Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Mav zu: Ilmiy t adqiqot met odologiy asi fanining predmet i, maqsadi v a v azifalari. Reja: Kirish. 1. Fanning tushunchasi. 2. Fanning tashkiliy strukturasi. 3. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. 4. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish. Taraqqiy etayotgan jamiyat va uning har bir a’zosi ilmiy-texnik rivojlanishning o‘sib borishini bevosita ta’siri qamrovida bo‘ladi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, sanoat va iqtisodiyotning barcha sohalarini ilm-fan taraqqiyotining yutuqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ushbu fanni o‘rganishlarida mazkur qo‘llanma yordam beradi deb o‘ylaymiz. O‘quv qo‘llanma quyidagilarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi: – talabalar, magistrantlar va aspiranlarni fanning mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni bilan tanishtirish; – bo‘lajak bakalavrlar, magistrlar va ilm bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni ilmiy tadqiqotlar strukturasi va asosiy usullari, shuningdek, ehtimollik nazariyasi asoslari, matematik modellashtirish usullari, o‘lchash amaliyoti haqidagi bilimlarni egallashlariga ko‘maklashish; – eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish,olib borish va tahlil qilishga o‘rgatish; – patent izlanishlari olib borish tartibini o‘rgatish; – Ilmiy tadqiqotlar natijalarini rasmiylashtirishga o‘rgatish va h.K.Lar .
1. Fanning t ushunchasi. Bakalavriatni bitirib magistraturaga o‘qishga kirgan magistrantlar «katta fan» deb atalgan dargohga ilk qadam qo‘yadilar. Xo‘sh, bu qanday dargoh? Fan nima? Undagi muammolar va bilimlarni o‘rganish tarzi ta’lim tizimining quyi bosqichlarida mavjud bo‘lgan ilmlarni o‘zlashtirish shakllaridan nima bilan farq qiladi? Mazkur savollarni ko‘rib chiqishdan maqsad fan va ilmiy tadqiqot to‘g‘risida konkret tasavvur hosil qilishdir. Magistratura ta’lim tizimida «nima», «nima uchun», «qanday qilib» kabi faktual, nazariy va amaliy-texnologik masalalar ilmiy muammoga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, endi izlanishda u yoki bu hodisa qanday sharoitda , nima sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi, belgilovchi xossalar qanday qiymatlarga ega, olingan natijani texnologiyada tatbiq qilish istiqboli bormi, kabi murakkab nazariy va amaliy muammolar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Mana shunday muammolar ustida ishlash fan sohasida amalga oshadi.
2. Fanning t ashk iliy st ruk t urasi. Fan o‘zining ijtimoiy vazifalarini bajarish, shu orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun ma’lum strukturaga ega bo‘lishi, uning strukturasiga kirgan tuzilmalar samarali faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Shunday strukturalar qatoriga ilmiy- pedagog kadrlar tayyorlash tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy-texnik ta’minot bo‘limlari, ilmiy axborot kommunikatsiyalari va boshqalar kiradi. Shu bilan birga, yana bir muhim omilni inobatga olishimiz zarur. Ya’ni, fan ma’lum ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Bu yerda birinchi navbatda davlatni fanga nisbatan olib borayotgan siyosati, yaratilayotgan sharoitlar, moddiy va ma’naviy ta’minot darajasi ko‘zda tutilmoqda. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotgan sharoitida respublika prezidenti, davlat organlari tomonidan fanning tashkiliy strukturasi, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi qanchalik zamon talabiga javob berishiga qarab ularni takomillashtirishga qaratilgan farmonlar va qarorlar qabul qilinmoqda.
Fanning t ashk iliy st ruk t urasini shak llanishi . Fanning tashkiliy strukturasini shakllanishida ichki omillar va jarayonlar katta rol o‘ynaydi. Uning strukturasida ilmiy intellektual faoliyat sohasidagi mehnat taqsimoti o‘z ifodasini topadi. Xususan, bir sohada amaliy- loyihaviy va texnologik muammolar birinchi o‘rinda turadi. Shunga muvofiq ilmiy-amaliy va texnologiyaga oid izlanishlar loyihaviy tadqiqot institutlarida, yirik korxonalar tasarrufida bo‘lib laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Fanlar akademiyasi va universitetlarda ko‘proq fundamental nazariy tadqiqotlar olib boriladi. Bunday tarmoqlanish va sohaviy ixtisoslanish ilmiy tadqiqotlar samaradorligini keskin oshirish imkoniyatini beradi.