logo

«Milliy g’oya asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

84.1923828125 KB
« Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar » fanining predmeti, maqsadi va
vazifalari.
R E J A :
1.“Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining obyekti va predmeti. 
2. “Milliy   g’oya:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar”   fanini   o’rganishning   asosiy
qonunlari va tushunchalari.
3. “Milliy g’oya: asosiy t ushuncha va tamoyillar” fanini  o’rganishning maqsadi va
vazifalari.
4.“Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining ijtimoiy-gumanitar 
fanlar tizimidagi o’rni. Milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarin
ifodalaydi, tarix sinovlaridan  o‘tishda uning                     
ruhini ko‘tarib, suyanch va tayanch bo‘ladi. U...bu
murakkab   va tahlikali dunyoda uning 
taraqqiyo yo‘lini yoritadigan mayoqdir.
                                                                              I .A .K arimov
 
Mustaqillik   yillarida o‘zbek xalqining hayotida buyuk o‘zgarishlar
sodir   bo‘ldi.   Buni   odamlarimizning   dunyoqarashi   tubdan   o‘zgarib   –
ona-Vatanda   ozod   va   obod   yashash,   erkin   va   farovon   hayot   kechirish
mumkinligiga   bo‘lgan   ishonchi   tobora   ortib   borayotganligi;   xususiy
mulkiga   bo‘lgan   egallik   hissining   kuchayib,   yanada   samarali   mehnat
qilishga   urinayotganliklari;   har  xil   mafkuraviy   xuruj   va   nayranglarning
maqsad-muddaolarini   tezlikda   anglash   borasida     hushyorlik   ongining
o‘sib   borayotganligi;   mamlakatda   tinchlik   va   barqarorlikni   saqlashga
astoydil   bel   bog‘layotganligi;   yoshlarning   sog‘lom   avlod   bo‘lib   kamol
topishi   to‘g‘risida   tinmay   g‘amxo‘rlik   qilayotganliklari;   ularning   esa
ajdodlarining   an’analariga   sodiq   qolgan   halda   ilm-fan,san’at   va
madaniyat   cho‘qqilarini   egallab   o‘zbek   degan   nomni   butun   dunyoga
taratishga urinayotganligida; jamiyatimiz milliy mafkurasi g‘oyalarining
kishilar   hayotidan   o‘rin   olib,ularni   buyuk   maqsad   sari   safarbar
etayotganliklarida     yaqqol   ko‘rish   mumkin.   Demak,   O‘zbekiston
Respublikasining   Prezidenti   I.A.Karimov   tomonidan   ilgari   surilgan
taraqqiyotning   ”o‘zbek   modeli”   hayot   sinovlariga   bardosh   berib,
o‘zining   bunyodkorlik   kuchini   ko‘rsatmoqda.   Bu   kuchning   ma’naviy manbaini   esa   milliy   istiqlol   mafkurasining   bosh   va   asosiy   g‘oyalari
tashkil   etishi,   endilikda   hech   kimda   shubha   o‘yg‘otmaydi,   desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
        Madomiki, hayot rivojlanishda, o‘zgarishda ekan, milliy mafkuraga
bo‘lgan   ehtiyoj   yanada   oshib   boraveradi.   Bu   esa   milliy   g‘oyaning
jangovar   ruhini   yanada   kuchaytirib,   mamlakatimizning   ichkarisi   va
tashqarisida   tezkor   kechayotgan   mafkuraviy   jarayonlarning   yangi-
yangi   qirralarini   ochish,   har   qanday   bo‘nyodkor   g‘oyalarni   qo‘llab
quvvatlash,   shuningdek,   buzg‘unchi   g‘oyalar   tajovuzining   o‘z   vaqtida
oldini   olish,   yoshlarni   milliy   g‘oya   ruhida   tarbiyalashning   uzluksizligini
ta’minlash   ishlarini   nazariy   va   amaliy   jihatdan   kengaytirib   borishni
taqozo etadi.
        Milliy   g‘oya   bugungi   kunda   gumanitar   va   ijtimoiy-iqtisodiy   fanlar
qatoridan   o‘ziga   munosib   o‘rin   olgan   ilm   sohasi   va   o‘quv   fani
hisoblanadi.   Bu   esa   birinchidan,   mazkur   fanning   ob’ekti   va   predmeti
doirasini, qonun va kategoriyalarini, metod va prinsiplarini, maqsad va
vazifalarini,   o‘ziga   xos   xususiyatlarini,   boshqa   fanlardan   farq   qiluvchi
tamonlarini yanada ravshanroq yoritish; ikkinchidan, g‘oya va mafkura
tushunchalariga     falsafiy   jihatdan   ta’rif   va   tavsif   berish   hamda   ularni
tasniflashda mantiqiy izchillikni ta’minlash, shuningdek, ular o‘rtasidagi
umumiy   o‘xshash   va   farq   qiluvchi   tomonlarni   har   tomonlama   yoritib
berish,   ularning   ko‘zlagan     maqsad   va   vazifalarini   mustaqil   taraqqiyot
yillarida   xalqimizning   erishgan   yutuqlari     misolida   bayon   qilish;
uchinchidan,   milliy   mafkuraning   bosh   va   asosiy   g‘oyalarini   o‘rganish
borasida   olib   borilayotgan   ilmiy   izlanishlarning   natijalari   asosida ularning   mazmuni   va   mohiyatini   yanada   teranroq   anglash   ishlarini
kuchaytirish;   to‘rtinchidan,globallashuv   sharoitida   jahonda
kechayotgan   mafkuraviy   jarayonlarning   mantig‘ini   tezlikda   anglab
olish   uchun   ishonchli   axborot   manbalaridan   foydalanish,   milliy
mafkuraning   targ‘ibot   va   tashviqot   ishlari   bilan   shug‘ullanadigan
xodimlarning   yangi   avlodlarini   etishtirish;   beshinchidan,   zamonaviy
mafkuraviy   kurash   usullarining   taktikasi   va   strategiyasini   ishlab
chiqish;   oltinchidan,yaqin   kelajakda   jahon   xalqlari   hayotida   yuz
beradigan     mafkuraviy   jarayonlarning   kechishi   haqida   ilmiy   bashorat
qilish kabi masalalarni teranroq yoritishni talab etmoqda.
 MILLIY G‘OYA VA MAFKURA  FANINING  NAZARIY-
METODOLOGIK ASOSLARI
       XX asrning oxiri   XXI asrning boshlariga kelib jahondagi barcha   xalqlarning
hayotida   katta,   ya’ni   yirik   imperiyalarning   parchalanib   ketishi,   milliy   mustaqil
davlatlarning   tarix   sahnasiga   kelishi,   jamiyatni   avtokratik   boshqarishdan
demokratik   boshqaruvga   o‘tishi,   inson   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilishning
kuchayishi,     odamlar     ongida   demokratik   tafakkurning   tez   shakllanib   borishi,
globallashuv   jarayonlarining   shiddatli   kechishi,   nanotexnologiyalarning   jadal
sur’atlar   bilan   ishlab   chiqarish   jarayoniga   joriy   etilishi,   ekologik   xavfsizlikni
ta’minlashning tobora  xalqchil tus olishi kabi misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi.   Jamiyatda   sodir   bo‘layotgan   bunday     o‘zgarishlar     moddiy   va   ma’naviy
ishlab   chiqarish   jarayoni   dialektikasini   chuqur   o‘rganish   masalasini   kun   tartibiga
qo‘ydi.   Bu   masalaning   echimini     topish   esa   jahonda   yuz   berayotgan   g‘oyaviy   va
mafkuraviy jarayonlarning tarixiy ildizi, falsafiy asoslariga nazar tashlab, ularning
asl   maqsad-muddaolarini   bilib   olish,shunga   muvofiq   tarzda   mamlakatimizda
g‘oyaviy   va   mafkuraviy   ishlarni   amalga   oshirishni   taqozo   etmoqda.   Bu   esa   o‘z
navbatida «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanini   nazariy   jihatdan
boyitish, amaliy  jihatdan  esa tezkor harakat qilish ishlarini yo‘lga qo‘yishni talab qilmoqda.
1. Milliy  g‘oy a v a mafk ura fanining pay do bo‘lish sabablari,
uning ob’ek t i v a predmet i.
1.1.   Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   paydo   bo‘lish   sabablari .   Fan   –
tabiat,   jamiyat  va inson tafakkuri  to‘g‘risidagi  tushunchalarda, kategoriyalarda,
qonunlarda   aks   ettirilgan,   haqqoniyligi   amaliyotda   tasdiqlangan   bilimlar
tizimidir.   Har   bir   fanning   vujudga   kelish,   shakllanish   va   rivojlanish   sabablari
mavjuddir.   Ularni   ob’ektiv   va   sub’ektiv,   ichki   va   tashqi   sabablarga   ajratish
mumkin.
Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi ob’ektiv sabablar:
•   Etmish   yildan   ortiqroq   tarixiy   davr   mobaynida   hukmronlik   qilgan   SSSR
davlatining  unda  yashayotgan   elat,  millat   va  xalqlarning  ehtiyoj   va  manfaatlariga
javob berolmasdan inqirozga uchrashi oqibatida parchalanib ketishi; 
•   Parchalangan «qizil   imperiya»   o‘rnida   o‘n   beshta   mustaqil   davlatning   paydo
bo‘lishi va ularning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashlari; 
• Mustaqil   O‘zbekiston   davlatining paydo  bo‘lishi  va  uning    Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti   (BMT)   va   unga   a’zo   bo‘lgan   davlatlar   tomonidan   xalqaro
hamjamiyatning mustaqil sub’ekti sifatida tan olinishi; 
•Sobiq  SSSRdan   qolgan  yakka  mulk  hukmronligiga  asoslangan   ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar     o‘rniga,   teng   huquqli     xilma   xil   mulkchilikka   asoslangan   bozor
iqtisodiyoti munosabatlarining o‘rnatilishi va boshqalar.
Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi sub’ektiv sabablar:
•   Sobiq   SSSR   davrida   yakka   hukmron   bo‘lgan   kommunistik   mafkuraning   barcha
xalqlarning   hayotiga   zo‘rlab   singdirilganligi   tufayli   tezlikda   inqirozga   uchrashi
jarayonining keskinlashuvi;
•Azaldan   o‘zbek   xalqining   turmush   va   tafakkur   tarziga   etti   yot   bo‘lgan
kommunistik   mafkuraning   mavjud   hayot   sinovlariga   bardosh   berolmasdan
tanazzulga   yuz   tutishi,   shu   tariqa   uning   yakka   hukmronlik   mavqeidan   chetlatilib
xalqimiz hayotidan surib chiqarilishi;
• Jamiyatni boshqarishda rahnomalikni qo‘lga olib o‘zining diktaturasini o‘rnatgan kommunistik partiya faoliyatining to‘xtatilishi va tarqatib yuborilishi;
•   Kommunistik   partiyaga   xizmat   qiluvchi   barcha   tashkilot   va   muassassalar
(oktyabryat,   pioner,   komsomol   va   boshqalar)   faoliyatining   to‘xtatilishi   va
tugatilishi; 
•   Kommunistik   mafkurani   keng   xalq   ommasiga   targ‘ibot   va   tashviqot   qiluvchi
ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga chek qo‘yilishi va boshqalar.
  Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi ichki sabablar:
•   YAkka   hukmron   bo‘lgan   kommunistik   mafkuraning   inqirozga   uchrashi   tufayli
o‘zbek xalqining ma’naviy hayotida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘la boshlashi;
•     Vujudga   kelayotgan   g‘oyaviy   bo‘shliqni   yangi   milliy   g‘oya   va   mafkura   bilan
to‘lg‘izmasa, uning o‘rnini boshqa har hil yomon maqsadlarni ko‘zlagan g‘oya va
mafkuralar   egallashi,   buning   natijasida   xalqimizning   hayotiga   ma’naviy   tahdid
solish xavfining kuchayishining oldini olish;
•   Mustaqil   O‘zbekistonni   o‘zining   vatani   deb   bilgan   barcha   elat,   millat,   xalq
vakillarini   har   xil   mafkuraviy   buzg‘unchiliklardan   asrab,   ularnining   tinch-totuv
yashashlarini   kafolatlaydigan   jamiyatni   barpo   etishga   xizmat   qiluvchi   bunyodkor
g‘oya va mafkuralar bayrog‘i ostida birlashtirish ishlarini amalga oshirish; 
•   O‘zbekiston   xalqining     ehtiyoj   va   manfaatlaridan   kelib   chiqqan   holda,   ularning
erkin   va   farovon   hayot   kechirishini   ta’minlaydigan   jamiyatni   barpo   etish   sari
boshlab boruvchi yangi milliy g‘oya va mafkuralar tizimini yaratish; 
• YAratiladigan milliy g‘oya va mafkuralarning milliy xususitlarini  umuminsoniy
qadriyatlar   bilan   uyg‘unlashtirgan   holda   olib   borish   ishlarini   tashkillashtirishning
metodologik asoslarini ishlab chiqish; 
•   Milliy g‘oyaga  xalqni  ishontirish  va  uni  amalga  oshirishning  taktik va  strategik
yo‘nalishlarini belgilab olish zaruratining paydo bo‘lganligini va boshqalar. 
 Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi  tashqi  sabablar:
•  Tashqi   tomondagi     har   xil  vayronkor   g‘oya  va   mafkuralarning  asl  maqsadlarini
bilish   va   ularning   xurujiga   qarshi   tura   oluvchi   o‘zbekona   milliy   g‘oya   va
mafkuraning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish;  •  Dunyo xalqlariga O‘zbekiston xalqi milliy mafkurasining bunyodkor g‘oyalardan
iborat   ekanligini   ilmiy   va   amaliy   jihatdan     namoyish     etish     ishlarini     amalga
oshirish;
•Xorijiy   davlarda   o‘zlarining   xizmat   burchini   bajarish   uchun   yashayotgan,tijorat
ishlari   uchun   xorij   safarlariga   yo‘l   olayotgan   yoki   shunchaki     sayohat   uchun
borayotgan  fuqarolarimizning o‘sha joylarda milliy mafkuramiz asosiy g‘oyalarini
targ‘ibot va tashviqot qilish,uning bunyodkorlik mohiyatini chet ellarda namoyish
qilishning  eng maqbul yo‘llarini ishlab chiqish; 
•   Globallashuv   sharoitida   avj   olayotgan   «ommaviy   madaniyat»ning   salbiy
ta’sirlariga   berilmaslikning   yangicha   ma’naviy   va   moddiy   vosita,   usullarini
yaratish  va boshqalar.
YUqorida keltirilgan barcha sabablarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga
kelish   mumkin,   ya’ni   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   vujudga   kelishidagi
asosiy   sabab   O‘zbekiston   xalqini   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan   huquqiy
demokratik   jamiyatini   shakllantirish   va   rivojlantirish   asosida   munosib   hayot
kechirishini   ta’minlash   sari   boshlab     boradigan   milliy   mafkuramizning   bosh
g‘oyasi   –   ozod va obod   Vatanda,erkin  va farovon hayot  kechirish   hamda   asosiy
g‘oyalari   –   vatan   ravnaqi,   yurt   tinchligi,   xalq   farovonligi,   komil   inson,   ijtimoiy
hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik    asosida birlashtirishning
nazariy   –metodologik   asoslarini   va   uni   amalga   oshirishning     amaliy   usul   va
vositalarini ilmiy jihatdan  ishlab chiqish hamda rivojlantirishdan iboratdir.  
SHuning   uchun   ham   milliy   g‘oya   va   mafkura     O‘zbekiston   Respublikasining
Prezidenti   I.A.Karimovning   2001   yil   18   yanvardagi   ««Milliy   istiqlol
g‘oyasi:asosiy   tushuncha   va   tamoyillar»   fani   bo‘yicha   ta’lim   dasturlarini
yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida»   nomi   farmoyishiga
muvofiq   ilm-fan   sohasi   maqomini   olib,   barcha   ta’lim   muassasalarida   o‘quv   fani
sifatida o‘qitila boshladi.
1.2.Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   ob’ekti.   Har   bir   fanning   o‘ziga   xos
ob’ekti va unga mos keluvchi predmeti mavjuddir. Fanning   ob’ekti   –   kishilarning   maqsadi,   faoliyati,   dikqat-e’tibori   qaratilgan
ob’ektiv borliq, moddiy va ruhiy dunyo, voqelik, mavjudot, voqea, hodisa, jarayon,
shaxs, narsa, buyum va hokazolardir.
Fanning     predmetini ana   shu   ob’ektlar   va   ularni   aks   etgirishdan   hosil   bo‘lgan
bilimlarning majmui  va o‘rganiladigan masalalar tashkil qiladi.
Har   bir   fanni   o‘rganish,   eng   avvalo,   uning   ob’ektini   va   predmetini   aniqlab
olishdan   boshlanadi.   Bu   esa   o‘rganilayotgan   fanning   boshqa   fan-lardan   farqini
ko‘rsatadi.
Barcha   fanlarni   ob’ekti   va   predmetiga   ko‘ra     ikkita   katta   guruhga     bo‘lish
mumkin.   Birinchi   guruhga   tabiat   qonuniyatlarini   o‘rganuvchi   matematika,   fizika,
ximiya,biologiya   kabi   tabiiy   fanlar,   ikkinchi   guruhga   esa   kishilik   jamiyatining
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi falsafa, tarix, iqtisodiyot, siyosatshunoslik,
adabiyot, huquqshunoslik, milliy g‘oya va mafkura  kabi  ijtimoiy fanlar  kiradi.
Milliy  g‘oya  va  mafkura  fani   —  eng  muhim   ijtimoiy  fanlardan  biri  sanaladi.
CHunki   u kishilik   jamiyatiga   xos  bo‘lgan  g‘oya  va  mafkuralarni  yaxlit  ijtimoiy
hodisa va voqelik sifatida o‘rganadi.
Demak,   mavjud     voqelikda   yuz   berayotgan,   g‘oya     va   mafkuralarga
tegishlinarsa,   hodisa   hamda   jarayonlar   milliy   g‘oyava   mafkura     fanining
ob’ektini  tashkil etadi.
1.3.Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining     predmeti. G‘oya   va   mafkuralarga
tegishli narsa, hodisa va jarayonlar  turlicha bo‘lib,ular
bir tomondan:
 g‘oya va mafkuralarning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlari; 
 bir g‘oya va mafkuraning o‘rniga boshqa bir g‘oya va mafkuraning vujudga
kelishi; 
 g‘oya va mafkura tamoyillarini ishlab chiqish  va uni amalga oshirish; 
 ma’naviy-mafkuraviy munosabatlarni o‘rnatish  ishlarini tashkil 
etish; 
 davlatning ichki va tashqi siyosati; 
 jamoat   tashkilotlari,   ijtimoiy   guruhlar,   siyosiy   partiyalar   bilan munosabatlari; 
 xalqlar o‘rtasida  bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar; 
ikkinchi tomondan :
 mafkuralarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi;
 davlat, shaxs, jamoalar o‘rtasida  bo‘ladigan  mafkuraviy munosabatlar; 
 qonunchilik, huquq-tartibot;  
 mafkurali shaxs, mafkurasiz shaxs, 
 g‘oya va mafkuraga zid xatti-harakatlar, 
 g‘oyaviy mas’uliyat, g‘oyaviy madaniyat, g‘oyaviy tarbiya
 mafkuraviy   ong,   mafkuraviy   tafakkur,   mafkuraviy   munosabat,mafkuraviy
faoliyat va h.k.ni qamrab oladi.
G‘oya   va   mafkuralarga   oid   hodisalar,   jarayonlar   xilma-xil   va   ko‘p   qirralidir.
Biroq,   ularning   barchasiga   xos   bo‘lgan   umumiy,   muhim,   takrorlanuvchan,   uzviy
bog‘lanishda   bo‘lgan   tomonlari   va   jihatlari   ham   mavjuddir.   Ana   shu   jihat   va
tomonlarni     bilish   mavjud   voqelik   to‘g‘risida   inson   ongida   g‘oya   va   mafkuralar
haqida   yaxlit   tasavvurlarni   keltirib   chiqaradi,   ushbu   voqelikning   umumiy
qonuniyatlarini ochish va shu asosda uni boshqarish imkoniyatini yaratadi.
YUqori   malakali   mutaxassis bo‘lish uchun, avvalambor, g‘oya va mafkuralar
haqidagi   asosiy   tushunchalarni,   ta’limotlarni   bilish   zarur.   G‘oya   va   mafkuralar
gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy  fanlarning turli so-halarida o‘rganiladi.
Milliy     g‘oya   va   mafkura   fani   gumanitar,ijtimoiy-iqtisodiy   fanlar     tizimida
markaziy   o‘rin   egallaydi.   Bu   fan   gumanitar,ijtimoiy-iqtisodiy   fanlarning
metodologik asoslaridan birini  tashkil etadi.
Milliy   g‘oya va mafkura fani  g‘oya va mafkuralarning nazariy muammolarini
o‘rganadi.   SHu    o‘rinda    «nazariya»   so‘zining  ma’nosi   nima,  degan   tabiiy   savol
tug‘iladi.   Nazariya   –   jamiyat   taraqqiyoti   qonuniyatlarini   mujassamlashtirgan
amaliyotning  mantiqan  ilmiy umumlashtirilishidir.
Nazariya   va   amaliyot   –   o‘zaro   chambarchas   bog‘liq   hodisalar.   Nazariya
bamisoli amaliyotning yulini yoritib turuvchi kuchli mayoq bo‘lib, amaliyot bilan uzviy   bog‘langan,   amaliyotga   xizmat   qiladi   hamda   amaliyotdan   kelib   chiqadi.
Amaliyotsiz nazariya – «cho‘loq», nazariyasiz amaliyot «ko‘r»dir.
Ijtimoiy fanlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan, milliy g‘oya va mafkura fani
ham   amaliyot   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lib,   g‘oyaviy   –   mafkuraviy   amaliyot
taraqqiyotining yo‘nalishlarini belgilab beradi. U g‘oyaviy – mafkuraviy amaliyot
xulosalari va tajribalarining mantiqan umumlashmasi, sintezidir.
Milliy     g‘oya   va   mafkura   fani     g‘oyaviy-mafkuraviy   amaliyot   qonuniyatlarini
aks   ettiruvchi   tajribani   mantiqan   umumlashtiradi,   ular   taraqqiyotining   asosiy
tamoyillarini   aniqlab   beradi.   Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   g‘oyaviy-mafkuraviy
amaliyot   bilan  uzviy  bog‘langan   bo‘lib,  amaliyotga  xizmat  qiladi  va  amaliyotdan
kelib chiqadi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   hayot   tarixiy   taraqqiyot   jarayonida   ilgari   surgan
vazifalar   negizida   o‘z   xulosa   va   takliflariga   aniqliklar   kiritadi,   ularni   boyitadi   va
rivojlantiradi.   G‘oya   va   mafkura   har   bir   jamiyat   ijtimoiy   taraqqiyotining   muhim
ko‘rsatkichidir.   Demokratikhuquqiy   davlatni     shakllantirishda     shaxs,   davlat   va
jamiyatning ma’naviy-mafkuraviy madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   –   g‘oya   va   mafkuralar   rivojining     umumiy
qonunlari   haqidagi   fan   bo‘lib,   uning   predmetini   g‘oya   va   mafkuralarning
mohiyati, kelib chiqishi, rivojlanish prinsiplari va qonuniyatlari tashkil etadi.
: Har   bir   jamiyatdagi   demokratik   o‘zgarishlar   va   islohotlar   muhim   ijtimoiy
ahamiyatga  ega.   Bu jarayonlarga  jahon, davlat   va jamiyat taraqqiyoti   talablari,
andazalari     va   tamoyillari     nuqtai   nazaridan   qarash   zarur.     Bu,   bir   tomondan,
O‘zbekistondagi     islohotlarning   yo‘nalishlari   va   mezonlari,   qadriyatlari   va
maqsadlarini   aniq   belgilashga   yordam   bersa,   ikkinchi   tomondan   mamlakatimizda
g‘oya     va   mafkuralar   qachon   paydo   bo‘lgan,   qanday   rivojlangan,   qayoqqa   qarab
ketyapti, uning o‘ziga xos jihatlari, rivojlanishining shakl va ko‘rinishlari  qanday,
mezonlari   bormi yoki dunyodagi   mavjud   milliy   va umuminsoniy mazmundagi
g‘oyaviy   taraqqiyot     o‘zanidan     ketyapti-mi,     degan   savollarga   javob   topish imkonini   beradi.   Ana   shu   muammolar   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   asosiy
masalalarini tashkil etadi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   g‘oya   va   mafkuralarga     tegishli     hodisa   va
jarayonlarining   muhim,   zaruriy,   umumiy     tomonlarini   o‘rgangan   holda   jamiyat
taraqqiyogining   ob’ektiv   qonuniyatlarini   tushuntirib   berish,   uning   ijtimoiy-
iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-madaniy   maqsadlarini   belgilash   va   mavjud
ijtimoiy   munosabatlarni   bunyodkor   g‘oya   va   mafkuralarni     kishilar     ongi   va
qalbiga   singdirish   yo‘li   bilan   boshqarish   mexanizmlarini   ochish,   ularning
rivojlanish istiqbollarini ko‘rsatib berish bilan shug‘ullanadi. SHunday qilib, milliy
g‘oya va mafkura faniga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   –   ijtimoiy   hodisa   bo‘lmish   g‘oya   va
mafkuralarning   kelib   chiqishi,   shakllanishi,   rivojlanishi,   faoliyat   ko‘rsatishining
umumiy   qonuniyatlarini     o‘rganuvchi     nazariy   va   amaliy     ahamiyatga   molik
bo‘lgan  fandir.
2. Milliy  g‘oy a v a mafk ura fanining qonun v a k at egoriy alari.
2.1..   Milliy     g‘oya     fanining     qonunlari.     Har     bir   fanning   o‘z   qonunlari   va
kategoriyalari bor. Milliy g‘oya fanining ham g‘oya va mafkuralarga   oid   hodisa,
voqea, jarayonlarni o‘zida aks etgiruvchi, ularning tub mohiyatini va ahamiyatani
ochib beruvchi qonunlari, kategoriyalari mavjud.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining     qonunlari   deb ,   jamiyat   hayotida   mavjud
bo‘lgan     g‘oyaviy     va   mafkuraviy     hodisalar,   jarayonlarining   muhim,   zaruriy,
umumiy,   nisbatan   barqaror   bo‘lgan,   rivojlanish   xususiyati   va   yo‘nalishlarini
belgilaydigan,   aniq   bir   natijalarni   keltirib   chiqarishga   moyillik   tug‘diradigan
munosabatlar majmuiga aytiladi.
Milliy     g‘oya   va   mafkura   fanining   qonunlari     g‘oya   va   mafkuralarga   tegishli
hodisa   va   jarayonlarning   barchasini   emas,   balki   ularning   o‘ziga   xos   tomonlarini
aks ettiradi. Bular quyidagilar:
 kishilar     ongi   va   irodasiga   bog‘liq   bo‘lmagan   ob’ektiv,   muhim,   barqaror
bog‘lanishlar;
 sabab   oqibat   bog‘lanishlaridan     kelib   chiquvchi,   bir   birini   taqozo   etuvchi, o‘zaro ta’sir qiluvchi sababiy, zaruriy aloqadorliklar;
 ichki   imkoniyatdan,   mohiyatdan   kelib   chiqqan   holda,   g‘oya   va
mafkuralarning   rivojlanish   xususiyati   va   yo‘nalishlarini   belgilab   beruvchi
tomonlar;
 muayyan   shart-sharoitlar   mavjud   bo‘lganda   ma’lum   bir   natijalarni   keltirib
chiqaruvchi munosabatlarni ochib beruvchi xususiyatlar.
Milliy g‘oya va mafkura faning qonunlariga  quyidagilar kiradi:
Birinchisi –  g‘oya va mafkuralarning inson va jamiyat bilan uzviy aloqadorligi,
inson va jamiyatsiz – g‘oya va mafkuralarning, g‘oya va mafkuralarsiz – inson va
jamiyatning mavjud emasligi qonuni.
Ikkinchisi –   g‘oya va mafkuralarning bir-birini taqozo etishi, g‘oyasiz mafkura,
mafkurasiz  g‘oyaning mavjud bo‘lolmaslik qonuni. 
Uchinchisi –  g‘oya va mafkuralarning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga bog‘liqligi,
g‘oya     va   mafkuralarning   inson   va   jamiyatni     muayan   maqsad   sari   etaklashga
harakat qilish qonuni.
  To‘rtinchisi   –   bunyodkor   g‘oya   va   mafkuralar   bilan   vayronkor   g‘oya   va
mafkuralar     o‘rtasida     o‘zaro   kurashi,   bunyodkor   g‘oyalarning   jamiyatda   tinchlik
va   barqarorlikni   saqlash,   vayronkor   g‘oyalarning   esa   jamiyatda   turli   xil
ziddiyatlarni  keltirib  chiqarishi qonuni.
Beshinchisi   –   milliy     hamda   umuminsoniy     g‘oya   va   mafkuralarning   o‘zaro
mutanosibligi,   milliy   g‘oya   va   mafkuralarning   mazmunan   boyib   borishi,   turli
xalqlarning umumiy  manfaatlariga  javob berishi qonuni.
2.2. Milliy  g‘oya va mafkura fanining  kategoriyalari.  Milliy g‘oya va mafkura
fanining kategoriyalari deb g‘oya va mafkuralarga   oid   ob’ektiv mavjud bo‘lgan
hodisa,   voqea,   jarayonlarning   asosiy   xususiyatlarini     va   qonuniyatlarini     aks
ettiradigan va muayyan davrning g‘oya va mafkuralar to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy
tafakkuri  xususiyatini  belgilab  beradigan  umumiy tushunchalarga aytiladi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   kategoriyalarini     umumiy,   substansional   va
funksional kategoriyalarga ajratish mumkin. 
   Bunda:  1)   umumiy   kategoriyalarga   – g‘oya, mafkura, bunyodkor g‘oyalar, vayronkor
g‘oyalar,   milliy   g‘oyalar,   umuminsoniy   g‘oyalar,   dunyoviy   g‘oyalar,   diniy
g‘oyalar, falsafiy g‘oyalar, ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar; 
2)   substansional     kategoriyalarga   –   milliy   istiqlol   mafkurasi,   mafkura
evolyusiyasi,   mafkura   yakkahokimligi,   mafkuraviy   vaziyat,mafkuraviy   poligon,
mafkuraviy   maqsad,   mafkuraviy   siyosat,   mafkuraviy   xavfsizlik,   mafkuraviy
immmunitet,   mafkuraviy   profilaktika,mafkuraviy   tarbiya,   g‘oyaviy     mustaqillik,
g‘oyaaiy   ziddiyat,   g‘oyaviy   bo‘shliq,   g‘oyaviy   zaiflik,   g‘oyaviy   savodsizlik,
g‘oyaviy qaramlik, g‘oyaviy mutaassiblik, g‘oyaviy parokandalik; 
3)     funksional  kategoriyalarga   – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
barpo etish, Vatan ravnaqi, YUrt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy
hamkorlik,   Millatlararo   totuvlik,   Dinlararo   bag‘rikenglik     kabilarni   kiritish
mumkin.
Umuman olganda, milliy g‘oya va mafkura fanining  kategoriyalari:
«   a)   shu   sohadagi   munosabat,   bog‘lanishlarni   ifodalovchi   umu-
miy  mazmun va xususiyatga ega bo‘lgan tushunchalar;
b)   bu   sohani         keng   va   atroflicha   tavsiflagani   holda,   bir-
birini   taqozo   etadi,   bir   butunlikda,   o‘zaro   aloqadorlikda   na-
moyon  bo‘ladi;
v)  ob’ektiv   mazmunga   ega,   ularning   har   biri   ijtimoiy   voqe-
likda   ro‘yobga   chiqadi,   namoyon   bo‘ladi,   ushbu   voqelikning   o‘ziga   xos
xususiyatlari,   tomonlari,   belgilarini   ifodalovchi   tushunchalar
sifatida inson tafakkurida aks etadi;
g)   umumiy   tushunchalar   sifatida   insonning   shu   sohadagi   hodi-
salar   mohiyatini   bilishga   qaratilgan   bilish   jarayonining   nati-
jalari   va   ijtimoiy   jarayonlarni   yanada   chuqurroq   o‘rganishning
ilmiy vositasidir;
d) nafaqat   nazariya   va   ilmiy   bilish   jarayonidagina   emas,   balki
amaliyotda ham o‘ziga xos rol o‘ynaydi va ahamiyatini saklab qoladi». Xullas,   bu     boradagi     dialektika     shundaki,   milliy     g‘oya   va   mafkura   fanining
g‘oya   va mafkuraviy narsa, hodisa, voqea   va   jarayonlarni o‘zida aks ettiruvchi
kategoriyalari     har     qanday     sharoitda     ham     biri   ikkinchisini   taqozo   qiladi,
uyg‘unlikda   va   ichki   aloqadorlikdagina   mavjud   bo‘ladi.   Demak,   ular   mantiqan
o‘zaro uzviy bog‘liq, mazmunan bir-birini to‘ldiradi.
Milliy g‘oya va mafkura fanining kategoriyalari o‘z manbai, tabiati jihatidan —
ontologik,bilish   shakliga   ko‘ra   gnoseologik   odiy     xususiyati     bo‘yicha   —
metodologik     mazmunga   ega.   Bu   kategoriyalar   g‘oya   va   mafkuralarga     tegishli
hodisa,   voqea,   jarayonlarning   mohiyatini   ochib   berishga   hamda   milliy     g‘oya
fanini boshqa ijtimoiy fanlardan farqlashga xizmat qiladi.
3. Milliy  g‘oy a v a mafk ura fanining met od v a prinsiplari.
  3.1.Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   metodlari. Har   qanday   o‘quv   fani
muayyan   metodlarga,   usullarga,   ya’ni   o‘rganilayotgan   hodisalarni   anglash
vositalariga ega.  Bunday  metodlar ikki guruhga bo‘linadi:  birinchisi  barcha o‘quv
fanlariga xos bo‘lgan  umumiy  metodlar bo‘lib, ular tabiat, jamiyat va tafakqurning
eng umumiy qonuniyatlarini bilish va ulardan foydalanishga asoslanadi;   ikkinchisi
maxsus   metodlar   bo‘lib,   ularga   sistemali   yondashuv,   tarixiy,   qiyosiy,   sotsiologik
va boshqa metodlar kiradi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   fanining   metodlari     g‘oya   va   mafkuralar
rivojining   qonuniyatlari,   hozirgi   ahvoli   va   mohiyati   haqida   bilim   olishga   yordam
beruvchi usul va vositalar birligidan iborat.
Jahonda   ro‘y   berayotgan   barcha   jarayonlar   «inson   mezoni»   orqali   baholanadi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   metodologik   asoslarnni,   birinchidan,   g‘oya   va
mafkuralar   masalasiga,   insoniylik   nuqtai   nazaridan   yondashish,   insonga   barcha
narsalarning   o‘lchovi   eifatida   qarash;   ikkinchidan,   shaxsga   davlat   mashinasining
bir   murvati   sifatida   qarashga   asoslangan   mustabid   tushunchadan   voz   kechib,
shaxsni faol ijtimoiy sub’ekt sifatida qabul qilish tashkil etadi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   metodlarn   g‘oya   va   mafkuralarni   o‘rganish
usullaridir.   Har   qanday     fandagi   kabi,   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanida   ham   turli
yondashuvlar,   har   xil   qarashlar   mavjud.   Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining metodlari   g‘oya   va   mafkuralarning   mohiyati,   turli   jihatlari   va   xususiyatlarini,
rivojlanish qonuniyatlari va prinsiplarini o‘rganishga imkon beradi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   metodlari   g‘oya   va   mafkuralarning   turli
sohalari   va   jihatlarini   ochib   berishga   yordam   beradi.   Ular   g‘oya   va   mafkuralar
to‘g‘risidagi bilimlarni o‘rganish, to‘plash va umumlashtirish kalitidir.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   metodlari   g‘oya   va   mafkuralarni   boshqa
ijtimoiy   hodisalar   bilan   uzviy   aloqadorlikda,   harakatda,   miqdoriy   va   sifat
o‘zgarishida o‘rganishni taqozo etadi.
        G‘oya   va   mafkuralar   mavhum   emas,   balki   real   hodisalardir.   SHu   bois   ular
muayyan   vaziyat,   muayyan   vaqt,   muayyan   jamiyat   bilan   aloqadorlikda   o‘rga-
nilishi lozim. Binobarin, g‘oya va mafkuralarni  tushunish uchun ular  shakllangan
sharoitlarni,   mavjud   bo‘lgan   tarixiy   davrning   hususiyatlari-ni   bilish   va   e’tiborga
olish kerak.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   metodlari     g‘oya   va   mafkuralarning
shakllanish   va   rivojlanish   qonuniyatlarini   bilishga   ko‘maklashadi,   g‘oya   va
mafkuralarning   mohiyati   va   vazifalariga,   funksiyalari   va   taraqqiyot   tamoyillariga
ilmiy yondashish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
G‘oya   va   mavkuraga   oid   hodisalar,   voqealar,   jarayonlar   to‘g‘risidagi
bilimlarni     egallashda qo‘llaniladigap nazariy  tadqiqotlar va  amaliy  harakat
qilish   usullari   va   yo‘llarining   yig‘indisiga   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining
ilmiy o‘rgaiish metodlari deyiladi.
Milliy g‘oya va mafkura fanining metodlari  xilma-xil  bo‘lib, ularni  uch asosiy
guruhga   (eng   umumiy   metodlar,   umumiy   ilmiy   metodlar,   xususiy   ilmiy   metodlar)
bo‘lish mumkin.
            Eng   umumiy   metodlar   –   har   tomonlama   fikr   yuritishning   asosiy   qonun-
qoidalarini   o‘zida   ifodalaydigan   dunyoqarash   shaklidagi     usullardir.   Ularga
metafizika  va  dialektik  metodlar kiradi.
Metafizika metodi bilan ish ko‘ruvchilar g‘oya va mafkuralar ilgaridan mavjud
bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi, u abadiy va o‘zgarmasdir, hech qanday boshqa ijtimoiy   hodisalar   bilan   ichki   bog‘lanishda   emas,   rivojlanishda   emas,   qanday
bo‘lsa  shundayligicha  saqlanib qoladi deb fikr yuritadilar.
Dialektika   metodi   bilan   ish   ko‘ruvchilarning   birlari   —   g‘oya   va   mafkuralar
parvardigori   olam   –   Ollohning   ilohiy     kuchi     ila   paydo   bo‘lgan   va   shu   asosda
rivojlanadi   (ob’ektiv   idealizm);ikkinchilari   –   g‘oya   va   mafkuralar     insonlar
ongining,   ya’ni  ularning ruhiyati, his-tuyg‘ulari, sezgilarining mahsuli  (sub’ektiv
idealizm);uchinchilari – g‘oya va mafkuralar  muayyan  sabablarga  ko‘ra  vujudga
kelgan   va   shu   asosda   rivojlanadi   (ob’ektiv   materializm);to‘rtinchilari   –   g‘oya   va
mafkuralar   jo‘g‘rofiy     muhitning,   etnik   va   milliy     xususiyatlarnint   mahsuli
(jo‘g‘rofiy determinizm) deb fikr yuritadilar.
Metafizika,   idealistik   va   materialistik   dialektika   metodlari   g‘oya   va
mafkuralarga   oid     narsa,voqea,   hodisa,     jarayonlarning   tub   mohiyatini   ochib
berolmaydigan   tadqiqot   usulidir.   CHunki   g‘oya   va   mafkuralar   sohasida   yuz
berayotgan   voqea-hodisalarni   qotib   qolgan,   bir-biridan   ajralgan   o‘zaro,
bog‘lanmagan     holda     ko‘rish   yoki   faqat   Tangri-taolo   irodasiga   bog‘lab   qo‘yish,
uni   o‘rganmasdan,   o‘zgartirmasdan,   qo‘l   qovushtirib   o‘tirish   yoki   hammasi   faqat
moddiy   asoslarning‘   mahsuli   deb,   ma’naviyat   omillarini   nazardan   qochirish
bizning bilish usullarimizga, metodologiyamizga mos kelmaydi.
Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   eng   umumiy   metodini   –   ilmiy   dialektika
tashkil qiladi. Bu metod quyidagilarni taqozo etadi:
birinchidan,   g‘oya   va   mafkuralar   sohasidagi   har   bir   jarayonda   moddiy   va
ma’naviy asoslarning borligini, inson tafakkuri ularni har tomonlama to‘liq qamrab
olishini e’tirof etish;
ikkinchidan,   hech   bir   g‘oya   va   mafkuraning,   ularda   yuz   berayotgan   voqea,
hodisa va jarayonlarning sababsiz sodir bo‘lmasligini, ular o‘zaro aloqadorlikda va
rivojlanishda ekanligini, eskilari yo‘qolib, ularning o‘rniga  yangilari  kelishini tan
olgan holda ularni hamma vaqt rivojlanishda va harakatda olib qarash;
uchinchidan,   har qanday g‘oya va mafkuralarda yuz berayotgan voqea, hodisa,
jarayonlarni bilishga butun xalq amaliy faoliyatini jalb qilish; to‘rtinchidan,   g‘oya   va   mafkuralarga   oid   voqea-hodisalarni   bilish   jarayonida
egallanadigan,   haqiqatlar     ob’ektiv,   bir   vaqtning   o‘zida   nisbiy   va   mutlaq
hususiyatga   ega   bo‘lib,   mavhum   emas,   balki   aniq   shaklda   mavjud   bo‘lishini   tan
olishi va shu asosda ish yuritish.
SHuning   uchun   ham   ushbu   metod   milliy   g‘oya   fanining   eng   umumiy
metodinigina emas, balki metodologik asoslaridan birini ham tashkil qiladi.
Umumiy ilmiy metodlar.  Ular eng umumiy metodlardan farqli ravishda, g‘oya
va mafkuralar sohasida yuz berayotgan voqea-hodisalar va jarayonlarni bilishning
ma’lum bosqichlarida  qo‘llaniladigan  usullardir. Ularga analiz va sintez, sistemali
va funksional yondashuv kabi metodlar kiradi.
Analiz   metodi   –   g‘oya   va   mafkura   sohalarida   yuz   bergan   voqea,   hodisa,
jarayonlarni tarkibiy qismlarga, tomonlarga fikran ajratish, bu tarkibiy qismlarning
mazkur   hodisadagi,   voqeadagi,   jarayondagi   o‘rnini   belgilash,   umumiylarini
xusu siylaridan,   zaruriylarini   tasodifiylaridan,   muhim,   asosiy,   hal   qiluvchi
ahamiyatga   ega   bo‘lganlarini   muhim   bo‘lmagan,   ikkinchi   darajalilaridan   ajratish,
shu   orqali   ularning   mohiyatini   muhim   ob’ektiv   bog‘lanishlarini   ochishga
asoslangan tadqiqot usulidir.
Sintez metodi  – g‘oya va mafkura sohasida yuz berayotgan voqea-hodisalar va
jarayonlarning qismlarini, tomonlarini fikran birlashtirish asosida yangi bilimlarga,
ya’ni yangilikka ega bo‘lishdir.
Analiz   va   sintez   uzviy   birlikda   bo‘lib,   umum   ilmiy   bilishdagi   analitik-sintetik
usulning o‘zaro ta’sir qiluvchi jihatlaridir. Masalan, O‘zbekiston   xalqining milliy
mafkurasini ijtimoiy hodisa sifatida fikran analiz qiladigan bo‘lsak, uni, eng avvalo
bosh   va   asosiy   g‘oyalar     kabi   tarkibiy   qismlarga   bo‘lamiz   va   ularning   har   birini
alohida-alohida o‘rganamiz. Ayni vaqtda analizdan olingan bilimlarni fikran qayta
birlashtirsak,   ya’ni   sintez   qilsak,   O‘zbekiston   xalqi   milliy   mafkurasining
bunyodkor  g‘oyalar  majmuidan iborat ekanligini  ko‘rsatuvchi yangi bilimga ega
bo‘lamiz.
Analiz   va   sintez   metodlari   g‘oya   va   mafkuralarni   o‘rganishda   oqilona,   to‘g‘ri
xulosa   chiqarishga   imkon   beradi.   Ular   ilmiy   bilishning   mavhum   shakli   bo‘lib, g‘oya   va   mafkuralarni   mantiqiy   o‘rganishning   usul   va   vositalarini     ifodalaydi
hamda tafakkur shakllariga, mantiq qonunlariga asoslanadi. G‘oya va mafkuralarni
o‘rganishda     mantiqiy   usullardan   samarali     foydalanish     inson   hayotida
uchraydigan turli xil  ziddiyatlarning oldini olish imkonini beradi.
Sistemali metod   – g‘oya va mafkura sohasida yuz berayotgan voqea-hodisalar
va   jarayonlarning   «gorizontal»   va   «vertikal»   yo‘nalishlari     yaxlitligini,   ya’ni
ularning   o‘zaro   bog‘langan   va   yaxlitlikni   tashkil   etuvchi   barcha   unsurlarini
birgalikda   o‘rganishdir.   Masalan,   O‘zbekiston   xalqining   milliy   g‘oyasi
hodisalariga   sistemali   yondashadigan   bo‘lsak,   uning   vatan   ravnaqi,yurt
tinchligi,xalq   farovonligi,komil   inson,ijtimoiy   hamkorlik,millatlararo
totuvlik,dinlararo bag‘rikenglik kabi  g‘oyalardan tashkil  topganligini, ayni vaqtda
ularning   har   biri   boshqa   shaxslar,   ijtimoiy   guruxdar,   partiyalar,   millatlar   bilan
turlicha   aloqada   ekanligini,   ular   o‘rtasida   bir   qadar   yaxlitlik   borligini   ko‘ramiz.
Aniq-langan mazkur yaxlitlik, shubhasiz, sistemali yondashuvning mahsulidir.
Sistemali     metod   g‘oya   va     mafkuralarni   har   tomonlama   o‘rganishda   muhim
ahamiyatga ega. Bu metod, g‘oya va mafkuralarni turli ijtimoiy hodisalar tizimida
o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish uchun imkoniyat yaratadi. Milliy g‘oya fani g‘oya va
mafkuralar masalasiga sistemali yondashishni hisobga olgan holda ilmiy xolislik –
ob’ektivlik, tarixiylik prinsiplari asosiga quriladi.
Funksional   metod   –   g‘oya   va   mafkuralarga   oid   voqea-hodisalar   va
jarayonlarning   vazifalarini   aniqlash   orqali   ular   o‘rtasidagi   munosabat-larni
tushuntirishdir. Masalan, biz milliy g‘oyani bir necha turlarga ajratar ekanmiz, eng
avvalo,   ularning   har   birining   funksiyalarini   aniqlab   olamiz,   shundan   keyin   ular
o‘rtasidagi   munosabatlarni   tu shunib   olishga   o‘tamiz.   Bunday   usul   –   funksional
yondashuv hisoblanadi.
Xususiy   ilmiy   metodlar.   Tabiiy,   ijtimoiy,   texnikaviy   fanlarning   taraqqiyoti
natijasida kelib chiqayotgan yangi ilmiy metodlarni g‘oya va mafkuralarga tegishli
voqea-hodisalar   va   jarayonlarni   o‘rganishda   qo‘llash   katta   foyda   beradi.   Bu
guruhga  sotsiologik, statistik, kibernetik, qiyosiy va boshqa metodlar kiradi. Sotsiologik   metod   —   so‘rov,   anketalashtirish,   kuzatuvlar   olib   borish,
jamoatchilik   fikrini   o‘rganish,   kerakli   hujjatlarni   tahlil   qilish   asosida   g‘oya   va
mafkuralarga   oid   voqea-hodisalar   va  jarayonlarni   o‘rganishning   ilmiy   usullaridan
biri   hisoblanadi.   Ana   shu   usullarni   qo‘llash   natijasida   g‘oya   va   mafkuralar
to‘g‘risida   aniq   ma’lumotlar   olinadi.   Olingan     ma’lumotlar     mafkuraviy
jarayonlarni boshqarish,   islohotlarni amalga oshirish, yangi ishlarni rejalashtirish,
ularning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu
usul demok-ratik  huquqiy  davlatni  qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishta
qaratilgan     barcha     islohotlar   va   amaliy   tadbirlarning   samaradorligini   aniqlashda
yordam be-radi.
Statistik   metod   –   g‘oya   va   mafkuralar   institutlari   to‘g‘risidagi   matematik
hisob-kitoblar     yordamida     miqdoriy   ma’lumotlarni   olishga   qaratilgan   ilmiy
usullardan   biridir.   Bu   usul,   olingan   miqdoriy   ma’lumotlarni   umumlashtirish
asosida  g‘oya va mafkuralarni rivojlantirishning miqdoriy yo‘nalishlarini  belgilab
olishga xizmat qiladi.
Kibernetik   metod   —   hozirgi     zamon     axborot     texnika   vositalarining
tushunchalari,   qonunlarining   tizimi   yordamida   g‘oya   va   mafkura   sohasidagi
hodisalarini   o‘rganish   usuli   hisoblanadi.   Masalan,   EHQ   (elektron   hisoblash
qurilmalari)   yordamida g‘oya va  mafkuralar   funksiyalaridan  birontasining  modeli
tuzib chiqiladi  va ana shu model  asosida  uning bundan 10—20 yil keyingi  holati
qanday bo‘lishi o‘rganiladi.
Kibernetik   metod,   matematika   va   statistika   metodlarini     qo‘llagan   holda
mafkura   sohasiga   oid   statistika   va   axborotni   kompyuterlar   yordamida     qayta
ishlashga,   turli   xil   texnika   vositalaridan   foydalanishga   g‘oya   va   mafkuralar
sohasidagi axborot-qidiruv tizimini yaratishga yordam beradi.
Qiyoslash  metodi  — muayyan  g‘oya va mafkuralarni  boshqa joydagi, boshqa
shakldagi  g‘oya va mafkuralar bilan fikran taqqoslash  asosida  ma’lumotlar olish,
ulardan ilmiy xulosalar chiqarish, yangi bilim hosil qilish usuli hisoblanadi.
Ushbu  metod turli  g‘oya va  mafkuralarga  asoslangan   tizimlarning  umumiy  va
o‘ziga   xos   tomonlarini   bilish   hamda   ana   shu   asosda   g‘oya   va   mafkuralar taraqqiyotining   qonuniyatlarini   ochishga,   g‘oya   va   mafkura   sohasidagi   hodisalar
va jarayonlarni o‘zaro solishtirish asosida ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni
aniqlashga imkon beradi.
G‘oya   va   mafkuralarni   o‘rganishda   yana   tarixiylik,   mantiqiylik   va   boshqa
metodlardan ham foydalaniladi.
SHunday   qilib,   milliy   g‘oya   fanining   metodlari   g‘oya   va   mafkuralarga
tegishli   voqea-hodisalar   va   jarayonlarni   bilishga,   ularning   qonu- niyatlarini
ochishga   qaratilgan   umumfalsafiy,   umummilliy,   xususiy-ilmiy   usullar,   yo‘llar,
qoidalar   va   vositalar   tizimidir.   Ulardan   amalda   foydalanish   olib   borilayotgan
tadqiqotning predmeti va vazifalariga bog‘liqdir.
3.2.   Milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   prinsiplari. Milliy   g‘oya   va   mafkura
fani   o‘zining   prinsiplariga,   ya’ni   g‘oya   va   mafkuralarqa   oid   voqea-hodisalar   va
jarayonlarni  o‘rganishda rioya qiladigan asosiy qonun-qoidalariga ega. Bu asosiy
qonun-qoidalarga   ob’ektivlik,   tarixiylik,   mantiqiylik,   ijtimoiy   yondashuv,   milliy
va mahalliy xususiyatlarni hisobga olish kiradi.
  Ob’ektivlik   prinsipi   g‘oya   va   mafkuralarqa   tegishli   voqea-hodisa   va
jarayonlarning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishini   (hech   bir   shaxs   yoki   individning
xohish-irodasiga   bog‘liq   emasligini   ta’kidlab)   xolisona,   hech   qanday
o‘zgartirishlarsiz,   aniq   hujjatlar,   ishonchly   dalillar   asosida   barcha   qirralarini,
qarama-qarshi,   salbiy   va   ijobiy   tomonlarini   hisobga   olgan   holda   yaxlit   hodisa
sifatida o‘rganishni taqozo etadi.
Tarixiylik prinsipi  – muayyan, g‘oya va mafkuralar bilan ularning tafakkurdagi
in’ikosi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydigan qoidalardir. Bunda tarixiylik – g‘oya va
mafkuralarning   shakllanish   va   rivojlanish   jarayoni,   ya’ni   voqelikda   ro‘y   bergan
real tarixdir. 
     Mantiqiylik prinsipi  –  rivojlangan va rivojlanayotgan g‘oya va mafkuralarning
barcha   muhim   qonuniy   aloqa   va   munosabatlarini   nazariy   jihatdan   aks   etti rishdir.
Ushbu   prinsip   g‘oya   va   mafkuralarning   o‘zaro   ta’sirini   tahlil   qilish   orqali
tarixiylikni fikran qayta hosil qilishni anglatadi. Mantiqiylik tarixiylikni tushunish
kalitidir. Tarixiylik  va   mantiqiylik  uzviy   birliqda   bo‘lgan   tushunchalar   bo‘lib,   bir-birini
to‘ldirib   turadi.   Tarixiylik   va   mantiqiylikni   alohida-alohida   olib   qaraydigan
bo‘lsak,   ular   bilishning   asosiy   metodlaridan   ekanligiga   amin   bo‘lamiz.   Bunda
mantiqiy metod —  g‘oya va mafkuralar ob’ektining mohiyatini, asosiy mazmunini
nazariy shaklda, abstraksiyalar, mantiq qonuniyatlari asosida o‘rganadi. U oqilona
va   izchil   xulosa   chiqarishni     nazarda   tugadi.   Tarixiy   metod —   g‘oya   va
mafkuralarning   tarixiy     rivojlanishdagi     turli   bosqichlarini   xronologik   izchillikda
o‘rganishni taqozo qiladi.
       Ijtimoiy yondashuv prinsip   – g‘oya va mafkuralarga tegishli voqea-hodisalar
va   jarayonlarni     o‘rganishga     moddiy     ne’matlarni   ishlab   chiqa-rish   jarayonida
jamiyatda   vujudga   kelgan   barcha   guruxlar,   partiyalar,   ijtimoiy   qatlamlarning
manfaatlarini   ifodalovchi   milliy   mafkura   ta-lablariga   mos   ravishda   yondashish
qoidasidir.
     Milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olish prinsipi  – har bir millat teng
huquqli   bo‘lib,   o‘z   taqdirini   o‘zi   belgilash   huquqiga   ega,   degan   qoidaga
asoslangan.   U   g‘oya   va   mafkuralarning   institutlarini   o‘rganishda,   ularni
boshqarishda   har   bir   millat   va   elatning   dini,   tili,   ruhiya ti,   urf-odati,   rasm-
rusumlari,   marosimlarini   to‘lig‘icha   hisobga   olishni   va   shu   asosda   ish   yuritishni
nazarda tutadi.
Milliy g‘oya va mafkura fanining prinsiplarini uning metodlariga qarama-qarshi
qo‘yish,ulardan ajratish mumkin emas. Ular bir-birlarini to‘ldiradi, bir joyda metod
shaklida, ikkinchi joyda prinsip tarzida amal qiladi. 
4. Milliy  g‘oy a v a mafk ura fanining maqsadi, v azifa v a funk siy alari.
4.1. Milliy g‘oya va mafkura fanining maqsadi –  milliy istiqlol mafkurasining
bosh   va   asosiy   g‘oyalarini     yosh   avlodlarning     qalbi   va   ongiga   singdirishdan
iboratdir.
 4.2. Milliy  g‘oya va mafkura fanining funksiyalari.   Milliy g‘oya va mafkura
fani   fani   o‘z   oldiga     qo‘ygan     maqsadlarini     ado   etish   uchun   quyidagi   asosiy
funksiyalarni bajaradi. Birinchisi   –   milliy  g‘oya  va  mafkura  fanining   evristik   funksiyasi.   Milliy g‘oya
va   mafkura   fani   ob’ektiv   voqelik   –   g‘oya   va   mafkuralarni   har   tomonlama   bilib
olishning  mantiqiy  usullari  va  metodik qoidalari   tizimiga  ega.  Bu  funksiya  g‘oya
va   mafkuralarni   izohlash,   tushuntirish,   g‘oya   va   mafkuralarga   oid   hodisalarini
sharhlash  bilangina  emas, balki  bu hodisalarning  mohiyatini  ochish  orqali  yanga-
yangi   qonuniyatlarini   topish   bilan   ham   shug‘ullanadi.   Mana   shu   evristika
funksiyasidir.   Evristika   –   haqiqatni   topish   san’ati   xisoblanadi.   SHunga   ko‘ra,
milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   real   voqelik   –   o‘zbek   xalqi     milliy     mafkurasining
yangi-yangi  qirralarini topish san’ati vazifasini bajaradi.
Ikkinchisi –  milliy g‘oya va mafkura  fanining  metodologik funksiyasi.  G‘oya va
mafkuralar  g‘oya va mafkura  jarayonlarini o‘rganish vositalari bo‘lgan qonunlar,
kategoriyalar  va   tushunchalarni   ilmiy  jihatdan   ishlab  chiqadi.  Ishlab  chiqilgan   bu
ilmiy   tushunchalar,   ta’riflar,   qoidalar,   prinsiplar   boshqa   maxsus   va   amaliy
gumanitar   va   ijtimoiy-iqtisodiy   fanlar   uchun   yo‘riqnoma     vazifasini   o‘taydi.
SHunga   ko‘ra,   milliy   g‘oya   fani     boshqa     fanlar   uchun   metodologik   funksiyani
bajaradi.
Uchinchisi   –   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   siyosiy   funksiyasi.   G‘oya   va
mafkuralar   doimo   siyosatning   ob’ekti   bo‘lib   kelgan.   Siyosatning   asosiy   maqsadi
esa hamisha davlat hokimiyatini egallash, shu orqali jamiyatni boshqarishni tashkil
etishdan   iborat   bo‘lgan.   SHuning   uchun   ham   siyosatni   -     davlatni   boshqarish
san’ati   deb   ham   atashadi.   SHu   ma’noda   milliy   g‘oya   va   mafkura
faniO‘zbekistondagi  davlat  hokimiyati va boshqa siyosiy tashkilotlarni o‘z ichiga
oluvchi   siyosiy   hokimiyatni   amalga   oshirishni   tashkil   etishga   ko‘maklashadi.   Bu
milliy g‘oya va mafkura fanining siyosiy funksiyasidir.
To‘rtinchisi --   milliy g‘oya va mafkura fanining   amaliy funksiyasi. Milliy g‘oya
va mafkura fani    g‘oya va mafkura   hodisalari, institutlari  to‘g‘risidagi  bilimlarni
amalda   qo‘llash   vazifasini   ham   bajaradi.   U   O‘zbekistonda   jamiyat,   davlat   fao-
liyatini   takomillaigtirish,   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini,   tinch-totuv
yashashlarini   ta’minlash,   davlatning   ichki   va   tashqi   siyosatini   barqarorlashtirish
bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi. Beshinchisi –  milliy g‘oya va mafkura  fanining  ilmiy bashorat qilish funksiyasi.
Ilmiy bashorat – mavjud voqelikning ob’ektiv qonunlarini bilish asosida, kelajaqda
yuz   beradigan   yoki   yuz   berishi   mumkin   bo‘lgan   voqea,   jarayon   va   hodisalarni
oldindan   ko‘ra   bilish,   aytib   berishdir.   Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   g‘oya   va
mafkuralar   rivojlanishining   ob’ektiv   qonuniyatlarini   o‘rganish     asosida     ularning
kelajakdagi  taqdiri  to‘g‘risida  ilmiy bashorat qilish funksiyasini ham bajaradi.
Oltinchisi   –   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   dunyoqarashni   shakllantirish
funksiyasi.     Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   g‘oya   va   mafkuralarga     oid   har   bir
hodisa,   voqea,   jarayonlarning   yuzaga   kelish     va   rivojlanish   qonuniyatlarini
o‘rganib, odamlarning aql-zakovatini o‘stirish  asosida  g‘oya va mafkuralar rivoji
to‘g‘risidagi   qarashlarning   yaxlit   ilmiy   manzarasini   yaratadi.   Bu   ushbu   fanning
dunyoqarashni shakllantirish funksiyasidir.
Ettinchisi   –   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   g‘oyaviy-tarbiyaviy   funksiyasi.
Milliy     g‘oya   va   mafkura   fani   millatimizniyag     istiqlol     tufayli   o‘sib   borayotgan
o‘zini   o‘zi   anglash,   bilish   ehtiyojlarini   qondirishga,   davlatimizni   jahon   davlatlari
bilan   qiyoslab   o‘rganish   asosida   milliy   ongimizni   o‘stirishga,   yangicha   milliy
g‘urur   va   tuyg‘uni   shakllantirishga   xizmat   qiladi.   Bu   uning   g‘oyaviy-tarbiyaviy
funksiyasidir.  Ushbu  funksiya,  shuningdek,  milliy mafkuramizning huquqiy  asosi
bo‘lgan   –   Konstitutsiya   va   qonunlarning   ustunligini,   qonun   oldida   barcha
fuqarolarning   tengligi   qoidalariga   og‘ishmay   amal   qilishni,   millatimizni
umuminsoniy   qadriyatlarning   eng   yaxshi   an’analariga   sodiq   holda   tarbiyalashni
ham o‘z ichiga oladi.
1.3. Milliy  g‘oya va mafkura faninig  asosiy  vazifalari. 
Ilm   sohasi     bo‘lgan     milliy   g‘oya   –   o‘quv   fani   sifatida   quyidagi   asosiy
vazifalarni:   
1)                                               yosh   avlodni   Vatan   ravnaqi,yurt   tinchligi,   xalq   farovonligi   kabi   olijanob
g‘oyalarruhida tarbiyalash;
      2)   milliy   istiqlol   g‘oyasiningO‘zbekiston   taraqqiyoti   vamustaqilligini
mustahkamlashning   mafkuraviy   tamoyillarito‘g‘risidagi   yaxlit   nazariyaekanini
tushuntirish;       3)   yuksak   fazilatlarga   ega,   ezgug‘oyalar   bilan     qurollangankomil     insonlarni
voyagaetkazish;
      4)   o‘sib-unib   kelayotgan   yosh   avlodqalbi   va   ongida   mavkuraviyimmunitet
asoslarinishakllantirish; 
      5)   yoshlarni     ijtimoiy   hamkorlik,millatlararo   totuvlik,   diniy   bag‘rikenglik
g‘oyalariruhida kamol toptirish;
6)  yoshlarni  jamiyatimizga  yot va begona, buzg‘unchi va zararli g‘oyalarga qarshi
kurashishga   o‘rgatish,   ularda   ogohlik   vahushyorlik   ko‘nikmalarish   hosil   ishlarini
bajaradi.
5. Milliy  g‘oya va mafkura fanining  gumanitar va  ijtimoiy-iqtisodiy
fandar tizimida  tutgan  o‘rni.   
G‘oya va mafkura masalalari turli ijtimoiy fanlar tomonidan o‘rganiladi. Har bir
ijtimoiy   fan   g‘oya   va   mafkuraning   u   yoki   bu   jihatlarini   o‘z   predmeti   nuqtai
nazaridan talqin etadi.
Milliy g‘oya va mafkura  fani  turli gumanitar va ijtimoiy-mqtisodiy fanlar bilan
uzviy   bog‘liqdir.   Ushbu   aloqadorlik   mazkur   fanlar   o‘rganadigan   ob’ektning
umumiyligidan   kelib   chiqadi.   Ular   o‘z   predmeti   doirasida   g‘oya   va   mafkuralarni
ijtimoiy   hodisa   sifatida   o‘rganadilar.   SHu   bilan   birga,bu   fanlarning   har   biri
muayyan xususiyatga,o‘zi o‘rganadigan fan sohasiga ega.
Milliy     g‘oya   va   mafkura   fani   ijtimoiy   fanlar   bo‘lmish   falsafa,   iqtisodiyot
nazariyasi,   sotsiologiya,   siyosatshunoslik,   madaniyatshunoslik,   ma’naviyat
asoslari,dinshunoslik,   tarix   kabi   fanlar   bilan   ham   bog‘liqdar.   Ayni   paytda   milliy
g‘oya va mafkura fani bu fanlardan farq ham qiladi.
  5.1.   Milliy   g‘oya   falsafa.   Falsafa   tabiat   va   jamiyat,   inson   tafakkuri
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. SHu bois, u  g‘oya va mafkura
masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida ko‘rib chiqadi.
Milliy g‘oya va mafkura  fani falsafaning  xulosalariga tayangan holda, g‘oya va
mafkura       muammolarini   aniqlashtiradi   hamda   bir   qator   maxsus   nazariy
masalalarni o‘rganadi. Bunda fal safa bilan milliy g‘oya va mafkura fani bir-biri ni
takrorlamaydi, balki to‘ldiradi. Falsafa   borliqning   ongga,   insonning   uni   o‘rab   turgan   atrof-muhitga
munosabatining umumiy prinsiplari  haqidagi bilimlar tizimidir. Fal-safa g‘oya va
mafkuralarning   mohiyati,   tabiati,   uningijtimoiy   hodisalar   tizimidagi   o‘rnini
aniqlaydi va faqat shuning o‘zi bilan cheklanadi. Milliy g‘oya va mafkura fani  esa
g‘oya   va   mafkuralarni   barcha   ko‘rinishlari   va   belgilari   bilan   bir   butun   holda
batafsil   o‘rganadi.   Agar   falsafa   g‘oya   va   mafkuralarning   mohiyatini   aniqlash
kalitini bersa, milliy g‘oya va mafkura fani falsafani ijtimoiy taraqqiyot, g‘oya va
mafkuralarning umumiy tamoyillarini ifodalash bilan qurollantiradi.
Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan g‘oya va mafkuralarga tegishli
voqea-hodisalar     va   jarayonlarni   o‘rganishda   amaliy   foydalanish,   bir   tomondan ,
g‘oya   va   mafkuralar   haqida   to‘plangan   barcha     bilimlarni   ilmiy   jihatdan
umumlashtirib,   bu   bilimlarni   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanining   kategoriyasi
sifatida   bayon   qilish   imkoniyatini   beradi;   ikkinchi   tomondan,   milliy   g‘oya   va
mafkura   fanining   ilmiy   tadqiqotlari   natijasida   olingan   hamda   amaliyotda
tasdiqlangan   bilimlar,   ma’lumotlar   falsafaning   ob’ektiv   qonunlarni   ochishi   va
umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun empirik ma’lumotlar bo‘la oladi.
SHunday   qilib,   falsafa   fani   milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   uchun   tayanch
nuqtalaridan biri bo‘lib, metodologiya vazifasini bajaradi, milliy g‘oya va mafkura
fani esa falsafa uchun empirik ma’lumot manbay vazifasini  o‘taydi..
  5.2.Milliy   g‘oya   va   siyosatshunoslik. Siyosatshunoslik   fani   siyosat,   uning
shakllari,  siyosiy   jarayonlar  va  siyosiy  birlashmalar,  jumladan,  partiyalar,  siyosiy
hokimiyatga   va   davlat   hokimiyatiga   erishish   vositalari,   fuqarolik   jamiyati,   davlat
va shaxsning o‘zaro munosabati kabi hodisalarni o‘rganadi. Siyosatshunoslik inson
siyosiy   madaniyatini   ijtimoiy-siyosiy   munosabatlar   tizimi   orqali,   ya’ni
fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish orqali o‘rganadi.
Milliy   g‘oya   fanining   siyosatshunoslik   fani   bilan   bog‘liqligi   har   ikkala
fanning ham   bir   ob’ektni,   ya’ni   jamiyat   siyosiy   tizimining   muhim   elementi
bo‘lmish g‘oya va mafkuralarni ilmiy jihatdan tadqiq etishida yaqqol ko‘zga tash-
lanadi.   Bunda   milliy   g‘oya   fani   g‘oya   va   mafkuralarning   vujudga   kelishi,
rivojlanishi,   amaliy   faoliyatining   umumiy   qonuniyatlarini   o‘rgansa, siyosatshunoslik   fani     davlatning   mafkuraviy   siyosatini,   aniqrog‘i,   jamiyatda   yuz
berayotgan   siyosiy   hodisalar   va   jarayonlarni,   ya’ni   siyosat   nazariyasi   va
amaliyotini o‘rganadi. Ularning har  ikkalasi  bir predmet  – davlatning mafkuraviy
siyosatini,   uning     davlatg   ichki   va   tashqi   siyosatini   turli   tomon-lardan   o‘rganadi,
ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan bilimlar bilan bir-birlarini to‘ldiradi. Oqibatda,
milliy  g‘oya  fani  o‘zining keng qamrovligiga qo‘ra, siyosatshunoslik fani uchun
metodologik asoslardan biri vazifasini bajaradi.
5.3.   Milliy   g‘oya   va   iqtisodiyot   nazariyasi.   Iqtisodiy   fanlar   ishlab   chiqarish
munosabatlari   tizimi,   xo‘jalik   hayotini   tashkil   etish,   xo‘jalik   sohalari,   mehnat,
moliya, kredit kabi masalalarni o‘rganadi. Milliy g‘oya  o‘quv fani   sifatida g‘oya
va   mafkuralarni   o‘zining   asosiy   predmeti   deb   hisoblaydi.   Iqtisodiy   fanlar   hamda
milliy g‘oya fanining o‘zaro ta’siri, ularning bir-biri bilan o‘zaro aloqasi, g‘oya va
mafkuralarning   iqtisodiyotga   qanchalik   bog‘liq   ekanligini   aniqlashga   imkon
beradi.
  5.4.   Milliy     g‘oya   va   sotsiologiya.   Milliy   g‘oya   fani   sotsiologiya   fani   bilan
ham o‘zaro aloqada. CHunki sotsilogiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim
sifatida tadqiq etib, jamiyat  a’zolarining, xususan turli xil jamoalarning, aholi turli
qatlamlarining g‘oyaga, mafkuraga qanday munosabatda bo‘lishini, ularning g‘oya
va   mafkuralar   to‘g‘risidagi   fikr-mulohazalarini   «inson   mezoni»   bo‘lmish   amaliy
ko‘rsatkichlar,   aniq   matematik   hisob-kitoblar   asosida   o‘rganadi.   SHunga   ko‘ra,
sotsiologiya   fani   milliy   g‘oya   fani   fani   uchun   dastlabki   empirik   ma’lumotlarni
to‘plab   berish   vazifasini   bajaradi,   Milliy   g‘oya   fani   esa,   o‘z   navbatida,
sotsiologiya  fani  bergan ma’lumotlarni. umumlashtirib, ulardan nazariy xulosalar
chiqaradi.
Sotsiologiya   yaxlit   tizim   bo‘lmish   jamiyat,   hamda   u   bilan   aloqadorliqda
o‘rganiladigan   alohida   ijtimoiy   guruhlar,   sotsial   jarayonlar   haqidagi   fandir.
Sotsiologiya   o‘zining   xulosalarida   empirik   ma’lumotlarga,   ijtimoiy   tajribalarga
asoslanadi.   Barcha   ijtimoiy   hodisalar,   jumladan,   g‘oya   va   mafkuralar   ham
sotsiologik   tadqiqotlarning   ob’ektiga   aylanadi.   Sotsiologiya   ham,   falsafa   singari,
g‘oya   va   mafkuralarni   bilishning   umumiy   vositasi   hisoblanadi.   U   g‘oya   va mafkuralarni   o‘rganish   asosida   o‘zining   predmetini   chuqurlashtiradi   va
oydinlashtirib oladi.
SHunday qilib, milliy g‘oya fani gumanitar va   ijtimoiy-iqtisoiy fanlar tizimida
quyidagicha o‘rin tutadi.
Birinchidan,   milliy g‘oya fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy   fanlar jumlasiga
kiruvchi   falsafiy   fanlarining   tarkibiy   qismidir.   U     falsafaga   nisbatan   xususiylik,
boshqa gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarga nisbatan esa, alohidalik kasb etadi.
      Ikkinchidan,   milliy   g‘oya   fani   boshqa   gumanitar   va   ijtimoiy-iqtisodiy   fanlar
singari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. U boshqa
gumanitar   va   ijtimoiy-iqtisodiy   fanlar   bilan   birgalikda   g‘oya   va   mafkuralarga
tegishli   voqea-hodisalar   va   jarayonlarni     har   tomonlama   o‘rganadi,   boshqa
fanlarning   metodlaridan     metodologik   asos   sifatida   foydalanadi.   Ayni   vaqtda,
milliy g‘oya fani  gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarni g‘oya va  mafkuraga oid
aniq ma’lumotlar bilan ta’minlab, nazariy va amaliy jihatdan qurollantiradi.
Uchinchidan,   milliy   g‘oya   fani   falsafa   fani   orqali   g‘oya   va   mafkuralar   bilan
qiziqayotgan   har   qanday   gumanitar   va   ijtimoiy-iqtisodiy   fan   sohasining   ilmiy
tadqiqot mavzuidan o‘rin egallashi mumkin.
To‘rtinchidan,   hozirgi   kunda   suveren   O‘zbekiston   davlati   o‘zbek   xalqining
mushtarak maqsadlariga muvofiq tarzda va mustaqil ravishda mafkuraviy   siyosat
olib   bormoqda.   Bu   esa   O‘zbekiston   davlatining   mafkuraviy   siyosatini   bir   necha
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy  fanlarning tadqiqot ob’ektiga aylantirmoqda.
Masalan,   O‘zbekiston   davlatining   mafkuraviy   siyosati   jamiyatni   boshqarish
faoliyatida - boshqaruv, ma’muriy fanlarning; iqtisodiy-xo‘jalik yuritish faoliyatda
-   iqtisodiyot   fanlarining;   siyosiy   faoliyatida   —   siyosatshunoslik   fanlarining;
jamiyatni yaxlit tizim sifatida o‘rganish faoliyatida  esa sotsiologiya fanining ilmiy
tadqiqot   ob’ektiga   aylangan.   Hosil   bo‘lgan   bilimlar   esa   ushbu   fanlar
predmetlarining   tarkibiy   qismlarini   tashkil   qiladi.   Bu   g‘oya   va   mafkuralarning
ko‘pgina gumanitar va ijtimoiy-ijtimoiy fanlar ob’ektiga aylanib borayotganligidan
darak   beradi.   Bu   milliy   g‘oya   fanining   tobora     gumanitar   va   ijtimoiy-iqtisodiy
fanlar tizimida tutgan o‘rni yanada mustahkamlanib borayotganligini ko‘rsatadi. Milliy g‘oya fanining barcha gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan aloqasi
ham   ikki   tomonlamadir.   Milliy   g‘oya   fani   gumanitar   va   ijtimoiy-iqtisodiy
fanlarning   xulosalariga   asoslangan     holda   xilma-xil   falsafiy,   tarixiy   materiallarni
umumlashtirib,   g‘oya   va   mafkuralarning   vujudga   kelishi   sabablarini,   taraqqiyot
bosqichlarini,   g‘oya   va   mafkuralarning   mohiyatini,.   mazmuni   va   shakllariniochib
beradi.   SHu   ma’noda   milliy   g‘oya   fani     boshqa   gumanitar   va   ijtimoiy-iqtisodiy
fanlarni   takrorlamaydi,   balki   to‘ldiradi.   Bu   hol   esa   milliy   g‘oya   fani   o‘zining
predmetiga va xususiyatlariga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
6.  Milliy g‘oya va mafkura fanining o‘ziga xos xususiyatlari.
 Milliy g‘oya va mafkura fani boshqa fanlardan  quyidagi asosiy xususiyatlari bilan
ajralib turadi.
Birinchidan,   milliy   g‘oya   va   mafkura     fani   —   ijtimoiy   fan,   chunki   uning
o‘rganadigan   sohasi   muhim  ijtimoiy hodisalar   bo‘lmish  g‘oya  va mafkuralardir..
Bundan   tashqari,milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   boshqa   ijtimoiy   fanlardan     farqli
ravishda,   bevosita   g‘oya   va   mafkuralarga,   milliy   mafkura   va   milliy   g‘oya,milliy
mentalitetga  oid masalalarni yaxlit tizim sifatida o‘rganadi.
Ikkinchidan,   milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   —   nazariy   fan,   zero   u   g‘oya   va
mafkuralar rivojining  umumiy qonuniyatlarini ochib beradi. Binobarin, u g‘oya va
mafkuralarning   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishi   qonuniyatlarini   nazariy   jihatdan
umumlashtiradi,   g‘oyalar   falsafasi   fanining   asosiy   tushunchalari   va   qoidalarini,
ya’ni kategoriyalari va prinsiplarini ishlab chiqadi.
Uchinchidan,  milliy g‘oya va mafkura fani falsafiy xususiyatga ega bo‘lgan fan,
chunki u g‘oya va mafkuralarning  qonuniyatlarini yoritish bilan birga, falsafaning
shaxs va jamiyat, moddiy va ma’naviy-mafkuraviy munosabatlar  haqidagi umumiy
qonunlarini ham ochib beradi.
    To‘rtinchidan,  milliy g‘oya va mafkura fani —  metodologik fan.  U gumanitar va
ijtimoiy-iqtisodiy     fanlarning   barcha   sohalarini   umumiy   g‘oyaviy   –   mafkuraviy
metodologiya   bilan   qurollantiradi.   Milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   ishlab   chiqqan
ilmiy   xulosa   va   amaliy   takliflar   barcha     gumanitar   sohalarini   o‘rganishda
metodologik ahamiyatga ega. Beshinchidan,   milliy   g‘oya   va   mafkura   fani   –   amaliyotga   yo‘naltirilgan   fan,
chunki   u   demokratik   huquqiy   islohotlarni   amalga   oshirishda   nazariy   asos   bo‘lib
xizmat   qiladi,   demokratik   huquqiy   davlatni,   milliy   istiqlol   mafkurasi   tizimni
shakllantirishda   amaliy   ahamiyatga   ega.   G‘oya   va   mafkuralar   nazariyasini
shunchaki bilish bilan cheklanmasdan, balki uni amaliyotga tatbiq etish ham zarur.
Nazariy   g‘oyaviy   -   mafkuraviy   qoidalar   va   ularni   amalda   to‘g‘ri   qo‘llash
demokratik davlat qurishning muhim shartidir.
Oltinchidan,  milliy g‘oya va mafkura fani –  o‘kuv-tarbiyaviy ahamiyatga molik
fan,   chunki   u   kishilarning   g‘oya   va   mafkuralar   to‘g‘risidagi   tasavvurlarini,
bilimlarini   kengaytiradi,   ularda   mafkuraviy   tafakkurni,   g‘oyaviy   dunyoqarashni
tarkib toptirishga, g‘oya va mafkuralarning mohiyati, rivojlanishi  va istiqbollarini
tushunib olishga yordam beradi.
7.   Milliy  g‘oya va mafkura  fanini 
o‘rganishning ahamiyati
O‘z   oldiga   malakali   mutaxassis   bo‘lishni   maqsad   qilib   qo‘ygan   har   bir   shaxs
O‘zbekiston   xalqi   milliy   mafkurasining   bosh   va   asosiy   g‘oyalarining   mohiyati-
mazmunini, milliy va umuminsoniy tamoyillarini  yaxshi o‘zlashtirib olishi shart. 
  Mutaxassislar   uchun     milliy   g‘oya   va   mafkura     fanini     mustaqil   fan   sifatida
o‘rganishning quyidagi ahamiyatlari mavjud.
        Birinchidan,   milliy   g‘oya   va   mafkura   fanini   o‘rganish   bo‘lajak   shifokorlar
uchun   g‘oya   va   mafkuralarning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi   qonuniyatlarini
tushunib   olish   imkonini   beradi.   Mutaxassislar   shu   fanni   o‘rganishlari   tufayli
O‘zbekiston demokratik davlatining kishilik jamiyati siyosiy va huquqiy tizimida,
dunyo   davlatlari   o‘rtasida   tutgan   o‘rnini   bilib   oladilar,   istiqlolning   millatimiz
uchun   naqadar   buyuk   ne’mat   ekanligini   anglab   oladilar.   Bu   bilan   milliy   g‘oya
fani   mutaxassislarning qalbida o‘zbek xalqiga,o‘zbek davlatiga nisbatan chuqur
ehtirom,ishonch   urug‘larini   ekadi.   Natijada,   davlatga,   xalqqa   uning   kuch-
qudratiga   ishonch  har   bir    mutaxassisning     ichki     ma’naviy  e’tiqodiga  aylanadi.
Bu   ma’naviy-ruhiy   e’tiqod   mutaxassislarning   davlatga,   xalqqa   chin   dildan, vijdonan,   halol,   sadoqat   bilan   xizmat   qilishlarini   ta’minlaydigan   ma’naviy   omil
hisoblanadi.
Ikkinchidan,   milliy g‘oya va mafkura fani O‘zbekistonda demokratik huquqiy
davlat qurish  va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda  mutaxassislarining
vazifalarini   to‘g‘ri   belgilab   olishlariga   ko‘maklashadi.   CHunki   milliy   g‘oya   va
mafkura   fani   O‘zbekiston   xalqining   turmush   tarzini,uning   iqtisodiy,   siyosiy,
ma’naviy   ishlab   chiqarish   hamda   aholining   salomatligini   saqlash   sohasida
mutaxassis   xizmat   qilayotgan   muassasalari   xodimlarining     tutgan   o‘rnini   va
bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarini ham ko‘rsatib beradi.
Uchshchidan,   milliy   g‘oya   va   mafkura   fani     mutaxassislar   uchun   jahonda   va
mamlakatimizda   g‘oya   va   mafkuralar   sohasida   bo‘layotg‘an   voqealarning
mohiyatini   tezda   ilg‘ab   olishga   imkon   beruvchi     ma’naviy-ma’rifiy   ko‘rsatkich
vazifasini   o‘taydi.   Bu   mutaxassislarining   kundalik   amaliy   faoliyatidagi   har   bir
voqeani     g‘oyaviy     jihatdan   to‘g‘ri   baholay   olishlariga,   milliy   g‘oya   va   mafkura
talablariga mos ravishda harakat qilishlariga yordam beradi.
To‘rtinchidan,   milliy   g‘oya   va   mafkura     fanining   qoidalarini,   xulosalarini
o‘rganish   bo‘lg‘usi   mutaxassislarning   boshqa   maxsus   va   amaliy   fanlarni   puxta
o‘zlashtirib olishlariga zamin hozirlaydi.  Asosiy adabiyotlar
1. Yaxshilikov   J.Ya.,   Muhammadiyev   N.E.   Milliy   g’oya   va   mafkura.   T.,
“Fan”, 2015 yil. 
2. To’rayev   Shavkat.   Milliy   g’oya   tarixi   va   nazariyasi.   T.,   “Sano-standart”,
2016 yil.
3. To’rayev   Shavkat.   Milliy   g’oya   turkumidagi   fanlarni   o’qitish   jara’yonida
zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarni   qo’llash.   arixi   va   nazariyasi.   T.,
“Kamalak”, 2016 yil.
4. To’rayev   SHavkat.   Jamiyat   taraqqiyoti   va   milliy   g’oya.   T.,   Akademiya,
2008 
5.  Nazarov Q iyomiddin .  Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.
Oliy  ta’lim muassasalari uchun qo‘llanma. –T.:“Yangi asr avlodi”, 2001 yil.
6. Nazarov   Q iyomiddin .   Milliy   istiqlol   g‘oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar.
(o‘quv  qo‘llanma)  . –T.:“Yangi asr avlodi”, 2002 yil. 
7. Nazarov   Qiyomiddin.   Milliy   istiqlol   g’oyasi:   asosiy   tushuncha   va
tamoyillar.  (o’quv  qo’llanma)  . –T.:“Yangi asr avlodi”, 2002 yil.
8.        Milliy istiqlol g’oyasi (O’zbekiston  Respublikasi  Oliy   ta’lim  
bakalavriat   bosqichi   uchun   darslik)   Ershashev   I   tahriri   ostida..   –   T.:
Akademiya, 2005 yil.

« Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar » fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. R E J A : 1.“Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining obyekti va predmeti. 2. “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini o’rganishning asosiy qonunlari va tushunchalari. 3. “Milliy g’oya: asosiy t ushuncha va tamoyillar” fanini o’rganishning maqsadi va vazifalari. 4.“Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi o’rni.

Milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarin ifodalaydi, tarix sinovlaridan o‘tishda uning ruhini ko‘tarib, suyanch va tayanch bo‘ladi. U...bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyo yo‘lini yoritadigan mayoqdir. I .A .K arimov Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining hayotida buyuk o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Buni odamlarimizning dunyoqarashi tubdan o‘zgarib – ona-Vatanda ozod va obod yashash, erkin va farovon hayot kechirish mumkinligiga bo‘lgan ishonchi tobora ortib borayotganligi; xususiy mulkiga bo‘lgan egallik hissining kuchayib, yanada samarali mehnat qilishga urinayotganliklari; har xil mafkuraviy xuruj va nayranglarning maqsad-muddaolarini tezlikda anglash borasida hushyorlik ongining o‘sib borayotganligi; mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashga astoydil bel bog‘layotganligi; yoshlarning sog‘lom avlod bo‘lib kamol topishi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilayotganliklari; ularning esa ajdodlarining an’analariga sodiq qolgan halda ilm-fan,san’at va madaniyat cho‘qqilarini egallab o‘zbek degan nomni butun dunyoga taratishga urinayotganligida; jamiyatimiz milliy mafkurasi g‘oyalarining kishilar hayotidan o‘rin olib,ularni buyuk maqsad sari safarbar etayotganliklarida yaqqol ko‘rish mumkin. Demak, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan taraqqiyotning ”o‘zbek modeli” hayot sinovlariga bardosh berib, o‘zining bunyodkorlik kuchini ko‘rsatmoqda. Bu kuchning ma’naviy

manbaini esa milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyalari tashkil etishi, endilikda hech kimda shubha o‘yg‘otmaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Madomiki, hayot rivojlanishda, o‘zgarishda ekan, milliy mafkuraga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshib boraveradi. Bu esa milliy g‘oyaning jangovar ruhini yanada kuchaytirib, mamlakatimizning ichkarisi va tashqarisida tezkor kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning yangi- yangi qirralarini ochish, har qanday bo‘nyodkor g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash, shuningdek, buzg‘unchi g‘oyalar tajovuzining o‘z vaqtida oldini olish, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashning uzluksizligini ta’minlash ishlarini nazariy va amaliy jihatdan kengaytirib borishni taqozo etadi. Milliy g‘oya bugungi kunda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar qatoridan o‘ziga munosib o‘rin olgan ilm sohasi va o‘quv fani hisoblanadi. Bu esa birinchidan, mazkur fanning ob’ekti va predmeti doirasini, qonun va kategoriyalarini, metod va prinsiplarini, maqsad va vazifalarini, o‘ziga xos xususiyatlarini, boshqa fanlardan farq qiluvchi tamonlarini yanada ravshanroq yoritish; ikkinchidan, g‘oya va mafkura tushunchalariga falsafiy jihatdan ta’rif va tavsif berish hamda ularni tasniflashda mantiqiy izchillikni ta’minlash, shuningdek, ular o‘rtasidagi umumiy o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarni har tomonlama yoritib berish, ularning ko‘zlagan maqsad va vazifalarini mustaqil taraqqiyot yillarida xalqimizning erishgan yutuqlari misolida bayon qilish; uchinchidan, milliy mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalarini o‘rganish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning natijalari asosida

ularning mazmuni va mohiyatini yanada teranroq anglash ishlarini kuchaytirish; to‘rtinchidan,globallashuv sharoitida jahonda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning mantig‘ini tezlikda anglab olish uchun ishonchli axborot manbalaridan foydalanish, milliy mafkuraning targ‘ibot va tashviqot ishlari bilan shug‘ullanadigan xodimlarning yangi avlodlarini etishtirish; beshinchidan, zamonaviy mafkuraviy kurash usullarining taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish; oltinchidan,yaqin kelajakda jahon xalqlari hayotida yuz beradigan mafkuraviy jarayonlarning kechishi haqida ilmiy bashorat qilish kabi masalalarni teranroq yoritishni talab etmoqda. MILLIY G‘OYA VA MAFKURA FANINING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI XX asrning oxiri XXI asrning boshlariga kelib jahondagi barcha xalqlarning hayotida katta, ya’ni yirik imperiyalarning parchalanib ketishi, milliy mustaqil davlatlarning tarix sahnasiga kelishi, jamiyatni avtokratik boshqarishdan demokratik boshqaruvga o‘tishi, inson huquq va manfaatlarini himoya qilishning kuchayishi, odamlar ongida demokratik tafakkurning tez shakllanib borishi, globallashuv jarayonlarining shiddatli kechishi, nanotexnologiyalarning jadal sur’atlar bilan ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishi, ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tobora xalqchil tus olishi kabi misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan bunday o‘zgarishlar moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayoni dialektikasini chuqur o‘rganish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bu masalaning echimini topish esa jahonda yuz berayotgan g‘oyaviy va mafkuraviy jarayonlarning tarixiy ildizi, falsafiy asoslariga nazar tashlab, ularning asl maqsad-muddaolarini bilib olish,shunga muvofiq tarzda mamlakatimizda g‘oyaviy va mafkuraviy ishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa o‘z navbatida «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanini nazariy jihatdan boyitish, amaliy jihatdan esa tezkor harakat qilish ishlarini yo‘lga qo‘yishni talab

qilmoqda. 1. Milliy g‘oy a v a mafk ura fanining pay do bo‘lish sabablari, uning ob’ek t i v a predmet i. 1.1. Milliy g‘oya va mafkura fanining paydo bo‘lish sabablari . Fan – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fanning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanish sabablari mavjuddir. Ularni ob’ektiv va sub’ektiv, ichki va tashqi sabablarga ajratish mumkin. Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi ob’ektiv sabablar: • Etmish yildan ortiqroq tarixiy davr mobaynida hukmronlik qilgan SSSR davlatining unda yashayotgan elat, millat va xalqlarning ehtiyoj va manfaatlariga javob berolmasdan inqirozga uchrashi oqibatida parchalanib ketishi; • Parchalangan «qizil imperiya» o‘rnida o‘n beshta mustaqil davlatning paydo bo‘lishi va ularning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashlari; • Mustaqil O‘zbekiston davlatining paydo bo‘lishi va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va unga a’zo bo‘lgan davlatlar tomonidan xalqaro hamjamiyatning mustaqil sub’ekti sifatida tan olinishi; •Sobiq SSSRdan qolgan yakka mulk hukmronligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o‘rniga, teng huquqli xilma xil mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o‘rnatilishi va boshqalar. Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi sub’ektiv sabablar: • Sobiq SSSR davrida yakka hukmron bo‘lgan kommunistik mafkuraning barcha xalqlarning hayotiga zo‘rlab singdirilganligi tufayli tezlikda inqirozga uchrashi jarayonining keskinlashuvi; •Azaldan o‘zbek xalqining turmush va tafakkur tarziga etti yot bo‘lgan kommunistik mafkuraning mavjud hayot sinovlariga bardosh berolmasdan tanazzulga yuz tutishi, shu tariqa uning yakka hukmronlik mavqeidan chetlatilib xalqimiz hayotidan surib chiqarilishi; • Jamiyatni boshqarishda rahnomalikni qo‘lga olib o‘zining diktaturasini o‘rnatgan