib magistraturaga o‘qishga kirgan magistrantlar «katta fan» deb atalgan dargohga ilk qadam qo‘yadilar. Xo‘sh, bu qanday dargoh? Fan nima? Undagi muammolar va bilimlarni o‘rganish tarzi ta’lim tizimining quyi bosqichlarida mavjud bo‘lgan ilmlarni o‘zlashtirish shakllaridan nima bilan farq qiladi? Mazkur savollarni ko‘rib chiqishdan maqsad fan va ilmiy tadqiqot to‘g‘risida konkret  tasavvur hosil qilishdir. Magistratura ta’lim tizimida «nima», «nima uchun», «qanday qilib» kabi faktual, nazariy va amaliy-texnologik masalalar ilmiy muammoga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, endi izlanishda u yoki  bu hodisa qanday sharoitda , nima sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi, belgilovchi xossalar qanday qiymatlarga ega, olingan natijani texnologiyada tatbiq qilish istiqboli bormi, kabi murakkab nazariy va amaliy muammolar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Mana shunday muammolar ustida ishlash fan sohasida amalga oshadi.  

2. Fanning t ashk iliy st ruk t urasi. Fan o‘zining ijtimoiy vazifalarini bajarish, shu orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun ma’lum strukturaga ega bo‘lishi, uning strukturasiga kirgan tuzilmalar samarali faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Shunday strukturalar qatoriga ilmiy- pedagog kadrlar tayyorlash tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy-texnik ta’minot bo‘limlari, ilmiy axborot kommunikatsiyalari va boshqalar kiradi. Shu bilan birga, yana bir muhim omilni inobatga olishimiz zarur. Ya’ni, fan ma’lum ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Bu yerda birinchi navbatda davlatni fanga nisbatan olib borayotgan siyosati, yaratilayotgan sharoitlar, moddiy va ma’naviy ta’minot darajasi ko‘zda tutilmoqda. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotgan sharoitida respublika prezidenti, davlat organlari tomonidan fanning tashkiliy strukturasi, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi qanchalik zamon talabiga javob berishiga qarab ularni takomillashtirishga qaratilgan farmonlar va  qarorlar qabul qilinmoqda.

Fanning t ashk iliy st ruk t urasini shak llanishi . Fanning tashkiliy strukturasini shakllanishida ichki omillar va jarayonlar katta rol o‘ynaydi. Uning strukturasida ilmiy intellektual faoliyat sohasidagi mehnat taqsimoti o‘z ifodasini topadi. Xususan, bir sohada amaliy- loyihaviy va texnologik muammolar birinchi o‘rinda turadi. Shunga muvofiq ilmiy-amaliy va texnologiyaga oid izlanishlar loyihaviy tadqiqot institutlarida, yirik korxonalar tasarrufida bo‘lib laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Fanlar akademiyasi va universitetlarda ko‘proq fundamental nazariy tadqiqotlar olib boriladi. Bunday tarmoqlanish va sohaviy ixtisoslanish ilmiy tadqiqotlar samaradorligini keskin oshirish imkoniyatini beradi.